26.19M
Категория: ЛингвистикаЛингвистика

O'zbekistonning mustamlaka davrlarda muzeylarga oid holatlar

1.

O'zbekistonning mustamlaka davrlarda
muzeylarga oid holatlar

2.

Reja:
1. 1917-1980-yillarda
О’zbekistonda muzey ishi
2. O’zbekistonda ixtisoslik
muzeylarning tashkil topishi va
ularning xususiyatlari

3.

1917-1941 yillarda muzey ishi va yodgorliklarni
asrash.
1917 yil Oktabr Peterbo’rgadagi Lenin boshliq
bolsheviklar davlat to’ntarilishi yo’li bilan hokimiyat
tepasiga keldilar va o’zlarining hokimiyat organlarini
o’rnata boshladilar. Oradan ko’p vaqt o’tmasdan bu hol
Rossiyaning mustamlakasi bo’lgan Turkistonda ham
ro’y berdi. Ya’ni Toshkentda ham kelgindi bolsheviklar
hokimiyatni o’z qo’llariga oldilar.
O’zlarini kambag‘alparvarlar deb e’lon qilgan
sho’rolar hukumati mamlakatdagi barcha moddiymadaniy va ma’naviy boyliklarga da’vogarlik qila
boshladi. Natijada oradan ko’p vaqt o’tmasdan
milliylashtirish shiori ostida butun mamlakat bo’ylab
moddiy va madaniy boyliklarni qonuniy egalaridan
zo’ravonlik yo’li bilan tortib olish va qarshilik
ko’rsatgan mulkdorlarni qatag‘on qilishga kirishildi. Bu
hol muzeylar sohasida ham ro’y berdi.

4.

Bolsheviklar hukumati quyidagilarni nazarda
to’tuvchi tadbir ishlab chiqildi:
- hozirda amal qilib turgan muzeylarni ro’yxatga
olish va tarqalib ketgan muzey kolleksiyalarini
yig‘ish;
- ancha mashhur bo’lgan xususiy jamg‘armalarni,
yaxshi hovli-joylarni, machitlarni xususiy egalaridan
tortib olish va ularni muzeyga aylantirish;
- ozmi, ko’pmi mashhur bo’lgan barcha xususiy
kolleksiyalarni ro’yxatga olish, qadimiy
qo’rg‘onchalarni nazoratdan o’tkazish, (ko’zdan
kechirish) tarixiy ahamiyatga ega bo’lgan
masjidlarni ajratish, ularga har qanday o’zgartirish
kiritishni ta’qiqlash;
- joylarda o’g‘rilik maqsadlarida olib boriladigan
arxeologik qazishmalarga qarshi kurashish;
- muzeylarni ommaviy ma’rifiy organlarga
aylantirish, ularni har xil muzeyga daxli bo’lmagan
ortiqcha materiallardan tozalash, ularning har
birining roli va ishining mazmunini aniq belgilash.

5.

Sovet hokimiyati paydo bo’lgandan keyin
muzeylarga rahbarlik qilish vazifasi
maorif XKS ga ya’ni uning qoshida
tashkil qilingan «Muzey ishlari va
qadimgi yodgorliklar hamda san’atni
asrash bo’yicha Butunrossiya kollegiyasi»
ning zimmasiga yo’qlatildi. Keyinchalik
1918 yilning mayida bu kollegiya maorif
XKS ning muzey bo’limiga aylantirildi va
unga barcha muzeylarni birlashtirish va
ularga rahbarlik qilish vazifasi topshirildi.
Shunga muvofiq bo’limlar va
bo’limchalar tashkil qilindi.
Respublikadagi Maorif XKS lari qoshida
ham bunday bo’limlar tashkil qilindi.
Muzey ishiga tashkiliy va ilmiy rahbarlik
qilish shu tariqa ta’minlandi.

6.

1918 yil 5 oktabrida RSFSR XKS «xususiy
shaxslar, jamoalar va tashkilotlar egalik qilib
kelayotgan san’at va qadimiy yodgorliklarni
registratsiya qilish, hisobga olish va qo’riqlash
to’g‘risida» dekret chiqardi. Shu dekretga binoan
barcha madaniyat yodgorliklari kimga tegishli
bo’lishidan qat’iy vazar davlat muhofazasiga
o’tkazildi. O’z navbatida 1921 yil 31 iyo’lda
TASSR XKS «Turk respublikasidagi ayrim
shaxslar va jamoalar ixtiyoridagi san’at va tarixiy
yodgorliklarni registratsiya qilish, hisobga olish va
muhofaza qilish to’g‘risida» qaror qabul qildi.
Shu qarorga muvofiq muzey organlari zimmasiga
quyidagi ma’suliyatli vazifa yo’qlatildi: «Barcha
monumental va ashyoviy san’at asarlari hamda
qadimiy yodgorliklarni dastlabki davlat
registratsiyasidan o’tkazish, ular kimning
ixtiyorida bo’lishidan qat’iy nazar yaxlit to’plam
shaklida, alohida predmet shaklida ham
ro’yxatdan o’tkazish».

7.

