1.1 Asosiy tushunchalar
1.2 Talabgorga qo‘yiladigan malaka talablari
2.2 Malaka sertifikatini rasmiylashtirish va berish
3.1 Auditorlar reyestri
2.30M
Категория: ОбразованиеОбразование

Auditor kasbi malaka sertifikati imtihoni va uni o’tkazish

1.

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOLIQ QO’MITASI HUZURIDAGI
FISKAL INSTITUTI
Audit fanidan
MUSTAQIL ISH
Mavzu: Auditor kasbi malaka sertifikati imtihoni va uni o’tkazish
Guruh: SST-2S-12-21 guruh talabasi
Kamolov Jahongir Bahodirovich
Tekshiruvchi: I.Kuziyev

2.

Reja:
1. Asosiy tushunchalar, talabgorga qo‘yiladigan malaka talablari;
2. Malaka imtihonini topshirish tartibi, malaka sertifikatini rasmiylashtirish va
berish;
3. Malaka sertifikatining amal qilish muddatini uzaytirish, qayta
rasmiylashtirish va dublikat berish tartibi, malaka sertifikatining amal qilishini
tugatish va uni bekor qilish tartibi, auditorlar reyestri.

3. 1.1 Asosiy tushunchalar

auditor ― malaka
sertifikati ega bo‘lgan
jismoniy shaxs;
talabgor ― malaka
sertifikatini olishga
talabgor bo‘lgan
jismoniy shaxs;
malaka sertifikati ―
auditorning malakasini
tasdiqlovchi va auditorlik
tashkiloti nomidan
auditorlik xizmatlari
ko‘rsatish huquqini
beruvchi hujjat;
malaka imtihoni ― auditorga
quyilgan talablarga
talabgorning mos kelishini
tekshirishga yo‘naltirilgan,
malaka imtihoni komissiyasi
tomonidan o‘tkaziladigan
imtihon;
xalqaro buxgalter sertifikati ―
“Sertifikatlangan xalqaro
professional buxgalter (CIPA)”
yoki “Sertifikatlangan qasamyod
qilgan buxgalter (ASSA)” yoxud
“Sertifikatlangan jamoatchi
buxgalter (SRA)” sertifikati.
Auditor malaka sertifikatini olgan yilning keyingi yilidan boshlab har yili 40 soatlik malaka
oshirish dasturi bo‘yicha malaka oshirish kurslarini o‘tishi shart.
Talabgor (auditor) xalqaro buxgalter sertifikatiga ega bo‘lganda malaka sertifikatini olish va
amal qilish muddatini uzaytirish malaka imtihonini topshirmasdan amalga oshiriladi.

4. 1.2 Talabgorga qo‘yiladigan malaka talablari

Malaka imtihonini topshirish uchun talabgor quyidagi talablardan biriga javob berishi
kerak:
oliy ma’lumotga, oliy ta’lim muassasini bitirganidan so‘ng oxirgi o‘n yil ichida kamida
uch yillik audit va buxgalteriya hisobi sohasida yoxud shu sohalarda oliy ta’lim muassasalarida
dars berish bo‘yicha amaliy ish stajiga (shu jumladan, o‘rindoshlik asosida) ega bo‘lishi;
“buxgalteriya hisobi” va “audit” mutaxassisliklari bo‘yicha magistr diplomiga va
auditorlik tashkilotida bir yildan kam bo‘lmagan amaliy ish stajiga (shu jumladan, o‘rindoshlik
asosida) ega bo‘lishi;
fanning iqtisodiy tarmoqlari sohasida ilmiy darajaga ega bo‘lishi.
Bunda xorijiy davlatlarda olingan oliy ma’lumot yoki ilmiy daraja belgilangan tartibda
O‘zbekiston Respublikasidagi ma’lumotga ekvivalent deb topilgan taqdirda e’tiborga olinadi.

5.

