720.79K
Категории: ЭкономикаЭкономика ФинансыФинансы

Rivojlangan mamlakatlarning natijaga yo’naltirilgan budjetlashtirish tizimi

1.

Rivojlangan mamlakatlarning natijaga yo’naltirilgan
budjetlashtirish tizimi
Boltayev Firdavs
BN-91

2.

Reja;
1.Natijaga yo’naltirilgan budjetning asosiy xususiyatlari
2.
3.Natijaga yo‘naltirilgan budjetlashtirishni joriy qilish muammolari
4.

3.

Natijaga yo’naltirilgan budjetning asosiy xususiyatlari
1.BUDJET E’TIBORINI BO`LIM YOKI AGENTLIK MAQSADLARIGA EMAS,BALKI SHAHAR
USTUVORLIGIGA O`TKAZISH
2.BOSHQARUV UCHUN MAS’UL SHAXSLARNING JAVOBGARLIGINI TA’MINLASH
3.RESURSLARNI TAQSIMLASHNI ANIQLASH
4.BUDJET JARAYONINI SHAFFOFROQ QILISH
5.BUDJET JARAYONIGA JAMOATCHILIKNI JALB QILISH

4.

Natijaga yo`naltirilgan budjetning ustuvor tomonlari
1.SHAFFOFLIK YUQORILIGI
2.QAROR QABUL QILISH JARAYONI TAKOMILLASHISHI
3.RESURS TAQSIMOTI SAMADORLIGINI OSHIRISH
4.HISOBOT TOPSHIRISH ANIQLILIGI

5.

6.

7.

8.

9.

Natijaga yo‘naltirilgan budjetlashtirishni joriy qilish muammolari
Davlat xarajatlarini boshqarish budjet siyosatining muhim qismi hisoblanadi va asosan budjet
jarayonining holati, budjetning xarajatlar qismini rejalashtirish, tasdiqlash va ijro etish tartibi,
shuningdek, uning ijrosi ustidan nazorat bilan belgilanadi. Budjetlashtirish amaliyotini
takomillashtirish davlat xarajatlari samaradorligini oshirishning muhim vositasidir. Bunda
amaldagi budjetni boshqarish tizimini tubdan qayta qurmasdan budjet xarajatlari tuzilishini
o‘zgartirish va uni rivojlanishning strategik vazifalariga muvofiq optimallashtirish mumkin
emas, chunki budjetni rejalashtirishning vujudga kelgan xarajatli tizimi yig‘ilgan
nomutanosibliklarni yanada kengaytirishga moyil va mamlakatning davlat xarajatlarini
boshqarish sohasidagi joriy ehtiyojlariga javob bermaydi.

10.

Natijaga yo‘naltirilgan budjetlashtirish yoki dasturiy-maqsadli budjetlashtirishni amalga
joriy etish budjet jarayoni barcha bosqichlarining mazmunidagina emas, balki davlat
xarajatlarini boshqarish konsepsiyasida ham tub o‘zgarish yasaydi. Shundan kelib
chiqib, natijaga yo‘naltirilgan budjetlashtirishni amalga joriy etish uchun quyidagilar
talab etiladi:
-Natijaga yo‘naltirilgan budjetlashtirish normativ-metodik bazasini ishlab chiqish;
-Vazirliklar budjet xarajatlarining dasturiy-maqsadli tuzilmasini yaratish;
-Budjet jarayonini natijaga yo‘naltirilgan budjetlashtirish prinsiplariga muvofiq qayta tashkil etish
-Budjet xarajatlari hisobini yuritish va ularni nazorat qilishni qayta ko‘rish;
-Tashkiliy va institutsional tuzilmani yangi tizimga moslashtirish;
-Budjet xarajatlarining samaradorligini oshirish mexanizmlarini amalga joriy etish.

11.

Navbatdagi qadam – natijaga yo‘naltirilgan budjetlashtirish
prinsiplari va usullarini mahalliy budjetlar darajasida amalga
joriy etish. Jumladan budjet ijrosi hisobini yuritishning kassa
usulidan xarajatlarga qarab pul o‘tkazish usuliga o‘tish amalga
oshiriladi. Shuning bilan birga mahalliy budjetlarni boshqarish
tizimini ham o‘zgartirish maqsadga muvofiq. Ya’ni, mahalliy
budjetlar vakolatlarining kengayishi mahalliy hokimiyat
organlarining javobgarligi doirasini belgilaydi. Javobgarlik
mavhumlashuviga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida “bitta xizmat – bir
organ” qoidasiga rioya etiladi. Bunda ma’muriyat organlari
budjet mablag‘larining o‘zlariga belgilangan va ajratilgan o‘rta
muddatli hajmlari doirasida o‘rta muddatli istiqbolga
mo‘ljallangan o‘z idoraviy dasturlarini shakllantiradilar.

