2.19M
Категория: БиографииБиографии

Abduqodir Hayitmetov hayoti va ijodi

1.

Abduqodir
Hayitmetov
hayoti va ijodi
TDSHU kurs Mumtoz filologiya va tillarni o’qitish (arab-fors
guruhi) talabasi Matkulov Nurulloning Mumtoz arab
adabiyoti fanidan bajargan Mustaqil ishi

2.

Kirish :
Oʼzbek mumtoz adabiyotining tadqiq etilishi ming yillik
tarixga ega boʼlsa-da, XX asrning boshlariga kelib, uni ilmiy
oʼrganishga, qoʼlyozma va bosma matnlar asosida oʼzbek
adabiyoti tarixini yaratishga jiddiy kirishildi. Аbdurauf
Fitrat, O.Sharafiddinov, P.Shamsiev, H.Sulaymonov, Oybek,
N.Mallaev, Shayxzoda va Izzat Sultonlar bu borada qator
tadqiqot ishlarini amalga oshirdilar. Bulardan keyingi
adabiyotimiz tarixini oʼrganishda, xususan,
navoiyshunoslik rivojiga katta hissa qoʼshgan olimlar
ichida Аbduqodir Hayitmetovning oʼrni oʼziga xosdir.

3.

Adabiyotshunos
A.Hayitmetovning hayoti
Abduqodir Hayitmetov 1926 yilning 27 mayida Farg‘ona viloyatining
Dang‘ara tumanidagi Qiyoliqum qishlog‘ida tug‘ildi.
1949 yilda O‘rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy
universiteti)ning Sharq fakultetini bitirgach, 1949-1952 yillarda Sharq
qo‘lyozmalari instituti aspiranturasida tahsil oldi.
U akademik Oybek tavsiyasi asosida «Alisher Navoiyning adabiy-tanqidiy
qarashlari» mavzuida nomzodlik va «Navoiyning ijodiy metodi» mavzuida
doktorlik dissertatsiyalarini himoya qildi.

4.

Adabiyotshunos
A.Hayitmetovning hayoti
Atoqli olim 1953 yilning martidan umrining oxirigacha Alisher Navoiy
nomidagi Til va adabiyot institutida kichik ilmiy xodim, katta ilmiy xodim,
mumtoz o‘zbek adabiyoti tarixi bo‘limi mudiri, ilmiy ishlar bo‘yicha
direktor o‘rinbosari lavozimlarida samarali mehnat qildi.
O‘zbekistan Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida kichik (195357), katta ilmiy xodim (1957—67), direktorning ilmiy ishlar bo‘yicha
o‘rinbosari va bo‘lim mudiri (1967—70; 1971—98), ilmiy maslahatchi
(1998—2003), yetakchi ilmiy xodim (2003 yildan) bo‘lib ishlagan.

5.

A.Hayitmetovning adabiy-ilmiy faoliyati
Abduqodir Hayitmetovning adabiy-ilmiy faoliyati 50-yillarda hikoya va maqolalar
yozish bilan boshlangan. Keyinchalik u faqat ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug‘ullangan
va uning ilmiy faoliyati, asosan, buyuk o‘zbek shoiri Alisher Navoiy ijodini o‘rganishga
bag‘ishlangan. Abduqodir Hayitmetov «Alisher Navoiyning adabiy-tanqidiy qarashlari»
(1959), «Navoiy lirikasi» (1961), «Navoiyning ijodiy metodi» (1963), «Sharq
adabiyotining ijodiy metodi tarixidan», «Navoiy dahosi» (1970), «Hayotbaxsh
chashma» (1974), «Navoiyxonlik suhbatlari» (1993) kabi asarlari bilan
navoiyshunoslik fanini yangi bosqichga ko‘targan.
U 500 ga yaqin ilmiy maqolalar, monografiya va risolalar e’lon qildi, «O‘zbek mumtoz
adabiyoti tarixi»ning akademik nashrini tayyorlashda rahbar va hammuallif sifatida
jonbozlik ko‘rsatdi, ulug‘ ajdodlarimiz haqidagi «Alisher Navoiy», «Abu Rayhon
Beruniy» kabi hujjatli filmlarni yaratishda faol ishtirok etdi.

6.

A.Hayitmetovning adabiy-ilmiy faoliyati
Abduqodir Hayitmetov ilmiy faoliyatining muhim qismini o‘zbek mumtoz
adabiyoti tarixini yaratish bilan bog‘liq ishlar tashkil etadi. Uning ilmiy
rahbarligi va bevosita ishtirokida o‘zbek tilida 5 jildli (1977—80), rus tilida 2
jildli (1991-92) «O‘zbek adabiyoti tarixi» yaratilgan. Bundan tashqari, olim 4
jildli «O‘zbek adabiyoti» majmuasi, 3 jildli «O‘zbek poeziyasi antologiyasi»,
Alisher Navoiyning 15 va 20 jildli asarlar to‘plamlarini tuzishda faol ishtirok
etgan. Navoiyning «Hayrat ul-abror» hamda «Farhod va Shirin»
dostonlarining nasriy variantlarini tayyorlab nashr etgan.
Abduqodir Hayitmetov yosh olimlarning mehribon ustozi, yaqin
maslahatgo‘yi edi. Uning rahbarligida 30 ga yaqin doktorlik va nomzodlik
dissertatsiyalari himoya qilindi.

7.

A.Hayitmetovning adabiyilmiy faoliyati
Аbduqodir Hayitmetov
maqola,toʼplamlaridan tashqari
kinostsenariylar ham yozgan.
“Аlisher Navoiyning hayoti va
faoliyati” nomlti ilmiyommabop stsenariyni 1971yilda yozgan.

8.

1.
Foydalanilgan adaboyotlar:
Бертельс Е.Э. Опыт творческой биографии. М-Л,1948.
2.
Ҳайитметов А. Ҳаётбахш чашма.-Тошкент, 1974.
3.
Ҳайитметов А. Навоий даҳоси.-Тошкент, 1970.
4.
Ҳайитметов А. Шарқшунос бўлмоқ шараф. Ўзбекистон
шарқшунослик мактаби.-Т.: ЎзМЭ, 2009.
5. Абдусаматов М.Ўзбекистон шарқшунослари.-Тошкент,1996.

9.

E’tiboringiz
uchun
rahmat!
English     Русский Правила