Похожие презентации:
6-мавзу
1. 6-mavzu: Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllanishi. O‘zbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanishi
6-MAVZU:IQTISODIY ISLOHOTLAR, XUSUSIY
MULKCHILIKNING SHAKLLANISHI.
O‘ZBEKISTONDA BOZOR MUNOSABATLARINING
RIVOJLANISHI
O‘zbekistonning eng
yangi tarixi
2. REJA:
• 1. Oʼzbekiston Respublikasida bozor munosabatlarining shakllanishi, uninghuquqiy asoslarining yaratilishi.
• 2. Bozor infratuzilmasining shakllanishi.
• 3. Sanoat sohasinining rivojlanishi.
• 4. Qishloq xoʼjaligidagi islohotlar, uning vazifalari va yoʼnalishlari.
• 5. Erkin va maxsus iqtisodiy zonalar yaratilishi hamda ularning ahamiyati.
Soliq sohasidagi islohotlar.
3. 1. Oʼzbekiston Respublikasida bozor munosabatlarining shakllanishi, uning huquqiy asoslarining yaratilishi.
• Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish О‘zbekistonga sobiq tuzumdan barbodbо‘lgan iqtisodiy va moliyaviy tizim, izdan chiqqan iqtisodiy boshqaruv
mexanizmi va iqtisodiy munosabatlar meros bо‘lib qolganligi,
Ittifoq
parchalangach sobiq Ittifoqning boshqa mintaqalaridagi korxonalar bilan
O’zbekiston korxonalari о‘rtasidagi aloqalar uzilishi natijasida ishlab chiqarish
pasayishi, xususiy mulkni rivojlantirish zarurati, o’tish davrida aholini ijtimoiy
himoya qilish, dunyo mamlakatlari bilan iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish
zaruriyati bilan bog’liq edi. Ijtimoiy yо‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti О‘zbekiston
davlat suverenitetining iqtisodiy asosi qilib olindi. Bu yо‘lni shakllantirish uchun
iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga kirishildi.
4. Avvalo, iqtisodiy islohotlarning quyidagi strategik maqsadlari belgilab olindi:
• ijtimoiy yо‘naltirilgan bozor iqtisodini bosqichma – bosqich shakllantirish, milliyboyliklarning о‘sishini, kishilar turmushi va faoliyati uchun munosib sharoitni
ta’minlaydigan kuchli va muntazam rivojlanib boruvchi iqtisodiy tizim yaratish;
• kо‘p ukladli iqtisodiyotni yaratish, kishining mulkdan begonalashuvini bartaraf etish,
tashabbuskorlik va tadbirkorlikning har taraflama о‘sishi uchun asos bо‘ladigan
xususiy mulkchilikning davlat tomonidan himoya qilinishini ta’minlash;
• korxonalar va fuqarolarga keng iqtisodiy erkinliklar berish, ularning xо‘jalik ishlariga
davlatning tо‘g‘ridan – tо‘g‘ri aralashuvidan voz kechish, iqtisodni boshqaruvning
ma’muriy – buyruqbozlik usullarini yо‘q qilish, iqtisodiy vositalar va
rag‘batlantirishlarni keng qо‘llash;
5. Avvalo, iqtisodiy islohotlarning quyidagi strategik maqsadlari belgilab olindi:
• moddiy, tabiiy va mehnat resurslaridan unumli foydalanishni, raqobatbardosh tayyormahsulotlarni ishlab chiqarish va jahon iqtisodiyot tizimiga kirib borishini
ta’minlaydigan chuqur iqtisodiy о‘zgarishlarni amalga oshirish;
• iqtisodiyotda chuqur tarkibiy о‘zgarishlar qilish va raqobatbardosh mahsulotlarni
ishlab chiqarish;
• jahon iqtisodiy tizimiga qо‘shilib borish;
• kishilarda yangicha iqtisodiy tafakkurni shakllantirish, ularning dunyoqarashini
о‘zgartirish, har bir kishiga о‘z mehnatini qо‘llash sohalari va shakllarini о‘zi mustaqil
belgilab olishi uchun imkoniyat yaratish.
6. О‘zbekistonda iqtisodiy islohotlar quyidagi yо‘nalishlarda amalga oshirildi:
• mulkiy islohotlar;• institutsional va moliya–kredit islohotlari;
• agrar islohotlar;
• tashqi iqtisodiy faoliyat islohotlari;
• ijtimoiy sohadagi islohotlar.
7. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy omillaridan biri bozor iqtisodiyotining huquqiy negizini yaratishdan
iboratdir. Shu boisdan islohotlarning huquqiy asoslariniyaratishga alohida e’tibor berildi. Bu qonunlarni mazmun – mohiyati jihatidan quyidagi
yо‘nalishga bо‘lish mumkin:
• 1. О‘zbekistonning davlat va uning iqtisodiy mustaqilligining huquqiy
negizlarini yaratish, davlatni boshqaruv qoidalarini tartibga soluvchi qonunlar. Ana shu yо‘nalishda «О‘zbekistan Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari
tо‘g‘risida», «Yer osti boyliklari tо‘g‘risida», «О‘zbekistan Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tо‘g‘risida», «Mahalliy davlat hokimiyati tо‘g‘risida», «Fuqarolarning о‘zini
– о‘zi boshqarish organlari tо‘g‘risida» va boshqa qonunlar qabul qilindi.
• 2. Mulkchilik munosabatlari va kо‘p ukladli iqtisodiyotni shakllantiruvchi
qonunlar. Bu yо‘nalish doirasida mulkchilik tо‘g‘risida, mulkni davlat tasarrufidan
chiqarish va xususiylashtirish tо‘g‘risida, yer tо‘g‘risida, ijara tо‘g‘risida, davlat uy –
joy fondini xususiylashtirish tо‘g‘risida va boshqa qonunlar qabul qilindi.
8.
• 3. Xо‘jalik yuritishni tartibga soluvchi qonunlar, ya’ni xususiylashtirish,mulkchilik, tadbirkorlik, korxonalar, fermer xо‘jaligi, dehqon xо‘jaligi, shirkat
xо‘jaligi tо‘g‘risida qonunlar qabul qilindi. Bozor infratuzilmasini yaratuvchi va
uning faoliyatini tartibga solib turuvchi banklar va bank faoliyati, pul tizimi,
tadbirkorlik, sug‘urta, birjalar va birja faoliyati tо‘g‘risida, qimmatli qog‘ozlar va fond
birjasi tо‘g‘risida va boshqa qonunlar qabul qilindi. Korxona bilan davlat о‘rtasidagi,
korxonalar о‘rtasidagi munosabatlarni yо‘lga qо‘yuvchi qonunlar, Soliq kodeksi,
Bojxona kodeksi, monopolistik faoliyatni cheklash, korxonalarning bankrot bо‘lishi
haqida qonunlar qabul qilindi, Xо‘jalik – protsessual kodeksi ishlab chiqildi, xо‘jalik
sudi tuzildi.
