Amaliyot hisoboti
Amaliyot rahbarimiz:
Toshkent Viloyati, Olmaliq shahri, Yuksalish maktabi
O’quv ishlari bo’yicha
Maktab va dars berish bo’yicha tahlil
Lol qoldirgan sinf
Tadbir va ochiq dars
Rasm hisoboti
Yakun
7.98M

Ruhshona amaliyot hisoboti

1. Amaliyot hisoboti

AMALIYOT
HISOBOTI
Sharq filologiyasi fakulteti 2204 guruh
Xakimqulova Ruhshona

2. Amaliyot rahbarimiz:

◦O’zbekiston Davlat Jahon Tillari universiteti
◦Sharq filologiyasi Fakulteti
◦Xitoy filologiyasi kafedrasi
◦Ism-familiya: Tuychiyeva Manzura

3. Toshkent Viloyati, Olmaliq shahri, Yuksalish maktabi

• Direktor:
Boboraximov
Ilhomjon
• Amaliyot rahbari:
Rahmatova Feruza
Amaliyot davomida ingliz
tilidan dars o’tdim va fan
o’qituvchilari bilan
hamkorlikda ishladim va
o’quv jarayonlarida ishtirok
etdim.

4. O’quv ishlari bo’yicha

Men amaliyotim davomida
Yuksalish maktabida 1 kunda
kamida 4 soatdan ko’proq
bo’ldim. Dars o’tishdan
tashqari 1 soat mobaynida ya’ni
45 daqiqa malakaviy ingliz tili
o’qituvchisini kuzatdim. O’zim
uchun tajriba olish maqsadida.
Ularning darslarini tahlil
qildim. Xar kuni dars
o’tayotgan paytimda yo’l
qo’yayotgan kamchiliklarimni
keying darsda qo’llamaslikka
xarakat qildim. Dars o’tish
mobaynida yangi pedagogic
metodlarni, interfaol metodlarni
va o’quvchilar bilan ishlash
usullarini o’rgandim.

5. Maktab va dars berish bo’yicha tahlil

◦ Maktab ma’muriyati, sinf rahbarlari va
boshqa fan o’qituvchilari bilan ham
hamkorlikda ishladim. Menga doim yo’l
yo’riqlari ko’rsatib turishdi. O’zlarining
metodlari bilan ham bo’lishishdi. Bu
maktabda ayniqsa o’zaro xurmat 1-o’rinda
ekan. Shunisiga qoyil qoldim. O’quvchilar
o’qituvchilarga nisbatan juda ham yumshoq.
Tarbiya a’lo darajada beriladi bu maktabda.
Meni ham iliq kutib olishdi. Darslarimni
intizom bilan kuzatishadi va o’rganishadi.

6.

Dars jarayonida
prezentatsiyalar, rasmlar,
kartochkalar, audio materiallar,
televizor va interfaol o’yinlardan
foydalandim. Zamonaviy
pedagogic texnologiyalar
asosida darslarni tashkil etdim.
Maktabdagi amaliyot rahbarim
Rahmatova Feruza opa menga
juda katta yrodam berdi.
Kamchiliklarimni to’g’irlab
turdi.
Maktabdagi amaliyotim
davomida nafaqat 1 ta sinfga
balki ko’plab sinflarga kirib dars
berdim. Turli xil metodlardan
foydalandim. Misol uchun aqliy
hujum, insert, savol-javob, rolli
o’yin kabi interfaol metodlardan
foydalandim. O’quvchilarning
faolligini oshirish uchun guruh
bilan ishlash usulini ham
qo’lladim

7. Lol qoldirgan sinf

◦ Amaliyotim davomida meni lol qodlirgan
sinf bu 1-sinflar bo’ldi. Chunki bu sinflar
yuqori sinfdagi o’quvchilarga qaraganhda
juda ham bilimlari kuchli va xattoki ularning
orasida Kamoliddin degan o’quvchi ingliz tili
musobaqasida qatnashib Shvetsariytaga
sayohat yo’llanmasi yutib oldi. Bu juda ham
quvonarli. Ular bilan mazza qilib dars
o’tdim. Olgan nazariy bilimlarimni amaliyot
davomida mustahkamlash imkoniyatiga ega
bo’ldim.

8. Tadbir va ochiq dars

◦ Amaliyotim davomida menda ochiq dars va
tadbirlarni tashkillashtirish imkoniyati bor edi.
Shu sababdan bundan unumli foydalandim. 2 ta
ochiq dars va 2 ta tadbir tashkil etdim. Albatta
menga o’qituvchilar hamrohlik qilishdi. Meni
qo’llab quvvatlashdi. Ochiq dars tashkil
etganimda hayajonim kuchli edi lekin
o’qituvchilik hissini kuchaytirib, o’zimni qo’lga
olib ochiq darsni ajoyib tarzda tashkil etdim.
Darsimni kuzatgan amaliyot rahbarim iliq fikrlar
bilan barchamizga, ya’ni men va o’quvchilarga
ochiq dars uchun minnatdorchilik bildirdi.

9. Rasm hisoboti

10. Yakun

Amaliyotim yaxshi
tashkil etildi.
O’qituvchilar va
maktab jamoasi
yaqindan yordam
berdi. Kelajakdagi
pedagogic faoliyatim
uchun kata tajriba
to’pladim. Ularga
kattakon rahmaat.
English     Русский Правила