Похожие презентации:
Yiliga 300000 tonna oddiy superfosfat ishlab chiqarishda atmosferaga chiqayotgan changlarni miqdorini hisoblash
1.
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalari unversitetiKimyo metallurgiya kafedrasi
Yiliga 300000 tonna oddiy superfosfat ishlab chiqarishda atmosferaga
chiqayotgan changlarni miqdorini hisoblash va changlarni texnologik
jarayonga qaytarish
Bajardi:
Rahbar:
Jalilov R. S
2.
Bitiruv malakaviy ishining asosiy maqsadi:-Oddiy superfosfat ishlab chiqarish uchun xom ashyo turlari va ularning
tabiatda uchrashini oʻrganish;
- Oddiy superfosfat ishlab chiqarish usullari bilan tanishish;
- Oddiy superfosfat ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan xom-ashyo,
materiallarning xossalarini oʻrganish;
- Oddiy superfosfat ishlab chiqarishda atmosferaga tashlanayotgan
changlarni utilizatsiya qilish va ularning miqdorini kamaytirish uchun usullari
ustida izlanishlar olib boorish;
3.
KIRISHBugungi kunda fosforli oʻgʻitlarga boʻlgan talab yuqori. Respublikada
ishlab chiqarilayotgan fosforli oʻgʻitlar mamlakat qishloq xoʻjaligi
ehtiyojlarini
qondirmaydi. Fosforit rudasini ishlab chiqarish uchun tayyor holga olib
kelishda mexanik ishlov berish, yuvish, kuydirish kabi jarayonlar amalga
oshiriladi. Mineral oʻgʻitlar oʻsimliklarga zarur boʻlgan ozuqa
elementlarini toʻldirishda hamda tuproq unumdorligini oshirishda
muhim rol oʻynaydigan vositalardir. Shu bois qishloq xoʻjaligini sifatli
oʻgʻitlar bilan taʻminlash va ularni assortimentini koʻpaytirish muhim
ahamiyatga ega. Ilk marotaba Oʻzbekistonda 1954 yilda Samarqand
superfosfat zavodi qurilishi boshlandi, uni 32-chi Toshkent qurilish tresti
amalga oshirdi.
4.
KIRISHHozirgi
kunda “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi
“Navoiazot” AJ, “Fargonaazot” AJ, “Qoʻqon superfosfat zavodi” AJlarida
oddiy superfosfat ishlab chiqariladi. Shu bilan birga bugungi kunda
“Samarqandkimyo” AJ hududidagi “Ferkensco Management Limited”
kompaniyasi tomonidan yiliga 910 ming tonna, shundan 370 ming tonna
MAP va 540 ming tonna murakkab mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarish
boʻyicha investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda, shuningdek,
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari orasidan kamida 500 ta yangi ish
oʻrni yaratish rejalashtirilgan. Qurilishni yakunlash muddati 2023-yil 01iyulga belgilangan. SUPERFOSFAT— asosiy fosforli oʻgʻit. Tabiiy
fosfatlardan (apatit va fosforitdan) yoki appatit konsentratidan sulfat
kislota bilan ishlab olinadi.
5.
Dastlabki xom-ashyo, materiallar va tayyor mahsulot haqida maʻlumotBoyitilmagan fosforitning tarkibi va fizik-kimyoviy koʻrsatkichlari
Asosiy tarkibiy qismlarning tarkibi
Koʻrsatkich nomi
%
1000 kg fosforitda
17,0
170,0
shu jumladan kalsiy tarkibida (CaO: P2O5)
