Похожие презентации:
Xush kelding bahor
1.
RESPUBLIKA MA'NAVIYAT VAMA'RIFAT MARKAZI BUXORO VILOYAT
BO'LIMI
“Xush kelding bahor”
8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni
munosabati bilan uning mohiyati,
ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-ma'rifiy
ahamiyatini targ'ib etishga qaratilgan
“Ayol borki, olam munavvar”, “Jannat
onalar oyog'i ostida”.
2.
3.
“Xush kelding bahor” mavzuida Bahor fasli tarixi.O'lkamda bahorning ilk kunlari, boshlanishi bilanoq qushlarning
sayrashi hamma joyni tutib, ketadi. Bu bilan bizga bahor kelganidan darak
beradi. Bahor fasli fasllarning boshlanishi, uyg'onish davri hisoblanadi.
Qishda uyquga ketgan hayvonlar, bahorda uyg'onishadi. Yani uyg'onish,
yangi sahifani boshlanishi, yo'lning boshi boshlanish davriga kiradi. Bahor
oylari uchta bo'lib, mart, aprel, may kiradi. Juda oz bo'lsada, o'zida
xalqimizning milliy bayramlarini mujjasam etgan. Har bir xalqning o'z
milliy bayrami bo'lgani singari bizning ham milliyligi ufurib turgan
milliyligimizni aks etgan bayramlarimiz bor. Ular sakkizinchi mart xotin
qizlar bayramiz, navro'z umumxalq bayrami,va yana bir qancha
bayramlarni o'z ichiga oladi.
4.
5.
Navro‘z bayrami juda qadimiy bayram sanaladi.Tarixchilarning fikricha, bu bayramning tarixi qariyb 3 ming
yildan ziyod. Navro‘z asosan bahoriy tengkunlikda
nishonlanadi. Navro‘z - tabiat uyg‘onishi ramzi, yangilanish,
yasharish fasli, bu kunda qayta tiklanib, yangicha tus olgan
xalqimizning qadimiy urf-odatlari, milliy an’analarimiz, turfa
marosimlar o‘tkaziladi. Shu tariqa milliy meroslarimiz avlodlar
qalbiga singib boradi. Navro‘z bayrami elimizda obodlik,
tinchlik-totuvlik, millatlaro ahillik, bag‘rikenglik ramzi,
qalblarimizda ezgulik uyg‘otuvchi haqiqiy sharqona bayram
sifatida nishonlanadi. Mustaqillik yillarida Navro‘z ayyomi
umumxalq bayrami sifatida tan olindi. 2009 yilda Navro‘z
bayrami YUNESKO tomonidan insoniyatning nomoddiy
madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi. 2010 yilda esa BMT Bosh
Assambleyasi 21 mart kunini Xalqaro Navruz kuni deb e’lon
qildi va barcha mamlakatlarni mazkur qadimiy bayramni
dunyoda keng tarag‘ib etishga chaqirdi.
6.
7.
Bahorni sumalaklar, sayllar o'zimizningmilliy o`yinlarimizsiz tasavvur qila olmaymiz.
Eng birinchi tasavvurimizga navro'z bayrami
keladi. Undagi momalarimizning bizga aytga
hikoyalari navro'z tarihi uning kelib chiqishi
udumlari. Navro'z bayramida esa ko'pkari
kurash, turli xil aytishuvlar, milliy raqslarsiz
tasavvur eta olmaymiz. Tabiat bizga
shunday nematlarni inom etganki bunga
shukr keltirishimiz kerak. Bahorni sumalaksiz
tasavvur qila olmaymiz, yozni suvsiz, kuzni
zangorangsiz qishni esa oq parchalarsiz
tasavvur qila olmaymiz.
8.
9.
“Xush kelding bahor”• To‘rt faslning tanho malikasi sen,
Tugal go‘zallikning nihoyasi sen,
Oshiq-ma’shuqlarning tamannosi sen!
Qayta ketmas bo‘lib keldingmi, bahor?
Yer birla osmonning tillaqoshi sen,
Aytar qo‘shig‘imning avval-boshi sen,
Oltin beshigimning safardoshi sen!
Qayta ketmas bo‘lib keldingmi, bahor?
10.
11.
