Farmatsevtik eritmalar, siroplar, xushboʻy suvlar, efir moylar texnologiyasi.
Tinglovchilar bilimini tekshirish uchun savollar:
Vaziyatli masalalar:
AFZALLIKLARI Afzalliklari
Kamchiliklari
Farmatsevtik eritmalarning afzalliklar
Farmatsevtik eritmalarning kamchiliklari
Erituvchilar tasnifi
KIMYOVIY TUZILISHIGA KOʻRA ERITUVCHILARNI TASNIFLANISHI
1-laboratoriya ishi.
Ishni bajarish tartibi:
2 — laboratoriya ishi. Gulxayri qiyomi Sirupus Alteaeae
Ishni bajarish tartibi:
3-laboratoriya ishi. Ukrop xushboʻy suvi. Aqua Foeniculi.
4- laboratoriya ishi. Spirtli xushboʻy suvlar. Aqua spirituosa.
3.62M

4 amaliy mashg'ulot

1. Farmatsevtik eritmalar, siroplar, xushboʻy suvlar, efir moylar texnologiyasi.

Masharipova R.R.

2. Tinglovchilar bilimini tekshirish uchun savollar:

1.
Farmatsevtik eritmalar taʼrifi va tasnifi.
2.
Farmatsevtik eritmalarning asosiy tarkibiy qismlari nimalardan iborat vaular qanday maqsadlarda xizmat
qilishi mumkin?
3.
Farmatsevtik eritmalar barqarorligi va xavfsizligini hisobga olgan holdaqanday tayyorlanadi va sterilizatsiya
qilinadi?
4.
1.
Siroplar qanday tayyorlanadi va taʼmi va tuzilishini yaxshilash uchun
• qanday yordamchi moddalar qoʻshiladi?
Siroplardagi moddalarning kristallanishi yoki choʻkishining oldini olishuchun qanday choralar koʻriladi?
Farmatsevtik eritmalar, siroplar, xushboʻy suvlar va efir moylarini tibbiy va
• kosmetik maqsadlarda qanday ishlatish mumkin?
1. Erituvchilarga qoʻyilgan talablar.
2. Siroplar. Dorivor va
taʼm
beruvchi siroplarning farmatsevtika
• amaliyotidagi ahamiyati.
2.

3. Vaziyatli masalalar:

Tayyorlangan qiyom karamelga aylanib qoldi.
2. Tayyorlangan xushboʻy suv tarkibidagi efir moyi uchib ketdi.
3. Tayyorlangan farmatsevtik eritma tarkibiga stabilizator
qoʻshilmadi.
1.

4.


Suyuq dori shakllari (Liquid Drug Forms) - bu dori moddalari suyuq dispersiyali muhitda
taqsimlanadigan erkin, har tomonlama dispers tizim bo`lib, dorixona retseptlarining umumiy sonining
60% ni tashkil qiladi.
• Ushbu dori shakllari guruhiga quyidagilar kiradi:
chin eritmalar
yuqori molekulyar birikmalar eritmalari
kolloid eritmalar
suspenziyalar
emulsiyalar
Infuziyalar
damlamalar.

5. AFZALLIKLARI Afzalliklari

• AFZALLIKLARI
yuqori terapevtik ta'sirning tez boshlanishi;
tayyorlashning turli usullari;
foydalanish qulayligi;
yoqimsiz ta'mni maskalash imkoniyati;
tirnash
bromidlar);
gigroskopik moddalarni tarqatish imkoniyati.
xususiyati
beruvchi
ta'sirni yo'q
qilish
imkoniyati
(yodidlar,

6. Kamchiliklari

beqarorlik (chunki erigan shakldagi dorivor moddalar osongina turli xilo'zgarishlarga duchor bo'ladi);
pastroq dozalash aniqligi (ampulalar bundan mustasno), chunki bemor ularni uyda shartli choralar bilan
(masalan, qoshiqlar) dozalaydi;
transportning noqulayligi.

7.

• Eritmalar - erituvchi va unda ionlar yoki molekulalar shaklida tarqalgan bir yoki bir nechta komponentlardan
tashkil topgan suyuq bir jinsli tizimlar hisoblanadi.
• .Erigan moddalarning birikish holatiga ko'ra barcha eritmalar qattiq, suyuq va gazsimon moddalar
eritmalariga, ishlatiladigan erituvchiga qarab esa suvli, spirt, glitserin, moyli eritmalarga bo'linadi. Bundan
tashqari, maxsus guruh-siroplar va aromatik suvlardan iborat.

