3.26M
Категория: ПравоПраво

Bolalar huquqlariga oid qanday xalqaro standartlar mavjud

1.

Bolalar huquqlariga
oid qanday
xalqaro standartlar
mavjud
To'xtanazarov Muhammadumar

2.

Reja
1. Bola huquqlari to'g'risidagi konvensiya
2. Bola huquqlarining kafolatlari to`g`risida gi qonun
3. Vasiylik va homiylik to'g'risidagi qonun

3.

Bola huquqlari to'g'risidagi konvensiya
• Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomida e’lon qilingan g‘oyalar ruhida, ayniqsa, tinchlik, qadrqimmat, sabr-toqat, erkinlik, tenglik va birdamlik ruhida tarbiyalanishi lozimligini hisobga olib, bolani
mana shunday alohida himoya qilish zarurligi 1924 yilgi Bola huquqlari Jeneva deklaratsiyasida va
1959 yil 20 noyabrda BMTning Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan Bola huquqlari
deklaratsiyasida ko‘zda tutilganligini va Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Fuqarolik va
siyosiy huquqlar to‘g‘risida xalqaro paktda (jumladan, 23- va 24-moddalarda), Iqtisodiy, ijtimoiy va
madaniy huquqlar to‘g‘risida xalqaro paktda (jumladan, 10-moddada), shuningdek, ixtisoslashgan
muassasalar hamda bolalarning farovonligi masalalari bilan shug‘ullanuvchi xalqaro tashkilotlarning
Nizomlari va tegishli xujjatlarida e’tirof etilganligini e’tiborga olib, Bola huquqlari deklaratsiyasida
ko‘rsatib o‘tilganidek, “bola, agar u jismoniy va aqliy jihatdan kamolotga yetishmagan bo‘lsa, maxsus
ravishda muhofaza va g‘amxo‘rlikka, binobarin, tug‘ilguncha va tug‘ilgandan keyin ham munosib
darajadagi huquqiy himoyaga muhtoj” ekanligini e’tiborga olib,
• Ijtimoiy va huquqiy tamoyillar to‘g‘risidagi deklaratsiyaning bolalar himoyasi va farovonligi, ayniqsa,
bolalarni milliy va xalqaro darajalarda tarbiyalashga berish hamda asrab olish paytidagi himoyasi va
farovonligiga doir qoidalariga, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Balog‘atga yetmagan bolalarga
nisbatan odil sudlov yuritishga doir minimal standart qoidalari (“Pekin qoidalari”) va Favqulodda
holatlarda va qurolli mojarolar davrida ayollar va bolalarni himoya qilish to‘g‘risidagi deklaratsiya
qoidalariga tayanilgan

4.

BU QISMDA AYRIM MODDALARNI KO`RIB CHIQAMIZ
1-modda
18 yoshga to‘lmagan har bir inson ushbu Konvensiyada qayd etilgan barcha
huquqlarga ega.
2-modda
Insonning irqi, dini, qobiliyatlari, u nima deb o‘ylashi yoki so‘zlashidan qat’i nazar,
Konvensiya har bir insonga nisbatan qo‘llaniladi.
10-modda
Bola va uning ota-onasi oilani birlashtirish yoxud bola bilan ota-ona o‘rtasidagi
shaxsiy munosabat va to‘g‘ridanto‘g‘ri aloqalarni bog‘lab turish maqsadida har
qanday mamlakatni tark etish va o‘z mamlakatiga qaytib kelishga ruxsat berilishi
darkor.
11-modda
Davlat bolalarning mamlakatdan noqonuniy olib ketilishiga barham berish uchun
barcha tegishli chora-tadbirlarni qo‘llashga majbur

5.