2.1 Malaka imtihonini topshirish tartibi
Malaka imtihonini o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (bundan buyon matnda Vazirlik deb
yuritiladi) tomonidan komissiya raisini hisobga olgan holda to‘rt kishidan kam bo‘lmagan tarkibda malaka imtihoni komissiyasi
tashkil qilinadi.
Malaka imtihoni komissiyasi tarkibiga Vazirlik xodimlari va auditorlarning respublika jamoat birlashmasi vakillari kiritiladi.
Malaka imtihoni komissiyasi tarkibi har bir malaka imtihoni uchun alohida tuziladi va doimiy hisoblanmaydi.
Malaka imtihoni komissiyasi qarorlari bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladi va malaka imtihon komissiyasi raisi hamda
barcha a’zolari tomonidan imzolanadi.
Talabgor malaka imtihonini topshirish uchun quyidagi hujjatlarni Vazirlikka taqdim etadi:
a) mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish to‘g‘risidagi ariza;
b) pasport nusxasi (chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun — yashash uchun guvohnomasining
nusxasi);
v) oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom yoki ilmiy darajasi to‘g‘risidagi hujjat yoxud vakolatli davlat organining xorijiy
ta’lim muassasasida olingan oliy ma’lumot yoki ilmiy darajasi to‘g‘risidagi hujjatni tan olish guvohnomasi (nusxasi olinib,
asli qaytariladi);
g) xalqaro buxgalter sertifikati mavjud bo‘lganda (nusxasi olinib, asli qaytariladi) yoxud ushbu hujjatni bergan
muassasa tomonidan tasdiqlangan nusxasi;
d) mehnat daftarchasi (mehnat stajini tasdiqlovchi “Elektron mehnat daftarchasi tizimidan ko‘chirma) (nusxasi olinib,
asli qaytariladi), (o‘rindoshlik bo‘yicha mehnat staji mavjud bo‘lgan taqdirda bu haqda mehnat daftarchasiga yozuv
kiritilgan bo‘lishi lozim);
e) 3 x 4 hajmdagi 2 dona fotosurat;

6.

j) malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish uchun bazaviy hisoblash
miqdorining 50 foizi miqdorida yig‘im to‘langanligi to‘g‘risidagi to‘lov hujjati nusxasi.
Talabgordan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etilishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Mazkur Nizomning 8-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar talabgor tomonidan Vazirlikka shaxsan, pochta yoki elektron
aloqa vositalari orqali ularni olinganligini tasdiqlovchi xabarnoma bilan birga topshiriladi.
Vazirlik ariza tushgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida talabgorning malaka imtihonini topshirishga
ruxsat berish yoki rad etish haqida qaror qabul qiladi.
Vazirlik quyidagi asoslarga ko‘ra malaka imtihonini topshirishga ruxsat berishni rad etadi:
a) talabgor mazkur Nizomning 4-bandi talablariga javob bermaganda;
b) mazkur Nizomning 8-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarni to‘liq bo‘lmagan holda taqdim etganda.
Talabgorni boshqa asoslarga ko‘ra malaka imtihonini topshirishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Talabgorning malaka imtihonini topshirishi rad etilgan taqdirda Vazirlik tomonidan tegishli qaror qabul qilinadi
va talabgorga rad etish sabablari ko‘rsatilgan holda, qabul qilingan qaror haqida uch ish kuni ichida yozma yoki
elektron shaklda xabardor qilinadi.
Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish rad etilgan talabgor rad etishga sababchi bo‘lgan kamchiliklarni
bartaraf etgandan keyingina qayta ariza berishi mumkin.
Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish rad etilishiga asos bo‘lib xizmat qilgan kamchiliklarni bartaraf
etish uchun talabgorga 15 kundan ko‘p bo‘lmagan muddat beriladi.
Hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish uch kun mobaynida amalga oshiriladi.

7.

Hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish uch kun mobaynida amalga oshiriladi. Talabgorning arizasi qayta ko‘rib
chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.
Agar malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish rad etilishiga asos bo‘lib xizmat qilgan kamchiliklar
15 kun mobaynida bartaraf etilmasa, bunda talabgorning arizasi yangidan taqdim etilgan deb hisoblanadi.
Talabgorning malaka imtihonini topshirishiga ruxsat berish yuzasidan qaror qabul qilinganida u malaka
imtihonini topshirishga ruxsat berilgan shaxslar ro‘yxatiga kiritiladi va ro‘yxat malaka imtihoni
boshlanishidan oldin imtihon komissiyasiga topshiriladi. Bunda malaka imtihoni guruhlar shakllanishiga
qarab, lekin har chorakda kamida bir marotaba o‘tkaziladi.
Malaka imtihonini o‘tkazish to‘g‘risidagi ma’lumot, uni o‘tkazish haqidagi qaror qabul qilingan kundan
boshlab ikki kundan kechiktirmay Vazirlikning va auditorlar respublika jamoat birlashmasining vebsaytlarida joylashtiriladi.
Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berilgan talabgorlar uni o‘tkazish sanasi, vaqti va joyi haqida
malaka imtihoni o‘tkaziladigan kundan kamida o‘n kun oldin pochta yoki elektron aloqa vositalari orqali
xabardor qilinadi.
Malaka imtihoni komissiyasining soni va shaxsiy tarkibi, shuningdek ish reglamenti Vazirlik tomonidan
tasdiqlanadi.
Malaka imtihonini topshirishda talabgorlar pasport yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatni taqdim
etadi.
Talabgor pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatni taqdim qilmaganda yoxud malaka
imtihoniga kechikkan taqdirda malaka imtihoniga qo‘yilmaydi va malaka imtihoniga kelmagan hisoblanadi.
Bunda talabgor navbatdagi malaka imtihonidan o‘tadigan talabgorlar ro‘yxatiga kiritiladi.

8.

Agarda talabgor, uni mazkur Nizomda nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinganidan so‘ng, ikki marotaba malaka
imtihonini topshirishga kelmasa, taqdim etilgan hujjatlar talabgorga qaytariladi. Bunda arizani ko‘rib chiqish uchun to‘langan
yig‘im qaytarib berilmaydi.
Talabgor tomonidan hujjatlarni qayta topshirish mazkur Nizomning 8-bandida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Malaka imtihoni test sinovi usulida kompyuter texnikasidan foydalangan holda o‘tkaziladi.
Malaka imtihonining shaffofligi va xolisligini ta’minlash maqsadida malaka imtihonini o‘tkazish jarayoni uzluksiz
ravishda videoyozuvga (ovozli) tushiriladi.
Test savollari Vazirlik tomonidan auditorlarning respublika jamoat birlashmasi bilan birgalikda ishlab chiqiladi.
Test savollariga kiritilgan fanlar bo‘yicha mavzular Vazirlikning veb-saytiga joylashtiriladi.
Test savollari normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni hisobga olgan holda yangilab
boriladi.
Test sinovi quyidagi bo‘limlar bo‘yicha 80 ta savoldan iborat bo‘ladi:
moliyaviy hisob;
boshqaruv hisobi va moliyaviy tahlil;
audit;
soliq solish va tadbirkorlik faoliyatini huquqiy tartibga solish.
Talabgorga malaka imtihonini topshirish uchun to‘rt soat vaqt taqdim etiladi.
Talabgorning to‘g‘ri javoblar bo‘yicha yakuniy natijasi 75 foiz va undan yuqori ko‘rsatkichni tashkil qilgan bo‘lsa, u
malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan hisoblanadi.

9.

