215.64K
Категория: ИсторияИстория

Ingliz burjua inqilobi davri diplomatiyasi

1.

INGLIZ BURJUA INQILOBI DAVRI DIPLOMATIYASI
REJA
1. Kirish.
2. Uzoq muddatli parlament diplomatiyasi.
3. O.Kromvel diplomatiyasi
4. Xulosa.
Kirish
Ingliz burjua inqilobi davridagi
diplomatiya xalqaro munosabatlar va
Yevropa diplomatiyasi tarixida maxsus o’rin tutadi. Chunki XVI asr
o’rtalarida hamma Yevropa mamlakatlari hali monarxiya tuzumida edi. U
davrning diplomatiyasi o’ziga xos ish tutardi ya’ni davlat manfaati emas, balki
saroy va sulola manfaati nuqtai nazaridan ish olib borardi. Ularning ish uslubi
fitna-ixtilofga moyillik,
maxfiylik va murakkab-makkorlik asosda olib
borilardi. Ingliz inqilobi diplomatiyasi esa o’zining sodda fikrlik, maqsadga
muvofiqligi va ijro etishda o’zining mohirligi bilan tubdan farq qilardi. Bu esa
inqilobda g’alaba qilgan ijtimoiy sinf manfaati va o’sha davrdagi siyosiy
hayot hamda tushunchasiga to’gri kelib davr talabiga javob berardi.
Inqilob xokimiyat tepasiga shunday kishilarni keltirdiki, ular Angliyada
burjuaziya taraqqiyoti tarafdori edilar. Ular nima istashlarini
qilishlarini
aniq va
ravshan
bilardilar
va
nima
va kelgusida qanday yashash va
qanday qarakat qilishlarini belgilab olgan edilar.
Angliyaning
o’sha
davrdagi
diplomatlari
XVI
asrdagi
feodal
Angliyaning yerdorlari. Dengizchilari (qaroqchilar) va savdogarlari nima bilan
shug’ullangan bo’lsalar, shuni takrorladilar, ya’ni mustamlakachilik, tashqi
bozorni egallash. dengiz ustivorligi uchun hukumatdan mustasno tariqasida
kurash olib bordilar. chunki endilikda ularning o’zi hokimiyat tepasida turib.
parlament orqali hokimiyatni boshqarayotgan edilar, parlament zo’r berib

2.

ularning
manfaatini
himoya
qilardi,
keyinchalik
ularning
hukmdori
O.Kromvel bo’lib. u avvaliga ingliz burjua inqilobining Robespyeri, ya’ni
inqilob tarafdori edi, keyinchalik, hokimiyat tepasiga kelgach inqilobni
bug’uvchi Napoleonga aylanadi.
"Uzoq muddatli parlament diplomatisyasi".
Ingliz inqilobining birinchi galdagi siyosati. ya’ni diplomatiyasi Kirol
bilan parlament o’rtasidagi kurash. feodalizm bilan kapitalizm o’rtasidagi nizo
tugamaguncha
Yevropada
bo’layotgan
hatti-harakat
va
nizolarga
aralashmaslik mavqeini tutdi. Bu esa mamlakatda yangi, hokimiyatni
mustahkamlab olish uchun sharoit yaratar edi.
Angliya floti (harbiy va savdo) burjuaziya va savdo manfaati bilan bog’liq,
bo’lib, ularni himoya qilish maqsadida inqilob boshlanish davridan boshlab to
oxirigacha inqilob tarafida turdi. Bu esa inqilobchi ANGLIYaGA Yevropa
qit’asidagi Feodal davlatlarning harbiy yurish (intervensiya) uyushtirishiga
to’sqinlik qildi.
Qirol Karl I ning qo’shni mamlakatlarga, ularning monarxlariga
murojaat qilib, inqilobni bostirib, hokimiyatni saqlab qolishi uchun yordam
so’raganda ham bu qo’shnilar unga e’tibor bermadilar. Bu Angliyaning ichki
ishi deb biladilar. Bundan tashqari ular inqilobning borishini ham. mohiyatini
ham tushunmas edilar, shuning uchun ham tashvishga tushmadilar.
Birinchidan, Angliya inqilobi mamlakat ichkarisidagi mojorolarni xal
qilish uchun Yevropa ishlariga vaqtincha aralashmadi, ikkinchidan qit’a
mamlakatlari bu vaqtda kuch-quvvatga ega bo’lib, gullab yashnayotgan edi,
shuning uchun ham inqilobdan qo’rqmadilar va uni inqilob ekanligini
tushunib yetmadilar.
Ayniqsa. Karl I ning Fransiyadan umidi katta edi, uning yordamiga
muxtoj edi. Ammo bu hatti-harakatlar bekor ketdi, aksincha uning Fransiya
hukumati bilan diplomatik yozishmalari Nezbi yonidagi jangda yengilib,
butun hujjat-yozishmalari, ya’ni qirol arxivi parlament armiyasi qo’liga
tushib. uni sharmandalarcha obro’sizlanishga olib keldi.

3.

