Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlar
1.
Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlarPedagogical Education Cluster: Problems and Solutions
Кластер педагогического образования: проблемы и решения
PISA XALQARO BAHOLASH DASTURINING AMALIY AHAMIYATI
Latofat Mamadiyorovna Qurbanova
Jizzax Politexnika instituti o‟qituvchisi
gmail:[email protected]
Annotatsiya:
PISA baholash ta‟limimimg amaliy ahamiyati, o‟quvchilarni
fanlardan savodxonligini baholashga xizmat qiladigan xalqaro baholash dasturi bo„lib,
olingan bilim va ko„nikmalarini hayotiy vaziyatlarda qo„llash, oqilona qaror chiqarish,
mustaqil fikrlash, dunyoqarashni shakllantirishga qaratilgan.
Kalit so’zlar: ko‟nikma, tafakkur, tajriba, inovatsiya, salohiyat, baholash,
kompetensiya, dastur, loyihalash, ilmiy-tadqiqot.
ПРАКТИЧЕСКАЯ ЗНАЧЕНИЕ МЕЖДУНАРОДНОЙ ПРОГРАММЫ
ОЦЕНКИ PISA
Аннотация: Практическое значение моего оценочного образования PISA
заключается в том, что это международная программа оценивания, которая
служит для оценки грамотности студентов в области науки и фокусируется на
применении их знаний и навыков в реальных жизненных ситуациях, принятии
мудрых решений, независимом мышлении и формировании мировоззрения.
Ключевые слова: умение, мышление, опыт, инновации, потенциал,
оценка, компетенция, программа, дизайн, исследования.
THE PRACTICAL IMPORTANCE OF THE INTERNATIONAL PISA
ASSESSMENT PROGRAM
Abstract: The practical significance of my PISA assessment education is that
it is an international assessment program that serves to assess students' literacy,
applying their knowledge and skills in real-life situations, making wise decisions,
thinking independently, and shaping their worldview.
Keywords: skill, thinking, experience, innovation, potential, evaluation,
competence, program, design, research.
PISA ta‟lim turi bu o„quvchilarning o„qish, matematika va tabiiy fanlardan
savodxonligini baholashga qaratilgan xalqaro baholash dasturi bo„lib, uning natijalari
asosida dunyo mamlakatlari o„quv dasturlarida mavjud talablar doirasida
o„quvchilarning bilim va ko„nikmalarini hayotiy vaziyatlarda qo„llash, fikrlash va
Chirchik, Uzbekistan
1497
International Conference
2.
Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlarPedagogical Education Cluster: Problems and Solutions
Кластер педагогического образования: проблемы и решения
muloqot qilish qobiliyatlarini aniqlashga qaratilgan. Shu bilan birga, bu hech qanday
o„quv dasturini belgilamaydi, targ„ib qilmaydi va umumiy e‟tirof etishni taqozo
etmaydi.
PISA tadqiqoti Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti(IHTT), Organization
for Economic Cooperation and Development(OECD) tomonidan amalga oshiriladi.
Tadqiqot ilk bora 2000-yili o„tkazilgan va 3 yilda bir marotaba o„tkaziladi. PISA
tadqiqotlari har uch yilda o„tkazilishiga sabab shuki PISAning asosiy vazifasi a‟zo
mamlakatlarni ta‟lim siyosatiga oid ma‟lumotlar bilan ta‟minlash, qarorlar qabul
qilishda ularni qo„llab-quvvatlashdan iborat. Tadqiqotning har uch yilda o„tkazilishi esa
mamlakatlarga siyosiy qarorlar va tegishli dasturlarning ta‟sirini hisobga olish uchun
ma‟lumot va tahlillarni ichiga olgan holda o„z vaqtida axborot berish imkoniyatini
yaratadi. Shu bilan birga, mamlakatlar bu davr davomida o„z ta‟lim tizimida kelajakda
erishish ko„zda tutilgan maqsadlarni aniqlab olishiga imkon beradi. PISA tadqiqotlarida
asosan 15 yoshli o„quvchilar qatnashishining sababi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot
tashkiloti(IHTT)ga a‟zo aksariyat davlatlarda 15 yosh majburiy ta‟lim bosqichining
yakuniy davri hisoblanadi. Savodxonlikni baholashda uyidagi kompetensiyalarni
o„quvchilarning tabiiy fanlardan savodxonligini aniqlashda qo„llaniladigan
kompetensiyalar misolida ko„rib chiqamiz mumkin: -Hodisalarni ilmiy jihatdan
tushuntira olish kompetensiyasi.
- Ilmiy-tadqiqotlarni loyihalash va baholash kompetensiyasi.
- Ma‟lumotlar va dalillarni ilmiy talqin qilish kompetensiyasi.
