358.29K
Категория: Военное делоВоенное дело

Urush va boshqa harbiy harakatlarda taqiqlangan qurollarning umumiy tasnifi

1.

O ’ Z B E K I S TO N R E S P U B L I K A S I TA S H Q I I S H L A R VA Z I R L I G I
J A H O N I Q T I S O D I Y O T I VA D I P L O M AT I YA U N I V E R S I T E T I
“ X A L Q A R O H U Q U Q ” FA K U LT E T I
“ X A L Q A R O H U Q U Q VA O M M AV I Y H U Q U Q FA N L A R I ” K A F E D R A S I
E S A N O V S I R O J I D D I N R U S TA M O ‘ G ‘ L I
“ U R U S H VA B O S H Q A H A R B I Y H A R A K AT L A R D A TA Q I Q L A N G A N Q U R O L L A R N I N G
Q O ‘ L L A N I S H I G A N I S B ATA N J AVO B G A R L I K ”
5 2 4 0 1 0 0 - “ Y U R I S P R U D E N S I YA ( X A L Q A R O - H U Q U Q I Y FA O L I YAT ) ” TA’ L I M Y O ‘ N A L I S H I
B O ‘ Y I C H A B A K A L AV R D A R A J A S I N I O L I S H U C H U N Y O Z I L G A N
B I T I R U V M A L A K AV I Y I S H I
ILMIY RAHBAR:
YUSUFJANOV O.A
TO S H K EN T-2023

2.

MUNDARIJA
KIRISH
I-BOB. URUSH VA BOSHQA HARBIY HARAKATLARDA TAQIQLANGAN QUROLLARNING UMUMIY
TASNIFI
• Urush olib borishning usullari va vositalari
• Urush va boshqa harbiy harakatlarda qo’llanilishi taqiqlangan qurollar va ularning turlari
• Xalqaro huquqda taqiqlangan qurollarning qo'llanilishiga nisbatan sanksiyalar
II-BOB. TAQIQLANGAN QUROLLARNING QO’LLANILISHIGA NISBATAN JAVOBGARLIKNING
O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
• Xalqaro huquqda taqiqlangan qurollardan foydalanishning javobgarlikka tortishdagi yurisdiksiyasi
• Xalqaro jinoyat sudi va harbiy tribunallarning taqiqlangan qurollardan foydalangan taraflarga nisbatan jinoiy javobgarlikka tortishdagi yurisdiksiyasi
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

3.

TADQIQOTNING DOLZARBLIGI
Insoniyat tarixida juda ko'plab urushlar va harbiy to'qnashuvlar bo'lgan hamda ushbu janglar insoniyat boshiga juda
ko'plab talofatlar keltirgan va bu majarolar mobaynida bir qator taqiqlangan qurollardan foydalangan bo'lib, ularga
nisbatan hech qanday javobgarlik kelib chiqmagan.Bundayharakatlar nafaqat mintaqa uchun balki butun dunyo
hamjamiyatiga qarshi qaratilgan ijtimoiy xavfi yuqori bo’lgan javobgarlikdir. Ikkinchi jahon urushi so’ngi pallasidan
boshlab ummumiy qirg’in qurollaridan foydalanish boshlandi va xalqaro huquqda javobgarlik uchun alohida
kategoriyalarning ochilishiga sabab bo’ldi.
Ilmiy ishning dolzarbligi, ilmiy tadqiqot davomida taqiqlangan qurollarning mohiyati, belgilari va o'ziga xos jihatlarini
tahlil qilishda hamda ulardan foydalanishga nisbatan javobgarlik yurisdiksiya asosida olib borilishi va ularning o'zaro
aloqasi, xalqaro huquq normalari bilan gumanitar huquqning kolliziyasi, davlat rahbarlarini, urush va qurolli
to'qnashuvlar davom etib turgan hududlarda taqiqlangan qurollardan foydalanishga qarshi tergov olib borishning
imkonsizligi, huquqni qo'lovchi organlar tizimi va xalqaro javobgarlikka tortishni amalga oshirish tartibi, jahonda
kuzatilayotgan gibrid urushlarda ishtirok etayotgan turli guruhlar, davlatlarning harbiylari, xususiy harbiy kompaniyalar
tomonidan sodir etilayotgan harbiy jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlikka tortishga to'sqinlik qiluvchi obyektiv va
subyektiv omillar sababi, zamonaviy taqiqlangan qurollardan foydalanish va bunday harakatlarga qarshi turishning
choralarini ilmiy-kriminologik jihatdan tadqiq qilish, shuningdek amaliy jihatdan bunday harakatlarga qarshi turishning
kriminalogik modeli yaratilmaganligidan iboratdir.

