343.29K
Категория: ПолитикаПолитика
Похожие презентации:

O'zbekistonda demokratik jamiyat qurishning milliy va umuminsoniy demokratik tamoyillari

1.

3-mavzu: O'ZBEKISTONDA DEMOKRATIK
JAMIYAT QURISHNING MILLIY VA
UMUMINSONIY DEMOKRATIK
TAMOYILLARI
Reja:
1. Demokratik tamoyillar va qadriyatlar.
2. Qadriyatlar va ularning jamiyat hayotidagi o'rni. Milliy qadriyatlar tushunchasi.
3. O'zbekistonda milliy qadriyatlarning tiklanishi va ularning demokratik jarayonlar
bilan uyg'unlashuvi.
4. Milliy, umumbashariy va demokratik qadriyatlar sintezi – demokratik jamiyat
qurish sharti sifatida.

2.

Demokratik tamoyillar va qadriyatlar
Hozirgi davrdagi zamonaviy nazariy qarashlarga muvofiq demokratiya – bu ma'lum davlat institutlari
to'plami mavjud bo'lishining o'zi emas. Demokratiya butun dunyo bo'ylab turli madaniy birliklar o'rtasida
turli shakllarda gavdalansa-da, u aniq va mavjud qadriyatlar, qarashlar va jarayonlar guruhiga tayangan
holda yashay oladi. Lekin, shu bilan birga, demokratiya amaliy hal qilishning bir xilligiga emas, balki bir
necha asosiy negiz bo'ladigan prinsiplarga tayanadi. Demokratiya o'ziga xos qadriyat­lar tizimi sifatida
milliy qadriyatlar bilan uyg'unlasha oladi.
Demokratiyaning asosiy xususiyatlari:
Demokratiya – bu hokimiyat va fuqarolik mas'uliyati barcha fuqarolarning to'g'ridan to'g'ri yoki
o'zlarining erkin saylagan vakillari vositasida amalga oshiradigan boshqarish tizimidir;
Demokratiya ko'pchilik hokimiyati va shaxsiy huquq prinsiplariga tayanadi. Demokratik davlat
markaziy hokimiyat organlari kuch-qudratining oshib ketishiga yo'l qo'ymaydi, barcha darajadagi
hokimiyatlarni fuqarolar uchun ochiqligini ta'minlash, barcha kishilar chtiyojlariga aks sado bera olishi
uchun mintaqaviy va mahalliy darajalardagi hokimiyatlarni nomarkazlashtiradi;

3.

Demokratik davlat quyidagi mas'uliyat hissini doimo sezib turadi: fuqarolarning so'z erkinligi,
vijdon erkinligi, qonun asosida tcng himoyalanish huquqi, tashkilotlar tuzish imkoniyatiga ega
ekanligi, jamiyatning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotida to'la qonli ishtirok etishi kabi
huquqlarini himoya qilish;
Demokratik davlat fuqarolar uchun ochiq bo'lgan, saylov huquqi beriladigan yoshga yetgan
fuqarolarning ovoz berishiga shart-sharoitlar yaratadi, shu maqsadda muntazam ravishda erkin va
adolatli saylovlarni o'tkazib boradi;
Demokratiya sharoitida fuqarolar nafaqat huquqlaiga ega bo'ladi, balki siyosiy tizimda ishtirok
etish burchini ham o'zida his etadi. Bu jarayonda ular o'z erkinliklari va huquqlarini himoya qiladi.
Demokratik jamiyat bag'rikenglik, hamkorlik va o'zaro murosasozlik qadriyatlariga berilgan
bo'ladi. Maxatma Gandi iborasi bilan aytganda, «murosasizlik o'zini o'zi jabrlashdan tashqari
chinakam demokratik ruhning shakllanishi uchun g'ovdir».
Shuningdek, barcha rivojlangan mamlakatlarda e'tirof etilgan demokratiyaning ustunlari mavjud
bo'lib, ularning birortasi ishlamay qolsa, demokratiya mexanizmlarining barchasiga putur yetadi.

4.