8. Farmatsevtik eritmalarning afzalliklar

qattiq dori shakllariga nisbatan tez soʻrilishi va terapevtik samaradorlikni tez yuzaga kelishi;
alohida texnologik jarayonlarni qoʻllanilishi (eritish, peptizatsiya, suspenziyalash yoki emulsiyalash) dori
moddalar dispers zarrachalarini dispers muhit tarkibida xoxlagan agregat holatida boʻlishi hisobiga
(erituvchi muhitda erigan holatda yoki muhitda teng taqsimlangan holatda) dori moddasini davolash
samaradorligini ortishi;
dori vositasining tarkibini va qoʻllash usulining turli-tumanligi;
ayniqsa bolalar va qariyalar amaliyoti qoʻllashning qulayligi;
baʼzi bir hujayra va toʻqimalarga toʻgʻridan-toʻgʻri zarar yetkazuvchi moddalarni (bromidlar, yodidlar)
eritma koʻrinishida bu hossalarini yoʻqotish mumkinligi;
dori moddalarini eritma koʻrinishida nohush hid va mazasini maskirovka qilish mumkinligi;

9. Farmatsevtik eritmalarning kamchiliklari

eritmalar saqlash davomida nisbatan turgʻun boʻlmagan dori turlari boʻlib, baʼzi bir moddalar eritma
koʻrinishida turli reaksiyalarga moyil hisoblanadi (gidroliz va oksidlanish jarayonlari tez yuzaga
keladigan moddalar);
mikroorganizmlarni
yashashi va koʻpayishi
uchun
qulay
sharoitni yaratilganligi;
tashish va saqlash uchun noqulay boʻlib, alohida qadoqlash turi va usullarini,
• shuningdek saqlash sharoitlarini talab etadi;
dozalar aniq emas, bu turdagi dori turlarida dozalash tomchilash yoki qoshiqlash orqali amalga
oshiriladi.

10.

• Meʼyoriy hujjatlarga binoan, farmatsevtik eritmalarni tayyorlashda erituvchi sifatida asosan tozalangan suv,
oʻsimlik moylari va etiloleat ishlatiladi. Yomon eriydigan moddalarning eruvchanligini yaxshilash va
turgʻunligini oshirish maqsadida yordamchi erituvchilar sifatida spirt, glitserin, propilenglikol, PEO-4000,
benzilbenzoat, benzil spirti va boshqalar ishlatiladi.
• Erituvchilarga quyidagi umumiy talablar:
tiniq, toza, barqaror;
kimyoviy va farmakologik jihatdan indifferent;
apirogen, zaharsiz;
arzon, mahalliy boʻlishi kerak.
yuqori erituvchanlik xossasiga;
noxush hid va taʼmga ega boʻlmasligi;
uchuvchan va yongʻindan havfli;
mikroorganizmlar yashashi va koʻpayishi uchun sharoit yaratmasligi kerak.

11.