• 4. О‘zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyatini belgilab beruvchi huquqiy
normalar yaratildi. Tashqi iqtisodiy faoliyat tо‘g‘risida qabul qilingan qonunlar,
xalqaro pakt va bitimlar, ularning О‘zbekiston tomonidan imzolanishi mamlakatimiz
tashqi aloqalarining rivojlanishi tarixida yangi sahifa ochdi.
9. 2. Bozor infratuzilmasining shakllanishi.
2. BOZOR INFRATUZILMASININGSHAKLLANISHI.
• Bozor iqtisodiyotiga bosqichma – bosqich о‘tish bozorning kо‘p bо‘g‘inli
infratuzilmasini yaratishni talab qiladi. Chunki muayyan infratuzilmaga ega
bо‘lmasdan bozor mexanizmlari tо‘liq ishlay olmaydi. О‘tish davrida bozor
infratuzilmasi shakllantirish va kengaytirish borasida kо‘plab amaliy tadbirlar
amalga oshirildi.
• Bozor infratuzilmasi deganda bozor munosabatlarini shaklantirish va ularni
samarali yuritishga xizmat qiluvchi muassasa, tashkilot va korxonalar majmuasi
tushuniladi.
10. Islohotlar davrida respublikamizda bozor munosabatlarini shakllantirish va rivojlantirishga xizmat qiluvchi infratuzilmaning
I S L O H OT L A R D AV RI DA RE S P U BL I KA MIZ D A BO Z O R MU N O S A BAT LA RINIS H A K L L A NT IRISH VA RI V O J L AN TIRIS HG A X I Z MAT Q I L U V CH I
I N F RAT UZ IL MA NIN G A S O S I Y BО ‘ G ‘ IN LA RI — T U RL I MU A S S A SA L AR,
TA S H K IL OTLAR VA K O RX O N A LA R MA JMU A S I V U JU D G A K ELD I .
AV VA LOMBOR ,
• ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi — transport, aloqa, suv va energetika ta’minoti, yо‘l va ombor
xо‘jaligi tuzilmalari yaratildi.
• Tovar va xomashyo bozorida xizmat qiluvchi — tovarlar va xomashyo birjalari, biznes inkubator,
auditorlik va konsalting firmalari, kо‘plab savdo uylari, auksionlar, tijoratchilik idoralari, reklama
firmalari, savdo – sotiq va ularni nazorat qiluvchi davlat muassasalari tashkil etildi. Bu sohadagi
dastlabki qadam — mahsulot yetkazib berishga majburiy davlat buyurtmasining tugatilishi bо‘ldi.
Davlat buyurtmasi tugatilgach, tovar resurslarini markazlashgan tartibda taqsimlashga mutasaddi
ta’minot tashkilotlari ham tugatildi. Ularning о‘rniga tovarlar bozorini shakllantiruvchi birjalar tizimi
tashkil etildi. О‘zbekistonda 1991 yilning avgustidan «О‘zbekiston» respublika universal agrosanoat
birjasi, «О‘zulgurjibirjasavdo» — О‘zbekistonda ulgurji va birja savdosi bо‘yicha Respublika davlat
– aksiyadorlik uyushmasi (1994 yil mart), «Toshkent» Respublika tovar – xom ashyo birjasi (1994 yil
8 aprel) va boshqa birjalar faoliyat kо‘rsatmoqda. 1992 yil 12 avgustda О‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi «Birjalar va birja faoliyati tо‘g‘risida» qaror qabul qildi.
11.
• Bozor munosabatlarini rivojlantirishda axborot infratuzilmasi alohida ahamiyatga ega. Shu boisdaniqtisodiy faoliyat uchun zarur bо‘lgan axborotlar, xabarlar va
ma’lumotlarni tо‘plovchi,
umumlashtiruvchi vositalar, firmalar vujudga keldi.
• Xо‘jalik yurituvchi subyektlarni moliya – kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi infratuzilma —
yangi bank tizimi, о‘z – о‘zini kreditlash idoralari, sug‘urta kompaniyalari, moliya kompaniyalari,
soliq undirish idoralari, pul jamg‘armalari yaratildi.
• Respublikamizda tadbirkorlar va aholini ehtimoli bо‘lgan turli zararlardan himoya qiluvchi sug‘urta
bozori vujudga keldi. Davlat ishtirokida bozor munosabatlariga xizmat qiluvchi «О‘zbekinvest» (1994
yil 13 aprel), «О‘zagrosug‘urta» (1997 yil 25 fevral), «Kafolat» (1997 yil 14 mart) kabi uchta yirik
sug‘urta kompaniyasi tashkil etildi. Kо‘plab xususiy sug‘urta kompaniyalari, shuningdek, xorijiy
mamlakatlar bilan hamkorlikda ishlaydigan qо‘shma sug‘urta kompaniyalari ham vujudga keldi. 2002
yilda sug‘urta kompaniyalarining soni 28 taga yetdi, 2020 yilda 32 ta bo’ldi, ular moliya bozorida
mamlakatimiz fuqarolari va tashkilotlariga 150 turdan ortiq yо‘nalish bо‘yicha sug‘urta xizmati
kо‘rsatmoqdalar. «Sug‘urta faoliyati tо‘g‘risida»gi qonunning qabul qilinishi (2002 yil 5 aprel),
Prezident farmoni bilan 2002 yil 1 fevralidan boshlab sug‘urta tashkilotlarining 3 yil muddatga
daromad solig‘idan ozod qilinishi mamlakatimizda sug‘urta bozorini yanada erkinlashtirish va
rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
12.
• Bozor iqtisodiyotiga о‘tish sharoitida ish bilan bandlik masalasi jiddiy muammogaaylanadi. Negaki, iqtisodiy tizim о‘zgarayotgan paytda malakasiz kishilargagina emas,
ma’lum ixtisosga ega bо‘lgan xodimlarga ham talab cheklanadi, ishsizlar toifasi
kengayadi. Bunday sharoitda ishsizlar sonining kо‘payishiga yо‘l qо‘ymaslik tadbirlari
kо‘rildi. 1993 yildan О‘zbekistonda Mehnat birjalari paydo bо‘ldi. Respublika
«Mehnat birjasi» va joylardagi 225 dan ortiq mehnat birjasini о‘z ichiga oluvchi katta
tarmoq barpo etildi. Har bir tumanda mehnat birjasi tashkil etildi. Ishsizlarni rо‘yxatga
olish, ularni kasbini о‘zgartirish mexanizmi yaratildi, ishsizlik bо‘yicha nafaqa tо‘lash
yо‘lga qо‘yildi.
• 2019 yilda O‘zbekistonning ish bilan band bo‘lgan aholisining o‘rtacha yillik
soni 13,5 million kishini tashkil etib, ish bilan ta’minlanganlar soni har yili
o‘rtacha 300 ming kishiga ko‘paygan, mehnat resurslaridan foydalanish darajasi 71,2
foizni tashkil qilishi, shuningdek, ish o‘rinlarining to‘rtdan uch qismi yuridik shaxsni
tashkil etmasdan faoliyatni amalga oshiruvchi, ro‘yxatdan o‘tgan kichik biznes,
xususiy va yakka tartibdagi tadbirkorlik hisobiga yaratilgan
13.