G’alaba qilgan sinf, burjuaziya bilan yangi dvoryanlar hokimiyatni o’z
qo’liga olib, barcha boyliklarni o’z foydalariga hal qilib. taqsimlab oldilar.
Qat’iy-mustahkam tartib o’rnatishga xarakat qildilar va qit’a mamakatlari
bilan savdo va diplomatik munosabatlarni tiklashga urindilar.
"Puldor va mulkdor" kishilar Yevropa bozorini qo’lga olishga tayyor
edilar. uning uchun qanday to’siq bo’lmasin, uni yengishga kuchlari yetar edi.
Angliyaning dengiz dushmani va savdo raqibi bo’lgan davlatlar Gollandiya,
Ispaniya va Fransiyaga qarshi kurash dasturi aniqlab olingan edi.
Puritan hayolparastlari Jumhuriyat (Respublika)ni Gollandiya bilan
qattiq va qaqshatqich kurashishga chaqirdilar. "Xudo bizga (inglizlarga - M.
Gollandiyani bergan ekan, u yerga vakillar yuborib, tartib o’rnatish va
Vavilionlikdan siz to’g’ri yo’ldan adashgan malikani taxtdan ag’darib, qit’ada
Xudo hukmronligini o’rnatishga asos solish kerak, -degandi ulardan biri1.
Ammo, xokimiyatga kelgan "xudo bandalari" o’zlarini o’ta xudojo’y
deb atashlariga qaramasdan hayotdagi moddiy manfaatdorliklarini hech
qachon
unitgan
emaslar.
Ularning
bunday xatti-harakatlari to xatto
inglizlarning Shvetsiyadagi elchisi Uaytlok bilan Shvetsiya qirolichasi
Uristinaning qabul suxbati vaqtida tilga olinib, qirolicha shunday degandi:
"Siz inglizlar tovlamachi va ikkiyuzlamachi. Men sizlarning generallaringiz
(O.Kromvel) va Siz haqingizda emas, menimcha Angliyada shunday shaxslar
borki: ular ko’p, bu kishilar soxta dindorlar bo’lib, hayotida hech qanday
maxzamlik yo’q, kerak bo’lsa diniy ulomolikdan ham foyda izlaydi2.
XVII asr 40-yillarining oxiri va 50-yillarining boshlariga kelib ingliz burjua
inqilobining tashqi siyosati va diplomatiyasi parlament ixtiyorida edi. Ammo
O.Kromvelning tashqi siyosat bobidagi nojo’ya xarakatlari parlament
a’zolariga xush kelmadi, ayniqsa Irlandiya masalasida parlament uning
o’zboshimchalik va huquqlarini cheklashga harakat qilganda, o’rinbosari
bo’lgan Praydni yuborib. parlamentda tozalash o’tkazib, uni o’ziga
1
2
История дипломатии.т.1., М., 1976. c. 282
История дипломатии.т.1.. c.282

4.

bo’ysundirmoqchi bo’ldi. Lekin bari-bir parlament qaysarlik qila boshladi.
Shunda Kromvel ozgina qolgan parlament azolarini ham xaydab, butun
hokimiyatni o’z qo’liga oldi. 1653 yildan boshlab Respublika tuzumi o’rniga
Kromvel homiyligi (protektorat) o’rnatildi.
Bu vaqtda ingliz diplomatiyasining asosiy vazifasi birinchi galda qit’a
mamlakatlari bilan diplomatiya va savdo
munosabatlarini tiklash va
yaxshilash edi. Qit’a davlatlaridan ko’pchiligining diplomatik (agent) vakillari
ham Londonda yashab kelayotgan edilar, ammo yangi hokimiyatni tan olishtanish uchun shoshilmadilar. Sust xarakat qildilar. Ularning davlat boshliqlari
Angliyadagi yangilikka e’tibor bermadilar va Respublikani tan olishga
urinmadilar. O’z vakillariga esa yangi ishonch yorliq berishni ham unutdilar.
Fransiya xukumati Karl I ning hayoti va faoliyati haqida o’ylab
ko’rmadi va unga yengillik ham qilmadi. To xatto o’limga maxkum etilganda
ham qirolning ahvolini surash uchun harakat qilinmadi, Fransiyaning
Londondagi elchisi Belevr xatto qirolni borib ko’rmadi ham, uning bu
harakati keyinchalik Fransiya qiroli kengashida ma’qullangan edi.
Angliya burjua Respublikasini tan olishga va unga moyillik bilan
harakat qilgan qit’a davlatlaridan biri - bu Ispaniya edi. Ispaniyaning
Londondagi elchisi don Alonso Kardenya, yangi ishonchli yorliq olmagan
bo’lsada, lekin Jumxuriyat hukumati bilan maxfiy aloqada bo’lish uchun
vakolat olgan edi. Bu masalada u juda ustalik bilan kirishib, ishonchni oqladi.
Bu harakatni asosiy sababi, Ispaniya o’zining yovuz dushmani bo’lgan
Fransiyani dog’da qoldirib, yaqinda Ispaniyadan ajralib chiqqan (1640 y.)
partugallarga ularning dushmani bo’lgan Angliya yordami bilan zarba
bermoqchi edi. Partugallar Angliya qirolining qaroqchilariga jumxuriyat
savdo kemalarini talash uchun yordam bergandi. Shu jihatdan Angliya bilan
Partutaliya o’rtasida katta nizo paydo bo’lgandi.
Anglo-fransuz munosabatlari bu davrga kelib buzila boshlandi. Xali
qirol Karl 1 qatl qilinishiga qadar Lyulovik XIV Angliya va ichki kurashlari
bilan band deb o’ylab, inglizlarning jun va shoxi matolarini (1648 y)

5.

