Ishlab chiqarishning sanitariyasi va gigienasi me`yorlari
1.76M
Категория: МедицинаМедицина

Ishlab chiqarishning sanitariyasi va gigienasi me`yorlari

1. Ishlab chiqarishning sanitariyasi va gigienasi me`yorlari

Reja.
1.Mehnat gigienasi va ishlab chiqarish
sanitariyasi.
2.Ishlab
chiqarish
mikroiqlimining
gigienik
me’yorlari.
3. Mo’tadil iqlim sharoitini yaratish.
4. Mehnat sharoitining zararlilik va xavflilik darajasi
bo’yicha sinflari.
5. Mehnatni ilmiy asosda tashkil etish

2.

1. Mehnat gigienasi va ishlab chiqarish
sanitariyasi.
Ishlab chiqarishdagi ish jarayonlari va atrof
muhitning ishchilar organizmiga ta’sirini
o’rganadigan fan mehnat gigienasi deyiladi.
Mehnat gigienasining vazifasi – ishlab
chiqarishdagi zaharli gazlar, changlar bug‘ va
tumanlar ta’siri ostida vujudga keladigan kasb
kasalliklarinidan ogohlantirishdir.

3.

Ishlab chiqarish sanitariyasi– sanitar – texnik,
tashkiliy tadbirlarni ifodalab, vazifasi ishlab
chiqarishda odamlarni sog’lom mehnat sharoitlari
bilan ta’minlasdan iborat. Shu maqsadda ishchixizmatchilar salomatligiga ta’sir qiluvchi texnologik
jarayon, uskunalardagi kamchiliklarni yo’qotish
yo’llarini ishlab chiqadi. Buning uchun jarayonlarni
olisdan boshqarish, va ishchilarni zararli muhitdan
olib chiqishni, uskunalarni, qurilmalarni ochiq
maydonda joylashtirishni, havo tarkibini tekshirib
turishni, qo’l mehnatini talab qiladigan ishlarga
mexanizatsiya vositalarini qo’llashni, himoya
vositalaridan foydalanishni zarur deb hisoblaydi.

4.

Mehnat gigienasi va ishlab chiqarish
sanitariyasi tibbiy profilaktika sohasi bo’lib,
ish qobiliyatini yuksak darajada ta’minlash,
kasb kasalliklari va odamning mehnat faoliyati
bilan bog’liq boshqa salbiy oqibatlarning oldini
olishning ilmiy asoslarini va amaliy choratadbirlarini ishlab chiqish bilan shug’ullanadi.
To’g’ri tashkil etilgan mehnat, kishining
jismoniy intellektual va ma’naviy kamol
topishiga olib keladi.

5.

Mehnat gigienasi va ishlab chiqarish
sanitariyasining asosiy vazifasi - ish
unumdorligini eng yuqori darajada oshirish
va ishlovchilarning sog’ligiga zararli ta’sir
qilmaydigan sharoitlarni ta’minlaydigan
tadbirlarni ishlab chiqishdan iborat. Bunda
mehnat gigienasi va ishlab chiqarish
sanitariyasi, yurak-tomir, onkologik va asab
kasalliklarning oldini olishda muhim
ahamiyat kasb etadi.

6.

Ishlab chiqarish korxonalariga mavjud bo’lgan
tebranma harakat, ishlab chiqarish shovqinlari,
elektr va magnit maydonlari, ionlovchi radiastiya,
lazer nurlanishi va yangi kimyoviy moddalarning
inson organizmiga xavfli va zararli ta’sirini qunt
bilan ilmiy asoslab o’rganish zaruriyati tug’ildi.
Yangi texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy
qilishdan oldin ularni inson sog’ligiga xavfli va
zararli belgilarini chuqur o’rganib, uni aniqlash o’ta
muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Birorta ham
yangi birikma, sog’liqni saqlash vazirligining
ruxsatisiz xalq xo’jaligiga qo’llanishga tavsiya
etilmaydi.

7.

2. Ishlab chiqarish mikroiqlimining gigienik
me’yorlari.
Ishlab chiqarish muhitida iqlim sharoitini
ifodalovchi ko’rsatkichlar, havoning harorati, nisbiy
namligi, havo bosimi va havoning harakat tezligidan
iborat bo’lib, hammasi birgalikda kishining ish
qobiliyatiga, mehnat unumdorligiga va inson
organizmidagi biologik o’zgarishlarga katta ta’sir
ko’rsatadi
Inson tanasidagi doimiy mo’tadil harorat modda
almashuv jarayoni tufayli markaziy nerv a’zosining
faoliyati orqali boshqarib turiladi.

8.

IShLAB ChIQARIShDA HAVO MUHITI KO’RSATKIChLARI
havoning harorati
havoning nisbiy namligi
havoning bosimi
havo harakat tezligi

9.

