Yaxshibayev Kamol Xalilovichning MAGISTRLIK DISSERTASIYASI
DISSERTATSIYA MAVZUSI:
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati.
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati.
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati.
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati.
Tadqiqot obyekti
Tadqiqot predmeti
Tadqiqot maqsadi
Tadqiqot vazifalari:
Tadqiqotning ilmiy yangiligi
Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi (tahlili).
Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi (tahlili).
Tadqiqotda qo‘llanilgan metodikaning tavsifi.
ISHNING NAZARIY AHAMIYATI
Tadqiqotning amaliy ahamiyati.
XULOSA VA TAVSIYALAR
457.00K
Категория: ПолитикаПолитика
Похожие презентации:

O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashdagi ahamiyati

1.

Guliston davlat universiteti
MAGISTRATURA BO’LIMI
• 70112101-Ijtimoiy-gumanitar fanlarni
o‘qitish metodikasi (ma’naviyat
asoslari)
• mutaxassisligi

2. Yaxshibayev Kamol Xalilovichning MAGISTRLIK DISSERTASIYASI

• TAQDIMOTI

3. DISSERTATSIYA MAVZUSI:

“O‘ZBEKISTONDA
YOSHLARGA OID DAVLAT
SIYOSATINING IJTIMOIY
BARQARORLIKNI
TA’MINLASHDAGI
AHAMIYATI”

4.

Mavzu: O‘ZBEKISTONDA YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATINING IJTIMOIY
BARQARORLIKNI TA’MINLASHDAGI AHAMIYATI
MUNDARIJA
KIRISH……………………………………………………………………..
I BOB
beti
5
YOSHLARNI SHAXS SIFATIDA SHAKLLANTIRISH-NING IJTIMOIY FALSAFIY
TAHLILI……………………..
11
1.1-§
Yoshlarni shaxs sifatida shakllantirishning ijtimoiy – falsafiy tahlili
11
1.2-§
Milliy qadriyatlarning yoshlar shaxsini shakllantirishdagi o‘rni
19
II. BOB
O‘ZBEKISTONDA YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATINING MOHIYATI
30
2.1-§
O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining
tashkiliy-huquqiy asoslari
2.2-§
30
Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida yoshlar faolligi va yoshlar siyosatining
asosiy yo‘nalishlari
39
III BOB
O‘ZBEKISTONDA YOSHLAR SIYOSIY MADANIYATI MUAMMOLARI
52
3.1-§
Yoshlar siyosiy madaniyatini shakllantirish zarurati va uning o‘ziga xosligi
52
Ta’lim-tarbiya tizimi va yoshlar madaniyatini shakllantirish muammolari
62
3.2-§
Xulosa va tavsiyalar………………………………………….......................
72

5. Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati.

Ma’lumki, yoshlarning dunyoqarashi,
fikrlari va tafakkuri har doim bir xil
bo‘lgan emas. «Yoshlarning kasbiy
mahorati va bilimining yuqori darajasi,
ma’naviy va axloqiy fazilatlari, shu
jumladan, siyosiy madaniyatining
darajasi jamiyatini rivojlantirish
istiqbollarini belgilab beradi». Shuning
uchun ham yoshlarga oid muammolar
barcha davrlarda ham dolzarb bo‘lib
kelgan. Sababi, aynan ushbu yoshlar,
jamiyat taraqqiyoti va davlatning jadal
rivojlanishida muhim kuch bo‘lib
xizmat qiladi.

6. Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati.

Yangi O‘zbekiston qisqa vaqt ichida samarali tashqi
siyosat olib borayotgan xalqaro munosabatlar
subyektiga aylandi. Shu yo‘l bilan u o‘zining milliy
manfaatlarini himoya qilibgina qolmasdan, ularni
yangi yuqori darajaga ko‘tardi. O‘zbekistonning jahon
arenasida munosib o‘rin egallashiga nafaqat uning
boy madaniy tarixi hamda qulay geografik joylashuvi,
jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi, yoki boy
tabiiy resurslari balki uning barkamol avlodni
tarbiyalashdagi harakatlari va bu sohada
erishayotgan yutuqlari sabab bo‘lmoqda. Zero
barkamol avlodni insoniyatning eng yorqin orzusi
bo‘lib kelgan. Biroq jahon xalqlarining barchasi ham
bu haqda o‘ylayvermagan.

7. Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati.

