78.59K
Категория: ПедагогикаПедагогика

“Tarbiya” fanini o‘qitishda elektron-modulli shakldan foydalanish

1.

“Tarbiya” fanini o‘qitishda elektron-modulli shakldan
foydalanish
Reja:
1. Tarbiya fanini o‘qitish metodikasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari
2. Tarbiya jarayonining ijtimoiy ahamiyati.
3. Tarbiya fanining boshqa fanlar bilan aloqasi
4. “Tarbiya” fanini o‘qitishda elektron-modulli shakldan foydalanish

2.

Tarbiya jarayonini tashkil etishning asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
- maqsadning aniq mezonlarda ifodalanishi;
- faoliyat maqsadini amalga oshirishda xizmat qilishi;
- bolalar tarbiyasidagi faoliyatni o‘qituvchi, ota – ona va jamoa bilan hamkorlikda boshqaruvni ta‘minlash
muhimdir.
Tarbiya jarayonini tashkil qilish va uning salohiyatini oshirish bola qalbida insoniy fazilatlarni singdirish
ko‘p jihatdan tarbiyachi-tarbiyalanuvchilarning ijodiy faoliyatini tashkil etishga bog‘liq. Ular quyidagi
omillarni qo‘llash asosida vujudga keladi:
- Tarbiya jarayonini tashkil qilishdagi munosabatlar. Bunda tarbiyalanuvchilarning kundalik hayotiy
voqyealari jamoadagi tartib qoida va xulq-atvorlar haqidagi motivlar va ularga bir butun yondoshuv
kabilardir;
- Tarbiya ishlarning maqsadi, aniqligi va ta‘sirchanligi. Tarbiya jarayonni loyihalashtirish, shakl, metod,
shart – sharoitlarni oldindan aniqlab qo‘yilgan maqsadga muvofiqlashtirish;
- Tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning o‘zaro munosabatlari. Tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning ruhiy
holatlari, muloqat va munosabatda bo‘lishlari, ruhiy shart – sharoitlar yaratilishi, Tarbiya tadbirlarni
gigiyena qoidalariga moslash, estetik talablarga javob berishi, Tarbiya ishlarni muvaffaqiyatli tashkil etish
funksiyalaridan biridir.

3.

Tarbiya fanini o‘qitish metodikasi fanining predmeti bo‘lajak o‘qituvchi- tarbiyachilarga kelajak avlodni ma‘naviy
yuksak fazilatlar egasi qilib tarbiyalash sanatining qirralari, shakl va yo‘llari hamda bilim, ko‘nikma va malaka hosil
qilish haqida bahs yuritadi.
Tarbiya metodikasi fanining o‘rganish obyektini esa ta‘lim muassalaridagi uzluksiz ta‘lim –tarbiya jarayoni tashkil
etadi.
Tarbiya jarayonini tashkil qilish metodikasi ijtimoiy faollikni shakllantirishga xizmat qiladi. Uning maqsadi bo‘lajak
o‘qituvchi va tarbiyachilarning Tarbiya ish va tadbirlarning mazmunli bo‘lishini ta‘minlashda boy milliy va
umuminsoniy qadriyat va urf-odatlardan keng foydalanishga, Tarbiya ta‘sirga ega bo‘lgan manbalarni ajrata bilishga
qaratilgandir.

4.

Tarbiya fanini o‘qitishni tashkil qilishning asosiy maqsadi, bugungi kun talabiga javob beradigan barkamol
shaxsni shakllantirishga qaratilgan ekan, ayni paytda bu o‘qituvchilarga katta mas‘uliyatni yuklaydi. Shu jihatdan
ham o‘qituvchining pedagogik faoliyat yuritishi davr talabiga javob bermog‘i lozim. O‘zbekiston Respublikasining
―Ta‘lim to‘g‘risida”gi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturining bosh masalalaridan biri ham yosh avlodni
barkamol etib tarbiyalashdan iborat etib belgilangan. Shu jihatdan ham yosh avlodni barkamol qilib voyaga
yetkazish uchun Respublikamizda ijtimoiy – tashkiliy, Tarbiya ishlar amalga oshirilmoqda. Barkamol avlodni
tarbiyalash, ma‘naviy, ma‘rifiy, tashkiliy uslubiy, ijtimoiy-iqtisodiy jihatlari bilan murakkab Tarbiya ishlar tizimi
kundan-kunga takomillashib bormoqda.

