2.04M
Категория: ЭлектроникаЭлектроника

Iqtisodiy axborot tizimlarida ma’lumot uzatish tizimlari va tarmoqlari ICT-1106-1 Iqtisodiyotda axborot

1.

Iqtisodiy axborot tizimlarida ma’lumot
uzatish tizimlari va tarmoqlari
ICT-1106-1 Iqtisodiyotda axborot- kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlari

2.

Reja
• Ma’lumot uzatish tizimlari va tarmoqlari tashkil etilishining
umumiy tamoyillari.
• Kompyuter tarmoqlari.
• Internetning funksional tashkil etilishi.
2

3.

Ta'lim natijalari
• Tarmoq va arxitektura tushunchasini ifoda etish
• Tarmoqning tashkil etilishida protokollar va texnologiyalar o‘rnini
izohlash
• Kompyuter tarmoqlarining tashkil etilishida protokollar, ilovalar va
texnologiyalar o‘rnini izohlash
• Tarmoqlararo bog‘lanish tamoyillarini tushunish
• Internet tarmog‘ining funksional va mantiqiy tashkil etilishini
ifodalash
3

4.

Ma’lumot uzatish tizimlari va tarmoqlari tashkil etilishining
umumiy tamoyillari

5.

Ma’lumot uzatish tizimlari va tarmoqlari
• Ma’lumot uzatish tarmoqlari - bu tarmoq resurslariga qulay va ishonchli
kirishni amalga oshirish orqali foydalanuvchilarga turli xil axborot va
hisoblash xizmatlarini samarali ta'minlashni amalga oshiradigan
ma'lumotlar uzatish kanallari bilan bog‘langan tugunlar majmui.
• Kompyuter (ing . computer — hisoblagich), EHM (Elektron Hisoblash
Mashinasi bilan bir xildagi atama) — oldindan berilgan dastur (programma)
boʻyicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash mashinasi.
• Kompyuter tarmog'i - bu tarmoq tugunlarida joylashgan yoki ular
tomonidan taqdim etilgan resurslarni almashish maqsadida raqamli o'zaro
ulanishlar orqali umumiy aloqa protokollari to'plamidan foydalanadigan
kompyuterlar/qurilmalar (tugunlar) guruhi.
• Tarmoqlar tashkillashtirilganda bir biriga mos kelishi (har hil texnologiyali
asbob-uskanalarni, yoki har hil tipdagi operasion sistemalarni) eng muhim
muammolardan biri bo‘lib qoladi.

6.

Tarmoq tarkibi
Simli tarmoq
Kompyuter
Firewall
Internet
Optik tolali tarmoq kabeli
Router
Kommutator
Server
Boshqa
tarmoqlar
Simsiz tarmoq

7.

Hisoblash tarmog‘i – bu o‘zaro bog‘langan va kelishilgan
holda ishlab turuvchi dasturiy va apparat komponenlarining
murakkab majmuasi.
Tarmoqni to‘liq ishlashini o‘rganish uchun, uni alohida tashkil etuvchilarini
ishlashini bilish kerak:
• Shaxsiy elektron hisoblash mashinalarni (kompyuterlarni);
• Kommunikatsiya asbob-uskanalarini;
• Tarmoq operatsion tizimlarini;
• Tarmoq komponentlarini.
Tarmoqning barcha dasturiy-apparat vositalarining majmuasi ko‘p pog’onali
model yordamida ta'riflab beriladi.
Har qanday tarmoqning asosi (bazasi) - bu biron bir yo‘l bilan standarlashgan komp'yuter platformasining
apparat qatlami. Xozirgi paytda tarmoqlarda keng ko’lamda va muvaffaqiyat bilan xar-xil darajadagi
kompyuterlar foydalanilyapti - shaxsiy mashinalardan meynfreymlar va super EHMlargacha. Tabiiyki,
xisoblash tarmoqidagi komp‘yuterlarning tarkibi tarmoq bajaradigan ishga mos kelishi kerak.

8.

Kompyuter tarmoqlari qo’llanilishi
Kompyuterlarni tarmoqqa birlashtirish quyidagi
masalalarni yechishga imkon beradi:
malumotlardan foydalanish (misol uchun, fayllar);
apparat vositalaridan foydalanish (misol uchun, printerlar, modemlar);
dasturiy resurlardan foydalanish (misol uchun, mijoz server ko’rinishidagi dasturlar);
tarmoq tugunlarida yagona havfsizlik siyosatini ishlab chiqish (misol uchun, mahalliy
tarmoq Internetga ulangan serverda ishchi stantsiyani havfsizligini yaratish);
• tarmoq tugunlarini vakolatlarini chegaralash (misol uchun, korxonaning bo’linmalari
orasidagi vakolatlarni taqsimlash);
• foydalanuvchi ma’lumotini muhofazasini ishlab chiqarish (misol uchun, serverdan
zahiraviy nusxa olish);
• tarmoq tugunlari orasidagi ma’lumot almashinuvini ta’minlash (misol uchun, elektron
pochtani ishlatishda);

9.

