Reja.
3.29M
Категория: ЛитератураЛитература

6_Мавзу 8.10.2023 (1)

1.

6-MAVZU: Islom dini manbalari, aqidaviy
maktablari va ularning hozirgi davrdagi
ahamiyati
1

2. Reja.

1. Kalom ilmining shakllanishi.
2. Islomda iymon, taqdir, rizq tushunchalarining
talqini.
3. Noan’anaviy e’tiqodlar: xorijiya, mutaziliya,
qarmatiya harakatlari.
4. Islom oqimlari va yo‘nalishlarining paydo bo‘lish
sabablari. Sunniylik va shialik yo‘nalishlarining
paydo bo‘lish va ular e’tiqodidagi farqlar.
5. Motrudiylik va ash’ariylik maktablari.
2

3.

1. Kalom ilmining shakllanishi.
3

4.

1.
“«Kalom» lafzi arab tilida «so‘z»,
«gap», «jumla» ma’nolarini anglatadi.
«Ilmi kalom» aqoid ilmining eng mashhur
ismidir. Bu ism, hijriy ikkinchi
asrda zohir bo‘lgan. Zero, u shu davrda
ilk bora imom Abu Hanifa, imom Molik,
imom Shofe’iy va boshqalardan
rivoyat qilingan.
Ular o‘z ijtihodlarida ilmi kalom va
mutakallimlarga tegishli hukmlar
haqida bahs yuritganlar.

5.

Bu ismning ishlatilishiga sabab shuki,
e’tiqodiy bahslarning eng mashhuri,
bahs qiluvchilar o‘rtasida eng ko‘p
nizolarga sabab bo‘lgani, ixtiloflar keltirib chiqargani Allohning «kalom»i
haqidagi masaladir.
Qolaversa, bu ilm sohiblari o‘z
faoliyatlari davomida faqat kalomni
ishlatganlari uchun ham, u «kalom»
nomini olgan.

6.

Ilmi kalom haqida imom G‘azzoliy
quyidagilarni aytadi: «U bir ilm bo‘lib,
uning maqsadi ahli sunnaning aqiydasini
ahli bid’atning tashvishidan muhofaza
qilish va qo‘riqlashdir. Alloh taolo
O‘z bandalariga O‘z Nabiyi tilida
haq aqiydani ilqo qildi. Unda ularning
dini va dunyosining salohi bordir.
Shuningdek, u haqda Qur’on va
xabarlar nutq qildi..

7.

“Kalom – islom ilohiyotining ilmi hisob
lanib, XII-asrda paydo bo‘lgan. Kalom
tarafdorlari mutakallimlar deb ataladi.
Ushbu ilm turli diniy-siyosiy guruhlar,
misol uchun, xorijiylar, qadariylar, jabariylar,
murjiiylar kabilar paydo bo‘lishi bilan
bog‘liq bahslar natijasida vujudga keldi
va tarqaldi. Kalom ilmi vaqt o‘tgan sari
taraqqiy topdi. Ayniqsa, Nasafiy yashagan
XI asrning ikkinchi yarmi va XII asr
boshlarida o‘zining yuksak cho‘qqisiga
ko‘tarildi.

8.

Шунингдек, IX asrda Nasafda hadisshunoslik va fiqhshunoslik maktablari
vujudga kelgan. Shu bois X-XII asrlarda
Movarounnahrdagina emas, balki
butun Sharqda “Nasafiy” nisbasi
ancha mashhur bo‘lgan. Bu davrda
fiqh, hadis, tafsir va islom dinining
asosi bo‘lgan aqoid ilmi rivojlangan.

9.

Abu Mu’in Nasafiy aqidaviy
mavzularni ochib berishda bahsmunozara uslubidan keng foydalangan,
ya’ni muallif avval boshqa adashgan
firqalarning aqidadagi fikr va
qarashlarini ifodalab, keyin o‘zining
(moturidiya) aqidasini bayon qilib
va uni isbotlagan, keyin ularning
gaplari asossiz ekanligini o‘z
raddiyalarida birma-bir keltirib o‘tgan.

10.

Abul Barakot Nasafiyning tafsir ilmi
bo‘yicha ahli ilm orasida “Tafsir an-Nasafiy”
nomi bilan mashhur bo‘lgan va hanafiy mazhaBiga muvofiq bitilgan “Madorik at-tanzil va
haqoiq at-ta’vil” (“Qur’on ma’nolari va ta’vil
haqiqatlari”) kitobi hanafiy mazhabiga binoan
yozilgan, undagi oyatlar aynan moturidiya
ta’limotiga binoan bayon etilib,
o‘sha davrning ilm markazlari Buxoro va
Samarqandning olimlari fikrlari bilan
boyitilgandir.eng

11.

Kalom ilmi dastlab islomdagi turli diniysiyosiy firqalar xususan, xavorijlar,
qadariylar, jabariylar, murjiylar kabi
yo‘nalishlar, mazdakiylik, nasroniylik
kabi boshqa din vakillar bilan baxs
jarayonida shakllangan bo‘lib, dastlab
kalom ilmi bilan shug‘illangan mutakallimlar, Qur’on va sunnaga tayanib
dalillar keltirgan.