5.

Tarbiya fanini o‘qitish metodikasi fanining asosiy vazifasi yosh avlodni ma‘naviy-ahloqiy jihatdan tarbiyalashda
xalqning boy milliy, ma‘naviy-tarixiy merosimizga, umumbashariy qadriyatlarga, urf-odatlar va ananalarga tayanib,
ongli shaxslarni intelektual salohiyatli qilib tarbiyalashdir.
Tarbiya fanini o‘qitish metodikasi fanining vazifalari quyidagilardan iborat:
- o‘quvchilar jamoasining tarbiyalanganlik darajasini o‘rganib, unga Tarbiya ta‘sir ko‘rsatish mahoratiga ega bo‘lish;
- Tarbiya ish va tadbirlar uchun zarur bo‘lgan metodlarni tanlab, ko‘zlangan maqsadga erishish chora-tadbirlarini
ko‘ra bilish;
- ilg‘or tajribalarni tahlil qilish va uni o‘z faoliyatida ijodiy foydalanish ;
- Tarbiyaning o‘quvchilar ruhiyatiga qanchalik ijobiy ta‘sir etganini kuzatib, uni yanada rivojlantirish va
takomillashtirish;
- Tarbiya ishlar samaradorligini oshirishda o‘z bilimini doimiy rivojlantirib borishi lozim.
Darsda va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda Tarbiya jarayonini tashkil etish bilan birga DTS lariga mosligiga e‘tibor
qaratish zarur bo‘ladi.

6.

Tarbiya metodlari. Yosh avlodni tarbiyalashda turli xil metod va vositalardan, zamonaviy pedagogik va axborot
texnologiyalaridan foydalaniladi.
Metod (lotincha-metodos-yo‘l so‘zidan olingan bo‘lib) tadqiqot yo‘li, nazariya, ta‘limot deb tarjima qilingan.
Metodika (yunoncha-metodika) biror ishni bajarish, amalga oshirish, ado etish metodlarining, usullarining yig‘indisi
yoki o‘qitish tarbiyalash usullari va vositalari degan tushunchani anglatadi.
Tarbiya metodlari - pedagog-o‘qituvchilarning o‘quvchilarga ta‘sir ko‘rsatish usullari, vositalari,
tarbiyalanuvchilarga barkamol shaxs xislatlarini singdirish maqsadida tarbiya jarayonini pedagogik jixatdan
maqsadga muvofiq tashkil etish yo‘llaridir.
Tarbiya metodlari Tarbiya fanini o‘qitish metodikasi fani ishlarini to‘g‘ri tashkil etishda muhim vosita bo‘lib, bola
shaxsining har tamonlama kamol topishi bilan belgilanadi va Tarbiyaviy ishlar jarayoniga taalluqli bo‘lgan ko‘pgina
Tarbiyaviy ta‘sirlarni o‘z ichiga oladi. Tarbiya metodlari ijtimoiy jamiyat tamonidan ta‘lim muassalari oldiga har
tamonlama barkamol, erkin, ijodkor, tashkilotchi, mustaqil fikr egasi bo‘lgan shaxsni tarbiyalash vazifasini o‘z ichiga
oladi.

7.

Tarbiya fanini o‘qitish metodikasi fanining
Hozirgi davrda
mamlakatimizda
Tarbiya ishlarning
mazmuni barkamol avlodni shakllantirishga qaratilgan.
predmeti,
maqsad
va vazifalari
Respublikada sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yosh avlodni XXI asr talablariga to‘liq javob
beradigan har tamonlama rivojlangan shaxslar etib voyaga yetkazish uchun zarur shart-sharoitlar va
imkoniyatlar yaratilgan. Bu boradagi ishlarni aniq, maqsadli amalga oshirish uchun davlat ahamiyatiga
molik hujjatlar, dasturlar va rejalar ishlab chiqilgan. Birgina ―Ta‘lim to‘g‘risida‖gi Qonun, ―Kadrlar
tayyorlash milliy dastur‖ning qabul qilinishi yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, istiqbolli
vazifalarni hal etishga qodir barkamol avlodni tarbiyalashga yo‘naltirilganligini keltirish kifoya.
Tarbiya - yosh avlodni har tamonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulq-atvorni tarkib toptirishga
yo‘naltirilgan faoliyat bo‘lib, shaxsni aqliy , jismoniy, ahloqiy, ma‘naviy sifatlarini shakllantirishga
qaratilgan bo‘lib, insonning jamiyatda yashashini ta‘minlash uchun zarur bo‘lgan xususiyatlarini tarkib
toptirishning jarayonlaridir.