Kompyuter tarmoqlari
iqtisodiy faoliyatda qanday
afzalliklarni beradi?
• Kommunikatsiya va koordinatsiya nuqtai
nazaridan
• Xarajatlarni kamaytirish nuqtai nazaridan
• Samarali boshqaruv nuqtai nazaridan.

10.

Protokollar, ilovalar va texnologiyalar
• Kompyuterlarni yagona tizimga birlashtirishda protokollar va tarmoq
texnologiyalari yordamida foydalanuvchilarga keng turdagi xizmatlar
to’plami taqdim etiladi
• Bu jarayonda bir necha omillarga ahamiyat berish lozim:
aloqa qoidalari
protokollar/standartlar
protokollar steki.

11.

Aloqa qoidalari aloqa o'rnatilishini ta’minlaydi.
Qoidani o’rnatishda:
• Uzatuvchi va qabul qiluvchi aniqlab beriladi;
• Aloqaning umumiy ‘tili’ va ‘grammatika’si belgilanadi;
• Tezlik va yetkazib berish muddati aniqlanadi;
• Tasdiqlash yoki kelishish talablari belgilanadi.
Xabarlarni kodlashda:
• Ma'lumotni boshqa maqbul shaklga o'tkazish jarayoni kelishiladi.
Xabarni formatlash va inkapsulyasiyasi;
Xabar hajmi;
Xabar vaqti:
• Kirish usuli
• Oqimni boshqarish
• Javob vaqti tugashi

12.

Tarmoq protokollari va standartlari nuqtai nazaridan:
• Protokollar -aloqalarni boshqaradigan qoidalar;
Tarmoq protokollari
• Protokollarning roli
• Xabar qanday formatlangan yoki tuzilgan
• Tarmoq qurilmalari boshqa tarmoqlar bilan yo'llar to'g'risidagi
ma'lumotlarni almashish jarayoni
• Xatolar va tizim xabarlari qurilmalar o'rtasida qanday va qachon uzatiladi
• Ma'lumot uzatish seanslarini sozlash va tugatish
Protokolning o'zaro ta'siri
• Masalan: veb-server va mijoz kabi omillar inobatga olinadi.

13.

Protokollar steki (to'plamlari)
nuqtai nazaridan:
Protokol to'plamlari va sanoat
standartlari:
• TCP/IP ochiq standarti
• Boshqa protokol to'plamlari
TCP/IP protokollar steki:
• TCP/IP steki protokollarida aloqa
jarayoni amalga oshirilishi
inobatga olinadi.

14.

Tarmoq - bu ikki yoki undan ortiq qurilmalarni bog'lanishidan hosil bo'ladigan aloqadir. Bunga
misol qilib ixtiyoriy narsa olish mumkin. Masalan bir kompyuterdan boshqasiga ma'lumot
uzatish yoki bir necha kishilik yoki jamoaviy o'yinlarni o'ynash imkoniyati mavjud. 2ta insonni
telefon orqali suhbat qurishida ham asosi sifatida tarmoq yotadi. Qisqacha aytadigan bo'lsak,
har qanday qurilmani boshqa qurilmalar bilan aloqa qilishida tarmoq tushunchasi yotadi.
Tarmoq komponentalari
1. Qurilma:
a) Oxirgi qurilmalar (kompyuter,
telefon, printer, faks va h.k);
b) Oraliq qurilmalari, tugunlar (router,
switch, hub va h.k);

15.

Vosita (ulanish usuli):
a) mis (med) kabel:
1) simmetrik - parali kabellar;
2) koaksial;
b) Optik kabel:
1)bir modali – magistralda ishlatiladi;
2)ko'p modali – lokal tarmoqda ishlatiladi;
c) Simsiz aloqa (wi-fi, bluetooth va h.k);

16.

Tarmoqning tashkil etilishi
Tarmoq tugunida turli vazifalar amalga
oshiriladi, ulardan asosiysi:
• Kommutasiya
• Konsentratsiya
• Mul'tipleksorlash
• Marshrutizasiya

17.

Kompyuter tarmoqlari

18.

