Похожие презентации:
8-ma'ruza slayd
1.
DIPLOMATIK VA KONSULLIKHUQUQI
1. “Diplomatik va konsullik huquqi” tushunchasi va
manbalari
2. Diplomatik va konsullik vakolatxonalarning vazifalari va
tartibi
3. Diplomatik va konsullik vakolatxonalar, ular
xodimlarining immuniteti
2.
Tashqi aloqalar bo‘yicha davlat organlarining maqomi vafunksiyalariga taalluqli (davlatlararo rasmiy munosabatlarni
o‘rnatish va amalga oshirish tartibini me’yorga solib turuvchi)
xalqaro huquqiy normalar tizimi xalqaro huquqiy amaliyotda
diplomatiya huquqi, deb ataladi.
3.
Diplomatiya huquqi normalariga quyidagilarkiradi:
➢ diplomatiya vakolatxonalari almashish va ularning faoliyati
bilan bog‘liq holda yuzaga keladigan davlatlararo
munosabatlarni tartibga soluvchi normalar;
➢ bir davlat tomonidan boshqasiga maxsus missiyalar, shu
jumladan, u yoki bu tashqi siyosiy masalani hal etish uchun
delegatsiya yoxud vakil yo‘llash bilan bog‘liq holda yuzaga
keladigan munosabatlarni tartibga soluvchi normalar;
4.
➢ davlatlarning xalqaro tashkilotlarga vakillik qilishi hamda uyoki bu davlat hududida xalqaro tashkilotlarning faoliyat
yuritishi bilan bog‘liq holda yuzaga keladigan munosabatlarni
tartibga soluvchi normalar, shu jumladan, xalqaro tashkilotlar,
xalqaro doiradagi mansabdor shaxslar va xizmatchilar
imtiyozlari hamda immunitetiga doir normalar;
➢ keyingi yillarda diplomatiya huquqiga konsullik huquqini
kiritish bo‘yicha harakatlar borligini, bu bir paytning o‘zida
diplomatiya va konsullik xizmatlarining tashqi ishlar
mahkamasi doirasida birlashtirilganligi holati bilan izohlanadi.
5.
Davlatning tashqi aloqalar olib boruvchiorganlari tizimi.
Diplomatik huquq yoxud tashqi aloqalar huquqi - xalqaro
huquqning alohida mustaqil tarmog‘i bo‘lib, rasmiy davlatlararo
munosabatlarni tartibga solib turadi.
Tashqi aloqalar huquqi har bir davlatning markaziy hokimiyatiga
tegishlidir.
Tashqi aloqalarni an’anaviy ravishda ijroiya hokimiyat organlari
amalga oshiradi.
Har qaysi organning aniq vakolatlari konstitutsiyada va boshqa
qonun hujjatlarida belgilanadi.
6.
Davlatning tashqi funksiyalarini amalga oshirishning muhimshakli diplomatik faoliyat hisoblanadi.
Har bir davlatning tashqi ishlar bilan shug‘ullanuvchi
organlarini ikki guruhga bo‘lish mumkin:
birinchi guruh davlat
ichidagi tashqi ishlar
organlari;
birinchi guruh davlat
ichidagi tashqi ishlar
organlari;
7.
Davlat ichidagi tashqi ishlar organlariga quyidagilarkiradi:
davlat boshlig‘i;
parlament;
hukumat boshlig‘i;
tashqi ishlar vaziri
8.
Davlat rahbarining vakolatlari prezidentlik respublikalarida ayniqsakatta
ahamiyat
kasb
etadi.
O‘zbekiston
Respublikasining
Konstitutsiyasiga muvofiq, Prezident davlat rahbari sifatida xalqaro
munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasi nomidan ish ko‘radi. U tashqi
siyosat borasida rahbarlikni amalga oshiradi, muzokaralar olib boradi,
shartnomalar va bitimlarni imzolaydi. Prezident chet davlatlardagi va
xalqaro tashkilotlardagi diplomatik vakillarni tayinlaydi. Prezident o‘z
huzurida akkreditatsiyadan o‘tgan chet davlatlar diplomatik va boshqa
vakillarning ishonch va chaqiruv yorliqlarini qabul qiladi. Oliy Bosh
qo‘mondon sifatida o‘zini o‘zi mudofalash maqsadida qurolli
kuchlardan foydalanish, neytarilitet e’lon qilish, sulh tuzish kabilarni
amalga oshiradi.
Parlamentar respublikalarda tashqi aloqalarni amalga oshirishda
asosiy vazifa hukumatga tegishli bo‘ladi.
9.
Parlament tashqi aloqalar bilan shug‘ullanuvchimuhim organdir. Parlamentning xalqaro ishlardagi
ishtiroki O‘zbekistonning xalqaro majburiyatlarini
ifodalovchi qonunlar chiqarishi, shartnomalarni
ratifikatsiya qilishda qatnashishi bilan belgilanadi.
O‘zbekiston Konstitutsiyasida parlamentning urush va
tinchlik masalalariga taalluqli qonunlar qabul qilish
vakolatlari alohida ko‘zda tutilgan.
10.
Tashqi ishlar vazirligi davlatning tashqi aloqalariniboshqarish bilan shug‘ullanuvchi ijro organidir. Ular markaziy
devon,
shuningdek
chet
davlatlardagi
diplomatik
vakolatxonalar va konsullik muassasalari, xalqaro tashkilotlar
huzuridagi vakolatxonalardan iborat.
