269.88K
Категория: БиологияБиология

Oyoqning topografik anatomiyasi

1.

MUSTAFOQULOV JONIBEK RUSTAMVICH TTA TALABASI
OYOQNING TOPOGRAFIK ANATOMIYASI
BOLDIR (crus).
Chegaralari:
yuqorida – katta boldir suyagi g‘adir-budirligi orqali o‘tkazilgan aylana chiziq,
pastda – to‘piqlarning asosidan o‘tkazilgan aylana chiziq tashkil etadi.
Katta boldir suyagining ichki qirrasi, kichik boldir muskullari bilan kambalasimon muskul
orasidagi egat orqali o‘tkazilgan chiziqlar yordamida boldir regio cruris anterior va regio
cruris posterior sohalarga bo‘linadi.
Boldirning orqa sohasi (regio cruris posterior).
Qavatma-qavat tuzilishi.
1. Teri (cutis). Boldirning oldingi sohasi terisiga nisbatan birmuncha qalin.
2. Teri osti kletchatkasi (panniculus adiposus) ham oldingi soha teri osti qavatiga nisbatan
yaxshi rivojlangan va o‘zida quyidagilarni tutadi:
- v.saphena magna va uning yonida n.saphenus;
- v.saphena parva va uning yonida n.cutaneus surae medialis;
- n.saphenus, son nervi shoxidan biri;
- n.cutaneus surae lateralis (n.peronaeus communis shoxi), boldirning o‘rta uchdan bir
qismida n.cutaneus surae medialis bilan qo‘shiladi va n.suralis ni hosil qiladi.
- n.suralis lateral to‘piqni aylanib o‘tib oyoq panjasi orqa sohasida n.cutaneus dorsalis
pedis lateralis ga aylanadi;
- yuza limfatik tomirlar. Katta teri osti venasi bilan birga joylashgan yuza limfatik tomirlar
chov limfatik tugunlariga quyiladi. Kichik teri osti venasi bilan birga joylashgan limfatik
tomirlar taqim osti limfatik tugunlariga etib keladi.
Yuza fassiya (fascia supeificialis), ingichka
4. Xususiy fassiya (fascia cruris) zich fibrozli plastinka bo‘lib boldirning orqa guruh
muskullarini o‘raydi. Boldirning o‘rta uchdan bir qismidan taqim osti chuqurchasigacha
bo‘lgan masofadagi fassiya varaqalari orasida v.saphena parva va n.cutaneus surae
lateralis joylashadi.
5. Boldir orqa muskul-fassiya o‘rindig‘idagi yuza qavat muskullar:
- boldirning uch boshli muskuli (m.triceps surae), bu muskul m.gastrocnemius va m.soleus
dan hosil bo‘ladi, bunda m.soleus m.gastrocnemius tagida joylashadi, muskul tendo
calcaneus bilan tugab tovon suyagiga birikadi;
- m.plantaris, m.gastrocnemius ning lateral boshchasi va m.soleus orasida joylashadi va
tovon payiga qo‘shilib ketadi.
6. Boldir fassiyasining chuqur varag‘i (lamina profunda fasciae cruris), yuza va chuqur
muskullarni ajratib turadi. 7. Boldir orqa muskul-fassiya o‘rindig‘i chuqur qavat muskullari:
- m.flexor digitorum longus, medial tomonda joylashadi;
-m.flexor hallucis longus, lateral tomonda joylashadi;

2.

-m.tibialis posterior, oyoq panjasi barmoqlarini bukuvchi uzun muskul va bosh barmoqni
bukuvchi uzun muskul orasida joylashadi. Boldirning pastki uchdan bir qismida orqa katta
boldir muskuli payi barmoqlarni bukuvchi muskul payini oldindan kesib o‘tadi.
8. Katta boldir suyagi (tibia), kichik boldir suyagi (fibula) va suyaklararo membrana
(membrana interossea).
Boldir orqa sohasining qon tomir-nerv tutamlari.
A. et v.poplitea va n.tibialis taqim osti chuqurchasidan chiqib boldir-taqim osti kanaliga
(canalis cruropopliteus) kiradi. Canalis cruropopliteus devorlari: oldingi devori –
m.tibialis posterior va m.flexor digitorum longus; orqa devori – lamina profunda fasciae
cruris va m.soleus. Kanalning yuqorigi teshigi oldindan m.popliteus, orqadan arcus
tendineus m.solei bilan chegaralangan. Kaalning pastki teshigi boldirning o‘rta va pastki
uchdan bir qismlari chegarasida bo‘lib, oldindan orqa katta boldir muskuli bilan, orqadan
kambalasimon muskul bilan chegaralangan. Yuqori teshik orqali a. et v.poplitea va
n.tibialis kanal ichiga tushadi. Kanal ichida taqim osti arteriyasi a.tibialis anterior et
a.tibialis posterior larga bo‘linadi. Oldingi katta boldir arteriyasi (a.tibialis anterior),
suyaklararo membranani teshib boldirning oldingi muskul-fassiya o‘rindig‘iga o‘tadi va
n.peroneus profundus bilan birga pastga yo‘naladi. Orqa katta boldir arteriyasi (a.tibialis
posterior) n.tibialis bilan birga kanalning pastki teshigi orqali kanaldan chiqib ketadi.
A.tibialis posterior va n.tibialis boldirning chuqur fassiyasi ostida joylashgan holda medial
to‘piq ortidagi uchinchi kanalga yo‘naladi. Arteriya o‘z yo‘nalishida quyidagi tarmoqlarini
beradi:
- a.circumflexa fibulae, kichik boldir suyagi boshchasi tomon yo‘naladi va rete articularis
genus hosil bo‘lishida ishtirok etadi;
- rami malleolaris medialis, medial to‘piq tomon yo‘naladi va rete malleolare mediale ni
hosil qiladi;
- rami calcanei mediales, tovon suyagining medial yuzasi tomon yo‘naladi va rete
calcaneum hosil bo‘lishida ishtirok etadi.
- a.peronaea, lateral tomonga va pastga yo‘nalib, boldirning o‘rta uchdan bir qismida pastki
muskul-boldir kanali (canalis musculoperonaeus inferior)ga kiradi. Pastki muskul-boldir
kanali chegaralari: lateral tomonda kichik boldir suyagi, orqada oyoq panjasi bosh
barmog‘ini bukuvchi uzun muskul, oldinda orqa katta boldir muskuli. A. peronaea o‘z
yo‘nalishida quyidagi tarmoqlarini beradi:
- ramus perforans – rete malleolaris lateralis va rete cateaneum hosil bo‘lishida ishtirok
etadi;
-a.malleolaris lateralis – rete malleolaris lateralis hosil bo‘lishida ishtirok etadi.
- rami calcanei laterales – tovon suyagining tashqi yuzasi tomon yo‘naladi va rete
calcaneum hosil bo‘lishida ishtirok etadi.
Orqa katta boldir arteriyasining proeksion chizig‘i – taqim osti chuqurchasi o‘rtasidagi
nuqtadan tovon payi va medial to‘piq orasidagi masofaning o‘rtasidagi nuqtaga
o‘tkazilgan chiziq. Katta boldir nervi (n.tibialis) boldir orqa guruh muskullarining
barchasini innervatsiya qiladi. Boldirning orqa va tashqi-orqa yuzasini, oyoq panjasining
tashqi yuzasini va oyoq barmoqlarining kaft yuzalarini sezuvchi innervatsiyasini amalga
oshiradi.
English     Русский Правила