Qarorda ko’rsatilgandek ro’yxatdan o’tgandan keyin Turkomstaris hisobida
qoldirilgan to’plamlar va alohida san’at yodgorliklari davlat nazorati ostida
bo’ldi. Shundan keyin ularni sotish va chetta olib chiqib ketish, bir shaxsdan
ikkinchi shaxsga o’tkazish ta’qiqlandi. Ularni ta’mirlash, tuzatish uning
joylardagi organlarining zimmasiga yo’qlandi va ular tomonidan qayd qilib
borildi. Bu qaror asosan xususiy egalarning ixtiyorida bo’lgan yodgorliklarni
nazarda to’tar edi. Ularning egalari qaror qabul qilingandan boshlab uch oy
mudadt ichida o’zlarining to’plamlari haqida ma’lumot berishlari shart edi.
Badiiy ilmiy yoki tarixiy jihatdan o’ta qimmatli bo’lgan yodgorliklar agar
ularning muhofazasi xavf ostida qolgan, egasi ayamasdan munosabatda
bo’layotgan yoki zaruriy choralar ko’rishga egasining imkoni bo’lmagan
hollarda majburiy ravishda egasidan tortib olinib davlat muhofazasiga
o’tkazilishi ko’zda to’tilgan edi. Agar qimmatbaho buyumlar sotiladigan bo’lsa,
Turkomstarisga ularni maxsus ekspert komissiya baholagan imtiyozli
narxlarda sotib olish huquqi berildi. Shu maqsadda uning qoshida maxsus pul
fondi tashkil qilindi.

8.

1930 yil 1 dekabrda Moskvada muzeylarning I s’ezdi o’z
ishini boshladi. S’ezd dialektik materializm va muzey
qurilishi, muzeylardagi siyosiy - ma’rifiy ishlar, turli xildagi
muzeylar tarmog‘iga muvofiq umumiy qo’llanmalar chop
etish masalalarni ko’rib chiqdi. Muzeylarning I s’ezdida
muhokama qilingan masalalar va qabul qilingan qarorlarni
tahlil qilib s’ezd haqida quyidagachi xulosa chiqarish
mumkin. Muzeylarning I s’ezdida ko’rgazmalardagi tabiiytarixiy, tarixiy-madaniy yodgorliklar va boshqa asl muzey
ashyolarning ilmiy ko’makdosh materiallar bilan
almashtirishdek noto’g‘ri yo’nalish yorqin namoyon bo’ldi.
Muzeylarning I s’ezdi asl ashyoviy buyumlardan foydalanish
mumkinligini umuman inkor etmagan bo’lsada lekin
shunga qaramay, buyumlarni sxemalar bilan qo’shib
tematik ko’rgazmalarni yaratish vazifasini amalga
oshirishning aniq yo’llari va usullarini ko’rsatib berolmadi.
Jumladan s’ezdda turli xildagi muzey tarmoqlarining
rivojlanish muammosi hal etilgani, ko’rgazmalarni
yaratishda dialektik usulni qo’llash, ilmiy va ommaviy
ishning uzviyligi, uning metodikasi, kadrlar tayyorlash
xaqidagi masalalarning ko’targanligi ijobiy hodisa bo’ldi.
Bundan tashqari s’ezdning maxsus organ - «Sovet muzeyi»
jurnalini chiqarish haqidagi qarori ham katta ahamiyatga
ega bo’ldi. Jurnal 1931 yildan nashr qilina boshlandi.

9.

O’sha davrda O’zbekiston muzeyshunoslari
ham konferensiya chaqirib muzeylar oldida
turgan asosiy vazifalarni belgilab oldilar.
1933 yilda Toshkentda muzey ishini yanada
rivojlantirishga oid asosiy yo’nalishlarni
belgilash masalasi Muhokamasiga
bag‘ishlangan muzey xodimlarining 1
respublika konferensiyasi chaqirildi.
Konferensiyada seksiya majlislarini uch
komissiya tashkil etdi:
- O’z SSR muzey tarmog‘i va qurilishini
rejalashtirish;
- Muzeylarning ilmiy tadqiqotlar ishlari;
- Muzeylarning ommaviy ma’rifiy foaliyati.
Muhokama davomida respublikadagi
muzey qurilishining barcha asosiy
masalalari ko’rib chiqildi.

10.

XX asrning 80-yillarida muzey kun tartibiga
malakali kadrlar tayyorlash masalasini qo’yildi.
Muzeylarning I s’ezdida uqtirib o’tilganidek, bu
ayni muhim masala edi, chnuki muzeyshunoslik
ilmini muzey ishi bilan chambarchas bog’lab olib
borish san’atini talab qiladi. Har bir ikkita ilmiy
soha mavjud.
Birinchisi uning ilmiy ixtisosi bilan belgilanadi.
Tarix fani - tarix muzeyida, adabiyotshunoslik adabiyot muzeyida, san’at - san’atshunoslik
muzeyida o’rganiladi.
Ikkinchi soha esa komplektlash, eksponatlarni
saqlash, ta’mirlash, ilmiy tavfsiyalash, ekskursiya,
Muzey ko’rgazmasi san’at nazariyasi va
metodikasi, shuningdek, muzey faoliyatining
boshqa shakl va uslublarini o’rganuvchi
muzeyshunoslikdir. Har kuni va har soatda
muzeyning ilmiy xodimi goh ko’rgazmani, goh
ekskursovod yoki adabiyotshunos, goh u yoki bu
mezeyning tadbirli tashkilotchisi sifatida
namoyon bo’ladi.