Fransiyaga kiritishni qat’iyatlik bilan man qildi. Bunga javoban Angliya
parlamenti fransuz vinolarini o’z bozoriga kiritishga qarshilik ko’rsatdi.
Kardinal Mazarini hokimiyat gepasida turganligidan foydalanib, bu
masalada Angliyadan yon bosishini so’ragan edi. O’sha vaqtda Fransiyaning
Angliyadagi muvaqqat ishlar vakili Krullening ishi ungidan kelmadi.
Inglizlar unga "qirolga bo’lgan avvalgi ishonchga qaramasdan u siz
ham yashay olamiz, shuningdek fransuzlarning xushbo’y vinolarisiz ham
kunimiz o’tadi" deb javob qaytardilar3. Shundan so’ng savdo urushi boshlanib
ketdi. Rasmiy holatda urush e’lon qilinmasdan ikki davlat bir-birini savdo
kemalarini taladilar, kemalarni mahsulotlari bilan qo’lga kirita boshladilar,
ya’ni qaroqchilik bilan shug’ullandilar.
Ispaniya elchisi don Alonso Kardenya uddoburorlik bilan Angliya va
Fransiya mojoralaridan foydalanib, zudlik bilan Madrid saroyidan (1650 y.)
ishonchli yorliq berishini so’rab, o’z qirolini agar biz Jumxuriyatni tan olsak
undan katta foyda ko’ramiz deb ishontirdi va yorliqni olishga muvaffaq
bo’ldi. Juda katta yutuq bo’lmasa ham, xarxolda elchi o’zlarining raqibi va
dushmani bo’lgan Fransiya ustidan g’alaba qozondi va uni kamsitib qo’ydi.
1650
yilning
dekabrida
Kardenya
tantanali ravishda parlament
tomonidan qabul qilindi va u parlamentga o’zining ishonchli yorlig’ini
topshirdi. Xuddi shu kuni Fransiyaning Angliyadagi muvaqqat ishlar vakili
Krulle qamoqqa olingan edi. Parlament tomonidan ispan elchisini tantanali
qabul qilish marosimlarining yozuvi va Krullening Mazariniga ishi o’ngidan
kelmaganligi va xibsga olinganligi haqidagi xati ham parlament arxivida
saqlanib qolingan edi, u quyidagicha:
Kardenyani parlamentga olib kelish uchun graf Solsberi boshchiligida
parlamentning uchta komissari hukumat izvoshida borgan edilar. 30 yoki 40 ta
izvoshda ispan va ingliz dvoryanlari o’tirib, Kardenyani parlamentga kuzatib
keldilar. Kardenya kelayotgan yo’lda otliq askarlarning ikki polki saf tortib
turgan edi. Piyoda askarlarning bir polki uni qo’riqlab bordi.
3
История дипломатии.т.1. c.284

6.

Parlamentga kelgach Kardenyaga maxsus o’rindiq (kreslo) tayyorlanib
qo’yilgan edi. Unda o’tirgan elchi parlament raisiga o’zining ishonchli
yorlig’ini taqdim qiladi. Bu yorliq Lotin tilida yozilgan edi. Shundan so’ng
Kardenya ispan tilida katta nutq so’zlab, mamlakatning oliy hokimiyati
bo’lgan palatani buyuk xristian davlatpanoxi nomidan birinchi bo’lib tan
olinganligi uchun o’zini baxtiyor deb hisoblaydi, degandi.
Xuddi shu soatda, ya’ni parlament Ispaniya elchisiga katta ehtirom
ko’rsatib, uni elchi sifatida qabul qilayotgan vaqtda Fransuz elchisi Krullening
qarorgohiga askarlar bostirib kirib, tintuv o’tkazadilar, Krullen xibsga olib,
uni tezda Londondan xaydab yuboradilar.
Fransiya uchun bunday noxush ahvol ularni sarosimaga solmadi,
aksincha (Lazarini va uning noibi Kolber fransuz burjuaziyasining manfaatini
ko’zlab ish tutdilar. Ularning tazyiqi ostida savdoni rivojlantirish uchun
Angliya bilan aloqani yaxshilashni talab qildilar. Ingliz savdo kemalarini
talagan
qaroqchilari
kommersantlari
hukumatni
(boylari)ni
ingliz
inglizlar
bilan
dengizchi
kelishuvini
qaroqchilari
Fransuz
tomonidan
talanishiga qaramasdan, ular o’z hukumatlaridan inglizlar bilan kelishishni
talab qildilar.
Kolber Fransiya savdosnning qiyinchiliklari xaqida 1650 yil qirolga
yozgan xatida shunday deydi: "...inglizlar biz bilan savdo urushi olib
borayapti... savdoni yo’lga qo’yish qiyin, chunki inglizlarning bunday uch
olishida biz, o’zimizni ung’arib ololmaymiz. Savdoni o’nglab olish uchun ikki
yo’l bor: xavfsizlik va erkinlik, buning uchun albatta Angliya bilan yaxshi
qo’shnichilik munosabatlarini tiklash zarur.
Inglizlarning bizdan talab
qilayotgan narsasi shuki, biz ularning respublikasini tan olishimiz kerak. Bu
sohada ispanlar bizni quvib o’tdi, deydi Kolber. Biz majburan bo’lsa ham
Angliyani tanishimiz kerak. Buning uchun bizni xudo va bandalar ham
kechirishi mumkin. Ispanlar bizga nisbatan dushmanlik mavqeida turib,
inglizlar orqali ko’p ishlar qilishi mumkin, deb tugatadi o’z xatini Kolber4.
4
История дипломатии.т.1. c.284

