Похожие презентации:
Tarbiya fani o‘qituvchisining o‘quv-me’yoriy xujjatlari
1.
Tarbiya fani o‘qituvchisining o‘quv-me’yoriyxujjatlari
I-bob Tarbiya fanini o‘qitishning me’yoriy-xuquqiy asoslari
1.Maktabda “Tarbiya” fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy qilishning asosiy
talablari
2.Tarbiya fani konsepsiyasida belgilangan dolzarb masalalarni amalda qo‘llash
zarurati
3.O‘quvchi-yoshlarni
tarbiyalashda
me’yoriy
xujjatlarda aks
etgan
asosiy masalalar mazmuni
II-bob Tarbiya fanini o‘qitish jarayoniga qo‘yiladigan ana’naviy va
zamonaviy talablarning me’yoriy xujjatlar va qo‘llanmalarda aks etishi.
2.1. O‘quvchilar ahloqiy fazilatlarini shakllantirish masalasini me’yoriy xujjatlarda
ifodalanishi
2.2 Tarbiya fanini o‘qitish jarayonida ma’rifatparvar olimlarimizning bu boradagi
ma’naviy meroslarini o‘rganish
2.3. Milliy tarbiyaning ayrim metodlari va mezonlari
2.
Kirish“Tarbiya” arabcha “parvarish qilish”, “ta’lim berish”, “o‘rgatish”, “odob
o‘rgatish”, “navozish, mehribonlik ko‘rsatish”, “ko‘z-quloq bo‘lish”, “himoya
qilish”, “rahbarlik qilish”, “boshchilik qilish”, “yo‘naltirish” ma’nolarini anglatadi.
“Tarbiyachi” so‘zi esa shu ko‘pqirrali tarbiyaviy faoliyatni amalga oshiruvchidir.
Globallashuv jarayonlari tezlashib borayotgan xozirgi davrda o‘quvchi-yoshlarning
tarbiyasiga zamonaviy talablar asosida e’tibor qaratish, ularni milliy ruxda
tarbiyalash muhim vazifalardan biridir. Ana shu jihatlarni inobatga olgan holda
davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevning taklifiga asosan joriy etilgan “Tarbiya”
fani Vazirlar Mahkamasining va Xalq ta’limi vazirligining qator me’yoriy xujjatlari
bilan mustahkamlandi. Bitiruv malaka ishida ana shu me’yoriy xujjatlarning
mazmuni va unda belgilangan masalalar, milliy tarbiyani amalga oshirishning
o‘ziga xos talablari hamda dars jarayonida e’tibor qaratish lozim bo‘lgan amaliy
tavsiyalar o‘z ifodasini topgan.
Bugungi kun yoshlarini tarbiyalashda ularga milliy ruhiyatni, milliy
mentalitetimizga xos ezgu jihatlarni singdirish muhim vazifalardan xisoblanadi.
Milliy tarbiya deganda yosh avlodni o‘z xalqiga xos milliy fazilatlar namunasida
shakllantirish, ta’lim berish deganidir. Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev
tarbiya xususida fikr yuritib, jumladan, shunday ta’kidladilar: “Xalq bilan muloqot
va inson manfaatlari yili” dasturidan yoshlarimizni sog‘lom va barkamol etib
tarbiyalash masalasi alohida o‘rin egallashi tabiiydir.
Bu borada farzanddlarimiz uchun zarur shart-sharoit yaratish, yangi-yangi
ta’lim-tarbiya, madaniyat, san’at va sport maskanlarini barpo etish, yosh
oilalar uchun uy-joylar qurish, yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularni tadbirkorlik
sohasiga keng jalb etish bo‘yicha boshlagan ishlarimizni yangi, yuksak bosqichga
ko‘taramiz. Biz ta’lim va tarbiya tizimining barcha bo‘g‘inlari faoliyatini bugungi
zamon talablari asosida takomillashtirishni o‘zimizning birinchi darajali vazifamiz
deb bilamiz”1. Demak, ta’lim va tarbiya bugunning eng muhim ishi bo‘libgina
1 Mirziyoev
Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining
garovi. –T.: O‘zbekiston, 2017. –B. 22.
3.
qolmasdan, kelajak uchun qo‘yilgan sarmoya hamdir. Eng muhimi, bu masalayurtimizda davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan.
Ko‘rinib turganidek, tarbiyadan maqsad insonlarni muayyan maqsad sari
yo‘naltirishdir. Ijtimoiy hayotlagi har bir odam, axloq-odobning barcha
unsurlari tarbiyalanadi, shu orqali rivojlantiriladi. Sharqona tarbiya insonning
butun umri davomida o‘rganishini talab qiladi. Masalan, go‘dakni ota va onasi,
o‘quvchini ustozlari, er va xotin bir-birini, boboyu momolar nabiralarini va
aksincha nevaralari ularni tarbiya qiladi. Insonni “odamlar ko‘zi” ham tarbiyalashi
mumkin. Tarbiya qanchalik uzoq davom etsa va qanchalik milliy, qadriyatlarga,
azaliy urf-odatlarga mos bo‘lsa, shunchalik natijador, insoniy bo‘ladi. aksincha
bo‘lsa,
vayronkor
tarbiya
bo‘lib,
tarbiyalanuvchini
adashtiradi.
Demak,
yaxshilikning, ezgulikning ustozi bo‘lganidek, yomonlikning, vayronkorlikning
ham tarbiyachisi bor.
Bitiruv malaka ishida “Tarbiya” fani o‘qituvchisi va boshqa mutasaddilar
tomonidan tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda, tarbiya darslarini zamon talablari
asosida o‘tishda, bu yo‘nalishdagi ishlarni amaliy jihatdan shakllantirishda rioya
qilinishi kerak bo‘lgan o‘quv-me’yoriy hujjatlar mazmuni aks ettirilayotgan
masalalarning normativ-xuquqiy jihatlari aks ettirilgan.
I-bob Tarbiya fanini o‘qitishning me’yoriy-xuquqiy asoslari
1.1. Maktabda “Tarbiya” fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy
qilishning asosiy talablari.
4.
-Umumiy
o‘rta
ta’lim
muassasalari
o‘quvchilarining
yoshi
va
psixofiziologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ularning ongiga umuminsoniy
qadriyatlar va yuksak ma’naviyatni yanada chuqur singdirish, ularni vatanparvarlik
va insonparvarlik ruhida tarbiyalash, umumiy o‘rta ta’lim muassasalaridagi
ma’naviy-tarbiyaviy ishlarni yangicha asosda tashkil etish masalalari Vazirlar
Mahkamasi tomonidan qabul qilingan qarorda o‘z ifodasini topdi. Qarorga asosan
quyidagi ishlarni amalga oshirish belgilab olindi:
- Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida «Odobnoma», «Vatan tuyg‘usi»,
«Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari» hamda «Dunyo dinlari
tarixi»
fanlarini birlashtirgan holda yagona «Tarbiya» fani 1 — 9-sinflarda — 2020/2021
o‘quv yilidan, 10 — 11-sinflarda esa — 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab fanlarga
ajratilgan umumiy soatlar doirasida bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish;
-
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun «Tarbiya» fanidan
darsliklar va o‘quv-metodik majmualarning yaratilishini muvofiqlashtiruvchi
ishchi guruh tarkibini shakllantirish;
-
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun «Tarbiya» fanidan
darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni yaratish bo‘yicha tuzuvchilar guruhi
tarkibini shakllantirish;
-
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun «Tarbiya» fani
konsepsiyasi shakllantirildi.
Qarorga asosan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi
tomonidan quyidagi ishlarni amalga oshirish belgilandi:
- «Tarbiya» fani bo‘yicha umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartini va
o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
-
2020 yil 10 iyulga qadar 2020/2021 o‘quv yiliga umumiy o‘rta ta’lim
muassasalarining 1 — 9-sinflari uchun hamda 1 dekabrga qadar 2021/2022 o‘quv
yiliga 10 — 11-sinflar uchun mo‘ljallangan «Tarbiya» fani bo‘yicha darsliklar va
o‘quv-metodik majmualarga buyurtmalarni shakllantirish;
-
2020 yil 15 iyulga qadar 1 — 9-sinflar hamda 2021 yil 1 mayga qadar 10
— 11-sinflar uchun mo‘ljallangan «Tarbiya» fani bo‘yicha darsliklar va o‘quvmetodik
5.
majmualarni chop etish bo‘yicha istisno tariqasida deklaratsiya qilingan narxlarasosida davlat va xususiy nashriyot-matbaa tashkilotlari bilan shartnomalar tuzish;
-
«Tarbiya» fanidan darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni yangi
o‘quv yili boshlangunga qadar chop etishni tashkil etish va ularning joylarga
yetkazilishini ta’minlash;
-
2020 yil iyulь oyidan boshlab yangi o‘quv yili boshlangunga qadar
«Tarbiya» fani bo‘yicha tayyorlangan o‘quv dasturlari va darsliklar asosida
umumta’lim maktablaridagi «Boshlang‘ich ta’lim», «Milliy g‘oya va huquq»,
«Tarix» va «Dinshunoslik» mutaxassisligiga ega fan o‘qituvchilari uchun xalq
ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy
markazlarida «Tarbiya» fanidan onlayn shaklda maqsadli malaka oshirish
kurslarini tashkil etish;
-
Malaka oshirish kurslari davomida «Tarbiya» fanidan tayyorlangan
darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni tajriba-sinovdan o‘tkazish;
-
«Tarbiya» fanidan darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni nashrga
tayyorlash va chop etish (darsliklarni nashrga tayyorlash, chop etish va yetkazib
berish, tuzuvchilarga haq to‘lash) bilan bog‘liq xarajatlar darslik va o‘quv-metodik
majmualarning umumiy narxiga kiritilishi belgilandi.
Shuningdek, «Tarbiya» fanidan darsliklar va o‘quv majmualarini xarid
qilish va yetkazib berish xarajatlari quyidagicha amalga oshirilishi belgilandi:
-
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 1-sinf, Mehribonlik uylari,
jismoniy yoki
ruhiy
rivojlanishida
nuqsoni
bo‘lgan
bolalar
uchun
ixtisoslashtirilgan
maktablar va maktab-internatlari o‘quvchilarini, ijtimoiy yordamga muhtoj
oilalar farzandlarini hamda o‘qituvchilar uchun «Tarbiya» fanidan darsliklar,
mulьtimedia
ilovalari va o‘quv-metodik majmualar nashr etilishi, shuningdek, ijara
asosida
darsliklar bilan birlamchi ta’minlash — O‘zbekiston Respublikasining
respublika budjeti mablag‘lari hisobidan;
-
o‘quvchilarni
O‘zbekiston Respublikasi
ijara
Xalq
asosida
ta’limi
darsliklar
vazirligi
bilan
ta’minlash
huzuridagi
maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadigan bo‘ldi.
—
Respublika
6.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, VazirlarMahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Xalq ta’limi vazirligi
tomonidan quyidagi ishlar amalga oshirilishi belgilandi:
-
2020 — 2023 yillarda respublika oliy ta’lim muassasalarining «Boshlang‘ich
ta’lim»,
«Tarix» (mamlakatlar va
mintaqalar bo‘yicha), «Tarix o‘qitish
metodikasi»,
«Filologiya va tillarni o‘qitish: O‘zbek tili», «O‘zbek tili va adabiyoti»,
«Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi», «Pedagogika va
psixologiya»,
«Dinshunoslik» va Islomshunoslik (Islom tarixi va manbashunosligi)»,
«Psixologiya
bitiruvchilariga
(Din
sotsiopsixologiyasi)»
ta’lim
yo‘nalishlari
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida «Tarbiya» fanini o‘qitish huquqi berilishi
yuzasidan zarur choralarni ko‘rsin va mazkur ta’lim yo‘nalishlari o‘quv rejalariga
2020/2021 o‘quv yilidan boshlab tegishli o‘zgartirishlar kiritish;
-
iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda bir
oy muddatda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida «Tarbiya» fanini o‘qitish uchun
kadrlar tayyorlanadigan yangi ta’lim yo‘nalishi yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga
asoslangan takliflarni kirish topshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi boshqa manfaatdor
vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy
hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirishi belgilandi.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Tarbiya” fani 1-9-sinflarda haftasiga 1
soatdan, o‘quv yili davomida esa 34 soat o‘qitiladi. Shuningdek, o‘qituvchilar
uchun “Tarbiya” fani bo‘yicha darslarni tashkil qilish yuzasidan zamonaviy
yondashuvlar o‘rin olgan uslubiy qo‘llanma ishlab chiqildi. “Tarbiya” fanini
o‘qitish texnologiyasi” nomli qo‘llanma nashrga tayyorlandi. “Tarbiya” fani
bo‘yicha o‘quv-uslubiy ta’minotning axborot platformasini yaratish maqsadida
internet tarmog‘ining www.tarbiyam.uz domenida fanga doir ma’lumotlar va
vazifalari bayon etilgan o‘qituvchiga uslubiy yordam ko‘rsatuvchi ma’lumotlar
bazasi yaratildi.
Bu
platformada
o‘qituvchilar
uchun
“Tarbiya”
fanining
maqsad- vazifalarini ochib beruvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar – fan konsepsiyasi,
Davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturi, uslubiy tavsiyalar, taqvim-rejalar, fanni
7.
doir texnologiyalar, dars ishlanmalari, qo‘shimcha manbalar joylashtirilmoqda.Shuningdek, platformada o‘quvchilar va ota-onalar uchun maxsus ruknlar ham
mavjud.“Tarbiya”
fanining
1-9-sinflarga
mo‘ljallangan
darsliklari
yaratilib, undagi mavzularga oid 21 ta videoroliklar darsliklarga QR-kod bilan
kiritildi.
Mazkur darsliklarda yoshlarni fikrlashga o‘rgatadigan, ularni milliy
qadriyatlarimizga sodiq, vatanparvar etib tarbiyalashga xizmat qiladigan
zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishga qay darajada e’tibor
qaratilgan?
“Tarbiya” fanining o‘quv dasturi va darsliklarida vatanparvarlik,
tadbirkorlik,
irodalilik,
mas’uliyatlilik, bag‘rikenglik,
mehnatsevarlik
mafkuraviy
huquqiy
immunitet,
madaniyat,
mehr-oqibatlilik,
innovatsion
fikrlash,
kabi ko‘nikmalarni shakllantirishga alohida urg‘u berilgan.
Xususan, bunda milliy an’analar, ulug‘ allomalarning xayot va yo‘llari, asarlari,
zamondosh
qahramonlarning
faoliyati
ibrat
sifatida
keng
foydalanilgan.
Mavzularni o‘qitishda bugun jahon miqyosida ommalashgan “Loyiha asosida
o‘qitish”, “Qiziqishlar asosida ta’lim berish”, “Art-fest”, “Namuna ko‘rsatish”,
“Misollar orqali o‘qitish”, “Vaziyatlarni tahlil qilish” kabi ta’lim berishning ilg‘or
texnologiya va uslublari qo‘llanilgan.
Ta’lim muassasalarida o‘quvchilar orasida sog‘lom turmush tarzini
shakllantirish, badantarbiya mashg‘ulotlari va shaxsiy gigiena qoidalariga rioya
qilinishini kundalik turmush tarziga singdirish, sog‘lom va to‘g‘ri
ovqatlanishni targ‘ib etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ham ushbu
darslikda qamrab
olinmoqda.
Xalq ta’limi tizimidagi 10 008 ta umumiy o‘rta ta’lim muassasasida 6
mln.
236 ming nafar o‘quvchi tahsil oladi. Bugungi kun o‘quvchi-yoshlarni har
tomonlama yetuk va barkamol bo‘lib ulg‘ayishlarini nazarda tutib, vazirlikda
maktab o‘quvchilarining sog‘lom ovqalanishini tashkil etishni yanada
Sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish va tibbiy xizmat ko‘rsatishni
takomillashtirish, belgilangan sanitariya qoidalari, me’yorlari va gigiena
muvofiqlashtirish sho‘basi tashkil etilgan. Sho‘ba tomonidan umumiy o‘rta ta’lim
8.
normativlari talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, maktab oshxonasini sifatlioziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash va taomlar sifatini yaxshilashga alohida
e’tibor qaratilmoqda.
Xalq ta’limi
tizimidagi
umumta’lim maktablarining 7 672 tasida sport zal,
26 584 ta (basketbol, voleybol, futbol, gandbol, mini-futbol) sport maydonchalari
va tennis kortlari mavjud. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim
tashabbus doirasida respublikadagi umumta’lim maktablarida tashkil etilgan
tasviriy san’at, musiqa, sport, axborot texnologiyalari, qizlarga kasb o‘rgatish
yo‘nalishidagi to‘garaklari va kitobxonlik klublari tashkil etilib, ularga jami 3,9
mln. nafar o‘quvchilar jalb etilgan.
Tarbiya fanidan qaysi fan o‘qituvchilari dars o‘tishi mumkinligi ham belgilab
olindi.
Tarbiya fanini boshlang‘ich ta’lim, milliy g‘oya va huquq, tarix hamda
dinshunoslik mutaxassisligiga ega fan o‘qituvchilari o‘qitishi mumkin. AOKAda
o‘tkazilgan onlayn brifingda Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati rahbari Laylo
Rustamova o‘quv dasturiga kiritilayotgan yangi tarbiya fanidan qaysi fan
o‘qituvchilari
dars berishi mumkinligi
haqida ma’lumot
berdi. Vazirlik
rasmiysining qayd etishicha, tarbiya fanini boshlang‘ich ta’lim, milliy g‘oya va
huquq, tarix, dinshunoslik mutaxassisligiga ega fan o‘qituvchilari o‘qitishi
mumkinligi aytib o‘tilgan. «Bugungi kunda ushbu fan o‘qituvchilarining
malakasini oshirish, qayta tayyorlash bo‘yicha onlayn kurslar tashkil etilmoqda»
Shuningdek, axborot xizmati rahbari ayni paytda maktablarda yangi
o‘quv
yiliga tayyorgarlik olib borilayotgani, 1-sinfga qabul ishlari amalga
oshirilayotgani
haqida to‘xtalib o‘tilgan.
«Shuning uchun bu vaziyatda mehnat ta’tili
tugagan o‘qituvchilar ish beruvchi bilan kelishuvga erisha olsa, masofadan turib,
agar maktabga borib ishlashlariga to‘g‘ri kelsa, unda karantin qoidalariga amal
qilgan holda ish joyida faoliyatini davom ettirishi mumkin»ligi aytilgan.
Tarbiyaviy ishlarning maqsadi, vazifalari va tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda
sinf rahbarining o‘rni
9.
Ma’nan yetuk, o‘z nuqtai-nazariga ega, milliy, umumbashariy qadriyatlargasadoqatli, zamonaviy avlodni tarbiyalash.