12.

Sunniy e’tiqoddagi ikki yirik oqimlardan biri hisoblangan Moturidiy
maktabi asoschisi Abu Mansur
Muhammad ibn Muhammad ibn
Mahmud al-Hanafiy al-Moturidiy
as-Samarqandiy bo‘lib, uning taxallusi
o‘zi yashagan qishloqqa nisbat qilib
olingan.

13.

Abu Mansur asos solgan moturidiylik
maktabi IX asr oxiri X asrlarda
Movarounnahrda turli aqidaviy
oqimlarning aqidalariga qarshi javob
tarzda vujudga kelgan. Aynan o‘sha
davrda mu’taziliy firqasi qarashlariga
o‘ziga xos asosli dalillar bilan raddiyalar
bildirgan Moturidiylik aqida ilmi
rivojida katta ahamiyat kasb etadi.

14.

Moturidiylik maktabi qarashlari
mo‘tadililik yo‘lini tutganligi, aqidaviy
masalalarda Qur’oni karim, hadisi
sharif, aql va mantiqqa suyanib dalil
keltirishi keng tarqalishiga sabab
bo‘lgan. Moturidiy maktabi vakillari
aqlga tayanish bilan birga naqlga ham
tayanish lozimligini ta’kidlaganlar.

15.

Saljuqiylar hukmronligi davriga kelib,
hamma joyda islom aqidalarida moturidiylik
tatbiq qilindi. Sunniylikning hanafiylik
mazhabiga e’tiqod qiluvchilarning
barchasi aqida bobida imom Moturidiy,
uning shogirdlari hamda izdoshlari yozib
qoldirgan asarlarga tayanib o‘z
fikrlarini keltirganlar.

16.

Kundali (Empirik)
bilish
Ulamolar ilmi kalomning ta’rifida
ham bir necha xil fikrlar aytganlar.
Eng qadimgita’rif Abu Nasr Farobiy
ga tegishli bo‘lib, u: «Kalom
sinoati ila millatning asoschisi
aytgan chegaralangan gap va ishlar
ga nusrat berilurva unga xilof qilgan
barcha so‘zlarni behudaga chiqarilur»,
degan.

17.

Ilmi kalom haqida imom
G‘azzoliy quyidagilarni aytadi:
«U bir ilm bo‘lib, uning maqsadi
ahli sunnaning aqiydasini ahli
bid’atning tashvishidan muhofaza
qilish va qo‘riqlashdir. Alloh taolo
O‘z bandalariga O‘z Nabiyi tilida
haq aqiydani ilqo qildi. Unda
ularning dini va dunyosining
salohi bordir. Shuningdek, u
haqda Qur’on va xabarlar nutq qildi.
.

18.

Kalom masalalari bo‘yicha bahslar musulmon
olamidagi o‘sha vaqtning ko‘zga ko‘ringan aqiydaviy
mazhablari: ahli sunna val jamoa, mo‘taziliylar,
murji’iylar, xavorijlar va shialar o‘rtasida bo‘lgan.
Keyinchalik Allohning kalomiga tegishli bahslardan
Allohning sifatlariga, Islom davlati boshlig‘i – imomga
oid masalalarga, qazo va qadar masalalariga va
hatto ba’zi fiqhiy masalalarga ham o‘tilgan.
18

19.

2. Islomda iymon, taqdir, rizq
tushunchalarining talqini.
19

20.

2. “Imon” so‘zining lug‘aviy ma’nosi
ishonmoq, tasdiq-lamoq bo‘lib, istilohda
esa “La ilaha illallohu Muhammadun
rasululloh” (“Allohdan o‘zga iloh yo‘q
va Muhammad – Allohning payg‘ambari”)
kalimasini til bilan aytib, dil bilan
tasdiqlash demakdir. .
.

21.

Hadislarda imonning yetti sharti borligi ta’kidlanadi
Allohning borligi va birligiga, Qur’on va hadislarda bayon
ismlari va sifatlariga imon keltirish
Farishtalarning borligiga imon keltirish
Ilohiy kitoblarga imon keltirish
Payg‘ambarlarning haqligiga imon keltirish
Oxirat kuniga ishonish.
Taqdirga – inson boshiga tushgan yaxshiligu yomonlik
Allohdan ekaniga e’tiqod qilish
O‘limdan keyin qayta tirilishga ishonish.
21

22.

Taqdir haqida. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuuf.
Qazo va Qadr
“Qadar” so‘zi o‘lchov ma’nosini anglatadi. Islom aqiydasida esa
Alloh taolo azalda O‘z ilmi va irodasi ila har bir narsani
o‘lchovli qilib qo‘yganiga e’tiqod qilishni bildiradi.
Ulomalarimiz “qazo” va “qadar”ni quyidagicha ta’riflaydilar:
“Qazo – Alloh taoloning hamma narsalarning kelajakda qandoq
bo‘lishini azaldan bilishidir”.
“Qadar – o‘sha narsalarning Allohning azaliy ilmiga muvofiq
ravishda vujudga kelishidir”.
22

23.