8.

Tarbiya fanini o‘qitish metodikasi fanini o‘rganishda O‘zbekiston Respublikasining ―Ta‘lim to‘g‘risida‖gi Qonuni,
―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ talablariga mos ravishda bir qancha ta‘lim-tarbiyaga oid fanlarga bog‘liq holda
olib borish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Har qanday fanlarni o‘qitishning maqsadi yosh avlodga to‘g‘ri tarbiya berish, ularning dunyoqarashini shakllantirishni
bilish nazariyasining umumiy qonuniyatlari asosida hosil bo‘lib, har qanday shaxs faoliyatida metodologik asos bo‘lib
xizmat qiladigan falsafa fanining roli beqiyosdir. Shuning uchun shaxs tarbiyasi jarayoni bilan shug‘ullanadigan
Tarbiya fanini o‘qitish metodikasi fani falsafa fani bilan bog‘liqdir.
Tarbiya fanini o‘qitish metodikasi fani ta‘lim muassasalaridagi tarbiya jarayonini to‘g‘ri tashkil etish shug‘ullanganligi
sababli pedagogika fani bilan uzviy bog‘liqdir. Chunki pedagogika fani bola tarbiyasi va ularni o‘qitish jarayoni bilan
bog‘liq bo‘lgan muassalarni amalga oshiradi. Tarbiyaviy ishlar tizimini amalga oshirish va uning samaradorlik darajasi
shaxsning qanday tarbiya topganligiga bog‘liq. Shuning uchun tarbiya jarayoni Tarbiyaviy ishlar bilan bog‘liq holda
rivojlanganligi tufayli pedagogikaning qonuniyatlariga tayanadi.

9.

Tarbiya ishlar jarayoni tarbiyalanuvchilarning ma‘lum bir faoliyatlarida amalga oshiriladi. Bunda
tarbiyalanuvchilarning ruhiy holatini bilmasdan turib, tarbiya jarayonida yuqori samaradorlikka erishib bo‘lmaydi.
Shaxsning ruhiy holati va yosh xususiyatlarini o‘rganadigan fan psixologiya fani hisoblanadi. Tarbiyaviy ishlarni
tashkil qilish shaxsning psixologik xususiyatlariga bog‘liq bo‘lganligi uchun psixologiya fanining yutuqlariga tayanib
ish olib boradi.
Tarbiya fanini o‘qitish asoslari metodikasining fanlar bilan bog‘liqligini quyidagicha ifodalash mumkin:
Falsafa
Psixologiya
Gigiyena
Tarbiya ishlar metodikasi
Anatomiya, fiziologiya
Etika
Pedagogika

10.

O‘quvchilarni to‘g‘ri tarbiyalash, ularga ta‘lim berish jarayonida ular organizmining rivojlanish bosqichlariga e‘tiborni
qaratish tarbiya tizimining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Chunki o‘quvchi organizmining rivojlanishini
bilmasdan unga ta‘sir ko‘rsatib bo‘lmaydi. Anatomiya, fiziologiya fanlari odam organizmi, uning rivojlanishi, tuzilishini
o‘rgatuvchi fan hisoblanadi. Shuning uchun ham Tarbiya fani anatomiya, fiziologiya fanlari bilan chambarchas bog‘liq
ish ko‘radi.
Har qanday Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda o‘quvchilarning gigiyenik qoidalariga asosan tashkil etishda yaratilgan
shart-sharoitlar muhim rol o‘ynaydi. Ko‘rinib turibdiki, Tarbiyaviy ishlar metodikasi fani gigiyena fani bilan ham
bog‘langan.
Tarbiya jarayonida o‘quvchilarning ahloqiy sifatlari tarkib toptirish muhim masalalardan biri hisoblanadi. Ahloq
normalarini o‘quvchilar ongiga singdirish zarur. Ahloq normalari va ahloqshunoslik bilan etika fani shug‘ullanadi.
Shunday ekan, Tarbiya ishlar metodikasi fani etika bilan ham uzviy bog‘liqdir.