7.

Kardinal Mazarining o’zi Respublikani tan olish uchun har qanday
pastkashlikka borishi mumkin edi, nima ketsa ham ispanlarga qarshi inglizlar
bilan ittifoqda bo’lish edi. Shuning uchun ham har qanday shartlarni
bajarishga tayyor edi. Shu maqsadda tashqi siyosatning 1652 yildan boshlab
parlament ixtiyoridan Kromvel qo’liga o’tganligidan foydalanib. vositachilar
orqali hukmdor bilan bog’lanib, tezda undan javob oladi. Kromvelning
talabiga ko’ra fransuz qiroli Angliya respublikasini tezda tan olib, o’z
elchisini Londonga yuborish aytilgandi.
xarakatlari vaqtida Respublika
Shuning bilan birga dengiz
fuqarolariga yetkazilgan moddiy zarar
qoplanishi zarur edi. Bundan tashqari, Mazarining Fronda bilan olib
borayotgan kurashi Fronda foydasiga hal bo’lsa, u vaqtda Mazarini uchun
boshpana Angliyadan berilishi ma’lum qilingan edi.
Natija Mazarini kutganidek bo’lib chiqmadi. Ahvolni o’zgartish qiyin
edi Mazarini va saroyning ahvoli borgan sari qiyinlashib bordi. Oronda
tarafdori bo’lgan shaxzodalar Fransiyaning janubida. Bordo shahrida
to’planib, u yerdagi inqilobiy harakat bilan birgalikda Angliya respublikasini
tan olish va o’zlarining avvalgi erkinliklarini qo’lga kiritish edi. Ispanlar ham
inglizlarni shaxzodalar bilan ittifoqda bo’lishiga undar edi. Shunday ekan,
Mazarini uchun inglizlarning talabini bajarishdan boshqa iloji yo’q edi.
1652 yilning dekabrida Angliyaga fransuz intendanti Pikardii de Bor,
Bordo qirolning Angliya parlamentiga yozgan xati bilan yuboriladi. Elchiga
berilgan ko’rsatmaga muvofiq, inglizlarning sha’niga tegadigan gaplar
aytilmasligi kerak deyiladi. Lekin inglizlarni bunday maktub qoniqtirmadi
ular boshqacha mazmundagi xat talab qildilar. Shundan so’ng yangicha
mazmunda yozilgan maktub yuborilib. unda Angliya ulugvor davlat, inglizlar
esa katta buyuk millat deb ko’rsatilgandi. Shundan so’ng inglizlar
vakillarini
qabul
qilishlarini
Bordo
ma’lum qildilar, lekin qabul na parlamentda.
na davlat kengashida, u tashqi ishlar bilan shug’ullanuvchi qo’mitada
o’tkaziladigan bo’ldi. Qabul marosimida fransuz vakili nutq so’zlab, unda ikki

8.

davlatning tuzumi, har xil bo’lishiga qaramasdan, savdo bir xilda rivojlanishi
mumkin, bundan na Fransiya, na Angliya zarar ko’radi. Aksincha ikkalasi
buyuk davlat sifatida manfaatdor bo’lishi mumkin, dedi5.
Birqancha vaqtlar o’tgandan keyingina 1655 yilga kelib ikki o’rtada
shartnoma tuzildi, fransuz-ispan qarama-qarshiliklaridan Kromvel Fransiyani
yana bir muncha yon bosishlarga majbur qildi.
Angliyaning yon qo’shnisi bo’lgan Gollandiya bilan ahvol boshqacha
edi, chunki bu mamlakat XVII asrda Yevropaning hamma mamlakatlari va
jahon bilan savdo qiladigan kuchli dengiz davlati hisoblanardi. Gollandiya
kemalari o’zlarining yukini tashib, kirakashlik qilardi, qayerda bo’lmasin
ingliz kemalari bilan to’qnash kelardi. Gollandlar kuchli va xavfli raqobatchi
edi.
Rus davlatida gollandlarning olib borgan ishlari ingliz savdogarlarining
tijorat savdo imtiyozlarini bekor qilishga olib keldi. Ingliz jamoasining
fikricha Gollandiya bilan, ya’ni ikki dengiz davlati o’rtasida mustahkam
ittifoq tuzish, aks holda dengiz hukmronligi uchun raqib Gollandiyaga qarshi
ayovsiz qatiy kurash olib borish edi.
1651 yilning fevralida ingliz parlamentining ikki favqulodda elchisi
Sen-Djon va Strayklend
Gollandiyaga muzokara olib
borish uchun
yuborilgandi. Ingliz elchi-vakillarini 40 janob va 200 yaqin xizmatchilar
hamrox sifatida kuzatib bordilar. Gaagada ularni General shtatlarning
deputatlari 27 hukumat izvoshida qarshi oldilar. Ular sharafiga katta qabul
marosimi o’tkazilib. katta hurmat ko’rsatildi. Lekin mamlakat jamoasining
elchilarga bo’lgan munosabati sovuqqina bo’ldi.
General shtatlarning uchrashuv-qabul marosimida respublikaning 7 ta
komissari ingliz elchilariga shuni ma’lum qildilarki, Birlashgan viloyatlar
(Gollandiya) Angliya respublikasiga o’zlarining do’stlik munosabatlarini
izhor qiladi va faqatgina yaxshi qo’shnichilikni tiklash va saqlab qolishgina
5
История дипломатии.т.1., c.285