Alloh taolo aytadi:
“Yerda o‘rmalagan narsa borki, barchasining rizqi Allohning
zimmasidadir. U Zot ularning turar joylarini ham, borar
joylarini ham bilur. Hamma narsa ochiq-ravshan Kitobda
bordir”(Hud, 6).
Biz oyat tarjimasida “o‘rmalagan narsa” deb ifodalagan so‘z
asliyatda “daabbatun” kalimasi bilan berilgan. Mazkur so‘z
xoh erkak, xoh ayol, xoh aqlli, xoh aqlsiz bo‘lsin, joni bor tirik
mavjudot borki, hammasini o‘z ichiga oladi.
23

24.

Albatta, yuqorida ta’kidalanganidek,
rizq Allohdandir. Bugungi yurtimizdagi
tinchlik, farovonlik, rivojlanish
amalga oirilayotgan islohotlar jarayonida
barcha insonlar o‘z vatani, yurti, oilasini
har tomonlama ta’minlashga o‘z hissasini
qo‘shishga harakat qilishi kerak.

25.

Albatta, yuqorida ta’kidalanganidek,
rizq Allohdandir. Bugungi yurtimizdagi
tinchlik, farovonlik, rivojlanish davrida
amalga oirilayotgan islohotlar jarayonida
barcha insonlar o‘z vatani, yurti, oilasini
har tomonlama ta’minlashga o‘z hissasini
qo‘shishga harakat qilishi kerak.

26.

Ayniqsa, yoshlarimizning bugungi fan,
texnika, texnologiyalar, innovatsiyalar
rivojlangan davrda, o‘z orzu umidlarini,
maqsadlarini amalga oshirishlarida holol
rizq topib, oilasini, ota-onasini, yurtini
taraqqiyotiga hissa qo‘shishlari uchun
chuqur bilim va kasb egasi bo‘lishlari,
kreativ fikrlashlari milliy, diniy va
umuminsoniy qadriyatlarga amal qilgan
holda faoliyat yuritishlari muhim
ahamiyatga egadir.

27.

Yurtimizda Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev
va davlatimiz tomonidan yaratilayotgan
shart-sharoitlar, imkoniyatlar, har tomon
lama qo‘llab-quvvatlanishi ularning
kelajakda komil insonlarbo‘lib,
yetishishlarida muhim ahamiyatga
ega bo‘lmoqda

28.

3. Noan’anaviy e’tiqodlar: xorijiya,
mutaziliya, qarmatiya harakatlari.
28

29.

632 yilda Payg‘ambar vafotidan so‘ng
hokimiyat xalifalikka saylanganlar
tomonidan boshqariladigan bo‘ldi. Birinchi
xalifa Abu Bakr bo‘ldi. Ikkinchi bo‘lib
Umar ibn Xattob saylandi, so‘ngUsmon ibn
Affon va Ali ibn Abi Tolib bo‘ldilar. Avvalgi
ikki xalifa davrida xalifalikda ichki nizo va
bo‘linishlar bo‘lmadi. Usmon xalifaligi
davrining so‘nggi yillarida ichki nizolar
paydo bo‘lib, xalifaga qarshiliklar kuchaydi.

30.

Xorijiylar va shialar firqalaridan islomda
bid’at, firqachilik va adashishlik boshlandi.
Bunday firqalar asosiy ikki masalada paydo bo‘ldi:
imomat (davlatgarahbarlik) va aqidada. Shuning
uchun islomda firqalarga bo‘linib ketish asosan
diniy-siyosiy nuqtai nazardan kelib chiqqan deb
hisoblanadi.

31.

Muhammad payg‘ambar (a.s.) aytadilar:
«Yahudiylar 71 firqaga bo‘lindi, nasroniylar
72 firqaga bo‘lindi, ummatim esa 73 firqaga
bo‘linadi.
Ulardan bittasi najot topadi, qolgani do‘zax
ahlidir», deganlarida. Sahobalar: «Najot
topadigan firqa qaysi», deb so‘raganda.
Payg‘ambar: «Men bilan sahobalarim tutgan
yo‘ldagisi»,deb javob beradilar» (imom
Termiziyrivoyati). Hadisda aytilgan najot topuchi
firqa «ahli sunna val jamoa» hisoblanadi.

32.

«Ahli sunna val jamoa» sunniylik deb
ham nomlanadi. Buning o‘ziga xos,
boshqalardan ajralib turadigan
jihatlari barcha sahobalarni yaxshi ko‘rish,
kishini katta gunoh qilgan bo‘lsa ham
musulmon deb hisoblash, u agar vafot etsa
janoza o‘qish, odil vazolim podshohga qarshi
chiqmaslik, Allohni sifatlarini inkor qilmaslik
va hokazo. Biroq ilk davrlarda musulmon
olimlari tomonidan yakdilfikrga ega bo‘lgan
musulmonlarning aqidasi ishlab chiqilmagani
bois,«to‘g‘ri e’tiqod qilish» va «bid’at»
to‘g‘risidagi tasavvur shia vaxorijiylarning
paydo bo‘lganidan keyin tizimga solindi.

