Похожие презентации:
9-sinf. Geografiya. Jahon dehqonchiligi geografiyasi
1.
Jahon dehqonchiligigeografiyasi
2.
• Qishloq xo‘jaligi insoniyat tarixida o‘ta muhimahamiyatga ega bo‘lgan ishlab chiqarish
tarmog‘i hisoblanadi. Hozirgi kunda ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyotda qishloq xo‘jaligining
ahamiyati ancha pasaygan bo‘lishiga qaramay,
jahonning ko‘p sonli rivojlanayotgan davlatlari
uchun u asosiy xalqaro ixtisoslashuv sohasi
bo‘lib qolmoqda. Jahon bo‘yicha hozirgi paytda,
taxminan, 1,4 mlrd. kishi qishloq xo‘jaligi
sohasida band
3.
4.
• Qishloq xo‘jaligining asosiy xususiyatlaridan biri,uning tabiiy iqlim sharoiti bilan chambarchas bog‘liq
ekanligidir. Aynan tabiiy iqlimiy sharoiti ko‘p jihatdan
jahon davlatlari qishloq xo‘jalik tarmoqlariga
ixtisoslashuvini belgilaydi. Shu sababli, qishloq
xo‘jalik tarkibi va tarmoqlarining hududiy joylashish
holati turlicha bo‘ladi. Ushbu tarmoq rivojlanishiga
tabiiy iqlim sharoitidan tashqari, iqtisodiy-ijtimoiy
sharoit (qishloq xo‘jaligiga kapital qo‘yilmalar jalb
etish, texnik vositalar bilan ta’minlanganlik holati)
hamda aholining milliy-diniy tarkibi ham katta ta’sir
ko‘rsatadi.
5.
6.
Jahon davlatlari YIM qishloqxo`jaligining salmog`i
7.
• Ishlab chiqaradigan mahsulotlar xususiyatlariga ko‘ra,qishloq xo‘jalik tarmoqlari ikki guruhga: dehqonchilik
(ziroatchilik) va chorvachilikka bo‘linadi. Shuningdek,
qishloq xo‘jaligida mahsulot ishlab chiqarish xususiyatiga ko‘ra, ikki tur ajratiladi. Birinchisi,
rivojlangan tovar qishloq xo‘jaligi bo‘lib, unda ishlab
chiqariladigan mahsulotlar bozor, birinchi navbatda,
tashqi bozor uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Bunday
xo‘jaliklar ishi intensiv tashkil qilingan zamonaviy
dehqonchilik va chorvachilik sohalari bo‘lishi mumkin.
Tovar qishloq xo‘jaligi, asosan, iqtisodiy rivojlangan
mamlakatlarda keng rivojlangan. Odatda, ularda FTI
yutuqlaridan ustun darajada foydalanishga erishilmoqda.
8.
9.
• Ikkinchisi, ichki iste’moli uchungina mahsulotishlab chiqaradigan, odatda, kam samarali qishloq
xo‘jaligidir. Bunday xo‘jaliklar qadimdan keng
tarqalgan bo‘lganligi sababli an’anaviy qishloq
xo‘jaligi ham deyiladi. Ularda ish, odatda, ekstensiv
yo‘l bilan tashkil qilingan bo‘ladi. Hozirgi vaqtda
bunday qoloq dehqonchilik xo‘jaliklari jahonning
ko‘pchilik rivojlanayotgan mamlakatlarida keng
tarqalgan. Markaziy va Sharqiy Afrika, Janubiy va
Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlarida hali ham
omoch kabi oddiy ish qurollaridan foydalaniladi
10.
11.
• Donli ekinlar yetishtirish dehqonchilikningeng yirik tarmog‘idir. Donli ekinlar turlari
ancha ko‘p bo‘lib, ular jahon ekin
maydonlarining yarmi (0,7 mlrd. ga) da
ekiladi. Donchilik tarkibida bug‘doy,
sholi va makkajo‘xori yetishtirish
sohalarining salmog‘i katta. Jahon yalpi
don mahsulotlari hosilining 80 % i
mazkur ekin turlariga to‘g‘ri keladi.
Bundan tashqari, arpa, suli, javdar kabi
turdagi don mahsulotlari mavjud.
12.
13.
• Bug‘doy donli ekinlar orasida eng ko‘p ekiladigan ekin turihisoblanadi. 2016-yil ma’lumotlariga ko‘ra, jahonda 800
mln. t bug‘doy yetishtirilgan. Bug‘doy yetishtirishda Xitoy
(131,7 mln.t), Hindiston (86,9 mln. t), Rossiya (73,3 mln. t),
AQSH (62,9 mln. t), Kanada (30,5 mln. t) yetakchilik qiladi.