KORXONADA ISh TOIFALARI
1-toifa. Yengil jismoniy ishlar o’tirib, tik turib yoki yurib bajariladigan, biroq
muntazam jismoriy, zo’riqish yoki yuklarni ko’tarishni talab qilmaydigan ishlar,
energiya sarfi soatiga 150 kkal ni tashkil etadi.
2-toifa. O’rta og’irlikdagi ishlarga soatiga 150-250 kkal energiya sarflanadigan
faoliyat turlari kiradi. Bunga, og’ir bo’lmagan (10 kg gacha) yuklarni tashish
bilan bog’liq ishlar kiradi.
3-toifa. Og’ir jismoniy ishlar muntazam jismoniy zo’riqish, (10 kg dan ortiq)
muttasil yukni bir joydan ikkinchi joyga ko’chirish va ko’tarish bilan bog’liq
ishlar kiradi. Energiya sarfi soatiga 250 kkal dan yuqori.

10.

Ishlab chiqarish mikroiqlimi me’yorlari
mehnat xavfsizligi standartlari tizimi
“Ish mintaqalari mikroiqlimi” (GOST
12.1005-86) ga asosan belgilangan. Ular
gigienik, texnik va iqtisodiy negizlarga
asoslangan.
Ishlab
chiqarish
korxonalaridagi binolar, yil fasllari va ish
toifalariga qarab, ulardagi harorat, nisbiy
namlik va havo harakatining ish joylari
uchun ruxsat etilgan me’yorlari belgilangan.

11.

IShLAB ChIQARISh XONALARIDAGI HAVONING
HARORATI,NISBIY NAMLIGI VA HARAKAT
TEZLIGINING MEЪYoRLARI
Yil fasli
QISh
BAHOR,
KUZ
YOZ
Ish toifalari
Havo harorati,

Nisbiy namlik,
%
Harakat tezligi,
m/s
I
20 – 23
60 – 30
0,2
II
18 – 20
60 – 40
0,2
III
16 – 18
60 – 40
0,3
I
20 – 25
60 – 40
0,3
II
20 – 23
60 – 40
0,4
III
20 – 22
60 – 40
0,5
I
20 – 23
60 – 40
0,3 - 0,5
II
20 – 23
60 – 40
0,5 - 0,7
III
20 – 23
60 – 40
0,7 - 0,9

12.

Yilning sovuq va iliq davrlarida ishlab
chiqarish xonalaridagi havoning harorati,
nisbiy namligi va harakat tezligining yo’l
qo’yiladigan me’yorlari
Ish toifalari
Havo
harorati, 0С
Nisbiy
namlik, %
Harakat
tezligi, m/s
Tashqaridagi
havo
harorati,0С
I
20 – 23
75
0,2
15 – 30
II
18 – 20
75
0,2
15 – 30
III
16 – 18
75
0,3
15 – 30

13.

YILNING ISSIQ DAVRIDA IShLAB ChIQARISh
XONALARIDAGI HAVONING HARORATI,NISBIY
NAMLIGI VA HARAKAT TEZLIGINING
YO’L QO’YILADIGAN ME’YoRLARI
Ish toifalari
I, II
III
Havo harorati, 0С
Nisbiy namlik, %
Harakat tezligi, m/s
28
55
0,2 – 0,5
27
60
0,3 – 0,7
26
65
0,3 – 0,7
25
70
0,3 – 0,7
24
75
0,3 – 0,7
26
65
0,5 – 1,0
25
70
0,5 – 1,0
24
75
0,5 – 1,0

14.

Mehnat sharoitining gigienik me'yorlari
- zararli ishlab chiqarish faktorlarining
me'yori har kunlik ishda, faqatgina
haftasiga 40 soatdan ortiq bo’lmaganda,
jami ish staji davomida, ish jarayonida
yoki hozirgi va keyingi avlodning
hayotida zamonaviy tadqiqot usullari
bilan aniqlanadigan kasalliklarni chaqirmasligi
yoki
salomatlik
holatini
yomonlamasligi kerak.

15.

3. Mo’tadil iqlim sharoitini yaratish.
Mo’'tadil iqlim sharoiti - bunda havo muhiti ko’rsatkichlarining
o’zaro mutanosibligi tushuniladi.
Bu mutanosiblik odam tanasida harorat almashinuvi reaktsiyasini
hech qanday zo’riqishsiz kechishini hamda o’zida huzur-halovat
sezishi va ishchanlik qobiliyatining yuqori bo’lishini ta'minlaydi.
Haroratining 18-25 0S, nisbiy namlikning 40-70 %, bosimning 740760 mm sim. ust. bo’lishi, odam tanasi va uni o’rab turgan havo
o’rtasidagi harorat almashinuvi jarayoniga kuchli ta'sir ko’rsata
olmaydi, chunki bunday sharoitda muhitlar o’rtasidagi issiqlik
almashinuvi mufassal va qoldiqsiz ko’chadi, ya'ni tanadan
chiqayotgan issiqlik tezligi uning havoga singib ketish tezligiga teng
holda almashinadi.

