6.04M
Категория: ЛингвистикаЛингвистика

Fransiya Subtitle here

1.

Fransiya
Subtitle here

2.

Fransiya (fransuzcha talaffuzi: [fʁɑ̃s] ), rasmiy
nomi Fransiya Respublikasi (fransuzcha:
République française)[1] — Gʻarbiy Yevropadagi
davlat. Gʻarbda va shimolda Atlantika okeani
hamda La-Mansh boʻgʻozi, janubida Oʻrta
dengiz bilan oʻralgan. Maydoni 674687 ming
km². Aholisi 68 088 924 million kishi (2023).
Poytaxti — Parij shahri. Parij-Fransiyaning eng
katta shahri va poytaxti hisoblanadi. Maʼmuriy
jihatdan 22 region (viloyat), 96 departamentga
boʻlingan. Fransiya tarkibida dengiz orti
departamentlari (Gvadelupa, Martinika, Gviana,
Reyunon), dengiz orti hududlari (Taiti, Yangi
Kaledoniya, Fransiya Polineziyasi, Tinch
okeandagi Uollis va Futuna orollari va
boshqalar), hududiy birliklar (Mayotta va
SenPyer va Mikelon) bor.

3.

Fransiya — respublika, tarixda xonlik bolgan.
Amaldagi konstitutsiyasi 1958-yil referendumda qabul
qilingan (bir necha marta oʻzgartishlar kiritilgan).
Davlat boshligʻi — prezident. U umumiy va toʻgʻridan
toʻgʻri ovoz berish yoʻli bilan 5yil muddatga saylanadi
va yana 1marta saylanishi mumkin. Qonun
chiqaruvchi hokimiyat — parlament 2 palata (Milliy
majlis va Senat)dan iborat. Ijrochi hokimiyatni
prezident va Vazirlar Kengashi (hukumat) amalga
oshiradi.

4.

Fransiyaning sharq va janubida togʻ tizmalari,
markazining janubiy qismida togʻ va keng
tekisliklar bor. Alp togʻlari bilan Yura togʻlari
Italiya va Shveysariya bilan tabiiy chegarani
tashkil etgan. Fransiyadagi Alp togʻlarining koʻp
choʻqqilari 4000 m dan ziyod. Eng baland joyi —
Monblan togʻi (4807 m).
Iqlimi asosan uch xil: okean, kontinental va
dengiz iqlimi. Fransiya iqlimi qishloq xoʻjaligi
uchun qulay. Mamlakatning koʻp qismida okean
iqlimi. Gʻarb va shimolida Atlantika okeanidan
nam havo oqimi kelib, moʻtadil iqlimni hosil
qiladi: yozda salqin, qishda iliq. Yil boʻyi yomgʻir
yogʻib turadi. Oʻrta dengiz sohillari, Yura, Rona
pasttekisliklari va Korsikaning iqlimi subtropik. U
yerlarda qish iliq, yoz esa quruq va issiq.

5.

Fransiya — yuksak darajada rivojlangan
industrialagrar mamlakat. Jahondagi eng rivojlangan
yetti davlatdan biri. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning
ulushi 16,9 %, qishloq xoʻjaligi, oʻrmon, baliq
xoʻjaligining ulushi 2,7 %., xizmat koʻrsatish
sohasining ulushi 80,4 % ni tashkil etadi (2022).
Fransiya sanoat ishlab chiqarish boʻyicha
AQSH, Yaponiya va Germaniyadan soʻng
dunyoda 4oʻrinni egallaydi. Asosiy ishlab
chiqarish tarmoqlari: aerokosmik sanoati,
mashinasozlik (aviasozlik, kemasozlik), elektron
texnika, radioelektronika, qora va rangli
metallurgiya, kimyo va farmatsevtika
mahsulotlari, toʻqimachilik, tikuvchilik, neftni
qayta ishlash, neft kimyosi kabilar. Fransiyada
temir rudasi (asosan, Lotaringiyada), uran
rudasi (LaKruziy, L’Ekarpyer va boshqa konlar),
boksit (Var va Ero departamentlarida) va
alyuminiy rudalari qazib olinadi.

6.

7.

Fransiya biroz g’alatiroq urflarga ega. Ikki asr
davomida 2012 yilga qadar Parijda hech bir qiz shim
kiyishi mumkin emas edi. Lekin hech kim bu qonunga
amal qilmagan. Shu sababdan bo’lsa kerak bu
qonundan voz kechilgan. Fransiyada odamlar fransuz
tilida gaplashadi to’g’rimi? Lekin bu tilda Afrikada
undan ham ko’proq gaplashishadi
Har yili mamlakatga 80 million sayyoh tashrif
buyuradi. Bu dunyoda birinchi o’rinnni egallagan.
Ikkinchi o’rinda esa Amerika, unga 73 million kishi
tashrif buyuradi. Yana bir fakt, Fransiya avval
sayyoramizning 10% hududiga egalik qilgan.
Faqatgina bu mamlakatda siz o’lgan odamga
turmushga chiqishingiz mumkin, biroq avval
prezidentga ariza yuborib, uni ko’rib chiqilishini
kutishingiz kerak.

8.

Eiffel minorasi — Fransiya timsoli sifatida dunyoga
tanilgan, Parijning eng taniqli meʼmorchilik namunasi
boʻlib, oʻz konstruktori Gustave Eiffel sharafiga
nomlangan va yiliga 5,5 million kishi tashrif buyuruvchi
turizmning mashxur obyektidir.

9.

10.

Luvr milliy san'at muzeyi 1793 yil 8 noyabrda ilk
marotaba ommaga o'z eshiklarini ochdi.
Parijdagi Luvr muzeyi dunyoning eng yirik
hamda eng boy tarixga ega muzeylari sirasidan
joy olgan. Arxitektura yodgorligi hisoblanmish
muzey binosi 1190 yilda qirol Filipp-Avgust
tomonidan Parij shahrini g'arbdan mudofaa
qilish maqsadida bunyod etilgan. Bir paytlar bu
qasrda qirol, uning oilasi va saroy ahli istiqomat
qilgan. Shuning uchun ham Luvr muzeyi bisotini
asosan qirollik va monastirlar kolleksiyalari
tashkil etadi.
English     Русский Правила