Похожие презентации:
Borliq falsafasi
1.
Mavzu: Borliq falsafasi2.
Reja:1. Borliq tushunchasi va uning mohiyati
2. Falsafa tarixida borliq muommosi
3.
Borliq nima?Borliq — obyektiv mavjud reallikni
ifodalovchi falsafiy tushuncha. U
moddiy predmet olamidangina iborat
emas. Borliq turli darajada namoyon
boʻladi: organik va noorganik tabiat,
biosfera, ijtimoiy borliq, obyektiv ideal
borliq (madaniy qadriyatlar, ilmiy
bilimning umumiy prinsiplari,
tushunchalari va h.k.), inson turmushi.
4.
Borliq falsafa tarixida turlicha talqin qilingan. Yaqin va Oʻrta Sharqfalsafasida Kindiy, Forobiy, Ibn Sino, Umar Xayyom, Ibn Rushd kabi
mutafakkirlar borliq ni ikkiga — vujudi mumkin va vujudi vojibga
boʻladilar. Ularning falsafasida borliqning dastlabki sababchisi Alloh
(vujudi vojib), lekin Alloh bilan borliq ni bir-biridan ajratib tasavvur
qilib boʻlmaydi, bular sababoqibat shaklida bir-birlari bilan uzviy
bogʻliq, degan tushuncha yotadi.
5.
Real va xayoliy borliq oʻrtasida alohida tafovut bor.Real borliq mavjudlikni, xayoliy borliq mohiyatni belgilaydi.
Xayoliy borliq (gʻoya maʼnosida) vaqtinchalik, haqiqiy, tajribaviy
harakteridan mahrum, u fakt boʻla olmaydi; u qatʼiy oʻzgarmas (qotib
qolgan), abadiy mavjud (N. Gartman). Platon unda chin, xususiy
„real“ borliq ni koʻradi. Umumiy maʼnodagi borliq dan muayyan borliq
farq qiladi. Geraklit fikricha, hech qanday qotib qolgan borliq yoʻq,
doimo oʻzgaruvchan borliq bor. Metafiziklar „haqiqiy“ borliq
transsendent, narsa oʻzidadir deb biladilar. Barcha mavjud
narsalarning yigʻindisini, umuman olamni borliq deb ataydilar.
6.
O‘quv kurslarida asosiy falsafiy muammolarni o‘rganish odatdaontologiyadan boshlanadi.Ontologiya falsafiy bilimlarning alohida
sohasi bo‘lib, unda borliq va yo‘qlik, mavjudlik va nomavjudlik
muammolariga doir masalalarning keng doirasi o‘rganiladi,
shuningdek, mavjudlik sifatiga ega bo‘lgan barcha narsalarning
mohiyati aniqlanadi. «Ontologiya» atamasi falsafada faqat XVII
asrdan beri , lekin u yunoncha o‘zaklarga ega bo‘lib («ontos» «borliq», «logos» - «so‘z», «ta’limot»), borliq haqidagi ta’limot
degan ma’noni anglatadi
7.
. «Borliq» falsafiy kategoriyasi na faqat eng muhim, balkiboshqa kategoriyalar orasida ayniqsa, ko‘p ishlatiladigan
kategoriya hisoblanadi. Bu holni shu bilan izohlash
mumkinki, uning kelib chiqishi dunyoning ayniqsa, keng
tarqalgan tillarida ayni bir ma’no - «bo‘lish»,«mavjud
bo‘lish», «hozirlik», «hozir bo‘lish», «mavjudlik» ma’nolarini
anglatadi.
8.
2.Borliq muammosini falsafiy anglab etishga ilk urinishlar miloddan
avvalgi birinchi ming yillikda vujudga kelgan qadimgi Markaziy
Osiyo, hind va qadimgi xitoy falsafalaridayoq kuzatiladi. Xususan,
Markaziy Osiyoning eng qadimiy kitobi “Avesto”da, borliq
harakatdagi dunyo, butun jonli va jonsiz narsalarning
uyg‘unligidagi mavjudlik deb ifodalanadi.
9.
Qadimgi yunon falsafasi vujudga kelgan paytdan boshlab ular butunborliqning birinchi sababini mavjud voqelikning o‘zidan izlaganlar, uni
dam suv (Fales) yoki havo (Anaksimen) deb, dam hamma narsani
boshqaradigan boqiy va Cheksiz asos – «apeyron»(Anaksimandr
taxminan mil. av. 611-545 yillar) deb tavsiflaganlar. Anaksimandr hatto
jonli mavjudotlarning tabiiy kelib chiqishi g‘oyasini ilgari surgan. Uning
fikricha, mazkur mavjudotlar dengiz suvida vujudga kelgan va suv
o‘tlaridan paydo bo‘lgan. So‘ngra baliqsimon mavjudotlar quruqlikka
chiqqan va ulardan odamlar rivojlangan. Shunga o‘xshash fikrlarni
Ksenofan (mil. av. 580-490 yillar) ham ilgari suradi. U hamma narsa Yer
va suvdan vujudga keladi va rivojlanadi, hatto «biz ham Yer va suvdan
paydo bo‘lganmiz», deb hisoblaydi.
10.
Pifagor (mil. av. 580-500 yillar) «hamma narsa sondir», deganxulosaga keladi. U Erning sharsimonligi haqidagi g‘oyani birinchi
bo‘lib ilgari suradi. Parmenid (mil. av. 540-480-yillar) faylasuflar
orasida birinchi bo‘lib borliqni kategoriya sifatida tavsiflagan va
uni maxsus falsafiy tahlil predmetiga aylantirgan. U haqiqiy
borliq mohiyatining o‘zgarmasligi haqidagi g‘oyani ilgari suradi.
Parmenid fikricha, borliq paydo bo‘lmagan va u yo‘q ham
bo‘lmaydi, chunki undan boshqa hech narsa yo‘q va bo‘lishi
mumkin ham emas. Borliq yagona (uzluksiz), harakatsiz va
barkamoldir. U o‘z chegaralariga ega bo‘lib, «ulkan mutlaqo
yumaloq SHarga» o‘xshaydi.
11.
Borliq muammosiga oid Demokrit va Platon yondashuvi.. BirinchiDemokrit yondashuvi borliqni turli tarzda namoyon bo‘lishi va
ongda aks etishi (diskret situativ-empirik) ko‘rinishida tushunishni
nazarda tutadi hamda naturalizm sifatida namoyon bo‘ladi.Bu holda
borliq muayyan empirik harakatlarga bog‘liq bo‘ladi va insonning
har bir kuni nimadan tashkil topsa, Shuning o‘zidangina tashkil
topadi. Ikkinchi Platon yondashuvi borliqning mohiyati xususida
alohida mushohada yuritishga yo‘naltiradi, bunda borliq g‘oyaga,
erishib bo‘lmaydigan orzuga, amalga oshmaydigan, noreal
jarayonga aylanadi.
Философия