2.12M
Категория: ЛитератураЛитература

Maktab kutubxonalari ishini samarali tashkil etish vositalari reja

1.

JIZZAX VILOYAT XALQ
TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA
TAYYORLASH VA ULARNING
MALAKASINI OSHIRISH
HUDUDIY MARKAZI TOMONIDAN
TAYYORLANGAN

2.

MAVZU: MAKTAB KUTUBXONALARI ISHINI
SAMARALI TASHKIL ETISH VOSITALARI
REJA:
1. Kutubxona ishini tashkil etish va
uning faoliyat dasturi.
2. Kutubxonaning vazifalari va unga
qo’yilgan talablar.
3. O’quvchilarni kitobxonlikka
qiziqtirishda multimedia, elektron
materiallar va elektron resurslardan
foydalanish.
4. Kutubxona faoliyatida axborot
kutubxona texnologiya vositalaridan
foydalanib ommaviy tadbirlar o’tkazish.

3.

KUTUBXONA ISHINI TASHKIL ETISH VA
UNING FAOLIYAT DASTURI
Keyingi
yillarda
ta’lim
sohasida
AKT
imkoniyatlari asosidagi ta’lim texnologiyalari keng
joriy etilmoqda. Umumiy ta’lim maktablarida ham
nafaqat ta’lim tizimida, balki maktab faoliyatining
boshqa sohalari, jumladan, kutubxonalar ishini
takomillashtirishda
zamonaviy
ta’lim
texnologiyalaridan foydalanilmoqda, bu boradagi
ishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2017-yil 13-sentabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr
etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob
mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda
targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar

4.

Ta’lim mazmuni kompleks bilimlarni o‘z ichiga oladi.
Ularni puxta o‘zlashtirish ko‘plab axborot manbalariga
asoslanadi. Ayniqsa, hozirgi kompyuterlar, internet kabi
aloqa vositalari ta’lim jarayoniga keng kirib borayotgan
bir vaqtda axborotlar bilan yaqindan oshno bo‘lish
muhimdir.

5.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablari qoshida tashkil etilgan
kutubxonalar axborot xizmatini yo‘lga qo‘yish ta’lim
dasturlarini amalga oshirish bilan birga, umumiy
kutubxonachilik tarmog‘ini rivojlantirishga kam
xizmat qiladi.

6.

Kutubxona maktab ichidagi yangiliklarni
yoyishda maktab bilan jamiyat oʼrtasida koʼprik
vazifasini oʼtaydi. Shu tariqada u oʼquvchilarni
zarur axborotlar bilan qurollantirib boradi.

7.

Bugungi kunda maktab kutubxonasi maktabda
markazlashtirilgan hamda toʼplangan bosma va
audiovizual materiallar yigʼindisi tushuniladi.
U kompyuter
yoki boshqa aloqa vositalari
yordamida qoʼshimcha axborot manbalari va
materiallariga kirish imkonini beradi.

8.

Kutubxona
maktabning
axborotlar
markazi
hisoblanadi. Kutubxona oʼquvchilarda axborotlarni
toʼplash, ularda axborotlarga murojaat qilish va
axborot
manbalari
bilan
ishlash
oʼstirishda muhim oʼrin tutadi.
koʼnikmasini

9.

Maktab faoliyati maqsadlariga qaratilgan dasturlarni
amalga oshirishda kutubxona asosiy vosita bo‘lib xizmat
qilmog‘i lozim. Uning ahamiyati quyidagi holatlarda
shakllanadi:
1. Ta’limni takomillashtirish maqsadida o‘qituvchilar
bilan kutubxona mutaxassislari hamkorligi.
2. Barcha o‘qituvchi va kutubxona mutaxassislarining axborotlar
bilan ishlash ko‘nikmasini shakllantirish hamda shu asosda ularni
o‘quvchilarning zarur extiyojiga tatbiq etishning umumiy maktab
strategiyasi.
3. O‘qishga o‘rgatish, shuningdek, vizual tarbiya berishni
yo‘lga qo‘yish.