12.

Budjet jarayonida fuqarolarning ishtirok etish usullari axborot berish, jamoatchilik
vakillari fikrini hisobga olish, qarorlarni birgalikda qabul qilish, vakolatlarni o‘tkazish
(sherikchilik) bo‘lishi mumkin.
Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, mamlakatlar budjetlarining shaffofligini oshirish
maqsadida 1997 yildan buyon Xalqaro budjet hamkorligi (XBH) tashkiloti faoliyat
yuritadi. XBH ning maqsadi - rivojlanayotgan davlatlarda va o‘tish iqtisodiyoti davridagi
davlatlarda budjet tizimlarini yanada shaffof etish va jamiyatga hisobdorlikni oshirish.
XBH har yili Budjet Oshkoraligi Indeksini (BOI) e’lon qiladi, u o‘rtacha 100 davlatni
qamrab oladi. BOI ijro etuvchi hukumatning hisobdorlik va shaffoflik bo‘yicha
majburiyatlarini qay darajada bajarayotganligini ko‘rsatadi. Davlatlar BOI ni hisoblashda
95 ta savolga javob beradilar va 0 dan 100 ballgacha tizimda baholanadilar.

13.

Natijaga yo‘naltirilgan budjetlashtirish quyidagi ketma ketlikka rioya
qilingan holda amalga joriy etiladi:
1.Budjet dasturlarini tuzish – katta qadam, lekin uning o‘zi kifoya emas. Budjet xarajatlarini
pirovard natijalarga bog‘lash ushbu tizimning eng asosiy sharti. Qo‘yilgan maqsad va vazifalarga
muvofiq tizimga solingan dasturlar yig‘indisi yanada mukammallashishiga erishishga tinimsiz
harakat qilish lozim. Shundagina islohotlarni kengaytirish imkoni tug‘iladi.
2.Erishilgan natijalarni o‘lchabgina qolmasdan, balki ularni boshqarish ham kerak. Shu narsa
muhimki, faoliyat natijalarini o‘lchash mazkur natijalarni boshqarishni bildirmaydi. Faoliyatning
samaradorligini oshirish uchun yuritilayotgan siyosat natijalarni boshqarishni anglatadi.
Natijalarni o‘lchashga islohot instrumenti sifatida keragidan ortiq darajada tayanish muayyan
xatoliklarga olib kelishi va boshqaruv tuzilmalarining salbiy reaksiyasiga sabab bo‘lishi mumkin.
Bu erda hisobdorlik, ayniqsa, ulkan ahamiyat kasb etadi.

14.

3. Ochiq va oshkora o‘rta muddatli rejalashtirish va budjet mablag‘larini taqsimlashni ta’minlash
zarur. Budjet mablag‘larini taqsimlash va ularni boshqarishni navbatdagi budjet yiligagina emas,
balki bir necha yil oldinga mo‘ljallangan rejalashtirish kontekstiga kiritish lozim.
4. O‘rta muddatli maqsadlardan so‘ng strategik maqsadlarni budjet mablag‘larini taqsimlash,
budjetni ijro etish va natijalarga erishish bilan bog‘lash talab etiladi. Umumiy strategik
vazifalarni budjet mablag‘larini taqsimlash va budjetni ijro etish bilan muvofiqlashtirish zarur.
Aksariyat mamlakatlar mazkur yondashuvni amalda qo‘llar ekanlar, katta qiyinchiliklarni
engishga majbur bo‘ladilar.

15.

5.Budjet jarayoni islohoti axborot tizimlari bilan birga takomillashib borishi lozim. Ko‘pgina
mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, budjet jarayoni islohoti shu darajada jadal sur’atlarda
rivojlana boshlaydiki, mazkur jarayonni quvvatlashi lozim bo‘lgan axborot tizimlarining mavjud
texnik imkoniyatlaridan ancha o‘zib ketadi. Axborot tizimlari natijalarni samarali tahlil qilish,
o‘lchash va hisobdorlik tizimini amalga joriy etish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni taqdim
etish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi. Axborot tizimlari dasturlar bo‘yicha xarajatlarni taqsimlashni
va har bir dasturni amalga oshirish xarajatlarini to‘liq hisoblashni ta’minlovchi vositalarni o‘z
ichiga olishi lozim.
6.Xodimlarni rag‘batlantirish, ularning insoniy salohiyatini rivojlantirish va ularning ishini
tashkil etish masalalariga lozim darajada e’tibor berish darkor. 68 Chunki kadrlar qanchalik o‘z
faoliyatida ilmiy salohiyatga va etarli sharoitga ega bo‘lsa, ushbu intellektual boylikdan nazariya
va amaliyotni bog‘lashda, budjetlashtirishni optimal variantlarini izlab topishda foydalanish
mumkin.
English     Русский Правила