• Narxni erkinlashtirish iqtisodiyotda raqobatchilik muhitini vujudga keltirish bilanbevosita bog‘liq. 1992 yil 2 iyulda “Monopolistik faoliyatni cheklash to’g’risida”gi
Qonuni qabul qilindi. Bu qonun asosida raqobatchilikni rivojlantirishga qaratilgan bir
qator normativ hujjatlar ishlab chiqildi va amalga oshirildi. 1992 yilda O’zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi tarkibida Monopoliyaga qarshi va narx siyosati Bosh
boshqarmasi tashkil etildi, 1996 yilda esa O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
huzurida Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo’mitasi tashkil etildi.
2000 yilda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga muvofiq monopoliyaga
qarshi organ Moliya vazirligi tarkibidan chiqarildi. Ushbu davlat qo’mitasi monopol
mavqeidagi korxonalarni belgilab, ularning mahsulotlari bо‘yicha narxlarni va
rentabellikni tartibga solib turibdi.
• Iqtisodiy islohotlar borasida qо‘yilgan yana bir muhim qadam – 1994 yil 1 iyuldan
milliy valyutamiz – sо‘mning muomalaga kiritilishi bо‘ldi. Bu tadbir katta siyosiy
ahamiyatga, e’tiborga molikdir, chunki о‘z milliy valyutasiga ega bо‘lmagan davlat
chinakam mustaqil bо‘la olmaydi. Respublika hukumati milliy valyuta qadrini
mustahkamlash, uning erkin aylanishini ta’minlash choralarini amalga oshirib bordi.
14.
• О‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasida iqtisodiyot xilma – xil mulk shakllaridan iboratbо‘lishi, har bir shaxs mulkdor bо‘lishga haqli ekanligi, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat
qilish erkinligi, barcha mulk shakllarining teng huquqli ekanligi belgilab qо‘yilgan. Xususiy mulk
boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat tomonidan himoya qilinadi.
• О‘zbekistonda chek (vaucher) asosida xususiylashtirishga yо‘l qо‘yilmadi. Davlat mulkini sotish
orqali xususiylashtirish yо‘li tutildi. Shu bilan birga xususiylashtirish chog‘ida imtiyozlar tizimi
yaratildi. Xususiylashtirilayotgan korxona mehnat jamoasining xodimlariga aksiyalarni imtiyozli
shartlar bilan sotib olish imkoniyati berildi. Eskirgan asosiy fondlar, ijtimoiy infratuzilma obyektlari
yangi mulkdorga tekinga topshirildi. Qishloq xо‘jaligi davlat xо‘jaliklarining mol – mulki, fermalar,
bog‘lar va uzumzorlar imtiyozli shartlar asosida xususiylashtirildi.
• Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish 1991 yil 18 noyabrda qabul qilingan mulkni
«Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tо‘g‘risida» gi va «Davlat uy – joy» fondini
xususiylashtirish tо‘g‘risidagi (1993 yil 7 may) qonunlar va 20 dan ortiq maxsus davlat dasturlari
asosida amalga oshirildi.
• Xususiylashtirish savdo, xizmat kо‘rsatish va mahalliy sanoat korxonalarini, uy – joy fondini, qishloq
xо‘jalik mahsulotlarini tayyorlovchi xо‘jaliklarni davlat tasarrufidan chiqarishdan boshlandi. Bu
kichik xususiylashtirish deb nom oldi.
15.
• Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik — jamiyatda ham iqtisodiy, ham siyosiyvaziyatni mо‘tadillashtirishga yordam beradigan о‘rta tadbirkorlar tabaqasini paydo
bо‘lishi demakdir. Kichik biznes, tadbirkorlik bozorni zarur iste’mol tovarlari va
xizmatlar bilan boyitishga hamda daromad va foyda olishga qaratilgan faoliyatdir. Bu
– yangi ish о‘rinlarini yaratish, aholini ish bilan bandligini ta’minlash, aholi
daromadlarining asosiy manbaidir.
• 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan О‘zbekiston Respublikasining «Kichik va
xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish tо‘g‘risida»gi Qonuni iqtisodiyotning mazkur
sektoriga davlat va mintaqaviy darajada rag‘batlantirishning asosiy yо‘nalishlarini
belgilab berdi. Davlat darajasida xususiy tadbirkorlik faoliyati uchun huquqiy –
normativ asoslar, zarur infratuzilma va shart – sharoitlar yaratildi. Mintaqaviy (viloyat,
shahar, tuman) darajasida esa tadbirkorlarga mahalliy soliq va yig‘imlar solishda
yengilliklar berildi, bu sektorni rivojlantirish uchun hududiy dasturlar ishlab chiqildi
va amalga oshirish tadbirlari kо‘rildi.
16.
• Iqtisodiy islohotlarning keyingi bosqichlarida chet el investitsiyalari kichik va о‘rtabiznesga, xususiy sektorga keng jalb etildi. Chet el investitsiyalari ishtirokida barpo
etilgan va faoliyat yuritayotgan qо‘shma korxonalar soni 2002 yil boshlarida 2087
taga yetdi. Ularning ish va xizmat hajmi 2002 yilda 1044 mlrd sо‘mni tashkil etdi.
“Ro'yxatdan o'tgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 2020-yil
1-fevral holatiga 11,0 mingtani tashkil etib, ulardan 10,6 mingtasi yoki 96,1 %i
faoliyat ko'rsatmoqda. Bu ko'rsatkich o'tgan yilning shu davriga nisbatan olganda 3,0
mingtaga yoki 37,0 % ga oshganligini ko'rish mumkin”
17. 3. Sanoat sohasinining rivojlanishi.
3. SANOAT SOHASINININGRIVOJLANISHI.
• О‘ZBEKISTON HUDUDIDA 2 TRILLION KUBOMETRGA YAQIN GAZ ZAXIRALARI, 160
DAN ORTIQ NEFT KONI MAVJUD. BIROQ MAMLAKAT NEFT MAHSULOTLARI
ISHLAB CHIQARISH BО‘YICHA QARAM BО‘LGAN. XUSUSAN, XX ASRNING 90 –
YILLARI BOSHLARIDA CHETDAN 6 MILLION TONNAGA YAQIN NEFT
MAHSULOTLARI KELTIRILAR, 600 MING TONNA PAXTA TOLASI ROSSIYA VA
BOSHQA MAMLAKATLARGA NEFT MAHSULOTLARI UCHUN BERILARDI. SHU
BOISDAN MAMLAKATIMIZDA NEFT MUSTAQILLIGI UCHUN KURASH BOSHLANDI.
18.
