Patofiziologiya
Patofiziologiyaning asosiy vazifasi
Patofiziologiyaning tashkiliy qismlari
Patofiziologiyaning metodologik asoslari
Nozologiya
Umumiy nozologiyaning asosiy elementlari:
Sog’liq tushunchasi
Sog’liq tushunchasi
Sog’liq tushunchasi
JSST bo’yicha sog’liq tushunchasi
Kasallik tushunchasi
Kasallik tushunchasi
Kasallik tushunchasi
JSST bo’yicha kasallik tushunchasi
Reaksiya turlari
Patologik reaksiya
Patologik jarayon
Patologik holat
Tipik patologik jarayonlar
Kasallik davrlari
Kasallik natijalari
Sog’ayish mexanizmlari
Kasallik tasniflash asoslari
Kasallik davomiyligiga ko’ra turlari
Etiologiya
Umumiy etiologiya
Kasallik sabablari haqidagi qarashlar paydo bo’lishi bosqichlari
Etiologik omillar turlari
Etiologik omilning patogenligini belgilovchi ko’rsatkichlar
Kasallik shart-sharoitlari
Tashqi shart-sharoitlar
Ichki shart-sharoitlar
Etiologiya teoriyalari
Patogenez
Umumiy patogenez
Patogenetik omillar
Patogenezning asosiy qismi quyidagi hususiyatlarga ega boladi:
Terapiya turlari
Havfli xalqsimon munosabatlar
Asosiy adabiyotlar
Qo’shimcha adabiyotlar
301.00K
Категория: МедицинаМедицина
Похожие презентации:

Patofiziologiya faniga kirish. Etiologiya, patogenez va umumiy nozologiya

1.

Patofiziologiya faniga kirish.
Etiologiya, patogenez va
umumiy nozologiya.
t.f.n. Djuraev U.A.

2. Patofiziologiya

раthos —azoblanish, ozor
chekish
рhysios — tabiat
lоgos — ta’limot, fan

3. Patofiziologiyaning asosiy vazifasi

Inson organizmida uchraydigan turli patologik
jarayonlar, xastaliklar kelib chiqish sabablari,
ularga turtki beruvchi ichki va tashqi shartsharoitlar, ular rivojlanish mexanizmlari, kechishi,
a’zo va to’qimalar faoliyatining o’zgarishlari,
shuningdek kasallik asorat va oqibatlarini
o’rganish.

4. Patofiziologiyaning tashkiliy qismlari

I qism - «Umumiy patofiziologiya»
- nozologiya,
- etiologiya,
- patogenez;
II qism – «Tipik patologik jarayonlar»
yallig’lanish, isitma, o’sma, distrofiya va h.k.
III qism – «Organ va sistemalar patologiyasi».

5. Patofiziologiyaning metodologik asoslari

1. Tirik ob’ektlar (jonivorlar)da eksperiment o’tkazish metodi.
2. Klinik tadqiqotlar metodi. Takomillashgan klassik va zamonaviy
biologik, funksional, biokimyoviy, biofizik, elektrofiziologik,
immunologik va boshqa turli klinik laboratoriyaga hos funksionaldiagnostik metodlardan foydalanib bemorlarni tekshirish.
3. Zamonaviy hisoblash texnikasi vositalarini qo’llab fizikaviy va
matematik modellashdan foydalanish uslublari.
4. Olingan natijalarni chuqur, har tomonlama tahlil etish va ilmiy
nazariyalarning konsepsiyalarini shakllantirish metodi.

6. Nozologiya

nósos — kasalik
lоgos — ta’limot
Kasallik haqida ta’limot

7. Umumiy nozologiyaning asosiy elementlari:

Shikaslanish
Patologik reaksiya
Patologik jarayon
Patologik holat
Kasallik

8. Sog’liq tushunchasi

Sog’liq - bu bizni chiroyli, erkin va bir-birimizni
sevuvchi qiladigan tana va ruh holatidir.
P.P.Petlenko
Sog’liq - bu ruh ko’tarinkiligi, yahshi yashash va
a’lo ishlash qobiliyatidir.
P.D.Gorizontov

9. Sog’liq tushunchasi

Sog’liq - bu odam organizmiga turli hildagi
jamoat va ishlab chiqarishdagi faoliyat
imkoniyatini beruvchi fiziologik funksiyalar va
mehnatga layoqatlikning o’zaro mutanosibligidir.
G.I.Caregorodcev

10. Sog’liq tushunchasi

Sog’liq holati yoki norma - bu
Sog’liq holati yoki norma-bu har xil turdagi keng
qamrovli jamoat faolligi va mehnat qilish qobiliyati.
A.D.Ado
Sog’liq-bu organizm ichki muhiti doimiyligi
(gomestaz)ni ta’minlovchi struktura va funksiya birligi,
hamda boshqaruv tizimlarining adekvat faolligidir
N.N.Zayko

11. JSST bo’yicha sog’liq tushunchasi

Sog’liq –bu nafaqat kasallik va jismoniy
nuqsonlarning yo’qligi emas, balki organizm
to’liq va mukammal jismoniy, ruhiy va ijtimoiy
jihatdan qoniqarli holatidir.