Milliy tarbiya mazmunini eng yaxshi o‘zbek oilalarida amal qilingan va amal
qilinib kelinayotgan tarbiya mazmuni va mustaqillik sharoitida davlat,
jamiyat maktab tarbiyasiga qo‘ygan talablardan mujassamlangan fazilatlar hosil
qilish bilan ham belgilanadi. Muayyan fazilatlarning izchil, turli vaziyatlarda, turli
vositalar yordamida singdirilib, tuzatilib, takomillashtirilib borilishi pirovard
natijada davlat va jamiyat, oila, mahalla, maktab uchun namunaviy o‘quvchi,
o‘g‘il-qiz axloqini hosil qilish muhim vazifalardan hisoblanadi. Ana shu nuqtainazardan kelib chiqqan holda milliy davlatchiligimiz, xalqimiz tarixi, hoziri,
istiqloli va istiqboli talablarini umumlashtirgan holda hozir o‘quvchilarimizda
shakllantirilishi dolzarb ahamiyat kasb etayotgan fazilatlar tasnifini tuzish muhim
vazifalardan biridir. Barcha insoniy fazilatlar kabi mazkur fazilatlar ham ratsional,
emotsional va faoliyatga asoslangan tarkibiy qismlar uyg‘unligiga tayanishi kerak.
Shu tufayli oila, maktab, mahalla, maktabdan tashqari muassasalarning izchil,
amaliy hamkorligi bu fazilatlarni maxsus shakllantirishning barqaror surat va
sifatini ta’minlanishiga erishish muhim ahamiyatga egadir.
1.2 Tarbiya fani konsepsiyasida belgilangan dolzarb masalalarni amalda
qo‘llash zarurati.
Bugungi globallashuv jarayonlari, fan-texnika taraqqiyoti, innovatsion
jamiyatga bo‘lgan ehtiyoj yoshlar uchun ko‘plab imkoniyatlar yaratmoqda.
Ular oldiga tezkor qarorlar qabul qilish, innovatsion tafakkurni shakllantirish,
intellektual
10.
salohiyatni oshirish bilan birga milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqbo‘lishdek hayotiy talablarni qo‘ymoqda.
Shu bois, O‘zbekiston Respublikasida «Tarbiya» fani konsepsiyasi mazkur
fanni davlatning ta’lim-tarbiya sohasidagi siyosatini amalga oshirishda
mavjud bo‘lgan dolzarb muammolarni hal etishga yo‘naltiriladi. Konsepsiya yosh
avlod tarbiyasidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan ustuvor
vazifalar, asosiy maqsad va yo‘nalishlarni belgilab beradi.
Shuningdek, Konsepsiyada belgilangan yo‘nalishlar mamlakat yoshlarini
ma’nan va jismonan barkamol qilib tarbiyalash, iqtidori va salohiyatini ro‘yobga
chiqarish, ularni davlat va jamiyatning rivojiga keng jalb etish, tashabbuslarini
yetarli darajada qo‘llab-quvvatlash maqsadida huquqiy asoslar, iqtisodiy
imkoniyatlar va tashkiliy mexanizmlarni yanada kengaytirishga xizmat qiladi.
Mazkur
Konsepsiya
O‘zbekiston
Respublikasining
Konstitutsiyasi,
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi, «Yoshlarga oid davlat
siyosati to‘g‘risida»gi qonunlari, xalqaro huquqning umume’tirof etilgan hujjatlari,
xususan
«Bola
huquqlari
to‘g‘risida»gi,
«Bola
huquqlarining
kafolatlari
to‘g‘risida»gi konvensiyalar, Birlashgan Millatlar Tashkilotining «Yoshlar-2030»
strategiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasining ta’lim to‘g‘risidagi qonunchilik
hujjatlariga asoslanadi.
Konsepsiyada
belgilangan
vazifalar
O‘zbekiston
Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi
talablari, Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi, milliy va jahondagi ilg‘or
tajribalar, mamlakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar bilan uyg‘un ravishda
amalga oshiriladi.
Konsepsiya umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarning yoshiga mos
ma’naviy
rivojlanishini
ta’minlash
va
faol
fuqarolik
kompetensiyalarini
shakllantirish maqsadida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘qitilayotgan «Milliy
istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» turkumiga kiruvchi fanlar
«Odobnoma», «Vatan tuyg‘usi», «Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat
asoslari»,
«Ma’naviyat asoslari», «Dunyo dinlari tarixi» fanlarini birlashtirgan yagona
Tarbiya
11.
fanining asosiy yo‘nalishlarini belgilabberadi. Shu maqsadda, Xitoy Xalq
Respublikasi, Singapur, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Avstraliya, Germaniya,
Buyuk Britaniya, Fransiya va Rossiya Federatsiyasi kabi davlatlarning tajribalari
o‘rganildi, amaldagi fanlarning o‘quv dasturlari har tomonlama qiyosiy tahlil
qilindi. Konsepsiya asosida yaratilgan dastur amaldagi Sog‘lom avlod asoslari,
Salomatlik, Yo‘l harakati qoidalari, Hayot xavfsizligi asoslari, Salomatlik darslari,
Huquqiy tarbiya, Ekologik tarbiya, Media madaniyati, Iqtisod va soliq saboqlari
kabi bir qancha fakulьtativ o‘quv kurslari dasturlarini birlashtiradi.
Konsepsiya umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlarida
belgilangan talablarning (keyingi o‘rinlarda — Malaka talablari) negizi
hisoblanadi. Konsepsiya
«Tarbiya» fanini o‘rganish bosqichlari, o‘quv fani bo‘yicha ta’lim mazmuni
va
malaka talablarining tuzilishini belgilaydi.
Konsepsiyaning dolzarbligi va zarurati
Bugungi kunda rivojlangan davlatlarda yoshlar bilan ishlashning yangicha
modellarini
yaratishda
innovatsion
mexanizm
va
texnologiyalarni
qo‘llashga doir ko‘plab amaliy ishlar qilinmoqda.
Shiddat bilan o‘zgarayotgan dunyoda o‘quvchi-yoshlarni muvaffaqiyatli
ijtimoiy hayotga tayyorlashda mas’uliyat, majburiyat, huquqiy ong va huquqiy
madaniyat, teran dunyoqarash, sog‘lom e’tiqodlilik, ma’rifatlilik, diniy va milliy
bag‘rikenglik, ma’naviy, fuqaroviy, madaniyatlararo, ijtimoiy kabi fazilatlarni
shakllantirish kun tartibidagi asosiy masalalarga aylanib bormoqda.
Shu bois yoshlar tarbiyasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan «Milliy istiqlol
g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» turkumiga kiruvchi fanlarni
o‘qitish ta’lim jarayoniga yangicha yondashuvni taqozo etmoqda. Jumladan,
yoshlar tarbiyasida dunyoda yuz berayotgan murakkab geosiyosiy va mafkuraviy
jarayonlarga to‘g‘ri baho bera olish, ijtimoiy muammolarni hal etishda to‘g‘ri qaror
qabul qilish, hayotda o‘z o‘rnini topish bilan bog‘liq bo‘lgan aniq maqsadlarni
shakllantira olishga o‘rgatish, buning natijasi o‘laroq, oila-jamiyat o‘rtasidagi
munosabatlarning uzilib qolishining oldini olish, loqaydlik, huquqbuzarlik,
«ommaviy madaniyat»ning turli ko‘rinishlaridan saqlash imkoni yaratiladi.
12.
Bu, o‘z o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasini siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy vamadaniy-ma’naviy rivojlantirishning muhim omili bo‘lgan yoshlar tarbiyasi
O‘zbekiston Respublikasi
shaxsan
darajasiga
Prezidentining
davlat ko‘tarilganini
tashabbuskorligida
inobatga
olib,
siyosati
prinsipial
ushbu yo‘nalishdagi
yondashuvlarni takomillashtirish,
strategik maqsad va vazifalarning konseptual
asoslarini ishlab chiqish zaruratini talab qildi.
Konsepsiyani joriy etishning asos va prinsiplari quyidagi masalalarni qamrab
oladi:
Konsepsiyada
belgilangan vazifalar
ijrosini
ta’minlashdagi
asosiy prinsiplar quyidagilar hisoblanadi:
- milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi;
- ongli vatanparvarlik ruhini rivojlantirish;
- sohadagi zamonaviy ilmiy-tadqiqotlarga asoslanish;
- ochiqlik va shaffoflik;
- tarbiya sohasiga oid tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish;
- tarbiya sohasiga doir siyosatni amalga oshirishda ishtirok etuvchi davlat
organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, xususiy sektor faoliyatining muvofiqligi
va mutanosibligi.
Konsepsiyaning xuquqiy asoslari quyidagilar xisoblanadi:
Konsepsiyani amalga oshirish orqali shaxs tarbiyasida milliy normativhuquqiy
bazani
mamlakatda
amalga
oshirilayotgan
islohotlarga
muvofiq shakllantirish;
vazirliklar va idoralar, muassasalar, davlat hamda nodavlat korxona va
tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi
fuqarolari «Tarbiya» fani konsepsiyasining amalga oshirish tizimini tashkil etadi.
Tashkiliy-boshqaruv asoslari:
Konsepsiyani amalga oshirishning kompleks chora-tadbirlar rejasi hamda
tegishli vazirlik va idoralarning qo‘shma qarorlarni ishlab chiqish;
ilg‘or pedagogik tajribalarni aniqlash, o‘rganish va ularni ommalashtirish,
rag‘batlantirishni tashkil etish;
13.
«Tarbiya» fani konsepsiyasining samaradorligini monitoring qilish.Ilmiy-metodik asoslari:
shaxsning ijtimoiylashuvi va tarbiyasiga oid ilmiy-tadqiqot izlanishlarini
amalga oshirilishini ta’minlash;
«Tarbiya» fani malaka talablari, o‘quv dasturlari va o‘quv rejalarini
shakllantirish;
«Tarbiya» fani darsliklarini yaratishda samarali tarbiya texnologiyalarini
joriy etish;
«Tarbiya»fani
amaliyotga
o‘quv-metodik
majmuasini yaratish
va
yo‘naltirish;
davlat ta’lim standartlari talablari asosida o‘quvchilar tomonidan odobaxloq,
bilim,
ko‘nikma
va
malaka
hamda
to‘liq
kompetensiyalarning
o‘zlashtirilishiga erishish;
o‘quvchilarda mustaqil va erkin fikrlashni hamda ularning
ijodiy
qobiliyatlarini rivojlantirish;
o‘quvchilarda
ilmiy
dunyoqarash
va
global
tafakkur
yuritish
kompetentligini shakllantirish;
umumta’lim fanlarini o‘qitishning prinsipial yangi metodologiyasi asosida
ta’lim-tarbiyaning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash.
Fanning tarkibi, mazmuni, o‘quv-metodik ta’minoti:
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida Tarbiya fanini o‘qitish talablari quyidagi
bosqichlarda ishlab chiqilishi zarur:
boshlang‘ich sinf (A2), to‘qqizinchi sinf (A2+), o‘n birinchi sinf (V1)
bitiruvchisiga qo‘yiladigan minimal malaka talablari, kompetensiyalar, baholash
tartibi va o‘quv dasturlari. Har bir bosqich ma’naviy-axloqiy, tafakkur, huquqiy,
fuqaroviy, iqtisodiy, jismoniy, ekologik, estetik tarbiya turlarini o‘z ichiga olishi
lozim;
har bir bosqichda o‘quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarni
hurmat qilish ruhida tarbiyalash;
14.
o‘quvchilar tarbiyasida oilaning maktab bilan o‘zaro samarali hamkorliginimustahkamlash, ota-onalarga, boshqa millat va madaniyat vakillariga bo‘lgan
hurmatni umuminsoniy tamoyildan kelib chiqib shakllantirishni qo‘llabquvvatlash; bola
huquqlarini himoya
qilish va
ularning
qonuniy
manfaatlarini
ta’minlash;
uzluksiz ta’lim tizimiga «Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari»
tamoyiliga asoslangan milliy qadriyatlarni singdirish;
o‘quvchilarni
har
tomonlama,
jismoniy,
ruhiy,
ma’naviy-axloqiy
rivojlantirish orqali ijtimoiy hayotga moslashtirish va turli murakkab vaziyatlarda
to‘g‘ri qaror qabul qilishga o‘rgatish;
bolada faol fuqarolik pozitsiyalarini shakllantirish;
dunyo dinlarining ko‘p asrlar davomida avloddan avlodga o‘tib kelayotgan
ma’naviy qadriyat ekanini tushuntirish bilan bir qatorda, hech bir dunyo dinida
zo‘ravonlik, terrorizm va ekstremizm g‘oyalari targ‘ib etilmasligini tushuntirish;
shaxs faoliyatida ijtimoiy-ma’rifiy institutlar bilan hamkorlikni
kuchaytirish; ma’naviy-axloqiy jihatdan muammosi bor yoki tarbiyasida
bo‘shliqlar mavjud bo‘lgan yoki notinch oila farzandlari, jinoyatchilikka moyil
bo‘lgan yoki profilaktik ro‘yxatda turadigan yoshlar bilan individual tarzda ishlash
tizimini
takomillashtirish.
O‘quv-metodik majmuaga qo‘yiladigan talablar:
O‘quv-metodik majmuaning yangi avlodini ishlab chiqish prinsiplari
hamda ularning mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablar:
o‘quvchilarda tayanch kompetensiyalarni shakllantirish;
«Milliy
mazmun
tiklanishdan —
milliy yuksalish
sari» prinsipi
va mohiyatini o‘quvchilarning ongu tafakkuriga singdirish;
o‘quvchilarni muvaffaqiyatli ijtimoiy hayotga tayyorlash; faol
fuqarolik pozitsiyalarini mustahkamlash;
15.
mas’uliyat, majburiyat, huquqiy ong va huquqiy madaniyat, terandunyoqarash,
sog‘lom e’tiqodlilik, teran ma’rifatlilik, bag‘rikenglik kabi
fazilatlarni shakllantirish vazifalarini belgilaydi.
Tarbiya fani o‘quvchilarda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish,
ularning har tomonlama ijtimoiylashuviga ko‘maklashish, samarali hamkorlik
qilish, vaqtini mazmunli tashkil etish, milliy, ma’naviy va umuminsoniy
qadriyatlarni hurmat qilish, o‘zlarining intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga
chiqarishga xizmat qiladi.
Shu bilan birga, yoshlar o‘rtasida uchrayotgan salbiy holatlarning asl
sabablarini aniqlash va oldini olish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni keskin
kamaytirishga qaratilgan quyidagi profilaktik ishlar natijadorligini oshirishga
zamin yaratadi:
o‘quvchilarda milliy g‘urur va iftixor, moddiy va ma’naviy merosni asrabavaylashga qaratilgan insonparvarlik tuyg‘usini tarkib toptirish;
davlat ta’lim standartlari talablari asosida o‘quvchilar tomonidan bilim va
hayotiy ko‘nikmalarning to‘liq o‘zlashtirilishiga erishish;
o‘quvchilarda
ularning
mustaqil
va
erkin fikrlashni
hamda
ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish;
yangi avlod o‘quv-metodik majmualarini yaratish va amaliyotga
joriy etish; umumta’lim fanlarining o‘qitish metodologiyasini
takomillashtirish asosida
ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish.
O‘quv-metodik majmuani ishlab chiqish prinsiplari:
mazkur fan bo‘yicha o‘quvchilarga sifatli bilim berish, ularni to‘g‘ri tarbiya
yo‘liga yo‘naltirish, zarur bilim va hayotiy ko‘nikmalarga ega bo‘lishlariga,
mustaqil hayotga moslashishlariga ko‘mak ko‘rsatish, turli vaziyatlarda huquqiy,
ma’naviy mezonlarga asoslangan holda qaror qabul qilish ko‘nikmalarini
shakllantirishga qaratilgan estetik jihatdan zamonaviy bezatilgan, qiziqarli va
psixologik-pedagogik materiallarga boy quyidagi o‘quv-metodik majmualar
kompleksini talab qiladi:
16.
o‘quv-metodikmajmua
ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy
prinsiplari asosida yaratilganligi;
o‘quvchilarning aqliy va jismoniy imkoniyatlari, yoshi, psixofiziologik
xususiyatlari, bilim darajasi, qiziqishlari, layoqatlari hisobga olinganligi;
o‘quvchilarda vatanparvarlik va milliy iftixor tuyg‘usini shakllantirishga
qaratilganligi;
umumiy o‘rta ta’limining zarur hajmi berilganligi, o‘quvchilarda mustaqil
ijodiy
fikrlash,
tashkilotchilik
qobiliyati
va
amaliy
tajribako‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilganligi;
mavzularning mazmunan izchilligi, ilg‘or pedagogik texnologiyalar, mediamahsulotlardan unumli foydalanilganligi.
Darslikka qo‘yiladigan didaktik talablar:
o‘quvchilar
tomonidan o‘quv materiallarining
to‘liq
o‘zlashtirilishini ta’minlash;
matnlar axborot berishga emas, balki o‘quv fani mazmun-mohiyatining
o‘quvchilar tomonidan anglash va hayotga tatbiq qilish maqsadlariga xizmat
qilishi;
qiziqarli, lo‘nda va hamma uchun qulay va tabaqalashtirilgan
bo‘lishi; ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, vatanparvarlik va millatlararo
totuvlik
talablariga javob berishi, aniq dalillarga asoslangan materiallardan tarkib
topishi;
ta’limning
ta’minlashga,
kundalik
olingan
hayot
bilimlarni
va
amaliyot
amaliyotda
o‘rtasidagi
qo‘llay
bog‘liqligini
olish
iqtidori
shakllantirilishiga, boshqa o‘quv fanlari bilan uzviy bog‘liqlikni ta’minlashga
yo‘naltirilgan bo‘lishi;
rasmlar ko‘rinishidagi illustrasiyalar: xaritalar, chizmalar, sxemalar,
jadvallar, diagrammalar, fotosuratlar, infografikalardan iborat mediamahsulotlar
bilan bezatilgan bo‘lishi;
o‘quvchilar psixo-fiziologik rivojlanish darajasiga mos yangi tushunchalar,
atamalar, qoidalar, ta’riflar va shu kabi lug‘at ko‘rinishida ifodalangan bo‘lishi
lozim.
Darslikka qo‘yiladigan ilmiy-metodik talablar:
17.
o‘quv fani mavzularining mazmunan yaxlitligi ta’minlangan bo‘lishi;o‘quv fani mavzulari adabiy til qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda oddiy,
sodda, tushunarli va ravon tilda bayon qilinishi;
mantiqiy ketma-ketlik va izchillikka amal qilinishi;
O‘zbekiston xalqining mentalitetiga zid bo‘lmagan tegishli illustrasiyalar
bilan boyitilishi;
savol va topshiriqlarning aniq ifodalangan bo‘lishi;
o‘quvchilarni
fikrlashga,
yozishga,
tasvirlashga,
chizma
chizishga,
hisoblashga, amaliy ishlarni bajarishga, tajribalar o‘tkazishga o‘rgatishda
pedagogik texnologiyalardan foydalanish nazarda tutilgan bo‘lishi;
bir tushunchaning ikki xil atama bilan ifodalanishiga, sanalarni keltirishda
noaniqlikka yo‘l qo‘yilmasligi;
o‘quvchilarni muvaffaqiyatli ijtimoiy hayotga yo‘naltirishga oid matn va
rasmlar, izohli lug‘at, texnik ijodkorlik, mantiqiy va innovatsion tafakkurni
o‘stirishga qaratilgan loyihalash hamda modellashtirish topshiriqlarini
qamrab olgan bo‘lishi lozim.
