Похожие презентации:
Muxandislik kommunikasiyalari qurilishi va montaji
1.
“5340400-Muxandislik kommunikasiyalari qurilishi va montaji”fakulteti
Nasos va nasos stantsiyalari fanidan
Bajardi.
83-gurux
Talabasi.
______ Solijonov A I
Qabul qildi.
_______ Yuldashev J G`
2.
Nasos va nasos stansiyalari haqida umumiy tushinchalarO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“O‘zbekiston Respublikasida suv resurslarini
boshqarish
va
irrigatsiya
sektorini
rivojlantirishning
2021-2023-yillarga
mo‘ljallangan
strategiyasini
tasdiqlash
to‘g‘risida” 2021-yil 24-fevraldagi PQ-5005sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida
Vazirlar Mahkamasi qaror qabul qiladi.
2022-yil 31-mart holati bo‘yicha “To‘xtagul”, “Andijon”, “Karkidon”, “Ohangaron”, “Janubiy
Surxon” va “Talimarjon” suv omborlarida suv zaxirasi me’yorga nisbatan 23 - 52 foizga kam shu
sababli mamlakatimizdagi mavjud suv obektlarni, xususan(Mamlakatimiz qishloq xо‘jaligida
foydalaniladigan yerlarning 55 foizdan ortig‘i 1693 taga yaqin nasos stansiyalari yordamida
sug‘oriladi) nasos stansiyalarini qayta tamirlash va ulardan samarali foydalanish zamon talabi
bo’lib qolmoqda.
3.
Mavzu: Nasos stansiyasi binolari.Reja:
01
Nasos stansiya binosining vazifasi va tasnifi. Har xil
turdagi binolarni qo‘llash sharti.
- yer usti nasos
02 Chuqurlashtirilmagan
stansiya binolari konstruksiyalari.
03
Kamerali nasos stansiyalari binosi. Blokli nasos
stansiyalari binolari.
4.
Nasos stansiya binosining vazifasi va tasnifi.Asosiy va yordamichi jihozlarni, so‘rish va ko‘tarish quvurlari qisimlarini, xizmat
xonalarini o‘ziga joylashtiruvchi nasos stansiyasi binosining turi, bajarayotgan
vazifasi va uzatayotgan suv sarfi miqdoridan taщqari quyidagi faktorlarga bog‘liqdir:
nasos stansiyasi binosining suv olish inshootiga nisbatan joylashi-shiga (birgalikda
yoki alohida);
• nasos agregatlari konstruksiyasiga (harakatga keltiruvchi sistemani dvigatelni gorizantal yoki vertikal o‘rnatish);
• asosiy nasoslarning kavitatsiya va energetik xarakteristikalariga
(mumkin bo‘lgan so‘rish, balandligi, ishga tushirish shartlari);
• suv manbasi rejimiga (suv sathlarining o‘zgarib turishi, ifloslanish darajasi, loyq va
qumlar miqdori, qish faslidagi sharoitga va boshqalarga);
5.
davomi• nasos
stansiyasi
quriladigan
joyning
geologik
va gidrogeologik
sharoitiga
(stansiyaning asosiga, yer osti suvlarining borligi va joylashish chuqurligiga);
• ob - havo sharoitiga;
• qurilish ishlarini bajarish texnologiyasi va ishlatiladigin qurilish materiallariga.
Nasos stansiyasi va uning ayrim konstruksiyalarini tanlashda, asosiy nasoslarni
suv manbasidagi yoki suv kabul kilish kamerasidagi suv satxiga nisbatan joylashishi
katta ahamiyatga ega. Nasos stansiyasi binosining yer yuziga nisbatan joylashishiga
qarab, yer ustidagi (chuqurlashtirilmagan) va chuqurlashtirilgan stansiyalarga bo‘linadi.
6.
