Похожие презентации:
TRANSAKSIYA VA TRANSAKSIYA XARAJATLARI
1.
TRANSAKSIYA VA TRANSAKSIYA XARAJATLARIReja:
1. Mulkdorlar o`rtasida huquqlarning taqsimlanishi
2. Kouz teoremasi
3. Transaksiya xarajatlari
2.
Respublikamizdao`tish
davri
islohotlari
sharoitida resursga nisbatan mulkchilik huquqini,
odatda, alohida huquqlar egalari hisoblangan bir
necha mulkdorlar o`rtasida taqsimlash amaliyoti
keng qo`llanildi. Ushbu taqsimlashda
qanday
tamoyillar asosida tartibga solish va uning hamma
vaqt ham mulkdan samarali foydalanish uchun
zamin yaratishi asosiy o`rin egalladi.
3.
Mamlakatimizda davlat korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, ayniqsa mulkchilikhuquqlarini tafsirlash bo`yicha bosqichma-bosqich amalga oshirilgan «o`zbek modeli»ga asos solindi. Yirik davlat
korxonalarini xususiylashtirish Davlat dasturiga muvofiq OAJ doirasida mulkchilik huquqlarini taqsimlashning turli
variantlari nazarda tutildi. Masalan, mehnat jamoasining a’zolari aksiyalar umumiy summasida ma’lum (10) foiz
miqdorida, lekin har bir xodimga ko`pi bilan eng kam ish haqining belgilangan (20 yoki 25) baravari summasida
imtiyozli (ovoz bermaydigan) aksiyalarni olish huquqiga ega bo`lishdi. Natijada, mulkchilik sub’ektlari va
huquqlarining taqsimlanishi 5.1-jadvaldagi ko`rinishga ega bo`ldi.
4.
Kouz teoremasiKouz teoremasining asosiy qoidalari R.Kouz tomonidan «Aloqa federal
komissiyasi»
(1959)
va
«Ijtimoiy
xarajatlar
muammosi»
(1960)
maqolalarida ifodalangan, lekin Kouzning o`zi teorema atamasini
ishlatmagan [47]. R.Kouz qoidasi qisqa tarzda quyidagicha ifodalanadi:
mulkchilik huquqlarini taqsimlash bozor mexanizmi asosida kechadi va u
ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatining oshishiga olib keladi, demak,
yakuniy natija huquqiy qarorga bog`liq emas. Kouz teoremasining to`liq
mazmuni shunday ifodalanadi:
Agar mulkchilik huquqlari aniq tafsirlanib, transaksiya xarajatlari nolga teng bo`lsa, u holda, agar
daromad samarasidan fikrni boshqa tomonga bursak, mulkchilik huquqlarining taqsimlanishidagi
o`zgarishlardan qati nazar, ishlab chiqarishning tarkibi o`zgarmasdan qoladi.
5.
Boshqachaqilib
aytganda,
mulkchilik
huquqlarining
dastlabki
taqsimlanishi ishlab chiqarishning tarkibiga ta’sir o`tkazmaydi. Chunki
pirovardida huquqlarning har biri ushbu huquqdan eng samarali
foydalanish asosida u uchun eng yuqori narxni taklif etishga qodir bo`lgan
mulkdorning qo`lida bo`ladi. Teorema shartiga ko`ra, transaksiya
xarajatlariga e’tibor qaratmagan holda, mulkchilik huquqlarining muayyan
egasi haqida emas, balki resurslarga bo`lgan mulkchilik huquqlarini
tafsirlashning muhimligi haqida xulosa chiqarish kerak bo`ladi. Shu nuqtai
nazardan mulkni isloh qilishning birinchi bosqichida egalik qilish huquqini
mehnat jamoasimi, korxona ma’muriyatimi, Davlat mulki qo`mitasimi
yoki boshqa tizimmi, kim qo`lga kiritganligi muhim emas, pirovardida bu
huquqni undan haqiqiy manfaatdor bo`lgan va samarali mulkdor qo`lga
kiritishidir.
6.