Darslikka qo‘yiladigan pedagogik-psixologik talablar:
keng jamoatchilik tomonidan tan olingan ilmiy asoslangan ma’lumotlar,
o‘quvchilarning bilim darajalari, eslab qolish qobiliyatlari, tafakkuri inobatga
olingan holda, voqea va hodisalarning mohiyatini anglashga hamda
amaliy qiziqishlarini rivojlantirishga, bilim olish va amaliy faoliyat bilan
shug‘ullanishga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘laqonli qondirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi;
o‘quv
fani
mavzularining
o‘quvchi
yoshi
va
psixo-fiziologik
xususiyatlariga mos holda berilishi, ma’lum bir faktlar, tushunchalar, qoidalar va
fanlararo bog‘liqlikni hisobga olgan holda tushunarli bayon qilinishi;
o‘quvchilarning yangiliklarni qabul qilish qobiliyatlari, oldin olgan
bilimlarini o‘zlashtirganlik darajasi hisobga olinishi lozim.
Darslikka qo‘yiladigan estetik talablar:
belgilangan talablar darajasida yorqin, rangli, chiroyli bezatilgan,
zamonaviy dizayniga mos bo‘lishi;
18.
matnlar va illustrasiyalarning uyg‘unligi va o‘quvchilar yoshiga mosligi;bo‘lim, bob, mavzular matnlarining turli shakl va ranglar bilan ajratilishi,
ularning mutanosibligi ta’minlanishi lozim.
Darslikka qo‘yiladigan gigienik talablar:
matn va illustrasiyalar sanitariya qoidalari, normalari va gigiena
normativlariga mos bo‘lishi;
harflarning kattaligi va qog‘ozning sifati (og‘irligi, qalinligi, oqligi va
shaffofligi) ta’lim muassasalari uchun matbaa mahsulotlarining xavfsizligi
to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamenti talablariga mos bo‘lishi lozim.
Konsepsiyada nazarda tutilgan maqsad va vazifalarga erishishning
moliyaviy xarajatlari O‘zbekiston Respublikasining davlat budjeti, yuridik va
jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari va qonunchilikda taqiqlanmagan
boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
1.3 O‘quvchi-yoshlarni tarbiyalashda me’yoriy xujjatlarda aks etgan asosiy
masalalar mazmuni.
Mamlakatimizda barkamol avlodni shakllantirish, yoshlarni ma’naviyaxloqiy va jismonan sog‘lom etib tarbiyalash, ularni olib borilayotgan
islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirishga qaratilgan chora-tadbirlar izchil
amalga oshirilmoqda.
Yoshlar bilan doimiy muloqot qilish mazkur sohadagi dolzarb muammolarni
aniqlash va hal etishda davlat organlari va jamoat tashkilotlari faoliyatining
ajralmas qismiga aylanib bormoqda.
19.
Shu bilan birga, amalga oshirilgan ishlarning tahlili bu borada ayrimmuammolar saqlanib qolayotganligini ko‘rsatmoqda. Xususan:
-
birinchidan, yosh avlod ongiga Vatanga sodiqlik va uning taqdiri uchun
daxldorlik hissini singdirishga, ularda yot g‘oya va qarashlarning salbiy ta’siriga
nisbatan mafkuraviy immunitetni shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar yetarli
darajada samara bermayapti;
-ikkinchidan,
milliy
va
umuminsoniy
qadriyatlarga
sodiqlik,
diniy
bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni mustahkamlash, shuningdek, ekstremizm,
terrorizm va boshqa buzg‘unchi g‘oyalarga nisbatan murosasizlikni shakllantirish
yuzasidan davlat organlari va jamoat tashkilotlarining faoliyati hamon talab
darajasida emas;
-uchinchidan, o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish uchun
zarur bo‘lgan madaniy-ko‘ngilochar ob’ektlar, maktabdan tashqari ta’lim
muassasalari, shu jumladan, joylarda turli ijodiy va ta’lim to‘garaklari, sport
seksiyalarining yetishmasligi bolalarning sog‘lom ruhda tarbiyalanishiga va to‘g‘ri
hayot yo‘lini tanlashiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda;
-to‘rtinchidan, o‘qituvchi va murabbiylarning ijtimoiy mavqei va nufuzi pasayib
ketganligi, ularni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish tizimi bugungi kun talabiga
mutlaqo javob bermasligi yosh avlodni o‘qitish va tarbiyalash hamda mustaqil
dunyoqarashini shakllantirish borasida jiddiy muammolarni keltirib chiqarmoqda;
-
beshinchidan, yoshlarning oliy ta’lim muassasalariga qamrab olinish darajasi
pastligi, yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorlik yetarlicha
yo‘lga qo‘yilmaganligi malakali kadrlarning yetishmasligiga va olib borilayotgan
islohotlardan ko‘zlangan maqsadga to‘liq erishilmasligiga sabab bo‘lmoqda;
-oltinchidan, sohada qonun buzilishi holatlarining saqlanib qolayotganligi, shu
jumladan, yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga ajratilayotgan mablag‘larning maqsadli
sarflanishida nazoratning yetarli darajada emasligi tizimli muammolarni yuzaga
chiqarmoqda.
20.
Qayd etilgan muammolarni bartaraf etish, yosh avlodni tarbiyalashborasidagi ishlarni yanada takomillashtirish, ta’lim-tarbiya sifatini mazmun
jihatidan yangi bosqichga
ko‘tarish
maqsadida
quyidagi
ishlarni
amalga
oshirish muhim vazifalardan xisoblanadi:
- Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga
ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha
kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish;
- yuksak ma’naviyatli, qat’iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarashga ega bo‘lgan
fidoiy va vatanparvar yoshlarni tarbiyalash;
- yoshlarni yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish, ularni milliy va umuminsoniy
qadriyatlarga sodiqlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik ruhida
tarbiyalash;
- yoshlarning
huquqiy
madaniyatini
yuksaltirish,
ular
o‘rtasida
huquqbuzarliklar va jinoyatlar sodir etilishining oldini olish;
- yoshlar jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun shartsharoitlar yaratish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish;
- o‘quvchi-yoshlarni ijtimoiy muhofaza qilish, ijtimoiy ehtiyojmand oilalar
farzandlarini moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash;
-
ta’lim-tarbiya sohasida qonun buzilishi holatlarining sabab va shart-
sharoitlarini o‘rganish hamda ularni bartaraf etish, joylarda yoshlarni qo‘llabquvvatlashga ajratilayotgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni
o‘rganish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilash;
-
umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchilarining dars va to‘garak
mashg‘ulotlarini tashkil etish hamda sinf jurnalini yuritishdan tashqari boshqa
pedagogik yuklamalar bo‘yicha hisobotlar va qo‘shimcha ma’lumotlarni talab
qilish qat’iyan taqiqlash;
-
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Vazirlar Mahkamasi
huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Moliya vazirligi,
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda 2018 yil 1 noyabrga
qadar ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqib, direktor jamg‘armasi mablag‘lari
21.
hisobidan umumta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan pedagog kadrlarnifaoliyatining natijaviyligi asosida rag‘batlantirishning shaffof tizimini joriy etish
yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish;
-
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirligining 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab umumta’lim maktablari, shu
jumladan, ixtisoslashtirilgan maktablar, san’at va madaniyat maktab-internatlari,
olimpiya zaxiralari maktab-internatlari hamda akademik litseylar bitiruvchilariga
a’lo bilimi, namunali xulqi va jamoat ishlaridagi faolligi uchun beriladigan oltin va
kumush medallarni ta’sis etish to‘g‘risidagi taklifini ma’qullash belgilandi.
Shuningdek, oltin medalь umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 9-sinfini
bitirganlik to‘g‘risidagi a’lo darajali shahodatnomasi mavjud, 10-11-sinflardagi
barcha fanlardan oraliq, yakuniy nazoratlari, choraklik va yillik baholari a’lo
bo‘lgan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatgan 11-sinf
bitiruvchilariga berilishi;
-
kumush medalь umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 9-sinfini
bitirganlik to‘g‘risidagi a’lo darajali shahodatnomasi mavjud, 10-11-sinflardagi
barcha fanlardan yillik baholari a’lo bo‘lgan, namunali xulq-atvorli va jamoat
ishlarida faollik ko‘rsatgan 11-sinf bitiruvchilariga berilishi belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda umumiy
o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilarini a’lo baholarga o‘qiganligi, namunali xulqatvori
va jamoat ishlaridagi faolligi uchun oltin va kumush medalь bilan taqdirlash
tartibini tasdiqlash topshirig‘i berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini
nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta
maxsus
ta’lim vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda umumiy o‘rta, o‘rta
maxsus, kasbhunar, oliy ta’lim, maktabdan tashqari ta’lim sohasiga davlat-xususiy
sheriklikning joriy etilishi borasida mavjud ahvolni va ilg‘or xorijiy davlatlar
tajribasini, jumladan, joyiga chiqqan holda o‘rganib, belgilangan tartibda
Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritishi belgilandi.
22.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Tashqi ishlarvazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini
nazorat qilish davlat inspeksiyasi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan
vazirlik va idoralar, O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlardagi diplomatik
vakolatxonalari rahbarlari bilan birgalikda ikki oy muddatda jahondagi oliy ta’lim
muassasalari reytingida 1000 talik ro‘yxatga kiradigan xorijiy oliy ta’lim
muassasalarining,
shu
jumladan,
pedagogika
yo‘nalishidagi
oliy
ta’lim
muassasalarining filial (fakulьtet)larini O‘zbekiston Respublikasida litsenziya
olmasdan va boshqa imtiyozli shartlarda tashkil etish masalasini o‘rganib chiqishi
hamda aniq takliflar kiritishi topshirig‘i berildi.
Yosh avlodning
ma’naviy-intellektual
salohiyati, ongu tafakkuri
va dunyoqarashini yuksaltirishda, ona Vatani va xalqiga muhabbat va
sadoqat tuyg‘usi
bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega
bo‘lgan kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ushbu yo‘nalishda tegishli huquqiy-me’yoriy bazani mustahkamlash,
tashkiliy-amaliy ishlarni zamon talablari asosida olib borish, bu masalaga keng
jamoatchilikni jalb etish bo‘yicha keyingi paytda birmuncha ishlar amalga
oshirilayotganini ta’kidlash lozim.
Ayni vaqtda o‘tkazilgan kuzatish va tahlillar bu sohada o‘z yechimini
kutayotgan bir qator dolzarb muammolar borligi va ularni keng ko‘lamda hal
etish zarurligini
ko‘rsatmoqda.
Xususan,
xalqimiz,
avvalo,
yoshlarning
ma’naviy- ma’rifiy, badiiy-estetik talablariga javob beradigan kitoblarni yuksak
sifat bilan chop etish, joylarga, ta’lim muassasalariga vaqtida va maqbul narxlarda
yetkazish, milliy va jahon adabiyotining eng sara namunalarini tarjima qilish,
farzandlarimizda bolalikdan boshlab kitob, jumladan, elektron kitob o‘qish
ko‘nikmasini shakllantirish, jamiyatimizda
mutolaa
madaniyatini yuksaltirish
bilan bog‘liq muhim masalalarni hal etish dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda.
Ayniqsa, noshirlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va yanada rivojlantirish,
yurtimizda sog‘lom raqobatga asoslangan bosma va elektron kitoblar bozorini
shakllantirishni bugun hayotning o‘zi taqozo etmoqda.
23.
Ma’naviy hayotimizni yuksaltirishda ulkan ahamiyatga ega bo‘lgan anashunday muhim vazifalarni kompleks hal qilish, kitob mahsulotlarini nashr etish va
tarqatish tizimini takomillashtirish, o‘zbek va dunyo adabiyotining eng yaxshi
namunalarini internet tarmoqlariga joylashtirish va ularni targ‘ib qilish hamda keng
kitobxonlar ommasiga yetkazish ishlarini samarali tashkil etish maqsadida
quyidagi ishlarni amalga oshirish belgilab olindi:
- kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob
mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha
kompleks chora-tadbirlar dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlash;
- kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish, noshirlik va matbaa sohalarini
yanada rivojlantirishga oid normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, ijtimoiy
ahamiyatga ega bo‘lgan kitoblarni, ayniqsa, bolalarga mo‘ljallangan adabiyotlarni
chop etishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash;
-
kitob mahsulotlari bo‘yicha davlat buyurtmasining asosiy yo‘nalishlarini
shakllantirish, adabiy-badiiy, o‘quv-uslubiy, ilmiy-nazariy, ilmiy-ommabop va
ko‘rgazmali adabiyotlarni chop etish va tarqatish tizimini takomillashtirish,
ixtisoslashtirilgan kitob do‘konlari faoliyatini rivojlantirish;
- jahon adabiyotining eng sara namunalarini o‘zbek tiliga tarjima qilish bo‘yicha
davlat buyurtmalari berish, ularni zarur nusxalarda yuksak sifat bilan nashr etish va
moliyalashtirish tizimini yo‘lga qo‘yish, kitob tarqatish tizimini yanada
rivojlantirish va kitob mahsulotlarining narxini shakllantirish va sotish bo‘yicha
aniq mexanizmlarni ishlab chiqish choralarini belgilash;
- axborot-kutubxona faoliyatini kuchaytirish, ta’lim muassasalari axborot- resurs
markazlarining kutubxona fondlari, kutubxonalar, tashkilot va muassasalarning
«Ma’naviyat
xonalari»ni
o‘quv-uslubiy,
texnik
adabiyotlar, adabiy-badiiy,
ma’rifiy va ilmiy-ommabop kitoblar bilan boyitish, ularning moddiy- texnika
bazasini mustahkamlash;
- nashriyotlar va matbaa sohasi mutaxassislarini, badiiy va texnik muharrirlar,
grafikachi rassomlar, axborot-kutubxona xodimlarini tayyorlash, malakasini
oshirish va rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish;
24.
-lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosidagi ilmiy-texnik, adabiy- badiiyva ensiklopedik adabiyotlarni yanada ko‘paytirish bo‘yicha aniq chora- tadbirlar
ishlab chiqish;
-O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va axborot-kutubxona markazlaridagi barcha
turdagi axborot-kutubxona resurslarining yagona bazasini shakllantirish va undan
boshqa axborot-kutubxona muassasalarida turib foydalanishni ta’minlash;
-qishloq aholisiga kutubxona xizmati ko‘rsatish tizimini tashkil etish choralari
to‘g‘risida tadbirlar rejasi loyihasini tayyorlash va amalga oshirish;
-
mamlakatimizda internet orqali zarur adabiyotlarni topish va xarid qilish
imkonini beradigan eReader elektron o‘quv qurilmalarini ishlab chiqarishni tashkil
etish, ularning axborot bazasiga umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasbhunar kollejlari, oliy o‘quv yurtlari uchun darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, o‘quvuslubiy, ilmiy-nazariy manbalarni joylashtirish, bunday mahsulotlarni arzon
narxlarda sotib olish mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
-mazmunan sayoz, milliy ma’naviyat va qadriyatlarimizga, axloq me’yorlariga mos
kelmaydigan, yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan
adabiyotlarni tayyorlash, bosib chiqarish va tarqatishning oldini olish choralarini
ko‘rish;
-kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishga doir targ‘ibot ishlarini
tizimli va samarali tashkil etish, bu borada kitobxonlar, kutubxonachi va
targ‘ibotchilar o‘rtasida «Eng kitobxon maktab», «Eng kitobxon mahalla», «Eng
kitobxon oila», «Eng faol kutubxonachi» kabi ko‘rik-tanlovlarning saralash va
respublika bosqichlarini yuqori saviyada o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish;
-O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi kitob mahsulotlarini chop etish va
tarqatish tizimini takomillashtirish hamda axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi
maxsus vakolatli davlat organi etib belgilash vazifalari yuklatildi.
Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va
Toshkent shahri hokimliklari har bir shahar va tumanda kitob savdosiga
ixtisoslashtirilgan do‘konlarni tashkil etish, ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida
25.
yuridik shaxs maqomidagi tadbirkorlik sub’ektlariga foydalanilmayotgan davlatmulki ob’ektlarining tekin foydalanish uchun berilishini ta’minlash;
savdo aylanmasida kitob sotish ulushining hajmi 70 foizdan ko‘p bo‘lgan
yuridik shaxs maqomidagi tadbirkorlik sub’ektlarining alohida statistik
hisobi yuritiladi va ular 2020 yil 1 yanvarga qadar yagona soliq to‘lovini to‘lashdan
ozod etish;
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot
agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga shu yo‘nalishda muntazam
ravishda maxsus ko‘rsatuv va eshittirishlar, maqolalar tayyorlash va e’lon qilish
tavsiya etiladigan bo‘ldi.
II-bob Tarbiya fanini o‘qitish jarayoniga qo‘yiladigan ana’naviy va
zamonaviy talablarning me’yoriy xujjatlar va qo‘llanmalarda aks etishi.
2.1. O‘quvchilar ahloqiy fazilatlarini shakllantirish masalasini me’yoriy
xujjatlarda ifodalanishi
Bugungi kunda dunyoda globallashuv jarayonlari kuchayib, tinchlik va
barqarorlikka qarshi yangi tahdid va xatarlar tobora ko‘payib bormoqda.
Bunday murakkab va tahlikali vaziyat sohada amalga oshirilgan ishlarni
tanqidiy
26.
baholab, uning faoliyatini zamon talablari asosida takomillashtirishni taqozoetmoqda2.
Mustaqillik bayrami arafasida mamlakatimiz shahar va tumanlarida
“Ma’naviyat – eng ta’sirchan va qudratli qurolimiz” tamoyili asosida
targ‘ibot ishlari davom etmoqda. Ana shunday shukuhli kunlarda Prezidentimizning
xalqimiz ma’naviy hayoti uchun o‘ta muhim Qarori qabul qilindi.
Prezidentimizning 2017 yil 28 iyulda imzolangan “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar
samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish
to‘g‘risida”gi PQ-3160 sonli qarori milliy ma’naviyatimiz tarixining yorqin
voqealaridan biri bo‘ldi. Barcha sohalar kabi ma’naviyat va ma’rifat, tarbiya
sohasini yangi bosqichga ko‘tarishning huquqiy, siyosiy, tashkiliy, moliyaviy shartsharoitlarini yaratib berdi.
