3.17M

10-sinf. Geografiya. Xalqaro iqtisodiy aloqalar geografiyasi

1.

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм
ASSALOMU ALAYKUM !
@geography_method

2.

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм
22-§. Xalqaro iqtisodiy aloqalar geografiyasi

3.

Xalqaro iqtisodiy aloqalar, eksport, import, savdo balansi,
valyuta, xalqaro savdo, xalqaro turizm.

4.

Xalqaro iqtisodiy aloqalar deb, davlatlar o‘rtasidagi, xalqaro tashkilot va
korporatsiyalar ishtirokidagi xo‘jalik aloqalariga aytiladi.

5.

Unga ilmiy-texnik taraqqiyot, davlatlararo ijtimoiy-iqtisodiy tafovut, jahon
mintaqalaridagi siyosiy vaziyat, xalqaro iqtisodiy integratsiya kabi omillar
ta’sir ko‘rsatadi.

6.

Xalqaro iqtisodiy aloqalarning xalqaro savdo, moliya munosabatlari, xalqaro
turizm, mehnat resurslarining xalqaro migratsiyasi, xalqaro ilmiy-texnik
hamkorlik kabi ko‘rinishlari mavjud.

7.

Ular orasida xalqaro savdo eng katta ahamiyatga ega. U davlatlar o‘rtasida
xomashyo, mahsulot va xizmatlarni o‘zaro ayirboshlashga asoslangan xalqaro
savdo munosabatlari tizimidir.

8.

Davlatlarning tashqi savdo hajmi tashqi savdo aylanmasi orqali aniqlanadi.
AQSH, Xitoy, Germaniya, Yaponiya, Fransiya tashqi savdo aylanmasi
hajmiga ko‘ra jahonda yetakchilik qiladi.

9.

Xalqaro savdoning 3/4 qismini mahsulotlar savdosi tashkil qiladi. Mashina va
jihozlar, transport vositalari, kimyoviy mahsulotlar kabilar xalqaro savdoda
talab yuqori bo‘lgan tayyor mahsulotlar hisoblanadi.

10.

Jahonning rivojlangan davlatlari xalqaro savdoning 60 % dan ortig‘ini
ta‘minlaydi. Tashqi savdoda globallashuv jarayoni tez sur’atlarda o‘sib
borishiga qaramay, davlatlar va mintaqalar orasida katta hududiy tafovutlar
saqlanib qolmoqda.

11.

Tashqi savdoning deyarli 90 % i G‘arbiy Yevropa, Shimoliy Amerika, OsiyoTinch okean mintaqasi hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu mintaqalar, asosan,
tayyor mahsulotlar va yuqori sifatli xizmat bilan savdo aloqalarini o‘rnatsa,

12.

Afrika, Lotin Amerikasi hamda Osiyoning rivojlanayotgan davlatlari jahon
bozoriga, asosan, mineral resurslar, o‘rmon va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini
olib chiqadi.

13.

So‘nggi yillarda xorijda o‘z ishlab chiqarish sohalarini rivojlantirish
maqsadida kapital qo‘yilma kiritish hamda foyda olish jarayoni – kapital
eksporti kuchayib bormoqda.

14.

Katta miqdordagi kapital rivojlanayotgan davlatlar iqtisodiyotiga
yo‘naltirilmoqda. AQSH, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Xitoy
kabilar jahonning eng yirik kapital eksportyorlari hisoblanadi

15.

Xalqaro turizm ham tashqi iqtisodiy aloqalarning asosiy ko‘rinishlaridan biri
hisoblanadi. Turizm jahon YMMning deyarli 10% ini, xizmatlar eksportining
esa 1/3 qismini beradi.

16.

Ispaniya, Gretsiya, Italiya, Kipr kabi davlatlar mazkur sohani o‘z milliy
iqtisodiyotlarining ixtisoslashgan tarmog‘iga aylantirishgan.

17.

Jahon mintaqalari orasida Yevropa turistik oqimning eng katta qismini o‘ziga
yo‘naltirganligi bilan ajralib turadi.

18.

Ushbu qit’a davlatlari orasida Fransiya, Ispaniya, Italiya, Germaniya, Buyuk
Britaniya yillik tashrif buyuruvchi sayyohlar soniga ko‘ra jahonning birinchi
o‘ntalik davlatlari orasidan o‘rin olgan.

19.

So‘nggi yillarda Osiyoning xalqaro turizmdagi ahamiyati ortmoqda. Ayniqsa,
Sharqiy Osiyo, Janubi-sharqiy Osiyo va Janubi-g‘arbiy Osiyo davlatlari ko‘p
sonli sayyohlarni o‘ziga jalb qilmoqda.

20.

Afrika qit’asi davlatlari orasida turizm sohasida Shimoliy Afrika davlatlari
alohida ajralib turadi. Qirg‘oqbo‘yida dam oluvchilarni, asosan, Marokash,
Tunis yoki Misr,

21.

tarixiy turizm ixlosmandlarini esa Misr ehromlari, qadimiy Karfagen
ko‘rinishlari o‘ziga jalb qiladi.
Misr ehromlari
Karfagen

22.

Amerika qit’asi turizmida AQSH, Meksika, Karib havzasi davlatlari katta
salmoqqa ega.

23.

Avstraliya va Okeaniya mintaqasi turizmida qirg‘oqbo‘yi hududlaridagi dam
olish maskanlarining ahamiyati katta.

24.

Hozirgi kunda turizmning an‘anaviy ko‘rinishlari (tabiiy, diniy, tarixiy) bilan
bir qatorda ekoturizm, agroturizm, ishbilarmonlik, sport, shoping, ekstremal
turizm kabi ko‘rinishlari ham rivojlanmoqda.

25.

Topshiriqlar
•1. Mavzuni o`qish
•2. 42-rasm va 16-jadvalni chizib kelish
•3. Kitobdan 4 topshiriqni bajarib
kelish
•4. Muhim ma’lumotlar

26.

© Foydalanilgan adabiyotlar:
• A. AbduQayyumov, I. Safarov, M. Tillaboyeva, V. Fedorko – Geografiya
(Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi), umumiy o‘rta ta’lim maktablarining
9- sinf o‘quvchilari uchun darslik, Toshkent – “O‘zbekiston” – 2019

27.

© Internet manbalari:
www.grandars.ru
www.osp.ru
www.oneu.edu.ua
www.syl.ru
www.int.krok.edu.ua
www.denetim.com
www.spravochnikvs.com
www.businessman.ru
www.pingwing.com
www.ceylontoday.lk
www.west.co.uk
www.capitalexports.com

28.

© Internet manbalari:
www.studentlib.com
www.tourprom.ru
www.pegast-kazan.ru
www.skidka02.ru
www.tripadvisor.ru
www.diplomatist.com
www.euroupe.turizm.ru
www.turizm.vorld
www.restbee.ru
www.turiststory.com
www.turizmy.net
www.visasam.ru
www.tourlib.net

29.

© Qambarov Alimbek
Xatolari bo‘lishi mumkin, tekshirib ko‘ring.
• Telegram manzil:
https://t.me/@geography_method
English     Русский Правила