6.28M
Категория: ГеографияГеография

Dunyo okeani tubining geologik tuzilishi, relyefi

1.

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм
14- §. Dunyo okeani tubining
geologik tuzilishi, relyefi

2.

Geologik tuzilishi.

3.

Dunyo okeani tubi yirik litosfera plitalaridan tashkil
topgan. Lekin ular materiklar bilan birga yaxlit litosfera
plitalarini tashkil etganligi uchun materiklar nomi bilan
ataladi. Faqat Tinch okean tubi mustaqil litosfera plitasi
tariqasida ajratiladi.
Tinch
okean

4.

Okean tublarida daryo, dengiz to‘lqinlari va oqimlari,
shamol, aysberglar keltirgan yotqiziqlar, hatto
organizmlar va kosmik changlar cho‘kindi jinslar
qatlamini hosil qiladi.

5.

Terrigen, ya’ni vujudga kelishiga ko‘ra quruqlik bilan
bog‘liq cho‘kindilar qirg‘oq yaqinida bo‘ladi. Terrigen
yotqiziqlar Dunyo okeanining 25 % ini qoplaydi.

6.

Okean tagi esa nobud bo‘lgan dengiz organizmlari
qoldiqlaridan hosil bo‘lgan cho‘kindilar, ya’ni okean
loyqasi bilan qoplangan.

7.

Okeanning qirg‘oqdan uzoq eng chuqur qismlarida qizil
tusli okean gili to‘plangan. U Dunyo okeani tagining
36 % ini qoplab yotadi.

8.

Okean gili jigarrangdagi gilsimon balchiqdan iborat. U
okeanning 5 000 m dan chuqur qismlarida bo‘ladi.

9.

Okean tubi relyefi.

10.

Dunyo okeani tubi relyefi juda murakkab tuzilgan.
Okean tubida materik sayozligi, materik yonbag‘ri,
materik etagi, okean tubi botiqlari, o‘rta okean tizmalari
va eng chuqur cho‘kmalar kabi yirik relyef shakllari
mavjud.

11.

O‘rta okean tog‘ tizimining umumiy uzunligi 60 ming
km dan ortiq bo‘lib, u barcha okeanlarni kesib o‘tgan va
bir qancha tarmoqlarga bo‘lingan (9- rasm).

12.

Atlantika okeanida Shimoliy Afrika (1), Shimoliy
Amerika (2), Braziliya (3), Angola (4);
1
2
3
4

13.

Tinch okeanda Shimoli-sharqiy (1), Shimoli-g‘arbiy (2),
Markaziy (3), Janubiy (4) va Chili (5);
2
1
3
5
4

14.

Hind okeanida Somali (1), Markaziy (2) va G‘arbiy
Avstraliya (3) kabi botiqlar bor.
1
2
3

15.

Antarktida qirg‘oqlari yaqinida Afrika-Antarktida (1),
Avstraliya-Antarktida (2) va Bellinsgauzen (3) botiqlari
bor.
1
3
2

16.

Dunyoning tabiiy xaritasida beshta havzani ajratish
mumkin. Ular Tinch, Atlantika, Hind, Shimoliy Muz
okeani havzalari va berk havzalardir. Daryo qaysi
havzaga o‘z suvini quysa, o‘sha havzaga tegishli
bo‘ladi.
4
5
2
1
1
3

17.

Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Okean tubi relyefi, materik sayozligi,
materik yonbag‘ri, materik etagi, okean tubi
botiqlari, o‘rta okean tizmalari.

18.

Nazorat uchun savollar
1. Dunyo okeani tubi qanday yotqiziqlardan
iborat?
2. Okean tubi relyefi qanday tuzilgan?

19.

Amaliy topshiriqlar
1. Okean tubi relyefining asosiy shakllarini
daftaringizga yozing.
2. Tabiiy geografik xaritadan okean havzalarini toping.

20.

© Foydalanilgan adabiyotlar:
• A. Soatov, A. Abulqosimov, M. Mirakmalov. –
Geografiya (Materiklar va okeanlar tabiiy
geografiyasi), umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6sinfi uchun darslik – Toshkent: „O‘qituvchi“, 2017/
www.eduportal.uz

21.

© Internet manbalari:
• www.wikipedia.org
• www.сезоны-года.рф
• www.interneturok.ru
• www.geographyandyou.com
• www.geogeo2013.blogspot.com
• www.economist.com
• www.geomap.com.ua
• www.eduportal.uz

22.

© Qambarov Sirojiddin tomonidan to‘plandi va
tartiblandi. Xatolari bo‘lishi mumkin, tekshirib ko‘ring.
• Telegram manzil:
https://t.me/@geography_method
English     Русский Правила