Kompyuter tarmoqlari
Korxonalarda bajariladigan ishlarni avtomatlashtirish uchun kompyuterlar bir
biriga ulanadi va natijada hisoblash tarmoqlari hosil bo‘ladi. Hisoblash
tarmoqlarida quyidagi imkoniyatlar mavjud:
ma’lumotlarni, fayllarni bir kompyuterdan boshqasiga o‘tqazish;
umumiy ma’lumotlar bazalari, omborlarini tashkil qilish va ishlatish;
qo‘shimcha texnikalarni tejash;
axborot tizimlarini tashkil qilish.
Kompyuterlarning o‘zaro axborot almashish imkoniyatlarini beruvchi
qurilmalar majmuyiga kompyuter tarmoqlari deyiladi.
U bir necha kompyuter, terminal va boshqa apparat vositalarini o‘z ichiga
olib, ma’lumotlar uzatishni ta’minlaydigan aloqa liniyalari bilan o‘zaro
bog‘langan hisoblash tizimidir.

19.

Kompyuter tizimi – markaziy kompyuter va unga aloqador chekka
qurilmalar, konsol kompyuterlar, disk massivlari, xotira va shunga
o‘xshash vositalar to‘plamidir.
Kommunikatsiya tarmog‘i – asosiy vazifasi ma’lumotlar uzatish bo‘lgan
tarmoq.
Ma’lumotlarning uzatishning va ularga ishlov berishning ayrim turlarini
ta’minlaydigan axborot tarmog‘ining o‘zagi.
Bir kommunikatsiya tarmog‘i asosida bir necha axborot tarmog‘ini
yaratish mumkin.

20.

Tarmoq arxitekturasi
• Tarmoq arxitekturasi - bu kompyuter tarmog'ining tuzilish uslubi, dizayni.
• Bu tarmoqning fizikaviy tarkibiy qismlari va ularning funktsional tashkil
etilishi hamda konfiguratsiyasi, uning ishlash tamoyillari va protseduralari,
shuningdek foydalaniladigan aloqa protokollari uchun asosdir.
• Kompyuter tarmog'ining arxitekturasi - dasturiy ta'minotni, apparat
ta’minoti, protokollarni va ma'lumotlarni uzatish vositalarini fizikaviy va
mantiqiy bog’lanishi sifatida tavsiflanadi. Boshqacha qilib aytganda,
arxitektura kompyuterlarni qanday tashkil etilganligi va kompyuterga
vazifalar qanday taqsimlanganligini belgilab beradi.
• Umumiy holda axborot tarmog‘i arxitekturasi deb, tarmoqning funksiyaviy,
mantiqiy va strukturaviy unsurlar yig‘indisi, ular o‘rtasidagi aloqa va o‘zaro
ta'sir qoidalariga aytiladi.

21.

Tarmoq topologiyasi
«Nuqta-nuqta» (Point to point) turdagi ikki punktli topologiya-eng sodda va
ikki punktni bevosita fizikaviy va mantiqiy bog‘lovchi tarmoq segmentini o‘z
ichiga kiritgan. Soddaligiga qaramasdan, aynan shu bazaviy topologiya yuqori
tezlikli magistral kanallardan axborotning katta oqimlarini uzatishda keng
qo‘llaniladi.
U radial-halqa topologiyaning tarkibiy qismi(radius) sifatida ham qo‘llaniladi.
Umumiy shinali (Bus) topologiya tarmoqda barcha kompyuterlar bitta aloqa
kanali orqali birlashtiriladi, masalan:
Bu yerda tarmoq bo‘yicha jo‘natilgan ma’lumotlar tarmoqdagi barcha
kompyuterlar uchun taalluqli bo‘ladi.

22.

Daraxtsimon topologiya (Tree) turli variantlarga ega. Daraxtsimon
topologiya tarmoq segmentining xususiyati n punktlar bog‘liqligi
fizikaviy darajada qirralar hosil qiladi.
Daraxtsimon topologiya: a-daraxt,
b-yulduz,
v-zanjir.
Daraxtsimon topologiya lokal komp'yuter tarmoqlari, qishloq xududlari
telefon tarmoqlari, abonent kirish tarmoqlarida qo‘llaniladi.

23.

«Halqa» topologiyasi (Ring) har bir punktga faqat ikkita liniyalar birlashtirilgan tarmoqni
tavsiflaydi.
Halqa topologiyasi optik kabel yordamida lokal komp'yuter tarmoqlar, transport
tarmoqlar va abonent kirish tarmoqlarida keng qo‘llaniladi.
«Halqa»
topologiyasi.
«Ikki qavat halqa»
topologiyasi.
To‘liq
aloqali topologiyasi.
Ikki qavat halqa oraliq punktlar o‘rtasida fizikaviy ulanishning juftliklari bilan tashkil
qilinadi, bunda axborot oqimi ikki yo‘nalishda yo‘naltiriladi, ulardan biri asosiy, boshqasi
esa zahira bo‘ladi.
To‘liq aloqali topologiyada «har biri har biri bilan» tamoyiliga asoslanib, punktlar
o‘rtasida fizikaviy va mantiqiy ulanish ta'minlanadi. Bu topologiya xududli tarmoqlar
segmentlari uchun xosdir.