48,0
480,0
3. Magniy oksidining massa ulushi ( MgO ) %.
0,7
7,0
4. Temir oksidining massa ulushi ( Fe2 O3 )%.
2,0
20,0
5. Alyuminiy oksidining massa ulushi (Al2O3) % .
1,0
10,0
6. Karbonat angidridning massa ulushi (CO2),%.
16
160,0
7. Ftorning massa ulushi (F), %.
1,2
12,0
8. Sulfatlarning massa ulushi (SO3), %.
1,5
15,0
9. Kremniy oksidining massa ulushi (SiO2), %.
9,6
96,0
11. Erimaydigan qoldiqning massa ulushi %.
8,0
80,0
12. Adsorbsion namlikning massa ulushi (H2O), %.
1,0
10,0
1. Fosfor oksidining (P2O5) massa ulushi, %.
2. Kalsiy oksidining (CaO) massa ulushi, % ogʻirlikda.
6.
Dastlabki xom-ashyo, materiallar va tayyor mahsulot haqida maʻlumotJarayonda ishlatiladigan sulfat kislotaning sifat koʻrsatkichlari
Xom ashyo nomi
Sifat koʻrsatkichlari
Meʻyor
1 monogidratning massa ulushi
(Н2SO4), %, dan kam emas
92,5
2 Temirning massa ulushi (Fе),
%, ortiq emas
0,02
3 Ishqorlashdan keyin
qoldiqning massa ulushi, %,
ortiq emas
0,05
2 Sulfat kislota , texnik
7.
Texnologik jarayonlarning tavsifiTexnologik jarayonning tavsifi:
Oddiy granullangan superfosfat ishlab chiqarishning texnologik jarayoni
quyidagi asosiy bosqichlardan iborat:
- fosforitlarning sulfat kislota bilan parchalanishi;
-superfosfatni granulyatsiya qilish va quritish;
- tayyor mahsulotni tasniflash va maydalash;
- chiqindi gazlarni tozalash;
- tayyor mahsulotni qadoqlash
8.
Texnologik jarayonlarning tavsifiOddiy superfosfat olish jarayonining mohiyati fosfat xom ashyosining asosiy
komponenti boʻlgan kalsiy florapatit (Ca5(PO4)3F)ning konsentrlangan sulfat
kislota (92,5-98% H2SO4) bilan oʻzaro taʻsiridan iborat.
Jarayon ikki bosqichda amalga oshiriladi:
I. bosqich - fosfor kislotasi (H3PO4) va kalsiy sulfat yarimgidratining (CaSO4
·0,5 H2O) konsentrlangan eritmasi hosil boʻlishi bilan florapatitning
parchalanish reaksiyasi sulfat kislota toʻliq isteʻmol qilinmaguncha boradi:
Ca5(PO4)3F + 5H2SO4 + 2,5H2O = 3H3PO4 + 5CaSO4 ·0,5H2O + HF (1)
II. bosqich - monokalsiy fosfat (Ca(H2PO4)2) hosil boʻlishi bilan (1) reaksiya
natijasida ajralib chiqqan fosfor kislotasi bilan floorapatitning qolgan
qismining parchalanish reaksiyasi:
9.
Texnologik jarayonlarning tavsifiCa(PO4)3F + 7H3PO4 + 5H2O = 5Ca(H2PO4)2 H2O + HF (2)
Kaltsiy florapatitning sulfat kislota bilan umumiy parchalanish reaktsiyasi tenglamaga toʻgʻri keladi:
2Ca(PO4)3F + 7H3PO4 + 6,5H2O = 3Ca(H2PO4)2 H2O + 7CaSO4 ·0,5H2O + 2HF (3)
Parchalanish jarayoni ekzotermik boʻlib, issiqlik chiqishi bilan davom etadi.
Shu bilan birga, fosfat xom-ashyosi (kaltsiy, dolomit, alyuminiy va temir silikatlar) tarkibidagi boshqa materiallarning sulfat
kislota bilan parchalanishi sodir boʻladi:
CaMg(CO3)2 + 2H2SO4 + (n-2)H2O = CaSO4 nH2O + MgSO4 + 2CO2 (4)
Yuqori karbonatli fosforitlarni sulfat kislota bilan qayta ishlash jarayonida ajraladigan karbonat angidrid fosfat minerali - apatit
florokarbonatning parchalanishini tezlashtirishga yordam beradigan gʻovakli tuzilishni hosil qiladi.