9.

emas, balki ikki respublikaning manfaati uchun turli xildagi traktatlarni
imzolash lozim deb, aytdilar.
Ularga javoban ingliz elchilari gollandlarning aytganlaridan foydalanib.
bizning takliflarimiz yanada chuqurroqqa boradi, dedilar. "Biz shuni taklif
qilamiz, -dedi ular.- Angliya bilan Birlashgan viloyatlar o’rtasidagi do’stlik
faqatgina tiklanib va saqlanib qolmasdan, balki ular o’rtasidagi ittifoq tuzish.
bu ittifoq yaqinlik va ehtiromlik bo’lishi kerak. Har ikkala millat manfaatlari
uchun xizmat qilsin, bu ishlar va manfaatlar xayotiy va aniqroq bo’lishi
kerak" degandi6. Inglizlarning so’nggi so’zlaridan gangib qolgan gollandlarni
ko’rib, ularning ahvolini tushunib yetgan inglizlar gollandlarga murojaat qilib,
sizlar o’z takliflaringizni aytishingiz mumkin deb, ularni og’ir vaziyatdan
qutqardilar.
Inglizlarning
orzu-istaklari gollandlarga ochiq-oydin ma’lum edi:
Gollandiyaga Angliya bilan birlashish. aniqroq qilib aytganda Angliyaga tobi
bo’lish, bordi-yu rad javobi bo’lsa. unda uning bilan aloqani uzib. unga qarshi
kurashish edi.
Oradan ko’p vaqt o’tmasdan dushmanlik mavqei quzg’olib, ikki
respublika bir-biriga qarshi turdi, inglizlar gollandlarning kemalarini tutib ola
boshladilar.
Gollandlarning
qumondonligida
Angliya
harbiy
qirg’oqlarida
floti
taniqli
suzib
admiral
yurardi.
Trompa
Ingliz
elchilari
parlamentga murojaat qilib, kelgusida nima qilishlarini surab. biron topshiriq
bormi yoki uyga qaytish
kerakmi degan savol qo’ydilar. Shundan so’ng
parlament ilgarigi qo’yilgan takliflarga Gollandiyaning General shtatlaridan
javob kutmasdan o’z elchilariga 7 moddadan iborat bo’lgan qat’iy
talabnomaga
o’xshagan
do’stlik
haqida
taklifnomani yubordi.
Unda
aytilishicha Gollandiya bilan Angliya bitta ya’ni yagona davlat sifatida ish
ko’rib, urush va tinchlik masalasida xalqaro shartnomalar va ittifoq tuzishda
bir davlat nomidan bo’lishi kerak deyiladi.
6
История дипломатии.т.1., c.286

10.

Agar bu shartlar qabul qilinsa. u vaqtda yanada muhimroq, ya’ni "ikki
davlat manfaatlarini ko’zda tutgan xolda yangi moddalar taklif qilish
mumkin" degan gaplar elchilar orqali og’zaki ravishda yetkazilgan edi7.
Masalalar ochiq xolda xal bo’lmasdan qolgach elchilar o’z yurtlariga
qaytadilar. Bu voqealar iyulning oxirlarida bo’lib, 5 avgust kuni parlamentga
tegishli chora ko’rish topshirildi va shoshma-shosharlik bilan Kromvel taklif
qilgan "Navigadion akt" (dengizda suzish qonun-qoidalari) e’lon qilindi. Bu
akt
bilan
Angliya
o’zining
Gollandiyaga
nisbatan
bo’lgan
do’stlik
namunalarini yaqqol ko’rsatdi. Ushbu aktga muvofiq, mahsulotlar faqat
Angliya kemalarida keltirilishi va chiqarilishi kerak edi. Gollandiya esa bunga
qarshi edi. Ikki o’rtada urush ( 1652-1654) boshlanib, u Godlandiyaning
mag’lubiyati bilan tamom bo’lib, gollandlar "Navigasion akt"ni majburan tan
oladilar. Ikki o’rtada hali urush holati saqlanib qolgan edi.
O.Kromvel diplomatiyasi
Uzoq muddatli parlamentdan qolgan "dum"ni ham 1653yilda xaydab
yuborilgach, butun hokimiyat Kromvel qo’liga o’tadi va 1654 yildan e’tiboran
hokimiyat diktaturaga aylanadi.
Kromvel
birlashtirib
o’z
oldi.
qo’liga
ham
U Angliya,
fuqarolik
ham
harbiy
hokimiyatni
Shotlandiya va Irlandiya armiyasi va
flotining bosh qo’mondoni edi. Soliqlar yig’ishni boshqarardi, sud ishlarini
nazorat qilardi. Urush e’lon qilish va tinchlik shartnomalarini imzolash uning
ixtiyorida edi. Aslida Kromvel ancha oldin diktator bo’lgan edi. Kromvel
Angliyaning kelajagini o’ylarkan va kurasharkan, parlament va davlatning
boshqa boshqaruv idoralarini tan olmasdi. Xoxlagan ishini istaganicha amalga
oshirardi.
Taniqli ingliz xaykaltaroshlaridan biri Kromvelning osoyishta va jiddiy
ko’rinishini xaykal qilib yaratgan. Uning bir qo’liga qilich, ikkinchisiga esa
injil ushlatgan. -ko’lidagi qurol yordamida u o’z gurkuragan davrining
7
История дипломатии.т.1., c.287

