2.93M
Категория: ИнтернетИнтернет

Internet va uning xizmatlari

1.

2.

Internet va uning xizmatlari
WWWda veb-sahifalarni olish uchun HTTP hamda uning xavfsiz va
rivojlangan versiyasi HTTPS protokollaridan foydalaniladi. WWW
rivojlanishining natijasida uning WEB 1.0, WEB 2.0, WEB 3.0
avlodlari paydo bo‘ldi.
WEB 1.0 Internet tarmog‘i ishga tushirilgan vaqtda veb-saytlar faqat
foydalanuvchilarga ma’lumot berish maqsadidagina yaratilgan. Ular
statik sahifalar bo‘lib, barcha ma’lumotlar faqat veb-dasturchilar
tomonidangina o‘zgartirilgan. Veb-dasturchilar sahifa kodiga
o‘zgartirish kiritmaguncha, sahifa yangilanmagan.
Web 2.0 ning asosiy xususiyati – bu ko‘p sonli foydalanuvchilar
kontentini yaratish va ma’lumotlarni almashishda uning bevosita
ishtirokidir. Xususan, WEB 2.0 texnologiyalari foydalanuvchilarga
qidirish, xabar yaratish va yuborish, yangilik joylashtirish, video
ulashish va tomosha qilish imkoniyatlarini berdi. Shuningdek,
Facebookda sahifalar yaratish, yangilash, YouTubega video yuklash
yoki Vikipediyaga maqola yozish imkoniyatlari paydo bo‘ldi. YouTube,
Vikipediya, blog, ijtimoiy tarmoq va boshqalar Web 2.0 ga xos mashhur
texnologiyalardir.

3.

Internet va uning xizmatlari
WEB 3.0 – Web 2.0 ga o‘xshash, lekin aqlli texnologiya hamda sun’iy
intellektga asoslangan texnologiya. Web 3.0 asosida foydalanuvchi
ma’lumotlari olinadi va unga mos foydali ma’lumot yoki takliflar
taqdim etiladi. Web 2.0 saytlari barcha tashrif buyuruvchilarga bir xil
kontentni taqdim etsa, WEB 3. 0 platformalari har bir
foydalanuvchining xohishiga ko‘ra, sayt tarkibini moslashtirish uchun
sun’iy intellektdan foydalanadi. WEB 3. 0 ga blokcheyn, IoT, bigdate
texnologiyalarini misol keltirish mumkin. Bu texnologiyalarga keyinroq
batafsil to‘xtalamiz.

4.

Elektron pochta (e-mail) xizmati
Elektron pochta bilan ishlashda IMAP, POP3 SMTP
protokollaridan foydalaniladi. Elektron pochta SMTP protokoli
orqali jo‘natiladi, POP3 protokoli orqali esa qabul qilib olinadi.
Internet xabarlariga kirish protokoli (IMAP – Internet
Message Access Protocol) – elektron pochtaga ixtiyoriy
qurilmadan bog‘lanish imkonini beradi, pochta serveri hamda
pochta mijozi o‘rtasidagi muloqotni ta’minlaydi;
pochta aloqasi protokolining 3-versiyasi (POP3 – Post Office
Protocol 3) – xabarlarni elektron pochta orqali qabul qilish uchun
ishlatiladi;
oddiy pochta uzatish protokoli (SMTP – Simple Mail Transfer
Protocol) – xabarlarni elektron pochta orqali yuborish uchun
ishlatiladi;
fayllarni uzatish protokoli (FTP – File Transfer Protocol) –
Internetdagi fayllarni uzatish va boshqarish uchun ishlatiladi;

5.

Audio va videoqo‘ng‘iroqlar xizmati
Internet orqali ovoz yuborish protokoli (VoIP – Voice over
Internet Protocol) –
Internet orqali ovozli ma’lumot (telefon
qo‘ng‘iroqlari)ni uzatish uchun ishlatiladi. Ushbu texnologiyaning
rivojlanishi natijasida audio va videoqo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish
imkoniyati paydo bo‘ldi.
VoIP – ovozni raqamli signalga aylantiruvchi, foydalanuvchiga
Internet orqali bir nechta foydalanuvchi bilan gaplashish imkonini
beruvchi raqamli aloqa turi.
VoIP xizmatlarini taqdim etuvchilar: Skype, Google Hangouts,
WhatsApp, TeamSpeak, Telegram va h. k.
Streaming – foydalanuvchiga Internet
orqali jonli voqea, serial, film, sport
tadbirlarini ko‘rish imkoniyatini beruvchi
xizmat. Bunga smartfon, aqlli televizor
yoki kompyuterga translyatsiya qilish
kiradi. Streaming xizmatlarini taqdim
etuvchilar: Allplay, ITV, Mediabox.