12. Kasallik tushunchasi

Kasallik normal bo’lmagan sharoitlardagi
hayotdir.
R.Virxov
Kasallik-bu organizmning moslashish reaksiyasi
bo’lib, u moslashish faolligining spesifik shakllari
va darajalari bilan harakterlanadi.
I.V.Davidovskiy

13. Kasallik tushunchasi

Kasallik-bu organizmga shikastlovchi omillar
ta’sirida normal faoliyatining buzilishi bo’lib,
natijada uning moslashish imkoniyatlari pasayadi
N.N.Zayko

14. Kasallik tushunchasi

Kasallik-organizmning ma’lum bir muhit
sharoitida normal yashashining buzilishidir.
F.F.Ostroumov
Kasallik-bu shikastlangan organizmning izdan
chiqqan funksiyalarning kompensasiya
jarayonlari ishtrokidagi faoliyatidir.
A.D.Ado.

15. JSST bo’yicha kasallik tushunchasi

Kasallik - bu organizm faoliyatining ko’rinishi
bo’lib, u nasldan naslga o’tuvchi genetik
nuqsonlar yoki organizmga shikastlovchi omil
ta’sir etishidan kelib chiqib, adaptiv va patogen
o’zgarishlar dinamik kompleksi rivojlanish bilan
xarakterlanadi, natijada individning biologik va
sosial imkoniyatlari cheklanadi.

16. Reaksiya turlari

Ximoya-moslashuv reaksiyalri shikastlanishga
moslashishini amalga oshiradi.
Patologiya rivojlanish mexanizmiga ko’ra sifat va
miqdor ko’rsatgichlari o’zgarishi bilan ikkilamchi
shikastlanishlar yuzaga kelishiga sabab bo’lishi
mumkin ( isitma, yiring).

17. Patologik reaksiya

Butun organizmning yoki uning ayrim
qismlarining oddiy yoki pathogen omillar
ta’siriga sifat va miqdoriy jihatdan muvofiq
bo’lmagan javobi.

18. Patologik jarayon

Adaptiv va pathogen xarakterga ega bo’lgan
patologik reaksiyal yig’indisi bo’lib, organism
faoliyatining buzilishi bilan xarakterlanadi.

19. Patologik holat

Qayta tiklanmas strukturaviy o’zgarishlariga olib
keluvchi, to’qima metobolik va funksional
hususiyatlarining uzoq muddatga me’yor
chegaralaridan chiqishi.

20. Tipik patologik jarayonlar

Shikastlovchi agentning tabiatiga va shikastlanish
joyidan qat’iy nazar bir xil mexanizm va bir xil
ko’rinishda kechadigan patologik jarayonlar
(yallig’lanish, o’sma, gipoksiya va b.)

21. Kasallik davrlari

Latent
Prodromal
Kasallik belgilari yaqqol yuzaga chiqqan davr
Kasallik natijalari

22. Kasallik natijalari

To’liq tuzalish
Chala tuzalish
Residiv
Remissiya
Asoratlarning yuzaga kelishi
O’lim

23. Sog’ayish mexanizmlari

Tez ishga tushuvchi (reflector himoya-adaptasiya
reaksiyalari);
Uzoq muddatli (to’qolgan funksiyalarning
kompensasiyasi)

24. Kasallik tasniflash asoslari

Sababga ko’ra
Patogenez asosiy bosqichiga ko’ra
Xastalik lokalizasiyasiga ko’ra
Kasallar yoshiga kora

25. Kasallik davomiyligiga ko’ra turlari

Jadal rivojlanuvchi (minut-soat)
Darhol rijovlanuvchi (soat-3-4 kun)
O’tkir rivojlanuvchi (5-14 kun)
Tez rivojlanuvchi (15-40 kun)
Surunkali (oy-yil)

26. Etiologiya

aitía — sabab
lоgos — ta’limot

27. Umumiy etiologiya

Kasallik sababi va kelib chiqishida ahamiyatga ega
bo’lgan shart-sharoitlar haqidagi ta’limot.
Kasallik sababi bu ma’lum shart-sharoitlarda
organizmga ta’sir etgan omilning kasallik rivojiga
turtki berishidir.

28. Kasallik sabablari haqidagi qarashlar paydo bo’lishi bosqichlari

Ayurvedalar (eramizdan avvalgi VI asr);
Levkipp – determinism asoschisi (eramizdan
avvalgi IV asr)’
Gippokrat (eramizdan avvalgi 385yil);
Aristotel (eramizdan avvalgi 330 yil);
Klavdiy Galen (129-199 yillar)
Ibn Sino (980-1023 yillar)

29. Etiologik omillar turlari

Fizikaviy
Kimyoviy
Biologik
Mexanik
Sostial
Indifferent (pathogen omil bilan
bog’liqlikda)

30. Etiologik omilning patogenligini belgilovchi ko’rsatkichlar

G’ayrioddiy tabiati;
Miqdor jihatdan ortiqligi yoki
yetishmovchiligi;
Ta’sir davomiyligi va davriyligi;
Patogen omilning polietiologik hususiyati.