11.

murakkab masalalarini xal qilgan, aniqroq qilib aytganda chopib tashlagan,
degan ma’noni aks ettirgan.
O’z
lavozimini bajarishga kirishishdan oldin Kromvel o’zining
tantanama-yistrani chet ellik elchilar huzuriga yuborib, u orqali shularni
ma’lum qilishni ya’ni mamlakatdagi bu o’zgarishlar Angliya bilan Yevropa
mamlakatlari
o’rtasidagi
oldingi
do’stlik
va
yaxshi
qo’shnichilik
munosabatlarini aslo o’zgartirmaydi, deb ishontirishni topshirgan edi8
Borgan sari diktatorlik xokimiyati kuchayib bordi. Gollandiya bilan
bulayotgan urush 1653 yilda Gollandiya mag’lubiyati bilan tamom bo’ladi.
Gollandiyaning siyosatchisi va diplomati Korneliy de Vigg General shtatlar
majlisida Birlashgan viloyatlar ahvoli haqida gapirib, shunday degandi: “Men
shuni aytishim kerakki. bundan keyin biz va dengiz Angliya hukmronligi
ostida”9.
Kromvel ikki respublikaning birlashishidan voz kechdi. 1654 yilning iyunida
ikki o’rtada sulh tuzishga qaror qildi. Sulh tuzish marosimida
gollandlarning
vakillari
bo’lmasdan.
faqat
Gollandiya ittifoqchilari Daniya
qiroli, Shvetsariyaning protestant homiylari, Ganza shaharlari va Shimoliy
Germaniyaning bir qancha protestant knyazlari ishtirok qildilar. Ayni bir
vaqtda Kromvel Angliya uchun uncha xavfli bo’lmagan davlatlar Shvetsiya,
Daniya va Portugaliya bilan ham savdo shartnomalarini imzoladi. 1653 yil
Kromvel Stokgolmga ingliz diplomati Uaytlokni yuborib. Shvetsiya bilan
shartnoma
tuzishni
topshirgandi10.Bu
shartnoma,-degandi
Kromvel
Uaytlokka,-respublika uchun juda muhim. Qirolicha Xristinadan boshqa butun
xristian olamida bunday davlatpanoh va davlat yo’qki, biz ular bilan do’stlik
iplarini bog’lasak... Sizning hozirgi amalingiz gollanllar va daniyaliklar bilan
ishlarimizni va savdomizni yaxshilashga katta vosita buladi".
Shved dvoryanlarini ko’ndirish uchun Uaytlok ko’p urindi, shvedlar
Angliyaga nafrat ko’zi bilan qarab, undagi voqealarni tikuvchilar ishi deb
8
История дипломатии.т.1., c.288
История дипломатии.т.1., c.288
10
История дипломатии.т.1., c.288
9

12.