Konventsiyaga binoan, bola mustaqil shaxs sifatida
qabul qilinadi. Konvensiya bolani o‘ziga xos
huquqlarga ega bo‘lgan shaxs sifatida tavsiflaydi:
yashash huquqi (6-modda), oila qurish (9-modda),
ismi va fuqaroligi bo‘yicha.
Ta’lim to‘g‘risida (7-modda), zo‘ravonlikdan himoya
qilish to‘g‘risida (19-modda), tenglik, fikr va so‘z
erkinligi to‘g‘risida (13-modda), dam olish va hordiq
chiqarish (31-modda), tibbiy. xizmat ko‘rsatish va
sog‘liqni saqlash (24-modda), davlat yordamida (1827-modda) va boshqalar.
O‘zbekiston Respublikasi Bola huquqlari
to‘g‘risidagi konventsiyani 1992-yil 9-dekabrda
ratifikatsiya qildi

6.

Bola huquqlarining kafolatlari
to`g`risidagi qonun
Mamlakatimizda onalik va bolalikni qoʻllab-quvvatlash, bolalarning ma’naviy va
jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, Birlashgan Millatlar
Tashkilotining Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyasi talablariga rioya etilishini
ta’minlash maqsadida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga,
bolalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish va ularning barkamol
avlod boʻlib yetishishini ta’minlash borasidagi faoliyatning institutsional va huquqiy
asoslarini tubdan takomillashtirish zarurati tobora ortib bormoqda. Bola huquqlari
toʻgʻrisidagi konvensiya talablarini har tomonlama hayotga tatbiq etish, Oʻzbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida nazarda tutilgan bolalarning huquqlarini
amalda kafolatlash, ularning jismoniy, intellektual, ruhiy va ma’naviy yetuk avlod boʻlib
yetishishini ta’minlash

7.

2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha
Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq:
1. Belgilab qoʻyilsinki: ota-ona qaramogʻisiz qolgan bolalarga munitsipal va aniq maqsadli kommunal uy-joy
fondidagi oʻzlari yashab turgan turar joylarni ular "Mehribonlik" uylariga joylashtirilgan, vasiylik yoki
homiylik organining roziligiga koʻra vasiylikka yoki homiylikka oluvchi bilan birga yashayotgan butun vaqt
mobaynida, oʻn sakkiz yoshga toʻlgunga qadar bronlashtirish huquqi beriladi; bolalarning roʻyхatda turish joyi
va fuqaroligidan qat’iy nazar, ularga barcha ijtimoiy хizmatlar koʻrsatiladi; bolalarning davlat organlariga
bevosita qilgan murojaatlarini toʻliq koʻrib chiqish kafolatlanadi va bola toʻliq muomala layoqatiga ega
emasligi vajlari bilan bu turdagi murojaatlarni koʻrmasdan qoldirishga yoʻl qoʻyilmaydi; oʻn sakkiz yoshga
toʻlmagan shaхslarga aliment toʻlash haqida ota-ona oʻrtasida kelishuv boʻlmaganda yoki aliment iхtiyoriy
ravishda toʻlanmaganda va ota-onadan birortasi ham aliment undirish toʻgʻrisida sudga murojaat qilmagan
hollarda 14 yoshga toʻlgan bola oʻzining ta’minoti uchun ota yoki onadan yoхud ota-onasi bilan birga
yashamayotgan boʻlsa, bir vaqtning oʻzida ota-onaning har ikkalasidan qonunda belgilangan miqdorda aliment
undirish toʻgʻrisida da’vo qoʻzgʻatishga haqli; bolalarni himoya qilish maqsadida sudlarga ariza bilan
murojaat qilgan da’vogar davlat boji va boshqa toʻlovlarni toʻlashdan ozod qilinadi.

8.

