Похожие презентации:
O‘zbekistonning janubiy hududlari etnografiyasi
1.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIMVAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
NASIMOV ALISHER NASRIDDINOVICH
XX ASR – XXI ASR BOSHLARI TADQIQOTLARIDA
O‘ZBEKISTONNING JANUBIY HUDUDLARI ETNOGRAFIYASI
MASALALARI
(Qashqadaryo va Surxondaryo vohalari misolida)
IXTISOSLIK: 07.00.07-Etnografiya, etnologiya va antropologiya
07.00.08 – Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari
tarix fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi
TAQ D I M O TI
Ilmiy rahbar: t.f.d. prof., A.X.DONIYOROV
Qarshi– 2022
2.
Bizning davlat siyosatimizdabundan buyon ham barcha
millat va elat vakillarining
milliy o‘zligini, ona tili va
madaniyatini, dini, urf-odat va
an’analarini saqlab qolish va
rivojlantirishga ustuvor
ahamiyat beriladi
Sh.M.Mirziyoyev
3.
MUNDARIJAKIRISH
I BOB. O‘zbekistonning janubiy hududlari etnografiyasiga oid tadqiqotlar tahlili
1.1.O‘zbekistonning janubiy hududlari etnografiyasiga oid dastlabki ma’lumotlar
1.2. XX asr va XXI asr boshlarida O‘zbekistonning janubiy hududlarida etnografik tadqiqotlar
tarixshunosligi
II BOB. O‘zbekistonning janubiy hududlari aholisi etnik tarixi va etnik tarkibi muammosining
ilmiy adabiyotlarda yoritilishi
2.1. Janubiy viloyatlar aholisining etnik tarkibi va tarixi muammosi Rossiya imperiyasi va
sovet davri tadqiqotchilari nazdida
2.2. Mustaqillik yillarida Qashqadaryo va Surxondaryo vohalari aholisi etnik tarixi
muammosining adabiyotlarda yoritilishi
III BOB. XX-XXI asr tadqiqotlarida O‘zbekistonning janubiy hududlar aholisining moddiy va
ma’naviy madaniyati
3.1. O‘zbekistonning janubiy hududlari aholisining moddiy madaniyatining o‘rganilishi
3.2. Tarixiy-etnografik tadqiqotlarda janubiy hududga xos ma’naviy madaniyatning yoritilishi
XULOSA
FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR RO‘YXATI
ILOVALAR
4.
MAVZUNING DOLZARBLIGIGloballashuv va integratsiya jarayonlarining jadallashuvi natijasida turli xalqlarni
birlashtirib kelgan milliy-madaniy qadriyatlar yo‘qolib bormoqda. Ushbu sharoitda tarixiymadaniy merosni tizimli tadqiq etish va saqlash, mahalliy an’analarni o‘rganish hamda yangi
asoslarda rivojlantirish tobora dolzarb ahamiyat kasb etib bormoqda. Binobarin, o‘z xalqi tarixi
va madaniyatini, an’ana hamda urf-odatlarini puxta bilish, o‘zga xalqlar madaniyatiga hurmate’tiborni oshiradi. Bu holat esa, millatlararo bag‘rikenglik va hamjihatlikning yanada ortishiga
xizmat qiladi.
Bugungi kunda jahonning turli yetakchi ilmiy
tashkilotlarida
Markaziy
Osiyo,
jumladan,
O‘zbekistonning tarixiy-madaniy viloyatlari moddiy
va manaviy madaniyati, an’ana va urf-odatlarini
o‘rganish, jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan xissasini
aniqlash, turli siyosiy davrlar kesimida mintaqada
istiqomat qilayotgan aholining etnografiyasidagi
5.
MAVZUNING DOLZARBLIGIO‘zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi,
moddiy va ma’naviy madaniyati, davrlar osha
transformatsiya jarayonini o‘rganishga qaratilgan
ushbu ilmiy loyihalar mavzuning xalqaro miqyosda
ham dolzarbligi hamda zaruratini ko‘rsatadi.
O‘zbekiston, ayniqsa, uning janubiy viloyatlari
qadimdan turli urug‘ va qabilalar, elatlar va xalqlar
yashab kelgan tarixiy-etnografik hudud hisoblanadi.
Shu jihatdan, ko‘p millatli o‘zbek jamiyatining bir
bo‘lagi va madaniy rang-baranglikning yorqin
namunasi hisoblangan Qashqadaryo va Surxondaryo
6.
Tadqiqotning asosiymaqsadi
XX – XXI asr boshlarida
yaratilgan tadqiqotlarda
O‘zbekistonning janubiy
hududlari etnografiyasi
masalasini tarixshunoslik
tahlilidan iborat
7.
Dissertatsiyada qo’yilgan vazifalar quyidagilardaniborat
Janubiy
vohalar
aholisi
etnografiyas
iga doir
manbalar va
adabiyotlarn
i aniqlash,
to‘plash va
tizimlashtirish
Janubiy
hudud
aholisini
o‘rganilishig
a doir
bilimlar
rivojini
davriy va
muammo
viy jihatdan
tarkibiy
qismlarga
ajratish
hamda
rivojlanish
dinamikasin
i ko‘rsatib
berish
XX asrning
dastlabki
yillirida olib
borilgan
etnografik
tadqiqotlarni
ng
natijalarini
tahlil qilish
XX asrning
o‘rtalarida
O‘zbekis
tonning
janubiy
hududlarini
etnografik
jihatdan
o‘rganish
maqsadida
turli ilmiy
ekspeditsiya
lar tashkil
etilishi va
uning
natijalari
XX asrning
60-80
yillarida
amalga
oshirilgan
etnografik
tadqiqotlar,
qo‘lga
kiritilgan
yutuq va
yo‘l
quyilgan
kamchilik
larni
aniqlash va
sabablarini
ochiqlab
berish
XX asr
davomida
janubiy
vohalarda
istiqomat
qilgan aholi
etnogenezi,
etnik tarixi,
turmush
tarzi, urfodatlari,
moddiy va
ma’naviy
madaniyati
o‘rganilishin
ing umumiy
va o‘ziga
xos
tomonlarini
ko‘rsatib
berish
Mustaqillik
yillarida
o‘rganila
yotgan
mintaqa
etnografiyas
iga doir
nazariymetodologik
yondashuv
lar, ulardagi
o‘zgarishlar
ning ilmiy
tahlilini
ochib berish
8.
