Похожие презентации:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning Buxoro viloyatiga tashriflari
1.
RESPUBLIKA MA'NAVIYAT VA MA'RIFATMARKAZI BUXORO VILOYAT BO'LIMI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning
Buxoro viloyatiga tashriflari
Xalq ichiga kirib, xalq bilan birga
qilinayotgan sa’y-harakatlar
natijasi
2.
Prezident Shavkat Mirziyoyev mahallalar hayoti va sanoatkorxonalari faoliyati bilan tanishish, yangi loyihalarni ishga
tushirish hamda hududlarni rivojlantirishning muhim
masalalarini muhokama qilish maqsadida 17 fevral kuni Buxoro
viloyatiga tashrif buyurdi.
3.
Prezident tashrifni Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qilish bilanboshladi. Qur’on tilovat qilindi. Alloh taolodan o‘tganlarga rahmat, yurtimizga
tinchlik-farovonlik tilab duo o‘qildi.
– Hamma joylarga borib, sohalarga turtki berib, muammolarni hal etib, xalqni
rozi qilishga harakat qilyapmiz, – dedi Shavkat Mirziyoyev. – Bugun Buxoroga
ham yangi marralarni belgilash, odamlarning birini ikki qilish uchun keldik.
Hamma xayrli ishlarimizda Allohning o‘zi madadkor bo‘lsin. Olimlar bilan
suhbatda diniy ta’limni rivojlantirish, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish
zarurligi ta’kidlandi.
4.
– Oxirgi yillarda hamma sohalar qatori din bo‘yichaham ochiqlik, erkinlik berildi, bir nechta ilmiy
markazlar tashkil etdik. Lekin bulardan xalqimizga
nima manfaat bo‘layapti? Manfaat shunday bo‘lishi
kerakki, bu salohiyatni jamiyatga yetkazish kerak.
Buxoriy, Moturidiy, Marg‘iloniy kabi buyuk
bobolarimiz merosiga tayangan holda jaholatga qarshi
ma’rifat bilan kurashish zarur. Buning uchun diniy
ta’limni
amaliyot
bilan
bog‘lash,
ilmiy
markazlarimizni dunyoda yetakchilarga aylantirish
kerak, – dedi davlatimiz rahbari.
5.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro tumanidagi Rabotiqalmoq mahallasidabo‘lib, aholi hayoti bilan tanishdi.
Bu yerda 9 mingdan ziyod aholi yashaydi. Quyi tizimdagi manzilli ishlar natijasi
ushbu mahallada ham namoyon – tadbirkorlik rivojlanib, ish o‘rinlari
ko‘paymoqda. Xususan, ilgari foydalanilmay yotgan maydonda tikuvchilik
korxonasi barpo etildi. 30 dan ortiq xotin-qiz o‘z mahallasida ishli bo‘ldi.
Yaqinda ish boshlaganiga qaramay, korxona 100 mingta trikotaj mahsulotlari
uchun buyurtma olgan.
6.
Davlatimiz rahbari mazkur korxona faoliyati bilan tanishib, ishchilarbilan suhbatlashdi.
7.
– Mahalladagi o‘zgarishlarni, sizning ishli bo‘lganingizni ko‘rib, xursandbo‘ldim. Bular – xalq ichiga kirib, xalq bilan birga qilayotgan sa’yharakatlarimizning kichik bir natijasi. Agar hokimlik va tashkilotlar sharoit
yaratib berolsa, har bir oila o‘zini eplab ketolsa, maqsadimga erishgan
bo‘laman. Shunda katta oilamiz – davlatimiz ham mustahkam bo‘ladi, – dedi
Prezident.
Shu yerda viloyatdagi tadbirkor ayollarning hunarmandchilik
mahsulotlaridan namunalar namoyish etildi. Ular ishlab chiqarishda va
kasanachilik asosida xotin-qizlar bandligini ta’minlayotganini so‘zlab
berishdi. Davlatimiz rahbari ularning bu boradagi harakatlarini qo‘llabquvvatlash bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi.
Rabotiqalmoq mahallasida yana 10 dan ortiq savdo va servis
shoxobchalari, Tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatish markazi ham bor. Mahalla
fuqarolar yig‘ini binosi mukammal ta’mirlangan. Aholining bo‘sh vaqti
mazmunli o‘tishi uchun “Otaxonlar choyxonasi”, kutubxona, sport
maydonchasi va xiyobonlar tashkil etilgan.
8.
Davlatimiz rahbari bu sharoitlarni ko‘zdan kechirdi, shu yerlik Baxtiyor Po‘latovxonadonida mehmon bo‘ldi.
