2.59M
Категория: ЛингвистикаЛингвистика

Moliyaviy tizimning sohalari va bo‘g‘inlari​

1.

19
DAVLATYOR SAMATOV
Moliyaviy tizimning
sohalari va bo‘g‘inlari​

2.

•Moliya tizimi - moliyaviy munosabatlarning turli sohalarini o’z ichiga olib, har
qaysi sohalar pul mablag’lari fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish
xususiyatlari bilan tavsiflanadi. Moliya tizimi bir tomondan moliya
munosabatlarining yig’indisi sifatida, ikkinchi tomondan moliya organlarining
yig’indisi sifatida olib qaraladi. Moliyaning mohiyatidan kelib chiqib, moliya tizimini
o’rganishda uni moliya munosabatlari yig’indisi sifatida yondashish maqsadga
muvofiq. Moliyaviy munosabatlar o’z xususiyatiga ko’ra taqsimlovchi
hisoblanadilar, shu bilan birga qiymatni taqsimlash, avvalo, subyektlar bo’yicha amalga
oshiriladi. Subyektlar ijtimoiy ishlab chiqarishdagi ahamiyatidan kelib chiqib, maqsadli pul
pul fondlarini shakllantiradilar. Aynan subyektning ijtimoiy ishlab chiqarishdagi roli
moliyaviy munosabatlarni turkumlashning birlamchi obyektiv belgisi hisoblanadi.
Bunga asosan moliyaviy munosabatlarning yig’indisida uchta yirik sohalar
ajratilishi mumkin: korxonalar, tashkilotlar va muassasalar moliyasi; sug ’ urta;
davlat moliyasi. Har bir sanab o’tilgan soha ichida bo’g’inlar ajraladi, shu bilan
birga moliyaviy munosabatlarni guruhlashtirish subyekt faoliyatining maqsadli pul
fondlarini tarkibi va yo’nalishiga hal qiluvchi ta’sir ko’rsatuvchi xarakteridan kelib
chiqib amalga oshiriladi.
DAVLATYOR SAMATOV

3.

•Mazkur belgi korxonalar, tashkilotlar va muassasalar
45000k
moliyasi sohasida tijorat asosida faoliyat ko’rsatuvchi
korxonalar moliyasi, notijorat faoliyat bilan
36000k
shug’ullanuvchi tashkilotlar va muassasalar moliyasi,
jamoat birlashmalari moliyasi kabi bo’g’inlarni hosil
qilish imkoniyatini beradi. Sug’urta sohasida, subyekt
faoliyatining xarakteri sug’urta obyektining xususiyatini
18000k
belgilab beruvchi, bo’g’inlar sifatida ijtimoiy sug’urta,
9000k
shaxsiy sug’urta, mulkiy sug’urta, javobgarlik
sug’urtasi, tadbirkorlik tavakkalchiliklari sug’urtasi
1800k
hisoblandi.
F irst value
3000k
Second value
Third value
F ourth value
F ifth value
Sixth value

4.

•Davlat moliyasi sohasida – davlat byudjeti, byudjetdan tashqari
fondlar, davlat krediti hisoblanadi. Moliya munosabatlarining soha
va bo’g’inlari o’zaro uzviy bog’langan bo’lib, ularning yig’indisi
moliya tizimini tashkil qiladi. Moliya tizimi moliya organlari va
muassasalari yig’indisi sifatida ham ishlatiladi. Moliya tizimining
barcha bo’g’inlari o’z navbatida ichki moliyaviy munosabatlar
tarkibidan kelib chiqib quyi bo’g’inlarga bo’linadi. Demak, tijorat
asosida faoliyat ko’rsatuvchi korxonalar moliyasi tarkibida, tarmoq
yo’nalishidan kelib chiqib, sanoat korxonalari moliyasi, qishloq
xo’jaligi korxonalari moliyasi, savdo korxonalari moliyasi, transport
korxonalari moliyasi va boshqa mulkchilik shaklidan kelib chiqib,
davlat korxonalari moliyasi, shirkat korxonalari moliyasi, aksionerlik
jamiyatlari moliyasi, xususiy korxonalar va boshqalar moliyalariga
bo’linishi mumkin.