1
• Xalq hokimiyati
2
• Fuqarolar irodasiga tayanuvchi hukumat
3
• Ko'pchilik ovoz qoidasi
4
• Ozchilik huquqlarini himoya etish
5
• Asosiy inson huquqlari kafolati
6
• Erkin va adolatli saylovlar
7
• Qonun oldida barchaning tengligi
8
• Odil sud yuritish
9
• Hukumat faoliyatini konstitutsiyaviy cheklanganligi
10
• Ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy pluralizm
11
• Tolerantlik, omilkorlik, hamkorlik, o'zaro kelishuv

5.

Ko'rinib turibdiki, zamonaviy fuqarolik jamiyatini ishlab turishini ta'minlovchi
demokratiyaning tamoyillari, qadriyatlari va ustunlari mavjud bo'lib, ular davrlar o'tishi bilan
umuminsoniy qadriyatlar sifatida namoyon bo'lmoqda. Shu bilan birga, turli mamlakatlarning
rivojlanish tarixi, milliy mentaliteti, dini, mafkuraviy qarashlari, iqtisodiyotining shakllanish yo'li,
ijtimoiy munosabatlari aynan bir-biriga o'xshash bo'lmaganidek, har bir mamlakatda demokratik
tamoyillarni qo'llash va ulaiga amal qilishda farqlanishlar mavjud bo'lishi tabiiy bir holdir.
Boshqacha aytganda, demokratik jamiyat qurish jarayonida har bir mamlakat o'zining milliy
o'zligidan kelib chiqqan holda islohotlarni amalga oshiradi. Yoki, demokratik jarayonlar shaklan
milliy xarakter kasb etishini tarixiy taraqqiyot jarayoni ko'rsatib berdi.

6.

Qadriyatlar va ularning jamiyat hayotidagi o'rni.
Milliy qadriyatlar tushunchasi
Qadriyatlar muammosi Platon davridan boshlab tadqiqotlar obyckti sifatida yashab kelmoqda.
Unga nemis klassik falsafasi tomonidan ancha aniqliklar kiritildi. Nemis olimi Kant birinchi marta
insonni qadriyatlarni aniqlash asosida talqin etdi.
Inson ikkita olamga mansub mavjudot sifatida tushunildi:
- erkin bo'lmagan, hali o'z yo'lini anglab yetmagan, o'z Instinktiga ergashib yuradigan tabiat
olami. Bu olamda qadriyatlar mavjud bo'lmaydi;
- erkinlik va idroklash olami. U o'zining taqdirini belgilaydi, va uni o'zi belgilagan o'z ideallari,
maqsadlari asosida quradi. Bu olamda qadriyatlar mavjud, lekin ular ochiq mujassam bo'lmaydi, balki
maqsad sifatida namoyon bo'ladi. Qadriyatlarni Kant talqinicha idrok etishda uning sof subyektiv
hosila ekanligi, ya'ni ularni har bir shaxs o'z hayoti qadriyatlarini o'zi aniqlashi ilgari luriladl.
Ko'plab insonlar uchun obyektiv mazmunga ega umumiylik mavjud emas. Ular uchun
qadriyatlar aniq obyektlar hayoti va/.iyatlarga bog'liq holda chorlaydigan his-tuyg'ular va ichki
kcchinmalardir.
Shunga muvofiq holda qadriyatlarni uchta tushunchasi shakllandi:
Qadriyat - har qanday foydali va ma'qul bo'lgan narsa. Bu utilitar nuqtayi nazar sifatida paydo
bo'ldi.

7.