Kouz teoremasining yana bir xususiyati shundaki, teoremani isbotlash uchunmulkiy xuquqlarning
almashinuvi bo`yicha aniq amaliy misollardan foydalanilgan. Masalan, oldingi bobda keltirilgan
ikki
fermerning ikki yaylovdagi mulkiy xuquqlarining o`zgarishi bo`yicha ayrim vaziyatlar tahlilini chuqurlashtirish
kerak bo`ladi. Xususan, birinchi fermer o`z yayloviga borishi uchun boshqa fermerning yaylovidan o`tishga
to`g`ri kelsa,
bunday vaziyat (poda o`tgan yo`lakda boshqa fermer yaylovining payxon bo`lishi yoxud mollar
sonining ko`payishi)da o`zaro qo`shimcha kelishuvlarni taqozo etadi. Yana bir boshqa misol sifatida bir xonada
o`tiradigan ikkita xodim (kashanda va sigaret tutuni mehnat unumdorligiga salbiy ta’sir etadigan shaxs)ning
o`zaro kelishuvini tashkil etishni keltirish mumkin.
7.
Kouz teoremasini ko`rib chiqish huquqlarni mulkdorlarfoydasiga eng samarali tarzda qayta taqsimlash jarayonida o`rin
tutadi. Mamlakatimizda huquqlarni qayta taqsimlash jarayoni
deyarli
huquqlarni
dastlabki
Ya’ni,
davlat
boshlandi.
tafsirlashdan
korxonalari
so`ng
darhol
xususiylashtirilib,
aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirildi. Bunda aksiyalar yo
korxona ishchilari va ma’muriyatining, yoki tashqi investorning
qo`liga o`tdi. Aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirilgan yirik
korxonalarning aksariyatida davlat, tashqi investor nazorati
amal qiladi.
8.
Boshqacha aytganda, mulkchilik huquqlarini dastlabki tafsirlashning avvalgi bosqichida aksariyat korxonalargaegalik qilish huquqi mehnat jamoasining qo`lidan davlat, ma’muriyat va kam hollarda tashqi sarmoyador qo`liga
o`tdi.
Chunki, davlat mulkini o`zgartirish yo`li bilan tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlarida huquqlarni taqsimlash
ancha murakkab kechadi. Ushbu korxonalarda yuzaga kelgan mulkchilik munosabatlarini ta’riflash uchun borgan
sayin «qayta guruhlashgan» (D.Stark) yoki «chigallashib ketgan» (B.Shavans) mulk atamalari ko`proq ishlatilmoqda.
Qayta guruhlashgan mulk deganda qonun bilan mustahkamlangan va real mulkchilik huquqlarining mos kelmasligi,
nazorat mexanizmlari va korxonaning tashkiliy chegaralarining «yo`qotilganligi» tushuniladi. «Chigallashib ketgan»
mulk atamasi shunday holatga e’tiborni qaratadiki, egalik huquqining qonun bilan belgilangan egalari – ma’muriyat
va tashqi sarmoyadorlardan tashqari korxonaning faoliyat ko`rsatishi ustidan nazoratni u bilan o`zaro bog`liq
korxonalar, asosiy yetkazib beruvchilar, sotish firmalari va iste’molchilar amalga oshirishadi.
9.
Qayta guruhlashgan mulkchilik shakli paydo bo`lishiningasosiy ma’nosi aktivlarni tezkor qayta guruhlash hamda
xatarlarni xijerlash va taqsimlash imkonini beruvchi passivlarni
birlashtirish
uchun
korxonalarning
etishda
zamin
o`zaro
yaratishdan
iborat.
Xususan,
katta hajmdagi qarzlarini bartaraf
korxonalarga faoliyat ko`rsatishni
davom etish
imkonini beruvchi o`zaro nazorat mexanizmlarining mavjud
bo`lishini nazarda tutadi. Shuningdek, bankrotlik ehtimoli
yuzaga kelgan taqdirda esa korxona aktivlarni qayta guruhlagan
holda, majburiyatlarni
osonlashadi.
bajarish uchun resurslarning topilishi
10.
Transaksiya xarajatlari va ularning turlariKouz teoremasini ifodalashda transaksiya xarajatlari hisobga olinmaganligi sababli navbatdagi
tahlilda transaksiya xarajatlariga
e’tibor qaratiladi. Eng umumiy ta’rifga ko`ra, «transaksiya
xarajatlari» - bu mexanik tizimlardagi ishqalanish tushunchasining ekvivalenti.
Ba’zan,
«ishqalanish» atamasidan iqtisodiy agentlar o`rtasidagi bitimlarning tezkor tuzilishiga to`sqinlik
qiluvchi omillarni yoritish uchun foydalaniladi. Fizika bilan o`xshatmagan holda, iqtisodiy
sub’ektlarni muvofiqlashtirish va ularning o`zaro ta’siri bilan bog`liq istalgan xarajatlar transaksiya
xarajatlari jumlasiga kiritiladi. Demak, transaksiya xarajatlarining ta’rifi quyidagicha bo`ladi:
Transaksiya xarajatlari – bu mulkchilik huquqlarini almashish va himoyalash bilan bog`liq
barcha xarajatlardir.