O‘tgan yillar davomida Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug‘anievich
Karimov tashabbusi bilan bu borada juda katta ishlar qilindi. Biroq, mavjud tizimni
dunyoda yil sayin kuchayib borayotgan globallashuv, yangi tahdid va xatarlar,
murakkab va tahlikali vaziyat talablariga javob bermayotgan edi. Zamon mavjud
holat, bajarilgan ishlarni tanqidiy baholashni, zamonning talab va shiddatiga mos
takomillashtirishni talab etmoqda edi.
Qaror o‘ta muhim tashkiliy, metodologik, huquqiy yangilik va xususiyatlarga
ega. Biz uning ayrim jihatlariga to‘xtalamiz.
Mafkura kerakmi? U qanday bo‘lishi kerak? Milliy g‘oyamiz qanday maqsad,
vazifalarni ifodalashi kerak? degan savollarga javob topildi. MDH mamlakatlarida
birinchilardan bo‘lib o‘z milliy g‘oyamizni angladik. Prezident Qaror,
farmoyishlari bu umummilliy g‘oyaviy harakatga madad bo‘ldi. Milliy g‘oya
mahalla, korxona,
ta’lim muassasalariga kirib bordi. Erishgan natijalarimizga o‘zining hissasini
qo‘shdi.
Qarorning eng
muhim
tashkiliy,
huquqiy-siyosiy jihati
ma’naviyat,
ma’rifatning maqomi oliy darajaga ko‘tarilganida ko‘rinib turadi. Chunki
2O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani
Qarorda
rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi 2017 yil 28 iyul qaroridan.
27.
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Respublika Ma’naviyat va ma’rifatKengashiga raislik qilishi belgilab qo‘yildi. Bu maqom mamlakatimizda
ma’naviyat va ma’rifat sohasini yangi bosqichga ko‘tarilishining oliy kafolati
bo‘ldi. Buni ma’naviyatchilarimiz bir-birlari bilan ko‘rishganida, telefonda,
ijtimoiy tarmoqlarda bir-birlarini shodon qutladilar. Bu bejiz emas, chunki jahon
tarixida davlat rahbari o‘z xalqi ma’naviyati, farzandlari tarbiyasining g‘amxo‘ri,
rahnamosi bo‘lgani kamdan kam uchraydi.
Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi va Milliy g‘oya va mafkura ilmiyamaliy markazlarining ilmiy va tashkiliy kuchlari birlashdi. Ularning negizida
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi qayta tashkil etildi. Bu chora ilgari bir
maqsadga xizmat qilayotgan ikki markazni - ilm bilan amalni birlashtirdi.
Xodimlarning umumiy cheklangan soni ikki karradan ziyodga oshirildi.
Ilgari goh alohida, goh bir-birining vazifalarini takrorlab kelayotgan ikki Markaz
bir jismga, bir maqsad yo‘lida yangi, yagona va qudratli Respublika Ma’naviyat va
ma’rifat markaziga birlashdi.
Mazkur soha ilmga tayanmasa, rivojlanmaydi. Shu bois Markaz tuzilmasida
sohaning ilmiy ta’minotiga alohida e’tibor qaratilgan. Ayni vaqtda Markazning
hududlar, jamoat tashkilotlari, madaniyat va sport tashkilotlari, ta’lim-tarbiya
muassasalari bilan ishlashga ixtisoslashgan, bu boradagi ishlarning axborot-tahlili
bilan shug‘ullanuvchi bo‘limlar ish boshlamoqda.
Qaror sharofati bilan “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati”ga asos solindi. Bu
ma’naviy-ma’rifiy sohaga katta imkoniyatlar beradi. Targ‘ibotga uzluksizlik
bag‘ishlaydi. Sir emas, ba’zan Mustaqillik bayrami, Navro‘z bayramlari arafasida
yuzlab olim, ijodkor, san’atkorlarni to‘plab, jadval asosida tuman-shaharlarga,
asosan jamoatchilik yo‘sinida yo‘llar edik. Bayram o‘tgach, tanaffuslar yuzaga
kelardi. Endi Prezident Qarori sharofati bilan mamlakatda targ‘ibot-tashviqotning
yuragi yil 12 oy, 365 kun urib turadigan bo‘ldi. Targ‘ibotchilar turli sohalarga
ixtisoslashib, doimiy asosda moddiy-ma’naviy rag‘batlantirib boriladi. Respublika
“Ma’naviyat va ma’rifat markazining “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati bilan
28.
ishlash bo‘limiga” Respublikamizdagi eng zo‘r targ‘ibotchilarini a’zo qilib, ishnitizimli tashkil qilish vazifasi yuklatildi.
Ilgari Respublika Ma’naviyat targ‘ibot Markazining hududlarda va qisman
tuman-shaharlarda bo‘limlari ishlar, moliyalashtirilar edi. Biroq, ayrim
tumanlarda ish jamoatchilik asosida yuritib kelinayotgan edi. Milliy g‘oya va
mafkura ilmiy- amaliy markazining esa na hududiy, na shahar/tuman bo‘limlari bor
edi. Prezident Qarori ana shu muammoni hal qildi. Ma’naviyat va ma’rifatning
mustahkam moliyaviy bazaga asoslangan, kuchli ijro vertikali yaratildi.
Qaror ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarining mazmun-mundarijasini
tubdan
yaxshilash,
ularning
ko‘lami
va
miqyosini
kengaytirish,
takomillashtirish talablarini qo‘ymoqda. Bu bejiz emas. Chunki, amaliyotda
targ‘ibot mazmun- mundarijasida
“hamma
joyda
bir
xil”lik,
targ‘ibot
kechayotgan hududning xususiyatlari, ma’naviy muammolari bilan bog‘lanmagan
holatlar uchrar edi. Boshqacha qilib aytganda, Case study kabi sinalgan va
zamonaviy usullardan foydalanish qoniqarsiz edi. Qaror asosida targ‘ibot-tashviqot
ishlarida aholining hududiy, kasbiy hamda yosh xususiyatlarini hisobga olgan
holda mutanosib, maqsadli va mazmunli yondashuv joriy etiladi.
Qarorda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ko‘lami va miqyosini kengaytirish
zarurati alohida urg‘ulangan. Darhaqiqat, targ‘ibot bilan qamrab olish foizining
pastligi aholining xabardorlik darajasining pastligiga olib kelayotgan edi. Qarorda
bu muammoni hal qilishning ilmiy asoslangan monitoringini ta’minlash uchun
shart- sharoit yaratib berildi.
Yangi bosqichda yangi imkoniyatlarga ega mafkura bizga kirib kelgan,
kelayotgan, tayyorlanayotgan tahdidlarni on line kuzatib borishi, har bir
yurtdoshimizda ularga qarshi immunitetni shakllantirish zarur. Ana shu yangi
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tadqiqot va targ‘ibotning yuksak, ilmiy
texnologiyalar bilan qurollangan, o‘tkir ko‘zli, xalqchil so‘zli, jar solinuvchi
minora bo‘lishi talab etilmoqda. Bir so‘z bilan aytganda milliy mafkuramiz yangi
bosqichda Harakatlar strategiyamizga hamohang – Harakatlar mafkurasiga
aylanishi zarur.
29.
Qarorda olimlarimiz, targ‘ibotchilarimizga madad beruvchi metodologikyangiliklar bor. Jumladan, uning matnida “jamiyatimizning barqaror rivojlanishiga
to‘sqinlik qilayotgan ichki tahdidlar” ko‘rsatib berildi. Ya’ni 1) el-yurt taqdiriga
loqaydlik, 2) mahalliychilik, 3) urug‘-aymoqchilik, 4) oilaviy qadriyatlar va 5)
yoshlar tarbiyasiga e’tiborsizlik “ichki tahdidlar” sifatida sanab o‘tilgan. Shu
paytgacha biz bu tahdidlarga yengil qarab, “kamchilik”, deb qarab kelar edik.
Vaholanki, bugun bizni qiynayotgan jinoyatchilik, diniy ekstremistik oqimlarga
adashib kirib qolishlar, buzilgan yosh oilalarning yig‘layotgan bolalari, qarovsiz
o‘smirlar ana shu “kamchilik”larning ayanchli oqibatlari bo‘ldi.
Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, xalqlarning o‘z mustaqilligini boy
berishlariga asosiy sabab ichki tahdidlar bo‘lib kelgani sir emas. Hatto Buyuk
Sohibqiron Amir Temur yaratgan Buyuk saltanatni tanazzulga olib borgan ham
ichki tahdidlar bo‘lganini afsus bilan eslaymiz. Shuning uchun ham Qarorda ichki
tahdidlarga barham berishga qaratilgan kompleks tadbirlar tizimini ishlab chiqish
va amalga oshirish qattiq vazifa qilib qo‘yildi.
Bu bejiz emas, chunki biz shu paytgacha “tahdid”, deganda ko‘pincha
uzoqqa, tashqariga qaradik. Aslida ichki tahdidlar tashqi tahdidlarga yo‘l ochib
berishiga,
ularni
chaqirishiga
e’tibor
bermadik.
“Chetdan
kirib
kelayotgan
“ommaviy madaniyat”ga qarshi kurash e’lon qildik. “O‘zingdan chiqqan baloga
qayga borasan
davoga”, maqolimiz e’tiborsiz qoldi. Bugun o‘zimizdan chiqayotgan
ichki
“ommaviy madaniyat” tahdid sola boshladi. Bunga to‘ylarimiz dabdabasi
jamiyat muammosi sifatida ijtimoiy tarmoqlardan tushmayotganini eslash ham
kifoya bo‘lar.
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev o‘z nutqlaridan birida inson
qalbi, ongi bilan ishlash sohalarini mudofaa vazirligiga teng qo‘ydilar. Bu hikmat
bejiz aytilmadi. Ushbu fikrni “Askarning jangovar tayyorgarligi bu juda muhim.
Lekin askar o‘qni qayoqqa qarab otishini mafkuraviy tayyorgarlik hal qiladi”,
degan mashhur harbiy aforizm qo‘llab-quvvatlaydi. Chunki chegarachini ong,
ongni esa ma’naviyat, mafkura boshqaradi.
2017 yil 2 iyunь kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning Andijon viloyati
30.
Unda ma’naviy-ma’rifiy sohadagi ishlar bilan berilayotgan hisobotlar orasiniochib berildi. Haqiqatan ham majlis Prezidentmiz ta’biri bilan aytganda – “orani
ochib oladigan majlis bo‘ldi”.
Prezidentimiz bir mas’ulga “Agar hohlasa, sohadagi muammolarni hal qilsa
bo‘larmidi?”, deb so‘radilar. “Ha”, degan javob olindi. Ana shunda: “Unda
nega hohlamayapsiz?”, degan kuyunchak savol hammani o‘yga toldirdi. Har
birimiz bu savolni “Menga berildi”, deb vijdonan, o‘zimizni qiynab ishlashimiz
kerak. Chunki bu Vatanga, burchga sadoqat yo xiyonat masalasidir.
Majlis kun tartibidagi masalalaridan biri – adashib diniy ekstremistik oqimlar
ta’siriga tushib qolgan vatandoshlarimizni, yoshlarimizni begona, yovuz oqim
kishanlaridan ozod qilish, o‘sib kelayotgan yoshlarimizni bu xavfdan ogohlantirish,
ularning ma’naviy daxlsizligini himoya qilishga bag‘ishlandi.
Prezidentimiz bu borada davlat va jamoat tashkilotlariga aniq topshiriqlar
berdilar.
Jumladan, diniy ekstremizmdan jarohatlangan har bir oilaga ko‘maklashish
maqsadida ularga mahalla, nuroniy, kollej, maktab, imom, bank xodimi, eng obro‘li
odamlarni biriktirish;
diniy ekstremistik oqimlarga adashib kirib qolgan vatandoshlarimiz bilan
samimiy suhbatlashish, ularni hidoyat yo‘liga, baxtli, bunyodkor oilaviy hayotga
qaytarish, oilalarini o‘rganib, ularning moddiy va ma’naviy muammolarini hal
qilishga yordam berish;
imom-xatiblarning diniy ma’rifat borasidagi mas’uliyatini oshirish;
yoshlarimizni yot mafkuralardan ogohlantirishga qaratilgan profilaktik tarbiya
ishlarini tashkil qilib, natijadorligiga erishish;
oilalarni ma’naviy hayotini o‘rganish, baholash, boyitish; mahallalarning
diniy maslahatchilari ishi samaradorligini oshirish;
tumanlarda soha mas’ullari uchun seminar-treninglar o‘tkazish kabi vazifalar
belgilab berildi.
1. Biz “ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish” masalasini qanday
tushunishimiz kerak?
31.
“Ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish”, “bu ishda jamoatchiliknazoratini kuchaytirish”, degan iboralarni ko‘p ishlatamiz. Biroq, ko‘pchiligimiz bu
iboralarning ma’no-mazmuniga e’tibor bermaymiz. Bu noto‘g‘ri. Chunki bir ishni
boshlashdan oldin uning ma’no-maqsadini bilmasak, ish chala, yuzaki bo‘ladi.
Ijtimoiy degani bu – jamiyatga, ya’ni odamlar turmushiga bevosita odamlarga
tegishli masala, degani. Ma’naviy bu – odamlarning bilimi, ongi. Nimalarni qanday
tushunayotgani, to‘g‘ri-yo noto‘g‘ri tushunishi masalasi. Muhit bu - odamlar har
kuni ko‘zi tushayotgan, eshitayotgan narsalar. Sog‘lomlashtirish esa – bemorlikdan
sog‘lomlikka olib chiqish. Insonni unga zararli narsalardan xalos qilib, sog‘lom
hayotga qaytarish.
Demak, “ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish” bu – odamlar ongi,
xulqini noto‘g‘ri tushunchalardan, illatlardan xalos qilish, uning ma’naviyatini
sog‘lom tushunchalar bilan davolash, deb tushunish mumkin.
Mafkuraviy immunitet qanday kuchaytiriladi?
Birinchidan, odamlar orasida sog‘lom, bunyodkor g‘oyalardan bexabarligidan
bo‘shliq paydo bo‘ladi. Ikkinchidan, odamlar ongiga noto‘g‘ri nosog‘lom
tushunchalar kirib, ularning niyatlari buzilishidan. Ana shunda mafkuraviy
bo‘shliqni yot g‘oyalar egallab oladi. Mafkuraviy immunitet degan iborani ham
ko‘p ishlatamiz.
Biroq, ko‘pincha noto‘g‘ri tushunamiz. Chunki mafkuraviy immunitet bu –
gapirish, tushunish emas, balki o‘zini o‘zi g‘oyaviy himoya qilishga qodirlik
degani. Ya’ni qarshisida “Men sizga haqiqiy islomni o‘rgataman”, degan shubhali
taklifdan o‘zini himoya qila olish. Bir misol. Ayrim onalar bolasiga issiq choynakni
ushlama, qo‘ling kuyadi”, deb tayinlashadi. Oqila onalar esa, ham tayinlab, ham
issiq choynakka bolasining qo‘lini yengilgina tegizib olishadi. Savol: Qaysi
onaning usuli ishonchli? Albatta ikkinchi onaning. Chunki bola bir marta seskanib,
qo‘lini olib qochadi. Lekin u endi bir umr qo‘lini kuydirmaydi. Birinchi bolaning
qo‘lini kuydirib olmaslik ishonchsiz. Hamma sohada aytish, gapirishdan ko‘ra
ko‘rsatish, o‘rgatish ishonchli. Mafkurada ham. Demak, biz din masalasida ham
yoshlar, aholi ongini yaxshi g‘oyalar bilan to‘ldirib, yomon g‘oyalarga qarshi
immunitetini
32.
o‘rgatib qo‘ysak, xotirjam bo‘lamiz. Buni har bir o‘g‘il-qizimizda, ro‘yxat asosida(xuddi go‘daklarni tibbiy emlatgandek) o‘rgatishimiz shart.
Nega olib borilayotgan targ‘ibot har bir fuqaro, yigit-qizga yetib
bormayapti?
Andijon
viloyatida
2017 yilning
5
oyida ijtimoiy-ma’naviy
muhitni
sog‘lomlashtirish bo‘yicha 3200 dan ortiq tadbir o‘tkazilgan. Bir qaraganda
bu juda
katta raqam, katta ish. Lekin bir savol tug‘iladi: “Shuncha tadbir o‘tkazilibdi.
Unda o‘tgan 12 oyda DEO a’zolari nega 96 taga oshgan?” Bunga sabablar ko‘p.
Birinchidan, bir kollejda, bir mahallada, bir korxonada, bir mavzuda o‘tkazilgan
tadbir boshqalarida o‘tkazilmaydi. Natijada, bir tadbir 50-100-300 kishi bilan
o‘tkaziladi. Qolgan yuz minglab aholi, yoshlar bexabar qolmoqda. Biz esa:
“Hamma qamrab olindi”, deb qo‘shib yozayapmiz. Ikkinchidan, tadbirlar
fotolavhalariga qarasangiz, bir xil, faol odamlarni qayta-qayta ko‘rasiz.
Tadbirlar har xil, qatnashchilar – bir xil. Muammoli odamlar, yoshlar chetda
qolib ketayapti. Uchinchi sabab – tadbirlardan qanday natijaga erishish ko‘zda
tutilmaganida. Aslida “tadbir qilish” bu – biror muammoni yechish, kasalni
davolashdek aniq maqsadli, aniq natijali ish bo‘lmog‘i kerak. Tadbirning sifati,
ta’sirchanligi, natijasini o‘ylamay, ko‘r-ko‘rona o‘tkazaversak, bu – o‘zini o‘zi
aldash bo‘ladi.
Tadbirlarni natijali qilish uchun nima qilish kerak?
-
tadbir nomini davrning dolzarb masalalari hamda mahalla, kollej, maktab,
institutda o‘rganilgan muammolardan kelib chiqib, “diagnoz-retsept” asosida
belgilash kerak;
-
Tadbir qamrovini 100 % ga yetkazish zarur. Nega bir bino 100 % bitmagan
bo‘lsa, “Yo‘q. Bino 90 % bitgan. Chala”, deb uni qabul qilishmaydi? Nega bir
dolzarb muammoga bag‘ishlangan tadbir bilan tuman aholisi 20 % qamralsa ham,
“ish
bitirilgan”,
deb,
hisobotni
qabul
qilamiz?
Bu
ko‘zbo‘yamachilik
bo‘lmaydimi?!
Burchga, siyosatga, Vatanga xiyonat bo‘lmaydimi?
-
tadbirdan
maqsad
–
uni
o‘tkazish
emas.
Odamlarga,
yoshlarga
mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, tadbirkorlik usullari yoki diniy
33.
ekstremizm kirdikorlarini ochib berib, tushuntirish. Ko‘rsatib, o‘rgatish. Shuninguchun rejalarimizda endi “tadbir o‘tkazish”, emas, “tushuntirish, o‘rgatish”, degan
maqsadlarni qo‘yishimiz kerak.