TADQIQOTNING MANBAVIY ASOSLARIDavlat hokimiyati organlari meyoriy-huquqiy hujjatlari
arxiv manbalari (O‘zR MDA va viloyat arxivlari)
rasmiy hujjatlar, sayohatnoma va statistik to‘plamlar
ma’lumotlari
mavzuga oid davriy matbuot materiallari
mavzuga oid qo‘lyozma asarlar, monografiyalar, ilmiy
asarlar va risolalar
avtoreferat va dissertatsiyalar
9.
Tadqiqotning ilmiy yangiligiO‘zbekistonning janubiy hududlari etnografiyasiga doir Rossiya imperiyasi, sovet va
mustaqillik davri adabiyotlarining tarixshunoslik tahlili natijasida hududga doir bilimlar
to‘lqinsimon tarzda rivojlangani, avvaliga markaziy hukumat manfaatlariga xizmat qilib,
asosan etnografik bilimlar rivoji uchun emas, balki statistik ma’lumotlarni yig‘ishga
qaratilgani, mahalliy aholi urf-odatlari esa eskilik sarqiti sifatida noto‘g‘ri talqin qilingani
ochib berildi
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab etnografik tadqiqotlarga mahalliy olimlarning keng
jalb etilishi natijasida O‘zbekistonning boshqa etnomadaniy hududlari qatori janubiy
vohalarga ham uyushtirilgan ekspeditsiyalar soni ortgani, Qashqadaryo va Surxondaryo
vohasida istiqomat qiluvchi turli urug‘-qabilalarning etnogenezi va etnik tarixi, moddiy va
ma’naviy madaniyatining chuqur etnografik o‘rganilishi jadallashgani, ular to‘g‘risidagi
ma’lumotlar esa aniqlashgani dalillandi
O‘zbekistonning janubiy hududlari etnografiyasini yoritishda asosiy e’tibor xalqning
etnogenezi va etnik tarixi, xo‘jalik hayoti, kiyim-kechaklarini ochib berishga qaratilib,
ma’naviy madaniyatning qismlari hisoblangan din va diniy qarashlar masalasi, xalqni
orasida saqlanib kelayotgan kundalik marosim va urf-odatlar, ularning davr va siyosat
ta’sirida o‘zgarishiga kam e’tibor qaratilgani isbotlab berildi
O‘rganilayotgan hudud etnografiyasiga oid tadqiqotlar tarixshunoslik tahlili natijalariga
asosan Surxon vohasi etnik tarixi nisbatan kengroq tadqiq etilgani, Qashqadaryo vohasining
etnik tarixi esa bundan ellik yil avval (1973 yilda Q.Kubakov tomonidan) maxsus
o‘rganilgan bo‘lib, viloyatining boshqa hududlari (Qashqadaryoning markaziy va quyi
qismlari) hali to‘liq tadqiq etilmagani, mavjud ma’lumotlar ma’nan eskirgani aniqlandi
10.
Muammoning o‘rganilganlik darajasiBirinchi davr – 1900-1920 yillar
Ikkinchi davr – 1930-1950 yillar
Uchinchi davr – 1960-1980 yillar
To‘rtinchi davr – 1990- XXI asr boshlari
11.
Tadqiqotning amaliy natijalariRossiya imperiyasi, sovet va mustaqillik davrida chop etilgan
o‘rganilayotgan hudud tarixi, etnografiyasi, demografiyasi,
antropologiyasi, geografiyasi haqidagi 400 dan ortiq manba va
adabiyotlar bir tadqiqot doirasida to‘planib tizimlashtirildi va tahlili
amalga oshirildi
O‘zbekistonning janubiy vohalari etnografisini bevosita yoritib
beruvchi 30 dan ortiq ilmiy adabiyotlarning tarixiy-etnografik
xususiyatlari va o‘ziga xos jihatlari ochib berildi
Qashqadaryo va Surxondaryo vohalarini etnografik jihatdan
kengroq ilmiy tadqiq qilish, mahalliy aholining moddiy va ma’naviy
o‘ziga xos jihatlarini saqlab qolish, hududga xos urf-odat va
marosimlarni O‘zbekistonning turistik salohiyatini oshirishga
yo‘naltirish bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi
12.
I BOB. O‘zbekistonning janubiy hududlarietnografiyasiga oid tadqiqotlar tahlili.
Mavzuga
doir
manbalarning
ko‘lami,
tadqiqot
geografiyasi,
adabiyotlar va tadqiqot ishlarining
salmog‘i, O‘zbekistonning janubiy
hududlari etnografiyasiga oid qadimgi
va o‘rta asr ma’lumotlari, XX asr va
XXI asr boshlarida O‘zbekistonning
janubiy hududlariga oid etnografik
tadqiqotlar, bu davrda yozilgan
monografiya, maqola, risola, to‘plam va
esdaliklar, himoya qilingan dissertatsiya
ishlari
va
ilmiy
ekspeditsiya
natijalarining tarixshunoslik tahlili
ochib berildi.
13.
1.1.O‘zbekistonning janubiy hududlarietnografiyasiga oid dastlabki ma’lumotlar
Janubiy vohalarning aholisi va
uning tarkibi, hududi, geografik
joydashuvi,
iqlimi,
etnomadaniy
aloqalari, tili, diniy qarashlari, turli
qabila va elatlarning yaqinlashuvi,
qorishuvi, uyg‘unlashuvi jarayonlari va
boshqa etnografik xususiyatlari turli
yozma manblalar tahlili asosida
yoritildi.
14.
O‘zbekistonni janubiy hududlariqadimdan turli etnoslar to‘qnashgan
muhim joy bo‘lib, bu to‘g‘risidagi
ma’lumotlar turli manbalarda qayd
etilgan.
Jumladan,
“Avesto”,
hindlarning
«Mahabxorata»
«Bharata avlodlar jangnomasi»
eposi, Behistun yozuvlari, yunon-rim
tarixchilari
asarlari
va
Xitoy
voqeanavislarining asarlarida janubiy
mintaqa shaharlari va ularning aholisi
haqida qimmatli ma’lumotlar mavjud.
Janubiy
viloyatlar
aholisi
etnografiyasini tadqiq etishda o‘rta
asrlarga oid arab va fors tilidagi
manbalarning
o‘rni
beqiyosdir.