11.

O’zbekiston muzeylari ilmiy xodimlarining
tarkibini bir tomondan, muzeyda 10 - 15
yildan beri ishlab kelayotgan eski muzey
xodimlari yoki muzey ishiga o’tgan eski
mutaxassislar, ikkinchi tomondan esa,
muzey stajiga ega bo’lmagan yosh
xodimlar tashkil qilar edi. Muzeyda boshqa
ishga o’tish uchun qulay fursat kutib
vaqtincha ishlovchilar ham kam emas edi.
Respublikada muzey kadrlarining ahvoli:
- yetarli ish stajiga ega xodimlarning
kamligi; ba’zan esa ishga noloyiq
xodimlarning ko’pligi;
- milliy kadrlarning ozligi;
-ayrim muzeylarda ilmiy xodimlar
shtatining to’la komplektlashtirilmaganligi;
-yangi kadrlar tayyorlashning qoniqarsizligi
bilan harakterlanar edi.

12.

Shu yillarda bir qator memorial muzeylar ochilganligini ko’ramiz. 1963
yilda Ulug’bek muzeyi, 1964 yilda S.Ayniy muzeyi, 1964 yilda
Y.Oxunboboev muzeyi, 1967 yilda Hamza muzeyi, 1970 yilda Lenin
muzeyi, 1972 yilda Farg‘onada U.Yusupov muzeyi, 1974 yali Yangiyo’lda
U.Yusupovning uy muzeyi kabi memorial muzeylar shular
jumlasidandir.Yo’nalish va maqsadiga ko’ra bu muzeylarning
ko’rgazmalari olimlar, shoirlar, yozuvchilar hamda siyosiy arboblarning
hayoti va faoliyatyani ko’rsatish bilan birga, muayyan tarixiy davr, uning
ruhi va nafasini ham aks ettirar edi.
Masalan, Samarqanddagi Ulug’bek memorial muzeyi eksponatlari
Temuriylar davri haqida tasavvur berib, ana shu sulola vakili
Ulug’bekning ilmiy me’rosini ko‘rsatadi, ayni paytda uning munajjim olim
va shaxsiy hayotini ham aks ettiradi. 60-70-yillardagi muzeyshunoslik
O’zbekistonda muzey tarmoqlarini keng ko’lamda kengaytirish
ishlarining avj olganligi, moddiy-texnika bazasining tubdan
yaxshilanganligi bilan harakterlanadi.

13.


O’zbekiston muzeylari chiroyli, maxsus qurilgan binolarga ega bo’la boshladilar.
Masalan, Davlat san’at muzeyi yangi, shinam binoda o’zining ikkinchi umrini
boshladi. Bu yerda tomoshabinlar uchun G‘arbiy Yevropa va rus san’atining
durdonalari, shuningdek, o’zbek rassomlarining asarlari keng ko’lamda namoyish
qilindi. 1973 yilda O’zbekistonda turli yo’nalishdaga 30 ta muzey shu jumladan, 4
ta tarixiy, 4 ta memorial va 15 ta o’lkashunoslik muzeyi bo’lgan. Toshkent shalfi
va Toshkent viloyatida 10 ta, Samarqand va Farg‘onada 5 tadan, Andijonda 4 ta
muzey ish olib borgan. 1980 yilga kelib esa respublikada muzeylar soni 33 taga
yetdi, tomoshabinlar soni ham 3,7 mln. kishiga ko’paydi. O’zbekistondagi
ko’pchilik muzeylar 1946-1953 yillarda ko’rgazma tipidagi ko’rgazmalar yaratash
yo’lidan bordi. O’zbekiston Madaniyat vazirligi madaniy-ma’rifiy muassasalari
Bosh boshqarmasi huzurida muzeylar ishini koordinatsiyalash bo’yicha doimiy
harakatdagi metodik seminar tashkil etiddi.
1959 yilda Chirchiq, 1960 yilda esa Angren shahar o’lkashunoslik muzeyi, keyingi
yillarda yana bir qator shahar va tuman o’lkashunoslik muzeylari tashkil etildi.
KPSS MK ning 1964 yil 12 mayida «Muzeylarning mehnatkashlarni kommunistik
ruhda tarbiyalash sohasidagi rolini oshirish to’g‘risida» qarori qabul qilindi.
1973 yilda O’zbekistonda turli yo’nalishdagi 30 ta muzey, shu jumladan 4 ta
tarixiy, 4 ta memorial va 15 ta o’lkashunoslik muzeyi bo’lgan. Toshkent shahri va
viloyatida 10 ta Samarqand va Farg‘onada 5 tadan, Andijonda 4 ta muzey ish olib
borgan. 1980 yilga kelib respublikada muzeylar soni 33 taga yetdi.
English     Русский Правила