11.

Modulli o’qitishning mohiyati
Modulli o‘qitish XX asrning 60-yillarida paydo bo‘ldi va ingliz tilli mamlakatlarda tez tarqaldi. Modulli
o‘qitish nazariyasida modul tushunchasi qandaydir bir tizimining aniq funksional vazifasini bajaradigan
(yukini ko‘taradigan) mustaqil biror bir qismini bildiradi.
Modul deganda, ma’lum o‘quv predmeti bo‘yicha aniq maqsadni ko‘zda tutib, ob’ektlarning muhim
jihatlarini mantiqan tugal va mukammal holda yorituvchi o‘quv materialining didaktik birligini tushunamiz.
Modulli ta’lim – bu bilimlarni nazorat qilish bilan hamohanglashgan, qandaydir mantiqiy yaxlitlik va
tugallanganlikka ega o‘quv axborotidagi mantiqiy belgilangan qism.
Ta’limiy modul – unga tegishli metodik materiallar bilan birgalikdagi o‘quv kursining mazmunli qismi.

12.

Modulli o’qitish tamoyillari
1) modullilik – o‘qitish mazmunidan alohida elementlarini bo‘lib olish;
2) dinamiklik – bilimning xarakatchanligi (amaliyligiga) va tezkorligiga erishish;
3) moslashuvchanlik – ta’lim mazmunini va unga erishish yo‘llarini ta’lim oluvchining individual ehtiyojiga qarab
moslashtirish;
4) metodik maslahatning xar tomonlamaligi – ta’lim oluvchining bilish faoliyatida va pedagogik faoliyatda
professionallikni ta’minlash;
5) tenglik – ta’lim oluvchi va pedagog o‘rtasida ishchan xamkorlikni ta’minlash;
6) xatoliklarga tayanish tamoyili. Bu tamoyil o‘qitish jarayonida doimiy ravishda xatoliklarni izlash uchun
vaziyatlar yaratilishiga, o‘quvchilarning ruhiy faoliyati funksional tizimi tarkibida oldindan payqash tuzilmasini
shakllantirishga qaratilgan didaktik materiallar va vositalarni ishlab chiqishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
7) o‘quv vaqtini tejash tamoyili. Bu tamoyil o‘quvchilarda individual va mustaqil ishlash uchun o‘quv vaqtining
zahirasini yaratishga yo‘naltirilgan bo‘ladi;

13.

8) uzviylik tamoyili. Bu tamoyil o‘quv maqsadlariga erishish imkoniyatini ta’minlash uchun o‘quv rejasi va
dasturlarni ishlab chiqishda tizimli yondashishin anglatadi. Bunda fanlarning maqsadlariga ko‘ra, o‘quv
rejadagi soatlar mosligi ta’minlanadi.
9) faoliyatlilik tamoyili: bu tamoyil, modullar mutaxassisning faoliyat mazmuniga muvofiq shakllanishini
anglatadi;
10) tizimli kvantlash tamoyili. Bu tamoyil axborotni siqib berish nazariyasi, pedagogik bilimlar
konsepsiyasi, didaktik birliklarni yiriklash nazariyalarining talablariga asoslanadi.
11) motivatsiya (qiziqishni uyg‘otish) tamoyili. Bu tamoyilning mohiyati, o‘quvchining o‘quv-bilim olish
faoliyatini rag‘batlantirishdan iborat bo‘ladi. Bu asosiy qoidadir.
12.) modullik tamoyili. Bu tamoyil o‘qitishni individuallash-tirishning asosi bo‘lib xizmat qiladi.
13) muammolilik tamoyili. Bu tamoyil muammoli vaziyatlar va mashg‘ulotlarni amaliy yo‘naltirilganligi
tufayli, o‘quv materialining o‘zlashtirilish samaradorligini oshishiga imkon beradi.
14) kognitiv vizuallik (ko‘z bilan kuzatiladigan) tamoyil. Bu tamoyil psixologik-pedagogik qonuniyatlardan
kelib chiqadi, ularga ko‘ra o‘qitishdagi ko‘rgazmalar, nafaqat surat vazifasini, shu bilan birga kognitiv
vazifani bajargan taqdirdagina o‘zlashtirish unumdorligini oshiradi.