• О‘ZBEKISTONNING NEFT MUSTAQILLIGINI TA’MINLASH ASOSIY VAZIFALARDANBIRI SIFATIDA ILGARI SURILDI. RESPUBLIKADA TARQOQ HOLDA FAOLIYAT
YURITAYOTGAN NEFT HAMDA GAZNI QAZIB CHIQARISH VA QAYTA ISHLASH
KORXONALARI 1992 YILDA TASHKIL ETILGAN «О‘ZBEKNEFTGAZ» KONSERNIGA
BIRLASHTIRILDI. 1998 YILDA ESA U «О‘ZBEKNEFTGAZ» MILLIY XOLDING
KOMPANIYASIGA
AYLANTIRILDI.
MAZKUR
KOMPANIYA
RIVOJLANGAN
DAVLATLARDAGI KOMPANIYALAR BILAN HAMKORLIK О‘RNATIB, 1995 – 2000
YILLARDA TARMOQQA 1,5 MLRD. AQSH DOLLARI MIQDORIDA XORIJ
SARMOYASINI JALB ETDI. NATIJADA RESPUBLIKAMIZNING USTYURT, BUXORO –
XIVA, JANUBI – G‘ARBIY HISOR, SURXONDARYO, FARG‘ONA MINTAQALARIDA
GAZ, NEFT VA GAZ KONDENSATI QAZIB OLUVCHI 92 TA KORXONA
KENGAYTIRILDI, YANGI TEXNIK USKUNALAR BILAN JIHOZLANDI.
19.
• YAPONIYANING «MITSUIY» FIRMASI BILAN HAMKORLIKDA FARG‘ONA NEFTNI QAYTA ISHLASH ZAVODIJAHON ANDOZALARI DARAJASIDA TA’MIRLANDI. MAZKUR KORXONANING DIZEL YOQILG‘ISI USKUNASINI
ZAMONAVIY QISMLAR BILAN JIHOZLASHGA 178 MLN. AQSH DOLLARI SARFLANDI. BU KORXONADA 50 DAN
ORTIQ TURDAGI YOQILG‘I MAHSULOTLARI ISHLAB CHIQARILMOQDA.
• NEFT MUSTAQILLIGIGA ERISHISHDA AQSHNING «DRESSER» VA «M.Y.KOIIOGG» HAMDA YAPONIYANING
«NISHO IVALI» KOMPANIYALARI ISHTIROKIDA 1997 YILDA BARPO ETILGAN, YILIGA 2,5 MLRD. KUBOMETR
GAZ HAYDASH QUVVATIGA EGA BО‘LGAN KО‘K – DUMALOQ KOMPRESSOR STANSIYASI, BUXORO
VILOYATIDAGI QOROVULBOZOR SHAHRIDA BARPO ETILGAN NEFTNI QAYTA ISHLASH ZAVODINING О‘RNI
KATTA BО‘LDI.
• BUXORO NEFTNI QAYTA ISHLASH ZAVODINI BUNYOD ETISHDA FRANSIYANING «TEXNIP» KOMPANIYASI
HAMDA «KREDI KOMMERSIAL DE FRANS» VA «PARIBA» BANKLARI, YAPONIYANING «MARUBENI» VA
«JEY-JI-SI» KOMPANIYALARI VA «EKSPORT – IMPORT BANKI», AQSHNING «CHEYZ MANXETTEN» BANKI,
TURKIYANING «GAMA» KOMPANIYASI О‘Z SARMOYALARI, TEXNIK ASBOB – USKUNALARI, MUTAXASSIS –
QURUVCHILARI BILAN FAOL QATNASHDI. BUXORO NEFTNI QAYTA ISHLASH ZAVODI 1997 YIL 22 AVGUST
KUNI ISHGA TUSHIRILDI VA BENZIN, AVIAKEROSIN, SUYULTIRILGAN GAZ, DIZEL YOQILG‘ISI KABI
MAHSULOTLAR ISHLAB CHIQARA BOSHLADI.
20.
• О‘ZBEKISTONDA NEFT VA GAZ ISHLAB CHIQARISH BILAN BIR QATORDA KIMYO SANOATI HAM RIVOJLANDI.TOSHKENT, SAMARQAND, ANDIJON, FARG‘ONA, CHIRCHIQ, NAVOIY, OLMALIQ KABI SHAHARLARDAGI
KIMYO SANOATI KORXONALARI QAYTA TA’MIRLANDI. QIZILQUM FOSFORIT KOMBINATI, QО‘NG‘IROT SODA
ZAVODI, QО‘QON VA YANGIYО‘L BIOKIMYOVIY ZAVODLARI BARPO ETILDI. RESPUBLIKA KIMYO SANOATI
QISHLOQ XО‘JALIGI UCHUN MINERAL О‘G‘ITLAR, EKINLARNI ZARARKUNANDALARDAN SAQLOVCHI
KIMYOVIY MODDALAR, SUN’IY TOLALAR, BО‘YOQLAR, POLIYETILEN, AHOLINING KUNDALIK TURMUSHIDA
KERAK BО‘LADIGAN MAHSULOTLAR ISHLAB CHIQARMOQDA.
• SHО‘RTAN GAZ – KIMYO MAJMUASI О‘ZBEKISTON KIMYO SANOATINING FAXRI HISOBLANADI. 1995 YIL
OKTABRDA О‘ZBEKISTON BILAN AQSHNING «ABB LUMMUS GLOBAL» KOMPANIYASI О‘RTASIDA SHО‘RTAN
GAZ – KIMYO MAJMUASINI QURISH BО‘YICHA BITIM TUZILGAN EDI. TEZDA QURILISH – MONTAJ ISHLARI
LOYIHASI ISHLAB CHIQILDI. 1997 – 2001 YILLARDA AQSH, GERMANIYA, YAPONIYA, ITALIYA VA BOSHQA
DAVLATLARNING NUFUZLI KOMPANIYALARI ISHTIROKIDA QURILISH ISHLARI AMALGA OSHIRILDI.
• SHО‘RTAN GAZ – KIMYO MAJMUASI QURILISHIDA 1 MLRD. AQSH DOLLARI HAJMIDA INVESTITSIYA
О‘ZLASHTIRILDI. 2001 YIL 21 DEKABR SHО‘RTAN GAZ – KIMYO MAJMUASI (QASHQADARYO VILOYATINING
G‘UZOR TUMANIDA) ISHGA TUSHIRILDI. MAJMUA YILIGA 125 MING TONNA POLIETILEN, 137 MING TONNA
SUYULTIRILGAN GAZ VA 126 MING TONNA GAZ KONDENSATI ISHLAB CHIQARISH QUVVATIGA EGA BО‘LGAN
DUNYODAGI ENG YIRIK KORXONALARDAN BIRIDIR.
21.