Qadriyat ideal, muqaddas hodisa, his-tuyg'ular intilishi sifatida tushiniladi. Bu san'atga
mansub tushuncha sifatida amalga oshiriladi.
Qadriyat inson uchun obyektlarni muhim ahamiyat kasb ctishi sifatida anglanadi. Qadriyat o'z
mazmuniga muvofiq obyektiv mazmunga egadir. Obyektiv qadriyatlar odamlar tomonidan aynan
bir xil munosabatlarni paydo bo'lishini bildirmaydi. Shuning uchun ham qadriyatlarni baholash
subyektiv bo'lishi mumkin. Qadriyatlarning obyektiv ekanligini aniqlash uchun mezonlar ishlab
chiqiladi. Bu kabi mezonlar sifatida hodisalar yoki voqcalarning ijtimoiy jihatdan foydali ekanligini
ko'rsatish mumkin Undan qadriyatlar iyerarxiyasi va umuminsoniy qadriyatlar to'g'risidagi masala
paydo bo'ladi.
Umuminsoniy qadriyatlar deganda, barcha davrlarda mavjud bo'lgan va barcha insonlar
qadriyatlari tushuniladi. Barcha qadriyatlar ichida umuminsoniy qadriyatlar unchalik ko'p emas:
1. Hayot. 2. Salomatlik. 3. Bilim. 4. Mehnat.
Qadriyatlar iyerarxiyasini qadriyatlarni tasniflash bilan adashtirib bo'lmaydi. Qadriyatlarni
sinflarga bo'lish mumkin:
Turmush darajasi bo'yicha: a) oliy qadriyatlar; b) moddiy hayot qadriyatlari; d) ijtimoiy;
g)ma'naviy.
Subyektlar bo'yicha: a) shaxsiy qadriyatlar; b) guruhiy qadriyatlar; d) sinfiy qadriyatlar; e)
ijtimoiy.
Ijtimoiy ong shakllari bo'yicha: a) fanlar qadriyatlari; b) ahloqiy qadriyatlar; d) estetik
qadriyatlar; e) siyosiy qadriyatlar; f) huquqiy qadriyatlar; g) diniy qadriyatlar.

8.

Umuman olganda, qadriyatlar deganda, ma'lum bir jamiyat odamlari, alohida olingan
shaxsning manfaatlari va ehtiyojlarini qondirish vositasi, shuningdek me'yorlar, maqsadlar va ideal
sifatidagi undovchi hamda qo'zg'atuvchi g'oyalari, predmetining mohiyati, hodisasi shuningdek,
ularning xususiyatlari tushuniladi. Ko'pincha yuqorida ko'rib o'tgan qadriyatlar bilan
uyg'unlashadigan, lekin o'zining alohida xususiyatlariga ega bo'lgan milliy qadriyatlar ham bir
necha minglab yillardan buyon rivojlanib va takomillashib kelmoqda.
Milliy qadriyatlar ildizlarini anglab yetishda, tasniflashda va aniqlashda uni
soddalashtirishdan ehtiyot bo'lish zarur. Bu ijtimoiy va oliy qadriyatlarning bir-birlari bilan o'zaro
bog'liq bo'lgan hamda o'zaro bir-birini taqozo qiladigan, lekin, shu bilan birga, nisbatan o'zini
barqarorligi va mustaqilligini saqlay oladigan hodisasi sifatida namoyon bo'ladi.
Fanda «milliy qadriyatlar», «milliy qadriyatli-yo'naltirilgan ong» va «milliy ruhning
universal umuminsoniy qadriyatlari» ma'lum etnosni ijtimoiy, psixologik o'ziga xosligini,
boshqa shu kabi birliklardan farqlanishini, mazkur etnosning barcha a'zolarini umumiy g'oyalar va
yoi-yo'riq ko'rsatmalar asosida birlashuvini ifodalaydi. Rivojlanish va shakllanishining turli
bosqichlarini o'z boshidan kechirayotgan ko'plab etnoslar tarixini o'rganish shuni ko'rsatadiki,
etnos a'zolarining birligi boshqa narsalardan ko'ra ko'proq ma'lum psixik xislatlarning mavjudligi,
voqealar va munosabatlarni o'zlashtirish va baholash kabi qadriyatlardagi umumiylik bilan
ta'minlanadi. Milliy qadriyatlarni anglashda shu kabi his-tuyg'ular va munosabatlarning ayni shu
birikuvlari nuqtayi nazari bilan yondashish talab etiladi.

9.