10.

4.O‘quv vazifalari va individual ehtiyojni ado etish
maqsadida o‘qituvchi va o‘quvchilarni zarur materiallar
bilan o‘z vaqtida qurollantirish.
5. Ta’limiy va individual ehtiyoj hamda qiziqishni
qondirish maqsadida axborotlar va ularning
foydaliligini baholashga oid axborotlarni tahlil qilish
tajribasini takomillashtirish.
6. O‘quvchilar hayot tajribasini boyitish hamda ularni
madaniyat boyliklari bilan tanishtirishga xizmat
qiluvchi tadbirlarni (adabiyotlar yordamida) o‘tkazish.

11.

Bu kabi faoliyat turlari o‘qituvchi va o‘quvchilarni
bilimlarning barcha sohalariga doir eng yaxshi bosma va
audiovizual materiallar bilan tanishtirishga shuningdek
xalqimizning ma’naviy-axloqiy merosi, ajdodlarimizning
ilmiy merosini o‘rganishga hamda ularni o‘quv-tarbiya
jarayonlariga tatbiq etishga yordam beradi

12.

KUTUBXONANING VAZIFALARI
VA UNGA QO’YILGAN TALABLAR
Kutubxona mutaxassisi ta’lim sohasidagi metodik ishlar
talablarini yaxshi biladigan bo‘lishi, kutubxonachilik ishidan
tajriba orttirgan, shuningdek, turli axborot va menejmentdan
yaxshi xabardor bo‘lishi:adabiyotlarni menejmentlik bo‘yicha
o‘rganuvchi hamda kompyuterda ish yuritishni bilish kerak.
Kutubxona rahbari budjet buyurtmalarini asosli ravishda tuza
bilishi va ajratilgan moliyaviy mablag‘larning sarflanishi
to‘g‘risida hisobot berishga tayyor bo‘lishi darkor.

13.

Har bir alohida o‘quvchining bilimini kengaytirish hamda
ta’lim jarayonida axborotlarni izlash va ulardan foydalanish
maqsadida axborotlarning kelib tushishini ta’minlash
markazning
asosiy
vazifasi
hisoblanadi.
Ko‘plab axborot manbalariga ega bo‘lishi uchun kitobxonlarni
turli axborot manbalari bilan muomala qilishga o‘rgatish
markaz xodimiga qo‘yiladigan kasbiy talabdir.

14.

Shunga muvofiq, markaz mutaxassislari axborotlar bo‘yicha
mutaxassis sifatida da’vat etilganlar. Kutubxona mutaxassisining
axborot
faoliyatini
ado
etishi
uchun
quyidagi
malakali
talablar
qo‘yiladi:
- maktab o‘quv dasturi talabiga javob beruvchi axborot manbalarini
tanlashni ta’minlovchi rejani yozma ravishda bayon eta bilish;
-maktabda
axborot
xizmatini
rivojlantira
bilish;
-o‘qituvchi va o‘quvchilarning axborotga bo‘lgan ehtiyoji va
qiziqishini
o‘rganish
va
baholay
bilish;
-axborot
xizmatining
muqobil
tizimini
rejalashtirish;
-o‘quvchi va o‘qituvchilarga yordam tariqasida axborot manbalari
va bibliografiyasi bo‘yicha yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish;

15.

- o‘zlashtirilgan axborotlarni saqlashda ilg‘or texnologiya
yutuqlaridan foydalana bilish;
- axborotlarni izlash jarayonida o‘quvchilar ehtiyojini
o‘rganishni tahlil qilish ko‘nikmasini o‘stirish;
- axborot ko‘nikmalariga muntazam o‘rgatish vositasida
axborot manbalaridan samarali foydalanishda o‘qiituvchi va
o‘quvchilarga yordam ko‘rsatish;
- risola, maqola, illyustratsiya, fotonusxa kabi materiallar
asosida jamg‘armaniboyita bilish;
- maktabdan tashqari axborot manbalaridan birgalikda
foydalanish imkonini beruvchi axborot tarmog‘i bilan
kutubxonani bog‘lash.
Shuni ko‘rsatib o‘tish kerakki, kutubxona uchun kitoblar,
davriy nashrlar,jurnallar, mikrofilmlar, slaydlar,
gramplastinkalar, audio va videoyozuvlar muhim axborot
manbalari bo‘lib qoladilar.