9.
Davlatimiz rahbari Buxoro viloyatiga tashrifi chog‘ida klasterlar rahbarlari bilanmuloqot qildi.
Buxoro viloyatida 11 ta paxta-to‘qimachilik klasteri faoliyat yuritmoqda. 2022 yilda
ular tomonidan qariyb 99 ming gektar yerda 358 ming tonnadan ortiq paxta yetishtirilgan.
Jami 2 trillion 36 milliard so‘mlik 36 ta loyiha amalga oshirilib, 3 ming 600 ta ish o‘rni
yaratilgan. Tashqi bozorga qariyb 77 million dollarlik mahsulot eksport qilingan.
Muloqotda bozor kon’yunkturasidagi o‘zgarishlar, klasterlar oldidagi dolzarb
masalalar muhokama qilindi.
10.
– Qiyin bo‘lsa ham, nima uchun klaster tizimiga o‘tdik? Ilgari xalqimiz paxta ekardi, lekin shungamunosib manfaat topmasdi. Besh yil davomida klasterlarni avaylab, sharoit yaratib, shu darajaga olib
keldik. Endi ular xalqparvar bo‘lishi kerak. Mayli, boy bo‘lsin, faqat hayot bilan birga, xalq bilan birga, –
dedi Shavkat Mirziyoyev.
Klasterlar rahbarlari bugungi natijalari so‘nggi yillardagi islohotlar tufayli ekanini, bunga javoban
ishsizlikni kamaytirish bo‘yicha o‘zlariga mas’uliyat olishini ta’kidlashdi.
– Barcha islohotlarimizdan pirovard maqsad – xalqimizning daromadini oshirish. Kambag‘allikni yo‘q
qilib, aholining xarid qobiliyatini oshirsak, tadbirkorlarning ishi ham rivojlanadi. Besh yil oldin Buxoro
qanday edi, hozir qanday? Shu sur’atda davom etsa, yana besh yildan keyin natijalar bundan-da yaxshi
bo‘ladi. Chunki shunday buyuk, mehnatkash xalqimiz bor, – dedi Prezident.
Klasterlar faoliyatida muqobil energiyadan foydalanishni kengaytirish, suv tejovchi texnologiyalarni
qo‘llash, innovasion yechimlarni joriy etish bo‘yicha ham ko‘rsatmalar berildi.
Davlatimiz rahbari shu yerda buxorolik hunarmandlar mahsulotlarini ko‘zdan kechirdi.
11.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro tumanidagi «AksaEnerji Bukhara» mas’uliyati cheklangan jamiyati
tomonidan ishga tushirilgan issiqlik elektr stansiyasi
faoliyati bilan tanishdi.
12.
Iqtisodiyot rivojlanib, korxonalar ko‘payishi bilan energiya resurslarigatalab oshib bormoqda. Shuning uchun barcha hududlarda bunday quvvatlarni
oshirish choralari ko‘rilmoqda.
Xususan, o‘tgan yili «Aksa Enerji Bukhara» tomonidan issiqlik elektr
stansiyasi ishga tushirilgan edi. U 150 million dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri
investisiya evaziga barpo etilgan. Uskuna va jihozlar Turkiyadan keltirilgan. Bu
yerda 150 kishi mehnat qiladi. Stansiya quvvati 270 Megavatt. Bu yiliga 2
milliard 200 million kilovatt soatgacha elektr energiyasi ishlab chiqarish,
viloyatning 60 foiz iste’molini qoplash imkonini beradi.
Davlatimiz rahbari stansiyaning dispetcher xonasini ko‘zdan kechirdi,
boshqaruvchilar bilan suhbatlashdi.
2023 yilda Buxoroda yillik elektr iste’moli 4,3 milliard kilovatt soatni
tashkil etib, taqchillik 150 million kilovatt soat bo‘lishi kutilayotganini inobatga
olib, mutasaddilarga viloyatda taqchillikni qoplash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlash,
energiyadan foydalanish samaradorligini oshirish va tarmoqlarda yo‘qotishlarni
kamaytirish, sohaga yuqori texnologiyalarni jalb qilish yuzasidan topshiriqlar
berildi.
13.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Shofirkon tumanidagi “BuxaraAzteks” tikuvchilik korxonasi faoliyati bilan tanishdi.
14.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Shofirkon tumanidagi “Buxara Azteks”tikuvchilik korxonasi faoliyati bilan tanishdi.
Ilgari bu tumanda sanoat umuman yo‘q edi. Qishloq xo‘jaligidagi
yangilanishlar, klaster tizimi natijasida bu yerda ham sanoat paydo bo‘ldi.