Yoshlar tarbiyasi bilan bog‘liq ko‘p asrlik merosi bizning
mavzumizga eng birinchi va asosiy asos bo‘ladi. Hozirgi
kunda globallashuv sharoitining salbiy va ijobiy
jihatlarini o‘rganish yoshlar oldida turgan asosiy
vazifalardan biri hisoblanadi. Yoshlarning ijtimoiysiyosiy faolligini oshirish, ularning huquqiy va ma’naviy
madaniyatini yuksaltirish, kelajakda yetuk barkamol
insonlar qilib tarbiyalash yoshlar tashkilotlarining
zimmasidagi ma’suliyatli vazifadir. Shuningdek, yoshlar
muammosi va yoshlar tashkilotlarining faoliyatini ilmiy
o‘rganish keng jamoatchilik va ilmiy doiralarni qiziqtirib
kelgan.

8. Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati.

Mazkur mavzuda yaratilgan ilmiy ishlarning tahlili ushbu
tadqiqot ishining o‘rganilmagan tomonlari mavjudligi va
yoshlar bilan bog‘liq yangi muammolar tug‘ilayotganligidan
dalolat beradi: birinchidan, mamlakat rivojlanishini
belgilovchi asosiy kuch yoshlar ekanligi va yoshlar davlat
tanchi ekanligi; ikkinchidan, O‘zbekistonda yoshlar ijtimoiysiyosiy faolligini oshirishda yoshlar tashkilotlari faoliyatida
kamchilik va muammolar mavjudligi; uchinchidan,
globallashuv sharoitida yoshlarga nisbatan mafkuraviy
tashqi ta’sirlarning kuchayib borayotganligi va ta’sir
o‘tkazayotganligi; to‘rtinchidan, yoshlar ijtimoiy-siyosiy
faolligini oshirish bo‘yicha yoshlar tashkilotlari faoliyatini
rivojlantirish; beshinchidan, yoshlar ijtimoiy-siyosiy
faolligini oshirishda yoshlarning ilmiy solahiaytini
kuchaytirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish
zaruriyati.

9. Tadqiqot obyekti

Yoshlarga oid davlat siyosatining
ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy
faoliyatdagi ahamiyati tashkil etadi

10. Tadqiqot predmeti

Yoshlar ijtimoiy-siyosiy hamda
ma’naviy faolligini oshirish
muammolari tashkil qiladi.

11. Tadqiqot maqsadi

O‘zbekiston Respublikasida yoshlar
ijtimoiy-siyosiyv va ma’naviy faolligini
oshirishda yoshlar oid davlat siyosati va
yoshlar tashkilotlari faoliyati
samaradorligini oshirish yuzasidan
takliflar ishlab chiqish va yoshlar
tarbiyasi, ijtimoiy-falsafiy asoslari,
ijtimoiy muhitdagi o‘rni va ahamiyatini
asoslashdan iborat.

12. Tadqiqot vazifalari:

Yoshlarni shaxs sifatida shakllantirishning ijtimoiy-falsafiy
jahatdan tahlil qilish;
Milliy qadriyatlarning yoshlar shaxsini shakllantirishdagi
o‘rnini baholash;
O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining mohiyatini
ochib berish;
Yangi O‘zbekistonda yoshlar siyosiy madaniyatini yuksaltirish
muammolarini tahlil qilish.

13. Tadqiqotning ilmiy yangiligi

Ilmiy tadqiqot ishida 1991-2023-yillar oralig‘ida
O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga
qaratilayotgan davlat siyosati va yoshlar
tashkilotlarining amalga oshirgan ishlari va
tadqiqotlar ilk marotaba umumlashtirilgan holda
hamda qiyosiy o‘rganildi, ba’zi xulosa va fikrlar
bildirildi. O‘zbekistonda yoshlar ijtimoiy-siyosiy
faolligini oshirishga to‘sqinlik qiluvchi va imkoniyat
beruvchi omillar tasniflandi; yoshlarni komil inson
qilib tarbiyalashda milliy qadriyatlarning o‘rni va
ahamiyatini ochib berindi.

14. Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi (tahlili).

Mamlakatimizda so‘nggi yillarda yoshlar bilan bog‘liq
masalalarni o‘rganishga bag‘ishlangan ilmiy izlanishlar
miqyosi ancha kengaydi. I.Ergashev, Sh.Paxrutdinov,
S.Jo‘raev, E.Kadirov, Q.Quranbaev, Q.Nazarov,
A.Mo‘minov, M.Quronov, B.To‘ychiev, N.Jo‘raev,
A.Xolbekov, U.Saidov, T.Jo‘raev, A.Qodirov,
G.Tulenova, R.Jumaev, M.Bekmurodov, S.Otamurotov,
R.Samarov, kabi olimlarning ilmiy tadqiqotlarida
mavzuga daxldorligi nuqtai nazaridan tahlil qilingan.

15. Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi (tahlili).