24.

Uyali topologiya (Cell). Unda har bir punkt eng yaqin punktlarning
kichik soni bilan bevosita aloqaga ega.
Uyali segmentlar to‘liq aloqali segmentga nisbatan qirralarning soni
kam bo‘lganda ham yuqori ishonchlilikka ega.
Uyali topologiya.
Aralash topologiya (Mesh) har xil tipdagi topologiyalar birlashmasidan
paydo bo‘ladigan tarmoq.
Kompyuter tarmoqlari arxitekturasida asosan 4 turdagi topologiya
ko‘rib chiqilishi mumkin: yulduz, halqa, shina va aralash.

25.

Tarmoq topologiyalarini taqqoslash
Ko‘rsatkich
Topologiya
Yulduz
oz
Halqa
o‘rtacha
Shina
o‘rtacha
Aralash
oz
Abonentlarni
qo‘shish
oson
o‘rtacha
o‘rtacha
o‘rtacha
Buzilishdan himoyasi
oz
o‘rtacha
o‘rtacha
o‘rtacha
Tarmoqning uzunligi
istalgancha
istalgancha
cheklangan
cheklangan
Tarmoqning yuqori darajada
yuklangandagi holati
yaxshi
qoniqarli
yomon
juda yaxshi
Real rejimda ishlash imkoni
juda yaxshi
yaxshi
yomon
yaxshi
Tarmoqqa xizmat
ko‘rsatish
juda yaxshi
o‘rtacha
o‘rtacha
o‘rtacha
Kengaytirish qiymati

26.

WAN
MAN
LAN
MAN
LAN
LAN, MAN, WAN tarmoqlaridan har biri kichik miqyosdagi bir qator
segmentlarga bo‘linishi mumkin.
Ular tarmoqning mantiqiy tuzilmasini aks ettiradi va ularning har bir
segmenti umumtarmoq almashuvini shakllantirishda aniq funksional
vazifani bajaradi.
Har qanday qatlamda segmentlar bog‘liqligi magistrallar (magistral
segmentlar) bilan ta'minlanadi.
Oxirgi punktlarning segment ichida birlashishi va magistral
segmentlarning amalga oshirilishi umumiy kommunikasion muhit yoki
tugun tashkil qilish yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin.
LAN

27.

Access va Core tarmoqlarini ko’rinishi

28.

Internetning funksional tashkil etilishi

29.

• Internet — dunyo bo'ylab joylashgan va yagona tarmoqqa
birlashtirilgan minglab kompyuter tarmoqlarining majmuidir.
• Internetda axborot almashish standart qoidalar asosida amalga
oshiriladi.
• Internetdagi ma'lumotlarni uzatish qoidalari protokollar deb ataladi.
• TCP/IP protokolining axborotni uzatish usuli quyidagicha:
• TCP protokoli axborotni paketlarga ajratadi;
• IP protokoli orqali barcha paketlar qabul qiluvchiga uzatiladi va TCP protokoli
tomonidan barcha paketlarning qabul qilinganligi tekshiriladi;
• barcha paketlar qabul qilingandan keyin TCP protokoli ularni tartibga soladi va
yaxlit ko'rinishga keltiradi.

30.

Internetda o’zaro bog’lanish misoli

31.

Kliyent-server modeli
Internet tarmog‘idagi muloqot
kliyent-server (client-server) modeli
asosida amalga oshiriladi.
‘Kliyent - server’ arxitekturasi - bu mijoz tomonidan foydalaniladigan
resurslar va xizmatlarning ko'p qismini serverda joylashtiradigan,
yetkazib beradigan va boshqaradigan hisoblash modeli.
Ushbu turdagi arxitekturada tarmoq yoki internet aloqasi orqali
markaziy serverga ulangan bir yoki bir nechta mijoz kompyuterlari
mavjud.
Kliyent-server arxitekturasi, shuningdek, tarmoq hisoblash modeli yoki
mijoz-server tarmog'i sifatida ham tanilgan, chunki barcha so'rovlar va
xizmatlar tarmoq orqali yetkazib beriladi.

32.

Misollar:

33.

Misollar

34.

9-Ma'ruza uchun topshiriq
• Internet Ekotizimi
tushnchasini izohlang:
• Tarkibiy qismlari
• Vazifalari
• Iqtisodiy soha/faoliyat bilan
bog’liqligini
English     Русский Правила