11.
Institutsional nazariya doirasida transaksiya xarajatlariniizohlashda yakdillik mavjud emas. Bitimlar tuzishda qayerdan
va nima uchun transaksiya xarajatlari paydo bo`lishini
izohlashning kamida uchta varianti mavjud: transaksiya
xarajatlari
nazariyasining
yondashuvi,
nazariyasining
yondashuvi
yondashuvi.
Ayniqsa
va
ijtimoiy
kelishuvlar
neoklassik
tanlov
nazariyasining
iqtisodiy
nazariya
xarajatlarning faqat bitta turi – ishlab chiqarish xarajatlari
mavjudligini nazarda tutishini hisobga olsak, yakdillikning
bunday mavjud emasligi yaqqol namoyon bo`ladi. Shuning
uchun transaksiya xarajatlarining mavjud bo`lishini faraz qilish
neoklassikaning yo uning «qat’iy negizi»ga yoki uning «himoya
qobig`i»ga taalluqli fikrlarining o`zgarishi bilan bog`liq.
12.
Transaksiya xarajatlari nazariyasiga nisbatan yondashuv axborot olish uchun xarajatlar mavjud emas va shaxslar bitimto`g`risidagi axborotga to`liq ega bo`ladilar degan neoklassik fikrning o`zgarishi bilan bog`liq. Bu yerda sotuvchilar va
narxlarni identifikatsiyalash xarajatlari - axborot xarajatlari mavjudligini ehtimol tutish muhim holat hisoblanadi.
Bozorda sotuvchilar va xaridorlarning soni, tovarning bir xillik darajasi, ularning bozorda ishtirok etishi vaqti, bozorning
geografik davomiyligi axborot xarajatlarining miqdorini belgilab beruvchi asosiy omillar bo`lib hisoblanadi. Bunda
oqilona tanlov modeli o`zgarmaydi, lekin unga qo`shimcha shartlar kiritiladi: bitim haqidagi qo`shimcha axborotni qidirib
topish xarajatlari axborotga ega bo`lishdan kutilayotgan eng yuqori daromadga tenglashtirilishi lozim.
13.
Transaksiya xarajatlarini tahlil qilishdagi navbatdagi qadam shuni nazarda tutadiki, barcha transaksiya xarajatlari axborotxarajatlaridan chiqarilishi mumkin. Transaksiya xarajatlari almashuv to`g`risidagi axborotni olish xarajatlari bilan u yoki bu
tarzda bog`langan. Masalan Robinzon Kruzo o`z faoliyatida transaksiya xarajatlariga emas, balki (ob-havo sharoitlari, turli
boshoqli ekinlarning hosildorligi to`g`risidagi) axborot xarajatlariga duch keladi.
14.
Bitim bo`yicha sherikda ehtimol tutiladigan opportunistik* fe’l-atvorning axborot xarajatlariga bog`liqligini quyidagimisolda keltirish mumkin. Ma’lumki, opportunizm axborotning to`liqsizligi va asimmetrikligi sharoitida alohida
shakldagi maqsadli harakat hisoblanadi. Shartnoma A1 faoliyatni amalga oshirishni talab qilsin deylik, lekin, shartnoma
tuzilganidan keyingi voqealar rivojini bilgani holda, tomonlar A2 harakatni bajarishimiz lozim degan qarorga kelishadi.
Biroq A1 dan A2 ga o`tish oson bo`lmasligi mumkin. Olingan daromadlarni taqsimlash tartibi intensiv savdolar
predmetiga aylanadi.O`z navbatida, tomonlar uchun
opportunizmga asos vujudga
keladi. Agar bitimni tuzishda
tomonlar kontragentning xatti-harakati va bitimning ehtimoliy yakuni haqida to`liq axborotga ega bo`lganida edi, uni
amalga oshirish jarayonida opportunistik xatti-harakat o`rin tutmagan bo`lar edi.
* Opportunizm – qoidaga rioya qilmaslik, tajavuzkorlik
15.
