Похожие презентации:
Korxonalarda ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxi. 9-mavzu
1.
9-MAVZU: KORXONALARDA ISHLAB CHIQARISHXARAJATLARI VA MAHSULOT TANNARXI
Rеja:
1. Korxonalarda qilinadigan xarajatlar va
ularning turkumlanishi.
2. Korxonalarda qilinadigan xarajatlarning
tarkibi.
3. Korxona mahsulotlarining tannarxi,
uning turlari va aniqlanish tartibi.
4. Korxonalarda mahsulot tannarxini
pasaytirish yo‘llari.
2.
Korxonalardamahsulot
ishlab
chiqarish uchun albatta xarajatlar
qilinishi talab etiladi. Xarajatlarsiz
mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat
ko’rsatishning imkoni yo’q. Odatda,
korxonalar faoliyati davomida ishlab
chiqarish omillarini sarflaydilar.
3.
Korxonalarda qilinadigan xarajatlarningturkumlanishi O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5fevraldagi
54-sonli
qarori
bilan
tasdiqlangan
«Mahsulot
(ishlar,
xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish
xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy
natijalarni
shakllantirish
tartibi
to‘g‘risida»gi Nizom asosida amalga
oshiriladi.
4.
Ushbu Nizomga muvofiq mahsulotlarni yetishtirishdaqilinadigan xarajatlar quyidagi turlarga bo‘linadi:
Mahsulotning ishlab chiqarish
tannarxiga kiritiladigan xarajatlar
Davr xarajatlari
Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar
Favqulodda xarajat va zararlar
5.
Mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga kiruvchi xarajatlar iqtisodiymazmuniga ko‘ra quyidagi elementlarga ajratiladi:
ishlab chiqarish moddiy xarajatlari;
ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan
mehnatga haq to‘lash xarajatlari;
ijtimoiy soliq;
asosiy fondlar va ishlab chiqarish ahamiyatiga
ega bo‘lgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi;
ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan boshqa
xarajatlar.
6.
Davr xarajatlari mahsulotlarni ishlab chiqarishjarayoniga bevosita bog‘liq bo‘lmay, balki
xo‘jalikning faoliyatini sohalar bo‘yicha tashkil
etish, ularni boshqarish, mahsulotlarni sotish bilan
bog‘liq bo‘lgan xarajatlardan iboratdir.
Davr xarajatlari quyidagi turlarga bo‘linadi:
- mahsulotlarni sotish bilan bog‘liq bo‘lgan
barcha xarajatlar;
- ma’muriy xarajatlar, ularga tarmoqni, korxonani
boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlar;
- boshqa operatsion xarajatlar, jumladan,
loyihalarni tuzish bilan bog‘liq xarajatlar va
hokazo.
7.
Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlargabarcha turdagi kreditlar bo‘yicha, molmulkning ijara haqi to‘lovlari hamda qimmatli
qog‘ozlarni chiqarish, sotish, tarqatish bilan
bog‘liq bo‘lgan xarajatlar kiradi.
Favqulodda xarajat va zararlar esa
korxonalarning odatdagi faoliyatidan chetga
chiquvchi hodisalar yoki operatsiyalar
natijasida vujudga keladigan va ro‘y berishi
kutilmagan odatdan tashqari xarajatlar kiradi.
Masalan, zilzila, sel kabi tabiiy
ofatlar
natijasida ko‘rilgan zararlar.
8.
Korxonalarda amalga oshiriladiganxarajatlarni ayrim belgilariga ko’ra
turkumlash
mumkin.
Jumladan,
korxonalardagi xarajatlarni o‘zgaruvchan
va doimiy xarajatlarga bo‘lish mumkin.
Doimiy
xarajatlar
ishlab
chiqarilayotgan mahsulot hajmiga bog‘liq
bo‘lmagan holda amalga oshiriladi.
