Похожие презентации:
RAH FLIPS 7 E (3)
1. Ilgʻor taʼlim modullari (RAH, FLIPS, 7E modeli)dan foydalanish.
2. RAH modeli mohiyati
Real life (Haqiqiy hayot)O‘quvchilar hayotiy voqea yoki vaziyat
bilan tanishadilar. Bu fakt, hodisa,
ijtimoiy muammo yoki tarixiy holat
bo‘lishi mumkin.
Analysis (Tahlil)
O‘quvchilar voqeani ma’lumot, dalil
va sabablar asosida tahlil qiladilar,
asosiy omillarni ajratib oladilar.
Hypothesis (Gipoteza)
O‘quvchilar tahlil natijalariga
asoslanib taxminlar ilgari suradilar,
muammoni yechish yo‘llarini taklif
qiladilar.
RAH modeli
Bu o‘quvchilarning ijtimoiy fanlarni
o‘rganishda real hayotiy
vaziyatlardan kelib chiqib tahlil qilish
va ilmiy taxmin (gipoteza)lar ilgari
surish jarayoniga asoslangan
pedagogik yondashuvdir.
3. Modelning maqsadi
AO‘quvchilarda tanqidiy va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini
rivojlantirish.
B
Hayotiy muammolarni hal etish bo‘yicha mustaqil yondashuvni
shakllantirish.
C
Ijtimoiy fanlarni real voqealar bilan bog‘lash orqali bilimni
amaliyotda qo‘llash.
D
Guruh bo‘lib ishlash, fikr almashish va dalillash madaniyatini
rivojlantirish.
4. Maktab sharoitida qo‘llashda
O‘qituvchi roli:Savollar orqali o‘quvchilarning tahlil va
gipoteza jarayoniga yo‘naltirish.
Hayotiy vaziyatni tanlash va uni
o‘quvchilar uchun tushunarli qilib
taqdim etish.
Yakuniy xulosani umumlashtirish va
muhokama qilish.
O‘quvchi roli:
Yechim bo‘yicha gipoteza ishlab chiqish
va taqdim etish
Berilgan vaziyatni o‘rganish,
faktlarni yig‘ish.
Guruh bo‘lib tahlil qilish, dalillarni
taqqoslash
5. Amaliy topshiriq
6.
Bir nechta millat vakillari o‘qiydigan maktabda ikki sinf o‘quvchilari o‘rtasida milliy urfodatlar, kiyinish yoki tilda hazil qilish sababli kelishmovchilik yuzaga keldi. Bu nizoasta-sekin sinf muhitiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Real life: O‘quvchilar orasida
millatlararo kelishmovchilik
tarbiyaga qanday salbiy ta’sir
qiladi?
Real life: Tarixda turli millat va elatlar
tinch-totuv yashagan davrlar yoki
aksincha, nizolar yuzaga kelgan
holatlar bo‘lganmi?
Analysis: Qaysi tarixiy sabablarga ko‘ra
nizo yoki totuvlik yuzaga kelgan?
Hypothesis: Bugungi o‘quvchilarga
millatlararo totuvlik bo‘yicha qanday
tarixiy saboq berish mumkin?
Real life: O‘zbekiston Konstitutsiyasi
va qonunlarida millatlararo totuvlik va
tenglik qanday kafolatlangan?
Analysis: Qonunchilikka ko‘ra
kamsitish yoki millatlararo nizolar
uchun qanday javobgarlik bor?
Hypothesis: O‘quvchilarni huquqiy
tenglik va bag‘rikenglikka qanday
o‘rgatish mumkin?
Analysis: Qaysi tarbiyaviy
omillar (oila, maktab, mahalla,
OAV) bunda yetarli
ishlamayapti?
Hypothesis: Bag‘rikenglik va
do‘stlikni kuchaytirish uchun
qanday tarbiyaviy tadbirlarni
o‘tkazish mumkin?