Milliy ruhning universal umuminsoniy qadriyatlari, milliy qadriyatlar va milliy qadriyatli
yo'naltirilgan ong nafaqat psixologik – his-hayojonli xarakter kasb etadi, balki etnik birlik to­monidan
e'tirof etiladigan hayotiy muhim moddiy obyektlar, timsollar, nishon-belgilarni ham o'zida ifodalaydi.
Bu qad- riyatlarning e'tirof etilgan muhimligi asosida aniq bir etnos vakili bo'lgan insonning tub
manfaatlari yotadi: yashamoqlik, rivojlanish, ideal maqsadlarga erishish. Har bir millat faqat uning
o'zigagina mansub bo'lgan temperament birikuvi, tafakkurlash va dunyoni idrok etish turi bilan
yaqqol ajralib turadi. Ma'lum bir o'ziga xos shaklda axborot olayotgan millatning ichki dunyosining
noyob- ligi, ichki tuzilishining barqarorligida har qanday millat vakil- larining bioijtimoiy
hamjamiyati va madaniy birligi sifatidagi qadriyati turadi.
Shu tariqa, milliy qadriyatlar va milliy ruhning universal umuminsoniy qadriyatlari — bu u yoki
bu etnos vakillarining muayyan-tarixiy shart-sharoitlardagi ijtimoiy va shaxsiy ma'na- viyati
rivojlanishining rag'batlantiruvchi omilidir.
Prezident I .A. Karimov ma'naviyat va milliy qadriyatlaming noyob va bebaho boylik ekanligini
ta'kidlab, quyidagi fikrlarni bildirgan edi: «Biz bugun ayrim davlatlardan, moddiy nuqtayi
nazardan orqaroqda bo'lsakda (bunga ko'pgina tarixiy obyektiv sabablar bor), ma'naviyat
nuqtayi nazaridan qaraganda ulkan g'urur bilan aytishimiz mumkin: buyuk ajdodlarimizdan
qolgan qadriyatlar va urf-odatlarga, nasl-nasabimiz va qonimizga singib ketgan buyuk
hayotbaxsh kuchga egamiz. Bu borada ustunligimiz butun ma'rifiy dunyoda e'tirof etilgan. Ana
shu qutlug' merosga munosib bo'lib yashash, bu beqiyos boylikni yanada boyitib rivojlantirish,
milliy o'zligimiz va umuminsoniy qadriyatlar asosida kelajak binosini barpo etish muqaddas
burchimizdir».

10.

O'zbekistonda milliy qadriyatlaming tiklanishi va ularni demokratik jarayonlar bilan
uyg'unlashuvi
O'zbekistonda davlat mustaqilligi e'lon qilinganidan keyin islohotlar orqali kun tartibiga
demokratik jamiyat qurish masalasi qo'yildi. Mustaqillikning ilk davridan boshlab amalga oshirilgan
demokratik o'zgarishlar tabiiy ravishda milliy xarakterkasb eta boshladi.
Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab mamlakat demokratik taraqqiyot yo'lini tanladi.
Bunda asosan, demokratik rivojlanish yo'lining faqat zamonaviyligi yoki boshqa jozibador jihatlari
uchun emas, balki bu yo'lning milliy manfaatlarga mosligi, ularning ifodalaganligi, demokratiyaga
erishish xalqimizning bir necha asrlardan buyon orzu-umidlari sifatida yashab kela- yotganligiga
muhim e'tibor berilgan edi. Lekin, rivojlangan mamlakatlardan demokratik turmush tarzini ko'chirib
olib, uni mamlakatdagi islohotlarda qo'llash kutilgan natijani bermasligi aniq edi. Chunki, demokratik
qadriyatlar va tamoyillar ma'lum bir mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy salohiyati, daviatchilik tarixi,
bozor iqtisodiyotiga o'tish darajasi, millatning mentaliteti, fuqarolarning siyosiy madaniyati darajasi
kabi qator omillarga bog'liq edi. Ayniqsa, g'arbdan o'zining dini, ma'naviyati va axloqiy me'yorlari
bilan ancha farq qiladigan Sharq olami uchun demokratik tamoyillar milliy xususiyatlar bilan
uyg'unlashgan tarzdagina muhim ahamiyat kasb etishi mumkin edi. Demokratik qadriyatlarni
o'zlashtirish g'arb uchun individualizm, ko'proq xususiy manfaatlarni qondirish, alohida olingan shaxs
dun- yoqarashi ustuvorligini ifodalash, shaxs erkinligini hayotda namoyon qilish uchun zarurat
sifatida ro'y bergan bo'lsa, Sharq uchun demokratiya ko'proq ma'naviy qadriyatlarni hayotda amal
qilishini ta'minlash, milliy an'analar va milliy meros asosida yashab kelayotgan jamiyatni milliy
qadriyatlar asosida moderni- /.atsiyalash uchun zarur edi.