• 2016 YIL 21-MAY KUNI SURG‘IL KONI NEGIZIDA BARPO ETILGAN USTYURT GAZ-KIMYOMAJMUASI ISHGA TUSHDI. MAJMUANING QURILISHI JANUBIY KOREYA BILAN
MUVOFAQQIYATLI HAMKORLIKNING NATIJASI BO’LDI. UMUMIY QIYMATI 4 MILLIARD
DOLLARLIK USHBU LOYIHANING AMALGA OSHIRILISHI YILIGA 4,5 MILLIARD KUB METR
TABIIY GAZNI QAYTA ISHLASH HISOBIDAN 3,7 MILLIARD KUB METR GAZ, 387 MING
TONNA POLIETILEN, 83 MING TONNA POLIPROPILEN, 102 MING TONNA PIROLIZ
DISTILLYATI VA BOSHQA QIMMATBAHO MAHSULOTLAR ISHLAB CHIQARISH IMKONINI
BERADI.
• 2018-YIL 19-APRELDA QANDIM GAZNI QAYTA ISHLASH MAJMUASI ISHGA TUSHIRILDI.
MAJMUADA YILIGA 8,1 MILLIARD KUBOMETR GAZ QAYTA ISHLANADI, BU ESA 7,9
MILLIARD KUBOMETR TOZALANGAN GAZ, 134,4 MING TONNA GAZ KONDENSATI, 212,9
MING TONNA OLTINGUGURT ISHLAB CHIQARISH IMKONINI BERADI.
22.
• MUSTAQILLIK YILLARIDA MASHINASOZLIK SANOATI JADAL RIVOJLANDI. RESPUBLIKAMIZDAGIMAVJUD BО‘LGAN BIR NECHA О‘NLAB MASHINASOZLIK KORXONALARINI TARKIBIY JIHATDAN
QAYTA QURISH MAQSADIDA 1993 YILDA О‘ZBEKISTON DAVLAT MASHINASOZLIK KORXONALARI
UYUSHMASI —«О‘ZMASHSANOAT», 1996 YILDA «О‘ZQISHLOQXО‘JALIKMASH – XOLDING»,
1998
YILDA
«О‘ZNEFTGAZMASH»
KORPORATSIYASI,
«О‘ZBEKTО‘QIMACHIMASH»
BIRLASHMASI TASHKIL ETILDI.
• 1998 YILDA О‘ZBEKISTON «AMERIKA MOBIL GRUPP» FIRMASI BILAN HAMKORLIKDA QО‘SHMA
KORXONA BARPO ETIB, О‘ZBEKISTON – XITOY LOYIHASI ASOSIDA 22 VA 23 OT KUCHIGA EGA
BО‘LGAN IKKI TURDAGI MINITRAKTORLAR VA ULARGA USKUNALAR KOMPLEKTLARINI ISHLAB
CHIQARISHNI О‘ZLASHTIRDI.
• 1994 YILDA «UZLZMASH» О‘ZBEKISTON – ISROIL QО‘SHMA KORXONASI BARPO ETILIB PAXTA
TERISH MASHINALARINING GORIZONTAL SHPINDELLI YANGI AVLODI YARATILDI. BU
MASHINALAR TIK SHPINDELLI MASHINALARGA NISBATAN PAXTA TERISHGA QULAY VA
SAMARADOR, TANNARXI ARZON BО‘LIB, JAHON MASHINASOZLIGINING ENG YANGI YUTUG‘I
BО‘LDI. QISHLOQ XО‘JALIK MASHINALARINI «KEYS» RUSUMIDAGI TRAKTOR VA G‘ALLA О‘RISH
KOMBAYNLARI BILAN TО‘LDIRISH MAQSADIDA AQSH «KEYS NYU – XOLLAND» KOMPANIYASI
SARMOYALARI ISHTIROKIDA «О‘ZKEYSMASH» VA «О‘ZKEYSTRAKTOR» QО‘SHMA KORXONALARI
BARPO ETILDI.
23.
• MUSTAQILLIK YILLARIDA METALLURGIYA, OLTIN QAZIB OLISH SANOATI ILDAMQADAMLAR BILAN О‘SDI. OLMALIQ KON – METALLURGIYA KOMBINATI, BEKOBODDAGI
METALLURGIYA ZAVODI, ZARAFSHONDAGI 2 – GIDROMETALLURGIYA ZAVODI,
CHIRCHIQDAGI QIYIN ERUVCHAN VA О‘TGA CHIDAMLI METALLAR KOMBINATI QAYTA
TA’MIRLANDI. BEKOBOD METALLURGIYA KOMBINATIDA YILIGA 100 MING TONNA PО‘LAT
SHAR VA METALL PROKAT TAYYORLOVCHI YANGI QUVVATLAR ISHGA TUSHIRILDI.
UCHQUDUQDA 3 – GIDROMETALLURGIYA ZAVODI BARPO ETILDI.
• AMERIKANING «NYUMONT MAYNING» KOMPANIYASI ISHTIROKIDA NAVOIY TOG‘ –
METALLURGIYA KOMBINATI CHIQITLARIDAN OLTIN AJRATIB OLISH BО‘YICHA «ZARAFSHON
– NYUMONT» QО‘SHMA KORXONASI QURILIB, 1995 YIL 25 MAYDA ISHGA TUSHIRILDI. 1991 –
2001 YILLARDA RESPUBLIKADA OLTIN QAZIB OLISH HAJMI 1,7 BARAVAR О‘SDI. BIRGINA
«ZARAFSHON – NYUMONT» QО‘SHMA KORXONASI 1995 – 2003 YILLARDA 113 MILLION TONNA
RUDANI QAYTA ISHLAB, 110 TONNA YUQORI SIFATLI OLTIN ISHLAB CHIQARDI.
KORXONANING О‘ZBEKISTON IQTISODIYOTIGA BERGAN SAMARASI 500 MLN AQSH
DOLLARINI TASHKIL ETDI.
24.
• 2020 YIL 4 DEKABRDA TOSHKENT METALLURGIYA ZAVODI ISHGA TUSHIRILDI.USHBU ZAVOD QURILISHI 2017 YIL FEVRALDA BOSHLANGAN EDI. MAZKUR
MAJMUADA BIRINCHI BOSQICHDA IMPORT O‘RNINI BOSADIGAN MAHSULOT ISHLAB
CHIQARISH HISOBIDAN 400 MILLION DOLLARGA YAQIN MABLAG‘ TEJALADI.
MAHALLIYLASHTIRISH DARAJASI SEZILARLI OSHADI. SENDVICH PANELLAR VA TOM
YOPISH TUNUKALARI TANNARXIDA MAMLAKATIMIZDA ISHLAB CHIQARILGAN
MAHSULOTNING ULUSHI 50 FOIZDAN 90 FOIZGACHA YETADI. SHUNINGDEK, BU
KO‘RSATKICH VENTILYATSIYA VA HAVO TOZALASH TIZIMLARI BO‘YICHA 30
FOIZDAN 50 FOIZGACHA, MAISHIY ELEKTROTEXNIKA ISHLAB CHIQARISHDA 35
FOIZDAN 50 FOIZGACHA OSHADI. O‘Z-O‘ZIDAN AYONKI, BUNING NATIJASIDA
MAHSULOTLARNING NARXI ARZONLASHADI. SHUNINGDEK, ZAVOD TOMONIDAN
YILIGA 90 MILLION DOLLARLIK MAHSULOT EKSPORT QILINADI.