Inyeksiya uchun ishlatiladigan dorilarda erituvchining taʼsir etuvchi modda miqdoridan bir necha marta
ortiqligi, uning zaharlilik koʻrsatkichi dori moddaning zaharliligidan bir necha marta kam boʻlishini taqozo etadi.
Shuningdek farmatsevtikamaliyotda ishlatiladigan erituvchilar quyidagi asosiy hususiyatlarga ega boʻlishi lozim:
Fizik xususiyatlari. Erituvchining qoʻzgʻaluvchanligi katta amaliy ahamiyatga ega boʻlib, u harorat taʼsirida
oʻzgarmasligi kerak. Muzlash harorati - 50C dan yuqori boʻlmasligi lozim.
Tiniqligi. Erituvchi qanchalik tiniq boʻlsa, undan tayyorlangan eritma ham shunchalik tiniq boʻladi. Eritmaning
tiniqligi esa dori vositasining sifatini belgilashda katta amaliy ahamiyatga ega.
Qaynash harorati. Erituvchining qaynash harorati +1000C dan yuqori boʻlgani maʼqul. Bu ulardan tayyorlangan
eritmalarni sterillashda ancha qoʻl keladi.
Osmotik bosimi. Dori moddasini toʻqima membranasidan tez va oson, shuningdek toʻlaqonli oʻtishi
uchunerituvchi yetarli darajada osmotik bosim hosil qila oladigan darajada boʻlishi kerak.
Qovushqoqligi. Erituvchining qovushqoqligi dori moddasining erishi, eritmani suzish, ampula yoki flakonlarga
quyish jarayonlarini sekinlashtiradi. Biroq organizmda dori moddasining soʻrilishini sekinlashtirganligi sababli ularni
taʼsirini uzaytiradi.
• Eruvchanligi. Bu hususiyati boʻyicha erituvchilar gidrofil va gidrofobga boʻlinadi. Koʻp hollarda erituvchilarning
aralashmasidan foydalaniladi. Gidrofil erituvchilarga butilenglikol, glitserin, glikofurol, glitseroformal, dimetilatsetamid,
solketal, metilatsetamid, propilenglikol, poliyetilenglikol, izopropil spirti,sulfolanlar; gidrofoblarga esa benzilbenzoat,
izopropilmiristat, oʻsimlik moylari, benzil spirti, etiloleat va boshqa erituvchilar kiradi.

12. Erituvchilar tasnifi

Erituvchi molekulalari bilan ionlarni oʻzaro bogʻliqligi vodorod bogʻlarining hosil boʻlishida muhim ahamiyat kasb
etadi. Bu jihatdan erituvchilar quyidagi 5 guruhga boʻlinadi.
1. Uch oʻlchamli vodorod bogʻlarini hosil qiluvchi suyuq erituvchilar (chumoli kislotasi, glikol va boshq.).
2. Ikki oʻlchamli vodorod bogʻlarini hosil qiluvchi suyuq erituvchilar. Ular qoidaga koʻra bitta OH guruhini saqlaydi
(fenollar, bir atomli spirtlar, chumoli kislotasidan tashqari bir asosli quyi karbon kislotalari va boshq.).
3. Tarkibida elektromanfiy azot, kislorod, oltingugurt, ftor atomlarini saqlaydigan vodorod bogʻlarini hosil
boʻlishida ishtirok etadigan erituvchilar (efirlar, tioefirlar, aminlar, ketonlar, aldegidlar va boshq.).
4. Molekulasida vodorod atomini saqlaydigan, vodorod bogʻlarini hosil qilishi mumkin boʻlgan, biroq protonlar
akseptori boʻlgan atom saqlamagan erituvchilar (xloroform, dixloretan va boshq.).
5. Oddiy holatlarda oʻz molekulasida donor sifatida ham, proton akseptori sifatida ham vodorod bogʻlarini hosil
qilmaydigan erituvchilar (uglevodlar, uglerodIV xlorid va boshq.).

13. KIMYOVIY TUZILISHIGA KOʻRA ERITUVCHILARNI TASNIFLANISHI

Kimyoviy tuzilishi bo’yicha tasnifi
Noorganik erituvchilar (tozalangan suv).
Organik erituvchilar (uglevodorodlar va ularni galogenlar bilan hosil qilgan hosilalari, spirtlar, oddiy va
murakkab efirlar, ketonlar, nitrobirikmalar va boshq.).
• Tabiati boʻyicha tasniflanishi
Suvli erituvchilar (tozalangan suv).
Suvsiz erituvchilar.
• Kombinirlangan erituvchilar

14.


Siroplar (Sirupi) – deb saxarozaning suvdagi konsentrlangan eritmalari (64% gacha) va fermentlangan
sharbatlar, shuningdek, dorivor moddalar, damlamalar va ekstraktlar eritmalari bilan aralashmalarga aytiladi.
Ular tarkibiga qarab, o'ziga xos ta'm va hidga ega. Siroplar, tarkibiga qarab, xushbo'y va dorivorga
bo'linadi.
Dorivor siroplarni tayyorlash uchun asos sifatida ham tabiiy, ham sintetik kelib chiqadigan moddalar keng
qo'llaniladi:
past atomli spirtlar (glitserin, sorbitol, ksilitol, propilen glikol);
maltitol, fruktoza, glyukoza, saxarin va boshqalar;
konservantlar
(sorbin kislotasi,
nipaginning nipazol
benzolkonium xlorid va boshqalar);
bo'yoqlar (Ponseau, eritrozin, tartrazin, tropeolin va boshqalar);
stabilizatorlar (almashtirilgan natriy fosfat, limon kislotasi).
bilan
aralashmasi,
Siroplarni tayyorlash uchun eng yuqori tozalangan shakar ishlatiladi - kamida99,9% saxaroza va 0,4% dan ko'p
bo'lmagan suvni o'z ichiga olgan tozalangan shakar.