16.

O’QUVCHILARNI KITOBXONLIKKA QIZIQTIRISHDA
MULTIMEDIA, ELEKTRON MATERIALLAR VA ELEKTRON
RESURSLARDAN FOYDALANISH
O‘quvchi bolalar va o‘smirlarda axborot texnologiyalaridan
foydalanish shakllari turlicha, ular guruhiy va yo‘naltirilgan,
rasmlar orqali taqdim etilgan va boshqalar bo‘lishi mumkin.
Kitobxonlikka qiziqtirishda AKT dan foydalanib, multimedia va
elektron materialar, elektron resurslar hamda kutubxona
saytini yaratish, o‘quvchilar bilan ishlashda tarmoq interaktiv
shakllardan foydalanish kabi omillar bo‘lishi mumkin.

17.

Bundan tashqari, o‘quvchilar tomonidan ham mustaqil
elektron resurslar yaratilishiga va ular bilan kutubxona fondini
boyitishga ham e’tibor qaratish lozim. Elektron va multimediya
materiallarini yaratish zamonaviy kutubxona resurslarining asosiy
qismini tashkil etishi zarur. Elektron resurslarni yaratishda
kutubxonachilarning ham tashabbuslari muhim o‘rin tutadi. Ular
qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: o‘quvchilarga qo‘shimcha
tavsiya etiladigan adabiyotlar, maktab kitob fondi portfeliosi,
mavzuli elektron adabiyotlar va resurslar sharhi, annotatsiyalangan
va
bezatilgan
kartotekalar,
adabiyotlarning
bibliografik
ko‘rsatkichlar va boshqalar.

18.

TESTLAR
1.Maktab kutubxonasi deganda nima tushuniladi?
A) Barcha kitoblar, qo’lyozmalar, gazeta va jurnallar .
B) Audio kitoblar, elektron kitoblar.
C) *Markazlashtirilgan hamda to’plangan bosma audiovizual materiallar.
D) Barcha javoblar to’g’ri
2. Kutubxona maktabning qanday qismi hisoblanadi?
A) Manaviy va madaniy markazi.
C)Axloqiy va tarbiyaviy markazi.
B) *Axborot markazi.
D) Ilmiy metodik markazi.
3. “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish
“tog’risidagi PQ qaror qachon qabul ishlab chiqilgan?
A) *2017-yil 13-sentabrda
C) 2019 -yil 7-iyunda
B) 2017-yil 15 –martda
D) 2018-yil 5-sentabrdagi

19.

4. Ta’lim mazmuni qanday bilimlarni o’z ichiga oladi?
A) *Kompleks bilim
C) Intreaktiv bilim
B) Nazariy bilim
D) Amaliy bilim
5. Quyidagi xizmatlar qanday xizmatlar deb aytiladi?
- elektron katalog orqali adabiyotlarni qidirish va buyurtmalar berish
-buyurtmalarning bajarilishi to’g’risida ma’lumotlar olish
-ARM lardan olingan adabiyotlar muddatini avtomatik tarzda uzaytirish
A) Tezkor xizmatlar
B) Intreaktiv xizmatlar
C) Yo’naltirilgan xizmatlar
D) A va C javoblar to’g’ri

20.

JIZZAX VILOYAT XALQ
TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA
TAYYORLASH VA ULARNING
MALAKASINI OSHIRISH
HUDUDIY MARKAZI
TOMONIDAN TAYYORLANGAN

21.

E’TIBORINGIZ UCHUN
RAHMAT
English     Русский Правила