702.70K
Категория: ПравоПраво

Nogironlik pensiyalari tushunchasi

1.

Mavzu: Nogironlik pensiyalari tushunchasi

2.

Nogironlik, invalidlik — kasallik, shikastlanish, mayibmajruhlik, baxtsiz hodisalar tufayli butunlay yoki
maʼlum muddat mehnat qobiliyatini yoʻqotish.
Jismoniy yoki akliy nuqsonlari borligi sababli ijtimoiy
yordam va himoyaga muhtoj shaxs nogiron
hisoblanadi. Oʻzbekistonda Nogironlik Tibbiy mehnat
ekspertiza komissiyasi (TMEK) tomonidan
belgilanadi.

3.

Nogironlik mehnat qobiliyatini yoʻqotish darajasiga qarab
3 guruhga boʻlinib, vaqtincha (6—12 oy) yoki muddatsiz
qilib tayinlanadi.
1-guruh Nogironligiga mehnat qobiliyatini butunlay
yoʻqotgan va boshqaning doimiy parvarishi, yordami,
nazoratiga muhtoj boʻlgan shaxslar; 2-guruh Nogironiga
mehnat qobiliyatini butunlay yoʻqotgan, lekin
boshqalarning doimiy parvarishiga muhtoj boʻlmagan,
shuningdek, mehnat turidan qatʼi nazar, unda uzoq
muddat ishlay olmaydigan shaxslar;
3-guruh Nogironligiga mehnat qobiliyati sezilarli
darajada pasaygan shaxslar kiradi.

4.

OʻzR qonunchiligida Nogironlikning quyidagi sabablari nazarda
tutiladi: umumiy kasalliklar (ish bilan bogʻliq boʻlmagan)
oqibatidagi Nogironlik; turmushdagi baxtsiz hodisalar natijasida
shikastlanish oqibatida yuz bergan Nogironlik; ishlab
chiqarishdagi jarohatlar va kasb kasalligiga duchor boʻlish
natijasidagi Nogironlik; kasb kasalligiga chalinish tufayli yuz
bergan Nogironlik; Oʻzbekistonni himoya qilish yoki boshqacha
tarzda harbiy burchni bajarish paytida roʻy bergan Nogironlik;
harbiy burchni bajarish bilan bogʻliq boʻlmagan harbiy xizmatni
oʻtash davridagi Nogironlik. Bu boradagi tartib-qoidalar
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 24noyabrdagi 317-son qarori bilan tasdiqlangan "Tibbiy-mehnat
ekspertiza komissiyalari toʻgʻrisida nizom"da koʻrsatib oʻtilgan.

5.

Hozirgi kunda aholining muhtoj qatlamini ijtimoiy
himoyasi davlatimiz olib borayotgan ichki siyosatlarning
asosiysi bo'lib hisoblanadi. Nogironlar aholining ijtimoiy
zaif va yordamga muhtoj tabaqalari qatoriga kirganligi
uchun nogironlarni ijtimoiy-iqtisodiy muhofazalashga
doir bir qancha huquqiy hujjatlar qabul qilingan. 1991-yil
18-noyabrdagi O'zbekiston Respublikasi «Nogironlarni
ijtimoiy himoya qilish to'g'risida»gi Qonun mustaqillik
e'ion qilingandan keyingi ilk qadam bo'lib, keyinchalik
«Fuqarolarni sog'ligini saqlash to'g'risida»gi qonun va
boshqa qarorlar va Davlat Dasturlari qabul qilindi.

6.

«Nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to'g'risida»gi
qonunning 1- moddasida «Nogiron» tushunchasini
ta'rifi berilgan, unga ko'ra «Jismoniy va aqliy nuqsonlari
borligi tufayli turmush faoliyati cheklanganligi
munosabati bilan ijtimoiy yordam va ijtimoiy yordam va
himoyaga muhtoj shaxs, nogiron hisoblanadi.
Shaxsning turmush faoliyatini cheklanganligi uning
o'ziga-o'zi xizmat qilish, yurish, yo'lni topa bilish,
muloqat qilish, o'z hattiharakatlarini nazorat qilish,
shuningdek mehnat bilan shug'ullanish qobiliyati yoki
imkoniyatini to'la yoki qisman yo'qotganligida
ifodalanadi ».

7.

TMEK (Tibbiy mehnat ekspertiza komissiyalari )lar
haqidagi Nizomning 41- moddasiga asosan
nogironlikni quyidagi sabablari belgilanadi.
Umumiy kasallik — bu nogironlik shaxs
organizmining kasallanishi, mehnat faoliyati va burchi
bilan bog'liq bo'lmagan holdagi baxtsiz hodisa
natijasida mayiblanishi, jarohatlanishi, kontuziya
olishi natijasida kelib chiqadigan holatdir.

8.

Mehnatda mayiblanish — mehnat faoliyatini bajarish
bilan bog'liq holdagi mayiblanish, jarohatlanish
natijasida kelib chiqadi. Kasb kasalligi — ishlayotgan
kasbining inson salomatligiga ta'siri tufayli vujudga
keladi.
Harbiy xizmatni o'tayotganda sodir bo'lgan nogironlik —
harbiy xizmatni o'tash davriga to'g'ri kelib, nogironlikni
kelib chiqish sababi, kasallanish, mayiblanish,
jarohatlanish, yaralanish harbiy xizmat vazifalarini
bajarish bilan bog'liq bo'lmay, armiya nogironlari deb
yuritiladi.