Hozir birgina paxtadan ip, kalava, mato, tayyor kiyimlar, chigitdan yog‘,
sovun, ozuqa va boshqa o‘nlab mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.
15.
“Buxara Azteks” ana shunday zamonaviy korxonalardan. Bu yerda paxta yetishtirish vauni chuqur qayta ishlashning to‘liq zanjiri yo‘lga qo‘yilgan. Shu bois mahalliylashtirish
darajasi 100 foizga yetgan.
Loyihaning qiymati 8,7 million dollar. Uskunalar Yaponiya, Germaniya va Turkiyadan
keltirilib o‘rnatilgan. Ming nafardan ortiq kishi ish bilan ta’minlangan.
Korxonada yiliga 16 million dona tayyor tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqariladi.
Ularning 50 foizini xorijga eksport qilish mo‘ljallangan.
Davlatimiz rahbari korxonada tayyorlanayotgan mahsulotlar sifatini ko‘zdan kechirdi,
ishchilar bilan muloqot qildi. Yana bir muhim jihat, korxona tomiga quyosh panellari
o‘rnatilgan. Prezident bu kabi zamonaviy korxonalarni ko‘paytirish, aholi bandligini
ta’minlash yuzasidan mutasaddilarga ko‘rsatma berdi.
16.
17.
Ayolga e’tibor - kelajakka e’tiborАyolni eʼzozlash, unga ehtirom koʼrsatish oʼzbek xalqiga xos xususiyatdir. Аyollarsiz
hayotni, taraqqiyotni tasavvur qilib boʼlmaydi. Ular jamiyatning yetakchi kuchlari, mohir
va uddaburon murabbiylari, mehribon va oqila tarbiyachilaridir. Shofirkon tumani
“AZTEX” fabrikasida ishlaydigan xotin-qizlarning sharoitlari bilan tanishsish hamda
ularga ma’naviy ozuqa ulashish maqsadida “Ma’rifat” targ’ibotchilar jamiyati a’zolari,
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Buxoro viloyat bo‘limi rahbari M.Pardayeva,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari Shodmon Sulaymon ushbu
dargohda boʼlishdi hamda ular bilan oʼzaro dildan suhbat olib borildi.
18.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatida sanoatnirivojlantirish va energiya ta’minotini yaxshilash masalalari bo‘yicha
yig‘ilish o‘tkazdi.
19.
Shundan so‘ng davlatimiz rahbari Buxoro shahridagi Mir Araboliy madrasasini borib ko‘rdi.
Bu madrasa 500 yillik tarixga ega. Undan ko‘plab olimlar, imomlar, muftiylar yetishib
chiqqan. Lekin o‘tgan asrda uning maqomi o‘rta maxsus bilim yurti darajasiga tushib
qolgan edi. Binosi ham zax tortgan, kitoblar yetishmasdi.
Shavkat Mirziyoyev 2017 yilda bu yerga kelib, ahvolni ko‘rgan, madrasaning tarixiy
mavqeini tiklashni maqsad qilgan edi. Buning uchun Ark yaqinida yangi bino barpo etildi
va yaqinda foydalanishga topshirildi.
Oliy madrasa 200 o‘ringa mo‘ljallangan. Bu yerda Qur’oni karim, hadis, fiqh va
tasavvuf ilmlari, xorijiy tillar puxta o‘rgatiladi. Bugungi kunda jami 107 nafar talaba ta’lim
olmoqda.
20.
O‘quv xonalari, kutubxona, faollar zali, talabalaryotoqxonasi va xizmat uyi, sportzal va basseynda barcha
qulayliklar yaratilgan.
Davlatimiz rahbari madrasa talabalari bilan suhbatlashdi.
– Bunday uzoq tarixga ega ta’lim dargohlari juda kam, –
dedi Shavkat Mirziyoyev. – Bugun uning sharoitini yaxshilab,
tarixiy adolatni tiklaganimiz xayrli ish bo‘ldi, deb o‘ylayman.
Demokratik islohotlarimiz natijasida diniy sohaga ham erkinlik
epkini kirib keldi. Shu bilan birga, axborot makoni ham ochiq.
Internetda ilmiy asosi bo‘lmagan turli talqinlar ham bor. Lekin
ularni tajribasiz yoshlar qayerdan biladi? Buni sizga o‘xshagan
ilmli kishilar, imom-xatiblarimiz isbotlab, to‘g‘ri tushuntirib
berishi kerak.
Diniy ta’lim soatlari va sifatini isloh qilish, uni amaliyot
bilan bog‘lash bo‘yicha fikrlar bildirildi.