Ayniqsa, mintaqa iqtisodiy, madaniy va
xo‘jalik faoliyatini o‘rganishda X asrda
yashab o‘tgan geograf sayyohlar
asarlarining
asarlarining ahamiyati
katta. O‘rta asr mahalliy manbalarda
ham janubiy vohalarda yashagan urug‘,
qabila va elatlar haqida ma’lumotlar
uchraydi .
15.
O‘rganilayotgan hudud to‘g‘risidaetnografik xarakterdagi birinchi kuzatishlar
XVIII – XIX asrlarning birinchi yarmida
O‘rta Osiyoga kelgan sayohatchilar
tomonidan amalga oshirilgan. Albatta, bu
kuzatuvlar zamirida koloniyal davlatlarning
o‘z siyosiy va harbiy maqsadlari yotgan.
Ammo, hududni etnografik jihatdan
o‘rganish uchun bu holat ijobiy ta’sir
ko‘rsatgan. Misol uchun, A.Jenkinson, rus
elchilari I.Xoxlov, aka-uka Pazuxinlar,
V.A.Daudov,
Muhammad
Yusuf
(Qosimov), ingliz elchisi F.Benevini va
boshqalarning sayohat ma’lumotnomalarida
mahalliy xalqlar hayoti haqida etnografik
tavsiflar yozib qoldirilgan .
Rossiya imperiyasi tomonidan hudud
egallangandan so‘ng O‘rta Osiyo hududida
ko‘plab olimlar turli maqsaddagi sayohati
tashqil qilindi. Jumladan, XIX asrda
F.Nazarov, N.N.Muravev, A.F.Negri,
N.V.Xanikov,
G.I.Danilevskiy
va
boshqalarning
ekspeditsiyalari
tashqil
etilgan bo‘lib, ular yozib qoldirgan
ma’lumotlar O‘zbekistonning janubida
yashagan aholi etnografiyasini o‘rganishda
muhim manba hisoblanadi.
16.
Janubiyvohalar
aholisi
etnografiyasiga oid dastlabki keng
ma’lumotlar
rus
mualliflaridan
M.G.Galkin,
G.Aminov,
A.N.Xoroshxin, A.L.Kun, N.A.Mayev
ishlarida, shuningdek, “Turkestanskiy
sbornik”,
“Turkestanskiye
vedomosti”, “Russkiy Turkestan” kabi
nashrlardagi
maqolalarda,
bundan
tashqari, rus geografiya va harbiy –
statistika
jamiyatlarining
davriy
nashrlari sahifalarida uchraydi.
Albatta, bu manbalar o‘sha davr
hukmron sinfi maqsadlarini ko‘zlab,
ko‘pincha
ularning
mafkuraviy
qarashlarini
ifoda
etgan
holda
yaratilgan. Ammo mahalliy aholi
hayotiga tashqi tomondan qarab fikr,
mulohaza va xulosa bergan ushbu
asarlar,
O‘zbekistonning
janubiy
hududlari
etnografiyasini
rivojiga
sezilarli
ta’sir
ko‘rsatgani
bilan
ahamiyatlidir.
17.
1.2. XX asr va XXI asr boshlarida O‘zbekistonningjanubiy hududlarida etnografik tadqiqotlar
tarixshunosligi
Mavzu doirasida bajarilgan tadqiqotlar tarixshunoslik
nuqtai nazaridan tahlil qilinib, XX asrda O‘zbekistonning
janubiy hududlariga oid etnografik bilimlar rivojlanishini
quyidagi bosqichlarga bo‘lib o‘rganildi:
Birinchi davr – 1900-1920 yillar;
Ikkinchi davr – 1930-1950 yillar;
Uchinchi davr – 1960-1980 yillar;
To‘rtinchi davr – 1990 – XXI asr boshlari.
18.
Birinchidavrda
mintaqa
etnografiyasini o‘rganish vohalarning tabiiy
resurslarini o‘rganish maqsadida qisman
amalga oshirilgan bo‘lsa-da, asta-sekinlik
bilan etnografik tadqiqotlar alohida
yo‘nalish sifatida shakllana boshlaydi.
Turkiston o‘lkasi tarixini har tomonlama
o‘rganishda
I.F.Sitnyakovskiy,
D.N.Logofet
va shaqrshunos olim
V.V.Bartold kabi tadqiqotchi olimlarning
xizmatlari katta bo‘ldi. Ayniqsa, 1895 yilda
Toshkentda «Arxeologiya havaskorlari
Turkiston to‘garagi» ning tashkil etilishi
natijasida, tadqiqotchilar tomonidan o‘zbek
xalqi etnografiyasiga oid ilmiy materiallar
keng miqyosda yig‘ila boshlandi. Ammo,
bu davrda O‘zbekistonning janubiy
hududlari bilan bog‘liq maxsus etnografik
tadqiqotlar deyarli o‘tkazilmagan.
19.
Ikkinchi davrda yirik arxeologikva etnografik ekspeditsiyalar (Termiz,
Zarafshon vohasi, Xorazm, Janubiy
Turkmaniston) tashkil etildi. 1920–
1930 yillar O‘zbekistonda etnografik
bilimlarning shakllanishi davri bo‘ldi.
Etnografiya
sohasidagi
muhim
o‘zgarishlar
mutaxassis
kadrlar
tayyorlashda ham kuzatildi. Jumladan,
1920-1927 yillardan boshlab o‘zbek
xalqi etnografiyasi bilan mahalliy aholi
vakillari ham sho‘g‘ullana boshladi.
Misol
uchun,
T.
Mirg‘iyosov,
tilshunos G‘ozi – Olim Yunusov,
o‘zbek folklorshunosi Hodi Zaripov
hamda rus etnografi L.P.Potapov
etnolingvistik ekspeditsiyada ishtirok
etib, Boysun va Sherobodda dala
tadqiqotlari olib borildi.
20.
Qolaversa,1943
yilda
O‘zbekiston
Fanlar
akademiyasining tashkil topishi
natijasida etnografik tadqiqotlar
borasida
professional
tadqiqotchi kadrlar shakllana
boshlandi.
Ikkinchi
jahon
urishidan
so‘ng
mahalliy
tadqiqotchilardan
O.A.Suxareva, B.V.Andrianov,
G.P.Vasilyeva, K.L.Zadixina,
B.X.Karmisheva,
YE.M.Peshereva,
M.V.Sazonova, G.P.Snesarev
kabi
elshunoslar
o‘zbeklar
etnografiyasining turli dolzarb
masalalari bo‘yicha tadqiqotlar
olib bordilar.