9.

Harbiy xizmat vazifalarоni bajarish bilan bog'liq
bo'lgan nogironlik— harbiy xizmat vazifalarni bajarish
vaqtidagi yaralanish, kontuziya, shikastlanish,
kasallanish natijasida paydo bo'lib, bu frontdagi
nogironlik, urush harakatlarida qatnashgan
nogironlik, baynalminal burchini bajarish vaqtidagi
nogironlik va boshqalar bo'lib, O'zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 11mayda qabul qilingan 249-sonli qarorining 2ilovasiga asosan urush nogironlari va uОarga
tenglashtirilgan shaxslar nogironligi deb yuritiladi.

10.

Bolalikdan nogironlik—tug'mayoki 16 yoshga
to'lguncha bo'lgan vaqtidagi kasallanish, mayiblanish
tufayli nogiron bo'lib qolganda belgilanadi.
Nogironlik guruhlari va sabablari Tibbiy mehnat
ekspertiza komissiyalari tomonidan belgilanadi.

11.

Nogironlik pensiyalari qonunchilikda belgilangan
tartibda I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar deb
topilgan shaxslarga, shuningdek Chernobilь AESdagi
avariya tufayli mayib bo‘lish yoki kasallik oqibatida III
guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar deb topilgan
shaxslarga tayinlanadi

12.

Nogironlik pensiyasi TIEK tomonidan I va II guruh
nogironligi bo‘lgan shaxslar deb topilgan, sug‘urta
qilingan xodimlarga:
mehnatda mayib bo‘lganligi yoki kasb kasalligiga
chalinganligi tufayli — mehnat faoliyatining
muddatidan qat’i nazar;
boshqa sabablar tufayli — muddati sug‘urta qilingan
xodimning nogironlik ro‘y bergan vaqtdagi yoshiga
bog‘liq tegishli umumiy mehnat stajiga ega bo‘lgan
taqdirda tayinlanadi.

13.

14.

Pensiya tayinlash haqida murojaat qilish
Pensiya tayinlash masalalari bo‘yicha yashash
joyidagi Pensiya jamg‘armasining bo‘limlariga:
- ishlayotganlar tashkilot ma’muriyati orqali;
- dehqon xo‘jaliklari a’zolari, yakka tartibdagi mehnat
faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar ariza bilan murojaat
qiladilar;
- ishlamaydigan fuqarolar arizani mustaqil o‘zlari
yashash joyidagi Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga
beradilar.

15.

Nogironlik pensiyasini tayinlashni so‘rab murojaat
qilgan shaxsning arizasiga quyidagi hujjatlar ilova
qilinishi kerak:
ish stajini, shu jumladan maxsus ish stajini
tasdiqlaydigan hujjat;
ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma.
Zarurat bo‘lgan hollarda boshqa hujjatlar ham talab
etilishi mumkin.

16.

Nogironlik pensiyasini tayinlash muddatlari
pensiya olish huquqi paydo bo‘lgan kundan boshlab 60
kungacha murojaat qilinsa – TMEK tomonidan nogironlik
belgilangan kundan boshlab;
60 kunlik murojaat qilish muddati o‘tkazib yuborilgan
xollarda murojaat qilingan kundan boshlab tayinlanadi.
Nogironlik pensiyalari TMEK tomonidan belgilangan
butun nogironlik davri uchun tayinlanadi.
60 yoshdan oshgan erkak va 55 yoshdan oshgan
ayollarga nogironlik pensiyalari umrbod tayinlanadi.
Ana shu nogironlarni qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish
faqat ularning arizasiga binoan amalga oshiriladi

17.

Nogironlik pensiyasini olish huquqini beradigan ish
staji

18.

Savol: V. ismli shaxs mehnatda mayiblanganlik yoki umumiy kasallik
sababli, nogironlikka chiqqan fuqaroga nogironlik pensiyasini tayinlash
uning ish stajiga bog‘liq yoki bog‘liq emasligi haqida so‘radi.
Javob: Mehnatda mayiblanganda yoki kasb kasalligiga uchraganda
beriladigan nogironlik pensiyalari ish stajidan qat’i nazar, tayinlanadi.
Umumiy kasallik tufayli beriladigan nogironlik pensiyasi esa nogironlik
boshlangan paytga qadar qonunda belgilangan miqdordagi ish stajiga
ega bo‘lgan shaxslarga nisbatan tayinlanadi. Xususan, 23 yoshga qadar
– 2 yil, 23 yoshdan 26 yoshga qadar – 3 yil, 26 yoshdan 31 yoshga
qadar – 5 yil, 31 yoshdan 36 yoshga qadar – 7 yil, 36 yoshdan 41
yoshga qadar – 9 yil, 41 yoshdan 46 yoshga qadar – 11 yil, 46 yoshdan
51 yoshga qadar – 14 yil, 51 yoshdan 56 yoshga qadar – 17 yil, 56 yosh
va undan oshganda – 20 yil ish staji bo‘lishi lozim.
English     Русский Правила