4.01M
Категория: ФинансыФинансы

Xalqaro qimmatli qog‘ozlar bozori. 5-mavzu

1.

TOSHKENT SHARIDAGI YEOJU TEXNIKA INSTITUTI
“MOLIYA” KAFEDRASI
“MOLIYA BOZORI” FANI
5-mavzu: XALQARO QIMMATLI QOG‘OZLAR
BOZORI.
Mashg‘ulot turi: ma'ruza
Ajratilgan vaqt: 2 soat
O‘qituvchi: Akmal Allakuliyev
e-mail: [email protected]
Fan kodi:
Ta’lim yo’nalishi kodi:
Ta’lim shakli:
Semestr:
Kreditlar soni:
MAB085
IER
kunduzgi
3
3
© Yeoju Technical Institute in Tashkent

2.

FAN MAVZULARINING NOMI
1-mavzu: MOLIYA BOZORINING NAZARIY ASOSLARI. (28-01-2021)
2-mavzu: MOLIYA BOZORI SEGMENTLARI: PUL BOZORI. (04-02-2021)
3-mavzu: MOLIYA BOZORI SEGMENTLARI: KAPITAL BOZORI. (11-022021)
4-mavzu: HOSILAVIY QIMMATLI QOG‘OZLAR BOZORI.
5-mavzu: XALQARO QIMMATLI QOG‘OZLAR BOZORI.
6-mavzu: MOLIYA BOZORI PROFESSIONAL ISHTIROKCHILARI:
EMITENTLAR VA INVESTORLAR
7-mavzu: MOLIYA BOZORI TARTIBGA SOLISH.
8-mavzu: MOLIYA BOZORI TAHLILI.
9-mavzu: MOLIYA BOZORI RISKLARI VA PORTFELNI BOSHQARISH.
10-mavzu: FOND BIRJALARI VA FOND BOZORI MEXANIZMI.
11-mavzu: MOLIYA BOZORIDA BANKLAR VA NOKREDIT
INSTITUTLAR.
12-mavzu: INVESTISIYA VA PAY FONDLARI.
13-mavzu: MOLIYA BOZORIDA SUVEREN FONDLAR.
14-mavzu: KRIPTOVALYUTALAR BOZORI.
15-mavzu: JAHON MOLIYA BOZORI TENDESIYALARI VA
MUAMMOLARI.

3.

TAVSIYA ETILADIGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI
Asosiy adabiyotlar:
1. S.Elmirzayev, Moliya bozori. Darslik – T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2019. - 324 b.
2. Frederic S. Mishkin., Stanley G. Eakins Textbook. Financial Markets and
Institutions, 9 th Edition, ISBN 978-0-13-451926-5. Pearson Education ©
2018. – 688 p.
3. Ширшов, Петрик: Финансовый рынок. Учебное пособие. ISBN: 978-5-39221141-8.
Qo‘shimcha adabiyotlar
1. Alimardonov E. va boshq. Global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida
moliya bozori barqarorligini taʼminlash: nazariy-konseptual va amaliy
jihatlar. Monografiya. – T.: “Akademnashr”, 2012. – B. 132.
2. K. Dowd. An Introduction to Market Risk Measurement. J. Wiley Hoboken, NJ,
2002.

4.

Mavzu doirasida o‘rganiladigan savollar:
1. Xalqaro kapital harakati
2. Xorijiy valyutalar bozorining tashkiliy
jihatlari
3. Valyuta bozorida savdoni amalga oshirish
tartibi

5.

XXI ARSNING ENG QUDRATLI
KUCHI – MOLIYAVIY KUCHDIR!
A.A.B.

6.

1. Xalqaro kapital harakati
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar va zamonaviy jahon
xo‘jaligida mamlakatlar o‘rtasida chetga kapital
chiqarish (eksport), uning faol migratsiyasi (xarakati)
asosiy muhim belgilardan biridir.
Kapital chiqarish mazkur mamlakat milliy kapital aylanmasidan bir
qismini olish jarayonlarini o‘zida mujassam etadi. U tovar yoki pul
shaklida boshqa mamlakatlar ishlab chiqarish jarayonlariga aralashadi.
Avval boshqa kapital chiqarish jahon xo‘jaligida kapital eksportini
amalga oshiruvchi kam sonli rivojlangan mamlakatlargagina xos edi.
Jahon xo‘jaligining rivojlanishi bu jarayon doirasini ancha kengaytiradi.
Kapital chiqarish iqtisodiyotning dinamik taraqqiyotida har qanday
sharoitda ham muvaffaqiyatli vazifa bo‘lib qoladi. Kapitalni sanoat
negizida rivojlangan mamlakatlar ham, o‘rtacha taraqqiy etgan
mamlakatlar ham, rivojlanayotgan mamlakatlar ham chiqaradi.
Hozirgi paytda kapitalning xalqaro xarakati xalqaro
iqtisodiy munosabatlarni turli shakllari rivojlanishida,
jahon iqtisodiyotini faoliyat ko‘rsatishda hal qiluvchi
element
bo‘lib
qolmoqda.
Ekspertlarning
baholashlaricha,to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investisiyalar
o‘rtacha yillik o‘sish sur'atlari taxminan 34 % ni, ya'ni
jahon savdosi ko‘payishi sura'tlaridan 5 marta ko‘pni
tashkil qiladi.