Malaka imtihoni o‘tkazilayotgan paytda qonun hujjatlari, yo‘riqnoma materiallari, axborotnomalar va
maxsus adabiyotlardan, uyali telefondan yoki boshqa axborot texnologiya vositalaridan (shu jumladan
kalkulyator sifatida) foydalanish, boshqa talabgorlar bilan muloqot qilish taqiqlanadi.
Ushbu talablarni buzgan talabgorlar auditoriyadan chiqarib yuboriladi va malaka imtihonidan
o‘tmagan deb hisoblanadi.
O‘zi bilan birga ichimlik suvi, dori va malaka imtihonini topshirish uchun zarur bo‘lgan boshqa
vositalar (ko‘zoynak, linzalar) bo‘lishiga ruxsat etiladi. Talabgorning barcha shaxsiy buyumlari, shu
jumladan uyali telefon yoki boshqa axborot texnologiya vositalari (o‘chirilgan holatda) maxsus ajratilgan
joyda saqlanadi.
Begona shaxslarni test sinovlari o‘tkazilayotgan xonaga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Malaka imtihonidan o‘ta olmagan talabgor, malaka imtihonini topshirgan sanadan kamida bir oy
o‘tgandan so‘ng malaka imtihonini qayta topshirish uchun mazkur Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan
hujjatlarni taqdim qilishi mumkin.
Malaka imtihonini topshira olmagan talabgorlarga yig‘im qaytarilmaydi.
Malaka imtihoni natijalari malaka imtihoni o‘tkazilgan kuni malaka imtihoni komissiyasining
bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
Malaka imtihon natijalari Vazirlikning rasmiy veb-saytida malaka imtihoni o‘tkazilganidan so‘ng ikki
kundan kechikmay e’lon qilinadi.
Malaka imtihoni komissiyasining bayonnomalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Vazirlikda
saqlanadi.

10. 2.2 Malaka sertifikatini rasmiylashtirish va berish

Malaka sertifikati auditorning fotosurati yopishtirilgan maxsus blankda mazkur Nizomning 2-ilovasiga
muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi va O‘zbekiston Respublikasi hududida yuridik kuchga ega bo‘ladi.
Malaka sertifikatining blankalari Vazirlik buyurtmanomasiga ko‘ra “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish
birlashmasida bosma usulda tayyorlanadi.
Malaka sertifikati Vazirlik tomonidan malaka imtihoni komissiyasi bayonnomalari olingandan keyin 10
kun muddatda rasmiylashtiriladi va auditorga yoki ishonchnoma asosida uning vakiliga auditorlar reyestriga
imzo qo‘yilgach beriladi.
Agar auditor malaka sertifikatini rasmiylashtirilgan kunidan boshlab uch oy davomida uni olishga kelmasa
yoki uni olishdan yozma ravishda ixtiyoriy tartibda bosh tortsa Vazirlik malaka sertifikatining amal qilishini
tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin. Bunda auditor tomonidan to‘langan yig‘im qaytarilmaydi.
Malaka sertifikati dastlab besh yillik muddatga, talabgor malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirganda,
yoxud xalqaro buxgalter sertifikatiga ega bo‘lgan talabgorlarga malaka imtihonini topshirmasdan beriladi.
Dastlabki besh yillik muddat tugagandan so‘ng uning amal qilish muddatini navbatdagi o‘n yilga
uzaytirish, auditor malaka imtihoni muvaffaqiyatli topshirganda yoxud auditor xalqaro buxgalter sertifikatiga
ega bo‘lganda malaka imtihonini topshirmasdan amalga oshiriladi.
Malaka sertifikatini keyingi muddatsiz davrga uzaytirish auditor malaka imtihonini muvaffaqiyatli
topshirganda yoxud auditor xalqaro buxgalter sertifikatiga ega bo‘lganda yoki o‘n yildan kam bo‘lmagan
uzluksiz auditor ish staji mavjud bo‘lganda malaka imtihonini topshirmasdan amalga oshiriladi.

11.

