Похожие презентации:
Mustaqil talim_7d14e59fb7b6bc8fff150955e7b7f991
1.
Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuniMustaqil ish uchun quyidagi topshiriqlarni bajarish tavsiya qilinadi:
1. Navoiy hayotidagi asosiy bosqichlar, ijtimoiy-siyosiy faoliyati haqida ma'lumot
to‘plash va tahlil qilish.
2. Navoiy ijodidagi asosiy mavzularni aniqlash, ularning zamonasi bilan bog‘liqligini
tadqiq qilish.
3. “Xamsa” asarini o‘rganish. “Xamsa” dostonlaridan birini tanlab, mazmunini
batafsil o‘rganish va qisqacha mazmunini yozish.
4. “Lison ut-Tayr” asaridagi ramz va timsollarni o‘rganish. Har bir qush obrazining
ma’nosini izohlash.
5. “Lison ut-tayr” lisoninida ko‘tarilgan falsafiy masalalar va ularning Navoiy falsafiy
qarashlari bilan bog‘liqligini tahlil qilish.
6. Navoiy g’azallaridan bir nechtasini tanlab, ular tahlilini yozish. Gazallardagi oshiq
va yor obrazlarining o‘ziga xosliklarini tahlil qilish.
7. Navoiy lirikasidagi ramziy obrazlar va ularning o‘zbek mumtoz adabiyotidagi
o‘rnini tushuntirish.
8. Alisher Navoiy asarlarining G‘arb madaniyati va adabiyotiga ta'siri haqidagi
manbalarni o‘rganish.
9. Navoiyning Sharq va G‘arb adabiyoti o‘rtasidagi adabiy muloqotdagi o‘rni haqida
izlanish.
10. “Majolis un-Nafois” asarini mustaqil o‘rganish, unda keltirilgan adabiy siymolar
va ularning o‘zbek adabiyotidagi o‘rni haqida tahliliy yozuv tayyorlash.
11. “Hayrat ul-abror” dostonini o‘qish, undagi axloqiy va falsafiy qarashlarni
o‘rganish va yozuvda tahlil qilish.
12. Navoiyning ilmiy va tarixiy asarlarini o‘rganish, ularning o‘zbek madaniyatida
tutgan o‘rni haqida yozma ish tayyorlash.
13. Navoiyshunoslikning yetakchi olimlari (Fitrat, Shamsiddin Sirojiddinov va
boshqalar) ning tadqiqotlarini o‘rganish va ular yaratgan ilmiy asarlar haqida
ma'lumot yig‘ish.