33.

Xorijiylar xalifa Alining qo‘shinidan
ajrab chiqqan va «ahli sunna val jamoa»
e’tiqodiga to‘g‘ri kelmaydigan g‘oyalarni
ilgari surgan guruh. Bunda ular xalifa Alini
kelishuvchilikda ayblab, undan ajralib
ketganlar va xalifaga ham, Moviyaga ham
qarshi urush ochganlar.

34.

Xorijiylik bilan bir vaqtda paydo bo‘lgan
yana bir oqim shialikdir. Shialik «shiatu Ali»
(Ali guruhi) nomidan bo‘lib, aliparast oqim
hisoblanadi.
Bu yo‘nalish boshda har qanday ixtilof
va aqidaviyfarqlardan xoli holda, faqat
siyosiy harakat sifatida namoyon bo‘lgan.
Keyinroq diniy ixtiloflar, aqidaviy
farqlar vujudga kelgan.Ularning fikricha
hokimiyat xalifa Ali va uning avlodiga
tegishli. Chunki imomat asosiy diniy ruknlardan
hisoblanadi. Ularning ta’limotiga ko‘ra, rahbar
xalq tomonidan saylanmaydi, balki meros
sifatida o‘tadi.

35.

Shialar ham Qur’onni ilohiy kalom deb
e’tirof etadi (ayrim o‘ta mutaassib ruhdagi
oqimlari xalifalar davrida uning ayrim
qismlari tushirib qoldirilgan deb hisoblaydi).
Ulamolari esa, Qur’onning mazmunini
majoziy talqin qilish yo‘li bilan o‘z ta’limot
larini asoslaydilar. Shuningdek, hadislardan
faqat xalifa Ali va uning avlodi tomonidan
qilingan rivoyatlari tan oldilarva shunday
rivoyat-hadislardan iborat mustaqil
to‘plamlar tuzgan.

36.

Sunniylikda e’tirof etilgan diniy aqidalardan farq qilib,
shialikda tavhid, adl, nubuvvat, imomat, qiyomatdan iborat 5 ta aqidaga
e’tiqod qilinadi.
Tavhid (Allohning yagonaligani e’tirof etish)
Adl (adolat, Allohning odilligi, ya’ni takdir aqidasi)
Nubuvvat (payg‘ambarlik)
Qiyomat yoki ma’od (oxirat kunining kelishi va o‘lganlarning tirilishi)
5aqida esa imomat (Ali va uning avlodlaridan iborat o‘n ikki imom
hokimiyatini) esa, sunniylikka zid ekani bilan farq qiladi.
36

37.

Shialik ichida ixtiloflar yuz berishi
natijasida ko‘p firqalar vujudga kelgan.
Bulardan zaydiylar, ja’fariylar va boshqalar.
Imomiylar va ismoiliylar shialikdagi ikki
yirik oqim hisoblanadi.

38.

Mu’taziliylar oqimi aqida masalasi
bo‘yicha ahli sunna val jamoayo‘nalishidan
ajralib chiqqan. Ular Qur’onni diniy
haqiqatning manbai deb e’tirof etadilar, uni
so‘zma-so‘z emas, majoziy talqin qilishga
harakat qiladilar, rivoyatlarga ko‘r-ko‘rona
ishonishga qarshi chiqadilar.
Shuningdek, gunohi kabira, qabr azobi,
avliyolar karomati kabi masalalar bo‘yicha
o‘ziga xos qarashga ega.

39.

Mu’taziliylarning yana bir aqidasi bu
Qur’onning yaratilgani haqidadir. Sunniylar
Qur’on Allohning kalomi desalar, mu’taziliylar
Qur’on Allohning yaratgan narsasi, deb
hisoblaganlar.
Mu’taziliylar aql-idrokni aqidaning asosi
deb e’tirof etgan, tasavvufni inkor etishga
uringan, o‘zlarini tavhid va adolat (adl)
tarafdorlari, deb bilganlar.
Keyinchalik 13-14-asrlarga kelib
mu’taziliylar yo‘qolib ketgan

40.

Qadariya ham mu’taziliylarga o‘xshab
aqidaviy masalada Adashgan hisoblanadi.
Ularning asosiy da’volari Allohning xohishi,
qazosi va qadarini inkor qiladilar va «Alloh
bandalarining ishidan ojizdir», deydilar.
Sunniylar esa, Alloh har bir narsani
oldindan biladi, degan bo‘lsa, qadariylar
buni inkor qildilar.

41.

Ular odillik xudoning asosiy sifatlaridan
biri degan fikr asosida gunohni xudo
oldindan belgilagan bo‘lishi mumkin emas.
Xudodan faqat adolatli ishni kutish mumkin,
gunoh ishlar esa inson faoliyati bilan bog‘liq,
demak, inson iroda va faollyat erkinligiga ega,
shuning uchun u gunoh qiladi, degan
xulosaga keldi.
Ularning ta’limotini keyinchalik
mu’taziliylar davom ettirdilar

42.