21.
Urushdan keyingi yillardamahalliy xalq orasidan ham etnograf
tadqiqotchilar
yetishib
chiqa
boshladi. Ular orasida akademik
K.Shoniyozovning
izlanishlarini
alohida ta’kidlab o‘tish joizdir. 1958
yilda
Janubiy
vohalarda
N.A.Kislyakov rahbarligida Ittifoq
FA etnografiya instituti O‘rta Osiyo
ekspeditsiyasi
tog‘oldi
guruhi
(tarkibida
S.P.Rusyaykina,
K.SH.Shoniyozov ishtirok etganlar)
tomonidan
O‘rta
Osiyo
va
Qozog‘iston
xalqlari
tarixiyetnografik atlasi uchun materiallar
yig‘ilgan.
1958-1961
yillarda
Ye.M.Peshereva
hamda
B.X.Karmishevalar mazkur guruh
tarkibida Boysun shahri va yuqori
Sherobodda etnografik tadqiqotlar
olib bordilar.
22.
Uchinchidavrda
etnografik
ekspeditsiya va dala tadqiqotlari miqdori
va qamrovi sezilarli darajada oshdi. Bu
tadqiqotlarni
olib
boruvchi
mutaxassislarning yangi avlodlari yetishib
chiqa boshladi. 1961-1962 yillarda
M.X.Sultonov rahbarligida Surxondaryo
viloyatiga etnografik ekspeditsiya tashkil
etgan .
60-70-yillarda o‘zbek xalqi etnogenezi
va etnik tarixi, etnik tarkibi hamda janubiy
viloyatlardagi qator subetnoslar bo‘yicha
B.Ahmedov, T.Fayziyev, M.Ermatov,
K.Shoniyozov,
B.Karmisheva
kabi
tadqiqotchi
olimlarning
qator
monografiyalari nashr qilinishi o‘zbek
xalqi etnografiyasida etnogenez va etnik
tarix yo‘shalishining jonlanishiga sabab
bo‘ldi. Ushbu mualliflar va boshqa
tadqiqotchilarning
60-80-yillarga
oid
asarlari va maqolalarida O‘zbekistonning
janubiy vohalar aholisi etnografiyasi doir
ma’lumotlar uchraydi.
23.
Bu davrga kelib o‘zbek xalqi, jumladanjanubiy viloyatlar aholisining shakllanishi
va etnik tarixi, an’anaviy turmush tarzi,
xo‘jaligi, moddiy-ma’naviy merosi haqida
etnograf
hamda arxeologlar bilan bir
qatorda mintaqa tarixi, o‘lkashunosligi,
antropologiyasi, folklori va lingvistikasi,
numizmatikasi, geografiyasi
hamda
san’atshunosligi haqida ham tadqiqotlar
olib borilib, bu yo‘nalishlarda salmoqli
natijalarga erishildi.
Avvalgi ikki davrda izlanuvchilar
tarkibi
turli
soha
vakillaridan
shakllantirilgan bo‘lsa, endi aksariyati
haqiqiy etnograf, antropolog, arxeolog
mutaxassislardan iborat bo‘ldi. Ammo,
ushbu davr tadqiqotlarida mavjud katta
muammolardan biri, bu – sovetcha
mafkuraviy yondashuv edi. Ammo bu
ishlarning mavjudligi, keyingi tadqiqotlarni
yaratilisha
turtki
bo‘lganligi
bilan
ahamiyatli bo‘lib qolaveradi.
24.
To‘rtinchi davr O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining dastlabki yillari davribo‘lib, bu davrda mahalliy elshunoslar etnografik tadqiqotlar olib borish jarayonida yangi
metodlar, yondashuvlar, manbalardan foydalangan holda ko‘plab xulosa va natijalarni
olganliklari bilan xarakterlanadi.
Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab O‘zbekistonning janubiy hududlari
etnografiyasining muammoli qismlari bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borildi. Misol uchun,
O.Bo‘riyev o‘zbek oilasi va etnik tarix masalasi, Q.Nasriddinov mintaqada yashaydigan
aholining dafn va ta’ziya marosimlari, S.Davlatov Qashqadaryo vohasi to‘y marosimlari va
folklori, B.Hamroqulova Surxondaryoda bola tug‘ilishi va tarbiyasi bilan bog‘liq urf-odat
va marosimlari, F.Rahmonov Qashqadaryo vohasi aholisi ziroatchiligiga oid urf-odatlar,
G.Tosheva Qashqadaryo o‘zbeklarining nikoh to‘y marosimlari, M.Ibragimova Surxon
vohasi aholisining an’anaviy kiyimlari va taqinchoqlari, S.Davlatova Qashqadaryo
o‘zbeklarining an’anaviy kiyimlari, S.Tursunov va N.Tursunovlar Janubiy Surxon vohasi
aholisining etnik xususiyatlariga bag‘ishlangan, P.Norbo‘tayev va M.Usmonovlar esa
mintaqa aholisi etnik tarkibi, an’anaviy dostonlarda xalq turmush tarzining ifodalanishi
hamda an’anaviy marosimlari mavzularida dissertatsiya ishlarini himoya qildi .
Mustaqillik davrida barcha sohalarda bo‘lgani kabi etnografik tadqiqotlarda ham tub
burilishi davri bo‘ldi. Etnografik tadqiqotlarda milliy o‘zlikni anglash an’analari
ustuvorlashib, janubiy viloyatlar etnografiyasiga ham keng etibor qaratila boshlanganligi
bilan izohlanadi.
25.
II BOB. O‘zbekistonning janubiy hududlari aholisi etnik tarixi vaetnik tarkibi muammosining ilmiy adabiyotlarda yoritilishi
2.1. Janubiy viloyatlar aholisining etnik tarkibi va tarixi muammosi
Rossiya imperiyasi va sovet davri tadqiqotchilari nazdida
XX asrga qadar Sharqiy Buxoro aholisi
etnik tarkibi va joylashuvi to‘g‘risidagi
ma’lumotlar rossiyalik sayyohlarning asarlari
va harbiy to‘plamlarida juda kam uchraydi.
XX
asr
boshlarida
tadqiqotchi
I.F.Sitnyakovskiy o‘zbek qo‘ng‘irotlarining
shajaraviy jadvalini tuzgan bo‘lib, asarda
birinchi marta G‘uzor, Boysun, Sherobod va
Karki
bekliklarida
yashagan
qo‘ng‘irotlarning
shajaraviy
ro‘yxati
keltirilgan.