Jahon bug‘doy hosilining deyarli yarmi mazkur davlatlar
hissasiga to‘g‘ri keladi. Jahonning asosiy bug‘doy
ekiladigan hududlari Shimoliy yarim sharning o‘rta
kengliklari (AQSH, Kanada, Rossiya, Ukraina,
Qozog‘iston, Xitoy) va Janubiy yarim sharning o‘rta
kengliklari (Avstraliya, Argentina, Braziliya) hisoblanadi.
14.
15.
• Jahon donli ekinlari orasida yalpi hosili vaahamiyatiga ko‘ra ikkinchi o‘rinni sholi egallaydi.
Agar bug‘doy aksariyat hollarda dasht mintaqalari
ekini hisoblansa, sholi, asosan, musson iqlimli
hududlarda yetishtiriladi. Qo‘l mehnatiga
asoslangan sholichilikning rivojlanishi nafaqat
agroiqlimiy sharoitga, balki ko‘p sonli ishchi
kuchiga ham bog‘liq. Ushbu omillar jamlangan
Sharqiy, Janubi-sharqiy va Janubiy Osiyo
jahonning asosiy sholichilik mintaqalari
hisoblanadi. Xitoy, Hindiston, Indoneziya,
Bangladesh, Vyetnam kabi davlatlar sholi yalpi
hosili bo‘yicha jahonda peshqadamlik qiladi.
16.
17.
• Makkajo‘xori jahon don hosilining 1/4qismini beruvchi ekin turi hisoblanadi.
Uning tarqalish mintaqalari deyarli bug‘doy
ekiladigan madonlar bilan bir xil hududlarga
to‘g‘ri keladi. AQSH, Braziliya, Meksika,
Argentina, Xitoy jahonning eng ko‘p
makkajo‘xori yetishtiruvchi davlatlari
hisoblanadi. AQSH bu ekinning jahon bo‘yicha
umumiy hosilining 25 % dan ortig‘ini
ta’minlaydi.
18.
19.
• Aholi tomonidan iste’mol qilinadigan moyning asosiyqismi soya, kungaboqar, yeryong‘oq, chigit, zaytun
kabi ekinlardan olinadi. Soya yetishtirishda – AQSH
(jahon soyasining yarmi), Braziliya, Xitoy;
yeryong‘oq yetishtirishda – Hindiston, G‘arbiy
Afrika davlatlari; kungaboqar yetishtirishda –
Ukraina, Rossiya, Argentina; zaytun yetishtirishda
Italiya, Ispaniya kabi O‘rta dengizbo‘yi davlatlari
alohida o‘rin egallaydi.
20.
Soya dalasi21.
22.
• Ildizmevalilardan kartoshka yetishtirishdaXitoy, Hindiston, Rossiya,Ukraina, AQSH
yetakchi davlatlar hisoblanadi. Qandli ekinlardan
qandlavlagi yetishtirishda Rossiya, Fransiya,
AQSH; shakarqamish yetishtirishda Braziliya,
Hindiston, Xitoy yetakchilik qiladi
23.
24.
25.
• Choy, qahva, kakao quvvat beruvchi ekin turlarihisoblanadi. Choy yalpi hosili bo‘yicha Xitoy,
Hindiston, Keniya, qahva hosilini yetishtirish bo‘yicha
Braziliya, Indoneziya, Vyetnam, kakao dukkaklari
yig‘ish bo‘yicha Kot-d’Ivuar, Gana, Indoneziya
peshqadamlik qiladi. Texnik ekinlar orasida paxta katta
salmoqqa ega bo‘lib, Xitoy, AQSH, Hindiston,
Pokiston, Braziliya, O‘zbekiston eng ko‘p paxta
yetishtiradigan davlatlar hisoblanadi. Tabiiy kauchuk
(geveya) yetishtirishda Tailand, Indoneziya, Malayziya,
Hindiston, Xitoy davlatlari katta salmoqqa ega.
26.
27.
28.
29.
30.
Topshiriqlar• 1. Mavzuni o`qish
• 2. Yozuvsiz xaritadan qishloq xo`jaligi
va donli ekinlar mavzusini bo`yab
kelish
• 3. Jadvalni to`ldirish
31.
Ekin turiBug`doy
sholi
Makkajo‘xori
Soya
yeryong‘oq
Kungaboqar
Zaytun
Kartoshka
Qandlavlagi
Shakarqamish
Choy
Qahva
Kakao
Paxta
Tabiiy kauchuk (geveya)
Yetishtiriladigan davlat, mintaqa