Iqtisodiy tahlil chog`ida e’tiborni axborot bozoriga va axborot narxiga qaratish transaksiyaxarajatlarining tabiatini batafsil izohlashga yakun yasaydi. Umuman iqtisodiy tizim dinamikasini
aniqlashda asosiy rolni o`ynovchi bozor sektoriga nisbatan qarashlarning o`zgarishini 6.2-jadval
yordamida ifodalash mumkin.
16.
Iqtisodiy nazariyalarda ustivor sektorlarning taqsimlanishiNazariya nomi
Markaziy o`rin tutuvchi iqtisodiyot sektori
Fiziokratlar nazariyasi
Qishloq xo`jaligi
«Eski institutsionalizm»
Mehnat bozori
Iqtisodiy dinamika nazariyasi (Y.Shumpeter)
Tadbirkorlik xizmatlari bozori
Keynschilik
Fond bozori
Monetarizm
Pul bozori
Transaksiya xarajatlari nazariyasi
Axborot bozori
17.
Transaksiya harajatlarining tasniflanishiTransaksiya
xarajatlarini
tasniflashda
turli
ex ante xarajatlari
ex port xarajatlari
Axborotni qidirib topish xarajatlari - Monitoring va opportunizmni oldini
yondashuvlar
bosqichlariga
mavjud.
muvofiq
Tasniflashni
amalga
bitimni
oshirgan
tuzish
ma’qul.
O.Uilyamson transaksiya xarajatlari haqida ex ante va ex
imkoniyatli sherik haqidagi, bozordagi olish xarajatlari - bitim shartlariga
vaziyat haqidagi axborotni qidirib rioya etilishini nazorat qilish va ushbu
topish xarajatlarini, shuningdek qo`lga shartlarning
bajarilishidan
bosh
kiritiladigan to`liqsiz va nomukammal tortilishini oldini olish xarajatlari
axborot bilan bog`liq yo`qotishlarni
port (bitim tuzilguncha va bitim tuzilganidan so`ng
o`z ichiga oladi.
yuzaga keladigan) deydi. Agar sherikni qidirib topish,
shartlari, bitim shaklini tanlash haqida himoya qilish xarajatlari - sudlar,
manfaatlarni muvofiqlashtirish, bitimning bajarilishini
nazorat qilish bitim tuzishning bosqichlari sifatida
ajratilsa, u holda transaksiya xarajatlarini tasniflash
quyidagi 6.3-jadval ko`rinishga ega bo`ladi.
Muloqot yuritish xarajatlari -almashuv Tafsirlash va mulkchilik huquqlarini
muloqotlar olib borish xarajatlarini o`z hakamlar
xarajatlari;
shartnomani
ichiga oladi
jarayonida
buzilgan
bajarish
O`lchash xarajatlari - bitim predmeti huquqlarni tiklash uchun zarur bo`lgan
bo`lgan tovarlar va xizmatlar sifatini vaqt va resurslar sarflari, shuningdek
o`lchash
uchun
zarur
xarajatlar
bo`lgan mulkchilik
huquqlarining
tafsirlanmagan
va
yaxshi
ishonchsiz
himoyadan ko`rilgan yo`qotishlar
Shartnoma tuzish xarajatlari - bitimni Uchinchi
yuridik
yoki
shaxslardan
himoyalash
xufyona
(norasmiy) xarajatlari - uchinchi shaxslar (davlat,
rasmiylashtirish xarajatlari
uyushgan jinoyatchilik va h.k.)ning
bitim natijasida olinadigan foydali
samara
qismiga
himoyalash xarajatlari
e’tirozlaridan
18.
Transaksiya xarajatlarining bunday tasniflanishi ularni miqdoriy baholash masalasiga nisbatan mikrova makroiqtisodiy darajada yondashish imkonini beradi. Masalan, kvartiradan foydalanish huquqining
mulkdor tomonidan ijarachiga topshirilishini nazarda tutuvchi kvartirani ijaraga olish bo`yicha bitim
tuzishda ijarachining transaksiya xarajatlari quyidagi shakllarga ega bo`ladi:
19.