XX asrning birinchi o‘n yilligida janubiy
viloyatlar aholisining etnik tarkibi haqidagi
ma’lumotlar
D.N.Logofetning
asarida
uchraydi. D.N.Logofetning boshqa bir
asarida Surxon vohasida istiqomat qiladigan
qo‘ng‘irot, qatag‘on, yuz, do‘rmon, turk kabi
urug‘larning nafaqat voha bo‘ylab, balki
Buxoro amirligi hududi bo‘yicha tarqalgani
to‘g‘risida ma’lumot berilgan .
26.
1924yilda
Sharqiy
Buxoroga
N.Ye.Vasilyev rahbarligida ekspeditsiya
uyushtirilib, ekspeditsiyaning natijalari
to‘plam ko‘rinishida chop etilgan.
To‘plamning beshinchi bobi Buxoro
respublikasi aholisining soni, etnik tarkibi
va joylashuviga bag‘ishlangan. Bundan
tashqari, shu davrda chop etilgan B.B.Karp
va M.Ye.Suslovalarning ocherkida Kitob
volosti aholisining soni, urug‘-qabila
bo‘limlari va madaniy turmush tarzi haqida
ma’lumotlar berilgan.
XX asrning 50 yillarida Q.Najimov
rahbarligida
Surxondaryo
viloyatiga
antropologik ekspeditsiya uyushtirilib,
uning natijalari asosida aholi tarkibiga oid
yangicha kitob nashr etiladi .
O‘zbekistonning janubiy hududlari
(ayniqsa Surxondaryo vohasi) aholisining
etnik
tarkibini
o‘rganishda
B.X.Karmishevaning 1945-1971 yillar
davomida Tojikiston va O‘zbekistonning
janubida olib borgan tadqiqotlari natijalari
muhimdir.
27.
XX asrning 60 yillarida K.L.ZadixinaQashqadaryo havzasida yashovchi aholi
haqida tadqiqot ishlarini olib boradi. Olima
keyinroq Surxondaryo vohasi aholisi haqida
etnografik
ma’lumotlar
to‘plashni
rejalashtirib, rassom I.V.Savitskiy bilan
birga Sherobod tumanida ham bo‘ladi, lekin
tashrif davomida to‘plangan materiallar
matbuotda chop etilmagan.
XX asrning 60-70 yillarda o‘zbek xalqi
etnogenezi va etnik tarixi, etnik tarkibi,
mintaqadagi subetnoslar bo‘yicha tadqiqot
olib borgan B.Ahmedov, K.Shoniyozov,
M.Ermatov
kabi
tadqiqotchilarning
ishlarida ham janubiy hudud etnografiyasiga
oid ma’lumotlar qisman yoritilgan.
XX
asrning
70-80
yillarida
K.Shoniyozov, Q.Kubakov, B.Karmisheva,
O.Bo‘riyev
va
O.Ibragimov
kabi
etnograflar tomonidan janubiy hududlar
aholisi
etnografiyasiga
bag‘ishlangan
tadqiqotlar yozilib, dissertatsiya ishlari
himoya qilindi. Bu ishlarda janubiy vohalar
etnik tarkibi va tarixi to‘g‘risida ham
to‘xtalib o‘tilgan.
28.
2.2. Mustaqillik yillarida Qashqadaryo va Surxondaryo vohalariaholisi etnik tarixi muammosining adabiyotlarda yoritilishi
Mustaqillik yillarida etnologiyaning muhim
muammolaridan biri, albatta, o‘zbek xalqining
etnogenezi va etnik tarixini o‘rganish masalasi
hisoblanadi. Respublikaning taniqli olimlari
K.Shoniyozov,
A.Asqarov,
B.Ahmedov,
I.Jabborov kabilarning bu yo‘nalishda olib
borgan tadqiqotlari alohida e’tiborga molikdir.
K.Shoniyozovning
«O‘zbek
xalqining
shakllanish jarayoni»
nomli asari o‘zbek
etnologiyasida bajarilgan fundamental tadqiqotlar
sirasiga kiradi. Monografiyada o‘zbek elatining
shakllanish jarayonida faol qatnashgan asosiy
komponentlar haqida ma’lumotlar keltirilgan
bo‘lib, o‘rta asrlarda Qashqadaryo va
Surxondaryo vohalarida yashagan shunday
komponentlardan – qarluqlar va arg‘inlarning
etnik jarayonlardagi ishtiroki tahlil etilgan.
Akademik A.A.Asqarovning o‘zbek xalqi
etnogenezi va etnik tarixining nazariymetodologik
muammolariga
bag‘ishlangan
ishlarida bildirgan fikr-mulohazalari janubiy
vohalar uchun ham muhimdir . Bu izlanishlarning
ilmiy-amaliy ahamiyati, yutuq va kamchiliklari
haqida olimlardan K.Shoniyozov, A.Doniyorov
va A.Ashirovlar o‘z ishlarida fikr bildirganlar
29.
Etnolog I.Jabborovning jahon va o‘zbek xalqi etnologiyasiga bag‘ishlanganbir qator asarlarida Markaziy Osiyodagi etnik jarayonlar muammosi ham yoritilgan
. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonning janubiy vohalaridagi etnik jarayonlar va
aholining etnik tarkibi, joylashuvi masalalari O.Bo‘riyevning ishlarida ham o‘z
aksini topgan .
So‘nggi yillarda tarixchi va etnologlardan A.Qayumov, S.Tursunov,
N.Tursunov, R.Rajabov, M.Usmonov, F.Ochildiyevning tadqiqotlarida
Qashqadaryo va Surxondaryo vohalaridagi etnik jarayonlar, voha aholisining etnik
tarixi va tarkibi masalalari o‘z aksini topgan. Qo‘ng‘irot urug‘i tarixiga oid
ma’lumotlar shuningdek tadqiqotchilar Q.Berdiqulov va T.Botirovlarning
kitoblarida ham keltirilgan.
Tarixchi olimlar O.Jo‘raqulov, P.Ravshanov, o‘lkashunos B.Po‘latovaning
Janubiy vohalar tarixiga oid ishlarida mintaqa aholisining etnik tarixi, tarkibi va
geografik joylashuvi haqida ba’zi ma’lumotlar keltirilgan.