Mamlakatimizda taʼlimni isloh qilish ustuvor vazifalardan biriga aylangan
bugungi kunda 2021-yilda oʻtkaziladigan PISA baholash dasturida 85 davlat qatori
Oʻzbekiston ham ilk marotaba qatnashadi. Bu, oʻz navbatida, oʻquvchilarning
tadqiqotga munosib tayyorgarlik koʻrishini talab etadi. Bunda oʻquvchilarimiz
qimmatli tahlil va xulosalarni olishi hamda xalqaro miqyosda oʻzini munosib namoyon
etishi mumkin.
1990-yillarning oxirida taʼlim siyosatini ishlab chiqish uchun tadqiqotlarda aniq
ilmiy yondashuvni qoʻllash gʻoyasi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti
tomonidan oʻquvchilarning taʼlimdagi yutuqlarini baholash boʻyicha xalqaro dastur –
PISA tadqiqoti yaratilishiga olib keldi. PISA tadqiqotida baholashning asosi, bu –
matematika, oʻqish, tabiiy fanlar va qator innovatsion sohalar boʻyicha jahon
miqyosida muvofiqlashtirilgan topshiriqlar toʻplamidir. Bunday baholash har 3 yilda
ishtirokchi mamlakatlarning 15 yoshli oʻquvchilari oʻrtasida tasodifiy tanlov asosida
oʻtkaziladi.
PISA fanlarga oid bilimlarni, shuningdek,oʻquvchilarning shu bilimlarni hatto
notanish kontekstda ham ijodiy qoʻllash qobiliyatini baholaydi. Shuningdek, bu dastur
16 yoshdan 65 yoshgacha boʻlgan insonlar oʻrtasida oʻqish savodxonligi, matematik
Chirchik, Uzbekistan
1498
International Conference
3.
Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlarPedagogical Education Cluster: Problems and Solutions
Кластер педагогического образования: проблемы и решения
savodxonlik hamda axborot kommunikatsiya texnologiyasi (AKT) sohasidagi
bilimlarni oʻlchaydigan PIAAC dasturi bilan chambarchas bogʻliq.
PISA tadqiqotlari har bir mamlakatga oʻzining kuchli va zaif tomonlarini dunyo
taʼlim tizimi bilan qiyoslash imkonini beradi. Shuningdek, xorijiy investitsiyalarni jalb
etadi, yaʼni investorlar mamlakatda bilimli, malakali kadrlar bormi, degan savolga bu
tadqiqot natijalari orqali javob topadi.
2021-yildagi PISA tadqiqotida matematik savodxonlik darajasini tekshirish
ustuvorlik kasb etadi. Maʼlumot uchun, PISA tadqiqotiga tayyorgarlik koʻrish uchun
matematik savodxonlik yoʻnalishi boʻyicha smartfondan foydalanish, daraja
xossalarining goʻzalligi, xarid qilish qarori, navigatsiya kabi topshiriqlarni bajarib,
shugʻullanish kerak boʻladi. Bu borada jahon tajribasida e‟tibor qaratsak, PISA
tahlillari: Estoniya eng yuqori reytingga erishgan mamlakatlardan biri bo‟lib, Estoniya
PISA-2015 tadqiqotida matematika, oʻqish va tabiiy fanlar savodxonligi boʻyicha eng
yuqori reytingga ega boʻlgan oʻnta mamlakatning biri edi. Bu muvaffaqiyat uchun
kichkina Boltiqboʻyi davlati “Yangi Finlyandiya” deya atala boshlandi. Chunonchi,
2015-yilda Estoniya matematika va tabiiy fanlar boʻyicha Finlyandiyadan oʻzib ketdi.
Finlyandiyalik ekspertlar 1990-yillardagi taʼlim islohotlari masalalari boʻyicha
estoniyalik hamkasblariga maslahatlar berdi.Darhaqiqat, bu mamlakatlar
muvaffaqiyatida qandaydir umumiylik bor: har ikki mamlakatda, ongli ravishda
qilingan niyat boʻladimi yoki madaniy xususiyatmi, taʼlimdagi tenglik katta qadriyat
sifatida tan olinadi. Bu yaxshi taʼminlangan yoki kam taʼminlangan oilalardan chiqqan
bolalarning natijalaridagi minimal tafovutlar bilan tasdiqlanadi.
Estoniya taʼlim tizimi muvaffaqiyatlari sirishundan iboratki Estoniyada ijtimoiyiqtisodiy omillarning taʼsiri boshqa mamlakatlarga qaraganda ancha past. Bu jihatdan
Estoniya oʻquvchilarning ijtimoiy-iqtisodiy maqomi va ularning natijalari orasidagi
bogʻliqlik ancha ochiq boʻlgan Avstriya, Fransiya va Germaniya kabi mamlakatlarga
qaraganda Kanada, Gonkong va Norvegiyaga yaqinroqdir.
