ASSALOMU ALAYKUM !
16-§. Jahon energetikasi geografiyasi
Sanoat jahon, turli mintaqa va davlatlar iqtisodiyotining yetakchi tarmog‘I hisoblanadi. Uning tarmoqlari orasida yoqilg‘I
Shu sababli mazkur tarmoq so‘nggi yillarda tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Neft, ko‘mir, gaz va elektr energetika sanoatlari
Neft sanoati.
Neftga bo‘lgan talab yuqoriligi sababli dengiz sayozligidagi neft havzalari (masalan, Shimoliy dengiz, Meksika, Gvineya,
OPEK davlatlari (Angola, Birlashgan Arab Amirliklari, Ekvatorial Gvineya, Eron, Gabon, Jazoir, Iroq, Kongo, Kuvayt, Liviya,
Hozirgi kunda Janubi-g‘arbiy Osiyo, Shimoliy Amerika va Yevropa (MDH bilan birga) mintaqalari jahonda qazib olinadigan “qora
2020-yil yakunlariga ko‘ra, davlatlar orasida neft qazib olish bo‘yicha AQSH (712,7 mln t), Rossiya (524,4 mln t), Saudiya
Mazkur davlatlar hissasiga jami qazib olingan neftning 53% iga yaqin qismi to‘g‘ri kelgan. Saudiya Arabistoni, Rossiya, BAA,
Jahondagi yirik neftni qayta ishlash zavodlari yirik neft konlari asosida yoki iste’molchilarga yaqin hududlarda joylashgan.
Gaz sanoati
Ma’lumotlarga ko‘ra, gazning jahon bo‘yicha umumiy isbotlangan zahirasi 188,1 trillion m3 ni tashkil etadi. So‘nggi vaqtlarda
Gaz qazib olish bo‘yicha Osiyo, Shimoliy Amerika, Yevropa mintaqalari yetakchi bo‘lsa, davlatlar orasida AQSH (914,6 milliard
Suyultirilgan gaz
Tabiiy gaz suyuq holatga o‘ tkazilishi jarayonida o‘rtacha hisobda 600 marotabagacha siqiladi. Bu maxsus gaz tashuvchi
Jahonning 30 taga yaqin davlatlarida suyultirilgan gaz ishlab chiqariladi. Qatar, Avstraliya, Malayziya kabi davlatlar ular
Ko‘mir sanoati
E’tiborlisi shundaki, qazib chiqarilayotgan ko‘mir asosan o‘sha davlatlarning o‘zida iste’mol qilinadi, eksportga esa ancha kam
Ishlab chiqarishda neft va tabiiy gazdan keng miqyosda foydalanish ko‘mirga bo‘lgan talabning kamayishiga sabab bo‘ldi.
Qazib olingan ko‘mirning 50%i Xitoy (3,9 milliard t) hissasiga to‘g‘ri keladi. Hindiston (756,5 mln t), Indoneziya (562,5 mln
Elektr energetika sanoati
Xitoy (7,8 trln kW・h), AQSH (4,3 trln kW・h), Hindiston (1,6 trln kW・h), Rossiya (1,1 trln kW・h), Yaponiya (1,0 trln kW・h) kabi
Elektr energiyasini ishlab chiqarishda an’anaviy (issiqlik, gidro va atom elektr stansiyalari) yo‘nalishlar ulushi deyarli 99%
Issiqlik elektr energetikasi
Niderlandiya (97%), JAR (91%), Polsha (87%), Ruminiya (83%), Meksika (82%) kabi davlatlarida ishlab chiqarilayotgan elektr
Tuoketuo, Tayjun (Xitoy), Surgut GRES-2 (Rossiya) jahondagi eng yirik IESlar hisoblanadi (32-rasm).
Suv oqimining energiyasini gidravlik turbinalar yordamida elektr energiyasiga aylantirishga tayanadi. GESlar suvi ko‘p bo‘lgan
Norvegiya (99%), Braziliya (92%), Albaniya (90%), Kolumbiya (70%) kabi davlatlarda elektr energiyasining asosiy qismi GESlarda
Atom elektr energetikasi
Hozirgi kunda jahonning 30 tadan ortiq davlatida AESlar faoliyat ko‘rsatmoqda.
Eng yirik AESlar Yaponiya, AQSH, Fransiya, Germaniya, Rossiya kabi davlatlar hududida joylashgan. Fransiya (72%), Belgiya
Noan’anaviy energiya manbalari
Ular asosida ishlovchi elektr stansiyalari atrof-muhitga deyarli salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi.
Geotermal energiyadan foydalanish AQSH, Rossiya, Filippin, Italiya, Islandiya kabi davlatlarda yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa,
Fransiya, Kanada, Rossiya, Xitoyda dengiz qalqishidan,
Yevropaning bir qator davlatlari (masalan, Niderlandiya, Germaniya), AQSHda shamoldan,
AQSH va Fransiyada esa quyoshdan elektr energiyasini olish faol rivojlanmoqda.
Biomassa asosida islaydigan elektr stansiya
© Foydalanilgan adabiyotlar:
© Internet manbalari:
© Internet manbalari:
© Internet manbalari:
© Internet manbalari:
21.78M
Категория: ГеографияГеография

