661.14K
Категория: ЛингвистикаЛингвистика

Siyosiy matnlarda qo‘shma gaplarning ifodalanishi

1.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA'LIM, FAN VA
INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI
SHARQ FILOLOGIYASI VA TARJIMASHUNOSLIK FAKULTETI
ARAB FILOLOGIYASI KAFEDRASI
BITIRUV MALAKAVIY ISHI
Mavzu: SIYOSIY MATNLARDA QO‘SHMA GAPLARNING
IFODALANISHI
Yo‘nalish: 5120100 – filologiya va tillarni o‘qitish (arab tili)
Bajardi: Sayfutdinova Shaxzoda
Ilmiy rahbar: “Arab filologiyasi” kafedrasi
katta o’qituvchisi Shirin Zaynutdinova

2.

MUNDARIJA
KIRISH
I BOB. O‘ZBEK VA ARAB TILLARIDA GAP TURLARI VA ULARNING
IFODALANISH USULLARI
I.1. O‘zbek tilida qo‘shma gaplar tasnifi
1.2. Arab tilida gap turlari
II. BOB. ARAB TILIDA QO‘SHMA GAPLAR VA ULARNING SIYOSIY MATNLARDA
IFODALANISHI
II.1. Aniqlovchi, ega, kesim va to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplarning siyosiy matnlarda
qo‘llanilishi.
II. 2. Shart, to‘siqsiz, payt va o‘rin ergash gapli qo‘shma gaplarning matbuotdagi o‘rni.
II. 3. Sabab, maqsad, hol, o‘xshatish va istino ergash gapli qo‘shma gaplarlarning arab matbuoti matnlarida
ifodalanish usullari
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR VA MANBALAR RO‘YXATI

3.

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi.
Jahondagi har bir tilning o‘z tarixi,
taqdiri, jamiyat hayotida tutgan
o‘rni va mavqei mavjud. Jahon
tillari o‘zining genetik jihati,
tipologiyasi, ijtimoiy mohiyati,
o‘tmishi, yozuv tarixi, unda
so‘zlashuvchilarning umumiy
miqdori kabi belgilari bilan o‘zaro
farqlanadi. Ular ichida arab tili
ham o‘zining juda qadim tarixga
ega ekanligi, serqirra va ilmiy
manbalarga boyligi bilan ajralib
turadi.
Mavzuning o‘rganilganlik
darajasi. Sharq tillaridan biri va
ushbu ilmiy ishimizning asosi
bo‘lmish arab tili dagi qo‘shma
gaplar va ularning ijtimoiysiyosiy matnlarda qo‘llanilishi
g‘arb va o‘zbek tilshunoslari
tomonidan monografik shaklda
o‘rganilmagan. Bu bizning
bitiruv malakaviy ishimizning
ilmiy ahamyatini yanada oshiradi.
Lekin arab tilidagi qo‘shma gaplar
haqidagi ma'lumotlarni barcha
arabshanos-tilshunoslarimizning
arab grammatikasiga oid
kitoblarida uchratishimiz
mumkin.
Tadqiqot ishining manbalari.
Tadqiqot ishini yoritish uchun
manbalar sifatida arab tiliga oid
darslik va qo‘llanmalardan
foydalanildi. Bundan tashqari
internet saytlaridan olingan
manbalarga tayanildi, “ ‫اخر أخبار‬
‫”اليوم‬, “‫”اخبار العالم العربى‬, “ ‫اخبار‬
‫ ”العالم‬kabi internet saytlaridagi
xabarlardan foydalanildi.

4.

Tadqiqotning maqsadi va vazifalari. Arab tilidagi
qo‘shma gaplar va ularning siyosiy matnlarda
ifodalanish xusuyatlarini o‘rganish ishimizning
asosiy maqsadi bo‘lib, bu maqsadga erishish uchun
quyidagi vazifalar belgilandi:
- o‘zbek tilida ergashagn qo‘shma gaplar, ularning
turlari va vazifalarini o‘rganish;
arab tilida gap turlarini sintaktik tarkibini yoritib
berish;
-arab tilidagi ergashgan qo‘shma gaplarning gap
tarkibidagi o‘rni va vazifasini ko‘rsatib berish;
arab matbuotidagi siyosiy matnlarda qo‘shma
gaplarning qo‘llnilishi haqida so‘z yuritish.
Tadqiqot ishining tuzilishi. Bitiruv
malakaviy ishimizning tuzilishi kirish, ikki
bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar va
manbalar ro‘yxatidan iborat.
Kirish qismi ishning dolzarbligi, mavzuning
o‘rganilganlik darajasi, ishning maqsadi va
vazifalari, manbasi, tadqiqot metodi, obekti,
predmeti va ilmiy-amaliy ahamiyatini o‘z
ichiga oladi.

5.

Tadqiqot ishining metodi.
To’plangan materiallardan kelib
chiqib tadqiqotni o’rganish
mobaynida ma’lumot to’plash,
tarjima, tahlil, tizimli yondashuv
kabi metodlardan foydalanildi.
Tadqiqot ishining obekti va
predmeti . Arab tilidagi
ergashgan qo‘shma gaplarning
struktur tuzilishi va ularning
siyosiy matnlarda qo‘llanilishi
tadqiqot ishining ob'ekti va
predmeti hisoblanadi.
Ishning ilmiy va amaliy
ahamiyati. Tadqiqotda arab
tilshunosligining dolzarb
yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan
qo‘shma gaplarni ilk bor internet
manbalaridan olingan matnlar
asosid o‘rganildi. Ish natijalaridan
arab tili, umumiy va qiyosiy
tilshunoslik ma’ruza va seminar
mashg‘ulotlarida foydalanish
mumkin.

6.