25.
• «О‘ZBEKENERGO» DAVLAT AKSIYADORLIK KOMPANIYASI MUSTAQILLIK YILLARIDA ISSIQLIK VAGIDRAVLIK ELEKTR STANSIYALARINI TA’MIRLASH VA ULAR TARKIBIDA YANGI BLOKLAR BARPO ETISH
ISHLARINI AMALGA OSHIRDI. SIRDARYO, YANGI ANGREN, TOSHKENT, NAVOIY GRES LARI ENERGETIKA
BLOKLARIDA TEXNOLOGIK JARAYONLARNI BOSHQARISHNING AVTOMATLASHTIRILGAN TIZIMLARI
ISHGA TUSHIRILDI.
• O’ZBEKISTONDA QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARIDAN FOYDALANISHGA HAM ALOHIDA
E’TIBOR BERILMOQDA. 2019-YIL 21-MAYDA «QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARIDAN
FOYDALANISH
TO‘G‘RISIDA»GI
O‘ZBEKISTON
RESPUBLIKASINING
QONUNI
QABUL
QILINDI.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 2019-YIL 22-AVGUSTDAGI PQ-4422-SONLI
QARORINING 1-SONLI ILOVASIDA 2030-YILDA QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARNING ULUSHINI
25% GA YETKAZISH KO‘RSATIB O‘TILGAN.
• О‘ZBEKISTON ENERGETIKA TIZIMI RESPUBLIKA XALQ XО‘JALIGI VA AHOLISINI ELEKTR ENERGIYAGA
BО‘LGAN EHTIYOJINI TО‘LA – TО‘KIS TA’MINLAMOQDA, IQTISODIYOTNI YANADA RIVOJLANTIRISHGA
ULKAN HISSA QО‘SHMOQDA. SHUNINGDEK, О‘ZBEKISTON ELEKTR ENERGIYASI QOZOG‘ISTON,
QIRG‘IZISTON, TOJIKISTON, TURKMANISTON VA AFG‘ONISTONGA HAM UZATILMOQDA.
26.
• O‘ZBEKISTONNINGBIRINCHI PREZIDENTI ISLOM KARIMOV TASHABBUSI BILAN
О‘ZBEKISTONDA AVTOMOBIL ISHLAB CHIQARUVCHI QО‘SHMA KORXONA BARPO ETISH
MAQSADIDA JANUBIY KOREYA RESPUBLIKASINING «DAEWOO» KORPORATSIYASI RAISI
KIM U JUNG BILAN MUZOKARALAR OLIB BORILDI. 1992 YIL 24 AVGUSTDA TOSHKENTDA
JANUBIY KOREYANING «DAEWOOMOTORS» KORPORATSIYASI VA О‘ZBEKISTONNING
«AVTOQISHXО‘JMASH» DAVLAT KONSERNI О‘RTASIDA ANDIJON VILOYATINING ASAKA
SHAHRIDA YILIGA 180 MING AVTOMOBIL ISHLAB CHIQARADIGAN «O’ZDAEWOOAVTO»
QО‘SHMA KORXONASINI QURISH TО‘G‘RISIDA SHARTNOMA IMZOLANDI. UNING
TA’SISCHILARI ETIB «DAEWOOMOTORS» KORPARATSIYASI VA «О‘ZAVTOSANOAT»
UYUSHMASI, HAR IKKI TARAFNING QО‘SHMA KORXONADAGI ULUSHI TENG MIQDORDA
50% DAN IBORAT QILIB BELGILANDI. «O’ZDAEWOOAVTO» QО‘SHMA KORXONASINING
BIRINCHI NAVBATI 1996 YIL MART OYIDA ISHGA TUSHIRILDI. 1996 YIL MART OYIDA
«DAMAS», IYUN OYIDA «TICO», IYUL OYIDA «NEKSIYA» RUSUMLI AVTOMOBILLAR ISHLAB
CHIQARISH BOSHLANDI.
27.
• SAMARQAND SHAHRIDA YANA BIR AVTOMOBIL ZAVODINI QURISHGA KIRISHILDI. 1995 YILDA«О‘ZAVTOSANOAT» UYUSHMASI BILAN TURKIYANING «KOCHXOLDING» KOMPANIYASI
О‘RTASIDA AVTOBUS VA YUK MASHINALARI ISHLAB CHIQARUVCHI «SAMKOCHAVTO»
QО‘SHMA KORXONASINI BARPO ETISH HAQIDA BITIM TUZILDI. 1996 YILDA «SAMKOCHAVTO»
QО‘SHMA KORXONASI RО‘YXATGA OLINDI VA QURILISH ISHLARI BOSHLANDI. MASHINALAR
LOYIHASINI ISHLAB CHIQISHDA XALQ XО‘JALIGINING BARCHA SOHALARIDA FOYDALANISH
UCHUN QULAY BО‘LISHINI TA’MINLASH MAQSADIDA ITALIYA – ISPANIYA QО‘SHMA KORXONASI
«IVEKO»NING IXCHAM KONSTRUKSIYALARI ASOS QILIB OLINDI VA «KOCHXOLDING» KOMPANIYASI A’ZOSI — «OTAYО‘L» ZAVODIDA О‘ZBEKISTON SHAROITIGA MOSLAB
TAKOMILLASHTIRILDI.
• 1999 YIL MART OYIDA TURKIYA BILAN «SAMKOCHAVTO» QО‘SHMA KORXONASI ISHGA
TUSHIRILDI. 2006 YILDA TURKIYANING «KOCHXOLDING» KOMPANIYASI HISSASINI
«О‘ZAVTOSANOAT» SOTIB OLDI. 2007-YILDA ZAVODDA YAPONIYANING ISUZU MOTORS
KOMPANIYASI SHASSISI ASOSIDA MAHSULOTLAR ISHLAB CHIQARISH BOSHLANDI. AYNI
PAYTDA SAMARQAND AVTOMOBIL ZAVODIDA BIR NECHA TURDAGI ZAMONAVIY AVTOBUS, YUK
VA MAXSUS ATVOMOBILLAR TAYYORLANMOQDA.
28.
• BUGUNGIKUNDA «O‘ZAVTOSANOAT» AK TIZIMIGA KIRUVCHI «GM
UZBEKISTAN»AJ (2007-YIL), «SAMAUTO» (SAMARQAND AVTOMOBIL ZAVODI 1999YIL), «MAN AUTO UZBEKISTAN» (2009), «GM POWERTRAIN UZBEKISTAN» QK
ASOSIY ISHLAB CHIQARISH KOMPANIYALARI FAOLIYAT YURITMOQDA. SHU
BILAN BIRGA, O‘ZBEKISTON AVTOMOBIL SANOATIDA MAHALLIYLASHTIRISH
DASTURINI AMALGA OSHIRISH SAMARALI YO‘LGA QO‘YILISHI NATIJASIDA
«O‘ZAVTOSANOAT» AK TARKIBIDA 75 DAN ORTIQ KORXONALAR ISHLAB TURIBDI.