5.

•Tijorat asosida faoliyat yurituvchi korxonalarning tarmoq va
iqtisodiy xususiyatlari ularning moliyaviy munosabatlarini tashkil
qilishga, maqsadli pul fondlarini tarkibiga, ularni shakllantirish va
ishlatish tartiblariga o’zining sezilarni ta’sirini ko’rsatadi. Sug’urta
munosabatlari sohasida sug’urta tarmoqlarini tashkil qiluvchi
bo’g’inlar sug’urta turlari bo’yicha bo’linadi. Davlat moliyasi tarkibida
ichki bo’g’in moliyaviy munosabatlarini guruhlanishi davlat
boshqaruvi darajasidan kelib chiqib amalga oshiriladi (respublika,
mahalliy). Moliya tizimini alohida bo’g’inlarga ajratish har bir
bo’g’inning vazifalaridagi farqlanishga hamda markazlashgan va
markazlashmagan pul fondlarini shakllantirish va ishlatish
usullaridagi farqlanishga asoslanadi. Umumdavlat markazlashgan
pul fondlari moddiy ishlab chiqarish sohalarida yaratilgan milliy
daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash yo’li bilan tuziladi.

6.

•Iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishdagi davlatning bajaradigan
muhim roli uning ixtiyorida moliyaviy resurslarning katta
qismini markazlashtirish zaruriyatiga olib keladi. Ularni
ishlatish shakllari davlat byudjeti va byudjetdan tashqari
fondlar orqali namoyon bo’ladi. Bular hisobidan davlatning
iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy vazifalarini hal etish ehtiyoji
ta’minlanadi. Pul fondlarini tashkil qilish va ishlatish
shakllari hamda usullari moliya tizimining kredit va
sug’urta bo’g’inlari orqali qo’llaniladi. Markazlashmagan
pul fondlari korxonalarni o’zlarining pul daromadlari va
jamg’armalari hisobidan tashkil topadi

7.

"Tizim" iborasi so‘nggi 40-50-yil davomida falsafa fanida chuqur
tadqiq etib kelinmoqda va uni ijtimoiy hayot sohasiga keng joriy
etish rusm bo‘lib bormoqda. Ijtimoiy, shu jumladan huquqiy
hodisalarga tizimli yondashish real voqelikning tub mohiyatini teran
anglashga, ularning atrofidagi boshqa hodisalar bilan uzviy
aloqadorlik va o‘zaro ta’sir holatida rivojlanishini anglab yetishga
ko‘maklashmoqda. Yagona tizim - o‘zaro uzviy aloqador va
chambarchas bog‘liq qismlar (predmet, jarayon, voqealar) ning bir
butun sifatida harakatlanishi, mavjud bo‘lishidir. Tizimning muhim
jihati - tarkibiy xususiyatning borligi, ya’ni voqelikning ichki tarkibiy
qismlarga egaligi, bu qismlarorasida pog‘onali bo‘ysunish mavjudligi
hamda bu qismlarning nisbiy mustaqilligi.

8.

Moliya tizimi - moliyaviy munosabatlarning turli sohalarini o‘z ichiga olib, har qaysi sohalar pul mablag‘lari
fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish xususiyatlari bilan tavsiflanadi. Moliya tizimini ikkiyoqlama
tushunish mumkin, ya’ni bir tomondan moliya munosabatlarining yig‘indisi sifatida, ikkinchi tomondan
moliya organlarining yig‘indisi sifatida. Moliyaning mohiyatidan kelib chiqib, moliya tizimini o‘rganishda
uni moliya munosabatlari yig‘indisi ekanligi nuqtai nazaridan kelib chiqib yondoshamiz.

9.