I BOB. O‘ZBEK VA ARAB TILLARIDA GAP TURLARI VA
ULARNING IFODALANISH USULLARI
I.1. O‘zbek tilida qo‘shma gaplar tasnifi
Ma'lumki, ergashgan qo‘shma gaplarda ikki yoki undan ortiq sodda gaplar o‘zaro hokim-tobelik munosabati
orqali bog‘lanadi. Ergash gap bosh gapga tobe bog‘lanib, bosh gapdagi biror bo‘lakni izohlab keladi. Bosh
va ergash gap grammatik hamda mazmunan jips bog‘lanib, yaxlit birlikni tashkil etadi va umumiy bir fikrni
ifodalaydi. Ular o‘zaro fe'lning amaliy shakllarining qo‘llanishi (turli grammatik vositalar bilan birikkan
sifatdosh, ravishdosh va shart fe'li), yordamchi so‘zlar orqali munosabatga kirishishi aytiladi. Ergashgan
qo‘shma gaplarning guruhlanishi ergash gapning bosh gapdagi qaysi bo‘lakni izohlab kelishiga qarab
belgilanadi. Shuni aytish kerakki, ergash gaplarning tasnifida tilshunoslar o‘rtasida umumiylik bor. O‘zbek
tilshunosligida ergash gaplar mazmuniy – shakliy jihatdan 14 turga ajratiladi: 1) ega, 2) kesim, 3)
to‘ldiruvchi, 4) aniqlovchi, 5) shart, 6) sabab, 7) maqsad, 8) ravish, 9) payt, 10) o‘rin, 11) o‘lchov - daraja,
12) chog‘ishtirish-o‘xshatish, 13) to‘siqsiz, 14) natija ergash gaplar. N.Mahmudov ham ergashgan qo‘shma
gaplar semantikasini ayni shu tasnif asosida tahlil etadi. G‘. Abdurahmonov esa ularni quyidagi turlarga
ajratadi: 1) aniqlovchi, 2) to‘ldiruvchi, 3) ega, 4) kesim, 5) payt, 6) sabab, 7) shart, 8) maqsad, 9) to‘siqsiz,
10) natija, 11) ravish, 12) qiyos, 13) umumlashtiruvchi-izoh ergash gaplar. Uning bu tasnifida yuqoridagi
barcha qo‘shma gaplar aks etgan bo‘lsa-da, qiyos va umumlashtiruvchi ergash gaplar asossiz
maydalashtirilib yuborilgan.

7.

Hozirgi o‘zbek tilida ergash gapli qo‘shma gaplarning
yuqoridagi turlari mavjud. Quyida ularni ko‘rib o‘tamiz.
Ega
ergash
gapli
qo‘shma
gaplar.
To‘ldiruvchi
ergash gapli
qo‘shma gaplar.
Kesim ergash
gapli qo‘shma
gaplar
Aniqlovc
hi ergash
gapli
qo‘shma
gaplar.
To‘siqsiz
ergash
gapli
qo‘shma
gaplar
Shart ergash
gapli qo‘shma
gaplar.
Sabab
ergash
gapli
qo‘shma
gaplar.
Payt ergash gapli
qo‘shma gaplar

8.

1.2. Arab tilida gap turlari
Kesimning ifodalanishiga ko‘ra gaplar ikki turli bo‘ladi:
ismiy (‫ )جملة اسمية‬va fe'liy (‫)جملة فعلية‬.
Ismiy gaplarda kesim ism (ot, sifat, son, olmosh) larning birortasi bilan ifodalanib
keladi va ega - kesim munosabati quyidagilar bilan belgilanadi:
Ismiy gaplarda kesim ot bilan ifodalangan bo‘lsa ot kesimli gap deyiladi
“Salim studentdir”, “Bu uydir”, “Sen o‘quvci qizsan” kabi).

9.

Arab tilida ismiy gaplarga quyidagi
talablar qo‘yiladi:
Gapning egasi oldin,
kesimi keyin keladi.
‫ – طشقند مدينة‬Toshkent
shahardir.
‫ – هو مصري‬U misrlikdir.
Gapning egasi aniq
holatda, kesimi noaniq
holatda keladi:
‫ –المهندس نشيط‬Muhandis
faoldir.
‫ –المهندسة نشيطة‬Muhandis
ayol faoldir.
Gapning egasi ko‘satish
olmoshi bilan ifodalangan
bo‘lsa, u kesimning jinsiga
mos bo‘ladiladi. Masalan:
‫هذا بيت‬- Bu uydir.
‫هذه غرفة‬- Bu xonadir.
‫ذلك كتاب‬- Anovi kitobdir.
Gapning kesimi jinsi
o‘zgarishi mumkin bo‘lgan
so‘zdan iborat bo‘lsa,
eganing jinsiga moslashadi.
‫أحمد مهندس‬- Ahmad
muhandisdir.
‫فاطمة مهندسة‬- Fotima
muhandisdir.
Gapning egasi yuqori,
kesimi past ohangda
o‘qiladi:
‫محمد فالح‬- Muhammad
dehqondir.
‫ – السيارة جديدة‬Avtomobil
yangidir

10.

Kesimi fe'l bilan ifodalangan gap fe'l kesimli gap deyiladi. Fe'l kesimli
gapning egasi kesimdan oldin ham, keyin ham kelishi mumkin. Sodda
fe'liy gaplarga e'tibor beraylik:
1. Agar ega kishilik olmoshi bilan ifodalangan bo‘lsa, u gap tarkibida
ishlatilmasligi mumkin, chunki fe'lning shaxs va soni gapning egasini
ko’rsatib turadi. Masalan,
‫ذمبنا‬- Biz ketdik. ‫ تكتبون‬- Sizlar (mz) yozasizlar.
Agar bunday gapning egasi ta'kidlanib kelayotgan bo‘lsa, olmosh
kesimdan oldin kelishi mumkin. Masalan,
‫نحن ذهبنا‬- Biz ketdik.
‫أنتم تكتبون‬- Sizlar (mz) yozasizlar.

11.