7. FLIPS Modeli
8. Modelning mohiyati:
FLIPS modeli – bu o‘quvchiga faqat bilim berish emas, balki uni jamiyatda faol, mustaqil, mas’uliyatli valider shaxs sifatida shakllantirishga qaratilgan ta’lim yondashuvi.
Moslashuvchan muhit: o‘quv jarayonida
dars uslublarini vaziyatga qarab o‘zgartirish
(diskussiya, loyiha, onlayn tadqiqot,
ekskursiya).lanet
Faol ishtirok: o‘quvchi passiv tinglovchi
emas, balki muhokama, savol-javob, guruh
ishlari orqali darsning faol ishtirokchisi.
Mustaqil o‘rganuvchi: o‘quvchi o‘qituvchining
tayyor bilimidan tashqari manbalarni o‘zi
o‘rganadi, tahlil qiladi va xulosa chiqaradi.
Yetakchilik: o‘quvchi guruh sardori yoki
loyiha rahbari sifatida boshqalarni
yo‘naltiradi, tashabbus ko‘rsatadi.
Mas’uliyatlilik: o‘quvchi jamiyat oldidagi vazifalarini anglaydi,
guruhdagi roli va natijasi uchun javobgarlikni his qiladi.
9. Modelning maqsadi:
Ijtimoiy fanlarni o‘qitishdao‘quvchilarni faol va mas’uliyatli
shaxs sifatida shakllantirish.
Mustaqil bilim olish va tanqidiy
fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish.
O‘quvchilarni ijtimoiy hayotga
moslashuvchan, fuqarolik
ongiga ega qilib tarbiyalash.
Ta’lim jarayonida hamkorlik va
jamoada ishlash ko‘nikmalarini
mustahkamlash.
Liderlik va tashabbuskorlikni
kuchaytirish.
10. Amaliy topshiriq
11.
HarfMazmuni
Guruh vazifasi
F – Moslashuvchan muhit
Darsni turli metod va sharoitlarda
tashkil etish (interaktiv, loyiha,
onlayn, ekskursiya).
O‘z faningizda
(Tarix/Huquq/Tarbiya) darsni qaysi
muhitda samaraliroq tashkil etishni
yozing.
L – Faol ishtirok
O‘quvchini passiv tinglovchi emas,
faol muhokamachi qilish.
Mavzuni o‘quvchilarni qanday
bahs-munozaraga jalb qilishingizni
yozing.
I – Mustaqil o‘rganuvchi
O‘quvchilarga mustaqil izlanish va
tahlil qilish imkonini berish.
O‘quvchilarga qanday mustaqil
topshiriq berishingiz mumkinligini
yozing.
P – Yetakchilik
Guruhda liderlik va
tashabbuskorlikni qo‘llabquvvatlash.
Guruhdagi o‘quvchilardan birini
lider sifatida qanday jalb qilasiz?
S – Mas’uliyatlilik
O‘quvchilar jamiyat oldida va
darsdagi roli uchun mas’ul bo‘lishi.
O‘quvchilarning mas’uliyatini
oshirish uchun qanday vazifa
berasiz?
12.
Quyidagi vaziyatlardan birini tanlang va FLIPS modelining qaysi elementi bilanyechim topilishini yozing:
Tarix darsida o‘quvchilar faqat tinglovchi bo‘lib qolishmoqda. Siz qanday
yondashuvni qo‘llaysiz? → (_________)
Huquq darsida o‘quvchilar huquqiy normalarni yodlashmoqda, lekin mustaqil
izlanish qilmayapti. Qanday usulni qo‘llaysiz? → (_________)
Tarbiya darsida o‘quvchilar o‘z vazifalariga loqayd qarashmoqda. Siz ularni qanday
jalb etasiz? → (_________)
13.