Malaka sertifikatining amal qilish muddatini uzaytirish uchun hujjatlar mazkur Nizomning 37-bandiga
muvofiq taqdim etilganda, malaka sertifikatining amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ariza taqdim
etilgan sanadan boshlab malaka sertifikatining amal qilish muddati tugashi sanasigacha bo‘lgan vaqt oralig‘i
auditor sifatida uzluksiz ish stajini hisoblashda inobatga olinadi.
Auditor lavozimiga tayinlashlar oralig‘idagi vaqt bir oydan oshmagan bo‘lsa, ushbu davr auditor sifatidagi
uzluksiz ish stajini aniqlashda uzilish deb hisoblanmaydi.
Malaka sertifikatining amal qilish muddatini uzaytirish, qayta rasmiylashtirish va dublikat berish
tartibi
Auditor, malaka sertifikatining amal qilish muddati tugashidan 3 oy oldin, biroq malaka sertifikatining amal
qilish muddati tugashidan 6 oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda Vazirlikka malaka sertifikatining muddatini
uzaytirish to‘g‘risida mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq ariza bilan murojaat qiladi.
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi lozim:
a) malaka sertifikatining asl nusxasi;
b) malaka oshirish kurslarini tamomlaganligi haqidagi guvohnoma (nusxasi olinib, asli qaytariladi) yoxud
ushbu hujjatni bergan muassasa tomonidan tasdiqlangan nusxasi;
v) arizani ko‘rib chiqish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida yig‘im to‘langanligi
to‘g‘risidagi to‘lov hujjati nusxasi;
g) xalqaro buxgalter sertifikati mavjud bo‘lganda (nusxasi olinib, asli qaytariladi) yoxud ushbu hujjatni
bergan muassasa tomonidan tasdiqlangan nusxasi;
d) mehnat daftarchasi (mehnat stajini tasdiqlovchi “Elektron mehnat daftarchasi” tizimidan ko‘chirma)
(nusxasi olinib, asli qaytariladi).

12.

Malaka sertifikati muddatini uzaytirish mazkur Nizomning 36 va 37-bandlarida belgilangan talablarga
rioya etilganda amalga oshiriladi.
Malaka sertifikatining amal qilish muddati malaka sertifikatining blankasida ko‘rsatilgan amal qilish
muddati tugagan paytdan boshlab uzaytiriladi.
Auditor malaka sertifikatining amal qilish muddatini uzaytirish uchun malaka imtihonidan o‘ta olmagan
taqdirda, malaka sertifikatini qaytadan berish mazkur Nizom asosida amalga oshiriladi.
Agarda auditor, uni mazkur Nizomda nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinganidan so‘ng, malaka
sertifikatining amal qilish muddatini uzaytirish uchun malaka imtihonini topshirishga kelmasa, malaka
sertifikatining amal qilish muddati tugagandan keyin, taqdim etilgan hujjatlar (malaka sertifikatining asl
nusxasidan tashqari) qaytariladi. Bunda arizani ko‘rib chiqish uchun to‘langan yig‘im qaytarib berilmaydi.
Malaka sertifikatining amal qilish muddatining uzaytirilishi belgilangan tartibda mazkur malaka
sertifikatining blankasida maxsus belgini (yozuv) qayd etish orqali amalga oshiriladi.
Malaka sertifikati blankasida uning muddatini uzaytirishga taalluqli to‘ldirilmagan qatorlar mavjud
bo‘lmagan taqdirda, auditorga avvalgi ro‘yxatga olish raqami qo‘yilgan yangi malaka sertifikati beriladi. Ilgari
berilgan malaka sertifikati blankasi Vazirlik tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yo‘q qilinadi.
Auditorning familiyasi, ismi, sharifi o‘zgargan taqdirda, u tegishli o‘zgartirishlarni tasdiqlovchi hujjatlar
berilgan sanadan so‘ng bir oy ichida Vazirlikka mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda malaka
sertifikatini qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qiladi.
Bunda arizaga qayta rasmiylashtirilishi lozim bo‘lgan malaka sertifikatining asl nusxasi bilan birga ikkita
fotosurat (3 x 4 hajmdagi) va tegishli o‘zgarishlarni tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari ilova qilinadi.

