Taqdimot nutqi
1.
TAQDIMOT NUTQI2.
REJA :1. Taqdimot
nutqi haqida umumiy
tushuncha.
2. Og’zaki adabiy nutqning kO‘rinishlari.
3. Adabiy tilni o‘rganish va egallash
usullari.
3.
Taqdimot nutqi ilmiy va ommabop uslublarga xosbo‘lib, adabiy so‘zlashuv nutqi hisoblanadi.
Bunday nutq adabiy til me’yorlariga rioya qilgan
holda amalga oshiriladi. Ammo adabiy tilda
so‘zlash adabiy tilda yozishga nisbatan ancha
qiyin jarayondir. Buning sabablari quyidagicha:
4.
Og‘zaki nutqda yozma nutqdagi kabi o‘ylab olish imkonikam bo‘ladi, chunki og‘zaki nutq tezkor va jadallashgan
(avtomatik) jarayondir.
Og‘zaki nutqning o‘ziga xos grammatik
tuzilishi, qurilish tartibi mavjud, ya’ni gap
bo‘laklarining tushib qolishi, o‘rin
almashishi, qisqarishi va b.
5.
Og‘zaki nutqda talaffuz, ohang, imo-ishora vositalari asosiy rolo‘ynaydi
Og‘zaki nutqning yuzaga chiqishi so‘zlovchining kayfiyatiga,
nutqning vaziyatiga, so‘zlovchining nutqiy a’zolari normal va sog‘lom
bo‘lishiga bog‘liq.
Kishi so‘zlaganda o‘z nutqiga xuddi yozayotgandagi kabi yetarli
e’tibor beravermaydi.
6.
OG‘ZAKI ADABIY NUTQNING KO‘RINISHLARI:1) kundalik adabiy
so‘zlashuv nutqi
(adabiy tilda
gapiruvchi shaxslar
nutqi).
2) lektorlar nutqi (pedagoglar,
olimlar, targ‘ibotchilarning
ma’ruzalari, bu monologik
xarakterdagi nutq).
3) radio va televideniya nutqi (tili)
(diktorlar, sharhlovchilar,
jurnalistlar, muxbirlar nutqi).
4) sahna nutqi (aktyorlar nutqi –
dramatik asar tili. Dialogik
xarakterga ega).
7.
Ma’lumki, ma’ruza yoki taqdimot nutqi adabiytilning og‘zaki shakli ko‘rinishida ro‘yobga
chiqadi. Adabiy tilni o‘rganish va egallash to‘rt
xil yo‘l bilan amalga oshadi:
8.
1) tilni tabiiy holda egallash. Til ongli ravishda tabiiy holda eshitishva o‘zlashtirish orqali egallanadi;
2) tilni o‘qitish, o‘rgatish orqali egallash. Adabiy tilni o‘rganish va
egallash ko‘nikmasi ta’lim muassasalarida o‘qitish, o‘rgatish
yordamida shakllanadi;
3) mustaqil o‘qish va shug‘ullanish orqali o‘rganish:
a) tilga oid maxsus adabiyotlar, qo‘llanma va lug‘atlar orqali,
b) nolingvistik adabiyotlarni (badiiy asarlar, gazeta, jurnallarni)
o‘qish hamda radio, televideniya eshittirishlarini tinglash va she’r
yodlash orqali.
4) nutqiy taqlid. Nutqiy taqlid ongli faoliyat bo‘lib, oila, ta’lim
muassasasi, atrof-muhitdan o‘rganish va til ustida mustaqil
shug‘ullanish orqali amalga oshadi.
9.
Taqdimot yoki ma’ruzada nutq egasining maqsadi – muayyanbir axborotni tinglovchiga tugal, tushunarli va ta’sirli tarzda
yetkazishdir. Buning uchun so‘zlovchiga faqat til qonunqoidalarini bilishning o‘zi kifoya emas, balki notiqning nutq
texnikasi yaxshi rivojlangan bo‘lishi kerak.
Ovoz - nutq texnikasining eng muhim elementi.
10.
So‘zlovchining ovozidaquyidagi xususiyatlar bo‘lishi
lozim:
11.
jarangdorlik (tovushning tozaligiva tembrning yorqinligi)
keng diapazonlik (ovozning
eng pastlikdan eng
yuqorigacha bo‘lgan darajasi)
havodorlik (erkin so‘zlaganda
yaxshi eshituvchanlik)
qarshi shovqinlarga nisbatan
barqarorlik (xalaqit beruvchi
shovqinga qarshi tembr va
teksturaning o‘zgarib turishi)
chidamlilik (uzoq ishlash
qobiliyatiga ega bo‘lish)
moslashuvchanlik (dinamik,
tembr, melodikaning eshitilish
sharoitiga moslasha olishi)
ixchamlik, harakatchanlik
suggestivlik (ovozning hayajon
ifodalash orqali tinglovchiga
ta’sir qilish xususiyati)
12.
Taqdimot jarayonida ko‘rgazmali vositalardan foydalanish.Multimediali taqdimot - bugungi kunda axborot taqdim etishning yagona va eng
zamonaviy shakli hisoblanadi. Bu matnli ma’lumotlar, rasmlar, slayd-shou, diktor
jo‘rligidagi ovoz bilan boyitilgan, videoparcha va animatsiya, uch o‘lchamli grafika
tarzidagi dasturiy ta’minot bo‘lishi mumkin.
13.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI1.
2.
3.
4.
5.
6.
НУРМОНОВ.A .ТАНЛАНГАН АСАРЛАР III ЖИЛДЛИК Т:,2012
“Академнашр”
Ирисқулов И.Тилшуносликка кириш.-Тошкент, 2009.
Rasulov R.Umumiy tilshunoslik. -Тoshkent, 2013.
Тилшунослик назарияси ва методологияси. Тузувчи: Ҳ. Дадабоев. –
Тошкент, 2004.
Халилова М. Ўзбек тили стилистикаси асослари. –Фарғона, 2009.
Taqdimot nutqi haqida. ” Til va adabiyot ta’limi” jurnali. 2015.
13
14.
ETIBORINGIZ UCHUNTASHAKKUR