Quyidagi vaziyatlardan birini tanlang va FLIPS modelining qaysi elementi bilanyechim topilishini yozing:
Tarix darsida o‘quvchilar faqat tinglovchi bo‘lib qolishmoqda. Siz qanday
yondashuvni qo‘llaysiz? → (Faol ishtirok (L) – interaktiv savol-javob,
bahs, rolli o‘yin orqali jalb qilish)
Huquq darsida o‘quvchilar huquqiy normalarni yodlashmoqda, lekin mustaqil
izlanish qilmayapti. Qanday usulni qo‘llaysiz? → (Mustaqil o‘rganuvchi (I)
– manbalar bilan ishlash, mini-tadqiqot topshiriqlarini berish)
Tarbiya darsida o‘quvchilar o‘z vazifalariga loqayd qarashmoqda. Siz ularni qanday
jalb etasiz? → (Mas’uliyatlilik (S) – guruh ishi, vazifaga javobgarlik,
ijtimoiy loyihalarda qatnashishga yo‘naltirish)
14.
Amaliy topshiriq: Juftini topFLIPS elementlarini mos keladigan ta’rif bilan bog‘lang:
Moslashuvchan muhit → a) Guruh sardori taqdimot qiladi
Faol ishtirok → b) O‘quvchi mustaqil izlanadi
Mustaqil o‘rganuvchi → c) Dars turli metodlarda o‘tkaziladi
Yetakchilik → d) O‘quvchi bahs-munozaraga faol qo‘shiladi
Mas’uliyatlilik → e) O‘quvchi jamiyat oldida javobgarlikni his qiladi
15.
Juftini top (javoblar)Moslashuvchan muhit → c) Dars turli metodlarda o‘tkaziladi
Faol ishtirok → d) O‘quvchi bahs-munozaraga faol qo‘shiladi
Mustaqil o‘rganuvchi → b) O‘quvchi mustaqil izlanadi
Yetakchilik → a) Guruh sardori taqdimot qiladi
Mas’uliyatlilik → e) O‘quvchi jamiyat oldida javobgarlikni his qiladi
16.
Refleksiya (o‘zlashtirishni tekshirish)Quyidagi savollarga yozma javob bering:
FLIPS modelidan o‘zingiz uchun eng foydali element qaysi
bo‘ldi va nega?
O‘z darsingizda uni qanday tatbiq qilishingiz mumkin?
Ushbu model sizning o‘qituvchilik kasbiy rivojlanishingizga
qanday hissa qo‘shadi?
17.
7E MODELImohiyati va
uning darsda
qo‘llanishi.
18.
1.ELICIT (Chaqirish / Mavjud bilimni aniqlash)Mohiyati:
O‘quvchilarning oldindan mavjud bilim, tajriba va tushunchalarini yuzaga chiqarish.
O‘qituvchi o‘quvchilar bilimi darajasini aniqlab, yangi mavzu bilan bog‘laydi.
7.EXTEND (Keng qo‘llash)
Mohiyati:
•O‘quvchilar o‘rgangan bilimlarini
yangi vaziyatlarda qo‘llaydilar.
2.ENGAGE(Jalb etish)
Mohiyati:
•O‘quvchilarda qiziqish uyg‘otish
va darsga motivatsiya yaratish.
7E modeli
6.EVALUATE (Baholash)
Mohiyati:
•O‘quvchilar o‘zlashtirgan bilim,
ko‘nikma va malakalari
tekshiriladi.
3.EXPLORE(Tadqiq etish)
Mohiyati:
•O‘quvchilar mavzu bo‘yicha izlanish, tajriba,
guruhli ishlarda faol qatnashadilar.
5.ELABORATE (Kengaytirish)
4.EXPLAIN(Izohlash)
Mohiyati:
•O‘quvchilar o‘z topilmalarini tushuntiradilar, o‘qituvchi
umumiy xulosani izohlaydi.
Mohiyati:
•O‘quvchilar yangi bilimni
chuqurlashtiradilar va uni boshqa
kontekstlarda qo‘llaydilar.
19.
1. Elicit (Chaqirish /Mavjud bilimni aniqlash)
O‘quvchilarning mavjud bilimlarini
yuzaga chiqarish.