16.

Muhitning harorati 18-25 ° S bo‘lganda
odam tanasidan chiqayotgan issiqlik
nurlanish yoki harorat almashinuvi qonuni
asosida havoga quruq g’ubor holatida
sekin tarqaladi, 30°S dan yuqori
haroratda esa bug’lanish sodir bo‘ladi,
ya’ni
tanadagi
ortiqcha
issiqlik
mushaklardan sizib chiqayotgan quvvat
ta’siridan yo’l-yo’lakay to’qimalardagi
tuz eritmalarini yuvib, teri sirtida ter
shaklida paydo bo’ladi.

17.

Muhitning harorati oshgan sari tananing issiqlik
uzatish qobiliyati susayib boradi, bug’lanish
jarayoni esa to’xtovsiz ortib boradi, natijada
organizm tez holsizlana boshlaydi. Agar
havodagi nisbiy namlik 80 foizdan ortib ketsa
tanadan ajralib chiqayotgan terning bug’lanishi
qiyinlashadi va natijada tana bilan muhit
o’rtasidagi harorat almashuvi buziladi.

18.

Organizmda issiqlikning boshqarilishi
fiziologik va kimyoviy jarayonlar asosida tana
haroratini me'yorida (36-37,6 0S) saqlab turish
demakdir.
Tana haroratining keltirilgan darajadan
ko’tarilib ketishi “issiqlash”, tushib ketishi
esa “sovuq qotish” deb aytiladi
Tashqi muhitga moslashuv ikki xil: fizik va
kimyoviy bo’ladi.

19.

ORGANIZMNING TAShQI MUHITGA ISSIQLIK
ChIQARIShI YO’LLARI
Odam tanasining umumiy yuzasidan infraqizil
nurlanish orqali havo almashinuvi
Tanani o’rab turgan havo muhitini isitish
Terining terlab bug’lanishi va nafas olish
yo’llari orqali suyuqlikning bug’lanishi

20.

Ishlab
chiqarish
korxonalaridagi
ish
joylarida iqlim sharoitlarida me’yor darajasida
ta’minlash uchun uning barcha ko’rsatkichlari
o’zaro mutanosib holda bog’langan bo'lishi kerak.
Ya’ni havoning harorati pasayib yoki ko’tarilib
ketsa, uning harakat tezligi ham unga bog’langan
holda pasayishi (yoki ko’tarilishi) maqsadga
muvofiq bo'ladi, aksincha, agar havoning harorati
past bo’lsa-yu, havoning harakat tezligi
me’yoridan oshib ketsa, odam tanasi bilan muhit
o’rtasidagi harorat almashish jarayoni tezlashib
ketadi va natijada havoning harorati tez tushadi.

21.

Psixrometr

22.

Psixrometrlar

23.

a)
b)
Barometr turlari: a) simobli, b) mexanik

24.

A
b
Anemometrlar
V
A-Parrakli, b -kosachali; v-hisoblagich
.

25.

Gigrometrlar

26.

Termoanemometrlar

27.

4. MEHNAT ShAROITINING ZARARLILIK VA
XAVFLILIK DARAJASI BO’YIChA SINFLARI
OPTIMAL
RUXSAT ETILGAN
ZARARLI
XAVFLI

28.

1-sinf.Optimal mehnat sharoiti
Bunda ishchilarning salomatligi saqlanadi va
yuqori darajada mehnat qobiliyati uchun
sharoit yaratiladi.
Ishlab chiqarishning optimal me'yorlari
mehnat jarayonining mikroiqlim ko’rsatkichlari
va faktorlari uchun o’rnatilgan. Boshqa
faktorlar uchun shunday optimal mehnat
sharoitlari yaratilganki, bunda salbiy faktorlar
bo’lmaydi yoki aholi uchun xavfsiz deb qabul
qilingan me'yordan oshmaydi.

29.

2-sinf.Ruxsat etilgan mehnat sharoiti
Bunda muhit va mehnat jarayonlarining
shunday faktorlar me'yori tavsiflanganki,
qaysiki ish o’rinlari uchun o’rnatilgan gigienik
me'yordan
oshmasligi,
organizmning
o’zgarishi mumkin bo’lgan funktsional holati
dam olish uchun belgilangan vaqtda yoki
keyingi smenaning boshlanishiga qadar
tiklanishi va ishchilar hamda ularning nasliga
yaqin va uzoq davrlargacha salbiy ta'sir
ko’rsatmasligi kerak. Ruxsat etilgan mehnat
sharoiti shartli ravishda xavfsiz hisoblanadi.