14.

Masofaviy o`qitish – o`zaro ma’lum bir masofada Internet texnologiya yoki boshqa interaktiv usullar va barcha o`quv
jarayonlari komponentlari – maqsad, mazmun, metod, tashkiliy shakllar va o`qitish usullariga asoslangan talaba va
o`qituvchi o`rtasidagi munosabat.
Masofaviy o`qitish tizimi – masofaviy o`qitish shartlari asosida tashkil
etiladigan o`qitish tizimi. Barcha ta’lim tizimlari singari masofaviy o`qitish tizimi o`zining tarkibiy maqsadi,
mazmuni, usullari, vositalari va tashkiliy shakllariga ega. Masofaviy o`qitishning pedagogik texnologiyalari –
tanlangan o`qitish konsepsiyasiga asoslangan masofaviy ta’limning o`quv-tarbiyaviy jarayonini ta’minlovchi o`qitish
metodi va uslublar majmuasi.
Keys-texnologiya – masofaviy o`qitishni tashkil qilishning shunday uslubiki,
masofaviy ta’limda matnli, audiovizual va multimediali (keys) o`quv uslubiy materiallar majmuasi qo`llanishga
asoslanadi.
TV-texnologiya – masofaviy o`qitishni tashkil qilishning shunday uslubiki, u talabalarga o`quvmetodik ma’lumotlarni televidenie vositasi yordamida yetkazishga xizmat qiladi va tashqi aloqali ixtiyoriy interaktiv
usullardan biri bilan o`rnatishga asoslanadi.

15.

Audio va video darsliklar • Onlayn darslar (Internet sahifa) • Elektron kutubxonalar • Testlar • Multimedia - elektron
darsliklar
Masofadan o‘qitish qanday amalga oshiriladi. Dunyoda ko‘pgina universitetlarda va o‘quv
markazlarida bu usul mavjud. Kerakli manzilni Internetdan topishingiz mumkin.
Manzilga kirib bu o‘qish
talabasi bo‘lish uchun maxsus shaklni to‘ldirishingiz zarur. Odatda avval kursning va o‘qish tartibi tavsifi bilan
tanishib chiqish mumkin. Keyin shakldagi satrlarni to‘ldirib, kredit kartochkangiz raqamini kiritishingiz zarur. Kursga
kirish tartibi turlicha, bu mutaxxassilikka bog‘liq.
O‘qish tartibi quyidagicha: o‘qituvchi kurs bilan tanishtiradi
va topshiriqlar beradi. Siz ko‘rsatilgan manbalar bilan ishlab topshiriqlarni bajarasiz va o‘qituvchiga yuborasiz.
O‘qituvchi uni tekshirib, javobni sizga qaytaradi. Zarur holda ko‘rsatmalar beradi. Shu tartibda kurs mavzulari
o‘rganib chiqiladi. Muzoqara asosan elektron pochta orqali amalga oshiriladi. Telefon tarmog‘idan ham ba’zan
foydalaniladi. Bosma o‘quv materiallari pochta orqali yuboriladi. O‘qish jarayonida talaba darsliklardan, elektron
kutubxona va darsliklardan, elektron forumlardan, vidoekonferentsiyalardan foydalanadi. Bunda o‘qish individual
shaklda olib boriladi va o‘qituvchi o‘quvchining qobiliyati va xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘qitadi. Bu
individuallik o‘quvchida qiziqish uyg‘otadi va uni o‘qishda aktivlikka rag‘batlantiradi.

16.

E’tiboringiz uchun rahmat !!!
English     Русский Правила