4.

OBYEKT, PREDMET VA METODLAR
URUSH VA BOSHQA HARBIY HARAKATLARDA
TAQIQLANGAN QUROLLARNINIG QO’LLANILISHIGA
NISBATAN JAVOBGARLIK NAZARDA TUTADIGAN XALQARO
HUQUQ VA XALQARO GUMANITAR HUQUQI
NORMALARIDAN, SHUNINGDEK, INDIVIDLARNING
JAVOBGARLIGI BELGILANGAN XALQARO TRIBUNALLAR
USTAVI VA RIM STATUTIDAN KELIB CHIQADIGAN
XALQARO HUQUQIY IJTIMOIY MUNOSABATLARDIR
XALQARO HUQUQ VA DAVLATLARNING ICHKI
QONUNCHILIGIDAN IBORAT NORMALAR MAJMUASI
HAMDA XALQARO KONVENSIYALARDAN IBORAT.
.
MANTIQIY, QIYOSIY HUQUQIY HAMDA KONTENT-ANALIZ
USULLAR.

5.

TADQIQOT ISHIMNING MAQSADI
Taqiqlangan qurollardan foydalanganlik uchun xalqaro javobgarlik
mohiyatini, ularning nazariy jihatlarini o'rganish, bu kabi qurollardan
foydalanishning oqibatlarini aniqlash, harbiy va boshqa harakatlarda
umumiy xarakterlarini tahlil qilish hamda O'zbekiston Respublikasining
xalqaro-huquqiy majburiyatlari va milliy manfaatlaridan kelib chiqib,
taqiqlangan qurollardan foydalanishga nisbatan xalqaro javobgarlik
to'g'risidagi normalar va huquqiy-institutsiyaviy mexanizmlarini
takomillashtirish yuzasidan ilmiy, asosli takliflar ishlab chiqishdan
iborat.

6.

YUQORIDAGI MAQSADNI AMALGA OSHIRISHDA
QUYIDAGI VAZIFALAR BELGILANDI
Urush va boshqa harbiy harakatlarda qo’llanilishi taqiqlangan qurollarning tasnifi,
turlarini tahlil qiilish
Zamonaviy qurolli to'qnashuv hamda urushlarning alohida xususiyatlarini o‘rganish
Zamonaviy qurolli to'qnashuv va urushlarda taqiqlangan qurollardan foydalanishni
tergov qilishga hamda javobgarlikka tortishga to'sqinlik qiladigan omillarni aniqlash.
Taqiqlangan qurollardan foydalanganlik uchun belgilangan javobgarlikni xalqaro
tribunallar ustavlari hamda Rim statutiga asosan tahlil qilish

7.