Agar gapning egasi ot bilan ifodalangan bo‘lsa, u kesimdan oldin
ham, keyin ham kelishi mumkin. Bunda ega bilan kesim o‘rtasidagi
moslashuv quyidagicha bo‘ladi:
a) agar gapning egasi insonni anglatadigan ismdan iborat bo‘lsa va
kesimdan keyin kelsa, kesim har doim birlikda kelib shu ega bilan faqat
jinsda moslashadi. Masalan,
‫خرج المهندس‬- Muhandis (mz) chiqdi.
‫خرج المهندسان‬- Ikki (mz) muhandis chiqdi.
‫خرج المهندسون‬- Muhandislar (mz) chiqdilar.
‫دخلت الطالبة‬- Toliba kirdi.

12.

Agar fe’l-kesim keyin kelsa, ega bilan jinsda va sonda to‘la moslashadi:
‫المهندس خرج‬
‫الطالبة دخلت‬
‫المهندسان خرجا‬
‫الطالتان دخلتا‬
‫المهندسون خرجوا‬
‫الطالبات دخلن‬
b) agar gapning egasi insonni anglatmaydigan ism bilan ifodalangan va u birlik yoki
ikkilik sonda bo‘lsa, kesim insonni anglatadigan ism bilan ifodalangan ega bilan qanday
moslashsa, u bilan ham shunday moslashadi, ya’ni birlikda bo‘ladi va faqat jinsda
moslashadi. Masalan,
‫وصل القطار‬- Poezd keldi.
‫وصل القطاران‬- Ikkita poezd keldi.
Yoki
‫القطار وصل‬
‫الطائرة وصلت‬
‫القطاران وصال‬
‫الطارتان وصلتا‬

13.

Yuqorida ko‘rgan gaplarimizning barchasi sodda gap bo‘lib, o‘z tarkibida birgina
predikativ birlikka ega bo‘lgan, ma'lum fikr, maqsadni ifodalovchi, grammatik va
ohang jihatdan shakllangan sintaktik birlikdir. Sodda gap tuzilishiga ko‘ra, yig‘iq yoki
yoyiq bo‘lishi mumkin. Bosh bo‘laklardan tashkil topgan gaplar – yig‘iq gap, agar bosh
bo‘laklardan tashqari ikkinchi darajali bo‘laklar ham ishtirok etsa, yoyiq gap sanaladi
Arab tilida sodda yoyiq ismiy gaplarda bo‘laklar o‘zlariga xos tartibga ega. Gap
boshida ega va uning guruhi, ya'ni aniqlovchi, to‘ldiruvchi, hol keladi, keyin esa kesim
va uningi guruhi keladi.
‫هذا الرجل المجتهد عامل نشيط جدا في المصنع‬- Bu harakatchan kishi zavodda juda ilg‘or ishchidir.
‫ –هذه المرأة النشيطة مهندسة‬Bu faol ayol muhandisdir.
Ma'lumki, turli tillarda ergashgan qo‘shma gaplar, xususan, shart ergash gapli qo‘shma
gaplar va ularni ifodalash vositalari aynan bir xil emas. “Ifoda vositalari” deganda,
avvalo, fe'lning mayllarini, shuningdek, bog‘lovchi, yuklamalari va bog‘lovchi o‘rnidagi
so‘zlarni to‘g‘ri qo‘llashni tushunish kerak. Bu turdagi murakkab gaplarda morfologiya
ham, sintaksis ham bir-biri bilan chambarchas bog‘langan bo‘ladi. Arab tili flektiv til
bo‘lgani bois, unda morfologiya juda rivojlangan bo‘lib, u boshqa tillardan farqli
ravishda sintaksis bilan teng huquqlarga ega.

14.

Qo‘shma gaplar ikkiga bo‘linadi:
1. Bog‘langan qo‘shma gaplar.
2. Ergashgan qo‘shma gaplar.
Bog‘langan qo‘shma gapni tashkil etuvchi sodda gaplar o‘zaro teng boglanadi va biri
ikkinchisiga tobe bo‘lmaydi. “Bog‘langan qo‘shma gaplar mazmun jihatidan nisbatan erkin
gaplar yig‘indisi bo‘lib, biriktiruvchi (teng, zidlov, ajratuvchi) bog‘lovchilar vositasida o‘zaro
bog‘lanadi. Demak, bu gaplar o‘zaro ‫ ف‬،‫ ثم‬،‫ بل‬، ‫ لكن‬، ‫و لكن‬kabi bog‘lovchilar yordamida birikadi.
Masalan:
َّ ‫آن َوأ ِمي ت ِعد ال‬
َ ‫أ َ ِبي يَ ْق َرأ ا ْلق ْر‬- Otam Qur'on o‘qiyapti, onam taom tayorlayapti,
‫سه‬
َ ‫طعَا َم َوأ َ ِخي يذَا ِكر درو‬
ukam esa darslarini qilyapti.
‫س َرتْه ِب ْنتِي َخدِي َجة‬
َ ‫اب اِ ْبنِي أ َ ْح َمد أ َ ْو َك‬
َ ‫ َك‬- Eshikni o‘g‘lim Ahmad yoki qizim Xadicha sindirdi.
َ َ‫س َر ا ْلب‬
‫النَّاس ِإ َّما أ َ ْغنِيَاء َو ِإ َّما فقَ َراء‬- Odamlar yoki boy, yoki kambag‘al.

15.

Ergashgan qo‘shma gapni tashkil etuvchi sodda gaplarning biri ikkinchisiga tobe bo‘lib, uni
to‘ldirib, aniqlab yoki boshqa tomondan xarakterlab keladi. To‘ldirilib yoki aniqlanib
kelayotgan gap bosh gap, tobe gap esa ergash gap deyiladi. Ergash gap bosh gapni qaysi
tomondan xarakterlab kelayotganligiga ko‘ra, bir necha turlarga bo‘linadi. Arab tilida ergash
gaplarning bir qancha turlari mavjud. N.Ibrohimov, M.Yusupovlarning “Arab tili
grammatikasi” kitobida qo‘shma gaplarning shu 15 ta turi keltiriladi. Ular:
1
2.
3.
4.
5.
6.
7.
8.
9.
10.
11.
12.
13.
14.
15.
Aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap;
To‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap;
Ega ergash gapli qo‘shma gap;
Kesim ergash gapli qo‘shma gap;
Shart ergash gapli qo‘shma gap;
To‘siqsiz ergash gapli qo‘shma gap;
Payt ergash gapli qo‘shma gap;
Holat ergash gapli qo‘shma gap;
O‘rin ergash gapli qo‘shma gap;
Hol ergash gapli qo‘shma gap;
Sabab ergash gapli qo‘shma gap;
Maqsad ergash gapli qo‘shma gap;
Natija ergash gapli qo‘shma gap;
O‘xshatish ergash gapli qo‘shma gap;
Istisno ergash gapli qo‘shma gap kabi turlari mavjud.