Jabariylar esa, qadariylar e’tiqodining
aksini ishlab chiqdilarva islomda taqdir
masalasida adashgan deb tan olingan
firqalardan biridir. Ular ahli sunna val
jamoada tan olingan taqdir masalasini inkor
qiladi. Jabariylar inson taqdirini xudo mutlaq
oldindan belgilab qo‘ygan, insonda hech
qanday iroda va faoliyat erkinligi yo‘q,
bular faqat xudoda mavjud, inson esa, ana
shu faoliyatni o‘zlashtirib olish imkoniyatiga
ega, degan aqidalarni ilgari surgan.

43.

Umuman olganda islom tarixida vujudga
kelgan adashgan firqalar o‘zlari ham bir
necha guruhlarga bo‘linib ketganlar. Shuni
Alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, hozirgi kunda
paydo bo‘layotgan turli adashgan oqimlar
o‘tmishdoshlarining aqidasini olib yangicha
ko‘rinishda taqdim qilmoqda. Jumladan,
xorijiylarning odam o‘ldirishi, hozirda
ISHID va boshqa jangari guruhlar tomonidan
amalga oshirilayotgan ishlarga o‘xshaydi.
Biror inson katta gunoh qilib qo‘ysa, uni
kofirga chiqarish ham xorijiylarning ishi
hisoblangan.

44.

4. Islom oqimlari va yo‘nalishlarining
paydo bo‘lish sabablari. Sunniylik va
shialik yo‘nalishlarining paydo bo‘lish
va ular e’tiqodidagi farqlar.
44

45.

4.Muhammad (a.s.) vafotlaridan so‘ng
musulmonlar jamoasi orasida ilk bo‘linishlar
yuzaga kela boshladi.
Xalifa Abu Bakr (632–634) va Umar ibn
Xattob (634– 644) rahbarligi davrida ixtilof
larga birmuncha barham berildi.
644 yilda Usmon ibn Affon (r.a.) uchinchi
xalifa etib saylanadi.

46.

Musulmon davlatining to‘rtinchi rahbari
etib Rasululloh (a.s.)ningjiyani va kuyovi
bo‘lgan Ali ibn Abu Tolib (r.a.) saylandi.
O‘sha davrdagi qoidaga binoan xalifa
Madinada saylanar, keyin esa boshqa hududLarning barchasi o‘sha xalifaga bay’at
berishi lozim edi.

47.

657 yilda Xalifa Ali va bay’at qilishni
istamagan Shom (Suriya) hokimi Muoviya
o‘rtasida «Siffin» deb ataluvchi joyda jang
bo‘lib o‘tadi. Bu voqea, islomdagi ilk
bo‘linishlarning boshlanishiga sabab
bo‘ldi. Musulmonlarning qoni to‘kilishini
istamagan ikkala taraf sulhtuzishga va
xalifalik saylovini qaytadan o‘tkazishga
kelishib oldilar.

48.

Shialik. Siffin jangi natijasida haruriylar
bilan deyarli bir paytdao‘zini “shiatu Ali”
(Alining guruhi) deb atagan aliparast oqim
hamyuzaga keldi. VII asr oxirlariga kelib
Shialik, Iroq va Eronda keng tarqalgan va
islomdagi mustaqil diniy yo‘nalishga
aylangan.
Shialikboshda har qanday ixtilof va aqidaviy
farqlardan xoli holda, faqat siyosiy harakat
sifatida namoyon bo‘lgan edi. Keyinroq
diniy ixtiloflar, aqidaviy farqlar vujudga
kelgan.

49.

Shialikda imomat asosiy diniy ruknlardan
hisoblanib, u jamiyat manfaatlaridan emas,
balki din ruknlaridan kelib chiqadi deb
e’tiqod qilinadi. Ularning ta’limotiga ko‘ra,
rahbar xalq tomonidan saylanmay, balki
rahbarlik meros sifatida o‘tadi.

50.

Imomiylar yoki “Isno ashariya”. Ushbu
firqa e’tiqodicha, imomlik Ali ibn Abu Tolibdan boshlanadi, so‘ng uning Fotimadan bo‘lgan o‘g‘lilari Hasan
va Husaynga o‘tadi va nihoyat o‘n ikkinchi imom
Muhammad Mahdiyga borib tugaydi. Shuning uchun bu
firqa Isno ashariylar – o‘n ikki imomga e’tiqod
qiluvchilar deb ham nomlangan.
Imomiylar e’tiqodiga ko‘ra, so‘nggi – o‘nikkinchi
imom Muhammad Mahdiy hali o‘lmagan, balki u
873–874 sanada g‘oyib bo‘lgan va oxir zamonda paydo
bo‘lib, zulm va fasodga to‘lgan Yer yuzini tinchlik
va adolatga to‘ldiradi.

51.