kinoya qilardilar. Shunga qaramasdan Uaytlok 1654 yilning 28 aprelida
Shvetsiya bilan tinchlik va ittifoq traktatini imzolashga muvaffaq bo’ldi. 1654
yilning sentyabrida Daniya bilan imzolangan traktatga ko’ra Angliya Zund
orqali suzib o’tish huquqi berildi. Shu choqqacha bu gollanllar qo’lida edi.
Portugaliya bilan tuzilgan shartnoma uni iqtisodiy jixatdan Angliyaga tobi
qilib ko’ydi.
Ispaniya bilan bo’layotgan ishlar va munosabatlar birmuncha mushkil
edi. Ispaniyaning Angliyani birinchi bo’lib tan olishi va ispan elchisi
Karden’yaning
xatti-harakatlarining
tezlashib
borishiga
qaramasdan
shartnomani imzolash ishi nihoyatda sust va cho’zilib borardi. Inglizlar
azaldan ispanlarga boshqacha munosabatda bo’lib ularga xasad bilan
qarardilar.
Chunki
bu
mamlakatning
juda
katta
hududdan
iborat
mustamlakalari bor edi.
Kromvelni protektor (xomiy) deb e’lon qilinishi Kardenyani cho’chitib
qo’ydi, chunki o’rtada Fransiya bor edi, fransuzlardan har qanday
buzg’inchilik ishlarini kutish mumkin edi, shuning uchun Karden’ya bilan
Kromvel o’rtasida bo’lgan shaxsiy suxbatda Ispaniya tomonidan qanday
yordam kerak bo’lsa, biz tayyor deb aytgandi. Undan tashqari qatl qilingan
ingliz qiroli Karl I ning o’g’li yordam so’rasa unga rad javobini berishni aytib
buning uchun Kromvel ispanlar bilan birga Franpiyaga qarshi turishini talab
qilgan edi. Ammo Mazarini Ispaniya hukumatiga nisbatan ixcham xarakat
qilib. Kromvelni o’z qiroli nomidan "aka"."uka",’’jiyan" va h.k. deb atashga
tayyor
ekanligini
ma’lum
qildi.
Ammo
Kromvel kardinalga
menga
protestorlik unvonidan boshqasi kerak emas deb, javob qildi. Mazarinn agar
kerak bo’lsa sobiq qirol Karl 1 ning oilasini "yumshoqqina qilib" Fransiyadan
chiqarib yuborishni ham aytgandi.
Kromvelni bunday mayda-chuyda masalalar qiziqtirmasdi. Uning
maqsadi Fransiya bilan Ispaniya ustidan hukmron bo’lish edi, shuning uchun
ham raqiblariga yangi-yangi og’ir talablar qo’ya boshladi. Fransiya kuchli
mamlakat edi. Uning bilan urush kutilmaganda. favqulodda bo’lishi mumkin

13.

edi.
Ispaniya esa chirib borayotgan bo’lsa ham, lekin boy va osongina
qo’lga keladiga ulushga ega edi. Ana shunday vaziyatni o’z qo’lida saqlab
qolish maqsadida Ispaniya o’z mustamlakalarining Angliya bilan savdo
qilishga qarshi edi.
Angliya Ispaniyadan Vest-Indiya soxillarida erkin suzish va inkvizitsiya
taqibini bekor qilishni talab qildi. Bu xaddan tashqari bo’lgan talab edi, hatto
ispan
elchesi
ham
xayratda
edi:
Kardenya
norozilik-nafrati
bilan:
"Inkvizitsiyadan ozod qilish va Vest-Indiyada erkin suzish - bu mening
davlatpanoximning ikki ko’zini o’yib olishdir", degandi11.
Kromvel ko’zi bilan qaraganda Ispaniya bilan bo’ladigan uchush
muqarrar bo’lib qoldi. Bu urush matros (dengizchi)lar, zobitlar (ofiser)lar va
askarlarni ishga soladi, ularning urush tufayli boyishiga yo’l ochadi.
Xayolparastlarning
aqli-xushini joyiga
keltiradi va Angliyaning Yangi
dunyoda xukmron bo’lishiga imkon yaratadi, deb o’ylardi Kromvel12.
Urush rasmiy holatda boshlanmasdan yangi dunyo qirg’oqlariga Penya
eskadrasi yuborildi. O’rta Yer dengiziga esa Ispaniya sohillarida suzib yurgan
vaximali Blek qumondonligidagi eskadra yuborildi.
Pennga berilgan topshiriq Ispaniya mustamlakalarini bosib olish edi.
Ammo San-Domingoni olish imkoniyati
bo’lmadi. Chunki ispanlar bu
xujumni qaytardilar.
Bu voqea Ispaniyada ma’lum bo’lgach. Ispaniya hukumati ingliz
kemalari va mulklariga embargo (taqiq) e’lon qildi. Ko’pgina ingliz
savdogarlari hibsga olindi. qirol Kardenyaga Londonni tashlab kelishini
buyurdi. Kardenya o’ziga yuborilgan fregatga Duvrdan 1655 yilning 24
oktyabrida chiqayotgan vaqtda Kromvel Fransiya bilan tinchlik va savdo
shartnomasini imzolayotgan edi13.
“Agarda bu shartnoma uzoq kutishlardan so’ng o’z qimmatini yuqotgan
11
12
История дипломатии.т.1., c.289
История дипломатии.т.1., c.289
13
История дипломатии.т.1., c.289

14.