Kvartira ijarasi bo`yicha transaksiya xarajatlariXarajat mazmuni
Xarajat shakli
Ijaraga topshiriladigan kvartiralar, uy-joy bozoridagi narxlar haqidagi axborotni qidirib topish Pul shaklidagi xarajatlar va vaqt sarflari;
xarajatlari: maxsus nashrlarni xarid qilish va e’lonlar bo`yicha qo`ng`iroqlar yoki rieltorlik firmasiga
murojaat etish;
Tanlangan kvartiralar mulkdorlari bilan ijaraning alohida shartlari haqida muloqatlar olib borish Vositachi sarflari va vaqt sarflari;
xarajatlari;
Tanlangan kvartiralarni borib ko`rish jarayonida uy-joy sifatini baholash xarajatlari
Vositachi zimmasiga yuklatish mumkin bo`lgan
vaqt sarflari va transport xarajatlari
Ijara shartnomasini yuridik rasmiylashtirish, uni notarial tasdiqlash xarajatlari;
Pul shaklidagi xarajatlar;
Mulkdorning ijara shartlarini o`zgartirish (ijara to`lovini oshirish) bo`yicha opportunizmni oldini Vaqt va asab sarflari;
olish xarajatlari;
Mulkdor ijarachiga kvartirani saqlab turish yuzasidan e’tiroz bildirgan va G’ yoki shartnomani Vaqt sarflari va sudga murojaat etish bilan
muddatidan oldin buzishni xohlagan taqdirda shartnoma amal qilishi muddatiga berilgan bog`liq pul shaklidagi xarajatlar
foydalanish huquqini himoya qilish xarajatlari
20.
Shunday qilib, uy-joyni ijaraga olishda yuzagakeladigan transaksiya xarajatlarini miqdoriy baholashga
yo vositachilik firmalarining daromadlarini tahlil qilish,
yoki o`rtacha soatlik ish haqiga ko`paytirilgan bevosita
pul xarajatlari va vaqt sarflarini qo`shish yordamida
erishish mumkin.
21.
Iqtisodiyot va biznesda "transaksiya" va "transaksiyaxarajatlari" tushunchalari muhim ahamiyatga ega. Transaksiya –
bu bozor yoki bozor tashqarisida o‘zaro kelishuv orqali amalga
oshiriladigan harakat, masalan, tovar yoki xizmatni sotib olish
va sotish. Transaksiya xarajatlari esa bunday kelishuvlarni
amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan resurs va vaqt
sarfidir. Bu tushunchalar iqtisodiyotda samaradorlikni
aniqlashda va biznes strategiyasini belgilashda muhim rol
o‘ynaydi.
22.
Transaksiya tushunchasiTransaksiya nima?
Transaksiya – ikki yoki undan ortiq tomon o‘rtasida qiymat ayirboshlash
jarayonidir. Bunga misol qilib, quyidagilarni keltirish mumkin:
•Mahsulot sotib olish yoki sotish.
•Moliyaviy xizmatlardan foydalanish (kredit olish, investitsiya qilish).
•Huquqiy yoki shartnoma munosabatlari (ijaraga olish yoki litsenziyalash).
Transaksiya turlari
1.Bozor transaksiyalari – bozor orqali amalga oshiriladigan ayirboshlash
(masalan, tovarlar sotib olish).
2.Ichki transaksiyalar – kompaniya yoki tashkilot ichida bajariladigan ishlar
(masalan, ichki audit).
3.Virtual transaksiyalar – raqamli platformalar orqali amalga oshiriladigan
savdolar va xizmatlar (masalan, onlayn xaridlar).
23.
Transaksiya xarajatlari tushunchasiTransaksiya xarajatlari nima?
Transaksiya xarajatlari – bu bitimni amalga oshirish uchun sarflanadigan
qo‘shimcha harajatlar bo‘lib, ular ayirboshlash jarayonining samaradorligini
pasaytirishi mumkin.
Misol:
• Ma'lumot qidirish xarajatlari.
• Kelishuvga erishish uchun sarflangan vaqt.
• Shartnomani rasmiylashtirish xarajatlari.
24.
Transaksiya xarajatlarining asosiy turlari1. Ma'lumot qidirish xarajatlari
Xaridor yoki sotuvchi mos keladigan tomonlarni topishi uchun ketadigan resurs va vaqt sarfi.
1. Misol: Bozor narxlarini o‘rganish uchun sarflanadigan vaqt.
2. Shartnoma tuzish xarajatlari
Shartnoma yoki kelishuvni tayyorlash, huquqiy hujjatlarni tasdiqlash uchun sarflanadigan
xarajatlar.
1. Misol: Yuridik maslahat uchun to‘lanadigan haq.
3. Monitoring va nazorat xarajatlari
Transaksiya amalga oshirilganidan keyin uning bajarilishini nazorat qilish uchun ketadigan
xarajatlar.