Zaydiylar. Mazkur firqa asoschisi Zayd
ibn Ali Madinada tug‘ilgan (698–740). Zayd
ibn Ali ilm yo‘lida Basraga borib mo‘tazila,
qadariya, jahmiya va boshqa turli firqalar aqidalari
asoslarini o‘rgandi.
Zaydiylar e’tiqodiga ko‘ra:
– bir vaqtning o‘zida ikki o‘lkada ikki imomga
bay’at qilish joiz;
– imomlar begunoh emas;
– taqiya (sharoit og‘irlashgan paytda e’tiqodni sir
tutish) nojoiz;
– sahobalar haqida noloyiq so‘zlarni aytish mumkin
emas;
– Abu Bakr, Umar va Usmon (r.a.)lar ham
xalifalikka loyiq bo‘lganlar.

52.

Ja’fariya. Shialikning imomiya firqasidagi
imomlardan biri Abu Abdulloh Ja’far as–Sodiq
699 yil Madinada tug‘ilgan. U Imom Muhammad
ibn al–Boqirning o‘g‘li bo‘lib, ota tarafidan
nasabi Ali ibn Abi Tolibga, ona tarafidan
nasabi Abu Bakr as–Siddiqqa boradi.
Ja’fariya mazhabining sunniylik mazhablaridan farqli tomoni shundaki, ularda qiyos
bilan fatvo chiqarish usuli tan olinmaydi,
hadislardan faqatpayg‘ambar xonadonidan
bo‘lgan ahli bayt rivoyat qilganlarinigina qabul
qiladilar. Bundan tashqari ularda vaqtinchalik
nikoh – “mut’a” va taqiya halol deb hisoblanadi.

53.

Ismoiliya. Islomdagi shia oqimining
asosiy shahobcha-laridan biri bo‘lib, Islom
tarixida juda muhim o‘rin tutgan.
Ushbu firqa vakillari turli mamlakatlarda
“botiniya”, “sab’iya”, “qarmatiya”, “ta’limiya”
“mulhidiya” va hokazo nomlar bilan
atalganlar.

54.

Ismoiliya mafkurasi shakllanishining ilk
davrdayoq uning ikkiqirrasi “tashqi” – ekzoterik
(az–zohir) va “ichki” – ezoterik (al–batin)
namoyon bo‘ldi. “Tashqi” ta’limot o‘z ichiga
Barcha urf–odat va jamoaning oddiy a’zolariga
majburiy bo‘lgan shariatning huquqiy qonunlarini olgan edi. “Ismoiliya” ta’limotining bu
jihati imomiylar ta’limotidan kam farq kiladi.

55.

“Ismoiliya”ning “Ichki” ezoterik aqidasi
ikki qismdan iborat:
1.
“At–Ta’vil” – Qur’on va shariatni allegorik
tarzda sharhlash;
2. “Al–Haqoiq” – “maxfiy”, “oliy” haqiqat-
larni tafsir qilishga
Asoslangan falsafiy va ilohiy bilimlar tizimi.
Bu firqa vakillari Hindiston, Pokiston,
Arabiston yarim orolining janubi va boshqa
joylarda mavjud.

56.

Sunniylik (Ahli sunna val–jamoa) -bu islomda
izchil, sobitqadam yo‘nalish hisoblanadi.
Musulmonlarning juda ko‘pchilik qismi-92,5 foizi
sunniylikka e’tiqod qiladi. Qolgan 7,5 foizini shialar,
ibodiylar va xorijiylar tashkil qiladilar. Sunna arabcha
odat, an’ana, xatti-harakattarzi degan ma’nolarni
bildiradi. Sunniylik degan so‘z arabcha «Sunna»-
«muqaddas rivoyat», ya’ni Muhammad to‘g‘risidagi
Rivoyatlar va uning hadislari to‘plami degan tushunchadan olingan. Yana Sunna farzdan farqli ravishda
bajarilishi ixtiyoriy bo‘lgan ko‘rsatmalar,
amallaridir.

57.

Sunniylar ummaviylar sulolasidan bo‘lgan
xalifalarning oliy hokimiyatga bo‘lgan huquqini
tan olganlar. Sunniylikda Sunna Qur’ondan
keyingi asosiy muqaddas manba, hadislar
to‘plami deb qaraladi. U VII asr o‘rtalarida shakllana boshlagan. Unda xalifalikdagi sinfiy munosabatlar, ijtimoiy ziddiyatlar, islom mafkurasi
atrofidagi kurash o‘z ifodasini topgan.
Uni to‘plash, sharhlash va nashr qilishda
vatandoshlarimiz Ismoil Buxoriy, Imom atTermiziy asosiy rol o‘ynaganlar.

58.

Hanafiya (Imomi A’zam) mazhabi. Bunga
Abu Hanifa taxallusi Imomi A’zam-buyuk imom(699-767) asos solgan. Hanafiylar mahalliy
zodagon va hukmdorlar qabul qilgan nizom va
qonunlar, mahalliy urf-odatlarga tayangan odatiy
an’analar hamda mahalliy elatlarning urf-odati
asosida kelib chiqqan odat maqomiga keng
tayanishlari islomning ko‘chmanchilari orasida
ham tez tarqalishga olib kelgan. Chunki bular
o‘zlarining ibtidoiyurf-odatlarini hisobga olgan
islomni, xususan hanafiya mazhabini o‘zlariga
ma’qul topganlar.

