327.79K
Категория: СтроительствоСтроительство

Temirbeton oraliq qurilma sinfini aniqlashda ularning nuqsonlari ta’sirini

1.

Toshkent Davlat Transport Universiteti
“Ko`priklar va tonnellar” kafedrasi
MAVZU:TEMIRBETON ORALIQ QURILMA SINFINI
ANIQLASHDA ULARNING NUQSONLARI TA’SIRINI
E’TIBORGA OLISH.
Bajardi:YMTY-4 guruh talabasi
Sharilloyev Azamat
Tekshirdi:Rahimjonov Z.Q.

2.

Nuqson va shikastlanishlarning sinflanishi. Bugungi kunda ekspluatatsion xizmatlari
inshootlardagi nuqsonlar va ularning paydo bo„lish sabablariga oid tezkor, tizimlashtirilgan
ma’lumotga ega bo’lishlari zarur. Bu nuqsonlilikni oldindan belgilash, zarur ta’mirlash
ishlarining o’z vaqtida amalga oshirilishini rejalashtirish va ko’priklarni saqlash sifatini oshirish
imkonini beradi.
Temirbeton konstruksiyalar nuqsonlarining turlari ko’p omillarga bog’liq, ulardan
asosiylarini keltiramiz [1, 6, 7]:
v armatura va beton sinfiga bog’liq bo’lgan temirbetonning fizik-mexanik xossalari;
v ta’sir turiga (kuch, tajovuzkor suv va gazlar, atrof muhitning harorat-namlik rejimi);
v kuch bilan yuklashning turi, yo’nalishi va usuli (statik yoki dinamik, 133 yig’ilgan yoki teng
tarqalgan);
v haqiqiy yuk va ta’sirlarning loyihaviysiga mos kelishi;
v haqiqiy hisobiy sxemaning loyihaviysiga mos kelishi;
v bino va inshootning turi va uning konstruktiv sxemasi (yig’ma, yig’mamonolit, monolit,
qavatlar soni);
v temirbeton konstruksiyalarni tayyorlash, transportda tashish, joyida taxlash va montaj qilish
texnologiyasining buzilishi;
v loyihalashdagi xatolar;
v mexanik shikastlanishlar;
v texnogen va tabiiy xarakterli avariyalar.

3.

Hozirda shikastlanishlar va nuqsonlar quyidagi belgilariga ko’ra sinflangan:
shikastlanish turi (horg’inlik, mexanik, turg’unlikning yo’qolishi, siljishlar, cho’kishlar,
chirish va h.k.);
v yuzaga kelish chastotasi; konstruktiv belgilari; xavflilik darajasi; rivojlanish davomiyligi.
v
Metall oraliq qurilmalarning eng ko’p tarqalgan nuqsonlari:
v Qurilma (zaklepka) va bolt ulamalarining ishdan chiqishi;
v zo’riqish maksimal jamlangan joylardagi sinish va yoriqlar, horg’inlik yoriqlari;
v nogabarit yuklar tashib o’tilishi oqibatidagi mexanik shikastlanishlar;
v agressiv muhit, yuqori namlik, kezib yuradigan elektr toklari zonalarida ishlash
oqibatidagi chirishga oid shikastlanishlar. Temirbeton ko„prik inshootlariga xos bo’lgan,
eng ko’p uchraydigan shikastlanishlar:
v konstruksiyaning turli qismlaridagi yoriqlar (bo’ylama, ko’ndalang, betartib joylashgan);
beton ko’chib sinishlari va himoya qatlamining ko’chishlari;
v gidroizolyasiyaning shikastlanishi;
v armaturaning chirishi;
v plita konsollarining yemirilishi.

4.

Karbonizatsiya jarayonlari oqibatida beton himoya qatlamining yemirilishi. Namunaviy
(odatiy) nuqsonlar deb quyidagilarga aytiladi: beton himoya qatlami qalinligining yetarli
emasligi yoki uning yuqori darajadagi o’tkazuvchanligi sababli beton himoya qatlamining
ko’chishi va armatura chirishi. Beton himoya qatlamining karbonizatsiya oqibatida armatura o’z
tabiiy himoyasidan mahrum bo„lib, bunda po’lat chirish jarayonlariga duchor bo’ladi va chirish
hosilalari ancha katta hajmga ega bo’lib, bu beton qatlamining ko’chishi va butunlay
yemirilishiga sabab bo’ladi.
Ikkilamchi oqibatlar yuzaga kelishining oldini olish uchun, bu uchastkalar batafsil tiklanishi,
armatura chirishdan qo’shimcha ravishda himoya qilinishi, konstruksiya yuzasiga esa betonni
uzoq muddatli ikkilamchi himoyalash tizimlarini qo’llagan holda ishlov berilishi lozim.
Ta’mirlangan uchastkalardagi takroriy yuzaga kelgan nuqsonlar. Ta’mirdan chiqarilgan
uchastkalarning yuzalaridagi yangi nuqsonlarni ko’pincha ishlarning chala bajarilishi va
materialni noto’g’ri tanlash bilan izohlash mumkin.
Betonga yotqizilgan himoya muayyan talablarga (masalan, yoriqlar ustini yetarli
darajada qoplamaslik, ob-havo sharoitlariga chidamsizlik, adgeziya darajasining pastligi,
oqibatda qatlam ko’chishi va h. k.) javob bermasa, takroriy chirish yoki yangi yoriqlar qisqa vaqt
ichidayoq ko’zga ko’rinadigan bo’lib qoladi. Beton himoya qatlami yetarli bo’lmagan yoki
boshqa zaif joyi, masalan, gidroizolyasiyasi qoniqarsiz bajarilgan uchastkalarda maxsus ta’mirlash
texnologiyalari va materiallarini qo’llash lozim.