PISA-2015 natijalari yuzasidanalohida eʼtiborga molik omil, bu – maksimal
darajaga erishgan oʻquvchilar soni emas, 3 muhim yoʻnalishning har birida past
koʻrsatkichlarga ega oʻquvchilar sonining kamligi. Majburiy taʼlim 7 yoshdan
boshlanadi, 3-4 yoshli bolalarning katta qismi davlat bogʻchalariga boradi. Bitta
tarbiyachiga toʻgʻri keladigan tarbiyalanuvchilar sonining nisbati Iqtisodiy hamkorlik
va taraqqiyot tashkiloti reytingi boʻyicha oʻrtachaning yarmini tashkil etadi. Yosh
shkalasining ikkinchi uchida – oʻrta maktabni muvaffaqiyatli tugatgan koʻp sonli
oʻquvchilar turadi (sanoati rivojlangan mamlakatlar ichida eng yuqori koʻrsatkichlardan
biri), buni ijtimoiy kelib chiqishidan qatʼiy nazar har bir oʻquvchiga koʻrsatilayotgan
yuqori darajadagi ishonch tasdiqlaydi. Mustaqillikka erishganidan soʻng Estoniya
markazlashmagan taʼlim tizimiga oʻtdi va maktablarga maʼlum darajada avtonomiya,
Chirchik, Uzbekistan
1499
International Conference
4.
Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlarPedagogical Education Cluster: Problems and Solutions
Кластер педагогического образования: проблемы и решения
taʼlim dasturi va byudjet boʻyicha qaror qabul qilish huquqi, oʻqituvchilarni ishga olish
va boʻshatish imkonini berdi. Maktab yoshidagi bolalar sonining qisqarishi eston taʼlim
tizimi yetarli darajada kontingent yashaydigan joylarda maktablar boʻlishini, shu bilan
birga maktab uchun zarur boʻlgan kontingent sonini nazorat qilishi shartligini talab
qiladi.
PISA kabi xalqaro tadqiqotlarida muvaffaqiyatli ishtirok etish uchun nima qilish
kerak? Yaxshi natijalar ko„rsatish uchun hech bo„lmaganda 2 maqsadga ega bo„lish
kerak: birinchisi, o„qituvchilar va ular ishlaydigan, foydalanadigan materiallarni
tayyorlashdir. Zero xalqaro tadqiqotlarda bejizga maktablarda ta‟lim sifati
o„qituvchilarning kasbiy darajasiga bog„liq, deb aytishmaydi. Demak, o„qituvchilarni
tayyorlashga mablag„ ajratish va yangi o„quv materiallarini yaratish kerak. Tegishli
vazirliklar malaka oshirish tizimiga investitsiya kiritishi, moliyalashtirishi va uslubiy
qo„llab-quvvatlash uchun shart-sharoitlar yaratishi lozim. Xalqaro tadqiqotlardagi
natijalarni yaxshilash uchun o„qituvchilarni maqsadli tayyorlash va ta‟lim jarayonida
o„qitish metodikasi va ustuvor tamoyillarni o„zgartirish zarur. Buning uchun biz
o„qituvchilarni tayyorlashimiz, rivojlantiruvchi ta‟limning yanada faol tizimini tatbiq
etishimiz va o„qituvchilarni ta‟lim jarayonida yanada muvaffaqiyatli foydalana
oladigan materiallar bilan ta‟minlashimiz kerak.
REFERENCES
1. Davletshin M.G Zamonaviy maktab o‟quvchisining psixologiyasi. - T.: O‟zbekiston
1999 .
2. Davlatov K.Dva b. Mehnat va kasb ta‟limi xamda metodikasi. - T.: O‟qituvchi
1992.
3. Elektron kutubxona ma‟lumotlari www.ziyonet.uz
4. O‟zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturida”gi Qonuni //
Oliy Ta‟lim: Meyoriy-huquqiy va uslubiy hujjatlar to‟plami. - Toshkent .: 2004.
5. Toshboyeva, S. Q., Hamidov, S. X., & Qurbanova, L. M. (2021). Elektrolitik
dissotsiyalanish nazariyasini o‟qitishni AKT asosida takomillashtirish. Science and
Education, 2(3).
6. Qurbanova, L. M., Mullajonova, Z. S., & Toshboyeva, S. K. (2021). “Neftni qayta
ishlash” mavzusini o‟qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish. Science and
Education, 2(3).
Chirchik, Uzbekistan
1500
International Conference