Masalan, ijaraga olingan asosiy vositalarga
to‘lanadigan
ijara
haqi,
asosiy
vositalarning amortizatsiya summasi va
boshqalar doimiy xarajatlar tarkibiga
kiradi.
9.
O‘zgaruvchanxarajatlar
ishlab
chiqariladigan mahsulot hajmining
o‘zgarishi bilan bevosita bog‘liqdir.
Ishlab chiqariladigan mahsulotlar
miqdorining ko‘payishi o‘zgaruvchan
xarajatlar ko‘proq sarflanishini taqozo
etadi. Ularga xomashyo, mehnatga
to‘lanadigan ish haqi, elektroenergiya
xarajatlari va boshqa xarajatlar kiradi.
10.
11.
Korxonalarda xarajatlar mahsulotyetishtirish jarayonida bevosita hamda
bilvosita sarflanadigan xarajatlarga
ham turkumlanadi.
Bevosita
xarajatlar
mahsulotlarni
yetishtirishda bevosita qatnashadi.
Masalan, xomashyo, yoqilg‘i va
boshqalar.
12.
Bilvosita xarajatlar esa mahsulotyetishtirishda bevosita ishtirok
etmasada, korxonada mahsulot
yetishtirish
uchun
zarur
hisoblanadi. Masalan, korxonani
boshqarish
xarajatlari,
ombor
xo‘jaligi xarajatlari va hokazo.
13.
Tannarx deganda mahsulotningbir birligini (kg, dona, litr) ishlab
chiqarish
uchun
sarflangan
xarajatlar nazarda tutiladi. Uni
aniqlash uchun xarajatlarning
umumiy summasi shu xarajatlar
yordamida
ishlab
chiqarilgan
mahsulot miqdoriga taqsimlanadi.
14.
Korxonalarda tannarx quyidagi formulayordamida aniqlanadi:
X
T
YM
Bunda: T – mahsulot, ish yoki xizmatning
tannarxi;
X – qilingan xarajatlarning summasi;
YM – yalpi yetishtirilgan mahsulot, jami
bajarilgan ish, ko‘rsatilgan
xizmatlar miqdori.
15.
Korxonalardamahsulotlar
tannarxining
quyidagi
turlari
aniqlanadi:
- reja tannarxi;
- ishlab chiqarish tannarxi;
- to‘liq tannarxi.
16.
Rejatannarxi
korxonalarda
tuziladigan
turli
rejalarda
aks
ettiriladi. Bunda, odatda korxonada
amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan
xarajatlar summasi ishlab chiqarilishi
rejalashtirilayotgan
mahsulot
miqdoriga bo’linadi.
17.
Korxonalardaxarajatlarni
oqilona,
maqsadga muvofiq sarflashga harakat
qilish, ya’ni moddiy, pul va mehnat
xarajatlarini
tejash,
shu
orqali
yetishtiriladigan
mahsulotlarning,
bajariladigan
ish
va
xizmatlarning
tannarxlarini pasaytirishga erishish lozim.
Buning uchun:
1) korxonada mavjud bo‘lgan barcha
ishlab chiqarish vositalaridan yil davomida
tadbirkorlik bilan oqilona, samarali
foydalanish;
18.
2) xarajatlarni tejaydigan yangi texnika,samarali texnologiyalarni joriy etish
natijasida ishlab chiqarish jarayonlarining
yuqori darajada mexanizatsiyalashganlik,
avtomatlashganlik
darajasini
oshirib,
mehnat unumdorligini yuksaltirish;
3) Korxonalarda xodimlarning mahsulot
tannarxini
pasaytirishdan
moddiy
manfaatdorligini ta’minlovchi iqtisodiy
mexanizmlarni joriy etish;
19.
4) Korxonaning ixtisoslashuvi vajoylashuvini to’g’ri tashkil etish;
5)
Korxonalarning
boshqa
korxonalar bilan o’zaro aloqalarini
to’g’ri tashkil etish va hokazo.
20.
E’TIBORINGIZ UCHUNRAHMAT!