Похожие презентации:
ISH VAQTI
1.
ISH VAQTIREJA:
1. Ish vaqti tushunchasi va uning turlari
2. Ish vaqtining qisqartirilgan muddati
3. To‘liqsiz ish vaqti
4. Ish vaqti rejimi
2.
Ish vaqti➢ xodim ish tartibi yoki grafigiga (jadvaliga) yoxud mehnat shartnomasi
shartlariga muvofiq o‘z mehnat vazifalarini bajarishi lozim bo‘lgan
vaqt hisoblanadi.
➢ Haqiqatda ishlangan vaqt deganda, u yoki bu kalendar davrda xodim
tomonidan o‘zi uchun belgilangan norma doirasida yoki belgilab
qo‘yilgan tartibda bu normadan tashqari ishlangan vaqt tushuniladi.
3.
O‘zR MKning 181-moddasiga asosan ishvaqtining quyidagi turlari nazarda tutiladi:
➢ ish vaqtining normal davomiyligi;
➢ ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligi;
➢ toʻliqsiz ish vaqti.
4.
O‘zR MKning 182-moddasiga asosan ishvaqtining normal davomiyligi
➢ Xodim uchun ish vaqtining normal davomiyligi besh
kunlik yoki olti kunlik ish haftasida haftasiga qirq
soatdan ortiq boʻlishi mumkin emas.
5.
O‘zR MKning 183-moddasiga asosan ish vaqtiningqisqartirilgan davomiyligi
➢ Ayrim toifadagi xodimlar uchun ularning yoshi, sogʻligʻining
holati, mehnat shartlari, mehnat vazifalarining oʻziga xos
xususiyatlari
va
boshqa
holatlar
hisobga
olingan
holda
qonunchilikka hamda mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga,
shuningdek mehnat shartnomasi shartlariga muvofiq mehnatga
toʻlanadigan
haqni
kamaytirmasdan
qisqartirilgan davomiyligi belgilanadi.
ish
vaqtining
6.
Ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligi quyidagilargamajburiy tartibda belgilanadi:
➢ oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan xodimlarga (ushbu Kodeksning 415moddasi);
➢ I va II guruh nogironligi boʻlgan xodimlarga (ushbu Kodeks 427moddasining birinchi qismi);
➢ noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda band boʻlgan xodimlarga (ushbu
Kodeksning 477-moddasi);
➢ ishi yuqori darajadagi ruhiy, aqliy, asabiy zoʻriqish bilan bogʻliq boʻlgan
tibbiyot xodimlariga, pedagoglarga va boshqa toifadagi xodimlarga
(ushbu Kodeksning 184-moddasi);
➢ uch yoshgacha boʻlgan bolaning budjetdan moliyalashtiriladigan
tashkilotlarda ishlaydigan ota-onasidan biriga (vasiysiga) (ushbu Kodeks
397-moddasining birinchi qismi).
7.
Ishi yuqori darajadagi ruhiy, aqliy va asabiy zoʻriqish bilanbogʻliq boʻlgan xodimlar uchun ish vaqtining qisqartirilgan
davomiyligi (184-modda)
Ishi yuqori darajadagi ruhiy, aqliy va asabiy zoʻriqish bilan bogʻliq
boʻlgan, yaʼni alohida xususiyatga ega boʻlgan tibbiyot xodimlari,
pedagoglar va boshqa toifadagi xodimlar uchun ish vaqtining
davomiyligi haftasiga koʻpi bilan oʻttiz olti soat qilib belgilanadi.
Bunday xodimlarning roʻyxati va ular ish vaqtining aniq davomiyligi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi,
biroq ushbu moddada belgilangan ish vaqtining davomiyligidan
oshmaydigan tarzda belgilanadi.
8.
Har kungi ishning (smenaning) davomiyligi (185modda)a) oʻziga nisbatan ish vaqtining normal davomiyligi belgilangan xodimlar
uchun:
➢ olti kunlik ish haftasida — yetti soatdan;
➢ besh kunlik ish haftasida — sakkiz soatdan;
b) oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan xodimlar uchun — ushbu Kodeksning 416moddasida belgilangan davomiylikdan;
v) nogironligi boʻlgan xodimlar uchun — ushbu Kodeks 427-moddasining
ikkinchi qismida belgilangan davomiylikdan;
g) noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda band boʻlgan xodimlar uchun —
ushbu Kodeksning 478-moddasida belgilangan davomiylikdan oshishi
mumkin emas.
9.
186-modda. Toʻliqsiz ish vaqtiMehnat shartnomasi taraflarining kelishuviga koʻra xodimga ishga
qabul qilish chogʻida va keyinchalik toʻliqsiz ish vaqti (toʻliqsiz ish
kuni (smena) va (yoki) toʻliqsiz ish haftasi, shu jumladan ish kunini
qismlarga boʻlgan holda) belgilanishi mumkin. Toʻliqsiz ish vaqti ham
muddati cheklanmagan holda, ham mehnat shartnomasi taraflari
kelishgan har qanday muddatga belgilanishi mumkin.
10.
186-modda. Toʻliqsiz ish vaqti➢ Toʻliqsiz ish vaqti shartlarida ishlaganda xodimning mehnatiga haq
toʻlash u ishlab bergan vaqtga mutanosib ravishda yoki u bajargan
ishning hajmiga qarab amalga oshiriladi.
➢ Toʻliqsiz ish vaqti shartlarida ishlash xodimlar uchun har yilgi asosiy
mehnat taʼtili davomiyligining, mehnat stajini hisoblab
chiqarishning va boshqa mehnat huquqlarining biror-bir
cheklanishlariga sabab boʻlmaydi.