11.

Shuning uchun ham mamlakatda demokratik jamiyat qurish islohotlari milliy va umuminsoniy
qadriyatlarni tiklash bilan uyg'un holda chuqurlashib bordi. Prezident I.A.Karimov 1992- yilda
o'zining «O’zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li» asarida quyidagi vazifani qo'ygan edi:
«O’zbekistonni yangilash va rivojlantirishning o'z yo'li to'rtta asosiy negizga asoslanadi.
Bu negizlar:
umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;
xalqimizning ma'naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;
insonning o'z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;
vatanparvarlik».
Shu bilan birga, mustaqil O'zbekistonning kuch-qudrati manbayi - xalqimizning umuminsoniy
qadriyatlarga sodiqligi ekanligini yana bir karra ta'kidlab ko'rsatib o'tadi.
Sobiq ittifoq davrida «demokratiya» tamoyillarini hayotda joriy etish niqobi ostida mafkuralar
pluralizmi, turli xil dunyoqarashga ega bo'lish, siyosiy partiyalarning o'zaro muholifiy faoliyat
yuritishi, o'zaro raqobatdoshlik, milliy qadriyatlar va madaniyatga amal qilish uzoq davrlarta'qiqlab
kelinganligi uchun ham mustaqillikning dastlabki davrida milliy qadriyatlarni nafaqat demokratiya
bilan uyg'unlashtirish, balki milliy qadriyatlarni tiklashning o'zi katta bir muammoga aylangan edi.

12.

Shuning uchun ham mamlakatda bu muammolarni bartaraf etish haqida Prezident
l.A.Karimov quyidagi fikrlarni bildirgan edi: «Siyosiy erkinlikni ancha tez va nizolarsiz qo'lga
kiritish mumkin. Bunga sobiq sovet respublikalarining siyosiy suverenitetni qo'lga kiritishi
misol bo'la oladi. Nisbatan tez iqtisodiy erkinlikka erishish mumkin. Buni ham biz Sharqiy
Osiyoning sanoati rivojlangan mamlakatlari misolida ko'rib turibmiz. Lekin davlatning ichida
siyosiy erkinliklarni ta'minlash — puxta o'ylab, har tomonni hisobga olib yondashishni,
odamlar ongida uzoq muddat moslashishni talab qiladigan jarayondir. Hozirgi demokratik
jamiyatning eng muhim voqeliklaridan biri ijtimoiy raqobatdir. Xalqimizning an'anaviy
qadriyatlari u bilan uyg'unlashtirilmog'i kerak. Bozor tuzilmalari rivojlanib borgan sari bu
raqobat ancha bema'ni tus olishi, ijtimoiy ziddiyatga aylanib ketishi mumkin. Bunday
raqobatga ma'rifiy, ijodiy tus berishga, uni musobaqaga, bunyodkorlikka aylantirishga
birinchi navbatda iqtisodiyot bilan bog'liq boimagan, eng awalo, madaniy-axloqiy
mexanizmlar yordamida erishish mumkin. Bu mexanizmlar qayta tiklanayotgan milliy
qadriyatlar bilan hozirgi zamon sivilizatsiyasi singdirayotgan yashash me'yorlarining
umumlashmasidan iborat bo'lmog'i darkor».
Albatta, mustaqillik e'lon qilingan paytda jahon hamjamiyatining mustaqil O'zbekistonni tan
olishi, davlatimizning keng tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyati o'zbek xalqining ma'naviy
qadriyatlari va imkoniyatlari tiklanishiga, o'zini boshqa xalqlaroilasidagi to'la huquqli millat sifatida
anglab yetishiga yanada katta kuch baxsh etdi. Keng miqyosdagi xalqaro aloqalar jahon
madaniyatini yanada chuqurroq bilish, umuminsoniy qadriyatlardan bahramand bo'lish uchun qulay
shart-sharoitlar yaratdi.