16.

I bob bo ‘yicha xulosalar
Arab tilida sodda gap bir predikativ markazdan tashkil topgan bo‘lsa, qo‘shma gapda u ikki yoki
undan ortiq bo‘ladi. Shuningdek, ular ikki yoki undan ortiq egaga tobe bo‘ladi. Qo‘shma gaplar
shakliga ko‘ra vositasiz yoki vositali bo‘ladi. Vositasiz birikkan qo‘shma gaplar tilda nisbatan
kam uchraydi:
Qo‘shma gaplar ikkiga bo‘linadi: bog‘langan qo‘shma gaplar va ergashgan qo‘shma gaplar.
Bog‘langan qo‘shma gapni tashkil etuvchi sodda gaplar o‘zaro teng boglanadi va biri
ikkinchisiga tobe bo‘lmaydi. Ergashgan qo‘shma gapni tashkil etuvchi sodda gaplarning biri
ikkinchisiga tobe bo‘lib, uni to‘ldirib, aniqlab yoki boshqa tomondan xarakterlab keladi.
To‘ldirilib yoki aniqlanib kelayotgan gap bosh gap, tobe gap esa ergash gap deyiladi. Ergash gap
bosh gapni qaysi tomondan xarakterlab kelayotganligiga ko‘ra, bir necha turlarga bo‘linadi. Arab
tilida ergash gaplarning bir qancha turlari mavjud. Ayrim darsliklarda ularning 15 turi keltirilgan.
Biz o ‘z ishimizda ularning har biriga to ‘xtalib o ‘tdik va arab matbuotidan namunalar keltirdik.

17.

II. BOB. ARAB TILIDA QO‘SHMA GAPLAR VA
ULARNING SIYOSIY MATNLARDA IFODALANISHI
II.1. Aniqlovchi, ega, kesim va to‘ldiruvchi ergash gapli
qo‘shma gaplarning siyosiy matnlarda qo‘llanilishi
Aniqlovchi ergash gap bosh gapdagi u yoki bu so‘zning belgisini bildiradi va
quyidagi xususiyatlarga ega:
1. Aniqlovchi ergash gap bosh gapdagi qaysi bo‘lakning belgisini bildirsa,
bevosita shu bo‘lakdan keyin keladi. Belgisi bildirilib kelayotgan so‘z aniq holatda
bo‘lsa, u bilan aniqlovchi ergash gap o‘rtasiga nisbiy olmosh qo‘yiladi. Arab tilida
nisbiy olmosh quyidagi shakllarga ega:
Jins
Birlik
Ikkilik
Ko’plik
Muzakkar
‫آلذى‬
‫آللذآن‬
‫آلذين‬
Muannas
‫آلتى‬
‫آللتان‬
‫آلاليى‬. ‫آلالتى‬. ‫آللواتى‬

18.

Bu olmoshlarning birlik va ko‘plik variantlari kelishikda turlanmaydi.
Ikkilik shakli esa, kelishiklarda quyidagicha turlanadi:
Kelishik
Muzakkar
Muannas
Bosh kelishik
‫آللذآن‬
‫آللتان‬
Qaratqich kelishigi
‫آللذين‬
‫آللتان‬
Tushum kelishigi
‫آللذين‬
‫آللتان‬
Bu nisbiy olmosh bosh gapdagi belgisi aniqlanib kelayotgan bo‘lak bilan jinsda, sonda moslashishi kerak.
Masalan,
‫ن َح َياُِة أ َ ِبي َح ِنيفَة‬
ُْ ‫س َع‬
ُ ِ ‫ ْال ِف ْلمُ الَّذِي شَا َه ْدتَهُ أ َ ْم‬- Kecha sen ko‘rgan film Abu Hanifa haqida edi.

19.

‫ مركز مصر الثقافي اإلسالمي (مسجد مصر )الذي‬،‫ فجر اليوم الخميس‬،‫افتتح الرئيس المصري عبد الفتاح السيسي‬
.‫يتوسط قلب الحي الحكومي بالعاصمة اإلدارية الجديدة‬
Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi bugun, payshanba saharda Misrning Yangi
maʼmuriy poytaxtdagi hukumat okrugi markazida joylashgan Misr Islom madaniyati
markazini (Masjid Misr) ochdi.
‫ من فقدان‬،2023 ‫وحذر الوزير المصري في بيان مصر الذي ألقاه أمام الجلسة العامة لمؤتمر األمم المتحدة للمياه‬
.‫من رقعتها الزراعية بسبب تصرفات إثيوبيا‬15%
Misrning Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2023 yilgi suv konferensiyasining yalpi
sessiyasi oldidan bergan bayonotida Misr vaziri Efiopiyaning harakatlari tufayli qishloq
xo'jaligi erlarining 15 foizini yo'qotishi haqida ogohlantirdi.
Misollardan ko‘rinib turibdiki, ularning o‘zbek tilidagisi aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap
shaklida emas. Hozirgi o‘zbek tilida bunday iboralar ko‘pincha kengaytirilgan sifatdosh yordamida
ifodalanadi.

20.

Belgisi aniqlanib kelayotgan so‘z noaniq, holatda bo‘lsa, nisbiy
olmosh ishlatilmaydi. Masalan,
‫ركبنا سيارة تبلغ سرعتها مئة و خمسين كيلومترا فى آلساعة‬- Tezligi soatiga 150
km bo‘lgan mashinaga o‘tirdik.
Aniqlovchi ergash gap bosh gapga ‫ َم ْن َما‬bog‘lovchilari bilan ham
bog‘lanishi mumkin.
‫س عَا ِل ًما َم ْن يَقول أَنَا عَا ِل ٌم‬
َ ‫لَ ْي‬- “Men olimman”degan (kishi) olimmas.

