278.25K
Категория: ОбразованиеОбразование

Maktabgacha yoshdagi bolaning komptensiyasi

1.

Termiz davlat pedagogika instituti
maktabgacha ta’lim fakulteti maktabgacha
ta’lim pedagogika va psixologiyasi yo’nalishi
301-guruh talabasi Rahimova Surayyoning
Tarbiyachining ish hujjati fanidan
tayyorlagan slaydi

2.

REJA:
1.Maktabgacha yoshdagi bolaning komptensiyasi
2.Ilk qadam o’quv dasturida komptensiya
3.Bolalarning komptensiyasi

3.

bilish kompetensiyasi — atrofdagi olamni ongli ravishda idrok
qilish va olingan bilim. ko‘nikma, malaka va qadriyatlardan o‘quv
va amaliy vazifalarni hal qilish uchun foydalanish. Maktabgacha
yoshdagi bolalarga ta'lim berishda kompetensiyaviy yondashuv
o‘sib borayotgan bola shaxsini hayotga tayyorlash, unda hayotiy
muhim masalalarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan, axloqiy
me'yor va qadriyatlarni o‘zlashtirish, boshqa insonlar bilan
muloqot qilish, «Men» obrazini qurish bilan bog‘liq bo‘lgan
faoliyat usullarini shakllantirishga tayyorgarlikni ko‘zda tutadi.
Boshlang‘ich muhim kompetensiyalar bolaning faoliyat va axloq
subyekti sifatidagi yaxlit rivojlanishini talab etadi. Kompetensiya
bolaning bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlari majmuidir.
Boshlang‘ich kompetensiyalar, rivojlanish sohasidan qat'i nazar,
bola shaxsi shakllanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

4.

Bolaning individual rivojlanishini kuzatish uchun
O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha
yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yilgan Davlat
talablarida aks ettirilgan sohalar va kichik sohalar
hamda kutilayotgan natijalar (malaka va ko‘nikmalar)
olingan. Bolaning rivojlanish xaritasi 3 dan 7
yoshgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi, har bir bola
uchun individual tarzda yiliga uch marta to‘ldiriladi.
Maktabgacha ta'lim muassasasidan chiqishda 6-7
yoshdagi bolaning maktabga tayyorlik xaritasi
to‘ldiriladi (faqat maktabgacha ta'lim muassasa
bitiruvchilari uchun6).

5.

Maktabgacha yoshdagi (6-7 yosh) bolaning umumiy muhim
kompetensiyalari Kommunikativ kompetensiya – muloqot
vositalaridan turli vaziyatlarda foydalana bilish ko‘nikmasi.
O‘yin kompetensiyasi – bolaning o‘yin jarayoni va uni tashkil
qilishda tajriba, bilim va ko‘nikmalardan ijodiy foydalanishi.
O‘quv-tarbiyaviy jarayon uchun asos hisoblanadi. Ijtimoiy
kompetensiya – hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlar
bilan muloqotda axloq qoidalari va me'yorlariga rioya qilgan
holda o‘zini tuta olish mahorati. Bilish kompetensiyasi –
atrofdagi olamni ongli ravishda idrok qilish va olingan bilim,
ko‘nikma, malaka va qadriyatlardan o‘quv va amaliy
vazifalarni hal qilish uchun foydalanish. Mazkur dastur
bola rivojiga individual yondashuv, uning shaxsini hurmat
qilish, uning manfaatlari, ehtiyojlari va rivojlanish darajasini
hisobga olish, hissiy qulaylik borasida g‘amxo‘rlik qilish, erkin
ijodiy o‘z-o‘zini ko‘rsatishi uchun sharoitlar yaratishga
intilishni ko‘zda tutadi

6.

Maktabga tayyorlik deganda bolada umumiy
kompetensiyalarni va rivojlanish sohalari
kompetensiyalarining shakllanganligi
tushuniladi. Bu xarita maktabgacha ta'lim
muassasasining har bir bitiruvchisi uchun
to‘ldiriladi. Unda Davlat dasturiga muvofiq
rivojlanishning beshta sohasi (bola
kompetensiyalari) bo‘yicha kutilayotgan
natijalar ifodalanadi.

7.

14. “Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi”
sohasidagi o‘quv-tarbiyaviy faoliyat yakunlanganidan so‘ng 6-7 yoshli bola:
o‘z imkoniyatlari va yoshi bilan bog‘liq jismoniy rivojlanish me’yorlariga
mos ravishda jismoniy faollik ko‘rsatadi;
turli harakatchanlik faolligini uyg‘un ravishda va maqsadli bajarishni
biladi;
turli hayotiy va o‘quv vaziyatlarida mayda motorika
ko‘nikmalaridan foydalanadi;
o‘z harakatlarini hissiyot va sezgi organlari yordamida boshqaradi;
shaxsiy gigiyena malakalarini qo‘llaydi;

8.

13. Bolaning kompetensiyalari bola rivojining
quyidagi sohalarida belgilanadi:
jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining
shakllanishi;
ijtimoiy-hissiy rivojlanish;
nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari;
bilish jarayonining rivojlanishi;

9.

12. Maktabgacha yoshdagi (6-7 yosh) bolaning umumiy muhim kompetensiyalari
quyidagilardan iborat:
kommunikativ kompetensiya — muloqot vositalaridan turli vaziyatlarda
foydalana bilish ko‘nikmasi;
o‘yin kompetensiyasi — bolaning o‘yin jarayoni va uni tashkil qilishda tajriba,
bilim va ko‘nikmalardan ijodiy foydalanishi. O‘quv-tarbiyaviy faoliyat uchun asos
hisoblanadi;
ijtimoiy kompetensiya — hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlar bilan
muloqotda axloq qoidalari va me’yorlariga rioya qilgan holda o‘zini tutish
mahorati;
bilish kompetensiyasi — atrofdagi olamni ongli ravishda idrok qilish va olingan
bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlardan o‘quv va amaliy vazifalarni hal qilish
uchun foydalanish.

10.

E’TIBORINGIZ UCHUN
RAXMAT!
English     Русский Правила