• 2020 YIL MART OYIDA «O‘ZAVTOSANOAT» AJ VA «FOLKSVAGEN GRUP RUS»
KONSERNI O‘RTASIDA «JIZZAX AVTOMOBIL ZAVODI» MCHJ KOMPANIYASI
BAZASIDA YENGIL TIJORAT AVTOMOBILLARINI ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL
ETISH BO‘YICHA HAMKORLIK TO‘G‘RISIDA KELISHUV IMZOLADI.
29. yEngil sanoatning rivojlanishi.
YENGIL SANOATNINGRIVOJLANISHI.
• 1991 YIL MAYDAN TOSHKENT, FARG‘ONA, BUXORO TО‘QIMACHILIK KOMBINATLARI, ANDIJON VA NUKUS IP –
GAZLAMA KOMBINATLARI, ULAR TASARRUFIDAGI KICHIK VA О‘RTA KORXONALARNI BIRLASHTIRGAN
«О‘ZBEKYENGILSANOAT» DAVLAT UYUSHMASI TASHKIL ETILDI. BU UYUSHMA, BIR TOMONDAN, MAVJUD
KORXONALARNI AKSIYADORLIR JAMIYATLARI SIFATIDA QAYTA TASHKIL ETDI, ULARNI TA’MIRLASH, YANGI
TEXNIK JIHOZLAR BILAN QAYTA QURISH ORQALI MAHSULOTLAR ISHLAB CHIQARISHNI KО‘PAYTIRISH
TADBIRLARINI AMALGA OSHIRDI. MASALAN: «BUXOROTEKS» AKSIYADORLIK JAMIYATI 1994 YILDA О‘Z
MABLAG‘LARI HISOBIDAN SHVEYSARIYANING «RITER» FIRMASIDAN 2592 TA YIGIRUV G‘ALTAGI QUVVATIGA
EGA BО‘LGAN USKUNALAR SOTIB OLDI. 1996 YILDA ESA SHVEYSARIYADAN JALB ETILGAN 5 MLN. SHVED
FRANKIGA IKKINCHI YIGIRUV MAJMUYI SOTIB OLIB KORXONANI JIHOZLADI. NATIJADA 1997 YILDAYOQ 1000
TONNA KALAVA IP ISHLAB CHIQARISHGA ERISHDI.
• MAMLAKATIMIZ TOʻQIMACHILIK SANOATIDA 2 MINGDAN ZIYOD KORXONA FAOLIYAT YURITMOQDA,
ULARDA 365 MING NAFAR AHOLI ISHLAYDI. SOHANING EKSPORT SALOHIYATI SOʻNGGI 3 YILDA 2 BARAVAR
OSHDI. 2019 YILI BU BORADAGI KOʻRSATKICH 1,6 MILLIARD DOLLARNI TASHKIL ETDI.
30. 4. Qishloq xo‘jaligidagi islohotlar, uning vazifalari va yo‘nalishlari.
О‘zbekistonda paxtachilik qishloq xо‘jaligining yetakchi tarmog‘i hisoblanadi.О‘zbekiston paxta tolasi yetishtirish, undan tayyorlangan mahsulotlarni eksport qilish
bо‘yicha etakchi о‘rinda turadi.
Respublikamizda paxta hosildorligi va sifatini yaxshilashga katta e’tibor berilmoqda. Shu
maqsadda qator suv omborlari va sun’iy kanallar qurilmoqda, yerning meleorativ holatini
yaxshilash tadbirlari amalga oshirildi. Suv tanqisligi hisobga olinib, 1998 yildan boshlab
paxtachilikda Isroil texnologiyalari asosida tomchilatib sug‘orish usulidan
foydalanilmoqda.
Andijonlik paxtakorlar tashabbusi bilan chigitni plyonka ostiga ekish texnologiyasi joriy
etildi. Bu usul paxtani erta ekish, qisqa muddatlarda undirib olish, yuqori hosil
yetishtirishga mustahkam zamin yaratdi. Paxta ekiladigan yerlar qisqartirilishiga
qaramasdan respublikamizda yiliga 3,5 mln. tonnadan ortiq paxta xom – ashyosi
tayyorlanmoqda. Shuningdek, О‘zbekiston kanop, tamaki yetishtirish sohasida ham
dunyoda yetakchi о‘rinlarda turadi.
31. DON MUSTAQILLIGIGA ERISHISH
Mustaqillik yillarida don mustaqilligiga erishish vazifasi qо‘yildi. Ekin ekiladiganmaydonlarda tarkibiy о‘zgarishlar qilinib, xо‘jaliklar qanday ekin ekish sohasida mustaqil
bо‘ldilar. Sug‘oriladigan yerlarda g‘alla ekish kengaydi. Umumiy ekin maydonlarida donli
ekinlar salmog‘i 1991 yilda 18,8 %ni tashkil etgan bо‘lsa, 1998 yilda 36 %ga о‘sdi,
natijada g‘alla yetishtirish sezilarli darajada oshdi. Agar 1991 yilda 1,9 mln tonna don, shu
jumladan 600 ming tonna bug‘doy yetishtirilgan bо‘lsa, 2002 yilda 5,4 mln tonnaga yaqin
don, shu jumladan 5,0 mln tonnadan ortiq bug‘doy, 2007 yilda 6,25 mln tonna g‘alla
yetishtirildi. Sug‘oriladigan yerlarda о‘rtacha hosildorlik gektariga 48,0 sentnerni tashkil
etdi. Andijon viloyatida esa rekord natijaga erishildi — har gektardan 75 sentnerdan ortiq
xirmon kо‘tarildi.
Shunday qilib, mustaqillik yillarida amalga oshirilgan tadbir tufayli tom ma’noda
mamlakatimizning g‘alla mustaqilligiga erishildi, mamlakatimiz va xalqimizni о‘z
g‘allamiz, о‘zimizning nonimiz bilan ta’minlashdek tarixiy vazifa bajarildi. Bu yutuq
qishloq hayotini yangilash, amalga oshirilayotgan agrar islohotlarning natijasidir.
32.
О‘zbekistan Respublikasi mustaqillikka erishgach, qishloq xо‘jaligida tub iqtisodiyislohotlarni amalga oshirish jarayonida davlat xо‘jaliklari jamoa, shirkat xо‘jaliklariga
aylantirildi,
chorvachilik,
aksariyat
xо‘jaliklarning
qoramolchilik
fermalari
xususiylashtirildi, dehqon va chorvachilik yо‘nalishidagi fermer xо‘jaliklari tashkil etila
boshladi.