bo’lsada, -degandi fransuz elchisi Bordo. - ammo Kopaniya bilan bo’lgan
uzilish unga yangi kuch ato etadi”14. Shu yilning 28 noyabrida Fransiya bilan
tuzilgan shartmoma va Ispaniya bilan bo’layotgan urush haqidagi axborot
London ko’chalarida xalqqa ma’lum qilindi.
1656 yilning sentabrida Kromvel kelib chiqqan vaziyatni izoxlab,
shundan degandi: “Biz Ispaniya bilan urush
xolatidamiz. Biz bu urushni
nochorlikdan boshladik. Ispaniya bizning buyuk dushmanimiz, dushman
tabiiy, xuddi xudo ko’rsatganidek, u tulig’incha papizm bilan (katolik)
sug’orilgan15.
Urush Kromvel vafotidan so’ng tamom bo’ldi, Ispaniya uchun urush
muvofaqqiyatsiz bo’lib, inglizlar Yamayka orolini, ya’ni Amerikadagi qul
savdosining markazini ishg’ol qilib, uni bosib oldilar. Bu yer inglizlarning
yangi nusxadagi birinchi mustamlakalari edi, shundan so’ng mustamlaka
bosib olish davlat ishiga aylandi. Ingliz savdogarlari davlatga o’z ta’sirlarini
o’tkazib,
Vest-Indiya yerlaridan to’liq foydalanish, Yamaykadagi yer
uchastkalarini
taqsimlab
olish,
ayniqsa
mustamlakachilik
ishiga
aralashganlarga yer ulushlari berish talabi qo’yilib, bu yerda majburiy mehnat,
qullar mehnatidan, shuningdek Irlandiya, Shotlandiya va Angliyaning o’zidan
ko’chirilgan aholining mehnatidan xuddi qullardek foydalanish masalasi
qo’yilgan edi. Ana shu tariqa Kromvelning Ispaniya mustamlakalarini bosib
olish yo’li bilan XVIII asrda Britaniya mustamlakachilik imperiyasiga asos
solindi.
Inglizlar Yamaykani bosib olganlaridan so’ng, bo’lajak qirol Karl II
Ispaniya
xukumati
bilan
shartnoma
tuzib.
Ispaniyaning
Angliyada
monarxiyani tiklashga bergan yordami uchun Yamaykani qaytarmoqchi
bo’ldi.
Kromvel xukumronligining
oxiri katta
harbiy g’alaba - ispan
qo’shinlarining tor-mor qilinishi va 1658 yilda Yevropa darvozasi bo’lgan
14
15
История дипломатии.т.1., c.289
М.А.Барг. Великая английская революция и портретах ее деятелей. М.. "Мысл" 1991. с.245.

15.

Dyunkerkni olish bilan belgilanadi.
Ingliz qo’shinlari bu yerda marshal Tyuren qumondonligida fransuz
qo’shinlari bilan birgalikda urushdi. Urushgan ispan qo’shinlari tarkibida esa
ingliz royalistlari kurashdi.
Dyunkerk olingandan so’ng qit’aning kaliti Kromvelning belbog’ida
osig’liq". -deb aytgandi uning sipohiylari. 1658 yilning 3 sentyabrida Kromvel
vafot etadi. O’z g’alabasining natijasini ko’ra olmadi.
Voris tariqasida uning o’g’li Richard qolgandi, lekin mamlakat xazinasi
bo’m-bo’sh edi, albatta Angliyani bunday boshi berk ko’chadan olib chiqish
qiyin edi. Richard xokimiyatni boshqarishda bo’shlik qildi, unga nisbatan
qo’shin va uning boshliqlari kuchlilik qilib, parlamentni tarqatishni talab qildi
va 1659 yilning 22 aprelida parlament tarqatildi. Ozgina vaqt o’tgach, ya’ni
1659 yilning 25 mayida protektorat ag’darilib, xokimiyat uzoq muddatli
parlamentdan qolgan "Dum" tiklanib, uning qo’liga o’tadi.
Royalistlar zo’r berib, qirollikni tiklash va Karl I ning o’g’li Karl II
Styuartni qirollikka tiklashni talab qildilar. 1660 yilga kelib Karl II Styuart
Siti shahrida Angliya qiroli deb katta tantana bilan e’lon qilindi. Yangi
dvoryan va burjuaziyaning inqilob vaqtida musodara qilingan mol-mulklari
qaytarildi, ularning eski huquqlari tiklandi.
Xulosa
Shunday qilib, Kromvel olib borgan kurashlar, urushlar Angliyaning
kelajagini gullatishga hizmat qildi. Monarxiya tiklangandan so’ng esa
diplomatiya boshqacha bo’lib, mustamlakachilik siyosati kun sayin kuchayib
bordi. Atlantika sohillarida bir necha ingliz mustamlaka yerlari paydo bo’la
boshladi.
O’z zamonasining buyuk sarkardasi, inqilobchi, urush maydonida yengilishni
bilmaydigan
Oliver
Kromvelning
siymosi
ko’p
minglab
kishilarning
xotirasida saqlanib qoladi. U "qonunsizlikning yovuz dushmani" edi. Uning

16.

nomi inqilob dushmanlarini qaltiratardi. Kromvel ingliz burjua inqilobini
g’alabaga olib keldi. tarixchilarning tasdiqiga ko’ra u avvaliga inqilobning
Robespyeri bo’lgan, xokimiyat tepasiga kelgach, boshqacha yo’l tutib, uning
Napoleoniga aylangan. U qanday ahvolda bo’lmasin, qanday ko’rinishda
bo’lmasin tarixda o’z o’rni va izini qoldirdi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. История дипломатии.1-том.М..1976.
2. Английская буржуазная революция середи ХIX в., М.,1964
3. М.А.Барг. Великая английская революция в портретах ее деятелей. М.,
"Мысл" 1991.
English     Русский Правила