Yagona moliya tizimining asosi korxonalar moliyasi hisoblanadi, chunki ular
moddiy ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etadilar. Markazlashgan
davlat fondlarining manbai moddiy ishlab chiqarish sohasida yaratilayotgan milliy
daromad hisoblanadi. Umumdavlat moliyasi xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlari
rivojlanishining ma’lum sur’atlarini ta’minlashda, moliyaviy resurslarni iqtisodiyot
tarmoqlari va mamlakat hududlari o‘rtasida, ishlab chiqarish va noishlab chiqaris
sohalari o‘rtasida hamda mulk shakllari, aholining alohida guruh va qatlamlari
o‘rtasida qayta taqsimlashda yetakchi rol o‘ynaydi. Moliyaviy resurslardan
samarali foydalanish davlatning faol moliyaviy siyosati asosidagina mumkin
bo‘ladi. Moliya tizimi orqali davlat markazlashgan va markazlashmagan pul
fondlarini, jamg‘arish va iste’mol fondlarini soliqlar, davlat budjeti xarajatlari,
davlat kreditini qo‘llash bilan shakllantirishga ta’sir o‘tkazadi. Davlat budjeti davla
moliya tizimining bosh bo‘g‘ini hisoblanadi. U davlat boshqaruv organlari
funksiyalarini ta’minlash uchun markazlashgan pul fondlarini shakllantirish va
ishlatish shaklidir.

10.

Sug‘urta - ishlab chiqarish munosabatlarining zaruriy elementidir. U ijtimoiy ishlab chiqarish
jarayonidagi moddiy zararlarni qoplash bilan bog‘liqdir. Normal takror ishlab chiqarish
jarayonining muhim sharti uning uzliksizligi va to‘xtovsizligi hisoblanadi. Ishlab
chiqarishning doimiy yangilanib borishi insonlarning barcha ijtimoiy-iqtisodiy
formatsiyalarda, shu jumladan rivojlangan jamiyatda ham mavjud extiyojlarini qondirish
uchun zarurdir. Agarda ijtimoiy ishlab chiqarish jarayoni tabiiy ofatlar yoki boshqa
favqulodda hodisalarning (yong‘inlar, portlashlar, epidemiyalar va b.) salbiy oqibatlari
ta’sirida to‘xtasa yoki buzulsa, u holda jamiyat, avvalo, turli oldini olish tadbirlarini amalga
oshirishga, mabodo ular ko‘zlangan natijani bermasa, u holda yetkazilgan moddiy zararni
qoplashga, ishchi kuchini takror ishlab chiqarishning normal sharoitlarini qayta tiklashga
majbur bo‘ladi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyasi mamlakat yagona moliya tizimining
asosi hisoblanadi. U ijtimoiy mahsulot va milliy daromadni yaratish va taqsimlash
jarayoniga xizmat ko‘rsatadi hamda markazlashgan pul fondlarini shakllantirishning bosh
omili hisoblanadi. K orxonalar moliyasining holatiga markazlashgan pul fondlarining
moliyaviy resurslar bilan ta’minlanganligi bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Bunda shuni alohida
ta’kidlash lozimki, korxonalar moliyasidan mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiya qilish
jarayonida faol foydalanish bu jarayonda budjet, bank krediti hamda sug‘urtaning
ishtirokini rad etmaydi.

11.

Moliyaviy tizimning maqsadi
•Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo‘jalik-operativ va moliyaviy
mustaqillik asosida korxonalar o‘z faoliyatlarini albatta foyda olish
maqsadida tijorat asosida amalga oshiradilar. Ular mustaqil
ravishda mahsulot realizatsiyasi tushumini taqsimlaydilar, ishlab
chiqarish va ijtimoiy maqsadlardagi fondlarni shakllantiradilar va
sarflaydilar, kredit resurslari va fond bozori resurslaridan foydalanib
mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish uchun zarur mablag‘larni
topadilar. Tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishi korxonalar
mustaqilligining kengayishini, arzimas davlat aralashuvini bartaraf
qilishning va shu bilan birga ishning haqiqiy natijasi uchun
javobgarlik xissining oshirilishini ta’minlaydi
English     Русский Правила