59.

2. Shofi’iy mazhabi. Uning asoschisi imom
ash-Shofi’iy (767820) kuchli ilohiyotchi faqihlardan
biri bo‘lgan; Makkada yashagan, Yamanda
qozilik qilgan. 810 yildan Bog‘dodda o‘z ta’limotini
targ‘ib qilgan.
Uning «Kitob al-umm» to‘plami islom huquqini
an’anaviy tartib-qoidalar bilanbog‘lashga qaratilgan,
fiqh asoslariga to‘la tavsif berib, ijmo’dan
foydalanishga alohida e’tibor qilingan. Shofi’iya
mazhabining usuli hanafiya va molikiya usullarining
o‘zaro murosasiga tarafdorlik qilishga uringan
bo‘lsa hamki, asosan molikiyaga moyil edi.
Ular qiyosining qo‘llanishida muayyan
chegaraga yo‘l qo‘yardilar.

60.

Suriya va Misrda shakllangan bu mazhab
hozirgi vaqtda Indoneziya, Sharqiy Afrikaning
ba’zi mamlakatlarida, janubiy arab sultonliklari
musulmonlari orasida tarqalgan bo‘lib,
sunniylikdagi musulmonlarning 27 foizini
tashkil etadi.

61.

3. Molikiya maktabi. Asoschisi Molik ibn
Onas (713-795) «As’hob al-Hadis» (Hadis taraf
dorlari) oqimining yirik namoyandasi bo‘lib,
Muhammad davridagi diniy huquq tartibini
Yoqlab chiqqan. O‘zining «Al-Muvatto’»
(Ommaviy, Barchaga tushunarli) asarida
Qur’on va Sunnani aqlga asoslangan holda
talqin qilishga qarshi chiqqan.

62.

Bu mazhab tarafdorlari o‘zlarining nomo‘tadilligi bilan ajralib turardi. Ular hanafiylarga
nisbatan qiyosni qo‘llashda ancha chek
qo‘yishardi. Ammo o‘zlarining istisloh qoidalari
bilan hanafiyaning istihsoniga yaqin turardilar.
Hozirgi davrda Molikiya mazhabi Tunis, Jazoir,
Marokash, Liviya va boshqa mamlakatlarda
tarqalgan bo‘lib, sunniylikdagi musulmonlarning 17 foizini tashkil etadi.

63.

4. Hanbaliya mazhabi asoschisi imom Ahmad
ibn Hanbal ibn Xilol ibn Asad az-Zuxayliy
al-Shayboniy 780 yili Bog‘dodda tug‘ilib, shu
yerda 855 yil vafot etgan. Hadis to‘plash niyatida
Suriya, Hijoz Yaman, Kufa va Basraga ko‘p
sayohat qilgan va 40 mingdan ortiq hadisni jam
etgan oyati jildlik «Musnad al-ImomAhmad»
(Imom Ahmadni tayanchi) asarini yaratgan.

64.

Hanbaliya mazhabi tarafdorlari avvallari
faqatgina Qur’on va Sunnagagina tayanib, sha’riy
hukmlar chiqarsalar, keyinroq qiyos va ijmoni
qo‘llanishda ham ular tanho Muhammadning
safdoshlari bo‘lmishsahobalarning hamjihatligidan
kelib chiqqan hukmlarnigina inobatgaolar edilar.
Bunda ular tobe’iylarning ham, ulardan keyingi
e’tiborli diniy arboblarning ham fikrlarini tan
olmas edilar.

65.

5. Motrudiylik va ash’ariylik maktablari
Abu Mansur Muhammad ibn Muhammad
al-Moturidiy taxminan 870 yilda yoki undan
sal oldin tug‘ilgan, degan xulosalar mavjud.
U Samarqanddagi Moturid (yoki Moturit)
mahallasida tug‘ilgan. Al-Moturidiy Abu Bakr
Ahmad al-Juzjoniy, Abu Hacp Ahmad
al-Iyodiy kabi fiqh va kalom olimlaridan dars
olgan.

66.

5. Motrudiylik va ash’ariylik maktablari
Manbalarda Imom Moturidiyning o‘ndan ortiq
asarlari bo‘lgani haqida ma’lumotlar keltiriladi.
“Kitob at–tavhid”, “Kitob al–maqolot”, “Kitob radd
avoil al– adilla lil–Ka’biy”, “Kitob bayon vahm
al–mo‘tazila”, “Kitob radd tahzibi al–jadal lil–
Ka’biy”, “Radd kitob al–Ka’biy fi vaiyd al–fussoq”,
“Radd usul al–xamsa li– Abi Umar al–Boxiliy”,
“Radd kitob al–imoma li ba’zi ar– ravofiz”,
“Kitob radd ala al–qaromita” hamda usul al– fiqhga
oid “Ma’haz ash–sharoi’”, “al–Jadal” kabi asarlar
Shular jumlasidandir.

