Похожие презентации:
Hamshiralik ishi uchun OET imtihoni
1.
I. Hamshiralik ishi uchun OET imtihoniOET ASOSLARI
muallif: Shuhratjon Ochilov
Medecon University
2.
OET (Occupational English Test) imtihoni O’zbek tilida Kasbiy Ingliz TiliImtihoni deb tarjima qilinadi
• Bugun biz butun dunyo bo'ylab hamshiralarga o’z orzularini amalga oshirishda
yordam beradigan ushbu maxsus Ingliz tili imtihonini o’ganishni boshlaymiz.
• OET oddiy ingliz tili testi emas; u hamshiralar har kuni ish jarayonida duch keladigan
vazifa va muammolarni Ingliz tilida o’rgatish uchun mo'ljallangan. Bu, imtihondan
o'tganlar nafaqat tilining o’zini, balki Angliyaning tibbiyot sohasidagi terminlarni
ham tushunishga tayyorlanib boradilar.
• Ushbu dars oxirida siz OET imtihoning tuzilishini va nega u Buyuk Britaniya,
Avstraliya, Yangi Zelandiya, Kanada, AQSh va boshqa rivojlangan mamlakatlarda
ishlashni istagan hamshiralar uchun muhim imtihon ekanini yaxshiroq tushunasiz.
3.
OET nima?• OET - bu tibbiyot xodimlari uchun maxsus ishlab chiqilgan xalqaro ingliz tili imtihonidir. Boshqa
ingliz tili testlaridan farqli o'laroq, OET faqat tibbiyot mutaxassislari, jumladan hamshiralar,
uchun ish sohasida zarur bo'lgan til ko'nikmalariga qaratilgan.
• Cambridge Boxhill Language Assessment Trust (CBLA) tomonidan ishlab chiqilgan OET
imtihoni 12 xil sog'liqni saqlash kasblariga moslashtirilgan: Stomatologiya, Diyetologiya,
Terapiya, Hamshiralik, Kasbiy Terapiya, Optometriya, Farmatsevtika, Fiziotеrapiya, Pediatriya,
Rеntgеnologiya, Nutq patalogiyani tuzatish va Vеtеrinariya.
• OETning muhimligi uning tan olinishidadir. U 15 ta rivojlangan davlatlarning 200 dan ortiq
sog'liqni saqlash sohasidagi tashkilotalri tomonidan tan olinadi. Bu davlatlarda ishlash uchun
hamshira 500 baldan kamida 350 bal olishi kerak.
• OET to'rtta til ko'nikmalarini baholaydi: eshitish, o'qish, yozish va gapirish. OETni ajratib
turadigan asosiy narsa bu hamshiraning bilimini baholash usulidir – hayotda sog'liqni saqlash
sohasida rostakamiga sodir bo’lishi mumkin bo’lgan holatlarni test ko’rinishida tashkil qilib,
hamshiralarni shu holatlarda o’z vazifalarini Ingliz tilida bajara olish qobiliyatlarini tekshiradi.
4.
Nima uchun OET - Xulosa qilamizNima uchun aynan OET savoliga javob toppish hamshiralar uchun juda muhim. Xo'sh, nega
OETni deb boshimni og’ritishim kerak? Keling, asosiy sabablarni ko'rib chiqamiz:
• Sog'liqni saqlash sohasi: OET noyob, chunki u faqat tibbiyot xodimlari uchun mo'ljallangan. U
sog'liqni saqlash sohasida ro’y beradigan haqiqiy voqealarni o’rgatadi, va shu sababli
hamshiralardan amalda qo’llaniladigan bilimdan boshqasini talab qilmaydi.
• Xalqaro tan olinadi: OET ingliz tilida so'zlashuvchi rivojlangan mamlakatlarning sog'liqni saqlash
organlari, shifoxonalari va universitetlari tomonidan tan olinadi. U sog'liqni saqlash sohasidagi
ishonchli standart.
• Tibbiyotda muloqot: OET tibbiy ma’lumotlarni to’g’ri yetkazishni o’rgatadi. U sizga bemorlar va
hamkasblar bilan muloqotda subatni to’g’ri tushunish, ma’lumotlarni qabul va tahlil qilishda
xatoga yo’l qo’ymaslikni o’rgatadi.
• Karyera imkoniyatlari: hamshiralarga talab kuchli bo'lgan davlatlarda yuqori daromadli karyera
qilish imkonini ochadi. Ya’ni Angliyada hamshira sifatida ish boshlagach, keyinchalik malaka
oshirib borish natijasida yiliga $90.000 (anestezist hamshira) gacha topish mumkin.
5.
OETning tuzilishiOET imtihoni sizning Ingliz tilida yozish, eshitish, o’qish va gapirish qobiliyatingizni tekshiradi:
Eshitish (45 daqiqa):
• Ushbu test uch qismdan va jami 42 ta savoldan iborat.
• U sog'liqni saqlash sohasidagi maslahatlar va ma'ruzalarni o'z ichiga oladi.
• Bemorga konsultatsiya berish va ma’ruza kabi tibbiyotga oid og'zaki materiallarni tushunish
qobiliyatingizni rivojlantiradi.