-
har bir ishning natijasi – unga qanday tayyorgarlik ko‘rilishiga bog‘liq.
Afsuski, tadbirlarimiz tayyorgarliksiz o‘tmoqda. Ertaga tadbir bo‘lsa, bugun e’lon
qilib, shoshib borib, “o‘tkazib” ketilmoqda. Buni tinglovchilar ham ko‘rib, sezib
turishadi. Bu o‘z ishiga, kasbiga behurmatli emasmi?! Demak, har bir tadbirga bir
oy tayyorgarlik ko‘rib, kamida 10 kun oldin xabar va mundarijani tarqatib,
ma’ruzachilar bilan oldindan, pishiq ishlashimiz kerak.
-
tadbir natijasini baholash yo‘q. Tadbir oxirida: “E’tiboringiz uchun rahmat.
Shu bilan tadbirimiz tugadi”,
deb chiqib ketayapmiz.
Tadbir
yakunida 5-6
tinglovchidan so‘rash, "Siz o‘zingizni DEOdan himoya qilish uchun nima qilishni
bilasizmi?" “Bugungi tadbirdan nimalarni o‘rganib oldingiz?”, deb so‘rashimiz
kerak. Ular bergan to‘g‘ri javoblarni tinglovchilar yana bir marta eshitib olishadi.
Olgan bilimlari mustahkamlanadi.
Mafkurasi sog‘lom yoshlarimizni DEOdan qanday himoya qilishimiz kerak?
Prezidentimizning Andijonda so‘zlagan ma’ruzasida “Bir jaholatga o‘n
ma’rifat” degan profilaktik g‘oya ko‘tarildi. Shu g‘oya qaysi mahallada amalga
oshsa, o‘sha mahalla yoshlariga DEO chang sola olmaydi. Chunki bunda har bir
oilaning har bir a’zosining mafkuraviy immuniteti, ma’naviyati diagnostik asosda
davolanadi, kuchaytiriladi. Chunki ular mabodo yot g‘oyaga duch kelib qolsalar
ham nima qilishni va nima qilmaslikni o‘rganib olishgan. Buning uchun masalaga
xuddi tibbiyotdagi kabi, individual, ro‘yxat va “diagnostika-retsept” asosida
shoshmay ishlashimiz kerak. Prezidentimiz o‘z ma’ruzalarida “Har bir DEO a’zosi
bilan kerak bo‘lsa, 1 kun, 10 kun, kerak bo‘lsa, 1 oy individual ishlash kerak”,
dedilar. Biz mana shu yondashuvni profilaktik maqsadda sog‘lom oilalarda ham,
maktab, kollej, institutlarda ham har bir o‘quvchi-talaba bilan amalga oshirishimiz
kerak. Ana shunda biz millatning mustahkam mafkuraviy himoya qobig‘ini
yaratgan bo‘lamiz. Yurtimizda ijtimoiy-ma’naviy muhit sog‘lomligi kafolatlanadi.
34.
Ichkarida g‘oyaviy bo‘shliq bo‘lmasa, tashqaridan kelayotgan balo kiraolmaydi, sig‘maydi. Aylanib, bo‘shliq izlab boshqa tomonga ketadi. Shu bois Qaror
avvalo “ichkari”ni – jamiyatning ichki, sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitini to‘kis,
barqaror, mukammal qilishimiz zarurligini talab qilmoqda.
Qaror diagnostik, profilaktik va manzillilik xususiyatlariga ega. Unda
jahondagi mafkuraviy vaziyat, tendensiyalar bilan birgalikda mamlakatimizdagi
og‘riqli 7 ma’naviy-mafkuraviy muammo ochiq va achchiq qayd qilindi. Bular:
1) oila, mahalla va ta’lim muassasalarida yoshlar tarbiyasi samarasizligi; 2)
chekka hududlar va mahallalarda uyushmagan yoshlar bilan maqsadli g‘oyaviytarbiyaviy ishlarning yuzaki tarzda olib borilayotgani; 3) jinoyatchilik; 4) diniy
ekstremizm va terroristik harakatlarga adashib qo‘shilib qolish; 5) milliy
qadriyatlarga e’tiborsizlik; 6) erta turmush qurish; 7) oilaviy ajralishlar kabi boshi
tarbiyaga borib taqaladigan ma’naviy illatlarga siyosiy diagnoz qo‘yib berdi.
Chunki ilm-fanga asoslanmagan sohaning kelajagi yo‘q. Buyuk bobomiz
Imom Buxoriy biz avlodlariga “Ilmsiz najot yo‘q va bo‘lmag‘ay”, deya
haqiqatni yozib qoldirgan edi. XXI asr – texnologiyalar asri ana shu haqiqatning
bugungi isboti. Shu sababli Prezident Qarori bizdan yuqoridagi ma’naviy
illatlarning sabablarini, ildizlarini, omillarini ilmiy o‘rganishni talab qilmoqda.
Masalan, bundan 100, 1000 yillar ilgari ham ajdodlarimizda oilalar buzilgan.
Ularni faqat 1 ta sabab – o‘lim ajratgan. Boshqa hech narsa ajralishga sabab
bo‘lmagan. Qaror bizni “g‘oyaviy-tarbiya ishlarining yuzaki tarzda olib
borilayotgani”dan ogohlantirib, bu ahvolga chek qo‘yishni talab qilmoqda. Yuzaki
ishlash bu – masalaning
“ichiga kirmasdan”, noilmiy,
ya’ni natijasiz,
xo‘ja(yin)ko‘rsin uchun “shug‘ullanish” degani. Qarorning mana shu joyi soha
xodimlari, barcha vazirlik, idoralarning katta- kichik rahbarlarimizning ma’naviyat
va ma’rifat, milliy g‘oya, tarbiya masalalariga munosabatlarini qayta ko‘rib
chiqishlarini taqozo qilmoqda.
Qarorning profilaktik jihati ma’naviy hayotimizda uchrayotgan “salbiy
holatlarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot ishlarining aksariyat hollarda
35.
kutilgan natijani bermayotgani bu masalalarga jiddiy e’tiborni talab etmoqda3”,degan dasturiy ko‘rsatmada mustahkamlab qo‘yilgan. Ichki va tashqi tahdid o‘z
ishini qilganidan keyin emas, balki oldini olish isbot talab qilmaydigan haqiqat. Shu
sababli Qaror profilaktik, preventiv targ‘ibot, tarbiyaga ustuvorlik talabini
qo‘ymoqda.
Qarorda to‘qqiz yo‘nalishdagi asosiy, kompleks yo‘nalishlar vazifalar
belgilab berildi. Ularda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiyiqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari, davlat dasturlari targ‘ibotini
tizimli va izchil amalga oshirish, jahonda kechayotgan mafkuraviy jarayonlarni har
tomonlama yoritish, terrorizm, diniy ekstremizm, aqidaparastlik, separatizm, odam
savdosi, “ommaviy madaniyat”, narkobiznes va boshqa tahdidlarga qarshi g‘oyaviy
kurashish, milliy g‘oyani keng targ‘ib etish, bunyodkorlik ruhini yalpi ijtimoiy
harakatga aylantirish, xalqimizning ertangi kunga ishonchini kuchaytirish, targ‘ibottashviqot ishlariga aholining xususiyatlarini hisobga olgan holda maqsadli va
mazmunli yondashuvni joriy etish, sohaning ilmiy asoslangan, muntazam
monitoringini
ta’minlash,
yoshlarda
sog‘lom
dunyoqarash,
kitobxonlik
ko‘nikmasini shakllantirish, Internetdan foydalanish madaniyatini oshirish, ularda
g‘oyaviy va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirish,
uyushmagan yoshlar bilan ishlash, xalqimizning tarixiy merosi, urf-odatlari va
milliy tarbiya an’analarini asrab-avaylash, dinlararo bag‘rikenglik, millatlararo
totuvlik, mehr-oqibat muhitini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab
chiqish va joriy etish vazifalari belgilab berildi.
Ushbu vazifalar ijrosi mamlakatimizda ma’naviyat-ma’rifat sohasini yangi
bosqichga ko‘tarib, Vatanimizning mafkuraviy himoyasini yanada mustahkamlashi
shubhasiz.
O‘zbekistonda davom etayotgan milliy mustaqillikni mustahkamlash jarayoni
ta’lim va tarbiya targ‘ibotini ham isloh qilishni, ma’naviy va ma’rifiy ildizlarga
3“Ma’naviy-ma’rifiy
ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 iyul PQ-3160-son qarori.
36.
payvand qilishni; yosh avlodlarda O‘zbekiston vatanparvarlariga xos fazilatlarningtarixiy o‘zaklarini aniqlashni; o‘zbek xalqi tarixi, tili, ma’naviyati, adabiyoti,
san’ati, an’analari va urf-odatlarini milliy tarbiyaviy tadqiq qilishni talab etmoqda.
Ana shu nuqtai-nazardan tadqiqotimiz mavzusi milliy pedagogik tarix qirralarini
ham o‘rganishni talab qiladi. Chunki tarix o‘zbek xalqi oldiga qachon, qanday
tarbiyaviy talablar qo‘yganligini; davr o‘zgarishi bilan milliy tarbiya maqsadida –
fe’l- atvorimizda qay sifatlar, qaysi tomonlarga o‘zgarganligi, qaysi sifatlar
o‘zgarmay,
avloddan-avlodga
meros
bo‘lib
yetib
kelganligini
aniqlash
respublikamizda milliy ma’naviyatni o‘rganish, tiklash va istiqbolini belgilash
nuqtai-nazaridan g‘oyat qimmatlidir.
Markaziy Osiyo xalqlari, ularning turmush tarzi, odatlari bilan jahonning
atoqli tarixchilari qiziqib
kelishgan.
Buni tarixchi
Strabonning
asarlaridagi
massagetlar axloqiy tasavvurlari haqidagi ma’lumotlardan ham ko‘rish
mumkin. Uning yozishicha, qadim zamonlarda ajdodlarimiz o‘lkamiz hududida
ko‘plab
qabilalarga bo‘linib yashagan. Ular uchun o‘zaro halollik, adolatlilik hamma
narsadan ustun qadriyatlar hisoblangan.
O‘tmishda ajdodlarimiz qanday fazilatlarga ega bo‘lgan farzandni orzu
qilishganini anglash uchun xalqimiz uzoq tarix davomida yaratgan afsona,
ertaklar, dostonlarga murojaat qilish kerak. O‘zbek xalq og‘zaki ijodiyoti
namunalarida tarannum qilingan vatanga muhabbat, erkparvarlik, g‘ururlilik,
sadoqatli (jon do‘sti) do‘st bo‘la olish, o‘z burchini, o‘z so‘zini oqlash, mardlik,
jasoratga qodirlik eng zarur fazilatlar bo‘lgan. O‘zbek olimi, professor
Y.Jumaboevning qayd qilishicha, “
... o‘z burchini ado etish, dushman ustidan g‘alaba qilish yo‘lida
qahramonlarcha o‘z jonidan kechishga, har qanday mashaqqatlarga bardosh
berishga, sevgi, muhabbatdan kechishga, o‘z qabiladoshlarining or-nomusi uchun
to oxirigacha kurashishga shay” turganlar.
Ajdodlarimizda milliy vatanparvarlik fazilatining qanday namoyon
bo‘lganligini Sak qabilasiga mansub cho‘pon Shiroqning eramizdan avvalgi
519 yilda ko‘rsatgan mashhur jasoratidan bilish mumkin. Grek tarixchisi Gerodot
shax Doroning O‘rta Osiyoga qilgan hujumi haqida hikoya qila turib, Shiroqning
37.
mingboshi Ranosatga qarata aytgan quyidagi so‘zlarini keltiradi; - Men g‘alabaqildim, chunki saklarni, mening yurtdoshlarimni sizlarning hammangizdan saqlash
uchun men siz forslarni ochlik va chanqoqlik azobiga mubtalo etib, holdan
toydirishga muvaffaq bo‘ldim”.
Markaziy Osiyo xalqlari hayoti, madaniyati, urf-odatlari orasida tarixiy
umumiylik mavjud. Demak, mazkur umumiylik ushbu xalqlar orasida tarbiyada
ham umumiylik mavjud bo‘lganligini ko‘rsatadi. Bu haqda islomgacha davr
madaniyati tarixi, qadimiy yozma obidalar: Avesto, Urxon-Yenisey yozma
obidalar, manixeylik, mazdakizm kabi oqimlar ta’limotlarini o‘rgangan olimlarning
ilmiy xulosalari mavjud. Jumladan, Avestoni o‘rganish O‘rta Osiyo, Ozarbayjon,
Eron, Yaqin va O‘rta Sharq xalqlarining o‘sha davrlardagi axloqiy g‘oyalari haqida
boy ma’lumotlar beradi. Avestoning eng eski qismlaridan biri “Yasna”da
chorvadorning adolatli, oqil va hurmatga sazovor bo‘lishi maqsadiga yetkazishini
e’tiqod darajasiga ko‘tarishgan. Lekin qo‘lida qurol bilan, zo‘rlik ishlatib,
yaylovlarni yer bilan yakson qilib, merosga qolgan mol-mulkini talon-taroj qiluvchi
ko‘chmanchilarni manfur dushman hisoblaganlar. Natijada, qadimgi ajdolarimiz
nazdidayoq adolatsizlik natijasida “biz” - “ular” (bosqinchilar) antitezasi paydo
bo‘lgan. Bu esa, o‘z navbatida, yosh avlodlarda vatanparvarlik, millatparvarlik,
fidoiylik kabi fazilatlarni shakllantirishni qabilaviy tarbiya vazifalariga aylantirgan.
Ajdodlarimiz farzand tarbiyasining negizi sifatida axloqiy uchlik: uy, niyatso‘z-ish birligini yaratishgan. Mazkur uchlik negizini keyinchalik lug‘atimizga
kirib kelgan “vijdon” so‘zi bilan ham ifodalash mumkin. “Men Yaxshi niyat,
Yaxshi so‘z va Yaxshi ishga shon-shavkat baxsh etaman. Men yaxshilikdan iborat
Mazda qonuniga shon-shavkat baxsh etaman”, -deb yozilgan “Yasna”da. “Yaxshi
fikr deganda... yaqin kishisiga mehribon bo‘lish, muhtoj va xavf-xatar ostida
qolganda ko‘maklashishga shaylik, yovuzlikka qarshi, kishilar baxt-saodati uchun
faol kurashishga shaylik, hamma bilan ahil va totuvlikda, o‘z maslakdosh
birodarlari bilan do‘stlik va hamkorlikda yashashga intilish ruhidagi niyatlar va
fikrlar musaffoligi tushuniladi. Inson o‘z fikri- xayolida boshqalarga hasad
qilmasligi lozim, yaxshi niyatli kishi darg‘azab bo‘lmaydi va boshqa jaholatlarga
berilmaydi,
38.
chunki bunday holatida yaxshi niyatini yo‘qotadi, burch va adolat haqida unutadiva nojo‘ya harakatlar qiladi” – deb hisoblangan.
Bu axloqiy fazilatlar kishini elga qo‘shilishga, el bilan birga bo‘lishga, elning
tashvishi
bilan
yashashga
tayyor
turuvchi
xalqparvar
kishini
tarbiyalashga qaratilgani o‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdi. Zamonlar o‘tib, odamlar
orasidagi munosabatlarning boyishi, savdo-sotiqning yuzaga kelishi bilan qabilaviy
tarbiyaga qo‘yiladigan talablar ham o‘zgarib, zamonaviylasha bordi. Ajdodlarimiz
o‘zlaridagi
xislatlarning
nafaqat
xudo
tomonidan
ato
qilingan,
balki
shakllantirilishini tobora chuqurroq ilg‘ay bordilar. Jumladan, Yaxshi so‘zlar –
ahdga vafodorlik, berilgan va’dani oqlash, hamma oldi-berdilarda halol bo‘lish,
o‘zgalarning haqini yemaslik, buzuqlikdan o‘zini to‘xtata bilish kabi yangi sifatlar
bilan boyiy bordi.
2.2 Tarbiya fanini o‘qitish jarayonida ma’rifatparvar olimlarimizning bu
boradagi ma’naviy meroslarini o‘rganish
Milliy ma’naviyatimizning saqlanib qolishi, yuksalishi va bugungi darajaga
yetib kelishida jadidlar deb atalmish ma’rifatparvar bobolarimizning ham o‘rni
beqiyos. Ma’rifatparvar pedagog Abdulla Avloniy axloq-odob, demakki, inson
ma’naviyati haqida “Turkiy guliston yoxud axloq” nomli yirik asar yozib
qoldirgan. Unda tarbiya haqida quyidagi jumlalar keltirilgan: “Janobi Haq
insonlarning asl xilqatda iste’dod va qobiliyatli, yaxshi ila yomonni, foyda ila
zararni, oq ila qorani ayiradurgan qilub yaratmishdur. Lekin bu insondagi
qobiliyatni kamolga yetkurmak tarbiya ila bo‘ladur. “Qush uyasinda ko‘rganin
qiladur”. Inson javhari qobildur. Agar yaxshi tarbiya topib, buzuq xulqlardan
saqlanub, go‘zal xulqlarga odatlanub katta bo‘lsa, har kim qoshida maqbul,
baxtiyor bir inson bo‘lub chiqar. Agar tarbiyatsiz, axloqi buzulub o‘ssa, Allohdan
qo‘rqmaydurgan, shariatga amal
39.
qilmaydurgan, nasihatni qulog‘iga olmaydurgan, har xil buzuq ishlarni qiladurgan,nodon, johil bir rasvoyi olam bo‘lub qolur”4.
Abdulla Qodiriy asarlarida ham milliy ma’naviyatimiz zuhur bo‘lgan.
Ayniqsa, adib asarlari orqali o‘z davridagi milliy ma’naviyatning bir qismini
tashkil etadigan oila ma’naviyatini ochib berish orqali milliy ma’naviyatimiz
portretini chizadi.
Ko‘rinadigan
narsalarning
sababi
ko‘rinmaydigan
narsalarda.
Qattiq
narsalarning sababi yumshoq narsalarda. Ma’naviyat – ko‘rinmaydigan, yumshoq
kuch. Keling, yuqoridagi ma’naviy qadriyatlarimizning har birini bir ma’naviy
minoraga o‘xshatib ko‘raylik.
Qadimiy shaharlarimizdagi olamga mashhur minoralar bobolarimizning
yuksak ma’naviyatidan moddiy guvohlik berib turishibdi. Shu bugun ham quyosh
nurlari ertalab bizga va Buxoro, Samarqand, Termiz, Shahrisabz, Qarshi va
Toshkentning zarrin minoralariga tushdi. Demak, ular biz bilan yashayapti. Ular
ertaga
ham, XXII, XXX asrlarda
ham jim, salobat
bilan
so‘zlaydi: “Bobolaringizning qudratini, yuksak ma’naviyatini bilmoqchi
bo‘lsangiz, bizlarga
boqing”. Amir Temur hazratlari Oqsaroy peshtoqiga yozdirgan mashhur
bashorat bejiz emas ekan-da!5
Minora degan so‘z “nur taratib turgan inshoot”, “mayoq” degan
ma’noni
bildiradi. O‘zbekiston – peshonalariga ezgu g‘oyalar yozilgan mahobatli
minoralar mamlakati.