BU G UN GI K UN DA TAQI Q LA NG AN QU RO L LA RD AN
F OY DA LANI SH GA
NI SA BATAN
JAV O BG A RLIK KA
TO RTIS HDA Q UYI DA GI LA R TO 'S IQ BO‘L MOQ DA ?
Birinchidan, xalqaro huquqda davlatni javobgarlikka tortib bo'lmaydi, faqatgina davlat o'zi yetkazgan zarar va ziyon uchungina
moddiy javobgar bo'lishi mumkin. Unda ham davlatning o'z aybini tan olib, harbiy kuch va siyosiy bosim ostidagina sodir qilingan
harakatlar uchun javobgar bo'lishi mumkin, boshqa usullar bilan esa davlatlarning javogarlikka tortib bo'lmasligi xalqaro huquqda
javobgarlikka tortishni istisno qiladi.
Ikkinchidan, Xalqaro jinoyat sudi va Rim Statutining harbiy jinoyatlarni nisbatan javobgarlikka tortishda barcha davlatlarni qamrab
olmaganligi(chegaralanganligi) va bu borada yetarlicha tashviqot olib borilmasligi, qolaversa xalqaro jinoyatlarni sodir etgan
davlatlarning rahbari, oliy mansabdor shaxslari va oliy harbiy unvonga ega bo’lgan harbiy mansabdorlarnigina javobgarlikka tortilishi
davlatlar tomonidan o'z rahbarlari tomonidan sodir etilgan jinoyatlarni yashirishga, ularni himoya qilishga harakat qilishiga olib keladi
hamda ularni boshqa davlat yoki xalqaro jinoyat sudining ish ko'ruviga topshirishga yo'l qo’ymaydi.
Uchinchidan, bugungi xalqaro huquqning va BMTning davlatlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarini tartibga solishda mavqeyi tushib
ketganligi va xalqaro tartib qoidalarning bajarilishini hamda xalqaro shartnomalarni, xalqaro huquqni buzgan huquqbuzar davlatni
ushbu normalarga amal qilishga majburlovchi va ularga nisbatan sanksiya qo'llovchi birorta ham xalqaro institut yo'qligi.
To’rtinchidan, jahon siyosatining xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan normalaridan ilgarilab ketgani, davlatlar o'z manfaatini
ko'zlab kerak paytda xalqaro huquqqa amal qilib, boshqa vaqtda unga amal qilishdan bo'yin tovlab, xalqaro konvensiyalardan chiqishi
ham asosiy omillardan biridir.
Beshinchidan, xalqaro huquqda taqiqlanagan qurollardan foydalanilganlikning isbot qilish protsessi juda murakkab va ko'p vaqt talab
qiladigan jaroyon bo’lib, sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmishligini isbot qiluvchi ashyoviy dalillarni yo'qolib ketishga olib keladi,
ayniqsa qurolli mojarolar davrida ushbu hududga kirishning qiyinligi va tergovni chalg'itadigan hamda xalaqit beradigan vositalarning
qo'llanilishi ham asosiy sabablardan biridir.

8.

TAKLIFLAR
1. Xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish va kuchaytirish: 1925-yilgi “kimyoviy qurollarni taqiqlash
to'g'risidagi” Jeneva Protokoli (CWC), 1972-yilgi “biologik qurollarni taqiqlash to'g'risidagi” Konvensiya
(BWC) va 1968-yilgi “yadro qurolini tarqatmaslik to'g'risidagi” (NPT) Shartnoma kabilar hozirgi zamon
talabiga mos kelmay qolishi ularning yangilashini talab etadi. Konvensiyalar va shartnomalar ishlab chiqish va
mavjud xalqaro shartnomalarga hali qo'shilmagan mamlakatlarni ularni ratifikatsiya qilishga va ularning qoidalariga
qat'iy rioya qilinishi nazorat qilish.
2. Sanksiyalar va javobgarlik: agar taqiqlangan qurol qo'llanilsa, xalqaro hamjamiyat sanksiyalarni qabul qilishi va
xalqaro huquq asosida aybdorlarni ta'qib qilishi kerak. Bunga iqtisodiy sanksiyalar, harbiy-texnik hamkorlikka
cheklovlar (boykotlar) va diplomatik choralar kiradi.
Ushbu choralar yordamida taqiqlangan qurollardan foydalanish uchun javobgarlikni kuchaytirish va ushbu muammo
bilan bog'liq hodisalar xavfini kamaytirish mumkin.
3. Xalqaro hamkorlikni kuchaytirish: taqiqlangan qurollarni aniqlash va yo'q qilishning yangi texnologiyalari va
usullarini ishlab chiqishga qaratilgan taqiqlangan qurollarning tarqalishini nazorat qilish, axborot almashish va
ilmiy-texnik hamkorlik sohasidagi xalqaro hamkorlikni rag'batlantirish.
4. Mintaqaviy xavfsizlik: tinchlik va barqarorlikni ta'minlash jarayonida mintaqaviy tashkilotlar va forumlarning
rolini oshirib, taqiqlangan qurollarning tarqalishi va ishlatilishining oldini olish bo'yicha mintaqaviy tashabbuslarni
ishlab chiqish va mustahkamlash.

9.

E’tiboringiz uchun rahmat!
English     Русский Правила