67.

5. Motrudiylik va ash’ariylik
maktablari.
67

68.

5. Motrudiylik va ash’ariylik maktablari
Motrudiya ta’limoti bugungi kunda ham jamiyat
hayotida, Yoshlar tarbiyasida muhim ahamiyatga
egadir. Jumladan, Prezident Sh.Mirziyoyev ta’kidla
ganidek, “X asrda Samarqandlik mutafakkir,
“Imom al Huda” (Hidoyat yo‘lining imomi) deb
Shuxrat qozongan Abu Mansur Motrudiy tomonidan
asos solingan Moturidiya ta’limoti butun islom
olamida keng tarqalgan.

69.

5. Motrudiylik va ash’ariylik maktablari
Moturidiya ta’limoti ilm egallash jarayonida
bag‘rikenglik g‘oyasi asosida inson aql-zakovatining o‘rni va ahamiyatiga yuksak e’tibor qaratadi.
Bu o‘z navbatida ushbu ta’limotningkeng omma
lashuvida muhim o‘rin tutgan. Bunday g‘oyalarga
bugungi kunda ham insoniyat katta ehtiyoj
sezmoqda.
Al-Moturidiy 333 hijriy 944-45 milodiy yil
Samarqandda vafot etgan bo‘lib, ulamolar
qo‘yiladigan Chokardiza qabristoniga dafn
etilgan.

70.

5. Motrudiylik va ash’ariylik maktablari
Ash’ariya. Ushbu ta’limotga basralik Abul Hasan
al– Ash’ariy (873–936) asos solgan. Ash’ariy
umrining yarmini asosan mo‘taziliyaga qarshi
kurashishga bag‘ishlagan bo‘lsada, dastlab uning
o‘zi mazkur ta’limot vakili bo‘lgan.
Mo‘taziliya ta’limotida Ash’ariyning ustozi Abu
Ali al–Jubboiy bo‘lgan.
Qirq yoshida u mo‘taziliya ta’limotidan voz
kechadi va Bag‘dodga ko‘chib umrining oxirigacha
o‘sha yerda yashagan.

71.

Motrudiylik va ash’ariylik maktablari
Moturidiya ta’limoti ilm egallash jarayonida bag‘rikenglik g‘oyasi asosida inson aql-zakovatining o‘rni
va ahamiyatiga yuksak e’tibor qaratadi. Bu o‘z
navbatida ushbu ta’limotningkeng ommalashuvida
muhim o‘rin tutgan. Bunday g‘oyalarga bugungi
kunda ham insoniyat katta ehtiyoj sezmoqda.
Al-Moturidiy 333 hijriy 944-45 milodiy yil
Samarqandda vafot etgan bo‘lib, ulamolar
qo‘yiladigan Chokardiza qabristoniga
etilgan.

72.

5. Motrudiylik va ash’ariylik maktablari
Abu Mansur Muhammad ibn Muhammad
al-Moturidiy taxminan 870 yilda yoki undan
sal oldin tug‘ilgan, degan xulosalar mavjud.
U Samarqanddagi Moturid (yoki Moturit)
mahallasida tug‘ilgan. Al-Moturidiy Abu Bakr
Ahmad al-Juzjoniy, Abu Hacp Ahmad
al-Iyodiy kabi fiqh va kalom olimlaridan dars
olgan.

73.

5. Motrudiylik va ash’ariylik maktablari
Moturidiya ta’limoti ilm egallash jarayonida
bag‘rikenglik g‘oyasi asosida inson aql-zakova-
tining o‘rni va ahamiyatiga yuksak e’tibor qaratadi.
Bu o‘z navbatida ushbu ta’limotning keng ommalashuvida muhim o‘rin tutgan. Bunday g‘oyalarga
bugungi kunda ham insoniyat katta ehtiyoj
sezmoqda.
Al-Moturidiy 333 hijriy 944-45 milodiy yil
Samarqandda vafot etgan bo‘lib, ulamolar
qo‘yiladigan Chokardiza qabristoniga dafn etilgan.

74.

5. Motrudiylik va ash’ariylik maktablari
Al-Ash’ariy al-Moturidiydan farqli o‘laroq,
bilish nazariyasi, olamning tuzilishi, Allohning
zoti va ta’siri, insonga taqdim etilgan xatti-harakat
masalalarida boshqacha mulohaza yuritgan.
Ash’ariya ilohiyoti o‘z nazariyasiga eng ifodali,
hatto aytish mumkinki, radikal ta’rif izlagan.
U kalomni va uning dalillash shakllarini yuksak
darajada biladi. Ammo al-Ash’ariy ulardan mohiyat
e’tibori bilan sunniy an’anaviychiligiga muvofiq
keluvchi fikrlarni himoya qilish maqsadida
foydalanadi.
.

75.

E’TIBORINGIZ UCHU RAHMAT.
75
English     Русский Правила