21.

Agar aniqlovchi ergash gapning egasi bevosita belgisi bildirilayotgan bo‘lak, ya’ni bosh gapdagi aniqlanmish bo‘lsa,
shunga mos bo‘lgan nisbiy olmosh aniqlovchi ergash gapning grammatik egasi hisoblanadi. Masalan,
‫سمعت الطالبة التى تتكلم بالعربية جيدا جدا‬- Arab tilida juda yaxshi gaplashadigan tolibani eshitdim.
4. Agar belgisi bildirilayotgan bo‘lak aniqlovchi ergash gapning egasi bo‘lmasa, shu so‘z bilan jinsda va sonda
moslashgan birikma olmosh aniqlovchi ergash gapdagi fe'lga yoki fe'ldan keyingi old ko‘makchiga qo‘shilib keladi. Bunday
olmoshlar arab tilida ‫ ضمير عائد‬qaytuvchi olmosh deyiladi. Masalan,
‫لم أقرأ المجلة التى آشتريتها أمس‬- Kecha sotib olgan jurnalni o‘qimadim.
‫دخلت الغرفة التى يجلس الطالب فيها‬- Talabalar o‘tirishgan xonaga kirdim.
5. Aniqlovchi ergash gap ismiy gap bo‘lsa va nisbiy olmosh shu gapning grammatik egasi hisoblansa, ega bilan kesim
o‘rtasidagi ajratuvchi olmosh (‫ )ضمير الفصل‬q‘oyiladi. Masalan,
‫آستمعنا الى محاضرة االستاذ الذى هوعالم مشهور فى بلدنا‬- Yurtimizda mashhur ustozning ma'ruzasini tingladik.

22.

II. 2. Shart, to‘siqsiz, payt va o‘rin ergash gapli qo‘shma
gaplarning matbuotdagi o‘rni
Bosh gapdagi ish-harakatning amalga oshish shartini bildiruvchi ergash gap shart ergash gap deyiladi.
Arab tilida ko‘pincha shart ergash gap bosh gapdan oldin keladi. Bosh gapdagi ish-harakatning amalga
oshish sharti real (“Yaxshi o‘qisang, tushunasan” kabi) va noreal (“Yaxshi o‘qiganingda edi,
tushunarding” kabi) bo‘lishi mumkin.
Arab nahvi bo‘yicha aksariyat kitoblarda shart ergash gap – shart (‫)شرط‬, bosh gap esa – shartning javobi
(‫ )الجواب‬terminlari bilan belgilanadi. Xuddi shu tarzda shart ergash gapdagi fe'l shart fe'li (‫)فعل الشرط‬, bosh
gapdagi fe'l uning javobi ( ‫جوابه‬/ ‫ )جواب الشرط‬nomlari bilan yuritiladi. O‘zbek va rus tillaridagi
darsliklarda arab tilidagi shart ergash gapning ikki turi haqida so‘z ketadi :
1. Real shartni bildiruvchi shart ergash gap oldidan ‫ ِإ ْن‬،‫ ِإذَا‬،‫ َمتى‬،‫( َم ْن‬ulardan yasalgan ،‫ إذا ما‬،‫ متي ما‬،‫اذا ما‬
ْ
‫“لئن‬agar”),
‫“كلما‬har safar, agar”, ‫“حيثما‬qaerda agar” bog‘lovchilaridan biri kelishi mumkin:
‫ ِإ ْن‬،‫ َمتَى‬،‫ َم ْن‬bog‘lovchilari ishtirok etganida, ergash gapdagi fe'l ham, bosh gapdagi fe'l ham yoki o‘tgan
zamonda, yoki shart maylida keladi. Lekin bu gapdan anglashilgan shart ma'nosi hozirgi yoki kelasi
zamonga tegishli bo‘ladi. Masalan,
‫ت ِمنَ آلغرف ِة خ ََر ْجتُ ِم ْن َها‬
‫ ِإ ْن‬- Agar sen xonadan chiqsang, men ham chiqaman.
ْ
َ ‫خرج‬

23.

‫ ِإذَا‬yuklamasi ishlatilganida, har ikki gapdagi fe'l o‘tgan zamon shaklida keladi. Lekin shartning
ma'nosi hozirgi yoki kelasi zamonga tegishliligicha qoladi. Masalan,
‫علَ ْي ِه ِمنِي‬
َ ‫إذَا َرأَي‬-Agar amakingni ko‘rsang mendan salom ayt.
َ ‫س ِل ْم‬
َ ‫ْت‬
َ َ‫ع َّم َك ف‬
‫ْت آلقندِي َل في َها‬
َ ‫َلت آلغُرفَة َرأَي‬
َ ‫ ِإذَا دَخ‬- Sen (mz) xonaga kirsang, undagi qandilni ko‘rasan.
3. Ba'zan bosh gapning mazmuniga ko‘proq e'tibor qaratilgan bo‘lsa, bosh gap ergash gapdan oldin
kelishi ham mumkin. Masalan,
‫لستُ ُمبَالغًا إذَا قلتُ إننِى َم َريض‬- Agar men kasalman desam, mubolag‘a qilmagan bo‘laman.
‫ داعين إلى "الكشف عن األسباب الحقيقية لتغيب رئيس‬،‫كما تساءل البعض عما إذا كان الرئيس قد تعرض إلى وعكة صحية‬
" .‫الجمهورية‬
Ba'zilar, shuningdek, prezidentning sog'lig'i bilan bog'liq muammo bor-yo'qligi haqida savol berib,
"Respublika Prezidentining yo'qligining haqiqiy sabablarini oshkor qilish"ga chaqirishdi.
39. https://arabic.rt.com/middle_east/1449041

24.