2. Engage (Jalb etish)
Mohiyati: Mavzuga qiziqish
uyg‘otish.
•Tarix: “Buyuk Ipak yo‘li haqida nima
bilasiz?” savoli, “Aqliy hujum” usuli.
•Huquq: “Huquq nima? Siz o‘zingizning
qaysi huquqlaringizni bilasiz?”
•Tarbiya: “Mas’uliyat” so‘zini
eshitganingizda nimalar yodingizga
keladi?
•Tarix: Savdo karvoni yoki qadimgi shaharlar
suratini ko‘rsatish.
•Huquq: Huquq buzilishi haqida qisqa video
yoki hayotiy vaziyat misoli.
•Tarbiya: Halollik yoki mas’uliyatsizlik bilan
bog‘liq hikoya o‘qib berish.
Natija: o‘quvchilar yangi mavzuga tayyorlanadi,
mavjud bilimlari faollashtiriladi.
Natija: o‘quvchilarda mavzuga qiziqish paydo
bo‘ladi, motivatsiya kuchayadi
20.
3. Explore (Tadqiq etish)Mohiyati: O‘quvchilar mavzuni izlab topadilar, manbalarni o‘rganadilar.
Tarix: Guruhlarga xarita beriladi va savdo yo‘llarini topish vazifasi beriladi.
Huquq: O‘quvchilar Konstitutsiya yoki BMT Inson huquqlari deklaratsiyasidan
moddalarni izlaydi.
Tarbiya: Allomalarning tarbiya haqidagi fikrlarini mustaqil topish (masalan,
Navoiy, Beruniy).
Natija: o‘quvchilar mustaqil izlanadi, dalil va faktlarni topishni o‘rganadi.
4. Explain (Izohlash)
Mohiyati: Topilgan ma’lumotlarni tushuntirish va
umumlashtirish.
Mohiyati: Bilimlarni chuqurlashtirish va kengroq qo‘llash.
Tarix: Guruhlar savdo yo‘llarining ahamiyati haqida
taqdimot qiladi.
Huquq: O‘quvchilar huquqiy moddani izohlab
beradi, o‘qituvchi umumlashtiradi.
Tarbiya: Guruhlar mas’uliyatli qaror qabul qilish
misollarini taqdim etadi.
Tarix: Savdoning madaniyat, din va ilm-fan tarqalishiga
ta’sirini muhokama qilish.
Huquq: Huquqlar buzilishi oqibatida qanday ijtimoiy
muammolar yuzaga kelishini tahlil qilish.
Tarbiya: Mas’uliyatli qarorlar qabul qilishda oilaviy va
jamiyatdagi vaziyatlarni ko‘rib chiqish.
Natija: bilimlar tartiblanadi, tushunchalar izohlanadi.
Natija: bilimlar kengayadi va hayotiy kontekstda
mustahkamlanadi.
5. Elaborate (Kengaytirish)
21.
6. Evaluate (Baholash)Mohiyati: O‘quvchilar bilimlarini tekshirish va
baholash.
Tarix: Test savollari yoki “savol-javob” viktorinasi.
Huquq: Rolli o‘yin – sud jarayonida
advokat/prokuror sifatida chiqish.
Tarbiya: “Siz qanday mas’uliyatli qaror qabul
qilgan bo‘lardingiz?” yozma topshiriq.
Natija: o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasi
aniqlanadi.
7. Extend (Keng qo‘llash)
Mohiyati: Bilimni yangi vaziyatlarda va real
hayotda qo‘llash.
Tarix: Bugungi “Bir makon – bir yo‘l” loyihasi bilan
tarixiy Ipak yo‘lini taqqoslash.
Huquq: Huquqlarni kundalik hayotda (oilada,
maktabda, mahallada) qo‘llash misollarini keltirish.
Tarbiya: O‘quvchilarga “Mas’uliyatli inson bo‘lish
uchun nima qilishingiz kerak?” mavzusida amaliy
loyiha berish.