Yana bahor fasli insonlar qalbiga ezgulik urug'isepish yaxshi amallar qilishdek hammani ko'nglidan
birdek joy oladi. Bahor o'zning sepini yoyishi bilan
barcha insonlar qalbini to'lqinlantiradi. Bahor faslida
o'zimizning milliy bayramimiz navro'z nishonlanadi.
Barcha insonlarga birdek shodu xurramlik, mehr
oqibat, baxt soadat, baxshida etadi. Bahorda
barchamiz yana bir bor o'zimizning o'zligimizni anglab
yetamiz. Milliylikni yo'qotmagan holda ajralib turadi.
Milliy taomlarimiz , o'yinlarimiz, bayramlarimiz bilan
ham. Bahor fasllarning ilk odimi, yo'lning boshi
hisoblanadi. Bahor fasllarning gulshani, borliqga
o'zgacha kayfiyat hadya etadi. Shu taraflari bilan
ajralib turadi.
12.
13.
Bahor• Bahorning boshlanishi o'zi
yangi kundan darak beradi.
Bahor manzaralarini tomasha
qilar ekansiz beixtiyor shu
go'zallikga yanada go'zallik
qo'shishingiz keladi. Bunday
go'zallik bilan albatta ajralib
turadida. Bahor fasli fasllar
ichida milliylikga boyligi,
go'zallikga hammohangligi,
mehrliligi, yaratish, yaralish,
nafislik va boshqa taraflari
bilan ajralib turadi. Sanasak
juda ko'p eng asosiysi bu
milliylikga uyg'unligi bilan
ajralib turadi.
14.
15.
• Bugungi kunda xotin-qizlar jamiyatimizning barchajabhalarida, jumladan, ta’lim va sog‘liqni saqlash
tizimi, sanoat va qishloq xo‘jaligi, qurilish, transport
va aloqa, fermerlik sohalarida samarali faoliyat olib
bormoqda. Zukko qizlarimiz, fozila ayollarimiz esa
fan, san’at, madaniyat va sportda yuqori marralarni
zabt etishayapti. Quvonarlisi, xotin-qizlar og‘irini
engil qilish, ularning hayot sharoitini yaxshilash, oila
va jamiyatdagi mavqeini yanada mustahkamlash
joriy yilda ham ustuvor vazifalardan etib belgilandi.
Shu bois, xotin-qizlar bandligini ta’minlash, oilaviy
biznes va kasanachilikni rivojlantirish orqali ularni
ishga jalb etishga katta e’tibor qaratilmoqda. Xotinqizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, oilalar
mustahkamligini ta’minlashga qaratilgan ishlar
tizimli ravishda amalga oshirib kelinmoqda.
16.
17.
Ayol borki olam munavvar!• Ayol borki olam munavvar! Darhaqiqat
ayol ona, ayol rafiqa, ayol singil. Bu
muqqadas bir zotki, uning bilan olam
munavvar uning bilan oila vatan xonadon
oboddir. Yangilanish, yosharish, bahor
faslining ilk bayrami aynan ayollarga
atalgani bejis emas albatta. Ayol- bu
sadoqatli yor ko’ngillarga zavq-shavq
bag’ishlovchi hayotni go’zal qiluvchi, ibohayoni o’zida mujassam etgan bir xilqat…
18.
19.
“Ayol bir bir qo’lida beshikni, birqo’li bilan dunyoni tebratadi”
Ayolni hamisha boshimizda ko’taramiz. Ayol
o’zidan yaxshi iz qoldirishni o’ylaydi. Ayol xushfe`l va
hushmuomala insondir. Ayol farzandlari mehr bilan
boqib, voyaga yetkazadi. O’z suti orqali mehrini
beradi. Ayol- bu to’rt harfdan iborat so’z bo’lib, uning
zamirida qanchadan – qancha ma’no bor. Ayollarni
qancha maqtasak ham baribir oz. Ayollarga teng
keladigan zot yo’q. Ayol mo’tabar va munis insondir
Ayolning ta’rif –u tasnifi yo’qdek. Hozirgi kunda
ayollar yurtimizda, jamiyatda va oilada katta ro’l
o’ynaydi. Xalqimiz tabri bilan aytganda- “Ayol bir bir
qo’lida beshikni, bir qo’li bilan dunyoni tebratadi”deganlari rost ekan. Ayol deganda bizning ko’z
oilamizga onamiz, ustozlarimiz namoyon bo’ladi.
20.
21.