7.

mamlakatda
chiqarilayotgan
kapitalning to‘planishi;
barqaror siyosiy
vaziyat va qulay
investision muhitning
mavjudligi.
mamlakatda arzon
xom ashyo va ishchi
kuchlarining borligi;
Kapital
chiqarishning
muhim
sabablari:
jahon xo‘jaligi turli
bo‘g‘inlarida
kapitalga va unga
talab va ehtiyojning
mos kelmasligi;
mahalliy bozorni
monopoliyalashtirish
imkoniyati
mavjudligi;

8.

Kapitalni chiqarish va uni rag‘batlantirishning asosiy
omillari quyidagilardan iborat:
milliy iqtisodiyotning o‘zaro bog‘liqligi va o‘zaro bog‘liqlikning o‘sishi kapital
chiqarishni faollashtiruvchi, harakatlantiruvchi kuchidir. To‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiya
shaklidagi kapital eksporti ayniqsa ishlab chiqarishni xalqaro, ya'ni xalqaro
mahsulotlar ishlab chiqarishga aylantirishda bosh omil hisoblanadi. Xalqaro
mahsulotlar bu global xalqaro bozorda sotiladigan (avtomobillar, samolyotlar,
radioelektronika, komp'yuterlar va boshqa) mahsulotlardir.
xalqaro sanoat kooperatsiyasi, sho‘'ba korxonalarida transmilliy kompaniya (TMK)
quyilmalari turli mamlakatlardan ayrim yuridik mustaqil korxonalarni yagona xalqaro
korporatsiya doirasida ixtisoslashish, texnologik, sohaviy yakin hamkorligini o‘rnatish;
rivojlangan mamlakatlar iqtisodiy siyosati, iqtisodiy o‘sish sur'atlarini qo‘llab-quvvatlash
uchun sezilarli hajmda kapital jalb qilish, bandlik darajasini saqlash, sanoat yetakchi
sohalari taraqqiyoti;
rivojlanayotgan mamlakatlarning iqtisodiy holati, xorijiy kapitalni jalb qilish yordamida
o‘z iqtisodiyoti rivojiga sur'at bag‘ishlash, «qashshoqlik»dan kutilishga urinish;
iqtisodiy omillar sezilarli ta'sir o‘tkazadi. Xalqaro korporatsiya qat'iy ekologik normalar
tufayli ishlab chiqarishni rivojlangan mamlakatlardan rivojlanayotgan mamlakatlarga
ko‘chiradi;
kapital oqimini yo‘naltiruvchi va tartibga soluvchi xalqaro moliya tashkilotlari muhim rol'
o‘ynaydi.

9.

Xalqaro qimmatli qogʻozlar bozori iqtisodiy mohiyati,
qoʻllanish xususiyatlari va turlari
Emitentlar faoliyatining kengayib borishi natijasida ular tomonidan chiqarilgan
qimmatli qogʻozlarning xorijiy mamlakatlarda ham muomalada boʻlishi
bugungi kunda koʻplab mamlakatlarda oddiy holatga aylandi.
Yevroobligatsiyalar
Yevrodepozit
sertifikatlari
Qisqa muddatli
yevroqogʻozlar
Yevroaksiyalar
Yevroqogʻozlar

10.