Quyidagi hollarda bosh gap oldidan ُُ‫ف‬yuklamasi
qo’yiladi
َ
1.
Bosh gap ismiy gapdan iborat bulsa. Masalan,
ْ ‫س ِعيد‬
‫تر‬
َ ‫ارثَةَ فأ ْن‬
َ ‫ت‬
َ ‫إن لم‬
ِ ‫ه ِذ ِه ال َك‬- Agar sen bu falokatni ko‘rmagan bo‘lsang, baxtlisan.
1.
Bosh gapdagi fe'ldan buyruq, iltimos, xoqish-istak ma'nolari anglashilsa. Masalan,
ْ ‫ –اذا رجعوا في المساء‬Agar ular kechqurun qaytishsa, yaxshilab kutib ol.
‫فقابلهم مقابلة حسنة‬
1.
Bosh gapdagi fe'l
ُ‫ قَ ْد‬،‫س‬
َ kabi yuklamalar bilan, shuningdek
َ ،‫ف‬
َ ‫س ْو‬
‫ َما‬yoki
ُ‫ َل ْن‬inkor yuklamalari bilan
boshlangan bo‘lsa:
ْ - Agar sen ular uchun kechirim so‘rasang, Alloh ularni hyech qachon
‫إن تَست َ ْغفَ ْر لَه ْم فَلَ ْن َي ْغ ِف َر اللة لَ ُه ْم‬
kechirmaydi.
ْ - Agar borsang, ehtimol, borarman.
‫ان تذهب فقد أذهب‬

25.

II. 3. Sabab, maqsad, hol, o‘xshatish va istino ergash gapli qo‘shma gaplarlarning
arab matbuoti matnlarida
ifodalanish usullari
Sabab ergash gap bosh gapdagi ish-harakatning bajarilish sababini bildiradi. Sabab ergash gap
bosh gapdan oldin ham, keyin ham kelishi mumkin va uning oldidan quyidagi yordamchi so‘zlar
keladi: ‫ آلن‬،‫ ل‬،‫ ل َما‬،‫ ب َما‬،‫َوإ ْذ‬
Masalan,
‫آن‬
ِ ‫دَ َر ْستُ اللُّغَةَ ْال َع َر ِبيَّةَ َج ِيدًا ألَنَّ َها لُغَةُ ْالقُ ْر‬- Arab tilini Qur'on tili bo‘lganligi uchun yaxshi o‘rgandim.
ْ ‫ب َفضْل‬- sharofati bilan, ‫ ِبسبَب أَ ْن‬- sababli, ‫نَظرا أن‬- ...ga ko‘ra
Sabab ergash gap bosh gapga yana ‫آن‬
kabi yordamchi so‘zlar yordamida ham birikishi mumkin. Masalan,
ْ ‫طور‬
ُ
‫س ِريعا‬
‫ار ِإ‬
ِ َ‫سب‬
َ َ‫ان إلَى آلف‬
َ ‫طورا‬
َ ‫ضاء ُم ْمكنا ب‬
َ ْ‫آإلت‬
َ
َ َ‫ت ت‬
َ َ‫لوم آلت ْكنيكيةَ ت‬
َ ‫ص‬
ِ ‫طآلق‬
ِ ‫س‬
َ ُ‫ب أَن آلع‬
Texnika fanlari juda tez rivojlangani sababidan insonning fazoga chiqish imkoniyati
paydo bo‘ldi.

26.

Bosh gapdagi ish-harakatning bajarilishidan ko‘zlangan maqsadni
bildiruvchi ergash gap maqsad ergash gap deyiladi. Maqsad ergash gap bosh
gapdan oldin ham, keyin ham kelishi mumkin. U bosh gapga birikishi uchun
quyidagi yordamchi so‘zlar ishlatiladi: ‫ ل‬،‫ ِأل ْن‬،‫ كَى‬،‫ ِلكَى‬،‫ َحتى‬،َ‫ ِلثَآل‬،‫َك ْيآل‬
Macalan,
َ‫وجة الطآلًب ِإلى ِمص َْر بِيدْرسوا هنَاك آللغةَ آلعَ َربية‬
ْ َ‫ت‬- Arab tilini o‘rganish maqsadida
talabalar Misrga jo‘nashdi.
َ َ‫ذَ َه ْبت ِإلَى ا ْل َم ْكتَبَ ِة ك َْي آخذَ ا ْل ِكت‬- Kutubxonaga tarix kitobi olish uchun
ِ‫اب فِي التَ ِاريخ‬
bordim.

27.

Hol ergash gap bosh gapdagi ish-harakat ob'ekti yoki sub'ektining shu ish-harakat bajarilayotgan paytdagi holatini
bildiradi. Shuningdek, ergash gapdagi ish harakatning bosh gapdagi ish-harakat bilan bir vaqtda sodir bo‘layotganligini
ifodalaydi. Hol ergash gap bosh gapdan keyin keladi. Hol ergash gap bosh gapga biror yordamchi so‘z orqali yoki bevosita
birikadi:
1. Ergash gap bilan bosh gapning egasi bitta shaxs yoki predmet bo‘lsa, ergash gap
‫و‬bog‘lovchisi
va egaga mos
َ
keluvchi kishilik olmoshi bilan boshlanadi va bunda ergash gapdagi fe'l hozirgi-kelasi zamonda bo‘ladi. Masalan,
‫اب فِى يَده‬
َ َ ‫خ ََر َج ِمن آل ُكلي ِة َو ُه َو يَ ُحم ُل آلكت‬- U qo‘lida kitob ushlaganicha fakultetdan chiqdi.
2. Agar ergash gap bilan bosh gapning egasi bitta shaxs yoki predmet bo‘lmasa, ergash gap ُ‫ َو‬boglovchisi va
yuklamasi bilan o‘tgan zamon fe'li bilan keladi. Masalan,
ْ ‫ت َع ْينَاهُ بف ْك َرة‬
ْ ‫قَا َل َو قَ ْد لَ َم َع‬- Ko‘zlari boshqa bir xayol bilan chaqnagan holda dedi.
‫أخ َرى‬
3. Hol ergash gap ot kesimli gapdan iborat bo‘lsa, bosh gap bilan ‫ َو‬bog‘lovchisi yordamida birikadi. Masalan,
‫رب قَان َمة‬
ُ ‫الوقَانعِ َو ال َح‬
َ ‫ َج َرتُ ه ِذ ِه‬- Bu voqealar urush ketib turgan paytda sodir bo‘ldi.
ُ‫قَ ْد‬

28.