Bu
minoralar
avval
bobolarimizning
g‘oyalarida,
g‘oyalardan qog‘ozdagi chizmalarga, chizmalardan chiqib maydonlarda qad
ko‘targan. Samarqand, Buxoro, Xivadagi eng baland minoralarning poydevori 20
metrgacha yer qa’riga kirib ketgan ekan.
Minoralar – ham moddiy (arxitektura) ham ma’naviy (yozuvlaridagi ma’no)
ob’ekt. Moddiy va ma’naviy qadriyatlarimizdagi bu uyg‘unlik ma’naviy
ildizlarimizning qanchalik teranliginini tasdiqlaydi. Bu minoralarni qurish ham
“ezgu fikrlarni targ‘ib qilaylik”, degan bunyodkor fikrdan boshlangan. Ya’ni
Abdulla Avloniy. Turkiy Guliston yoxud axloq. – T.: O‘qituvchi, 1992.
Yuksak ma’naviyat – Sohibqironning yengilmas kuchi. /Mediataqdimot. Milliy g‘oya va mafkura
ilmiy- amaliy markazi. Tuzuvchilar: M.Quronov, O.Bozorov. (52). 2014/13. –B. 7.
4
5
40.
yuqorida keltirganimiz “minora – o‘zidan nur taratib turadigan inshoot, mayoq”degan ta’rifdagi nur bu – ulardagi hikmatlar. Mana shu qisqacha tahlilning o‘zi ham
minoralarimiz ularga ko‘zi tushgan, ulardagi ezgu fikrlarni o‘qigan odamlarga ezgu
g‘oyalarni yoyuvchi ma’naviy targ‘ibot vositasi bo‘lganini ko‘rsatadi. Chunki
mutafakkir ajdodlarimizdan biri Mahdumi A’zam aytganidek, “fikr ko‘rinmaydi,
ammo u ko‘rinadigan ulug‘ ishlarni bajaradi”.6
Mamlakatimizda amalga oshirilgan mislsiz bunyodkorliklar barqarorlik,
osoyishtalik
va
hamkorlik,
o‘zaro
hurmat
va
mehr-oqibat
muhiti,
vatandoshlarimizning tobora o‘sib borayotgan dunyoqarashi va ongu tafakkuri,
huquqiy va siyosiy madaniyati va faolligi kabi ma’naviy tushunchalar zaminida
yuksaldi. Ularni ma’naviyat minoralari, deb aytsak, arziydi. Chunki bu minoralar
bugun jahon kelib ko‘rayotgan ulug‘ ishlarimizning mezon – mayoqlari bo‘lib
xizmat qilmoqda.
Xalqimizdagi yuksak ma’naviyat va adolatga intilish tuyg‘usi uning eng
murakkab davrlarda ham o‘ta og‘ir sinovlardan o‘tishi, hayotning turli to‘fon
va bo‘ronlariga mardona dosh berib, qaddi-qomatini tik tutib yashashiga katta
madad baxsh etgan.
Turli din va millat vakillariga hurmat, ular bilan bahamjihat yashash,
dinlararo bag‘rikenglik, dunyoviy bilimlarga intilish, o‘zga xalqlar ilg‘or tajribalari
va madaniyatini o‘rganish kabi xususiyatlar ham o‘zbek xalqida azaldan mujassam.
Shu bilan birga, milliy xarakterga xos bo‘lgan muruvvat, andisha, or-nomus,
sharmu hayo, ibo-iffat kabi betakror fazilatlar, o‘zbek xalqini ko‘p jihatdan ajratib
turadigan
mehmondo‘stlik,
bag‘rikenglik,
oqko‘ngillik
xususiyatlari
ham
ma’naviyatning ildizlarini tashkil etadi. Ana shu ildiz qirqilsa, ma’naviyat daraxti
sekin-asta quriy boshlaydi. Ma’naviyatsiz el esa qaramlikka mahkum bo‘ladi.
Shunday ekan, biz ma’naviyatimizni uning borligicha asrashga va ildiziyu tanasini
mustahkamlashga harakat qilib, “ma’naviy mineral” o‘g‘itlarga boy suv bilan
sug‘orib turishimiz lozim.
6
To‘raev B.O. Mahdumi A’zam – mutafakkir. –T.: Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2013. –B. 23.
41.
Bundan tashqari, hozirgi murakkab dunyoda O‘zbekistonni o‘z ta’sirdoirasiga tortishga urinuvchi kuchlar amalda bizni qadimiy ildizlarimizdan uzib
tashlashga yo‘naltirilgan ma’naviy tajovuzlarni kuchaytirmoqdalar. Bunday
kuchlar bizning mahalliy sharoitimiz, an’ana va qadriyatlarimiz, minglab yillik
tariximizni, ma’naviyatimizning milliy-etnik asoslarini bilmasdan turib, o‘z fikrini
o‘tkazishga harakat qiladilar. Bunday intilishlar negizida, albatta kimningdir
manfaati turadi. Jahon tarixi shundan dalolat beradiki, o‘z milliy an’analari,
qadriyatlari, tomirlari va asoslaridan uzilmagan, o‘z qadr-qimmati va g‘ururini
saqlay oladigan davlat va millat o‘z murod-maqsadiga yetadi.
Shu sababdan ham, istiqlol yillarida ma’naviy tiklanishning ijobiy,
bunyodkorlik mohiyatini kuchaytirishga qaratilgan, bir-birini to‘ldiradigan siyosiy,
iqtisodiy va madaniy dasturlar majmui ishlab chiqildi. Ushbu dasturlar qayta
tiklanayotgan
merosga
farqlab
yondashishga,
eng
muhim,
umuminsoniy
qadriyatlarni boyitadigan hamda jamiyatni yangilash talablariga javob beradigan,
ma’naviy jihatdan ahamiyatli urf-odat, marosim, an’analarni tanlab olish
zaruriyatiga asoslangan.
Xalq ma’naviyatini, millat ma’naviyatini sun’iy ravishda, qandaydir o‘ylab
topilgan aqidalarga, dogmalarga tayanib, yuzaga keltirib ham, keskin o‘zgartirib
ham bo‘lmaydi. Chunki ma’naviyat tushunchasining mazmuni bir kunda, bir yilda,
hatto bir asrda shakllanadigan narsa emas, u har bir xalqning juda uzoq tarixi
qa’ridan oziq olib, teranlik kasb etib keladi.
Islom Karimov xalq ma’naviyatini yuksaltirish deganda nimani ko‘zda
tutganini hali mustaqillikka erishmasimizdan – 1990 yili O‘zbekiston
Prezidenti sifatidagi birinchi nutqidayoq ochiq-oydin bayon etgan edi. U ushbu
ma’ruzasida inson ruhiyatining nozik va murakkab tomonlari bilan, “xazinalarga
to‘la milliy- tarixiy an’analar bilan, umuminsoniy ma’naviy boyliklar bilan
hisoblashmaslik” yaqin o‘tmishimizda jamiyatga qanchalar zarar keltirganini qayd
etib, yangicha vazifalarni olg‘a surgan edi:
“Birinchi navbatda milliy madaniyatimiz, xalq ma’naviy boyligining
ildizlariga e’tibor berish lozim. Bu xazina asrlar davomida misqollab to‘plangan.
42.
Tarixning ne-ne sinovlaridan o‘tgan. Insonlarga og‘ir damda madad bo‘lgan.Bizning vazifamiz – shu xazinani ko‘z qorachig‘imizdek asrash va yanada boyitish,
so‘zda emas, amalda har bir kishining vijdon erkinligini, e’tiqodining erkinligini
ta’minlashimiz kerak”7.
Hech bir xalq dunyoda yakka yashamaydi, yolg‘izlikda rivojlanmaydi ham.
Elat va millatlar doimo o‘zaro turlicha munosabatda bo‘ladilar va tarix davomida
bir-biriga ta’sir o‘tkazib, o‘zlarini ham, o‘zgalarni ham ma’naviy boyitib boradilar.
Ammo hech qachon, hech bir xalq o‘zligidan butkul kechib, boshqa xalq
ma’naviyati hisobidan o‘zini boyita olgan emas. Yakka shaxs butkul o‘zga
ma’naviy muhitda tarbiya topib, unga to‘liq moslashishi mumkin. Bu – inson
tabiatiga xos narsa. Ammo bir xalq to‘lig‘icha o‘zligidan kechib, o‘zga xalq
ma’naviy dunyosini qabul qilsa, demak, unday xalq yo‘q bo‘ladi, o‘z ma’naviy
qiyofasini yo‘qotgan millat esa yo‘qolgan millatdir. Shu sababli ham milliy
mustaqillik poydevorini ma’naviy muctaqillik tashkil etadi, deymiz. Milliy
ma’naviyatning takomili o‘sha millatga mansub har bir shaxsning ma’naviy
kamoloti bilan bevosita bog‘liq va ushbu zaminga tayanib yuksaladi.
Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. Bu aksioma. Hech qachon isbot talab
qilmaydi. Uning har bir so‘zi tushunarli. Shunday bo‘lsa-da, bu haqda qisqacha
to‘xtalish joiz.
O‘zbek tilining izohli lug‘atida yuksak so‘zining ikkita ma’nosi mavjudligi
yozilgan:
1. Baland, yuqori.
2. Yuqori darajadagi, oliy.
Yuksak ma’naviyat birikmasida aynan ikkinchi ma’nosi nazarda tutilgan.
Ya’ni yuqori darajadagi, oliy maqomdagi ma’naviyat, degan ma’no anglashiladi.
Demak, ma’naviyat insonda turli xil darajada bo‘lar ekan: past, o‘rta, yuqori.
Insondagi ma’naviyat darajasini qanday aniqlash mumkin?
Oddiyroq qilib aytadigan bo‘lsak, xalq orasidagi “bama’ni yigit”, “bema’ni
odam” kabi iboralar aslida odamlarning ma’naviyat darajasiga xalq tomonidan
7
Karimov I.A. Istiqlol va ma’naviyat. –T.: O‘zbekiston, 1994. –B. 65-66.
43.
berilgan bahodir. Agar ma’naviyati yuqoriroq kishi bo‘lsa, unga nisbatan bama’ni(ya’ni ma’naviyat mezonlariga mos, ma’naviyati bor), aksincha, ma’naviyati past
bo‘lsa, unga nisbatan bema’ni (ya’ni ma’naviyatlilik mezonlariga mos emas,
ma’naviyati yo‘q, ma’naviyatsiz) degan ibora qo‘llanadi.
Xo‘sh, bu bo‘linish odamlarning qaysi xususiyatlariga qarab ajratiladi?
Bu ularning axloq-odobi, insoniyligi va eng asosiysi, o‘zlaridagi mavjud
fazilatlar orqali ajratiladi. Ya’ni insonlardagi yaxshi fazilatlarning qanchalik
ko‘p yoki kam ekani bilan ularning ma’naviyatlilik darajasi o‘lchanadi.
Fazilat (arabcha “afzallik”, “ijobiy xislat”, “ezgu ish”) – ijobiy xislat, yaxshi
xulq yoki xususiyat. Ana shu ijobiy xislatlarning har birini imoratning bitta
qavati deb olib, har bir fazilatni boshqasining ustiga qo‘yib chiqamiz. Natijada esa,
qavatlar soni ko‘payib, bino yuqorilab, yuksaklikka bo‘y cho‘zib boradi.
Nafaqat yuksaklikka bo‘y cho‘zadi, balki yorug‘likka yuz tutib, quyosh nuridan
bahra olish imkoniyatlari yanada ortadi. Atrofni ko‘ra olish xususiyati ham ortadi.
Uzoq- uzoqlarni ko‘ra oladi. Qancha yuksalib borsa, atrofini shuncha keng qamrab
oladi. Xavf-xatarni oldindan sezadi va unga qarshi immunitetini hozirlaydi. Bu
binoning nomini ma’naviyat, deb ataylik. Demak, fazilatlar qancha ko‘p bo‘lsa,
imorat, ya’ni ma’naviyat shuncha yuksalib boraveradi.
Fazilatlari ko‘p bo‘lgan, kamolotga intilgan odamni eng toza, yarqiragan
ko‘zguga o‘xshatishimiz mumkin. U qorong‘ulikda, xiralikda yurgan odamlarga
quyoshning nurini yetkazib berishga, ularning yo‘lini yoritishga xizmat
qiladi. Ana shu sababli ham ular ziyoli kishilar, ya’ni ziyo, nur taratuvchi kishilar
deyiladi.
Insonning
ma’naviyatini
yemirib
boradigan, fazilatlarning
aksi, ziddi, dushmani bu – illat (kasallik, dard; kamchilik, nuqson; sabab).
Illatni zaxga, sho‘rga,
zamburug‘ga o‘xshatish mumkin. Uning bittasi ham ko‘p. Chunki bitta illat
biz
yuqorida majoziy ma’noda, shartli ravishda atagan imoratimizning kuchini
yo‘qotib, qavatma-qavat cho‘kib borishiga olib keladi. Ya’ni illatlarning soni
ko‘payib, fazilatlarni yemirib boradi va bunday shaxs ma’naviy tubanlikka yuz
tutadi. Uning imorati cho‘kib, jarlik hosil qilishi ham hech gap emas. Jarlik esa
zim-ziyo. U yerdan hech narsa ko‘rinmaydi. Har qanday balo-qazo o‘sha joyga
44.
qorong‘ulik, ham chuqurlikda bo‘lgan odam esa na atrofni va na uzoqni ko‘raoladi. Aksincha, bir o‘zi qolishdan qo‘rqqandek, atrofidagilarni ham ana shu
chohga tortaveradi. Balki o‘zi bu chohdan chiqish uchun yon-veridagilardan
foydalanmoqchi bo‘lar. Lekin bunday qilish o‘rniga uning ham jarga qulashiga
sababchi bo‘ladi, xolos. Bunday odam xuddi suvda cho‘kayotgan kishini eslatadi.
Fazilatlar yosh yigit-qizlarda o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib qolmaydi. U
tarbiyalash, tushuntirish, ko‘rsatish va o‘rgatish orqali orttiriladi. Tarbiya esa
bu insondagi fazilatlar sonini ko‘paytirishga qaratilgan jarayondir. Shu ma’noda,
xalq orasidagi tarbiyali, axloqli, odobli, ma’naviyatli, bama’ni, ma’nili, adabli,
tartib- intizomli kabi so‘zlar sinonim so‘zlardir. Axloqli odam odobsiz bo‘lolmaydi,
odob- axloqsiz odamni esa ma’naviyatli deyolmaymiz. Bularning barchasi bir-biri
bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan so‘z va tushunchalardir.
Bu tushunchalar kecha yoki bugun paydo bo‘lgani yo‘q. Ular odamzodga
ming,
million
yillardan
buyon
tanish.
Ular
haqida
qadim-qadimlardan
bobokalonlarimiz, buyuk ajdodlarimiz – Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu
Rayhon Beruniy, Abu-l-Qosim Mahmud Zamaxshariy, Abu Mansur Moturidiy,
Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Burhonuddin Marg‘inoniy, Alisher Navoiy,
Amir
Temur,
Zahiriddin
Muhammad
Bobur,
ma’rifatparvar
bobolarimiz
Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitratu Mahmudxo‘ja
Behbudiylar o‘z fikrlarini bildirib, inson kamoloti, ma’naviy yetukligi haqida
qayg‘urib kelishgan. Jumladan, “Avesto” kitobida, turkiy tosh bitiklarda, hadisi
shariflarda, Amir Temur “Tuzuklar”iyu Alisher Navoyning shoh asarlarida, Abdulla
Avloniyning tarbiyaviy-pedagogik asarlaridan aynan ma’naviyat, axloq-odob va
tarbiya masalalari, insonga xos fazilatlarning mazmun-mohiyati haqida ko‘plab
ma’lumotlar olishimiz mumkin.
Buyuk allomalarimiz, ma’rifatparvar bobolarimiz va bugungi kunning har
jihatdan yetuk shaxslari fazilatlarning barchasiga ega bo‘lish eng oliy saodat
ekanini ta’kidlash bilan birga, ularning eng saralari haqida o‘z asarlarida yozib
qoldirganlar. Masalan, zardushtiylikning muqaddas kitobi hisoblanmish “Avesto”
kitobida barcha insonlar ezgulikka chorlanib, undagi asosiy g‘oya ham “Ezgu o‘y,
ezgu so‘z, ezgu
45.
amal” deb nomlanadi.“Avesto”da ezgulik xudosi Axura Mazda haqida yozilgan.Axura iloh, xudo, degani. Mazda so‘zining ma’nosi “bilim”, “bilimdonlik”,
“donolik”, “donishmand”, “oqil” mazmuniga to‘g‘ri keladi. Demak, bu kitob
insonlarni bilimdonlikka, donolikka, oqillikka chorlagan.
VIII-IX asrlarda “O‘g‘uznoma”, “Kultegin bitiklari”, “To‘nyuquq bitigi”,
“Bilka qog‘on bitigi” singari yirik tarixiy-badiiy asarlar ajdodlarimiz ma’naviy
kamolot darajasi va tarbiyaga bo‘lgan e’tiborini aks ettiradi.
Bilka qog‘on ermish, Alp qog‘on ermish,
Buyruqchilari ham bilka(bo‘lg‘on bo‘lsa) ermish, Alp bo‘lgan bo‘lsa
ermish.
Beklari yana, buduni yana to‘g‘ri ermish, Shuning uchun ancha qo‘l
tutgan bo‘lsa ermish.
Demak, hukmdorning asosiy fazilati bilimli, farosatli, shu bilan bir paytda,
shijoatli va mard bo‘lsa, lashkarboshilar, amaldorlar ham shunday bo‘lsa,
beklar, oddiy fuqarolar millat va Vatanga sodiq, to‘g‘riso‘z, gapi bilan amali bir
joydan chiqadigan bo‘lsa, mamlakat yuksalar, el farog‘atda yashar ekan8.
Islom dini ta’limoti bo‘yicha Qur’ondan keyin turadigan ikkinchi muqaddas
manba – hadis. Hadislar Muhammad payg‘abarning hayoti va foliyati, shuningdek,
diniy va axloqiy ko‘rsatmalarini o‘z ichiga oladi. Ularda islom, imon va ibodatning
tartib-qoidalari hamda ularni mukammal bajarishga da’vat etish bilan birga insoniy
fazilatlar ham keng targ‘ibu tashviq qilinadi, insoniylik sha’niga dog‘ tushiradigan
razil sifatlar – illatlar qoralanadi. Masalan, quyidagi hadislar shular jumlasidandir:
Mo‘minlarning afzali xulq-atvori yaxshilaridir.