1. Misol: Shartnoma shartlariga rioya qilinishini tekshirish.
4. Boshqa xavflarni kamaytirish xarajatlari
Transaksiya davomida yuzaga keladigan noaniqlik yoki xavfni kamaytirish uchun qo‘llaniladigan
choralar.
1. Misol: Sug‘urta yoki kafolat olish.
25.
Transaksiya xarajatlarini kamaytirish usullariTexnologiyalardan foydalanish
• Onlayn platformalar orqali ma'lumotni tezkor qidirish.
• Elektron shartnomalar va blokcheyn texnologiyalari yordamida jarayonlarni
avtomatlashtirish.
Shartnomalar samaradorligi
• Standart shartnomalar yaratish orqali hujjatlarni tayyorlash xarajatlarini
kamaytirish.
Ichki boshqaruvni takomillashtirish
• Ichki jarayonlarni avtomatlashtirish va nazoratni mustahkamlash.
O‘rtakashlarning ishtiroki
• Professional vositachilarni jalb qilish orqali xarajatlarni kamaytirish (masalan,
birjalar yoki agentliklar).
26.
Amaliy qo‘llanilishiTransaksiya va uning xarajatlari nafaqat iqtisodiyot, balki turli
sohalarda ham muhim:
1. Moliyaviy bozorlar: Qimmatli qog‘ozlarni sotish va sotib
olishda vositachilar orqali xarajatlarni kamaytirish.
2. Onlayn savdo platformalari: Amazon, AliExpress kabi tizimlar
orqali sotuvchi va xaridorni to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lash.
3. Xalqaro savdo: Xalqaro shartnomalarni tuzishda yuzaga
keladigan moliyaviy va huquqiy xarajatlarni optimallashtirish.
27.
Xarajatlar – ishlab chiqariladigan mahsulot yoki koʻrsatiladigan xizmat hajmiga bogʻliq boʻlgan chiqimlar,(masalan, materiallar, xomashyo sotib olish, xodimlar mehnatiga haq toʻlash bilan bogʻliq sarflar). Toʻliq
(umumiy, yalpi) Xarajatlar – doimiy va oʻzgaruvchan xarajatlar yigʻindisi; bevosita ishlab chiqarish xarajatlari
(aniq bir mahsulotni ishlab chiqarish bilan bogʻliq va uning tannarxiga kiritiladigan chiqimlar), ekspluatatsiya
xarajatlari – mashina, uskuna, transport vositalari va boshqalardan foydalanish bilan bogʻliq chiqimlar. Muomala
xarajatlarga qoʻshimcha muomala chiqimlari (ishlab chiqish jarayonlarini muomala sohasida davom etishi –
qadoqlash, saqlash, sotiladigan joyga eltish va boshqa bilan bogʻliq) va sof muomala chiqimlari (bevosita oldisotdi operatsiyalari bilan bogʻliq) xarajatlar kiradi. Muomala xarajatlar, odatda, isteʼmolchilar uchun
(transportekspeditorlik chiqimlari, bojxona boji toʻlash, port soliq va yigʻimlarini toʻlash, bank xizmatlari uchun
chiqimlar, vakillik xarajatlari), ishlab chiqaruvchilar uchun (savdo-sotiq boʻlinmasini saqlash, marketing
tadqiqotlari, reklama, transportekspeditorlik chiqimlari, vositachilarga haq toʻlash, sotishdan oldingi servis va
texnika xizmati uchun chiqimlar, bank operatsiyalari boʻyicha xarajatlar, vakillik xarajatlari va boshqalar) va
savdo uchun (tovarni xarid qilish, tashish, saqlash va sotish bilan bogʻliq chiqimlar) alohida hisob kitob qilinadi.
28.
Mulkdorlar o‘rtasida huquqlarning taqsimlanishiRespublikamizda o‘tish davri islohotlari sharoitida resursga
nisbatan mulkchilik huquqini, odatda, alohida huquqlar egalari
hisoblangan bir necha mulkdorlar o‘rtasida taqsimlash amaliyoti keng
qo‘llanildi. Ushbu taqsimlashda qanday tamoyillar asosida tartibga
solish va uning hamma vaqt ham mulkdan samarali foydalanish uchun
zamin yaratishi asosiy o‘rin egalladi.
Mamlakatimizda davlat korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish
va xususiylashtirish, ayniqsa mulkchilik huquqlarini tafsirlash bo‘yicha
bosqichma-bosqich amalga oshirilgan «o‘zbek modeli»ga asos solindi.