15.

• Xushbo'y suvlar shaffof yoki ozgina xira suyuqliklar bo'lib, o'ziga xos hidga ega. Aromatik suvlarning
terapevtik ta'siri ularning ba'zilarida namoyon bo'ladi, lekin ular asosan yoqimsiz organoleptik xususiyatlarga
ega bo'lgan dorilarning ta'miva hidini yaxshilash uchun tayyorlanadi.
• Distillangan xushbo`y suvlar
ishlab chiqarishga tayyorlash
xom ashyoni tayyorlash
distillash
tozalash
standartlashtirish
qadoqlash va tayyor mahsulotni yorliqlash;
• Oddiy xushbo'y suvlar
ishlab chiqarishni tayyorlash
xom ashyoni tayyorlash
eritish
tozalash
standartlashtirish
qadoqlash va tayyor mahsulotni yorliqlash;

16. 1-laboratoriya ishi.

• Oddiy qand qiyomi.
Sirupus Simplex. Sirupus Sacchari.
• Tarkibi.
• Rafinad qand – 64,0 g
• Tozalangan suv – 36,0 g

17.

• Vazifa.
1. 100 g oddiy qand qiyomini tayyorlang.
2. Tayyor mahsulotning sifatini tekshiring.
• Kerakli asbob-uskunalar va materiallar.
1. Qand upasi.
2. Hajmi 500 ml boʻlgan kolba.
3. Tozalangan suv.
4. Elektr plitasi.
5. Doka va shisha tayoqcha.

18. Ishni bajarish tartibi:

• 64,0 g oliy navli tortib olingan qand hajmi 500 ml boʻlgan kolbaga solinib,
uning ustiga 36,0 ml tozalangan qaynoq suv solinadi. Soʻng qand erib
ketgunga qadar elektr plitasi yordamida qizdiriladi. Eritma 5-10 daqiqa
davomida qaynatilib, tayyor mahsulot 100 ml boʻlguncha qaynoq Tozalangan
suv qoʻshiladi. Qand miqdori kam boʻlganda eritma yuzasida koʻpik hosil
boʻladi. Bu koʻpik olib tashlanmaydi. Qiyom bir oz sovitilgach, issiq xolda 2
qavatli doka orqali suziladi.

19.

• Tayyor mahsulotning tavsifi. Tiniq, rangsiz, hidsiz yoki
sargʻish rangli quyuqroq suyuqlik boʻlib, shirin taʼmga ega.
Zichligi 1,301-1,313. Nur sindirish koʻrsatkichi 1,451-1,454.
• Qadoqlash.
Ogʻzi zich berkitiladigan shisha idishlarda 20 kg dan chiqariladi.
• Saqlanishi. Qorongʻi va salqin joyda saqlanadi.
• Ishlatilishi. Dorilarning mazasini yaxshilovchi sifatida va
boshqa dorivor qiyomlarni tayyorlash uchun asos boʻlib xizmat
qiladi.

20. 2 — laboratoriya ishi. Gulxayri qiyomi Sirupus Alteaeae

• Tarkibi.
• Gulxayri quruq ekstrakti — 2 g
• Qand qiyomi — 98 g
• Vazifa.
• 100 g Gulxayri ildizi qiyomini tayyorlang.Tayyor mahsulotning sifatini
tekshiring.
1.
2.
3.
4.
5.
• Kerakli asbob-uskunalar va materiallar.
Gulxayri quruq ekstrakti.
Chinni kosacha.
Qand qiyomi.
Suv hammomi.
Shisha tayoqcha

21. Ishni bajarish tartibi:

Tortib olingan chinni kosachaga 98,0 g qand qiyomi va 2,0 g
gulxayri quruq ekstrakti solinib, suv hammomida bir xil massa
hosil boʻlgunga qadar shisha tayoqcha bilan aralashtiriladi. Tayyor
mahsulotning sifati baholanib, jihozlanadi va qadoqlanadi.