Mo‘min kishi o‘zining yaxshi xulqi bilan kechasi qoim (ibodat qiluvchi) va
kunduzi soimlar (ro‘za tutuvchi) darajasiga erishadi.
Sizlarning eng yaxshilaringiz umringiz uzun bo‘lib, savob ishlarni ko‘p
qiladiganlaringizdir.
Imomnazarov M. Milliy ma’naviyat asoslari. – T.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2006. – B.
103.
8
46.
Ota-onaning farzandlariga qoldiradigan eng yaxshi merosi ularning odobaxloqidir.Osonlashtiringlar, qiyinlashtirmanglar! Xushxabar aytinglar, qiziqtiringlar,
nafratlantirib qo‘ymanglar (o‘zingizdan bezdirmanglar)!9
Amir Temur o‘z “Tuzuklar”ida: “Garchi ishning qanday yakunlanishi taqdir
pardasi ortida yashiringan bo‘lsa ham, aqli raso va hushyor kishi mulohazakorlik,
tadbir va kengashga tayanishi lozim”, – deydi va “Azmi qat’iy, tadbirkor,
hushyor,
mard va shijoatli bir kishi mingta tadbirsiz va loqayd kishidan afzaldir”,
degan xulosaga keladi. Bundan odob, ilm Amir Temur uchun ham mayoq – minor
bo‘lgani, loqaydlik qoralangani va bu uning muvaffaqiyatlari kaliti bo‘lgani ayon
bo‘ladi.
Qadimgi
ajdodlarimizkomil inson haqida
butun bir
axloqiy
talablar majmuasini, zamonaviy tilda aytsak, sharqona axloq Kodeksini ishlab
chiqqanlar.
Kishi qalbida haromdan hazar, nopoklikka, adolatsizlikka nisbatan murosasiz
isyon bo‘lishi kerak”10.
Demak, ezgulik har zamonu har makonda dolzarb bo‘lgan, insonlarni
bunyodkorlikka, taraqqiyatga chorlagan. Ma’naviyat esa
barcha
ezguliklar
manbaidir. Bugun yuksak ma’naviyat haqida ko‘p va xo‘p gapirilmoqda.
Haqli
ravishda “ma’naviyat yuksak bo‘lmasa, bo‘lmaydimi”, degan savol paydo
bo‘ladi. Biz globallashuv davrida yashamoqdamiz. Dunyoda sodir bo‘layotgan
voqea- hodisalar haqida zum o‘tmay barcha xabardor bo‘lishi mumkin. Demakki,
tashqi tahdidlar, yot ta’sirlar ham oz fursatda dunyoning turli burchaklariga yetib
borishi mumkin. Shunday ekan, har birimiz uchun yuksak ma’naviyatning
shakllangani mustahkam mafkuraviy immunitet ta’minlanganidan dalolat beradi.
To‘liqroq ma’lumot olish uchun qarang: Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Buxoriy. Sahihi Buxoriy.
–T.: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2008. –B. 20-33.
10
Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. –T.: O‘zbekiston, 1996. –B. 39.
9
47.
2.3. Milliy tarbiyaning ayrim metodlari va mezonlari.Milliy tarbiya mazmunini eng yaxshi o‘zbek oilalarida amal qilingan va amal
qilinib kelinayotgan tarbiya mazmuni va mustaqillik sharoitida davlat, jamiyat
maktab tarbiyasiga qo‘ygan talablardan mujassamlangan fazilatlar hosil
qiladi. Muayyan
fazilatlarning
izchil,
turli
vaziyatlarda,
turli
vositalar
yordamida
singdirilib, tuzatilib, takomillashtirilib borilishi pirovard natijada davlat va
jamiyat,
oila, mahalla, maktab uchun namunaviy o‘quvchi, o‘g‘il-qiz axloqini hosil
qiladi. Ana shu nuqtai-nazardan kelib chiqqan holda milliy davlatchiligimiz,
xalqimiz tarixi, hoziri, istiqloli va istiqboli talablarini umumlashtirgan holda
hozir o‘quvchilarimizda shakllantirilishi dolzarb ahamiyat kasb etayotgan fazilatlar
tasnifi tuzildi. Barcha insoniy fazilatlar kabi mazkur fazilatlar ham ratsional,
emotsional va faoliyatga asoslangan tarkibiy qismlar uyg‘unligiga tayanadi. Shu
tufayli oila, maktab, mahalla, maktabdan tashqari muassasalarning izchil, amaliy
hamkorligi bu fazilatlarni maxsus shakllantirishning barqaror surat va sifatini
ta’minlaydi.
Milliy istiqloliy tarbiya mazmunini quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalar
uyg‘unligini pedagogik ta’minlash tashkil qiladi: kattayu-kichik bilan avval
salomlashib, keyin so‘z boshlash; ota-onaga mehrlilik; nafaqat yoshi ulug‘larni,
balki o‘zidan kichiklarni ham samimiy izzat qilish; to‘y-maraka, janozada o‘z
o‘rnini bilib xizmat qiluvchi; boshqa millat bolalarini ham xuddi o‘zidan
48.
millatparvar bilib, hurmat bilan e’zozlovchi, ularning milliy madaniyatiga samimiyqiziqish; nohaqlik va axloqsizlikni ko‘rsa, xoh katta, xoh kichikni noto‘g‘ri
ishlardan qaytarib, insofga chaqira olish; jamoat transportida o‘zidan katta va
kichikka izzat ko‘rsatish; o‘zi mansub jamoa muammolariga tegishli yig‘ilish,
majlis, xayriyalarda faollik; yo‘lovchilarga xalaqit beruvchi narsalarni yo‘ldan olib
qo‘yish; qanoatlilik; xalqlar, millatlar orasidagi fitna-fasod, jaholatga qarshi turish;
umummilliy jipslikni hamshaharlik, mahalliychilikdan ustun qo‘ya olish; o‘zining
tabiatga, jamiyatga, o‘ziga bo‘lgan munosabatlarni “yaxshi niyat”, “yaxshi so‘z”,
“yaxshi ish” asosiga qura olish, tavozelilik, ochiq chehralik; inson umri, vaqtini
qadrlash; gunoh, xato qilsa, kechirim so‘ray olish; o‘zining yetti pushti tarixini
mufassao aytib bera olish; barcha qarindoshlarining yaqinlik darajalari va
nomlarini bilish va ularga mehrini namoyish qilish; sinfdoshi, o‘rtog‘i oilasida
noxush voqea sodir bo‘lganida, bemor bo‘lganida albatta borib, hol-ahvol so‘rash;
tanishlari, do‘stlari, notanish bolalar arazlashganda ularni yarashtirishga harakat
qilish; birovning shodligidan shodlanish, qayg‘usiga hamdard, sherikligini bildira
olish; (o‘g‘il bolalar uchun) qiz bolalarni har tomonlama nozik deb e’zozlash,
ularga o‘z hurmatini amalda namoyon qilish; (qiz bolalar uchun) o‘g‘il bolalarni
g‘ururli, mard, shijoatli deb bilish, ularga o‘z hurmatini bildirish; aka va opani otaona kabi izzat qilish; bir marta ko‘rishgan kishining ismini so‘rab qo‘yish va esda
saqlash; vafot etgan yoki o‘zi shu yerda yo‘q kishi haqqiga g‘iybat va tuhmatdan
xazar qilish; Unga ishongan kishining sirini saqlay olish; “Yomon” deb nom
chiqargan bolalardan o‘zini tuta olish; yaxshi kishilarga havas va taqlid qilish;
birovning aybiga kulmaslik, yuziga solmaslik; kek saqlamaslik; badavlat kiyingan
bola qarshisida o‘zini xor tutmaslik, kambag‘al kiyingan bola oldida kekkaymaslik;
o‘g‘il bo‘lib qizlarning, qiz bo‘lib o‘g‘illarning kiyimini kiymaslik; milliy axloq va
sharoitga xilof xatti-harakatlardan tiyilish; o‘ziga topshirilgan ishni oliy darajada
bajarishni ilohiy e’tiqod darajasida tushunuvchi; sinab va o‘rtaga Ollohni
qo‘yib do‘st bo‘lish, millat, vatan manfaatlariga zid harakat qilgan do‘stidan
kecha olish, ota-onasi lozim ko‘rib bergan ovqat, kiyim-boshga qanoat qilish;
balog‘atga yetgach, g‘usl qilish; nonni ilohiy darajada e’zozlash; ona tilida sof
fikrlash, so‘zlash; uyat, xarom so‘zlarni hech
49.
qachon, hech qaerda, hatto urishgan paytida ham tiliga keltirmaslik, kattalarningijobiy-axloq namunalarini diqqat bilan kuzatish va asta-sekin o‘z xattiharakatlarida namoyon qila borish; har bir jiddiy ishni ota-ona bilan
maslahatlashgan holda boshlash, o‘z tarixi haqida allomalari, xizmatlari haqida,
minnatdorlik bilan hikoya qilib bera olish; milliy madaniy yodgorliklar tarixini
yaxshi bilish va ularni asrashga xizmat qilish; savdo-sotiq, bozor munosabatlarida
insofli, chaqqon, jur’atli bo‘lish; milliy istiqlol mafkurasi g‘oyalarini o‘zlashtirish,
ijtimoiy-siyosiy voqealarga tarixiy nuqtai-nazardan turib mustaqil munosabat
bildira olish; kitobxonlik; barvaqt uyquga yotib, barvaqt uyg‘onish; sabrli,
andishalilik; o‘z kelajagiga talluqli masalalar bo‘yicha mustaqil, yoshiga mos fikr
yurita olish va h.k.
Milliy tarbiya mazmunini amalga oshirish uchun milliy tarbiya uslublarini
tiklamoq kerak. Buning uchun o‘zbek tarbiyachilik madaniyati o‘zining boy
uslubiy
manbalariga
ega.
Mustaqil
O‘zbekiston
umumta’lim
maktablarida
tarbiyadagi islohot xalqimiz orasida bolaga tarbiyaviy ta’sir o‘tkazish tarzlarini
o‘rganib,
pedagogik asoslab milliy tarbiya uslubiyatini boyitishni taqozo etadi.
Ma’lumki, so‘zlar, iboralar ko‘pincha bir necha xil ma’noni anglatadi. U
yoki bu so‘zning ilmiy pedagogik atamaga aylanishi esa, bir so‘zning muayyan bir
ma’noni anglatishni talab qiladi. Masalan, “kechirmoq” so‘zi to‘rt xil;
“o‘ynamoq” so‘zi o‘n xil ma’noga ega. Bu so‘zlarning atamalarga aylanishi uchun
ularning “fan,
texnika, kasb-hunarning biror sohasiga xos muayyan bir tushuncha, (Termin.
O‘zbek tilining izohli lug‘ati, T.: 1981, 2-tom, 165 bet)ga aylanishi talab
qilinadi. Bunga “Botanika atamalari”, “Zargarlik atamalari”, “Huquqshunoslik”
atamalari va boshqalar misol bo‘la oladi. Xullas, so‘z-atama-uslub harakati orqali
yuqoridagi so‘zlar aniq va barqaror pedagogik tushunchalarga aylanadilar.
Masalan, “kechirmoq” - tarbiyalanuvchiga tarbiyaviy ta’sir o‘tkazish maqsadida u
yo‘l qo‘ygan xato, gunohni avf etmoq usuli; “o‘ynamoq” atamasi – bu bola bilan
unda ijobiy sifatlarni rivojlantirish, salbiy sifatlarni kamaytirish maqsadiga
yo‘naltirilgan, ma’lum qoida va usullar bilan ijro etiladigan o‘yinlar bilan o‘ynash
usuli va h.k.
50.
farzandlarida ijobiy fazilatlarni rivojlantirish, salbiy xulq-atvorlarni bartaraf qilishmaqsadida qo‘llagan va qo‘llayotgan yo‘l-yo‘riqlar, harakat tartiblari, tarzlari
tizimidir.
Quyida sharhlanayotgan uslublar
xalqimizning o‘g‘il-qizlarga
madaniy,
mehrli-talabchan munosabatini, bola shaxsiga hurmatini saqlab qolib, maktab
tarbiyasida qo‘llash imkonini beradi. Bolaga tarbiyaviy ta’sir o‘t5kazishning salbiy
usullari ham mavjud. Amaliyotda bartaraf qilish uchun ular ham tahlil qilinib,
o‘rganilmog‘i kerak. Bu, ayrim o‘qituvchilar, ota-onalarda uchrab turadigan
pedagogik xatolarni tuzatib olishlariga yordam beradi.
Ayblamoq - bolani qilgan gunohi, xatosi uchun adolatli ravishda aybli deb
topmoq, ayb qo‘ymoq va bolaning buni anglashiga erishmoq. Arazlamoq - qilgan
salbiy qilig‘i uchun bolani aybsitib, undan o‘pka qilib yurmoq yoki tarbiyaviy
maqsadda vaqtincha yuz o‘girmoq. Baholamoq - bola xulqiga uning ahamiyati,
qadr, qiymati haqida ijobiy yoki salbiy fikr bildirmoq, Bahslashmoq o‘quvchi bilan(maktabda), o‘g‘il-qiz(farzand) bilan maktabda, uyda ilmiy, adabiy,
ahloqiy, milliy-mafkuraviy mazmunda munozara qilmoq. Begona qilmoq -
bolaning yolg‘on gapirganligi aniqlangach, qo‘polligi muhokama qilingach va h.k.
undagi vijdonni junbushga keltirish, qilgan ishi uchun pushaymon qilishi uchun
o‘qituvchi, yoki ota- ona, yoki ona uni o‘zidan vaqtincha uzoq tutib yurishi.
Biriktirmoq - odob-ahloqda, biror hunarda ko‘pchilikka namuna bo‘lgan ustoz
tarbiyasiga bermoq. O‘tmishda qo‘shni ko‘rgan ota-onalar farzandlarining hayotini,
odamlar, begonalar bilan muomala qilishni o‘rgansinlar deb o‘g‘illarini
choyxonachiga
xizmatkorlikka bergan ekanlar. Bitim – bolaning hayotiga,
o‘qishiga, kelajagiga oid jiddiy masalani uning o‘zi bilan muhokama qilib, o‘zaro
ijobiy kelishuv, to‘xtam, qarorga kelmoq. Buyurmoq - vaziyatning taqozosi bilan
tarbiyaviy maqsaddan kelib chiqqan holda bolaning o‘zi uchun, jamoa, millat,
Vatan manfaatlarini ko‘zlab buyruq bermoq. Va’da olmoq - bolaning o‘z so‘ziga
sodiqligini, so‘zi va ishi birligini sinash maqsadida undan biror ishning,
majburiyatning bajarilishi haqida so‘z olmoq. Girgitton bo‘lmoq - mehribonlik
bilan, “aylanay”, “o‘rgilay” so‘zlarini ishlatib, ismiga “jon”, “xon” qo‘shib bolani
erkalash. Yorilmoq - bolaning sizdan noo‘rin
51.
xafaligini bilgach, tanho qoldirib, asl maqsadingiz – uning muvaffaqiyati ekanliginiaytishingiz.
Xayrixohlik,
samimiylik
bu
usulga
muvaffaqiyat
keltiradi.
Inoqlashmoq
- bola bilan yaqin, do‘stona munosabat bog‘lamoq, ahillashib ketmoq. Kafil
bo‘lmoq
-bola bilmay, adashib xatoga yo‘l qo‘ygan chog‘da uning yaxshiligi haqida
boshqalar (o‘qituvi, o‘quvchilar)ni ishontirib, bola uchun mas’uliyatni o‘z ustiga
olmoq. Kengashmoq - bola sinf jamoasi oldida turgan muammoni birgalikda
muhokama qilmoq. Koyimoq - jazo berishning yengil turi. Bolaga tanbehlovchi
so‘z aytmoq, tanbeh bermoq, urishib qo‘ymoq. Kuzatmoq - sinf ahlining, har bir
bolaning xulq-atvorini zimdan qarab, tekshirib turmoq, ko‘zdan kechirmoq, qayd
qilmoq. Ko‘rsatmoq - bolaga, bolalarga o‘rnak yoki ibrat olishlari yoki ularda
yangi tushuncha, bilim hosil qilish maqsadida biror narsaga diqqat e’tiborlarini jalb
qilish. Maqtamoq - bolani uning o‘ziga yoki boshqalar oldida yaxshi tomonlarini
ko‘rsatib gapirmoq, yaxshi qilib ko‘rsatmoq. Nasihat - sokin, xayrixohlik vaziyatda
bolani yaxshi yo‘lga solish, ta’lim berish maqsadida aytilgan gap, maslahat, pand,
o‘git. Ovutmoq - bolaning, uning oilasining boshiga biror kufat tushganda unga
tasalli berib yupatmoq, ovuntirmoq, yo‘g‘lashdan to‘xtatmoq. Odatlantirmoq odob me’yorlarini mashq qildirish. Masalan, salomlashish, murojaat qilish,
mehribonlik ko‘rsatish va hokazolarga odat paydo etmoq, o‘rgatmoq. Oqlamoq shunday vaziyatlar bo‘ladiki, bola yil bo‘yi ajoyib xulq-atvor, o‘qit namunalarini
ko‘rsatib keladi-yu, bilib-bilmay bir xatoga yo‘l qo‘yadi. Masalan, birov bilan
urishib qoladi; hasharga kelmay qoladi va h.k. Shunday holda o‘qituvchi - sinf
tarbiyachisi uni (oldingi namunali xulqi hurmati) oqlamog‘i kerak. So‘ramoq bolaning ilmiy va axloqiy bilimlari haqida ma’lumot olmoq, tekshirmoq, norasmiy
imtihon qilmoq. Talab - tarbiyalash maqsadida boladan biror narsani qa’iyat bilan
so‘rab turish.
Tasalli bermoq - muvaffaqiyatsizlikka uchragan bolani yupatish, ko‘ngil
ko‘tarish uchun gapirmoq, ish-harakat qilmoq. Ta’birlamoq- bolada. Sinf ahlida,
jamoat ahlida uchrab turuvchi xatti-harakatlarni sifatlamoq. Ta’kidlamoq - bolalar
bilan o‘tkazilgan har bir vaziyatda, ularga malol kelmaydigan ahloqiy mazmunni
uqtirib, tayinlab bermoq. Taqdirlamoq - o‘quvchini, farzandni qadrlamoq, munosib
baholamoq, bolaga uning qadri bor ekanligini sezdirmoq. Taqiqlamoq - tarbiyaviy
52.
maqsadda bolaga, o‘quvchiga biron narsani ma’n etmoq. Tahsinlamoq o‘quvchini, farzandni “balli”, “ofarin” kabi so‘zlar bilan qarshi olmoq, maktabyuksak baholamoq. Tenglashmoq - bola, o‘quvchi biror taqsinga sazovor ish
qilganda uning xatti-harakatini eng hurmatli, aziz kishilar hulqiga qiyoslash,
yomon ish qilganida esa o‘z qishlog‘i, mahallasi, hududidagi “yomon” deb nlm
qozongan shaxs hulqiga o‘xshatmoq, taqqoslamoq. Tergamoq - vaqti-vaqti bilan
bolaga yetarli davrajada qattiqqo‘llikni namoyon qilib, tekshirib, nojo‘ya xattiharakatlari uchun koyib “yo‘li”dan qaytarib turish. Uyaltirmoq - noma’qul qilig‘i
uchun bolaga o‘ta noqulaylik tug‘dirish, hijolat, andisha, nomus qildirmoq.