30.

3-sinf. Zararli mehnat sharoiti
bu gigienik me'yordan oshadigan va ishchilar
hamda ular naslining organizmiga salbiy ta'sir
etadigan zararli ishlab chiqarish faktorlarining
mavjudligi bilan tavsiflanadi.
Gigienik me'yorlarning oshishi va ishchilar
organizmida o’zgarishlarning namoyon bo’lishi
darajasiga ko’ra zararli mehnat sharoiti to’rtta
zararlilik darajasiga bo’linadi:

31.

ZARARLI MEHNAT ShAROITINING ZARARLILIK DARAJALARI
1-darajasi – mehnat sharoiti shunday gigienik chetlanganlik bilan tavsiflanadiki, bunda zararli
faktorlar bilan muloqotni uzoq vaqt to’xtatgandan so’ng, yana qayta tiklanadigan
funktsional o’zgarishlarni chaqiradi va salomatlikka ziyon yetkazish xavfi oshadi.
2-darajasi – zararli faktorlar me'yori bo’lib, turg’un funktsional o’zgarishlarni chaqiradi, ishlab
chiqarish bilan bog’liq bo’lgan kasalliklar takrorlanishining oshishiga va uzoq davom etgan
matonatli ishdan hosil bo’ladigan kasbiy patologiyaning boshlang’ich belgilari yoki yengil
formasining paydo bo’lishiga olib keladi
3-darajasi – shunday me'yordagi zararli faktorlarni tavsiflovchi mehnat sharoitiki, uning
ta'sirida mehnat faoliyati davrida kasbiy patologiyaning yengil va o’rta og’irlik darajasining rivojlanishi, bundan tashqari vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo’qotishi bilan
kasallanish darajasining oshishini o’zida mujassam etgan ishlab chiqarish bilan bog’liq
bo’lgan xronik patologiyaning o’sishi ham ro’y beradi
4-darajasi – mehnat sharoiti og’ir formadagi kasbiy kasalliklarga olib keladi. Bunda
xronik patologiyaning sezilarli o’sishi va vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo’qotish bilan
kasallanishning yuqori darajasi belgilanadi.

32.

4-sinf. Xavfli mehnat sharoiti
Bu ishlab chiqarish faktorlarining
darajasi bilan tavsiflanadi, ularning
ta'siri ish smenasi davomida hayot
uchun
xavfni
o’tkir
kasbiy
shikastlanish, shu jumladan og’ir
formalarining rivojlanishiga yuqori
xavf yaratadi.

33.

5.Mehnatni ilmiy asosda tashkil etish.
Mehnatni ilmiy asosda tashkil etishning asosiy
yo’nalishlari quyidagilardan iborat:
I. Gigienik yo’nalishda:
-salomatlik va ish qobiliyatiga ta’sir qiladigan ishlab chiqarish
muhiti omillarini me’yorlash;
-ishlab chiqarish muhitidagi zararli omillarni kamaytirish va
yo’qotish yo’li bilan mehnat sharoitlarini yaxshilash.
II. Fiziologik yo’nalishda:
-ish joyi, asboblar, mashina va jihozlarni fiziologik talablarga
muvofiq holda bo’lishiga erishish;
- mehnat va dam olish rejalarini joriy etish;
-mehnatni jismoniy og’irligini kamaytirish , fiziologik jihatdan
etarlicha harakat faolligini ta’minlash;
-mehnatning aqliy va emostional toliqtirishini kamaytirish.

34.

Psixologik yo’nalish:
- pultlar va mashinalar, jihozlar tizimlarini boshqarish
uchun boshqa vositalar ixtiro qilishda ruhiy talablarni
hisobga olish (muhandislik ruhiyati);
-kasb tanlashda va kasbiy talablarga muvofiq holda
shaxsiy ruhiyatlarni hisobga olish;
-jamoalarda qulay ruhiy kayfiyat yaratish,
ishlovchilarning mehnat va uning natijalaridan yuqori
manfaatdor bulishlarini ta’minlash buyicha tadbirlar
ishlab chiqish va joriy qilish.

35.

Estetik yo’nalishda:
-intererlarni bezatishda, uskunalarni joylashtirishda,
ranglar bilan bezatishda va boshqalarda ishlab
chiqarish estetikasi talablariga rioya qilish;
-texnik estetika talablarini bajarish, mashinalar,
asboblar, pultlar singari boshqaruv vositalarini ixtiro
qilish.
Qurilishi lozim bo‘lgan ishlab chiqarish
korxonalarini loyihalash va qurilish jarayonida
sanitariya-gigiena, yong'in xavfsizligi bo‘yicha
ma’lum maxsus talablar qo’yiladi.
English     Русский Правила