Mustaqillik davriga oid adabiyotlar tahliliga xulosa qilib shuni aytish
mumkinki, istiqlol ijtimoiy soha vakillari, tarixchi va etnologlar uchun yangi
imkoniyatlar eshigini ochib berdi. O‘zbekistonning har bir hududini alohida
etnografik madaniy hududlar sifatida o‘rganish ishlari jadallashdi.
30.
III BOB. XX-XXI asr tadqiqotlarida O‘zbekistonningjanubiy hududlar aholisining moddiy va ma’naviy
madaniyati
3.1. O‘zbekistonning janubiy hududlari aholisining
moddiy madaniyatining o‘rganilishi
Mazkur paragrafda mintaqa aholisining dehqonchilik,
chorvachilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq va boshqa moddiy
madaniyatga xos jihatlari tahlil qilindi.
XX asrdan boshlab yaratilgan asarlarda mintaqada yashagan
aholining asosiy mashg‘ulotlari bo‘lgan dehqonchilik, chorvachilik,
hunarmandchilik va savdo sotiq haqida ma’lumotlar uchraydi.
Janubiy hududlarda asrlar davomida o‘ziga xos xo‘jalik simbiozi
tarkib topgan, ya’ni xo‘jaliklardan biridagi an’anaviy yo‘nalish ikkita
boshqa xo‘jalikni to‘ldirgan, ular o‘rtasida yaqin aloqalar
o‘rnatilishiga yordam bergan.
31.
B.X.Karmisheva o‘z monografiyasida Sharqiy Buxoro aholisining ko‘chmanchilik vachorvachiligi haqida ma’lumot bergan bo‘lsa, K.Sh.Shoniyozov asarida qarluqlarning bir
qismi chorvachilik, bir qismi ovchilik va yana boshqa qismi esa o‘troqlashib dehqonchilik
bilan shug‘ullanganliklari ta’kidlanadi .
Janubiy hududlar aholisining mashg‘ulotlari to‘g‘risida arxiv hujjatlari orqali ham
ma’lumot olish mumkin. Masalan, Milliy arxividagi ma’lumotlarda Qarshi uyezdida
yashaydigan aholining an’anaviy xo‘jaligi haqida ma’lumotlar uchraydi. Shuningdek,
V.A.Polozov va D.Basovning maqolasida Sherobod vohasidagi an’anaviy paykal tizimi,
dehqonchiligi haqida ma’lumotlar keltiriladi.
Bundan tashqari, I.Xidoyatovning maqolasida, 2011 yilda chop etilgan “Uzbeki” nomli
kitobda, N.Tursunov tadqiqotlarida ham hudud asosiy mashg‘ulotlari dehqonchilik,
chorvachilik va hunarmandchilik bo‘lganligi qayd etilgan.
O‘zbekistonning janubiy hududlariga xos hunarmandchilik turlari, an’ana va urf-odatlari
to‘g‘risida avvalo D.N.Logofet o‘z e’tiborini qaratgan. So‘ng sovet davrida
O.A.Suxarevaning asarlarida, I.Jabborov, B.X.Karmisheva va boshqa tadqiqotchilar
ishlarida hunarmandchilik turlari yaxshi rivojlangani to‘g‘risida ma’lumotlar keltiriladi .
Janubiy hududlarga xos bo‘lgan turar joylar qurilishiga oid ma’lumotlar K.L.Zadixina,
B.X.Karmisheva, K.Shoniyozov, Q.Kubakov, M.Ibragimov, I.Jabborov, O.Bo‘riyev,
N.Tursunov kabi sovet va mustaqillik davri etnologlarning yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan
ishlarida ochib berilgan.
32.
Kiyim-kechaklarni o‘rganish orqali o‘sha davrga xos bo‘lgan ko‘plab ijtimoiy-iqtisodiyjihatlarni aniqlash imkoni yuzaga keladi. O‘rganilayotgan hudud aholisining an’anaviy
kiyim-kechaklari va taqinchoqlari to‘g‘risida sovet davrida yaxlit tadqiqot o‘tkazilmagan
bo‘lsada, O‘rta Osiyoga xos umumiy mazmunda yoki fragmentar ma’lumotlar to‘plangan.
XX asrning 50-60-yillarida o‘zbek xalqining an’anaviy kiyimlarini o‘rganish borasida
yangi davr boshlandi. Bu o‘rinda elshunos olima O.A.Suxarevaning tadqiqotlarini alohida
aytib o‘tish mumkin . Bundan tashqari, H.Ismoilov ishida ham janubiy vohalar kiyimkechaklari to‘g‘risida ma’lumot berilgan .
Mustaqillik yillarida I.Jabborov, A.Ashirov, G.Tosheva, M.Ibragimova va
S.Davlatova va boshqalar yuqorida tilga olingan ishlarida janubiy mintaqaga xos kiyimkechaklar va taqinchoqlar, ular bilan bog‘liq turli urf-odat hamda irim-sirimlarni maxsus
tadqiq etgan. Tadqiqotchi N.Sodiqovaning asarida, S.Tursunov va N.Tursunovning ilmiy
izlanishlarida ham janubiy voha kiyim-kechaklarining tarixiga doir qimmatli ma’lumotlar
mavjud.
Xulosa qilib aytish mumkinki, vohaga xos tadqiqotlarda asosiy e’tibor xalq
hunarmandchiligi, an’anaviy xo‘jalik, kiyim-kechaklar va ular bilan bog‘liq urf-odatlarga
qaratilgan bo‘lib, tadqiqot hududida istiqomat qilayotgan etnoslarning bugungi kundagi
holati, ular o‘rtasidagi etnoslararo jarayonlar, moddiy va ma’naviy turmushdagi
transformatsion o‘zgarishlarga kam e’tibor qilingan.
33.
3.2. Tarixiy-etnografik tadqiqotlarda janubiy hududgaxos ma’naviy madaniyatning yoritilishi
XX asr sovet davri tadqiqotlarida e’tibor
qaratilgan masalalardan biri bu – oilaning shakli va
oilaviy munosabatlar masalasi hisoblanadi. XIX
asrning oxiri XX asrda O‘zbekiston hududida eng
ko‘p tarqalgan oila shakli ikki xil: katta patriarxal va
kichik alohida oila hisoblangan. Bu oilalarning
tuzilishi, oiladagi a’zolar soni, a’zolar o‘rtasidagi
ijtimoiy munosabatlar to‘g‘risida L.P. Potapov,
M.V. Sazonova, K.L. Zadixina, O.A. Suxareva,
M.A. Bikjanova, K.Sh. Shaniyazov, K. Kubakov,
H.Ismoilov, N.A. Kislyakov, N.G. Borozna va
boshqalarning tadqiqotlardi alohida o‘rin ajratilgan.