16-§. Jahon energetikasi geografiyasi

1. ASSALOMU ALAYKUM !

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм
ASSALOMU ALAYKUM !
@geography_method

2. 16-§. Jahon energetikasi geografiyasi

Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм
16-§. Jahon energetikasi geografiyasi

3.

4. Sanoat jahon, turli mintaqa va davlatlar iqtisodiyotining yetakchi tarmog‘I hisoblanadi. Uning tarmoqlari orasida yoqilg‘I

energetika tarmog‘i alohida o‘rin egallaydi. Elektr energetika
sanoatning muhim tarmog‘i hisoblanib, boshqa sohalarning rivoji
uchun asos yaratib beradi.

5. Shu sababli mazkur tarmoq so‘nggi yillarda tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Neft, ko‘mir, gaz va elektr energetika sanoatlari

yoqilg‘i-energetika majmuasining
asosiy tarmoqlaridir.

6. Neft sanoati.

So‘nggi 70 yil mobaynida jahonda neft qazishning yalpi hajmi
8,5 barobar ortgan (28-rasm).

7. Neftga bo‘lgan talab yuqoriligi sababli dengiz sayozligidagi neft havzalari (masalan, Shimoliy dengiz, Meksika, Gvineya,

Kaliforniya
ko‘rfazlari) ham ishga tushirilmoqda. Norvegiya, Buyuk Britaniyada
aynan shu hududlar qazib olinadigan neftning 100% ini, AQSHda esa
50% ini beradi.

8.

2020-yil jahon bo‘yicha jami 4,2 milliard tonna neft qazib
olingan bo‘lib, uning katta qismi OPEK tashkilotiga a’zo
davlatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan (29-rasm).

9.

OPEK – Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti. Tashkilotning
bosh qarorgohi Avstriya poytaxti Vena shahrida joylashgan (30rasm). 1.01.2022-yil holatiga ko‘ra Osiyo, Afrika va Lotin
Amerikasining 13 ta davlat a’zosi hisoblanadi (31-rasm).

10. OPEK davlatlari (Angola, Birlashgan Arab Amirliklari, Ekvatorial Gvineya, Eron, Gabon, Jazoir, Iroq, Kongo, Kuvayt, Liviya,

Nigeriya, Saudiya Arabistoni, Venesuela) hududida jahon neft
zaxiralarining ⅔ qismi to‘plangan bo‘lib, ular yillik neft qazishning
⅓ qismini ta’minlab bermoqda.

11. Hozirgi kunda Janubi-g‘arbiy Osiyo, Shimoliy Amerika va Yevropa (MDH bilan birga) mintaqalari jahonda qazib olinadigan “qora

oltin”ning deyarli ⅔ qismini bermoqda.

12. 2020-yil yakunlariga ko‘ra, davlatlar orasida neft qazib olish bo‘yicha AQSH (712,7 mln t), Rossiya (524,4 mln t), Saudiya

Arabistoni (519,6 mln t), Kanada (252,2 mln t) hamda Iroq (202,0
mln t) yetakchilik qilgan.

13. Mazkur davlatlar hissasiga jami qazib olingan neftning 53% iga yaqin qismi to‘g‘ri kelgan. Saudiya Arabistoni, Rossiya, BAA,

Kuvayt, Iroq kabi davlatlar yirik neft eksportyorlari hisoblansa,
AQSH, Xitoy, Yaponiya, G‘arbiy Yevropa davlatlari esa asosiy
neft sotib oluvchi davlatlar guruhini tashkil etadi (30-rasm).

14. Jahondagi yirik neftni qayta ishlash zavodlari yirik neft konlari asosida yoki iste’molchilarga yaqin hududlarda joylashgan.

Jahon mintaqalari orasida Yevropa, Shimoliy Amerika, Osiyo,
davlatlar orasida esa AQSH, Xitoy, Rossiya neftni qayta ishlash
bo‘yicha peshqadamlik qiladi.

15. Gaz sanoati

Tabiiy gaz yoqilg‘i sifatida boshqa yoqilg‘i turlaridan ekologik
jihatdan nisbatan bezarar energiya manbai ekani bilan ajralib turadi.
Shu bilan birga, u qazib olish tannarxining arzonligi, issiqlik berish
quvvatining yuqoriligi kabi xususiyatlarga ham ega.