Yevroqogʻozlar tasnifi
Yevroaksiyalar

kompaniyalar,
umumiy holda transmilliy kompaniyalar,
banklar, investitsion fondlarning ham milliy
bozorda,
ham
boshqa
mamlakatlar
bozorlarida
savdoga
qoʻyiladigan
aksiyalaridir.
London,
Singapur,
Lyuksemburg yevroaksiyalar
savdosi
amalga oshiriladigan asosiy moliyaviy
markazlar hisoblanadi.
Investorlar
turli
mamlakatlardan sotib oluvchilar boʻlganligi
uchun
bitimlar
mamlakatlar
milliy
valyutalarida tuzilishi mumkin.
Yevroobligatsiyalar (ingl. eurobond)
mamlakatdan tashqarida qattiq valyutada
sotiladigan
obligatsiyalardir.
Bugungi
kunga
kelib
yevroobligatsiyalar har
qanday mamlakatda chiqarilishi mumkin
va aksariyat holatlarda yevro yoki AQSH
dollarida
muomalaga
chiqarilmoqda.
Ularga
misol
sifatida
yevrodollar
obligatsiyalari, yevroiyen obligatsiyalarini
keltirish
mumkin.
Yevroobligatsiyalar
emitentlar
nuqtai
nazaridan
davlat
(suveren)
yevroobligatsiyalari
va
korporativ yevroobligatsiyalarga boʻlinadi.
Yevrodepozit sertifikatlari – amerika
banklari
boʻlinmalari
va
shoʻba
kompaniyalari va boshqa davlat banklari
tomonidan xorijiy valyutada (asosan AQSH
dollarida) chiqarilgan qimmatli qogʻozlar.
Bunda depozit sertifikatlari bankda depozit
joylashtirilganligi
haqida
maʼlumotnama
hisoblanadi. Yevrodepozit
sertifikatlari
bozorida eng katta ulush Londonga toʻgʻri
keladi. Yevrodollar
depozit
sertifikatlari
asosan
yirik
institutsional
investorlar
uchun moʻljallab chiqariladi.
Qisqa
muddatli
yevroqogʻozlar – seriyali tarzda
chiqariladigan xalqaro darajada
joylashtiriladigan
qimmatli
qogʻozlardir. Bunda eng yirik
emitentlar

11.

Xalqaro obligatsiyalar va ular muomalasini tashkil etish
Bugungi
kunga
kelib
davlatlar
tomonidan
suveren
obligatsiyalarni, yirik korporativ tuzilmalar tomonidan korporativ
obligatsiyalarni
xorijiy
valyutada xorijiy davlatlarda joylashtirish
amaliyotining muntazam ravishda amalga oshirilib kelinayotganligi
xalqaro obligatsiyalar bozori rivojlanishiga xizmat qilmoqda. Bu oʻz
navbatida emitentlarning xalqaro moliya bozoridan katta miqdorda
kapital jalb qilish orqali zarur sohalarni rivojlantirishga imkon bermoqda.
Odatda yevroobligatsiyalar kamida 3 yilga
chiqariladi, eng keng tarqalgan muddat sifatida
5 yillik muddat keltiriladi. Dunyoga mashhur
kompaniyalar
tomonidan
muomalaga
chiqariladigan yevroobligatsiyalar 15 yildan 30
yilgacha boʻlgan muddat boʻyicha amal qiladi.

12.

Yevroobligatsiyalarning afzalliklari va kamchiliklari

13.

Xalqaro aksiyalar va ular muomalasini
tashkil etish
Bugungi kunga kelib xalqaro amaliyotda yirik korporativ
tuzilmalar oʻz faoliyatlarini moliyalashtirish maqsadida milliy moliya
bozori bilan bir vaqtda xalqaro moliya bozorlaridan ham kapital jalb
qilishga
intilmoqdalar.
Bunda yuqorida koʻrib chiqqanimiz
yevroobligatsiyalar bilan bir qatorda yevroaksiyalar, yaʼni
xalqaro
aksiyalar muomalasiga ham eʼtibor qaratilmoqda.
Xalqaro aksiyalar bozoriga chiqish faoliyatni
moliyalashtirish imkoni bilan birga quyidagilarda
ham muhim ahamiyat kasb etadi:
- kompaniyalar aksiyalari
birja listinggiga kiradi va
turli
mamlakatlardagi
xalqaro
sindikatlarda
sotiladi;
kompaniyalarning
aksiyalari
savdosi
mamlakatdagi birja bilan
bir
vaqtda
boshqa
mamlakatlardagi bitta yoki
bir nechta birjalarda ham
amalga oshiriladi;
xalqaro
aksiyalar
chiqarilishi xorijiy valyutada
kapital jalb qilish imkonini
beradi.
Bunda
ham
aksiyalar milliy va xalqaro
fond birjalarida listingdan
oʻtadi.

14.

Xorijiy aksiyalar afzalliklari va kamchiliklari
Aksiyalar bozori kapitallashuvi boʻyicha eng katta birjalar
oʻntaligi, milliard AQSH dollarida

15.