13.

Milliy, umumbashariy va demokratik qadriyatlar sintezi — demokratik jamiyat qurish sharti sifatida
O'zbekiston mamlakati hududida bir necha ming yillar davomida davlatchilik, milliy va etnoijtimoiy
an'analari yashab kelmoqda. Ularning hammasi millatning shakllanishida muhim rol o'ynab, hozirgi milliy
qadriyatlaming shakllanishiga olib keldi. Mazkur milliy qadriyatlaming umummilliy xarakter kasb
etadiganlari millatning yashash tarzi yoki millatning rivojlanish omili sifatida ham namoyon bo'la boshladi.
Mustaqillikning dastlabki davrida esa mazkur milliy qadriyatlaming aksariyati ilgari, ya'ni ittifoq davrida
toptalgani, ijtimoiy-siyosatdan ajratib qo'yilganligi uchun qaytadan tiklanish jarayoniga zarurat sezmoqda
edi. Endi demokratik jamiyat qurish vazifalari va qaytadan tiklanish zarurati paydo bo'lganligi sababli
mazkur milliy qadriyatlar yangi jamiyat qurishning tamoyillari sifatida namoyon bo'la boshladi.
Shuning uchun ham mustaqillikning dastlabki davrida yuqorida keltirilgan milliy qadriyatlardan
tashqari yana quyidagi qadriyatlarni tiklash yangi jamiyat qurish vazifalari sifatida namoyon bo'la boshladi:
xalqimiz hayotida kuchli jamoachilik ruhiyatining saqlanib qolganligi;
oila, mahalla, el-yurtning har bir inson uchun muqaddasligi;
ota-ona va boshqaruv rahbarlariga nisbatan hurmat- ehtiromning saqlanib qolganligi;
millatning ovozi bo'lgan ona tiliga bo'lgan izzat-hurmatning kuchliligi;
kattalarni hurmat qilish, kichiklarni izzat qilish odatlarining mavjudligi;
jamiyatda ayol zotiga nisbatan alohida hurmat-ehtirom ko'nsatilishi;
xalqimizning sabr-bardoshli, mehnatsevar ekanligi;
xalqimiz o'rtasida halollik va mehr-oqibatlilikning keng tarqalganligi;
xalqimiz mentalitetida o'zgarishlarga doir islohotlarni shoshilmay, asta-sekin olib borishga moyilligi;
xalqimizning tafakkur tarzi va ijtimoiy qarashlarining rivojlanganligi;
xalqimiz milliy ma'naviyati va madaniyatining o'ziga xos Sharqonaligi.

14.

Mustaqillik davrida milliy qadriyatlaming fuqarolik jamiyati qurish, demokratik tamoyillarni
jamiyatda qo'llashdagi o'mi masalasi nafaqat davlat siyosati darajasiga ko'tarildi, balki, demokratik
jamiyat qurishning «O’zbek modeli»ni tarkibiy qismi sifatida e'tirof etildi. Chunki, bir necha ming
yillar davomida shakllangan milliy qadriyatlardan birdaniga voz kechib bo'lmaganidek, millatning
bir necha ming yillarda odatlanib qolgan qadriyatlarisiz hech qanday islohotlarni amalga
oshirolmasligi tabiiy bir holdir. Ayniqsa, Sharq olamida turli xalqlarning bir necha ming yilliklar
ichida shakllantirgan va rivojlantirgan milliy qadriyatlari yashash tarzining qirralari sifatida mahkam
o'rnashganligi, uni hech qanday kuch yo'qota olmasligi uchun yangi jamiyat qurishni ham ularsiz
amalga oshirib bo'lmaydi.
Ittifoq davrida milliy qadriyatlar tazyiqlar va ta'qiqlashlarga uchragan bo'lsa ham ular xalqimiz
ruhiyatida, tarixiy xotirasida saqlanib qoldi. Prezident I.A.Karimov bu haqda quyidagi fikrni
bildiradi. «Uzoq vaqt davom etgan qattiq mafkuraviy tazyiqqa qaramay, O'zbekiston xalqi
avloddan avlodga o'tib kelgan o'z tarixiy va madaniy qadriyatlarini hamda o'ziga xos
an'analarini saqlab qolishga muvaffaq bo'ldi». Mustaqillikning dastlabki davridan boshlab milliy
qadriyatlarni tiklash davlat siyosatining ustuvor yo'nalishi darajasiga ko'tarildi. Bu sohadagi dolzarb
vazifalarni Prezident I.A.Karimov quyidagicha ifodalagan edi: «Biz ma'naviy qadriyatlarni tiklashni
milliy o'zlikni anglashning o'sishidan, xalqning ma'naviy sarchashmalariga, uning ildizlariga
qaytishdan iborat uzviy, tabiiy jarayon deb hisoblaymiz».