16. Ma’lumotlarga ko‘ra, gazning jahon bo‘yicha umumiy isbotlangan zahirasi 188,1 trillion m3 ni tashkil etadi. So‘nggi vaqtlarda

gaz qazib
olish hajmi yildan-yilga oshib bormoqda. Agar 1950-yil u 200 milliard
m3, 2000-yil esa 2420 milliard m3 ni tashkil etgan bo‘lsa, 2020-yilga
kelib, 3854 milliard m3 ga yetdi

17. Gaz qazib olish bo‘yicha Osiyo, Shimoliy Amerika, Yevropa mintaqalari yetakchi bo‘lsa, davlatlar orasida AQSH (914,6 milliard

m3), Rossiya (638,5 milliard m3), Eron (250,8 milliard m3),
Xitoy (194,0 milliard m3), Qatar (171,3 milliard m3) peshqadam.

18. Suyultirilgan gaz

Tashish va saqlashda qulay bo‘lishi uchun sun’iy ravishda
−160 °C haroratgacha sovutilgan tabiiy gaz.

19. Tabiiy gaz suyuq holatga o‘ tkazilishi jarayonida o‘rtacha hisobda 600 marotabagacha siqiladi. Bu maxsus gaz tashuvchi

tankerlar yordamida uni qit’alararo eksport qilish imkonini beradi
(31-rasm).

20. Jahonning 30 taga yaqin davlatlarida suyultirilgan gaz ishlab chiqariladi. Qatar, Avstraliya, Malayziya kabi davlatlar ular

orasida yetakchilik qiladi. Yaponiya, Xitoy, Koreya Respublikasi
suyultirilgan gazning asosiy iste’molchilaridir.

21. Ko‘mir sanoati

Qo‘ng‘ir va toshko‘mir asosan elektr stansiyalarida yoqilg‘i
sifatida, qora metallurgiya va kimyo sanoatlarida foydalaniladi.

22. E’tiborlisi shundaki, qazib chiqarilayotgan ko‘mir asosan o‘sha davlatlarning o‘zida iste’mol qilinadi, eksportga esa ancha kam

qismi chiqariladi.

23. Ishlab chiqarishda neft va tabiiy gazdan keng miqyosda foydalanish ko‘mirga bo‘lgan talabning kamayishiga sabab bo‘ldi.

Ko‘mirning aniqlangan zaxiralari 1074,0 milliard tonnani
tashkil etgan holda, jahon bo‘yicha yillik qazib olish miqdori 7,7
milliard tonnaga teng (2020-y.).

24. Qazib olingan ko‘mirning 50%i Xitoy (3,9 milliard t) hissasiga to‘g‘ri keladi. Hindiston (756,5 mln t), Indoneziya (562,5 mln

t), AQSH (484,7
mln t), Avstraliya (476,7 mln t) kabi davlatlar ham shu soha
peshqadamlari hisoblanadi. Jahon mintaqalari orasida ko‘mir qazib
olish hajmi Osiyo, Shimoliy Amerika va Avstraliyada yuqori.

25. Elektr energetika sanoati

Jahonda 2020-yil taxminan 27 trln kW・h elektr energiyasi ishlab
chiqarilgan.

26. Xitoy (7,8 trln kW・h), AQSH (4,3 trln kW・h), Hindiston (1,6 trln kW・h), Rossiya (1,1 trln kW・h), Yaponiya (1,0 trln kW・h) kabi

Xitoy (7,8 trln kW・h), AQSH (4,3 trln kW・h), Hindiston (1,6 trln kW
・h), Rossiya (1,1 trln kW・h), Yaponiya (1,0 trln kW・h) kabi
davlatlar eng ko‘p elektr energiyasini ishlab chiqaradi.

27. Elektr energiyasini ishlab chiqarishda an’anaviy (issiqlik, gidro va atom elektr stansiyalari) yo‘nalishlar ulushi deyarli 99%

ni
tashkil etadi. Muqobil energiya manbalarining (quyosh, shamol,
suv qalqishi, geyzerlardan olinadigan energiya) salmog‘i esa
ancha past.

28. Issiqlik elektr energetikasi

Elektr energetika
sanoatining yetakchi
tarmog‘i hisoblanib,
ko‘mir, gaz
va neft hamda
ularning qoldiqlari
asosida issiq bug‘ va
elektr energiyasi
ishlab chiqaradi.

29. Niderlandiya (97%), JAR (91%), Polsha (87%), Ruminiya (83%), Meksika (82%) kabi davlatlarida ishlab chiqarilayotgan elektr

energiyasining asosiy qismi IESlarga to‘g‘ri keladi.