6.

GPS xizmati
GPS (ing. Global Positioning System –
global joylashishni aniqlash tizimi) – dunyo
bo‘ylab
masofa,
vaqt
va
joylashishni
belgilaydigan sun’iy yo‘ldosh navigatsiya tizimi.
Geotagging – geografik (GPS
yordamida olingan) ma’lumotlarni
ommaviy axborot vositalari va vebsaytlarga biriktirish jarayoni. Bunga
video, fotosurat va QR-kodlarga
koordinatalar, vaqt, balandlik, masofa
va joy nomlarini biriktirish kiradi.

7.

Aloqa vositalari
Ethernet – LANdagi sim va signallarni aniqlaydigan
eng keng tarqalgan standart.
Tarmoqda kompyuterlarni ulash uchun koaksial,
о‘rama juft (ingl. toking ring) va optik tolali (dastlab
shisha, hozirda esa plastik tola) kabellar ishlatilishi
mumkin.
– koaksial kabellar (coaxial cable) televizion antenna
kabeliga juda о‘xshash;
– о‘ralgan juft kabellar (tvisted pair) telefon simini
eslatadi;
– optik tolali kabellar (fider-optic cable) – eng ishonchli
va tez, ammo nisbatan qimmat turuvchi kabel.

8.

Aloqa vositalari
Kabel turi
О‘tkazish tezligi,
Mbit/sek
Tarmoqni hosil qiluvchi
nuqtalar orasidagi masofa
Koaksial kabellar
300 Mbit/sek
500 m
О‘ralgan juft
kabellar
10 Gbit/sek
100 m
Optik tolali
kabellar
10/100/1000 Gbit/sek;
10/40/100/200 Gbit/sek
80 km
Koaksial kabel dielektronik bilan qoplangan ekranlovchi himoya
qobiqli mis о‘tkazgich (sim)dan iborat.
О‘ralgan juft asosli kabel bir necha juft dielektrik (plastikli) qobig‘i
izolyatsiyalangan, buralgan mis simlardan tashkil topgan.
Optik tolali kabel – sirtidan mustahkam himoya qobig‘i bilan
qoplangan, ichida esa diametri 5 dan 100 mikrongacha bо‘lgan mayda
shisha yoki plastik tolalardan iborat ingichka, egiluvchan, shaffof kabel.
Bitta kabel tarkibida bunday tolalardan bitta yoki yuzlab bо‘lishi
mumkin

9.

Simsiz aloqa vositalari
Quyidagilar simsiz aloqa kanallarining asosiy aloqa tizimlari
hisoblanadi: infraqizil va mikrotо‘lqinli aloqa kanallari (IrDA),
radiotо‘lqinli aloqa kanallari (Bluetooth, UWB, WiFi, WiMAX),
mobil aloqa, sputnik aloqa tizimlari va boshqalar.
Bluetooth – radioto‘lqinlar yordamida qisqa masofalarda bir-biri bilan
aloqa qilish imkoniyatini beruvchi kompyuter, telefon va boshqa
qurilmalarda ishlatiladigan simsiz texnologiya.
Wi-Fi (ing. Wireless Fidelity – simsiz aniqlik) – qurilmalarni
radioto‘lqinlari orqali mahalliy tarmoqqa hamda Internetga ulash
imkonini beruvchi simsiz tarmoq texnologiyasi.
WiMAX (ingl. Worldwide Interoperability for Microwave Access –
mikrotо‘lqindan foydalanishning butun jahon birligi) – keng polosali
simsiz mintaqaviy tarmoq.

10.

Simsiz aloqa vositalari
Infraqizil nurlar (IrDA standarti)
Bluetooth
Radioto‘lqinlar
Wi-Fi
WiMAX
English     Русский Правила