II bob bo‘yicha xulosalar
Arab adabiy tilida qo‘shma gaplarning bir qancha turlari bo‘lib, siyosiy matnlarda ularning barchasi
qo‘llaniladi. Arab tilidagi ergash gapli qo‘shma gaplarning qyidagi turlarini romanda ucratdik.
Aniqlovchi ergash gap bosh gapdagi qaysi bo‘lakning belgisini bildirsa, bevosita shu bo‘lakdan keyin
keladi. Belgisi bildirilib kelayotgan so‘z aniq holatda bo‘lsa, u bilan aniqlovchi ergash gap o‘rtasiga ‫آلذى‬
)‫ (آلتى‬nisbiy olmoshi, noaniq holatda bo‘lsa, nisbiy olmosh ishlatilmaydi. Hozirgi o‘zbek tilida bunday
iboralar ko‘pincha kengaytirilgan sifatdosh yordamida tarjima qilinadi.
Ega ergash gapli qo‘shma gaplarda ergash gap bosh gapning egasi vazifasini bajaradi. Bosh gapning kesimi
vazifasida kelgan ergash gap esa kesim ergash gap deyiladi.
Arab matbuoti matnlarida eng ko‘p uchraydigan qo‘shma gaplardan biri to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma
gapdir. Bosh gapning to‘ldiruvchisi vazifasida keluvchi ergash gap to‘ldiruvchi ergash gap deyiladi.
Matnlarda ko‘p uchraydigan osh gapdagi ish-harakatning bajarilish paytini bildiruvchi ergash gap payt
ergash gap deyiladi. Arab tilida payt ergash gap bosh gapdan oldin ham, keyin ham kelishi mumkin. Payt
ergash gap bosh gap bilan ergash gapdagi ish-harakatning bir vaqtda sodir bo‘lganligini, bir necha marta
takrorlanganligini, keyin sodir bo‘lganligini, oldin sodir bo‘lganligini, ba’zida payt ergash gapdagi ish
harakatning tugashi bilanoq bosh gapning ish-harakati boshlanishini bildiradi.
Bosh gapdagi ish-harakatning bajarilish o‘rnini bildiradigan ergash gap o‘rin ergash gap hisoblanadi. O‘rin
ergash gap arab tilida bosh gapdan keyin keladi

29.

XULOSA
Arab adabiy tilida qo‘shma gaplarning bir qancha turlari bo‘lib, siyosiy matnlarda ularning barchasi
qo‘llaniladi. Arab matbuoti matnlarini tahlil qilish jarayonida biz ularni ko‘plab uchratdik va ishimizda misollar
keltirdik. Arab tilidagi ergash gapli qo‘shma gaplarni o‘rganish jarayonida quyidagi xulosalarga keldik:
- Aniqlovchi ergash gap bosh gapdagi qaysi bo‘lakning belgisini bildirsa, bevosita shu bo‘lakdan keyin keladi.
Belgisi bildirilib kelayotgan so‘z aniq holatda bo‘lsa, u bilan aniqlovchi ergash gap o‘rtasiga )‫ آلذى (آلتى‬nisbiy
olmoshi qo‘yiladi. Bu olmoshlarning ikkilik va ko‘plik shakllari mavjud bo‘lib, birlik va ko‘plik shakllari
kelishikda turlanmaydi. Ikkilik shakli esa, kelishiklarda turlanadi. Bosh gapdagi belgisi aniqlanib kelayotgan
bo‘lak aniq bo ‘lsa, nisbiyb olmoshlar undan keyin qo‘yiladi va u bilan jinsda, sonda moslashishi kerak. Lekin
belgisi aniqlanib kelayotgan so‘z noaniq holatda bo‘lsa, nisbiy olmosh ishlatilmaydi. Hozirgi o‘zbek tilida
bunday iboralar ko‘pincha kengaytirilgan sifatdosh yordamida tarjima qilinadi.
- Ega ergash gapli qo‘shma gaplarda ergash gap bosh gapning egasi vazifasini bajaradi. Arab tilida ega ergash
gap bosh gapning kesimiga nisbiy olmosh yordamida bog‘lanishi mumkin. Bundan tashqari ega ergash gap ‫ما‬
yuklamasi bilan ham qo‘shilishi mumkin.
- - Bosh gapning kesimi vazifasida kelgan ergash gap esa kesim ergash gap deyiladi. Kesim ergash gap ham
bosh gapga ega ergash gap bog‘langan vositalar yordamida bog‘lanadi.

30.