30. Tuoketuo, Tayjun (Xitoy), Surgut GRES-2 (Rossiya) jahondagi eng yirik IESlar hisoblanadi (32-rasm).

1
2
3

31. Suv oqimining energiyasini gidravlik turbinalar yordamida elektr energiyasiga aylantirishga tayanadi. GESlar suvi ko‘p bo‘lgan

Gidroelektr energetika
Suv oqimining
energiyasini gidravlik
turbinalar yordamida
elektr energiyasiga
aylantirishga tayanadi.
GESlar suvi ko‘p
bo‘lgan tog‘ daryolariga, vodiylarining
toraygan joylariga
quriladi.

32. Norvegiya (99%), Braziliya (92%), Albaniya (90%), Kolumbiya (70%) kabi davlatlarda elektr energiyasining asosiy qismi GESlarda

ishlab chiqariladi.
Eng katta GES - «Uch dara» GESi

33. Atom elektr energetikasi

Elektr energetikaning fan-texnika inqilobi davrida rivojlanishni
boshlagan, murakkab texnologik jarayonlarni o‘zida
mujassamlashtirgan tarmog‘i.

34. Hozirgi kunda jahonning 30 tadan ortiq davlatida AESlar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Obninsk AES 1954-yil
ishga tushgan.

35. Eng yirik AESlar Yaponiya, AQSH, Fransiya, Germaniya, Rossiya kabi davlatlar hududida joylashgan. Fransiya (72%), Belgiya

(61%), Koreya Respublikasi (54%) AESlar asosida olinuvchi
elektr energiyasi ulushi eng yuqori bo‘lgan davlatlar hisoblanadi.
Eng katta AES - Kasivadzaki-Kariva AESi

36. Noan’anaviy energiya manbalari

So‘nggi yillarda jahon
mamlakatlarida
ekologik jihatdan
xavfsiz muqobil
energiya manbalariga
(quyosh, shamol, suv
qalqishi, geotermal
energiya) bo‘lgan
talab ortib bormoqda.

37. Ular asosida ishlovchi elektr stansiyalari atrof-muhitga deyarli salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi.

38. Geotermal energiyadan foydalanish AQSH, Rossiya, Filippin, Italiya, Islandiya kabi davlatlarda yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa,

39. Fransiya, Kanada, Rossiya, Xitoyda dengiz qalqishidan,

40. Yevropaning bir qator davlatlari (masalan, Niderlandiya, Germaniya), AQSHda shamoldan,

41. AQSH va Fransiyada esa quyoshdan elektr energiyasini olish faol rivojlanmoqda.

42. Biomassa asosida islaydigan elektr stansiya

43.

44. © Foydalanilgan adabiyotlar:

• V. N. Fedorko, N. I. Safarova, J. A. Ismatov, E. Y. Nazaraliyeva– Geografiya
(Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi), umumiy o‘rta ta’lim maktablarining
10- sinf o‘quvchilari uchun darslik, Respublika ta’lim markazi, 2022
• @edurtm_uz

45. © Internet manbalari:


www.wikipedia.org
www.kklike.net
www.constructionplacements.com
www.сезоны-года.рф
www.mskgazeta.ru
www.nsenergybusiness.com
www.shell.us
www.ria.ru
www.cnbc.com
www.russian.rt.com
www.market-prices.com
www.nytimes.com
www.promdevelop.com
www.en.mercopress.com
www.oilprice.com

46. © Internet manbalari:


www.iran.ru
www.m.infox.ru
www.sovet-ingenera.com
www.orient.tm
www.aa.com.tr
www.worldatlas.com
www.oilcapital.ru
www.nsenergybusiness.com
www.сферанефтьигаз.рф
www.neftegaz.ru
www.exports.com
www.canberratimes.com.au
www.caixinglobal.com
www.glavnerud.ru
www.eenergy.media

47. © Internet manbalari:


www.naruservice.com
www.treehugger.com
www.blog.bizvibe.com
www.energy.economictimes.indiatimes.com
www.valuewalk.com
www.dekatop.com
www.gazeta.ru
www.power-and-beyond.com.
www.realty.ria.ru
www.new.siemens.com
www.inf.news
www.moneymakerfactory.ru
www.ren.ldp.no
www.ihsmarkit.com
www.russian.rt.vom

48. © Internet manbalari:


www.fee.org
www.which.co.uk
www.electricalschool.info
www.ultraprogress.ru
www.youtube.com
www.researchgate.net
www.windpowermonthly.com
www.solarpowereurope.org

49.

© Qambarov Alimbek
Xatolari bo‘lishi mumkin, tekshirib ko‘ring.
Qambarov Sirojiddin tomonidan to‘plandi va
Telegram manzil:
• География методика
@geography_method
tartiblandi.
English     Русский Правила