Oʻzbekiston Respublikasi Xal q ta’limi vazirligi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan
birgalikda uch oy muddatda bolalar uylari, nogiron bolalar uchun "Muruvvat" internat
uylari, sil kasalligiga q arshi bolalar sanatoriysi, "Me h ribonlik" uylari Bolalar sha h
archalari va maktabgacha ta’lim muassasalarida suiiste’molchiliklarning oldini olish va q
onuniylikni ta’minlashga q aratilgan jamoat nazoratini oʻrnatishni nazarda tutuvchi amaliy
meхanizmni joriy q ilishni nazarda tutuvchi takliflarni Vazirlar Ma h kamasiga
kiritsinQuyidagilar uchun oliy ta’lim muassasalariga abituriyentlarni qabul qilishning
umumiy soniga qoʻshimcha ravishda bir foizgacha davlat granti asosidagi qabul kvotalari
ajratiladi:
2019/2020 oʻquv yilidan boshlab "Mehribonlik" uylari va bolalar shaharchalarining
bitiruvchilari boʻlgan chin yetimlar uchun;
2021/2022 oʻquv yilidan boshlab SOS - bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylari
bitiruvchilari, shuningdek, vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat)
yetim bolalar (yigirma besh yoshga toʻlmagan) uchun.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi ikki oy muddatda ilovaga muvofiq
onalik va bolalikka oid statistik ma’lumotlarni "stat.uz" veb-saytiga joylashtirishni va
ma’lumotlarni doimiy ravishda yangilab borishni ta’minlasin

9.

Vasiylik va homiylik to'g'risidagi
qonun
Vasiylik — 14 yoshga to‘lmagan etim bolalarni va ota-onasining qaramog‘idan mahrum
bo‘lgan bolalarni, shuningdek sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan
fuqarolarni ularga ta’minot, tarbiya va ta’lim berish, ularning mulkiy va shaxsiy nomulkiy
huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida joylashtirishning huquqiy
shakli.
Homiylik — 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan etim bolalarni va ota-onasining qaramog‘idan
mahrum bo‘lgan bolalarni, shuningdek sud tomonidan muomala layoqati cheklangan
fuqarolarni ularga ta’minot, tarbiya va ta’lim berish, ularning mulkiy va shaxsiy nomulkiy
huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida joylashtirishning huquqiy shakli.
Sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra mustaqil ravishda o‘z huquqlarini amalga oshira olmaydigan va o‘z
majburiyatlarini bajara olmaydigan voyaga etgan muomalaga layoqatli fuqarolarga bu
shaxslarning iltimosiga ko‘ra homiylik belgilanishi mumkin

10.

Vasiylik tuman, shahar hokimining qarori bilan belgilanadi.
Vasiylik vasiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxsning yashash joyi bo‘yicha, agar shaxs
muayyan yashash joyiga ega bo‘lmasa, vasiyning yoki homiyning yashash joyi bo‘yicha
belgilanadi yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar;
ota-onalik huquqidan mahrum etilmagan ota-onasi bo‘lgan hamda bolalarning hayoti yoki
sog‘lig‘iga bevosita tahdid tug‘dirayotgan yoki ularning ta’minoti, tarbiya va ta’lim olishiga doir
talablarga javob bermaydigan sharoitda yashayotgan bolalar
Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslar — alohida g‘amxo‘rlikka,
shuningdek o‘z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishiga muhtoj
bo‘lgan etim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, ota-onalik
huquqidan mahrum etilmagan ota-onasi bo‘lgan hamda bolalarning hayoti yoki sog‘lig‘iga
bevosita tahdid tug‘dirayotgan yoki ularning ta’minoti, tarbiya va ta’lim olishiga doir
talablarga javob bermaydigan sharoitda yashayotgan bolalar, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra
homiylikka muhtoj bo‘lgan voyaga etgan muomalaga layoqatli fuqarolar, muomalaga
layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan fuqarolar.

11.

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING
QONUNI 02.01.2014 y. NOʻRQ-364
VASIYLIK VA HOMIYLIK TOʻGʻRISIDA Qonunchilik palatasi tomonidan
2013 yil 8 noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2013 yil 12 dekabrda ma’qullangan
5-modda. Vasiylik va homiylikning asosiy prinsiplari
Vasiylik va homiylikning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
qonuniylik;
insonparvarlik va mehr-shafqat;
vasiylik va homiylik masalalarida individual yondashuv;
bolalarni oilada tarbiyalash shaklining ustuvorligi;
vasiylik va homiylikka doir majburiyatlarni qabul qilishning va rad qilishning iхtiyoriyligi.
English     Русский Правила