13.

Malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirish uchun auditordan bazaviy hisoblash miqdorining 25 foizi
miqdorida yig‘im undiriladi.
Malaka sertifikatining qayta rasmiylashtirilishi auditor tomonidan ariza berilgan paytdan boshlab besh ish
kuni mobaynida amalga oshiriladi, bunda avvalgi raqam va ilgari belgilangan amal qilish muddati ko‘rsatilgan
malaka sertifikatining yangi blankasi beriladi, ilgari berilgan malaka sertifikat blankasi Vazirlik tomonidan qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda yo‘q qilinadi.
Yo‘qotilgan yoki yaroqsiz holga kelgan malaka sertifikatining o‘rniga auditorning mazkur Nizomning 1ilovasiga muvofiq shaklda malaka sertifikatini dublikatini berish haqidagi arizasiga ko‘ra malaka sertifikatining
dublikati beriladi.
Malaka sertifikatining dublikatida uning avvalgi qayd etilgan raqami va ilgari belgilangan amal qilish
muddati yoziladi, yangi blankaning yuqoridagi burchagida “Dublikat” yozuvi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Yaroqsiz holga kelgan malaka sertifikati Vazirlikka qaytarilishi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
yo‘q qilinishi lozim.
Dublikat berishda auditordan bazaviy hisoblash miqdorining 25 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.
Malaka sertifikatining amal qilishini tugatish va uni bekor qilish tartibi
Malaka sertifikatining amal qilishini tugatish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
auditorning arizasi;
auditorlik tekshiruvi davomida auditor olingan ma’lumotlarni auditorlik tekshiruvi buyurtmachisining
ruxsatisiz uchinchi shaxslarga berishi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
auditorlik faoliyatini amalga oshirayotganda qonun hujjatlari talablarini muntazam yoki bir marta qo‘pol
ravishda buzganlik;

14.

auditorlik tekshiruvi o‘tkazishda aniqlangan, xo‘jalik yurituvchi subyektning buxgalteriya hisobi yuritish,
shuningdek moliyaviy hisobotni tuzish bo‘yicha belgilab qo‘yilgan talablarni buzish faktlarining auditor
tomonidan yashirilganligi;
auditorlik faoliyatida uch yil davomida ishtirok etmaslik;
auditorning malaka sertifikati boshqa shaxsga topshirilgan bo‘lib, mazkur shaxs ushbu hujjatni auditorlik
faoliyatida ishtirok etish uchun o‘z nomidan foydalanish maqsadida ishlatganlik faktining aniqlanganligi;
sudning muayyan lavozimlarni egallash yoki moliya-xo‘jalik munosabatlari sohasida muayyan faoliyat
bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilish tariqasidagi jazoni nazarda tutuvchi hukmining qonuniy kuchga
kirganligi;
fuqaroni belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topish
to‘g‘risidagi sud qarori.
Auditorlik faoliyatini amalga oshirayotganda quyidagi holatlar qonun hujjatlari talablarini bir marta qo‘pol
ravishda buzish deb topiladi:
qasddan soxta auditorlik xulosasini tuzish;
auditorlik tekshiruvini o‘tkazishdagi maxfiy axborotni buyurtmachining ruxsatisiz oshkor qilish (qonun
hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno);
auditorlik tekshiruvini o‘tkazishda aniqlangan xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan buxgalteriya hisobini
yuritish, shuningdek moliyaviy hisobotni tuzish bo‘yicha belgilangan talablarni buzish faktlarining auditor
tomonidan yashirilishi;
malaka sertifikatini boshqa shaxsga uning ushbu hujjatdan o‘z nomidan auditorlik faoliyatida ishtirok etish
uchun foydalanish maqsadida berish faktining aniqlanishi;