Xorijlik olimlardan K.Xansen, L.Abroms, D.Dyui va
boshqa olimlar yoshlarning siyosiy madaniyati
masalalarini tadqiq etishgan. Shuningdek,
yoshlarda kreativ qobiliyatni shakllantirishning
dolzarb masalalari Dj.Gilford, R.Rou, E.De.Bono,
E.Torrans, K.Rodjers, A.Maslou, F.Barron,
S.Sternberg, T.Lyubard, Ch.Lendri, K.Xeller kabi
tadqiqotchilar tomonidan ham tadqiq etilgan.
Mazkur tadqiqot ishlarida yoshlarning kreativ
qobiliyatini rivojlantirish, siyosiy madaniyat va uni
shakllantirish muammolari kabi masalalar tadqiq
qilingan.

16. Tadqiqotda qo‘llanilgan metodikaning tavsifi.

Dissertatsiyada qiyosiy tahlil, analiz va
sintez, tarixiylik va mantikiylik, dialektik
va sinergetik ilmiy bilish usullaridan
foydalanilgan.

17. ISHNING NAZARIY AHAMIYATI

O‘zbekiston Respublikasida yoshlar ijtimoiysiyosiy faolligini oshirishda yoshlar
tashkilotlari ishtiroki, yoshlarga oid
muammolar va ularning yechimlari, xorijiy
davlatlar yoshlar tashkilotlari tajribalari,
yoshlarning jamiyatda tutgan o‘rni xususida
bildirilgan ilmiy-amaliy xulosalardan mazkur
muammolar yuzasidan izlanish olib
borayotgan -tadqiqotchilar qo‘llanma sifatida
foydalanishlari mumkin.

18. Tadqiqotning amaliy ahamiyati.

dissertatsiya ishi natijalaridan umumiy o‘rta
va Oliy ta’lim muassasalarida o‘tiladigan
“Ma’naviyatshunoslik”, “Tarbiya”,
“Axloqshunoslik”, “Ijtimoiy falsafa”
“Dinshunoslik”, “Falsafa”,
“Madaniyatshunoslik”, kabi fanlarni
o‘qitishda va boshqa ma’naviyat-ma’rifat
tizimidagi subyektlar foydalanishi
mumkinligi bilan izohlanadi.

19. XULOSA VA TAVSIYALAR

Mamlakatimizda barcha sohalarda jadal
islohotlar olib borilmoqda. Fuqarolarning
huquqlari va manfaatlarini himoya qilish,
yanada ko‘proq kafolatlashga qaratilgan
shu bilan birga ijtimoiy himoyaga muhtoj
qatlamlarni yanada qo‘llab-quvvatlashga
doir ijtimoiy siyosat olib borilishiga keng
etibor berilmoqda. Davlatimiz va
jamiyatimiz e’tiborida bo‘lib turgan ijtimoiy
qatlamlardan biri yoshlar bo‘lib
hisoblanadi.

20.

Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ulardagi bor
imkoniyatlardan foydalanishga va o‘z iqtidorlarini yanada
namoyon etishiga barkamol yosh avdloni tarbiyalash va
yoshlarning huquqlari va manfaatlarini taminlash
davlatimiz oldida turgan vazifalardan biri bo‘lib bu davlat
va jamiyat taraqqiyotining muhim omili bo‘lib
hisoblanadi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev
ta’kidlaganidek: «Biz yoshlarga doir davlat siyosatini
hech og‘ishmasdan, qat’iyat bilan davom ettiramiz.
Nafaqat davom ettiramiz, balki bu siyosatni eng ustuvor
vazifamiz sifatida bugun zamon talab qilayotgan yuksak
darajaga ko‘taramiz. Yoshlarimizning mustaqil
fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga
ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech
qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol
topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va
jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar
etamiz

21.

Xulosa o‘rnida shungi aytishimiz mumkinki, mamlakatimizda
yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalash, ularning hayotga
mustaqil qadam qo‘yishlari uchun barcha zarur sharoitlarni
yaratishga, yoshlarni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va
sportga keng jalb etish, ularning axborot texnologiyalari
bo‘yicha savodxonligini oshirish, yoshlar o‘rtasida
kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini
ta’minlashga va shu bilan birga, yoshlarda zamonaviy
tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish va yangi ish
o‘rinlarini yaratish orqali ularning bandligini ta’minlash,
voyaga etmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar va
jinoyatchilik profilaktikasini samarali tashkil etish, oilaviy
ajrimlarning oldini olish, yosh avlodda mustahkam
vatanparvarlik g‘oyasi hamda qat’iy fuqarolik pozitsiyasini
shakllantirishga qaratilgan ishlar mamlaktimiz oldida turgan
yoshlarga oid davlat siyosatining muhim vazifalaridan bo‘lib
qolaveradi.

22.

E’TIBORINGIZ
UCHUN
RAHMAT!!
English     Русский Правила