- Arab matbuoti matnlarida eng ko‘p uchraydigan qo‘shma gaplardan biri to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma
gapdir. Bosh gapning to‘ldiruvchisi vazifasida keluvchi ergash gap to‘ldiruvchi ergash gap deyiladi. Arab
tilida to‘ldiruvchi ergash gap bosh gapdan keyin keladi va bosh gapga ‫ ان‬yuklamasi yordamida bog‘lanadi.
Bu yuklama ‫ ب‬va ‫ على‬yuklamalari bilan qo‘shilib kelishi mumkin.
- Bosh gapdagi ish-harakatning amalga oshish shartini bildiruvchi ergash gap shart ergash gap deyiladi. Arab
tilida ko‘pincha shart ergash gap bosh gapdan oldin keladi. Bosh gapdagi ish-harakatning amalga oshish sharti
real va noreal bo‘lishi mumkin. Real shartni bildiruvchi shart ergash gap oldidan ‫ ِإ ْن‬،‫ ِإذَا‬،‫ َمتى‬،‫( َم ْن‬ulardan
ْ ،‫ إذا ما‬،‫ متي ما‬،‫“ اذا ما‬agar”), ‫“ كلما‬har safar, agar”, ‫“ حيثما‬qaerda agar” bog‘lovchilaridan biri
yasalgan ‫لئن‬
kelishi mumkin. Noreal shartni bildiruvchi shart ergash gap oldidan ‫ لَ ْو‬yuklamasi qo‘yiladi va bu gapdagi fe'l
ko‘pincha o‘tgan zamon shaklida keladi. Shart ergash gaplar matbuot matnlarida ko‘p uchramaydi.
- To‘siqsiz ergash gap bosh gapdagi ish-harakatning amalga oshishiga to‘sqinlik iladi, lekin shunga qaramay,
bosh gapdagi ish-harakat amalga oshgan bo‘ladi yoki amalga oshadi. Arab tilida to‘siqsiz ergash gap bosh
gapdan oldin ham keyin ham, bosh gapning o‘rtasida ham kelishi mumkin va to‘siqsiz ergash gap oldidan
‫َو‬
‫ َوإن‬،‫ إذَا َولَثن‬yordamchi so‘zlari, ‫ َم َع ان‬،‫ ِبالرغم ِم ْن‬،‫ َر ْغ َم ان‬- yuklamalari kelishi mumkin.

31.

- Bosh gapdagi ish-harakatning bajarilish o‘rnini bildiradigan ergash gap o‘rin ergash gap hisoblanadi. O‘rin
ُ ‫ ِم ْن َحي‬،‫ َحيث َما‬،‫ أين َما‬kabi yordamchi so‘zlar
َ ‫ إلَى َحي‬،‫ْث‬
ergash gap arab tilida bosh gapdan keyin keladi va ‫ َحبْث‬،‫ْث‬
vositasida bog‘lanadi.
- matbuot matnlariga ko‘p uchragan ergash gap turlaridan biri sabab va maqsad ergash gapli qo‘shma gaplardir.
Sabab ergash gap bosh gapdagi ish-harakatning bajarilish sababini bildiradi. Sabab ergash gap bosh gapdan oldin
ham, keyin ham kelishi mumkin va uning oldidan quyidagi yordamchi so‘zlar keladi: ‫ آلن‬،‫ ل‬،‫ ل َما‬،‫ ب َما‬،‫َوإ ْذ‬
ْ ‫ بفَضْل‬- sharofati bilan, ‫ ِبسبَب أ َ ْن‬- sababli, ‫ نَظرا أن‬- ...ga ko‘ra kabi yordamchi
Sabab ergash gap bosh gapga yana ‫آن‬
so‘zlar yordamida ham birikishi mumkin.
- Bosh gapdagi ish-harakatning bajarilishidan ko‘zlangan maqsadni bildiruvchi ergash gap maqsad ergash gap
deyiladi. Maqsad ergash gap bosh gapdan oldin ham, keyin ham kelishi mumkin. U bosh gapga birikishi uchun
quyidagi yordamchi so‘zlar ishlatiladi: ‫ ل‬،‫ ِأل ْن‬،‫ َكى‬،‫ ِل َكى‬،‫ َحتى‬،َ‫ ِلثَآل‬،‫َكيْآل‬

32.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR VA
MANBALAR RO‘YXATI
1.
Siyosiy adabiyotlar
1. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini
birgalikda barpo etamiz. – Т.: O’zbekiston, 2016.
2. Mirziyoyev Sh. Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari. – T. :
“O‘zbekiston”, 2020.
3. Mirziyoyev Sh. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan
eng oliy bahodir. – T.: “O‘zbekiston”, 2020.
4. Mirziyoyev Sh. Yangi Uzbekiston demokratik o‘zgarishlar, keng
imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda. – T. :
“O‘qituvchi”, 2021.
5. Mirziyoyev Sh. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. – T.: “O‘zbekiston”,
2021.
6. Kаrimоv I.А. Bаrkаmоl аvlоd – Oʻzbekistоn tаrаqqiyotining pоydеvоri. T.: Shаrq, 1997.
7. Karimov I.A. Asarlar. 4-jild. Bunyodkorlik yo’lidan. – T.: O’zbekiston,
1996.

33.

1. Абдураҳмонов Ғ. Ўзбек тили грамматикаси. –Т.: “Ўқитувчи”, 1996.
2. Гранде Б. М. Курс арабской грамматики в сравнительно-историческом
освещении. –М.: “Восточная литература”, 1998.
3. Иброҳимов Н., Юсупов М. Араб тили грамматикаси. 1 жилд. – Т.: “Ўзбекистон
миллий энциклопедияси”, 1997.
4. Иброҳимов Н., Юсупов М. Араб тили грамматикаси. II жилд. – Т.: “Ўзбекистон
миллий энциклопедияси”, 1997.
5. Ковалев А.А., Шарбатов Г.Ш. Учебник арабского языка. – М.: “Восточная
литература”, 1998. 6. Кузьмин С.А. Учебник арабского языка. –М., 2003.
7. Мухтаров Т., Муталова Г. Арабский язык. –Т.: ТГИВ, 2017
8. Ан-Наъим. Арабча-ўзбекча луғат. – Т.: 2003.
9. Нурмонов А., Маҳмудов Н., Аҳмедов А., Солихўжаева С. Ўзбек тилининг
мазмуний синтаксиси. –Т.: “Ўқитувчи”, 1992.
10. Orifxo’jayev N.M. Arab tili nazariy grammatikasi. – T. TDSHI, 2010.
11. Musayev.O. Arab tili asosiy qoidalari tizimi. – T., 2000.

34.

Arab tilidagi manbalar
.1993 .‫ بيروت‬. ‫ الدروس العربية‬.‫ الشيخ مصطفي الغالييني‬.1
.17.12.2019 .‫ األهرام‬.2
19.03.2021 .‫ األهرام‬.3
Internet saytlari
1. https://arabic.rt.com/middle_east/
2. https://www.aljazeera.net/politics/
3. https://arabic.rt.com/business/
4. https://www.aljazeera.net/culture/
5. https://www.aljazeera.net/programs/
English     Русский Правила