407.03K

Power point prezenntasiya

1.

ABAY
(1845–1904)
“Odamzod tiriklikni davlat bilsin,
Aql topsin, mol topsin, halol yursin.”

2.

ABAY haqida malumotlar
Qozoq mumtoz adabiyotining
asoschilaridan biri, buyuk shoir va
ma’rifatparvar hisoblanadi. Shoirning
asl ismi Ibrohim bo‘lib, Abay uning
taxallusidir.
Shoir 1845-yil 10-avgustda
Qozog‘istonning Yettisuv
viloyati Chingiztog‘ (hozirgi
Abay) tumanida chorvador boy
oilasida tug‘ildi
1
2
Bo‘lajak shoir bir tomondan Sharq
allomalari – Firdavsiy, Nizomiy,
Navoiy, Fuzuliy ijodidan bahramand
bo‘lgan bo‘lsa, rus tili orqali rus va
g‘arb adabiyoti vakillarining ijodi
bilan yaqindan tanishdi
3
Avval Yettisuvdagi Ahmad Rizo
madrasasida o‘qidi. Keyinchalik
rus maktabiga qatnab rus tili va
adabiyotini o‘rgandi.

3.

Abay ijodiy merosi
Merosining salmoqli qismini
xalqni ilm-ma’- rifatga,
madaniyatga da’vat qiluvchi
«Naqliya so‘zlar» majmuasi
tashkil etadi.
«Naqliya so‘zlar»
Hassos adib va shoir ushbu asarida
inson hayotida muhim o‘rin tutadigan
aql, ilm-ziyo, insof va adolat, yaxshi
xulq, muomala madaniyati, din,
e’tiqod, davlatni idora qilish, xalqlar,
elatlarning ahil, do‘stona
munosabatda bo‘lishlari haqida
mulohaza yuritadi

4.

«Naqliya so‘zlar» haqida 3 qiziqarli ma`lumot
Asar 44 bo‘limdan iborat
Bu asarni sevimli bolalar yozuvchisi Nosir Fozilov
o‘zbekchaga tarjima qilgan.
«Naqliya so‘zlar» asari o‘zbek tilida «Nasihatlar» nomi bilan
mashhur bo‘lib ketgan

5.

UCHINCHI SO‘Z
• ... Bunga dunyoda o‘tgan barcha donishmandlar
shunday javob qiladi: har qanday yalqov kishi
qo‘rqoq va g‘ayratsiz bo‘ladi; har qanday g‘ayratsiz,
qo‘rqoq kishi maqtanchoq bo‘ladi; har qanday
2
maqtanchoq, qo‘rqoq kishi aqlsiz, nodon bo‘ladi;
har
qanday aqlsiz, nodon kishi orsiz bo‘ladi; har qanday
orsiz kishi yalqov, kishi oldida tilanchi, ochko‘z, suq
bo‘ladi; bunday hunarsiz kishilar hech qachon
birovga do‘st bo‘lmaydi.

6.

UCHINCHI SO‘Z MAZMUNI
1. Yalqov kishi — qo‘rqoq va g‘ayratsiz: Dangasa odam mehnat qilishdan,
mas’uliyatdan qo‘rqadi. Unda hayotiy energiya (g‘ayrat) bo‘lmaydi, chunki u
harakat qilishdan ko‘ra chekinishni afzal ko‘radi.
2. G‘ayratsiz, qo‘rqoq — maqtanchoq: O‘zida real kuch va natija yo‘qligi sababli,
bunday odam o‘zini ko‘rsatish uchun yolg‘on obro‘ yasaydi. Maqtanchoqlik — bu
ichki qo‘rquv va bo‘shliqni so‘z bilan to‘ldirishga urinishdir.
3. Maqtanchoq, qo‘rqoq — aqlsiz, nodon: Aqlli odam o‘zining imkoniyatlarini to‘g‘ri
baholaydi. Maqtanchoq esa o‘z yolg‘onlariga o‘zi ishonib, haqiqatdan uzilib
qoladi, bu esa uni nodonlikka yetaklaydi.
4. Aqlsiz, nodon — orsiz: Aqlni ishlatmagan odam o‘zining qadr-qimmatini, jamiyat
oldidagi uyat va mas’uliyatini (orini) tushunmay qoladi. Uning uchun ma’naviy
qadriyatlar ahamiyatini yo‘qotadi.
5. Orsiz kishi — tilanchi, ochko‘z, suq: Nomusini yo‘qotgan odam o‘z ehtiyojlarini
qondirish uchun hech narsadan qaytmaydi. O‘zi mehnat qilmagani uchun
boshqalardan umid qiladi (tilanchi), ko‘zi to‘ymaydi (ochko‘z) va o‘zgalar mulkiga
ko‘z tikadi (suq).
6. Hunarsiz kishilar — hech qachon do‘st bo‘lmaydi: Do‘stlik — bu sadoqat va
fidoyilik demakdir. Faqat o‘z nafsini o‘ylaydigan, qo‘lidan ish kelmaydigan va
ma’naviy qashshoq odam boshqa bir insonga haqiqiy tayanch bo‘la olmaydi.

7.

UCHINCHI SO‘Z MAZMUNI
• Orsiz kishi — tilanchi, ochko‘z, suq: Nomusini yo‘qotgan odam o‘z ehtiyojlarini
qondirish uchun hech narsadan qaytmaydi. O‘zi mehnat qilmagani uchun
boshqalardan umid qiladi (tilanchi), ko‘zi to‘ymaydi (ochko‘z) va o‘zgalar mulkiga
ko‘z tikadi (suq).
• Hunarsiz kishilar — hech qachon do‘st bo‘lmaydi: Do‘stlik — bu sadoqat va fidoyilik
demakdir. Faqat o‘z nafsini o‘ylaydigan, qo‘lidan ish kelmaydigan va ma’naviy
qashshoq odam boshqa bir insonga haqiqiy tayanch bo‘la olmaydi.

8.

Xulosa
Matnning mazmuni — Yalqovlik barcha yomonliklarning
"onasi" ekanligidadir. U zanjir kabi insonni avval
qo‘rqoqqa, keyin yolg‘onchiga, so‘ngra orsiz tilanchiga
aylantiradi va nihoyat uni jamiyatdan (do‘stlikdan)
butunlay ayiradi.
English     Русский Правила