Ular orasida asosan L.P.Potapov, K.L. Zadixina,
K.Sh.Shaniyazov, K. Kubakov va N.G. Borozna
tadqiqotlarida janubiy voha aholisi oilaviy
munosabatlariga oid to‘liqroq ma’lumot beriladi.
Misol uchun, L.P.Potapovning maqolasida
O‘zbekistonning janubiy hududlari aholisining etnik
xususiyatlari, an’anaviy marosimlari va oilaviy
tuzilishiga oid ma’lumotlar keltiriladi.
34.
O.A. Suxareva va M.A. Bikjanovabergan ma’lumotlarga ko‘ra “katta
patriarxal oila” tarkibiga 50-60
nafardan 100 nafargacha a’zolar kirishi
mumkin bo‘lgan.
K.Sh.Shoniyozovning
asarida
O‘zbekistondagi oila shakli, tuzilishi,
uning tarkibidagi ijtimoiy tabaqalashuv
jarayoni haqida, K.Kubakov tadqiqotida
esa Qashqadaryoning yuqori qismida
yashovchi o‘zbeklarning oila-nikoh
munosabatlari, katta oila – “katta
qozon” yoki “qora qozon” haqida
ma’lumot berilgan.
Oila tuzilishi va tarkibidan tashqari,
janubiy voha aholisining to‘y va motam
marosimlari bilan bog‘lik etnografik
ma’lumotlar
ham
sovet
davri
tadqiqotchilari
tomonidan
qisman
bo‘lsada
o‘rganilgan.
Masalan,
K.L.Zadixina,
H.Ismoilov
va
Q.Kubakov hammuallifligida yozilgan
asarda, O.Bo‘riyev tadqiqotlarida bu
masala ochib berishga harakat qilingan.
35.
Mustaqillikyillarida
bu
tadqiqotlar davom ettirilib, O.
Bo‘riyev,
I.Shoymardonov,
Q.Nasriddinov va D.Xoliqovlar
a’zoligidagi
bir
guruh
tadqiqotchilar
O‘zbekistonning
janubiy viloyatlari aholisi oila va
oilaviy marosimlari tizimini ilmiy
o‘rgangan.
O‘zbek
xalqining
etnik
xususiyatlari, xo‘jalik yuritish
an’analari
va
oilaviy-maishiy
marosimlari xalq dostonlarida ham
aks etgan. O‘zbek xalq dostonlarini
to‘plash va o‘rganishda sovet davri
olimlaridan
V.Jirmunskiy,
A.Borovkov,
V.Bartold,
T.Mirzayev,
H.Zarifov,
A.Qahhorov,
M.Murodov,
B.Sarimsoqov kabi olimlarning
qator tadqiqotlari va turli risolalar
shular jumlasidandir.
36.
Xalqningma’naviy
madaniyatining
asoslaridan biri bu – dindir. Diniy qarashlar
hudud aholisining yillar davomidagi ma’naviy
qadriyatlarini qay holatda o‘zgarib borganini
ko‘rsatib bera oladi. Janubiy hududlardagi diniy
e’tiqod asoslari qadimiy ildizlarga egadir.
Sovet davrida bu masalada K.L.Zadixina,
K.Shoniyozov, G. Snesarev va boshqalar qator
tadqiqotlar olib borgan bo‘lsa, mustaqillik
yillarida din va diniy qarashlar masalasi
bo‘yicha tadqiqotlar soni ortgan, ammo
hududning diniy o‘ziga xos tomonlari yetarli
darajada ochib berilmagan.
Tadqiqotchi Q.Nasriddinovning Janubiy
voha hududlariga oid ma’lumotlar asosida XIX
asr oxiri – XX asr 80-yillarida o‘zbeklarning
dafn va ta’ziya marosimlarini aks ettirgan ishi –
bu o‘rganilayotgan mavzuga bevosita oid
bo‘lgan birinchi monografik tadqiqot deb aytish
mumkin. Urf-odatlar ildizi qadim zamonlarga
borib taqalishi, ya’ni, marosim va urfodatlarning kelib chiqishida dastlabki ibtidoiy
diniy tasavvurlar muhim ahamiyat kasb etgani
G. Toshevaning maqolasida tahlil qilingan.
Tadqiqotchi R.Rajabov monografiyasida islom
dinining janubiy hududlarga tarqalishi oson
kechmaganligi haqida qiziqarli ma’lumotlar
keltiriladi.
37.
Janubiy Surxon vohasining to‘ydagi urfodatlar, diniy marosimlar, xalq sayillari,bayramlari, o‘yinlari hamda ular bilan bog‘liq
urf-odatlar N.Tursunovning ishida tahlil
etilgan. E’tiborli jihati shundaki, ishda har bir
marosimga oid qo‘shiqlar haqida ma’lumotlar
ham keltiriladi .
Mustaqillik
yillarida
janubiy
voha
aholisining ma’naviy va madaniy hayoti bilan
bog‘liq yana bir nechta tadqiqotlar amalga
oshirilgan. Jumladan, B.M.Hamroqulova
Surxondaryo vohasida bola tug‘ilishi bilan
bog‘liq
urf-odat
va
marosimlarni,
F.Rahmonov Qashqadaryoda dehqonchilik
bilan bog‘liq urf-odatlar, I.Jalilov janubiy
hududlarga xos milliy o‘yinlarni o‘rgangan
bo‘lsalar, G.Tosheva Qashqadaryo vohasi
aholisining nikoh to‘y marosimlarini tadqiq
etgan.
G.Tosheva
va
A.Ashirovning
hammuallifligidagi maqolada
Farg‘ona
vodiysi va Qashqadaryo vohasidagi nikoh
to‘ylarini
qiyosiy
o‘rganishga
harakat
qilganlar.
Xulosa qilib aytish mumkinki, mustaqillik
davri tadqiqotlarida holat butkul o‘zgargan.
Tadqiqotlar
salmog‘i
va
geografiyasi
kengaygan. Hududiy tadqiqotlarga ham
ko‘proq o‘rin ajratilgan.