5.

Ko’prik temirbeton va metall elementlarining chirishi. Atrof muhit ta’siri (namlik,
harorat o’zgarishi, shamol, atmosferada agressiv moddalar mavjudligi) – yemiruvchi
omillar ichidagi eng kuchlisidir. Bunda armatura va betonni himoyalash to’g’risida
o’ylab ko’rish talab etiladi.
Element yoki konstruksiyani kuchaytirishga oid konstruktiv yechim ishonchliligi
muhitning agressiv ta‟siri natijasida temirbetonning chirishdan shikastlanishiga to’g’ri
baho berishga bog’liq. Ishchi armaturaning chirishi tufayli zararlanganlik darajasini
baholash jiddiy qiyinchilik tug’diradi. Armaturaning zanglaganidan darak beruvchi
bilvosita belgilardan biri – armatura sterjeni atrofidagi himoya qatlami betonida yoriqlar
mavjudligi va ularning ochilish kengligi hisoblanadi. Turli maqsadlar uchun mo’ljallangan
transport inshootlarining qurilish konstruksiyalarini tadqiq etish natijasida olingan ko’p
sonli ma’lumotlar asosida [1, 6, 7, 11], shikastlangan armaturani baholashda quyidagi
koeffitsientlarni tavsiya etish mumkin: diametri 25mm bo„lgan sterjenlar uchun chirish
yorig’ining ochilish kengligi 1,0mm bo„lganida armaturaning shikastlanishlanish darajasi
– 8%, kengligi 2,0mm bo’lganida – 12%, 3,0mm bo’lganida esa – 15%.

6.

Ishqorli yoki, kislota aralashmalari ta’sirida chirish bilan shikastlanganda beton
mustahkamligining pasayish darajasini baholash maqsadida, foydalanish vaqti bo’yicha
obyektlarni dastlabki o’rganish bosqichida va jamlangan tajriba va tadqiqotlar [11]
asosida baholash hisob-kitoblarini o’tkazishda beton ishi shartsharoitining quyidagi
koeffitsientlarini tavsiya etish mumkin: 1 yil uchun - 0,7, 2 yil uchun - 0,6, 3 yil uchun - 0,55
va 5 yil uchun - 0,4.
Metall ko’priklarning korrozion shikastlanishlari. Metall oraliq qurilmalarning eng
ko’p tarqalgan asosiy shikastlanishlari quyidagilar hisoblanadi: korroziya, parchin mixli va
boltli birikmalarning buzilishi, charchoq va mexanik shikastlanishlar.
Korrozion shikastlanishlar. Korrozion shikastlanishlarning rivojlanish darajasi metall
sifati, ko’priklar oraliq qurilmalarining antikorrozion qoplamasi va joriy saqlashga bog’liq [5,
9].
Metall korroziyasi metallning atrof muhit bilan kimyoviy o’zaro ta’sirida sodir
bo’ladi, hamda yuzasida sodir bo’ladigan galvanik elementlarining uzaro ta’siri mahsuli
hisoblanadi. Po’lat ko’priklar uchun elektr kimyoviy korroziyaning rivojlanishi ko’proq
xarakterli [9].
Korroziyaga uchragan metall ko’priklar elementlari texnik holatini diagnostika
qilish jarayonida, qoidaga ko’ra, dastlab korroziya turi aniqlanadi. Bu elementlar
ko’taruvchanlik xususiyati va yuk ko’taruvchanligiga korrozion shikastlanishlarning ta’sirini
aniqroq topish, hamda ko’proq asoslangan ta’mirlashtiklash chora-tadbirlarini ishlab
chiqish imkonini beradi.

7.

8.

Ekspluatatsiya jarayonida metall oraliq qurilmalarda ko„rsatilgan korroziyalarning to’la
kompleksi sodir bo’ladi (4.2-rasm). Korrozion shikastlanishlar elementlarning ko’ndalang kesim
yuzasini kichraytiradi, yuk ko’taruvchanligi va uzoqqa chidamliligini kamaytiradi.
Korroziyaning rivojlanish tezligi metallning kimyoviy tarkibi, muhitning tajovuzkorlik turi, namligi,
harorati, antikorrozion himoyasi, kuchlanganlik holatlariga bog’liq [5, 8].
Korroziyaga ko„proq butun devorli oraliq qurilmalar bosh to’sinning ustki belbog’lari
va shaparakli bosh fermali qatnov qismi ayniqsa ko’prik brusining tayanish joylarida, hamda
ko’p darajada ifloslanishga uchragan element va tugunlarda duchor bo’ladi (4.2-rasm).