Har xil turdagi binolarni qo‘llash sharti.Nasos stansiyalari binolarining turlari avvalambor manbadagi suv sathining tebranishi(ko‘tarilib-tushishi)ga bog‘liq. Manbadagi suv sathi kam
(12 m atrofida) o‘zgarib tursa nasos stansiyasi binolari yer ustiga quriladi va nasos
agregatlari musbat so‘rish balandligi bilan o‘rnatiladi. Suv sathi juda ko‘p (4-6
m va undan ortiq) o‘zgarsa, unda nasos stansiyasi binolari chuqurlashtirilib
quriladi. Nasos agregatlari manfiy so‘rish balandligi bilan o‘rnatiladi.
7.
Chuqurlashtirilmagan - yer usti nasos stansiya binolari konstruksiyalari.Yer ustida qurilgan nasos stansiyasi binolari, suvni, suv sathlari unchalik o‘zgarmaydigan ochiq suv manbalaridan
oladi. O‘rnatilgan nasoslar musbat so‘rish balandligiga ega bo‘lganligi uchun, ularni maksimal suv sathidan ham
yuqoriga joylashtirish mumkin.
Suv manbasining qirg‘oqlari tik va stansiya quriladigin joy mustahkam tuproqdardan tashkil topgan bo‘lsa,
nasos stansiyasi binosi bilan suv olish inshooti birgalikda quriladi (66-rasm).
66-rasm. Suv olish inshooti bilan birgalikda qurilgin yer usti (chukurlashtirilmagan) nasos stansiyasi binosi:
1 - avankamera; 2 - suv olish kamerasi; 3 - so‘rish quvuri; 4 – markazdan qochma nasos; 5 - bosim quvuri; 6 stansiya binosi.
8.
Nasos stansiyasi va suv olish inshooti alohida qurilgan holatda, nasos agregatlari, stansiya binosi umumiy poydevoribilan bog‘lanmagan alohida poydevorlarga o‘rnatiladi. Poydevor sathi doimo manbadagi suv sathi va yer osti suv
sathidan yuqorida joylashadi (67-rasm).
Yer ustidagi nasos stansiyalari binosiga odatda gorizontal valli nasos agregatlari o‘rnatiladi.
67-rasm. Nasos stansiyasi va suv olish inshooti alohida-alohida qurilgan
yer usti (chuqurlashtirilmagan) nasos stansiyasi binosi.
1 -avankamera; 2 - suv olish kamerasi (nasos kamerasi); 3-so‘rish quvurlari; 4, 9 - o‘tish konuslari; 5 - binoning
lentasimon poydevori;
6 – markazdan qochma nasos; 7 - nasos agregata poydevori; 8-zadvijka; 10 - bosim
quvurlari; 11-nasos stansiyasi binosi; 12 - telefer uchun monorelslar.
9.
Chukurlashtirilgan nasos stansiyasi binolari.Ochiq suv manba’lari sato‘larining o‘zgarib turishi, nasoslar so‘rish
qobiliyati(baladligi)dan katta bo‘lsa, nasos stansiyasi minimal suv
sathlaridan pastga joylashtiriladi. Shuning uchun bu turdagi stansiyalar
chuqurlashtirilgan nasos stansiyalar deyiladi. Chuqurlashtirilgan nasos
stansiyasi binosi, yer osti va yer usti qismlarga bo‘linadi. Yer osti
qismining konstruksiyasiga nisbatan, stansiya binosi kamerali va
blokli turlarga bo‘linadi.
10.
Kamerali nasos stansiyalari binosi.Kamerali turdagi nasos stansiyalari «quruq kamerali» (68 va
69-rasmlar) va «ho‘l kamerali» (70 va 71-rasmlar)
stansiyalarga bo‘linadi. Kamerali nasos stansiyasining yer osti
qismiga nasoslar joylashtirilishi (quruq kamerali) yoki suv
qabul qilinishi (ho‘l kamerali) mumkin. Kameraning asosi
yaxlit temir-beton plitadan iborat bo‘ladi.
11.
68-rasm. Suv olish inshooti bilanbirgalikda qurilgan quruq kamerali
chuqurlashtirlgan nasos stansiyasi
binosi:1-suv olish inshooti; 2so‘ruvchi quvurlar; 3- markazdan
qochma nasos; 4-bosimli quvurlar;
5-stansiyaning yer osti
(quruq
kamerali) qismi; 6-stansiyaning yer
usti qismi;
12.