Xalqaro aksiyalar
bozorida qoʻllaniladigan
depozitar tilxatlarning
asosiy turlari quyidagilar:
- amerika
depozitar
tilxatlari
(ADR);
- yevropa
depozitar
tilxatlari
(YEDR);
- global
depozitar
tilxatlari
(GDR).
Amerika va global depozitar tilxatlarni muomalaga kiritish bosqichlari
Birinchi
bosqich
Emitentning oʻz mamlakati fond bozoriga aksiyalar chiqarishi
Ikkinchi
bosqich
Amerika fond bozorida xalqaro darajadagi vositachi orqali emitent aksiyalarini
deponentlash
Uchinchi
bosqich
Deponentlangan aksiyalarni
roʻyxatdan oʻtkazish
Toʻrtinchi
bosqich
Xalqaro darajadagi vositachi orqali deponentlangan aksiyalarga nisbatan
amerika depozitar aksiyalarini emissiya qilish. Bunday aksiyalar amerika
fond bozorlarida mustaqil muomalada boʻlmaydi.
Beshinchi
bosqich
Maʼlum miqdordagi amerika depozitar aksiyalari hisobiga amerika depozitar
tilxatlari (ADR)ni chiqarish
Oltinchi
bosqich
AQSH fond bozorida ADRlarni muomalaga kiritish
Yettinchi
bosqich
xalqaro
darajadagi
vositachi orqali AQSHda
Global depozitar tilxatlar (GDR) sifatida AQSHda roʻxatdan oʻtkazish. Bunday
qimmatli qogʻozlar ADR-1, ADR-4 va taʼminlanmagan amerika depozitar
tilxatlaridan yuzaga keladi. AQSHdan tashqari jahonning boshqa
mamlakatlari fond bozorlarida muomalada boʻladi

16.

Xorijiy valyutalar bozorining tashkiliy jihatlari
Valyutalar hamda maʼlum bir valyutada shakllantirilgan bank
depozitlari savdosi xorijiy valyuta bozori (FOREX)da amalga oshiriladi.
FOREX
Dastlab Foreks faqatgina sayohat qiluvchilar yoki savdogarlar
tomonidan oʻz davlatlaridan boshqa davlatga borganlarida valyutani
ayriboshlash uchun ishlatilgan. Hozirgi kunda esa bu atama asosan
investitsiya kiritib, foyda olish mumkin boʻlgan manba sifatida qaraladi.
Statistik maʼlumotlarga nazar soladigan boʻlsak, foreksda oʻz faoliyatini
boshlaydigan yangi treyderlarning aksariyat qismi aniqrogʻi 90-95 foizi
oʻz pullarini qanday qilib yoʻqotganini tushunmagan holda ushbu bozorni
tark etishadi. Bugungi kunda foreks dunyoning eng katta moliyaviy
bozori hisoblanib, undagi kunlik oʻrtacha tranzaksiyalar miqdori taxminan
5 trillion AQSH dollarini tashkil etadi.
Foreign exchange - ingliz tilida valyuta almashuvi amali shunday
atalib, u bozorga ham shu nomni bergan. Foreks XX asrning 70yillaridan beri mavjud bo'lib, dinamik rivojlanuvchi va hajmi bo'yicha
mazmundor bo'lgan bozor hisoblanadi. Har kuni unda taxminan to'rt
trillion dollar miqdorida bitimlar tuziladi.

17.

Dunyo boʻyicha markaziy banklar zaxiralari
shakllantirilgan valyutalar boʻyicha maʼlumot

18.

FOREX bozori ishtirokchilari
boshqalar
markaziy
banklar
xalqaro
korporatsiyalari
tijorat banklari
sug’urta
kampaniyalari
investitsiya
banklari
pensiya fondlari
brokerlar va
dillerlar

19.

Valyuta bozorida savdoni amalga oshirish tartibi
FOREXda daromad olish bosqichlari

20.

Foreks bozorining afzalliklari:
- barqarorlik, chunki Foreks indeksining tushib ketishidan va bozordagi
yagona tovar boʻlgan valyutaning oʻziga xosligi tufayli moliyaviy inqirozga
uchrashdan himoyalangan;
- tovarning likvidligi. Valyutani toʻla hajmda va kerakli qiymatda sotilishida
muammolar yuzaga kelmaydi, chunki xalqaro Foreks bozorida xaridorlar
juda koʻp;
- kunu tun foydalanish imkoninig mavjudligi. Istagan payt va internetga
kirish mumkin boʻlgan istagan joyda bitim tuzish mumkin;
- oʻzgaruvchanlik ancha past darajada. Valyuta narxlarining har kunlik
oʻzgarishlari 1%dan oshmaydi;
- birinchi badal uncha katta emas. Hatto bir dollar bilan ham Foreksda ish
boshlash mumkin;
- bozorga yangi kirganlar va boshqalar uchun DЕMO hisob-varagʻini ochish
mumkinligi.
Foreks bozorining ayrim kamchiliklari:
- savdo intizomi darajasi uncha yuqori emas. Yoʻqotishlarni treyderning
oʻzidan boshqa hech kim nazorat qilmaydi;
- bitim hajmlarini notoʻgʻri tanlash tufayli mablagʻ yoʻqotish ehtimoli
mavjud.

21.

TOPSHIRIQLAR:
1. “Moliya bozori” fanining Moodle tizimidagi andozasi bilan
tanishish
2. Fan bo’yicha adabiyotlarni yig’ish
3. Mavzuni chuqur o’rganish va adabiyotlarni o’qib chiqish
4. Savol-javob uchun puxta tayyorlanish
English     Русский Правила