Shavqlantirmoq - bolaning xulqi, o‘qishidagi muvaffaqiyatlari. Kelajagiga g‘oyat
mamnunlik hissi bilan berilmoq, ruhiy ko‘tarinkilik bilan qiziqmoq, zavqlanmoq va
zavqlantirmoq, qanoatlantirmoq. Erkalatmoq - o‘g‘il bolani “qo‘zichog‘im”,
“she’rim”, qiz bolani esa “oppog‘im”, “onajonim” deya silab-siypalamoq, suymoq.
Yalinmoq - agarda boshqa xil usul kor qilmasligiga ko‘z yetsa, bola qalbida mehrni
yangilash, uyg‘otish maqsadida uni biror narsaga ko‘ndirish uchun iltimos qilmoq;
o‘tinib so‘ramoq. Yarashtirish – oilada, sinfda ba’zan uchraydigan o‘zaro urush-
janjalni to‘xtatish, urishmaslikka ahd qildirmoq, munosabatni yaxshilamoq,
totuvlashtirmoq. O‘ynamoq - bola bilan unda ijobiy sifatlarni rivojlantirish, salbiy
sifatlarni yo‘qotish maqsadiga yo‘naltirilgan ma’lum qoida va usullar bilan ijro
etiladigan o‘yinlarni birga o‘ynash usuli. O‘rgatmoq - bolaga biror ish harakat
(masalan, choy damlashni, turli joy, vaziyatlarda o‘zini tutishni, gapirishni va h.k.)
bajarish usulini, yo‘l- yo‘rig‘ini tushuntirmoq, bildirmoq va shu ishni mustaqil
bajara oladigan qilmoq. O‘qitmoq - yozilgan narsani yoki matnni undagi belgilar,
harflar vositasida aynan aytib, eshittirmoq. Qaytarmoq - bola, o‘quvchi jahli
chiqib, qizishib biror kor hol, yomonlik qilishga qaror qilsa yoki vajohati shuni
ko‘rsatsa, uni bunday nomaqbul, nojo‘ya ishdan, xatti-harakatdan o‘zini tutishga
undamoq, tiymoq. Qiziqchilik qilmoq - o‘quvchi, bola bilan munosabatda
rasmiyatchilikni, psixologik tanglikni bartaraf qilish maqsadida mavzuni burib
yuborish, ermak, hazil qilish, bolani kuldirish. Sovg‘a berish – bolaga bayram,
hayitlar munosabati bilan imkon darajasida tuhfalar qilib, uning mehrini yangilab,
oshirib turish. Homiylik qilish –
53.
bolaga biror sohaga qiziqib, berilib shug‘ullansa, bu ishda unga yordam, madadberish, muhofaza etish.
Shu bilan birgalikda o‘quvchi, bolaga tarbiyaviy ta’sir o‘tkazishning salbiy
usullari mavjudligi va ularga barham berish uchun ulardan namunalar
keltirildi: Aldamoq - yolg‘on-yashiq gaplar bilan, va’dalar bilan avramoq,
laqillatmoq. Bachkanalashmoq - o‘qituvchi, ota-onaning kattalarga, ulug‘larga
nomunosib qiliklar, xatti-harakatlar qilishi. Vaysamoq- bolalarni, o‘quvchilarni
tomonlarga bo‘lib, bir-biriga qarshi oyoqlantirib, tezlab, ular orasidagi ziddiyatni
kuchaytirmoq; nizoni avj oldirmoq, olqishlamoq. Gina qilmoq - o‘quvchiga, bolaga
nisbatan dilda xafalik, kek saqlamoq. Yomonlamoq - bolaning oldida yoki
orqasidan uni yomonlab, yomonga chiqarib, qoralab gapirmoq. Zarda qilmoq bolaga, o‘quvchiga hadeb zarda, jahl qilaverish. Zorlanmoq - bolalar qoshida biror
narsadan, vaziyatdan nolimoq, shikoyat qilmoq, hasad qilmoq, nochorlikni
namoyon qilmoq. Majbur qilmoq - hech bir asossiz o‘quvchining, sinfning
munosabati bilan hisoblashmay, amr, zo‘rlik bilan yoki biror narsa taqozosi bilan
bir ishni qilishni buyurish, ko‘r- ko‘rona talab. Nizo – o‘qituvchi va o‘quvchi, bola
va ota-ona orasida o‘zaro kelishmovchilik yoki qarama-qarshilik, dushmanlik,
adovatli munosabat, ixtilof, nifoq hosil qilish. So‘kmoq - bolani yomon, uyat
so‘zlar bilan urishmoq, haqorat qilmoq. (odatda bu usul so‘kiluvchining
so‘kuvchiga behrligiga olib boradi). Ho‘mraymoq - farzandga, o‘quvchiga,
qovog‘ini solib tikilmoq, yomon ko‘z bilan qaramoq. Qarg‘amoq - farzandga,
bolaga yomonlik, baxtsizlik yoki o‘lim tilab koyimoq; yomon niyat tilamoq.
Amalga oshirilgan nazariy, usulbiy, amaliy izlanishlar ta’lim jarayonida,
sinfdan va maktabdan tashqari ishlar tizimining barcha tarkibiy qismlariga
kompleks joriy qilinishi milliy tarbiyaning texnologik tizimini belgilashga asos
bo‘ldi (5-chizma). Chunki ijtimoiylashuv bolaga jamiyat, milliy madaniyat
tomonidan ko‘rsatiladigan tarbiyaviy ta’sirligi tufayli uning ongi va xulqiga
sistemali ta’sir ko‘rsata olmaydi. Maktab esa o‘ziga xos texnologik imkoniyatlari
mavjudligi tufayli milliy tarbiyani maqsadli amalga oshira oladi. Bu esa
maktabning o‘quvchilarda milliy tarbiya mezonlarini
tushunchalarni xulq-atvor me’yorlariga
hosil
qiluvchi
bilim,
54.
aylantirishning real imkoniyatlariga ega ekanligini ko‘rsatadi. Ana shu nuqtainazardan: 1) maktab – O‘zbekistonda milliy istiqlolni ta’minlashga qodir bo‘lganyetuk milliy zamonaviy yosh avlodni tarbiyalab yetishtira oluvchi asosiy davlat
muassasasidir; 2) maktab tarbiyaviy jarayoni ilmiy asosga qurilsa, samarali,
maxsus vositalarga ega bo‘ladi; 3) o‘qish – maktab yoshidagi bolalarning asosiy
vazifasi, yetakchi faoliyatdir. Bola maktabga kelishining birinchi kuniyoq uni
axloqiy qadriyatlar, me’yorlarning bola uchun yangi dunyosiga olib kiradi; yaxshi
o‘qish, yaxshi xulqlilik-o‘quvchining davlat, oila, maktab oldidagi burchi
sifatida
anglanadi;
4)
turli
kasb
egalari
bo‘lmish
ota-ona,
qarindosh,
mahalladoshlardan farqli o‘laroq, endi uning tarbiyasi bilan maxsus pedagogik
tayyorgarlik ko‘rgan mutaxassislar – o‘qituvchilar shug‘ullana boshlaydilar; 5)
o‘quvchi o‘tkazadigan har bir kunning katta bir qismi maktab, o‘qish masalalari
bilan band bo‘la boradi va h.k. yuqoridagi xususiyatlar tufayli o‘quvchilarda
muayyan
insoniy
sifatlarning rivojlanishini qayd qilish, kuzatish, tarbiyalash
imkoniyatlari paydo bo‘la boradi
55.
Xulosa va tavsiyalarBugungi kun o‘quvchilarining ma’naviyati, ma’rifatini yuksaltirishda eng
zamonaviy usullardan foydalanish talabi pedagog kadrlarni soxaga oid
yangiliklarni
doimiy o‘rganishga, izlanishga undamoqda. O‘quvchilarni tegishli
mavzularni o‘zlashtirishga
Sharq va
bo‘lgan
ishtiyoqini oshirib
borishda
G‘arb
pedagogikasining o‘ziga xos jihatlarini o‘rganish, yoshlarga beriladigan
nazariy bilimlarni amalda qo‘llash kompetensiyalarini shakllantirishga erishish
dolzarb
vazifalardan biridir. Bu va bu yo‘nalishdagi boshqa muhim vazifalarning
me’yoriyxuquqiy xujjatlarda aks ettirilishi va bu yo‘nalishdagi qonunlar va normativ
xujjatlarning takomillashuvi muhim ahamiyatga egadir.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda jamiyat hayotining ma’naviy-ma’rifiy
asoslarini mustahkamlash, milliy istiqlol g‘oyasining asosiy tushuncha va
tamoyillarini hayotga joriy etish, yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbida
Vatanimiz taqdiri va kelajagi uchun daxldorlik va mas’uliyat hissini oshirish, yot
g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirishga yo‘naltirilgan targ‘ibot
tizimi shakllandi. Bu jarayonda muayyan me’yoriy xujjatlar shakllanib,
takomillashib borayotganligini qayd etish lozim.
Bugungi kunda dunyoda globallashuv jarayonlari kuchayib, tinchlik va
barqarorlikka qarshi yangi tahdid va xatarlar tobora ko‘payib bormoqda.
Bunday murakkab va tahlikali vaziyat sohada amalga oshirilgan ishlarni tanqidiy
baholab, uning faoliyatini zamon talablari asosida takomillashtirishni taqozo
etmoqda.
Xususan, oila, mahalla va ta’lim muassasalarida yoshlar tarbiyasi, chekka
hududlar va mahallalarda uyushmagan yoshlar bilan maqsadli g‘oyaviy-tarbiyaviy
56.
e’tiborsizlik, erta turmush qurish, oilaviy ajralishlar kabi salbiy holatlarning oldiniolishga qaratilgan targ‘ibot ishlarining aksariyat hollarda kutilgan natijani
bermayotgani bu masalalarga jiddiy e’tiborni talab etmoqda.
Ana shu maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda, tarbiya soxasidagi
ishlarining mazmun-mundarijasini tubdan yaxshilash, ularning ko‘lami va
miqyosini kengaytirish, tizimda faoliyat ko‘rsatayotgan soha xodimlarining bilim
va malakasini izchil oshirib borish, sohada faoliyat olib borayotgan muassasa va
tashkilotlar ishini muvofiqlashtirish va ularning samarasini oshirish, bu boradagi
me’yoriy xujjjatlarni takomillashtirib borish, tarbiya fani o‘qituvchilarini ushbu
xujjatlar mazmuni bilan tanishtirish va ularni bu boradagi takliflarini o‘rganish
muhim vazifalardan xisoblanadi.
O‘zbekiston maktablarida o‘quvchilarning milliy tuyg‘ulariga bevosita
bog‘liq bo‘lgan milliy g‘ururni, millatlararo muloqot madaniyatini, O‘zbekiston
vatanparvarligini, vijdoniylikni, milliy odobni va milliy mafkuraviy onglilikni
shakllantirish yetakchi vazifalar sifatida belgilandi. Prezidentimizning yuqoridagi
fazilatlarning hozirgi avlodlarda yetarli darajada shakllanmaganligi islohot sifati va
sur’atiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligi haqidagi qator fikrlari va ta’lim-tarbiyani
tubdan isloh qilish, kadrlar tayyorlashning Milliy dasturi haqidagi Farmon va
qarorlari buni tasdiqlaydi. Vaziyat milliy mustaqillikning pedagogik kafolatini
ta’minlash uchun milliy, ilmiy pedagogikaning barcha yutuqlarini yosh avlodlarda
istiqloliy fazilatlarni shakllantirishga safarbar qilishni taqozo qildi. Yuqoridagi
fazilatlarni tarbiyalash, ularga muxolif bo‘lgan millatchilik, mafkurasizlik,
beg‘ururlik, Vatan muammolariga e’tiborsizlik, odobsizlik, vijdonsizlik va h.k.)
kabi milliy xavfsizligimizga tahdid soluvchi ichki tahdidlarning oldini olish barcha
O‘zbekiston maktablarida maxsus, ilmiy asoslangan, maqsadga yo‘naltirilgan,
maktab va oila, mahalla, maktabdan tashqari muassasalarning uzviy hamkorligiga
asoslanuvchi jarayonga aylantirilmog‘i kerak.
Mustaqil O‘zbekiston – milliy Davlat sifatida o‘z yo‘liga, mafkurasiga,
ma’naviyat sohasida ustivor siyosatiga ega. U milliy tarixiy turmush tarzimiz, xalq
urf-odatlari, an’analar, kishilarning fikrlash tarzini, Islom ahloqiy qadriyatlarning,
57.
psixologiyaning milliyligini, ko‘pmillatlilik kabi ijtimoiy xususiyatlarini o‘zidamujassam qildi. Ya’ni, jahon taraqqiyoti tizimida O‘zbekistonning nafaqat bozor
iqtisodiyotiga o‘tishda, balki uning tarbiyaviy siyosatida betakror va boy
an’analarga to‘la o‘z yo‘li borligini va uni ishga tushirish zaruratini belgiladi.
Har bir xalqqa, demak o‘zbek xalqiga ham xos bo‘lgan milliy tarbiya
insonparvarona maqsad va mohiyatga ega. Hech bir xalq millatchi emas.
Millatchilik yoki manqurtlik o‘z va o‘zga xalqlarning milliy ma’naviy
qadriyatlaridan
begona,
milliy tuyg‘ulari
stixiyali
shakllangan
–
milliy
tarbiyalanmagan kishilardagina namoyon bo‘ladi.
Milliy tarbiya jarayoni har bir ota-onaning, mahallaning, mustaqil
O‘zbekiston va uning hukumatining har bir o‘zbekistonlik maktab o‘quvchisidan
kutayotgan ijobiy fazilatlar majmuasini shakllantiradi. Milliy g‘urur, O‘zbekiston
vatanparvarligi, milliy odob, millatlararo muloqot madaniyati, vijdoniylik, milliy
mafkuraviy onglilik fazilatlari mustaqillikni mustahkamlashning doimiy zarurati
sifatida belgilandi.
Milliy tarbiyaning samaradorligi bo‘lajak o‘qituvchilar va o‘qituvchilarning
mazkur faoliyatiga rahbarlikka maxsus yo‘naltirilganligiga bog‘liqdir.
Maktab, oila, mahalla, turar joylar, maktabdan tashqari muassasalarning
milliy tarbiyaviy hamkorligi, milliy tarbiya samaradorligi shartlaridan biridir.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining milliy tarbiyaviy muvaffaqiyatlari bu
maktablardagi tobora milliylashayotgan ta’lim mazmunidan milliy tarbiyaviy
maqsadlarda foydalanishni takomillashtirishga bog‘liq.
Har qanday tarbiyaviy yo‘nalish kabi milliy tarbiyaning muvaffaqiyati bu
jarayonning ilmiy asosida tashkil qilinishiga – maqsad, vazifa, uslub, vosita,
natajaga sistemali yondashuv, ularni o‘rganish, qayd qila borish talablari asosida
boyita borilishiga bog‘liq.
O‘quvchilarning yosh, milliy, mahalliy, ruhiy, jinsiy, shaxsiy xususiyatlarini
hisobga olish va tarbiyalanganlik mezonlari, darajalarining amaliyotga joriy
qilinishi milliy tarbiya samaradorligini belgilaydi.
58.
Yuqorida qayd etilgan masalalarni bugungi kundagi me’yoriy-xuquqiyxujjatlarimizda aks etishi va tarbiya fani o‘qituvchilarining bu normativ xujjatlar
mazmuni bilan tanishib borishlari asnosida o‘z faoliyatlarini shular asosida tashkil
etishlari muhim ahamiyatga egadir.
ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. –// O‘zbekiston. 2017 y.
2.O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
“Ma’naviy-ma’rifiy
ishlar
samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish
to‘g‘risida”gi PQ–3160-son Qarori. – Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,
29.09.2017 y. 06/17/5194/0032-son.
3.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 avgustdagi “Yoshlarni
ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya
berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari
to‘g‘risidagi»gi
PQ 3907-son Qarori. – Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2018 y.,
07/18/3907/1706-son.
4. Abdulla Avloniy. Turkiy Guliston yoxud axloq. – T.: O‘qituvchi, 1992.
5. Karimov I.A. Istiqlol va ma’naviyat. –T.: O‘zbekiston, 1994. –B. 65-66.
6. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch. –T.: Ma’naviyat, 2011. –
176 b.
7.Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik –
har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak., O‘zbekiston
Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan
majlisidagi ma’ruza. (2017 yil 14 yanvarь). –T.: O‘zbekiston, 2017. – 45 b.
8.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2017 yil 15 iyunь kuni
Toshkent shahrida “Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash,
muqaddas
dinimizning
sofligini asrash – davr talabi” mavzusidagi anjumanda so‘zlagan nutqi //
http://www.uza.uz. 15.06.2017.
9.Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt
taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. –T.: O‘zbekiston, 2017. –B. 22.
59.
10.Quronov M. Milliy tarbiya yo‘riqnomasi: /arb va Sharq tarbiyaviy tajribalarinamunalari tahlili. /Xalq ta’limi, 1993 yil 8-9son, 6-10b/
11.Abdukarimov X. Tarbiya va tarbiyachilik muammolari. - // Xalq so‘zi, 1994 yil
24 iyunь.
12.Jo‘raev A.J. Tarbiyaviy darslarni o‘tish: Sinf rahbarlari uchun qo‘ll. -T.:
O‘qituvchi, 1994. –136 b.
13. Quronov M. Milliy tarbiya mezonlari. /Xalq ta’limi, 1995 yil 1-2, 7-10 bb. /
14. Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. –T.: O‘zbekiston, 1996. –B.
39.
15.Imomnazarov M. Milliy ma’naviyat asoslari. – T.: O‘zbekiston faylasuflari
milliy jamiyati, 2006. – B. 103.
16. UmarovB.,
tarbiya
Jabborov
Sh.
Globallashuv
sharoitida
ma’naviy
muammolari. – T.: Akademiya,2011.
17. G‘oyibnazarov Sh. Ommaviy madaniyat. – T.: “O‘zbekiston”, 2012.
18.To‘raev B.O. Mahdumi A’zam – mutafakkir. –T.: Imom Buxoriy xalqaro
markazi, 2013. –B. 23.
19. Yuksak ma’naviyat – Sohibqironning yengilmas kuchi. /Mediataqdimot. Milliy
g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi. Tuzuvchilar: M.Quronov, O.Bozorov.
(52). 2014/13. –B. 7.
Elektron mabaalar:
1. www. uza.uz
2. www. lex.uz.