Inson zoti borki, olamdagi barcha yaxshilik vaezguliklarni, hayot sir-u asrorlari va saboqlarini
onaning mehr-u sahovati tufayli o’rganadi. Onani
e’zozlash – bizning millatimiz, xalqimiz uchun oliy
qadriyat darajasiga ko’tarilgan fazilatdir. Chunki
ayollarni qancha ulug’lasak, xayotimizning chirog’i,
umrimizning guli deb e’zozlasak, demakki,
oilamizni, Vatanimizni e’zozlagan bo’lamiz.
Ona, ayol haqida so‘z aytishdan oldin Alisher
Navoiy hazratlarining ushbu o‘lmas satrlarini
eslamoq joizdir:
Onalarning oyog‘i ostidadur,
Ravzai jannatu jinon bog‘i.
Ravza bog‘i visolin istar esang
Bo‘l onaning oyog‘i tufrog‘i...
22.
23.
• Dunyoda qancha millat bo‘lsa uning shuncha onasibor. Har bir millat farzandi o‘z onasini yaxshi
ko‘rmasligi, qadrlamasligi va hurmat qilmasligi aslo
mumkin emas. Ona Afrikada ham, Amerika va
Hindistonda ham, Osiyo, Yevropa va Antarktidada
ham onadir. Ona ulug‘ va bebaho zot sifatida har
joyda, har mamlakat va millatda beqiyos darajada
e’zozlanadi. Rang-ro‘yidan, urf-odatidan, turmushtarzidan qat’iy nazar ona ulug‘ zotligicha qoladi.
Jumladan, biz, o‘zbeklarda ham. Onamiz,
onajonimiz, porlab turgan quyoshimiz, to‘lin oyimiz,
charaqlab turgan yulduzimiz. U bizning –
jonajonimiz. Dunyo xalqlari ichida onalarni sevish,
qadrlash va ulug‘lash borasida o‘zbeklar hamisha
eng oldingi saflarda borayotgani, boshqa millatlarga
o‘rnak bo‘layotgani kishiga faxr va iftixor
bag‘ishlaydi. Bu ajoyib va bebaho fazilatimiz bilan
har qancha g‘ururlansak, faxrlansak arziydi.
24.
25.
Ayol!• Ayol! Bu muqaddas so`zni har bir inson tilga olarkan,
dunyoda men uchun yagona va aziz bo`lgan mehridaryo
onajonim ko`z o`ngimda gavdalanadi. Ayol, ona barcha
so`zlar zamirida mislsiz, siz-u biz anglab yetolmas
mazmun borki, bu haqda qancha fikr-u mulohaza
yuritsak baribir oz. Ayol, barcha qiyinchiliklarni
yengadi. Ha, bu hayot haqiqati. Bu haqiqatni xech kim
rad etolmaydi. Ayolning oiladagi o`rni haqida qancha
gapirsak ham shuchalar oz deb o`ylayman. Oila bir
kema bo`lsa, uni boshqaruvchisi esa ayol hisoblanadi.
Odamzot ongli hayot boshlagandan buyon, ayollarga
kuchli ixlos qo`yib, uni sevib, ardoqlab keladi. Ayol bu
kabi e`zozlarga, shon-u shuxratlarga, sharaflarga
munosib, ular ilk mehrini qo`shib, bajarayotgan
olamshumul ishlari bilan ulug`dir.
26.
27.
ONA!!!....Faqat onagina bizni butun umr ko'tarib yuradi!
....9 oy qornida,
....uch yoshgacha qo'lida,
....butun umr o'z yuragida.
....Ona shunday insonki, u hammaning o'rnini bosadi, biroq
uning o'rnini hech kim bosa olmaydi.
....Onalar eng katta mehnatkashlardir. U o'zining tishsiz jajji
ho'jayinining bitta kulgisi uchun;
....maoshsiz,
....dam olish kunlarisiz,
....va tushlikka chiqmasdan ishlashga tayyor.
....Onaning mehr-muhabbati shinam hovli kabi. Hamisha issiq
va quyoshli.
....Onalar doim yordamga keladi, hatto ular yonimizda
bo'lmasa ham.
....Ona qalbi hamisha kechirim tuyg'usi topiluvchi tubsizlikdir
!!!
28.
29.
30.
Onajonlarimiz biz farzandlariningbaxtlariga sog`-salomat bo`lsinlar!
•E`TIBORINGIZ
UCHUN
RAHMAT!!!