Похожие презентации:
Gеоgrаfik kооrdinаtаlаr
1. 2.2. GЕОGRАFIK KООRDINАTАLАR
Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм2.2. GЕОGRАFIK
2.2 Geografik koordinatalar
KООRDINАTАLАR
2.
3. Yer yuzidagi biror joyni, uning o‘rnini xarita yoki globusdan qanday topish mumkin?
4. Siz shaxmat yoki shashka taxtasini bilasiz. Undagi har bir katakning o‘rni harf va raqamlar bilan belgilab qo‘yilgan. Bu harf
va raqamlar yordamidakerakli katakni osongina topib olasiz.
5. Agar sizlar geografik xarita va globusga e’tibor berib qarasangiz, ularning katakchalar bilan qoplanganini ko‘rasiz.
6. Ular meridian va parallel chiziqlarining kesishishidan hosil bo‘lgan. Xarita va globuslarni qoplagan katakchalar daraja
(gradus) to‘rideyiladi (9-rasm).
7. Daraja to‘ri yordamida Yer yuzidagi har bir shahar, tog‘ cho‘qqisi, daryo boshlanadigan va quyiladigan joylarni, okean va
dengizlardagi orollar o‘rnini, umuman,barcha geografik obyektlarning o‘rnini aniqlash
mumkin.
8. Globus va xaritalardagi parallel chiziqlar geografik kenglikni bildiradi.
9. Geografik kenglik deb ekvatordan berilgan nuqtagacha bo‘lgan meridian yoyining daraja (gradus) hisobidagi kattaligiga aytiladi.
10. Ekvator chizig‘i 0° kenglik deb qabul qilingan. Qutblar kengligi esa 90° deb olingan.
11. Globus yoki xaritadagi istalgan nuqtaning geografik kengligini aniqlash uchun uning qaysi parallelda joylashganini bilish
zarur. Masalan, Toshkent 40°va 50° parallellar oralig‘ida, aniqrog‘i 41°
parallelda, Qohira shahri 30°, Kiyev esa 50°
parallelda joylashgan.
1. Toshkent
50
40
3
2
1
2. Qohira
3. Kiyev
12. Bu parallellarning hammasi ekvatordan shimolda joylashgani sababli ularning kengligi shimoliy kenglik deyiladi.
Ekvatordan janubdajoylashgan nuqtalar
(joylar)ning kengligi
esa janubiy kenglik
deb belgilanadi (26rasm).
13. Lekin har bir parallelda bitta nuqta emas, juda ko‘p nuqtalar bor. Shuning uchun globus va xaritalardagi kerakli nuqtaning
o‘rnini aniqlashda geografik kenglikni bilishningo‘zi yetarli emas. Buning uchun geografik uzunlikni
aniqlash ham zarur.
14. Geografik uzunlik
15. Geografik uzunlik deb Bosh meridiandan berilgan nuqtagacha bo‘lgan parallel yoyining daraja (gradus) hisobidagi uzunligiga
aytiladi (27-rasm).16. London shahri yaqinidagi Grinvich rasadxonasidan o‘tgan meridian Bosh meridian deb qabul qilingan.
17. Grinvich rasadxonasi
Grinvich rasadxonasi va boshmeridianga o ‘rnatilgan belgi.
18. Geografik uzunlik shu meridiandan parallellar bo‘ylab sharq va g‘arb tomonlarga daraja (gradus) birligida hisoblab boriladi.
Geografik uzunlik 0° dan180° gacha hisoblanadi.
19. 0° li meridian (Bosh meridian) dan g‘arb tomondagi nuqtalar g‘arbiy uzunlik,
sharqtomondagilari
sharqiy uzunlik
deyiladi (10- va
11-rasmlar).
20. Geografik kengliklar globusda parallellarga Bosh meridian yoniga yozib qo‘yilgan darajalar yordamida aniqlanadi.
21. Geografik uzunliklar esa ekvator chizig‘i ustiga yozib qo‘yilgan darajalar yordamida bilib olinadi.
22. Geografik xaritalarda geografik kenglik darajalari xaritalarning chap va o‘ng chekkasidagi ramkasi (chiziqlar) yoniga,
geografik uzunliklar darajalari xaritalarning yuqoriva pastki chekkasidagi meridian chiziqlar yoniga yozib
qo‘yiladi.
23. Yer yuzasidagi har bir nuqtaning kenglik va uzunligi uning geografik koordinatasi deb ataladi.
24. Masalan, Toshkentning geografik koordinatasi 41° shimoliy kenglik va 69° sharqiy uzunlikni tashkil etadi.
6941
25. Hozirgi kunda geografik koordinatalar Yerning sun’iy yo‘ldoshlari yordamida ishlovchi zamonaviy asboblar, jumladan, GPS
navigatorlar yordamidaham
aniqlanmoqda (12-rasm).
26. Topshiriqlar
•1. Mavzuni o`qish•2. Topshiriqlarni bajarib
kelish
•3. Rasmlarni chizib kelish
•4. Topishmoqlarni topish
27. b) quyidagi rasmga diqqat bilan qarang va A, B, C harflar bilan belgilangan meridianlarni Bosh meridianga eng yaqin
joylashganidan uzog‘iga qarabjadvalga joylashtiring.
28.
a) “Tanlang” bandidan foydalanib jumlanito‘ldiring:
• Geografik kengliklar globusda parallellarga
................................. yoniga yozib qo‘yilgan
darajalar yordamida aniqlanadi. Geografik
uzunliklar esa .............................. ustiga yozib
qo‘yilgan darajalar yordamida bilib olinadi.
Tanlang: Bosh meridian, ekvator chizig‘i.
29.
• 1. Harakatsiz barqaror, Yerda ikkinuqta bor.
• 2. Yer sharini qoq ikkiga bo‘laman,
Parallelga men parallel bo‘laman.
• 3. Ekvatordan Arktikaga Yo‘l oldi
do‘sting G‘ani. Qaysi kenglik tomon
borar Shu G‘ani, ayt-chi, qani?
География