22.


Tayyor mahsulotning tavsifi. Rangsiz yoki och sariq rangli, oʻziga xos hid va mazaga ega boʻlgan
suyuqlik.
• Zichligi. 1,322-1,327.
• Qadoqlash. Shisha idishlarda 100-200 ml dan chiqariladi.
• Saqlanishi. Salqin va qorongʻi joyda saqlanadi.
Ishlatilishi. Balgʻam koʻchiruvchi, yalligʻlanishga qarshi va taʼm beruvchivosita sifatida qoʻllaniladi.

23. 3-laboratoriya ishi. Ukrop xushboʻy suvi. Aqua Foeniculi.

• Tarkibi.
• Ukrop moyi — 1 gTalk — 10 g
1.
2.
1.
2.
3.
4.
5.
• 50-60 C gacha isitilgan suv — 1000 ml
• Vazifa
100 ml ukrop xushboʻy suvini tayyorlang.
Tayyor mahsulotning sifatini tekshiring.
• Kerakli asbob-uskunalar va materiallar.
Ukrop moyi va talk.
Xovoncha dastagi bilan.
Hajmi 100 ml boʻlgan, qopqogʻi zich berkitiladigan idish.
Filtr qogʻozi.
50-60 C haroratgacha isitilgan tozalangan suv.

24.

• Ishni bajarish tartibi:
• 1 g talk va 0,1 g ukrop moyi xovonchaga solinib, yaxshilab eziladi va massa qopqogʻI zich berkitiladigan
shisha idishga oʻtkazilib, 100 ml 50-60 C gacha isitilgan suv bilan 15 daqiqa davomida chayqatiladi.
Aralashma filtr qogʻozi orqali filtrlanib, qadoqlanadi.
• Tayyor mahsulotning tavsifi. Rangsiz, tiniq yoki xiraroq suyuqlik boʻlib, betaraf muhitli. Ukrop
hidi va mazasini eslatadi.
• Qadoqlash. Shisha idishlarda 30-50 ml dan chiqariladi.
• Saqlanishi. Ogʻzi zich berkitiladigan idishlarda toʻldirilgan xolda saqlanadi.
• Ishlatilishi.
Ichak
faoliyatini yaxshilashda va
• kamaytirishda bir kunda choy qoshiqda 3-6 martadan beriladi.
qorin
dam
boʻlishini

25. 4- laboratoriya ishi. Spirtli xushboʻy suvlar. Aqua spirituosa.

• Tarkibi.
• Efir moyi — 200 ml uchun 10 tomchigachaEtil spirti – 10,0 ml
• Tozalangan suv — yetarli miqdorda.
• Vazifa.
1.
200 ml spirtli xushboʻy suvni tayyorlang.
2.
Tayyor mahsulotning sifatini tekshiring.
• Kerakli asbob-uskunalar va materiallar.
1.
Efir moyi
2.
Etil spirti va Tozalangan suv.
3.
Hajmi 200 ml boʻlgan, qopqogʻi zich berkitiladigan idish.

26.

• Ishni bajarish tartibi:
• 2-10 tomchi efir moyi ogʻzi zich berkitiladigan shisha idishga solinib, ustiga 10,0 ml etil spirti solinadi
va efir moy toʻliq erib ketgunga qadar chayqatiladi. Efir moyitoʻliq erigandan soʻng
• ustiga 190 ml suv solib, 30 daqiqa davomida chayqatiladi. Soʻng 30 daqiqa tindirilib,
• suziladi. Tayyor mahsulot jihozlanib, qadoqlanadi.
• Tayyor mahsulotning tavsifi. Rangsiz, tiniq yoki sal tovlanuvchi xush taʼm
• suyuqlik.
• Qadoqlash. Shisha idishlarda 100, 200, 500 va 1000 ml dan chiqariladi.
• Saqlanishi. Yaxshi berkitiladigan idishlarda, salqin joyda saqlanadi.
• Ishlatilishi. Dorilarning hidi va taʼmini yaxshilash va efiro- va fitoterapiyada ishlatiladi.
English     Русский Правила