38.
XU LOSAO‘zbekiston hududida etnografik bilimlar ko‘p yillik rivojlanish tarixiga ega. Davrlar kesimida bu
bilimlar turlicha rivojlangan. Rossiya imperiyasi davri maxsus etnografik tadqiqotlarning boshlanishi
davri deb olinsa, sovet davri keng ekspeditsiyalar, mustaqillik davri esa to‘plangan ma’lumotlarni
boyitish va qayta tahlil davri bo‘ldi. XX — XXI asrlar mobaynida Qashqadaryo va Surxondaryo
vohalarida olib borilgan etnografik tadqiqotlar natijasida quyidagi xulosalarga kelindi:
1. O‘zbekistonning janubiy hududlari etnografiyasini aks ettirgan qadimgi, o‘rta asr va yangi davr
manbalari bugungi kunda ham ilmiy ahamiyatini yo‘qotmagan. Sovet davri ba’zi manbalarida o‘zga
xalqlarga nisbatan kamsitish, boshqacha nazar bilan qarash holatlari sezilib turadi. Ayniqsa, bu mahalliy
aholining moddiy va ma’naviy qadriyatlarini tasvirlashda ko‘proq ko‘zga tashlanadi. Hozirgi davr
talabidan kelib chiqib, ulardagi ma’lumotlarni tanqidiy jihatdan, xolisona va dalillarni o‘zaro qiyoslash
orqali e’tibor bilan foydalanish lozim;
2. Sovet davrida olib borilgan tadqiqotlar, ekspeditsiyalar, chop etilgan adabiyotlar xulosalari janubiy
voha etnografiyasiga oid yakuniy ilmiy-nazariy xulosalar bera olmagan. Chunki, asarlar muallifning
shaxsiy salohiyati, yaratilgan davr mafkuraviy qarashlari ta’sirida yozilgan bo‘lib, kamchiliklardan xoli
emas. Shu sababdan, bu asarlarni ilmiy muomalaga kiritishdan avval, har tomonlama chuqur o‘rganish
muhim;
3. Janubiy voha aholisining urf – odatlari, xo‘jalik hayoti, turmush tarzida o‘ziga xos jihatlar mavjud
bo‘lishiga qaramasdan, voha etnografiyasi O‘zbekiston etnografiyasining ajralmas bir bo‘lagi ekanligi,
tarixiy – etnik jarayonlar esa uzviy bog‘liqlikda rivojlanganligini tasdiqlandi, umumiy va xos tomonlari
ko‘rsatib berildi;
39.
4. Mustaqillik davrida ilmiy tadqiqotlar keng ko‘lamda amalga oshirilayotganligiga qaramasdan,o‘rganilayotgan hudud aholisi etnik tarixi va tarkibi, an’anaviy turmush tarzi, urf-odat va marosimlari,
moddiy va ma’naviy madaniyatiga oid yangi etnografik tadqiqotlar va ekspeditsiyalar amalga oshirilishi
zarur ekanligi, mintaqaga oid ba’zi masalalar hali o‘z ilmiy-nazariy yechimini topmaganligi aniqlandi;
5. Sovet davridagi siyosiy jarayonlarning ta’siri ostida tadqiqotlar notekis amalga oshirildi. Faqatgina
XX asrning ikkinchi yarmidan e’tiboran mintaqa etnografiyasiga oid bilimlar ko‘lami sezilarli tarzda
ortdi. Ammo bu erishilgan natijalar mustaqillikning ilk yillarida yetarlicha rivojlantirilmadi;
6. Hozirgacha janubiy voha aholisi etnogenezi, etnik tarixi, moddiy va ma’naviy madaniyatiga
bag‘ishlangan ishlar salmoqli bo‘lsada, ularda ayrim noaniqlik va chalkashliklar mavjud. Bundan
tashqari, o‘z yechimini kutib turgan masalalar, masalan, Yuqori Qashqadaryo vohasining etnik tarkibi va
etnik tarixi muammosi Q.Kubakov tomonidan o‘rganilgan bo‘lsada, Qashqadaryo viloyatining boshqa
hududlari, Qashqadaryoning markaziy va quyi qismlari aholisi etnik tarixi muammosi hali o‘z
yechimini kutib qolmoqda;
7. Qashqadaryo va Surxondaryo vohalari aholisining diniy e’tiqodi bilan bog‘liq masalalar yetarlicha
tadqiq etilmagan va yoritilmagan. Zamonaviy tadqiqotlarda e’tiqodning bugungi kundagi holati, din va
diniy qarashlardagi transformatsion jarayonlar deyarli yoritilmagan;
8. Janubiy voha aholisining o‘ziga xos madaniy va ma’naviy tomonlarini saqlab qolishga intilish muhim
hisoblanib, bu hududning turizm sohasi uchun ham zarurdir. Chunki, bu hududlardagi urf-odat,
marosim, kiyim-kechaklardagi farqli o‘zi xos jihatlar kelajakda O‘zbekistonda sayohat turizmini
gurkirab rivojlanishiga o‘z ulushini qo‘shishi e’tiborga olingan. Ammo zamonaviy tadqiqotlarda bu
jihatlarga e’tibor kam qaratilgan, natijada soha rivoji juda sekin amalga oshmoqda.
40.
Tanlangan mavzuni tadqiq etish jarayonida quyidagi taklifva tavsiyalar ishlab chiqildi
O‘zbekistonning
janubiy hududlari
aholisining turmush
tarzi, mashg‘ulotlari
hamda an’analarini
o‘zida aks ettiruvchi,
o‘zbek, rus va ingliz
tilida turli bukletlar,
albom va yo‘l
ko‘rsatkichlar
yaratish turistlarni
jalb qilishda foydali
bo‘ladi
Boysun, Termiz,
Shahrisabz, Qarshi va
umuman janub
shaharlaridagi
muzeylarni etnografik
eksponatlar bilan
yanada boyitish
maqsadida yangi
ekspeditsiyalarni
tashkil etish
Tadqiqot davomida
olingan natijalarni
Markaziy Osiyo va
O‘zbekiston
etnologiyasiga doir
darslik, o‘quv
qo‘llanma va
asarlarga qo‘shish
orqali sohaning
istiqbolli rejalarini
ishlab chiqishda
foydalanish muhimdir
41.
E’TIBORINGIZ UCHUNTASHAKKUR!
История
Социология