11.
Davlatning xorijdagi tashqi ishlar organlarigaquyidagilar kiradi:
1) diplomatik vakolatxonalar: elchixona va missiyalar;
2) konsullik vakolatxonalari;
3) xalqaro davlatlararo tashkilotlardagi vakolatxonalari;
4) xalqaro konferensiyalardagi delegatsiyalar;
5) maxsus missiyalar.
12.
Diplomatik huquq davlatlar diplomatik vakolatxonalarininghuquqiy maqomi va faoliyatini tartibga soluvchi normalar majmui.
Diplomatik huquq manbaiga, avvalo, odat normalari kiradi. Ko‘p
jihatdan ushbu normalarni umum e’tirof etilgan. Ular bir qator
universal kodifikatsiyalangan va to‘ldirilgan.
➢ 1961-yildagi Diplomatik munosabatlar to‘g‘risidagi Vena
konvensiyasi
➢ 1969-yildagi Maxsus missiyalar to‘g‘risidagi konvensiya
➢ 1973-yildagi Xalqaro himoyadan foydalanuvchi shaxslarga, shu
jumladan diplomatik agentlarga qarshi jinoyatlarning oldini olish va
bunday jinoyatlarni jazolash to‘g‘risidagi konvensiya
13.
Diplomatik vakilni tayinlash va qabul qilish tartibiakkreditatsiya qilish deb ataladi. Vakolatxona boshlig‘i
tayinlanishiga qadar yuboruvchi davlat uning shu lavozimga
tayinlanishi to‘g‘risida qabul qiluvchi mamlakatning roziligini
(agreman) olishi zarur. Qabul qiluvchi mamlakat sababini
izohlamagan holda agreman berishga rozi bo‘lmasligi mumkin.
14.
Vakolatxona a’zolari prinsip jihatidan akkreditatsiya qiluvchidavlatning fuqarolari bo‘lishi kerak. Agreman olganidan va
rasmiy ravishda tayinlanganidan keyin vakolatxona boshlig‘iga
uning o‘zi mansub davlat rahbari imzolagan ishonch yorlig‘i,
ya’ni
umumiy
mazmundagi
vakolatnoma
beriladi.
Akkreditatsiya qilish ana shu ishonch yorlig‘ini qabul qiluvchi
davlat rahbariga topshirish bilan nihoyasiga yetadi va shundan
keyin vakil o‘z vazifasini ado etishga kirishishi mumkin.
15.
Vena konvensiyasida vakolatxona boshliqlari uchtoifadan iborat ekani qayd etilgan:
➢ qabul qiluvchi davlat;
➢ davlatlar rahbarlari huzurida akkreditatsiya qilingan elchilar
va vakillar;
➢ tashqi ishlar vaziri
ishonchli vakillar.
huzurida
akkreditatsiya
qilingan
16.
Diplomatik vakolatxonalarning turlariElchixona
bu davlat suverenitetining ramzi bo‘lib, u boshqa davlat
hududida o‘z mamlakatini siyosiy, iqtisodiy va madaniy
jihatdan ifodalaydigan asosiy diplomatik vakolatxonadir.
Vakolatxona bu davlat yoki xalqaro tashkilot manfaatlarini boshqa
davlat yoki xalqaro tashkilot huzurida ifodalaydigan
idora.
Missiya
bu ma’lum bir siyosiy, iqtisodiy yoki gumanitar
topshiriqni bajarish uchun yuborilgan diplomatik vakillar
guruhidir.
17.
Diplomatik immunitetlar va imtiyozlar davlat organi sifatidadiplomatik vakolatxonaga va vakolatxona xodimlariga tegishli
hisoblanadi.
Diplomatik vakolatxona binolari (xonalari) daxlsizdir. Qabul
qiluvchi mamlakat ma’murlari ularga faqat vakolatxona
boshlig‘i roziligi asosidagina kirishlari mumkin. Shu bilan
birga, ular binolarga (xonalarga) bostirib kirish va ziyonzahmat yetkazishdan himoyalash borasida zarur choralar
ko‘rishga, vakolatxona faoliyat yuritishi uchun tegishli
shartsharoitni ta’minlashga majburdir.
18.
➢ Daxlsizlik kemalar, samolyotlar kabi transport vositalarigaham taalluqli bo‘lib, ular tintuvdan, rekvizitsiyadan, hibsdan
va ijro harakatlaridan xolidir.
➢ Vakolatxona arxivlari va hujjatlari har qanday vaqtda va
ularning qayerda joylashganidan, shu jumladan muvaqqat
saqlash joylarida ekanidan qat’i nazar, daxlsizdir.
➢ Vakolatxona bino (xona) bilan bog‘liq barcha soliqlardan
ozod etiladi (moliyaviy immunitet).
➢ Vakolatxona rasmiy ishlar uchun mo‘ljallangan narsalarga
bojxona to‘lovi to‘lashdan ozod etiladi (bojxona
immuniteti).
19.
➢ Diplomatjinoiy,
fuqarolik
va
ma’muriy
yurisdiksiyalari immunitetlaridan foydalanadi. Bu
diplomat sudlov yurisdiksiyasi va huquqni majburiy
joriy etish yurisdiksiyasidan chiqarilgan, deganidir.