Yirik davlat korxonalarini xususiylashtirish Davlat dasturiga muvofiq
OAJ doirasida mulkchilik huquqlarini taqsimlashning turli variantlari
nazarda tutildi. Masalan, mehnat jamoasining a’zolari aksiyalar
umumiy summasida ma’lum (10) foiz miqdorida, lekin har bir
xodimga ko‘pi bilan eng kam ish haqining belgilangan (20 yoki 25)
baravari summasida imtiyozli (ovoz bermaydigan) aksiyalarni olish
huquqiga ega bo‘lishdi. Natijada, mulkchilik sub’yektlari va
huquqlarining taqsimlanishi 5.1-jadvaldagi ko‘rinishga ega bo‘ldi.
29.
Davlatlar o‘rtasidagi tranzaksiya deganda, mamlakatlararo iqtisodiy, moliyaviy va savdo munosabatlari davomida yuzagakeladigan shartnomalar, bitimlar va kelishuvlar tushuniladi. Bunday tranzaksiyalar xalqaro savdo, investitsiyalar, moliyaviy
operatsiyalar va texnologiyalar almashinuvini o‘z ichiga oladi. Ular davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni
mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi.
Davlatlar o‘rtasidagi tranzaksiya tushunchasi
Tranzaksiya mazmuni
Davlatlar o‘rtasidagi tranzaksiya – bu ikki yoki undan ortiq mamlakat o‘rtasida moddiy yoki nomoddiy
qiymat ayirboshlash jarayoni. Bu jarayon xalqaro savdo, chet el investitsiyalari, moliyaviy kelishuvlar
yoki texnologik hamkorlik ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Tranzaksiya shakllari
1. Savdo tranzaksiyalari: Tovar va xizmatlarni eksport-import qilish.
2. Moliyaviy tranzaksiyalar: Kredit va qarz olish, valyuta operatsiyalari.
3. Texnologik tranzaksiyalar: Texnologiya va intellektual mulk almashinuvi.
4. Siyosiy va ijtimoiy tranzaksiyalar: Shartnomalar orqali xalqaro yordam yoki resurslarni taqsimlash.
30.
Davlatlar o‘rtasidagi tranzaksiya xarajatlariDavlatlararo tranzaksiya jarayonida quyidagi
xarajatlar yuzaga keladi:
1. Ma'lumot qidirish xarajatlari
Qaysi mamlakat bilan hamkorlik qilishni aniqlash
uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy va savdo ma'lumotlarini
yig‘ish xarajatlari.
•Misol: Mamlakatning eksport salohiyatini o‘rganish.
2. Muzokaralar va kelishuv xarajatlari
Bitimlarni tuzish uchun diplomatlar va iqtisodiy vakillar
o‘rtasida olib boriladigan muzokaralar xarajatlari.
•Misol: Savdo bitimlari tuzish uchun xalqaro
konferensiyalarga qatnashish.
3. Huquqiy xarajatlar
Xalqaro shartnomalar va huquqiy kelishuvlarni tayyorlash va
rasmiylashtirish xarajatlari.
•Misol: Shartnomani xalqaro huquq talablariga moslashtirish.
4. Transport va logistika xarajatlari
Eksport va import tranzaksiyalari davomida yuzaga keladigan
logistika xarajatlari.
•Misol: Tovarlarni tashish, bojxona rasmiylashtiruvi va sug‘urta
xarajatlari.
31.
Tranzaksiyalarni amalga oshirish usullariXalqaro savdo tashkilotlari orqali
•Jahon Savdo Tashkiloti (WTO) bitimlarni tartibga solishda
muhim o‘rin tutadi.
•Tashkilot mamlakatlar o‘rtasidagi savdo qoidalarini belgilaydi.
Ikki tomonlama shartnomalar orqali
•Davlatlar o‘zaro foydali kelishuvlar orqali iqtisodiy
tranzaksiyalarni amalga oshiradi.
•Misol: Savdo va investitsiya shartnomalari.
Hududiy iqtisodiy ittifoqlar orqali
•Hududiy integratsiya doirasidagi tranzaksiyalar, masalan,
Yevroittifoq (EU), MDH yoki ASEAN.
•O‘zaro imtiyozlar asosida tranzaksiyalar amalga oshiriladi.
Xalqaro moliyaviy institutlar orqali
•Jahon banki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi (IMF) yoki Osiyo
taraqqiyot banki orqali kreditlar va moliyaviy yordam
ko‘rsatiladi.