Bundan tashqari, kremniy kislotasi (H2SiO3 yoki SiO2 H2O) hosil boʻladi, u vodorod ftorid bilan oʻzaro taʻsirlanib, silikon ftorid
SiF4 beradi:
SiO2 H2O + 4HF = SiF4 + 3H2O (5)
0
Gazlar 110 C dan past sovutilganda kremniy ftorid (SiF4) suv bugʻlari bilan reaksiyaga kirishadi, buning natijasida florosilikat
kislota (H2SiF6) hosil boʻladi va kremniy kislotasi geli oq choʻkma (SiO2 H2O) shaklida quvurlarga yopishishi mumkin.
3 SiF4 + 3H2O = H2SiF6 + SiO2 H2O (6)
Granulа qilingan oddiy superfosfatni olish jarayoni fosfat jinsini sulfat kislota bilan qisman parchalanadigan aralashtirish
reaktorida sulfat kislota bilan oldindan aralashtirishdan iborat. Fosforitlarning parchalanish reaktsiyasini keyingi sozlashda hosil
boʻlgan superfosfatni bir vaqtning oʻzida namlash bilan amalga oshiriladi. Barqaror granulalar hosil qilishda
barqarorlashtiruvchi qoʻshimcha sifatida ishlatiladigan ammoniy sulfatning suvli eritmasidan foydalaniladi.
10.
XULOSAMen “Yiliga 300000 tonna oddiy superfosfat ishlab chiqarishda atmosferaga chiqayotgan changlarni miqdorini
hisoblash va changlarni texnologik jarayonga qaytarish” mavzusida bitiruv malakaviy ishimni tayyorladim. Bu bitiruv
ishi quyidagi boʻlimlarni oʻz ichiga oladi: Kirish, adabiyotlar sharhi, texnologik qism, hayot faoliyati xavfsizligi, iqtisodiy
qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlarning roʻyxati.
Kirish qismida oddiy superfosfat ishlab chiqarishning ahamiyati, ishlatilish sohalari, mahsulotning xossalari toʻgʻrisida
qisqacha maʻlumotlar keltirib oʻtilgan.
Adabiyotlar sharhida oddiy superfosfat ishlab chiqarishning usullari toʻgʻrisida maʻlumotlar keltirib oʻtilgan.
Texnologik qismda esa oddiy superfosfat ishlab chiqarishning sanoatdagi usuli va moddiy balanslarning hisob
kitoblaridan tashkil topgan.
Hayot faoliyati xavfsizligi qismida oddiy superfosfat ishlab chiqarishdagi xavfsizlik texnikasi qoidalari bayon etilgan.
Iqtisodiy qismda sarf harajat koʻrsatgichlari keltirilgan.
Men bu mavzu orqali sanoatda oddiy superfosfat ishlab chiqarish usullari, jarayonning borishi qurilmalarning turlarini
oʻrgandim. Bundan tashqari suherfasfat olishda muhim bulgan xom ashyo turlari ularning tabiatda uchrashi
minerallarini oʻrgandim. Oddiy supperfosfat ishlab chiqarish texnologiyasi oddiy lekin takommillashtirishga muxtoj,
chunki jarayonlar davomida koʻp miqdorda gazlar ajralib chiqadi. Bu gazlarni utilizatsiya qilish atmosferaga tashlash
miqdorini kamaytirish asosiy muammo hisoblanadi. Bu muammoni hal qilish doirasida ustozim maslaxatlari va koʻmagi
ostida changdan tozalash qurilmasini taklif etdik. Texnologik chizma va changdan tozalash qurilmasining chizmasi ham
bitiruv malakaviy ishimni tarkibidan oʻrin olgan.