O'qish (60 daqiqa):
• O'qish testi ham uch qismdan va jami 42 ta savoldan iborat.
• Bemor haqidagi ma'lumotlar, ish joyidagi hujjatlar va sog'liq bilan bog'liq mavzulardagi
maqolalar kabi turli xil matnlarga duch kelasiz.
• Imtihon ushbu hujjatlarni o'qish va tushunish qobiliyatingizni baholaydi, va berilgan
ma’lumotlarni tezda tushunishga o’rgatadi.
6.
Yozish (45 daqiqa):• Hamshiralar uchun yozish vazifasi ish joyidagi odatiy jarayonlar bilan bog’liq bo’ladi. Imtihonning
bu qismida odatda Referral / Discharge / Transfer Letter kabi xatlarni yozish so’raladi.
• Masalan, Referral Letterdan (yo'naltiruvchi xat) maqsad - bu davolanish uchun bemorni boshqa
shifokor yoki shifoxonaga vaqtincha o'tkazish. Bu xatlarning o’z standarti bor bo’lib siz
darslarimizda bu standatslar bilan namumna yordamida tanishib borasiz.
• 5 daqiqa o’qish uchun, 40 daqiqa yozish uchun beriladi. Xat 180 – 200 so’zdan iborat bo’lishi
kerak.
Gapirish (20 daqiqa):
• Gapirish imtihoni ikki qismdan iborat va har bir qism taxminan 5 daqiqa davom etadi.
• Imtihon oluvchi bilan yakkama-yakka, rol o’ynash ko’rinishida o'tkaziladigan ushbu test davomida
imtihon oluvchi bemor yoki bemorning yaqin qarindoshi rolini o'ynaydi.
• Siz hamshira sifatida bemorga tashxisni tushuntirishgiz yoki u bilan davolash usullarini
muhokama qilishingiz kerak bo’ladi.
7.
Listening - eshitishDavomiyligi: Eshitish testi 45 daqiqa davom etadi
Format: A, B va C qismlardan iborat
• A-qism (Konsultatsiya): Siz tibbiyot xodimi va bemor o'rtasidagi 2 ta alohida suhbatni tinglaysiz.
Sizning vazifagiz bu siz eshitgan ma'lumotlardan foydalangan holda sog'liqni saqlash xodimining
qaydnomasini to'ldirish.
• B-qism (Ish joyidagi holat): Bu qism ish joyidagi oltita qisqa dialog yoki monologdan iborat
(masalan, jamoaviy brifinglar, topshiriqlar yoki ma'ruzalar). Siz har bir ekstrakt uchun bir nechta
savolga javob berasiz.
• C-qism (Taqdimot): Sog'liqni saqlash bilan bog'liq mavzuda ikki xil taqdimot yoki ma'ruza tinglaysiz.
Siz ushbu 6-minutlik maruza asosida bir nechta savollarga javob berasiz.
OETning eshitish testi sizga bemorning ehtiyojlarini to'g'ri tushunishni, davolash ma'lumotlaridan
foydalanishda va hamakasblar bilan muloqoqtda xato qilmaslikni o'rgatadi.
8.
Reading – o’qishDavomiyligi: O'qish testi 60 daqiqa davom etadi, uch qismga bo'lingan
Format: A, B va C qismlardan iborat
• A-qism (Tezkor o'qish): Bu qism sizning kerakli ma'lumotlarni tezda topish qobiliyatingizni sinab
ko'radi. U bitta mavzuga oid to'rtta qisqa matndan iborat bo'lib, 20 ta savoldan iborat.
• B-qism (Diqqat bilan o'qish): ishda qo'llaniladigan 6 ta qisqa matnlarni (masalan, ichki yangiliklar,
ko'rsatmalar, qo'llanmalar) o'qish va har biri bo'yicha bir nechta savollarga javob berishni o'z
ichiga oladi.
• C-qism (Ehtiyotkorlik bilan o'qish): B qismiga o'xshash, ammo ikkita uzunroq matnni o'z ichiga
oladi, masalan, tibbiy jurnallar yoki gazetadagi maqolalar. Savollar matnlar tafsilotlari, fikr, ohang
va maqsadini tushunishingizni tekshiradi.
Siz duch keladigan matnlar faqatgina sog'liqni saqlash sohasiga oid bo'ladi. Ular bemorning
ma'lumot varaqasi, davolash usullarining qisqacha mazmuni, ish joyidagi ko'rsatmalar yoki
tibbiyotga oid maqolalar bo'lishi mumkin.
9.
• OETning 4 ta qismiga tayyorlanish uchun bizning mahalliy va Angliyaliko’qituvchilar siz bilan doimiy Mock Testlar o’tkazib boradilar. Mock test
davomida siz OET imtihonida oldin kelgan savollar bilan tanishib, ularga
namuna yordamida javob berishni o’rganib borasiz.
10.
Human bodyHuman body – inson tanasi
hair – soch
chin – tumshuq
skin – teri
jaw – jag
eyebrow – qosh
mouth – og’iz
eyelash – kiprik
nostril – burun teshigi
ear – quloq
cheek – yonoq
nose – burun
eye – ko’z
mole – xol
temple – chakka
lip – lab
forehead - peshona