75.33K
Категория: ЭкономикаЭкономика

Riskni o’tkazish variantlari. Xejirlashtirish, sug’urtalash , diversifikatsiya

1.

MAVZU: RISKNI O’TKAZISH
VARIANTLARI : XEJIRLASHTIRISH,
SUG’URTALASH , DIVERSIFIKATSIYA.

2.

Reja:
1. Qanday hollarda riskka qo’l uriladi.
2.Rejirlashtirish nima.
3. Sug’urtalash va diversifikatsiya haqida malumot bering
1. Risk deganda tabiiy-iqlimiy, iqtisodiy va ijtimoiy
hodisalar xususiyatidan kelib chiquvchi yo‘qotishlar xavfi
ehtimoli tushuniladi. Keng ko‘lamli tushuncha sifatida riskni
tarixiy, huquqiy, iqtisodiy yoki moliyaviy kategoriya sifatida
ko‘rib chiqish mumkin. Riskning quyidagi ta’rifi allaqancha
kengroq hisoblanadi: risk – subyekt tomonidan ko‘plab
(birdan ortiq) natijalarni qamrab oluvchi, konkret natijaning
noaniqligi va hech bo‘lmaganda natijalardan biri xavfli
bo‘lgan alternativalar mavjudligi holatida qabul qilinadigan
qaror tavsifi.

3.

Hodisa – tabiiy yoki ijtimoiy-texnik jarayonlar, tashqi subyektlarning maqsadga
yo‘naltirilgan xattiharakatlari yig‘indisi yoki subyektning o‘zini xatti-harakati.
Subyekt uchun xavf-hatarlar – amalga oshishi subyektga zarar (ziyon)
yetkazishi mumkin bo‘lgan hodisalar; subyektni yo‘q qilinishida yoki
subyektning evolyutsiya imkoniyatlarini cheklanishida, yoki subyekt
manfaatlariga ziyon yetkazilishida namoyon bo‘ladi.
Zarar– har qanday moddiy yoki ma’naviy talofat, ziyon.
Manfaat– naf, foyda. Shunday qilib, risk alohida holat sifatida risk-menejment
nuqtai-nazaridan kelib chiqib ikkita xususiyatga ega – noaniqlilik (ehtimollik) va
xavf-hatarning amalga oshishi natijasida yuzaga keluvchi zararlilik. Iqtisodiy
nazariyada “risk”ni ma’lum ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatni amalga
oshirish natijasida korxona tomonidan daromadlarning bir qismini yo‘qotish
yoki qo‘shimcha xarajatlar qilish ehtimoli (xavfi) sifatida tushunish qabul
qilingan. Risk omili va uning natijasida ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni
qoplash zarurati sug‘urtaga bo‘lgan extiyojni keltirib chiqaradi. Risk sug‘urta
mafaatlari va munosabatlarini yuzaga kelish asosi hisoblanadi.

4.

Rejalashtirish — milliy iqtisodiyotning turli darajalarida (mikrodarajada —
korxonalar va ularning ayrim boʻlinmalari, shuningdek, korxonalar guruhlari,
tarmoklar, sektorlar va mintaqalar miqyosida; makrodarajada — mamlakatning
butun iqtisodiyoti miqyosida) ijtimoiyiqtisodiy jarayonlarni tartibga solish va
boshqarish shakllari. Joriy, qisqa muddatli (oylik, choraklik, yillik), oʻrta muddatli (5
yillik) va istiqboldagi — uzoq muddatli (10—15 yillik) R.ga boʻlinadi.
Sovet iqtisodiyotida xalq xoʻjaligini markazlashtirilgan R. xoʻjalik mexanizmining
asosiy boʻgʻini hisoblangan va direktiv, manzilli, barcha xoʻjalik yurituv subʼyektlar
uchun majburiy boʻlgan. Rejalar tizimi mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy
rivojlantirishning yagona xalq xoʻjaligi rejasi, tarmoklar va mintaqalar rejalari,
shuningdek, korxonalar rejalarini oʻz ichiga olgan. R. ni davlat miqyosida maxsus
organlar — SSSR Davlat plan (rejalashtirish) qoʻmitasi va ittifokdosh respublikalar
Davlat plan (rejalashtirish) qoʻmitalari hamda ularning viloyat, tuman boʻlinmalari
ishlab chiqqan. 1928-yildan boshlab SSSRda xalq xoʻjaligini rivojlantirishning 5 yillik
rejalari amaliyotga kiritilgan va bu tartib 1991-yilga qadar saqlanib keldi.

5.

Sugʻurta — tabiiy ofatlar (zilzila, suv toshqini, yogʻin va boshqalar), har xil baxtsiz
hodisalar roʻy berishi natijasida koʻrilgan zararni qoplash va boshqa pul qoplamalari
toʻlash uchun maqsadli pul jamgʻarmalarini tashkil etish va undan foydalanish bilan
bogʻliq iqtisodiy munosabatlar tizimi. Sugʻurta koʻp asrlik tarixga ega. Sugʻurta
muassasalari dastlab oʻrta asrlarda, dengiz orqali olib boriladigan savdodagi xavfxatarlar
bilan bogʻliq holda paydo boʻldi. Keyinchalik boshqa sohalarga gʻam yoyildi.
Ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyotning turli bosqichlarida sugʻurta fuqarolarning manfaatlarini
ishonchli himoya etuvchi vosita boʻlgan.
Sugʻurta jamgʻarmasi milliy iqtisodiyot zaxira jamgʻarmasining muhim va oʻziga xos
boʻgʻini hisoblanadi, milliy iqtisodiyotni turli tasodiflardan moliyaviy himoya qiladi.
Rivojlangan mamlakatlarda sugʻurta ishi nihoyatda taraqqiy etgan boʻlib, bu
mamlakatlar yalpi ichki mahsulotida sugʻurta badal (mukofot)lari hajmi oʻrtacha 8—12 %
ni tashkil etadi.
Diversifikatsiya (lot. diversi catio — oʻzgarish, xilma-xil taraqqiyot) — korxona
(birlashma)larning faoliyati sohalari va ishlab chiqaradigan mahsulotlari turining
kengayishi, yangilanib turishi. Diversifikatsiya ishlab chiqarishda yuqori samaradorlikka
erishish, iqtisodiy foyda olish, bankrotlikka barham berish va b. maqsadlarda amalga
oshiriladi. Ilgari bir sohada ixtisoslashgan firmalarning (sanoat, q. x., transport, moliya va
h.k.) boshqa ishlab chiqarish tarmoqlari, xizmat koʻrsatish sohalariga, birinchi navbatda,
yuqori foyda beradigan sohalarga kirib borishi ularning xoʻjalik faoliyati sohalari va
imkoniyatlarini kengaytiradi..
English     Русский Правила