Chorvachilik sohasini rivojlantirish maqsadida О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 1993 yil 15 martda «Respublika chorvachiligida iqtisodiy islohotlarni
chuqurlashtirish chora – tadbirlari tо‘g‘risida»gi, 1994 yil 23 fevralda «Chorvachilikda
iqtisodiy islohotlarni takomillashtirish hamda dehqon (fermer) xo’jaliklari va
xususiylashtirilgan fermalar manfaatlarini himoya qilish choralari tо‘g‘risida», 1995 yil 24
martdagi «Chorvachilikda xususiylashtirishni davom ettirish va xususiy tadbirkorlikni
qо‘llab – quvvatlash chora – tadbirlari tо‘g‘risida» qarorlar qabul qilindi. Bu qarorlarga
kо‘ra, 1995 yilda jamoa xо‘jaliklarining zarar bilan ishlayotgan 1499 qoramolchilik
fermalari xususiylashtirildi. Natijada respublikada ishlab chiqarilayotgan gо‘sht va sutning
75% ni xususiy sektor bera boshladi.
Chorvachilik sohasi bilan bir qatorda parrandachilik, asalarichilik, baliqchilik, pillachilik
ham rivojlanmoqda.
33. 5. Erkin va maxsus iqtisodiy zonalar yaratilishi hamda ularning ahamiyati. Soliq sohasidagi islohotlar.
1996-yilda O‘zbekiston Respublikasining «Erkin iqtisodiy zonalarto‘g‘risida»gi qonuni qabul qilindi.
Qonunga binoan erkin iqtisodiy zona deganda muayyan
mintaqani jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun mamlakat va
chet el kapitalini, istiqbolli texnologiya va boshqaruv tajribasini
jalb etish maqsadida tuziladigan, aniq belgilangan ma’muriy
chegaralari va alohida huquqiy tartiboti bo‘lgan maxsus ajratilgan
hududdir.
34.
2008-yil «Navoiy viloyatida erkin industrial-iqtisodiy zona tashkil qilish to‘g‘risida»giFarmon asosida «Navoiy» xalqaro intermodal logistika markazi bunyod etildi. 2013-yilda
«Jizzax» maxsus industrial zonasini barpo etish to‘g‘risida»gi va «Angren» maxsus
industrial zonasini barpo etish to‘g‘risida»gi farmonlar qabul qilindi.
Iqtisodiy zonalar kiritiladigan investitsiya miqdoridan kelib chiqqan holda 3 yildan 7
yilgacha muddatga bojxona va soliq to‘lovlaridan ozod etiladi. O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2016-yil oktabrdagi «Urgut», «G‘ijduvon», «Qo‘qon» va «Hazorasp» erkin
iqtisodiy zonalarini tashkil etish to‘g‘risida» 2017-yil «Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini
faollashtirish va kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonlari
asosida, bugungi kunda (2018) mamlakatimizda 10 hududda 14 ta erkin iqtisodiy zona
faoliyat yuritmoqda.
Prezidentning 2016-yildagi farmoniga ko‘ra «Navoiy» erkin industrial-iqtisodiy zonasi,
«Angren» va «Jizzax» maxsus industrial zonalari nomini birxillashtirish maqsadida ular
bundan buyon «Navoiy», «Angren» va «Jizzax» erkin iqtisodiy zonalar deb yuritiladigan
bo‘ldi.
35. Soliq tizimi
1991-yil avgustda O‘zbekistonda eng zamonaviy shaklda, yangitipdagi soliq tizimi yuzaga keldi. O‘zbekiston soliq organlari 1991yilda qabul qilingan «Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan
olinadigan soliqlar to‘g‘risida»gi qonun, 2019-yil 30 dekabrda
yangi tahrirda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining soliq
kodeksi» asosida ish yuritmoqda.
Tibbiyot, ta’lim va sport obyektlarini saqlash xarajatlari
korxonalarning soliqqa tortiladigan bazasidan chiqariladi, savdoda
ilgari to‘lab kelingan uchta to‘lov o‘rniga esa yagona soliq to‘lov
joriy etildi. Rivojlangan davlatlar tajribasi asosida fuqarolarning
yillik daromadlarini Deklaratsiya qilish tartibi joriy qilindi.
36.
Soliq deganda qonunda belgilangan, O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetigayoki davlat maqsadli jamg‘armasiga to‘lanadigan majburiy beg‘araz to‘lov
tushuniladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida quyidagi soliqlar belgilanadi:
1) qo‘shilgan qiymat solig‘i;
2) aksiz solig‘i;
3) foyda solig‘i;
4) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;
5) yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq;
6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
7) mol-mulk solig‘i;
8) yer solig‘i;
9) ijtimoiy soliq.
37.
2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishibo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan, soliq solish tizimini izchillik bilan
soddalashtirish, soliq solinadigan bazani kengaytirish orqali soliq yukini pasaytirish kabi
vazifalar belgilangan. Ushbu vazifalar ijrosi yuzasidan, shuningdek, soliq
ma’muriyatchiligining zamonaviy uslublarini joriy etish, soliqlar va boshqa majburiy
to‘lovlar yig‘iluvchanligini oshirish maqsadida 2017-yil 18-iyulda Prezidentning «Soliq
ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning
yig‘iluvchanligini oshirish chora tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilindi. 2018-yil 1yanvaridan boshlab, soliq organlari va halol soliq to‘lovchilar o‘rtasida ularga joriy soliq
solish masalalarini hal etishda har tomonlama ko‘maklashgan holda kengaytirilgan axborot
almashinuvini ta’minlaydigan soliq nazoratining zamonaviy shakli – soliq monitoringini
joriy etish belgilandi.
38. Xulosa qilib aytganda,
mustaqillik yillarida iqtisodiyotning boshqaruv tizimi tubdan о‘zgartirildi, xо‘jalikyuritishning bozor iqtisodiyotiga mos yangi tizimi yaratildi. Bozor infratuzilmasi asoslari
barpo qilindi. Mamlakatimiz iqtisodiy tanazzul davridan о‘tib oldi. 1995 yilga kelib
makroiqtisodiyotda barqarorlikka erishildi va 1996 yildan boshlab barqaror о‘sish
ta’minlanmoqda. Mamlakatda о‘tkazilgan tub islohotlar n atijasida iqtisodiy о‘sishni
ta’minlovchi zarur shart – sharoitlar vujudga keldi. Xususiy mulkchilikning huquqiy
asoslari yaratildi.
Davlat mulkini xususiylashtirish natijasida kо‘p ukladli iqtisodiyot shakllandi. Eng muhimi,
odamlarimizning tafakkuri, hayotga bо‘lgan munosabati tubdan о‘zgarmoqda. Turmush
darajasi, oilasining farovonligi о‘ziga bog‘lik ekanligini tushunib yetayotgan odamlar
tobora kо‘payib bormoqda. Shunday qilib, iqtisodiyot tarkibidagi tub о‘zgarishlar, yangi
korxonlarning bunyod etilishi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida samarali
natijalar berdi.
Финансы