9.

Oraliq qurilma to’sinlaridagi yoriqlar va toliqish shikastlanishlari. Oraliq qurilmalar
konstruktiv elementlarining kuchlanishlarning maksimal konsentratsiyasi sodir bo’ladigan
lokal zonalarida toliqish shikastlanishlar sodir bo„ladi. Og’ir temir yo’l yuklari ta’siri ostida
ishlaydigan oraliq qurilmalar uchun metallning toliqishi ko„p marta takrorlanadigan yukdan
shikastlanishlarning astasekin to’planishi natijasida sodir bo’ladi. Bu holda yoriqlar yuzaga
kelishi uchastkalarida toliqishning xarakterli dog’lari ko’rinishida toliqib sinishning yemirilishi
kuzatiladi [8]. Toliqish shikastlanishlarining paydo bo’lishi, qoidaga ko’ra, oraliq qurilma
konstruktiv elementlarining mahkamlanadigan joylarida parchin mixlar buzilishiga olib keladi.
Yaxlit bosh to’sinli oraliq qurilmalarda toliqish shikastlanishlari eng ko’proq ustki
belbog’da sodir bo’ladi. Ularning rivojlanish xarakteri har xil ko’rinishda bo’ladi. Toliqish
shikastlanishlari belbog„li burchaklik ustki gorizontal tokchalarida yoriqlar ko„rinishda,
ayniqsa bosim vertikal tekislikda to’sinlarning eguvchi momentlari keltirib chiqargan mahalliy
kuchlanishlaridan katta bo’lgan ko„prik bruslari ostidagi uchastkalarda; ostki belbog’li
burchakliklarda ko„ndalang toliqish yoriqlari va to„sinlar devorlarida, qoidaga ko’ra, metall
korroziyasi tashkil qilgan kuchlanishlar konsentratsiyasi zonasida sodir bo’ladi (4.3-rasm) [5, 8].

10.

11.

Mexanik shikastlanishlar va mo’rt sinishlar. Mexanik shikastlanishlar eng ko’proq
oraliq qurilmalar elementlariga nogabarit yuklarning urilishi natijasida, hamda ularni
tayyorlash va montaj qilishda sodir bo’ladi. Mexanik shikastlanishlarga elementlarning
umumiy qiyshayishi, teshiklar, o’yiq (ezilgan joy) lar kiradi. Shikastlanishlarning xavflilik
darajasi nafaqat shikastlangan elementlar o’lchamlari bilan, balki kuchlanganlik holati va
oqibatida sodir bo’ladigan o’zgarishlar bilan ham belgilanadi.
Mo’rt sinishlar kuch ta‟sirida seziladigan plastik deformatsiyalarsiz [9], eng kuchsiz
joylarda paydo bo’ladigan yoriqlarning rivojlanishidan sodir bo’ladi. 140 Mo’rt sinishda
yoriqlarning bir zumda sodir bo’lishi xarakterli, ular katta xavf tug’diradi. Mo’rt sinishlarning
sodir bo’lish imkoniyati metall strukturasi, kimyoviy tarkibi, kuchlanganlik holati, atrof muhit
harorati va b. larga bog’liq. Parchin mixlangan oraliq qurilmalarda toliqish
shikastlanishlarining sodir bo’lishi mo’rt sinish sodir bo’lishining ehtimolini oshiradi.

12.

13.

Adabiyotlar:
Ch.S.Raupov, U.Z. Shermuxamedov, X.Q. Umarov. Transport
inshootlarining ekspluatatsiyasi [Matn] : darslik / Ch.S. Raupov, U.Z.
Shermuxamedov, X.Q. Umarov.-Таshkent: OOO "Complex Print", 2020 y. –
488 b.
Darslikda transport inshootlari qurilishini rivojlanish tarixi va yangi
tendensiyalari, avto- va temir yo„llar uchastkalarida ekspluatatsiya
qilinayotganlarini qisqacha tavsiflari, ekspluatatsiyasining asosiy tamoyillari,
ularga ta‟sirqiladigan omillar, vazifasi, strukturasi va tarkibi, ekspluatatsiya
qilinayotgan transport inshootlarining texnik holati, yuk ko„taruvchanligi va
texnik diagnostikasini baholashning zamonaviy usullari, konstruksiyalar
nuqson va shikastlanishlarining tavsifi, uning texnik holati to„g„risida hulosa
tuzish, rekonstruksiyasining o„ziga xos xususiyatlari, umumiy masalalari va
ilg„or usullari to‟la bayon etilgan.
English     Русский Правила