69-rasm. Suv olish inshootidan alohida qurilganquruq kamerali
chuqurlashtirilgan nasos
stansiyasi binosi: 1-suv olish inshooti; 2-so‘ruvchi
quvurlar; 3-nasoslar; 4-bosimli quvur-lar;5stansiyaning yer osti (kamerali) qismi;6stansiyaning yer usti qismi;
13.
Quruq kamerali nasos stansiyasi binosi suv olish inshooti bilanbir-galikda (68-rasm) yoki undan alohida qurilishi mumkin (69rasm). Ikkala holatda ham suv nasoslarga so‘rish quvurlari orqali
uzatiladi.
Quruq kamerali yoki quruq xonali nasos stansiyalari uchun
hohlagan turdagi nasosni tanlash mumkin. Ho‘l kamerali
stansiyalar uchun esa, o‘qiy yoki chuqurlikda ishlaydigan
markazdan qochma nasoslardan foydalaniladi.
Ho‘l kamerali nasos stansiyalari ko‘pincha suv olish inshooti bilan birgalikda quriladi.
Bunday holatda nasos agregatlari, kamera yuqorisidagi quruq xonaga (70-rasm) yoki
kameraning o‘ziga (71-rasm) joylashtiriladi.
14.
70-rasm. Agregatlari kamera yuqorisidagiquruq, xonaga joylashtiril-gan ho‘l kamerali
nasos stansiyasi binosi. 1-suv olish inshooti; 2ho‘l kamera; 3-so‘rish quvurlari; 4-o‘tish
quvuri;
5-vertikal joylashgan markazdan
qochma nasos; 6-bosimli quvurlar; 7-val; 8nasos
joylashtirilgan
quruq
xona;
9elektrodvigatel; 10- stan-siyaning yer usti qismi.
15.
71-rasm. Agregatlari ho‘l kameraning o‘zigajoylashtirilgan nasos stansiyasi binosi:
1-suv olish inshooti; 2-ho‘l kamera; 3-so‘rish
quvurlari; 4-o‘qiy nasos; 5-bosimli quvurlar; 6elektrodvigatel; 7-stansiyaning yer usti qismi;
16.
Blokli nasos stansiyalari binolari.Chuqurlashtirilgan blokli turdagi nasos stansiyalariga kuchli,
vertikal, markazdan qochma yoki o‘qiy nasoslar o‘rnatiladi. Bu
nasoslar ish g‘ildiragiga suv bir tomonlama, murakkab shaklda
egilgan so‘rish quvurlari orqali uzatiladi. Uzatish quvuri yaxlit
beton plitalar orasiga joylashgan bo‘lib, binoning yer osti qismini
tashkil qiladi. Bu turdagi bino odatda suv olish inshooti bilan
birgalikda quriladi. (72-rasm).
17.
72-rasm. Chuqurlashtirilgan bloklinasos stansiyasi binosi:
1-suv
olish
inshooti;
2-uzatish
quvurlari; 3-nasos; 4-bosim quvurlari; 5-elektrodvigatel; 6-stansiyaning
yer usti qismi.
18.
19.
Adabitoylar:1. Mamajonov M. Nasoslar va nasos stansiyalari. Darslik, Toshkent, 2012.
2. Mamajonov M. Nasoslar va nasos stansiyalari. Darslik, Toshkent, 2012.
3. Muxammadiyev M., Uralov B.R., Mamajonov M., Muxamedov A.K., Majidov T.SH., Nizomov O.H., Badalov
A.S. Gidromashinalar. O’quv qo’llanma,Toshkent, TIMI, 2011.
4. M.Mamajonov, B.Uralov, A.Hakimov,T.Majidov, E.Kan. Nasoslar va nasos stansiyalari. O’quv
qo’llanma,Toshkent, TIMI, 2010.
5. Muxammadiyev M.M., Uralov B. R., Mamajonov M., Muxamedov A.K., Majidov T.SH., Nizamov O.H.,
Badalov A.S. Gidromashinalar. O‘quv qo‘llanma, Toshkent, TIMI, 2009.-