15.

Markaziy Osiyo xalqlari o'z tarixiy taraqqiyoti jarayonida mintaqada yashagan barcha
xalqlarga mansub bo'lgan ularni birlashtirib turishga qobil bo'lgan milliy qadriyatlarni yaratdi:
tug'ilgan ota makon va ona yurtga ehtirom his-tuyg'ularining kuchli bo'lishi;
ajdodlarni xotirlash, ular qoldirgan qadriyatlarga sadoqat tuyg'ularining mavjudligi;
yoshi ulug', mo'ysafidlarning obro'-e'tiborini joyiga qo'yish, yoshlarga g'amxo'rlik qilish va
ularga izzat ko'rsatish;
insoniy muomala va munosabatlarda ma'naviy qadriyatlarga qat'iy amal qilish;
ajdodlardan meros bo'lib qolgan hayo, andisha, og'ir vazminlik, sabr-toqat kabi qadriyatlarni
saqlash, rivojlantirish va ularga amal qilish.
Demokratik qadriyatlarning rivojlanishi faqat zamonga emas, balki makon va kengliklar,
ulardagi taraqqiyot bosqichlariga ham bog'liqdir. Ular shakliyjihatdan muayyan kengliklarda
rivojlanadi. Masalan, ularning rivojlanishi uchun muayyan kengliklarga zarurat tug'iladi:
mahalliy;
milliy;
mintaqaviy.
Ularda shakllangan mahalliy, milliy va mintaqaviy qadriyatlar rivojlanib borgani sari
umuminsoniy ahamiyat kasb etib boradi.

16.

O'zbekistonda demokratik jamiyat qurishda milliy qadriyatlardan keng foydalanishdan tashqari
diniy qadriyatlarni tiklanishiga ham muhim ahamiyat berilmoqda. Chunki, aksariyat diniy
qadriyatlar milliy qadriyatlar sifatida namoyon bo'lishi tabiiy bir holdir. Milliy qadriyatlar ham,
diniy qadriyatlar ham fozil jamiyat qurishni, farovonlikni, komil insonni shakllantirishni, ijtimoiy
adolat o'matishni, tinchlikni, millatlararo ahillikni oliy qadriyatlar sifatida e'tirof etadi.
Demokratik qadriyatlaming shakllanishi bir necha pog'onalar va ularning o'zaro aloqadorligi,
o'zaro uyg'unlashuvi natijasida sodir bo'ladi. Tarixiy jarayonlar bu qadriyatlaming mahalliy, milliy,
mintaqaviy va umuminsoniy shakllarda namoyon bo'lishini ko'rsatdi.
Tarixiy rivojlanish tajribasi shuni ko'rsatadiki, demokratik jamiyatni umuminsoniy va milliy
qadriyatlar uyg'unligisiz barpo etib bo'lmaydi. Umuminsoniy qadriyatlaming asosiy vazifasi olamni
bilish va uni amaliy o'zgartirishning muhim omili sifatida rivojlandi. Umuminsoniy va milliy
qadriyatlar uyg'unligi inson ma'naviy kamolatining eng muhim omili sifatida e'tirof etildi.
English     Русский Правила