15.

auditorning nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan o‘tkaziladigan
tekshirishlarda auditorlik tashkiloti va ushbu organlar o‘rtasida shartnoma tuzmasdan mutaxassis sifatida
ishtirok etishi;
auditorning bir vaqtning o‘zida bittadan ortiq auditorlik tashkilotida auditorlik faoliyatini amalga
oshirishi;
auditor bir vaqtning o‘zida bittadan ko‘p auditorlik tashkilotida muassis (ishtirokchi) bo‘lishi faktining
aniqlanishi;
har yilgi malaka oshirishdan o‘tmaslik.
Malaka sertifikatining amal qilishi uni tugatish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan sanadan boshlab
tugatiladi, mazkur bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan holat bundan mustasno.
Auditorlik tashkiloti litsenziyasining amal qilishini tugatishga sabab bo‘lgan qoidabuzarliklarga yo‘l
qo‘ygan auditorlik tashkiloti rahbarining, shuningdek
Malaka sertifikati quyidagi hollarda bekor qilinadi:
Vazirlikning malaka sertifikatini berish to‘g‘risidagi qarori noqonuniy ekanligi aniqlanganda;
malaka sertifikati soxta hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganda.
Malaka sertifikatini bekor qilish to‘g‘risidagi qaror malaka sertifikati berilgan sanadan boshlab amal
qiladi.
Qonun hujjatlarini buzganlik uchun malaka sertifikati bekor qilingan yoki malaka sertifikatining amal
qilishi tugatilgan auditorlar, malaka sertifikati bekor qilingan yoxud amal qilishi tugatilgan sanadan boshlab
uch yil mobaynida malaka sertifikatini takroran olish uchun murojaat qilish huquqiga ega emas.

16.

Malaka sertifikatini bekor qilish yoki uning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi
qaror ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
Malaka sertifikatini bekor qilish yoki uning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi
qarori besh kunlik muddatda auditorga va ushbu auditor xizmat ko‘rsatayotgan
auditorlik tashkilotiga yuboriladi.
Auditor malaka sertifikatini bekor qilish yoki amal qilishini tugatish
to‘g‘risidagi qarorni olgan kundan boshlab 10 kun mobaynida o‘z malaka
sertifikatini Vazirlikka belgilangan tartibda yo‘q qilish uchun qaytarishi shart.
Vazirlikning malaka sertifikatini amal qilishini tugatish yoki uni bekor qilish
to‘g‘risidagi qarori ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat
qilinishi mumkin.

17.

18. 3.1 Auditorlar reyestri

Vazirlik tomonidan auditorlar reyestri yuritiladi va unda quyidagi ma’lumotlar qayd etiladi:
malaka sertifikatini olish sanasi, olgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va imzosi;
jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSh ShIR);
malaka sertifikatining raqami, berilgan sanasi;
har yili malaka oshirish kurslaridan o‘tganligi to‘g‘risidagi ma’lumot;
xalqaro buxgalter sertifikatining nomi va berilgan sanasi;
malaka sertifikatining amal qilish muddati uzaytirilganligi, amal qilishi tugatilganligi, bekor
qilinganligi, qayta rasmiylashtirilganligi hamda dublikat berilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar.
Vazirlikning veb-saytida auditorlar reyestr bilan tanishish uchun ochiq bo‘lgan ma’lumotlar
joylashtiriladi va unda quyidagilar ko‘rsatiladi:
auditorning familiyasi, ismi, otasining ismi;
malaka sertifikatining raqami, berilgan sanasi;
malaka sertifikatining amal qilish muddati;
auditorlarning malaka oshirganligi to‘g‘risidagi ma’lumot (yil yakuni bo‘yicha);
malaka sertifikatining amal qilishini tugatish, bekor qilish va dublikatini berish to‘g‘risidagi
ma’lumotlar.
English     Русский Правила