31. Kasallik shart-sharoitlari

Kasallik rivojiga turtki beruvchi yoki
to’sqinlik qiluvchi, har bir nozologik tur
uchun spesifik hususiyatlarni belgilovchi
bir yoki bir nechi omil.

32. Tashqi shart-sharoitlar

Geografik
Klimatik
Alimentar
Sotsial-maishiy
Mehnat sharoitlari

33. Ichki shart-sharoitlar

Rezistentlik
Konstitusiya turi
Oliy nerv faoliyati turi
Jins
Yoshi
Kechirgan kasalliklari
Nasliy hususiyatlari

34. Etiologiya teoriyalari

Monokauzalizm (monos - bir, causa –
sabab);
Kondensionalizm (kondicio – sharoit);
Konstitusionalizm
Polietiologizm
Psixosomatika ( freydizm )

35. Patogenez

pathos — aziyat
chekich
genesis — kelib
chiqishi

36. Umumiy patogenez

Kasallikning kelib chiqishi,
shakllanishi, kechishi va yakunlanish
mexanizmlarini o’rganuvchi tibbiy
ta’limot.

37. Patogenetik omillar

Reseptorlar va nerv o’tkazuvchilarining ta’sirlanishi.
Shikastlangan to’qimalardan biologic faol moddalar
( gistamin, serotonin, nukleotidlar va b.) ajralib
chiqishi.
Neyroendokrin tizim tomonidan javob tariqasida
ajratilgan gumoral omillarning (qo’zg’algan nerv
mediatorlari, glyukokortikoidlar, katexolaminlar)
organizmga ta’siri.

38. Patogenezning asosiy qismi quyidagi hususiyatlarga ega boladi:

Asosiy qism – patogenezning qolgan zvenolari
boshlanib ketishi uchun zarur.
Patogenezning boshqa hamma zvenolaridan avval
yuzaga keladi.
Asosiy qism har bir kasallik patogenezining mahsus
(spesifik) hususiyatlarini belgilaydi.
Asosiy qismni o’z vaqtida bartaraf etish,
patogenezning qolgan zvenolarini yo’qolishiga olib
keladi.

39. Terapiya turlari

Etiotrop terapiy: terapiyaning eng samarador usuli
hisoblanadi va u etiologic omilni yo’qotishdga qaratilgan,
lekin odatda etiologik omil ta’siri qisqa vaqt davom
etgani uchun bunday terapiyaning imkoniyatlari
cheklangan.
Patogenetik terapiya – kasallik patogeneziga qaratilgan,
bu zamonaviy sharoitda asosiy usul hisoblanadi.
Patogenetik terapiya katta ahamiyatga ega, uning
asosiy vazifasi patogenezning asosiy bo’g’inini va
muhim omillar ta’sirini yo’qotish yoki kamaytirish hamda
organizmdagi kompensator jarayonlarni kuchaytirish.
Simptomatik terapiya – patogenezga yo’naltirilmay, balki
bemorni bezovta qilayotgan simptomlarni (masalan,
bosh og’rig’i ko’p kasalliklarda bo’ladi) yo’qotishga
yo’naltirilgan bo’lib, bu patogenezga ta’sir qilmaydi.

40. Havfli xalqsimon munosabatlar

Gipoksiya → glikolizning kuchayishi → laktat
to’planishi → asidoz → glikoliz tormozlanishi
→ energiya tanqisligi → Na+ ва К+ nasosi
faoliyati buzilishi → hujayra shishi →
kapillyarlar ezilishi → a’zo perfuziyasi
buzilishi

41. Asosiy adabiyotlar

Патологик физиология. Абдуллаев Н.Х., Каримов Х.Я.,Ирискулов Б.У.
Тошкент 2008.
Pathologic Basis of Disease (ninth edition). Vinay Kumar, Abul K. Abbas, Jon
C. Aster. Elsevier, 2014.
Патологическая физиология. Под ред. А.Д.Адо, Москва, 2001г.
"Патофизиология" (курс лекций) под ред.П.Ф.Литвицкого,
М."Медицина",1995.
А.А.Хусинов,Е.Г.Лемелева.Руководство к практическим занятиям по
патологической физиологии. I и II часть, Ташкент,1996.

42. Qo’shimcha adabiyotlar

Назаренко Г.И. Клиническая оценка результатов лабораторных исследований.
М. "Медицина", 2000г.
Алмазов В.А. Клиническая патофизиология. Невский Диалект, Санкт Петербург,
1999г.
Шанин В.Ю. Клиническая патофизиология. Киев, 1998г.
Гриппи М.А. Патофизиология легких. BINOM Publishers, Москва, 2000г.
Хендерсон Дж. Патофизиология органов пищеварения. BINOM Publishers,
Москва, 1999г.
Шейман Д.А. Патофизиология почки. BINOM Publishers, Москва, 1999г.
Дж.Феллон. Патофизиология сердечно-сосудистой системы. BINOM Publishers,
Москва, 1999г.
Р.Арки. Патофизиология эндокринной системы. BINOM Publishers, Москва,
1999г.
English     Русский Правила