32.
Davlatlar o‘rtasidagi tranzaksiyaning ahamiyatiXalqaro savdo rivoji
•Davlatlar o‘rtasidagi tranzaksiyalar iqtisodiy o‘sishni
ta'minlashda muhim o‘rin tutadi.
•Masalan, eksportdan olingan daromad milliy iqtisodiyot
uchun asosiy resurs bo‘lishi mumkin.
Geosiyosiy manfaatlar
•Davlatlar o‘rtasidagi tranzaksiyalar mintaqaviy barqarorlikni
ta'minlashga xizmat qiladi.
Texnologik taraqqiyot
•Davlatlar o‘rtasida texnologiya va innovatsiyalarni
almashish taraqqiyotni tezlashtiradi.
Global muammolarni hal qilish
•Davlatlararo hamkorlik ekologiya, energetika va oziqovqat xavfsizligi kabi global muammolarni hal qilishda
yordam beradi.
33.
Misollar• Xitoy va AQSh tranzaksiyalari
• Xitoyning AQShga texnologik mahsulotlarni eksport qilishi va
AQShning Xitoyga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib
berishi o‘zaro savdo munosabatlarining misolidir.
• O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari
• O‘zbekistonning qo‘shni davlatlar bilan gaz eksporti va elektr
energiyasi almashinuvi tranzaksiyaning mintaqaviy
ahamiyatga ega ko‘rinishidir.
• Yevroittifoq va rivojlanayotgan mamlakatlar
• Yevropa davlatlarining rivojlanayotgan mamlakatlarga texnik
yordam ko‘rsatishi va investitsiya kiritishi xalqaro
tranzaksiyaga misoldir.
34.
XulosaMulk xuquqini taqsimlashda qanday tamoyillar asosida tartibga solish va uning hamma vaqt
ham mulkdan samarali foydalanish uchun zamin yaratishi asosiy o`rin egalladi. Bunda
egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish, topshirish qoldiq qiymatni olish, xavfsizlik, meros,
muddatsizlik,zararli foydalanishni taqiqlash, undirish va boshqa xuquqlarning mutanosibligi
muhim. Kouz teoremasining to`liq mazmuni quyidagicha ifodalanadi: agar mulkchilik
huquqlari aniq tafsirlanib, transaksiya xarajatlari nolga teng bo`lsa, u holda, agar daromad
samarasidan fikrni boshqa tomonga bursak, mulkchilik huquqlarining taqsimlanishidagi
o`zgarishlardan qati nazar, ishlab chiqarishning tarkibi o`zgarmasdan qoladi. Teoremaning
shartining birinchi xususiyatiga ko`ra, transaksiya xarajatlariga e’tibor qaratmagan holda,
mulkchilik huquqlarining muayyan egasi haqida emas, balki resurslarga bo`lgan mulkchilik
huquqlarini tafsirlashning muhimligi haqida xulosa chiqarish kerak bo`ladi. Ikkinchi
xususiyat esa, teoremani isbotlash uchun mulkiy xuquqlarning almashinuvi bo`yicha aniq
amaliy misollardan foydalanilgan.
35.
Adabiyotlar:1. Vahobov A. va boshqalar. Budjet - soliq siyosati yaxlitligi. O‘quv qo‘llanma. - T.: Iqtisod va
moliya. 2005.285 b.
2. Vahobov A. va boshqalar. Moliyaviy va boshqaruv tahlili. Darslik. T.: Sharq 2005. 220 b.
3. Malikov T., Xaydarov N. Davlat budjeti. O‘quv qo‘llanma, T.: "IQT1SOD-MOLIYA", 2007, 84 b.
4. Malikov T., Xaydarov N. Budjet daromadlari va xarajatlari. O‘quv qo‘llanma, T.: "IQTISODMOLIYA", 2007, 245 b.
5. Malikov T., Xaydarov N. Budjet: tizimi, tuzulmasi, jarayoni. O‘quv qo‘llanma, T.: "IQTISOD-
MOLIYA", 2008, 84 b.
6. Yo‘ldoshev Z., Malikov T. Uy xo‘jaligi moliyasi. O‘quv qo‘llanma, T.: "IQTISOD-MOLIYA", 2008,
105 b.
7. Неshитой А.С. Финансы. Уchебник.-М.:”Даshков и К”, 2007. 512 с.
8. Романовский В.М. Уchебник.-М.:”Юрайт”, 2008. 462 с.